toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Ishlab chiqarish, eksport va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Jahon iqtisodiyotidagi keskin o‘zgarishlar, tashqi xatarlar va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarni samarali qo‘llab-quvvatlash, ichki bozorda adolatli raqobat muhitini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsad
1. Belgilansinki, ushbu Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish, milliy mahsulotlar eksporti, yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha 2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish hisoblanadi.
II. Ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish
2. Belgilansinki:
(a) olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT) va mazkur bitimning VII moddasini qo‘llash to‘g‘risidagi 1994-yildagi bitimda belgilangan umumiy tamoyil va qoidalarga to‘liq muvofiqlashtiriladi;
(b) tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashda imtiyozlar yoki maxsus bojxona rasmiylashtiruvi tartiblari, jumladan, muayyan aniqlash usullarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi;
(v) bojsiz olib kirish me’yorlari va bojxona rasmiylashtiruvi shartlari jahon standartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
3. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ichki bozorda raqobat muhitini rivojlantirish choralari bo‘yicha qaror qabul qilsin.
III. Sertifikatsiya va texnik nazorat sohasidagi islohotlar
4. Belgilansinki:
(a) xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, ularga muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya rasmiylashtirish tartibi joriy etiladi;
(b) 2025-yil 1-maydan boshlab muvofiqlik deklaratsiyasini sertifikatlashtirish organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi hamda ularni shakllantirish va hisobga olish Texnik tartibga solish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
(i) Vazirlar Mahkamasi 2025-yil 1-avgustga qadar majburiy sertifikatlanadigan tovarlar ro‘yxatini tubdan qisqartirish va mahsulotlar muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyotini keng qo‘llash choralarini ko‘rsin.
5. Muvofiqlikni baholash va nazorat organlari funksiyalari quyidagicha qayta taqsimlansin:
(a) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati bo‘yicha vakolatli organ vazifalari Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
(i) 2025-yil 1-avgustdan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi;
(ii) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi 2025-yil 1-avgustga qadar Kodeks Alimentarius standartlari asosida eng ustuvor oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlasin;
(iii) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari daxldor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi;
(b) ilovaga muvofiq ayrim tovarlar sanitariya-epidemiologiya, davlat veterinariya xizmati, o‘simliklar karantini, texnik tartibga solish nazoratidagi ro‘yxatlardan chiqarib tashlansin.
6. Sanitar, fitosanitar va veterinariya nazorati sohasidagi quyidagi tartib-taomillarga majburiy amal qilish 2025-yil yakunigacha talab qilinmasin:
(a) mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uchun sanitariya va epidemiologiya xizmatlarining laboratoriyalari natijalariga asosan sanitariya-epidemiologik xulosa olish orqali sertifikatlash;
(b) barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan, bolalar ovqatlari, terapevtik va profilaktik ovqatlanish uchun parhez oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat qo‘shimchalari, biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari va yangi retseptlar yoki yangi texnologiya asosida yaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun barcha texnik hujjatlarni (oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha barcha yangi o‘zgarishlarni, shu jumladan, retseptlar, texnologik ko‘rsatmalar (normalar), qoplama hajmi, texnik shartlar, ishlab chiqarish, qadoqlash, markirovkalash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlariga oid) Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishish va tasdiqlash;
(v) alkogolsiz ichimliklar uchun qo‘shimchalar, xom ashyo, xususan, ichimliklar ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarish va mamlakatga olib kirish uchun har bir partiyani sertifikatlash;
(g) oziq-ovqat mahsulotlari uchun fitosanitariya sertifikatini olish, agar ularga nisbatan sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan gigiyenik xulosa va (yoki) davlat veterinariya xizmati tomonidan veterinariya xulosasi (sertifikati) taqdim etilgan bo‘lsa;
(d) o‘simlik mahsulotlari, mato, ipak, charm, o‘yinchoqlar, sport inventari va boshqalar uchun veterinariya sertifikatini olish.
7. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, o‘simliklar karantini, ekologiya, texnik tartibga solish va texnik nazoratning boshqa yo‘nalishlarida tovarlar ro‘yxatlarini “gilotina” uslubida qisqartirish bo‘yicha qaror qabul qilsin, shuningdek, tartib-taomillarni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish, davlat laboratoriyalarini sotish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlasin.
8. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) bir oy muddatda sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xom ashyolar, o‘lchov vositalari, kimyoviy reagentlar va ko‘tarish moslamalari importida milliy sertifikat olish talab qilinmaydigan xorijiy yuqori sifat va nazorat tizimlarining mezonlarini tasdiqlasin.
9. Adliya vazirligi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda “Mahsulotlarning umumiy xavfsizligi to‘g‘risida”gi va 2025-yil 1-sentabrga qadar “Bozor nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
IV. Bojxona to‘lovlari va soliq ma’muriyatchiligi
10. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi yoki rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga nisbatan aksiz solig‘i bekor qilinsin.
11. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarni texnologik modernizatsiya qilish orqali ularning barqaror faoliyat yuritishi choralarini ko‘rsin.
12. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) bir oy muddatda ishlab chiqarish uchun muhim xom ashyo va uskunalar (sut va beton tashuvchi transport vositalari hamda statsionar kuzatuv postlari) importida vaqtinchalik bojxona bojlarini kamaytirish bo‘yicha qaror qabul qilsin.
13. 20 va undan ortiq ishchisi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan mol-mulk va yer soliqlari hamda ijara to‘lovlari bo‘yicha hisoblangan soliq summalari 2025-yil 15-iyulda va 1-dekabrda bo‘lib-bo‘lib to‘lanilishiga ruxsat berilsin.
14. Belgilansinki:
(a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-229-son Farmoni 2-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash uchun hisobot davridagi to‘quv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum hajmini aniqlashda shartnomaga muvofiq daval xom ashyosini qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromad ham inobatga olinadi;
(b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-132-son Farmoni 8-bandiga muvofiq umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarishda ushbu faoliyatdan olingan daromad tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etishi zarur.
15. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Jahon savdo tashkiloti qoidalari asosida elektrotexnika sanoati mahsulotlariga import kvotalarini belgilash, ochiq va shaffof elektron onlayn-auksion tizimi orqali taqsimlash tartibini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
V. Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
16. Vazirlar Mahkamasi sanoat korxonalarining avtomatik monitoring stansiyasi, chang-gaz tozalash uskunasi, lokal suv tozalash inshooti va statsionar kuzatuv posti bilan jihozlash majburiyati muddatini I toifadagi korxonalar uchun — 2026-yil 1-yanvarga qadar, II toifadagi korxonalar uchun — 2026-yil 1-iyulga qadar uzaytirsin.
(i) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar mazkur jihozlash qurilmalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlarining 100 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larini tijorat banklariga jalb etish choralarini ko‘rsin.
17. Oltingugurtga (TIF TN kodi 2503) nisbatan eksport boji 2025-yil 20-apreldan boshlab amal qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
18. “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar birja savdolari orqali alohida forvard bitimlar tuzgan holda PVX mahsulotini 25 foizli bo‘nak to‘lov asosida ortib berish va qolgan 75 foizini ikki oy muddatda bo‘lib to‘lash sharti asosida sotish tartibini yo‘lga qo‘ysin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
19. Ustav kapitalining 50 foizi va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan texnik gaz, kislorod va yangi turdagi kam tonnajli kimyo mahsulotlarini 2026-yil 1-yanvarga qadar faqat birja savdolari orqali sotish talabi tatbiq etilmasin.
20. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda qurilish materiallarini eksport qilishda korxonalar reytingidan va talab etiladigan xarajatlar summasidan qat’i nazar xorijiy sertifikatlarni rasmiylashtirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishni yo‘lga qo‘ysin.
21. Qishloq xo‘jaligi vazirligi uch oy muddatda xususiy urug‘chilik korxonalarini rivojlantirish, Davlat budjeti va grantlar hisobidan qishloq xo‘jaligida ilm va innovatsiyalarni keng joriy qilishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirishga oid dasturni tasdiqlasin.
VI. Eksportni kengaytirish
22. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaga (J. Xodjayev) eksport bojxona bojlari stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.
23. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiya (J. Xodjayev) ichki va tashqi bozordagi konyunkturadan kelib chiqib, har oyda eksport bojxona boji stavkalarining pasaytirilgan stavkalarini tasdiqlab borsin (go‘sht, guruch, ip-kalava, teri xom ashyosi va tayyor mahsuloti, mineral o‘g‘itlar va kam tonnajli kimyo mahsulotlari).
24. Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tadbirkorlik subyektlariga xorijiy bozorlarga chiqish uchun zarur ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, tegishli reyestrlarga kirishni ta’minlash bo‘yicha davlat amaliy yordamini ko‘rsatib borsin.
25. Belgilansinki, mazkur Farmonda nazarda tutilgan masalalar yuzasidan hamda tashqi bozorlardagi o‘zgarishlarga tezkor moslashish maqsadida qabul qilinadigan Vazirlar Mahkamasining, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha idoralararo komissiyaning, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasining qarorlari, agar ularning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, darhol kuchga kiradi. Bunda budjet va boshqa sohalardagi qonunchilikda belgilangan huquqiy hujjatlarning amal qilish muddatlariga oid talablar tatbiq etilmaydi.
VII. Investitsiyalarni rag‘batlantirish
26. Belgilansinki, 2025-yil 1-iyundan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 250 ming AQSH dollari hamda ularning har bir oila a’zosiga (turmush o‘rtog‘i, farzandi va ota-onasi) 150 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘lovlar evaziga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 5 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi.
27. Soliq va muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lmagan eksport qiluvchi korxonalar tomonidan xorijda savdo uyini tashkil etish uchun alohida qarorlarsiz yiliga 50 ming AQSH dollarigacha mablag‘ni chet elga o‘tkazishga ruxsat berilsin, bundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlari asosida alohida belgilangan tartiblar mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
VIII. Nazorat va ijro
28. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Bojxona qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun nashrlar, eshittirishlar va tematik teledasturlar tashkil qilsin.
29. Mazkur Farmon norma va qoidalari, agar ularning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, darhol kuchga kirsin.
30. Mazkur Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 18-aprel,
PF-67-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son Farmoniga
ILOVA
Sanitariya-epidemiologiya, davlat veterinariya xizmati, o‘simliklar karantini, texnik tartibga solish nazoratidagi ro‘yxatlardan chiqarib tashlanayotgan ayrim tovarlar
RO‘YXATI

T/r

Nomi

TIF TN kodi

I. Majburiy sanitariya-epidemiologik xulosa beriladigan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar

1.

Mayda Avstraliya qisqichbaqasi

0306 39 100 0

2.

Moltoza monogidrat — kimyoviy reaktiv

1702 90 100 0

3.

“Dengiz yulduzi” suv assortimentidagi manzarali baliqlar

0308 90 200 0

4.

Sabzavot va ayrim ozuqabop ildizmevali va tugunak mevali o‘simliklar

0701 — 0714

(0701 10 000 0,

0709 60 910 0,

0709 60 950 0,

0713 10 100 0,

0713 33 100 0 istisno)

5.

Saccharose Pharmur

1701 99 900 9

6.

Nelix Aspersa Muller (chig‘anoqlar)

0307 60 900 0

7.

Setogum G-12 (oziq-ovqat bo‘lmagan) yordamchi to‘qimachilik mahsuloti

1302 39 000 0

8.

Veast Call Wall hayvonlar ozuqa qo‘shimchalari

2106 90 980 8

9.

Spirtli ichimliklar

2203-2208

10.

Tamaki va sanoat usulida tayyorlangan tamakining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar

2401 — 2403

II. Majburiy davlat veterinariya xizmati nazoratidagi mahsulotlar ro‘yxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar*

11.

- - butan, butelin va ularning izomerlari

2901 23 000 0

12.

- - - buta-1,3-diyen

2901 24 000 1

13.

- - - izopren

2901 24 000 2

14.

- - xlordiftormetanlar

2903 71 000 0

15.

- - dixlortriftoretanlar

2903 72 000 0

16.

- - dixlorftoretanlar

2903 73 000 0

17.

- - xlordiftoretanlar

2903 74 000 0

18.

- - dixlorpentaftorpropanlar

2903 75 000 0

19.

- - - bromxlordiftormetan

2903 76 100 0

20.

- - - bromtriftormetan

2903 76 200 0

21.

- - - dibromtetraftoretanlar

2903 76 900 0

22.

- - - trixlorftormetan, dixlordiftormetan, trixlortriftoretanlar, dixlortetraftoretanlar va xlorpentaftoretan

2903 77 600 0

23.

- - - galogenlangan, tarkibi faqat bromli va xlorli yoki ftor va xlorli yoki faqat ftor va bromli

2903 79 300 0

24.

- - 1, 2, 3, 4, 5, 6-geksaxlorsiklogeksan (GXG (ISO) va lindan (ISO, I№№)

2903 81 000 0

25.

- - aldrin (ISO), xlordan (ISO) va geptaxlor (ISO)

2903 82 000 0

26.

- - - 1, 2-dibrom-4-(1, 2-dibrometil) siklogeksan; tetrabromsiklooktanlar

2903 89 100 0

27.

- - - boshqalar

2903 89 800 0

28.

- - xlorbenzol, o-dixlorbenzol va n-dixlorbenzol

2903 91 000 0

29.

- - geksaxlorbenzol (ISO) va DDT (ISO) (klofenotan (I№№), 1, 1, 1-trixlor-2, 2-bis (n-xlorfenil) etan)

2903 92 000 0

30.

- - - 2, 3, 4, 5, 6-pentabrometilbenzol

2903 99 100 0

31.

- - - oktan-2-ol

2905 16 200 0

32.

- - atsiklik spirt terpenli

2905 22 000 0

33.

- - 4, 6-dinitro-o-krezol (DNOK (ISO) va uning tuzlari

2908 92 000 0

34.

- - - tret-butiletil (etil-tret-butil efir, ETBE) oddiy efiri

2909 19 100 0

35.

- - - 2- (2-xloretoksi) etanol

2909 49 110 0

36.

- efirfenollar, efirspirtfenollar va ularning galogenlanganligi, sulfirlangan, nitratlangan yoki nitrozlangan xossalari

2909 50 000 0

37.

- - akril kislotaning murakkab efirlari

2916 12 000 0

38.

- - metakril kislotaning murakkab efirlari

2916 14 000 0

39.

- - binapakril (ISO)

2916 16 000 0

40.

- - adipin kislotasi, uning tuzlari va murakkab efirlari

2917 12 000 0

41.

- - ortoftal kislotalari va boshqa murakkab efirlari

2917 34 000 0

42.

- - - tetrabromftal kislotalarning murakkab efiri yoki angidridi; benzol- 1, 2, 4-trikarbon kislotasi; izoftaloildixlorid, tarkibida 0,8 % yoki kam bo‘lgan tereftaloildixlorid; naftalin-1, 4, 5, 8- tetrakarbonli kislota; tetraxlorftalli angidrid; 3, 5-bis (metoksikarbonil) benzolsulfonat natriy

2917 39 200 0

43.

- - 2, 2-difenil-2-gidroksiuksus (sirka) kislotasi (benzil kislota)

2918 17 000 0

44.

- - murakkab efirlar boshqa salitsil kislota va ularning tuzlari

2918 23 000 0

45.

- - - 2,6-dimetoksibenzoyya kislota; dikamba (ISO); fenoksiatsetat natriy

2918 99 400 0

46.

- - metilamin, di- yoki trimetilamin va ularning tuzlari

2921 11 000 0

47.

- - 2-(№, №-dimetilamin) etilxlorid gidroxlorid

2921 12 000 0

48.

- - 2-(№, №-dietilamin) etilxlorid gidroxlorid

2921 13 000 0

49.

- - 2-(№, №-diizopropilamin) etilxlorid gidroxlorid

2921 14 000 0

50.

- - 2-(N, N-diizopropilamin) etanol

2922 18 000 0

51.

- - - 3, 3′, 4, 4′, 5, 5′, 6, 6′-oktabrom-№, №′-etilendiftalimid; №, №′-etilenbis (4, 5-dibromgeksagidro-3, 6-metanftalimid)

2925 19 200 0

52.

- tetrametil qo‘rg‘oshin va tetraetil qo‘rg‘oshin

2931 10 000 0

53.

- tributil birikmasi

2931 20 000 0

54.

- - dimetilmetilfosfonat

2931 41 000 0

55.

- - dimetilpropilfosfonat

2931 42 000 0

56.

- - dietiletilfosfonat

2931 43 000 0

57.

- - metilfosfon kislota

2931 44 000 0

58.

- - metilfosfon kislota va (aminoiminometil) mochevina tuzi (1: 1)

2931 45 000 0

59.

- - 2,4,6-tripropil-1, 3, 5, 2, 4, 6-trioksatrifosfinan 2, 4, 6-trioksid

2931 46 000 0

60.

- - (5-etil-2-metil-2-oksid-1, 3, 2-dioksafosfinan-5-il) metil metil metilfosfonat

2931 47 000 0

61.

- - 3,9-dimetil-2,4,8,10-tetraoksa-3,9-difosfaspiro[5.5]undekan 3,9-dioksid

2931 48 000 0

62.

- - - N-fosfonometilglitsin, uning kaliy va izopropilamin tuzlari

2931 49 000 1

63.

- - metilfosfon dixlorid

2931 51 000 0

64.

- - propilfosfon dixlorid

2931 52 000 0

65.

- - O-(3-xlorpropil) O-[4-nitro-3-(triftormetil)fenil] metilfosfonotionat

2931 53 000 0

66.

- - trixlorfon (ISO)

2931 54 000 0

67.

- - - metilfosfon diftorid

2931 59 000 1

68.

- - - 2-xloretilfosfon kislota

2931 59 000 2

69.

- - fenolftalein; 1-gidroksi-4-[1-(4-gidroksi-3-metoksikarbonil-1-naftil) -3-okso-1N,3N-benzo [de] izoxromen-1-il]-6-oktadetsiloksi-2-naftoy kislotasi; 3′(-xlor-6′-siklogeksilaminospiro [izobenzo- furan-1(3N), 9′(-ksanten]-3-on; 6′-(№-etil-n-toluidino)-2′-metilspiro [izobenzofuran-1(3N), 9′(- ksanten]-3-on; metil-6-dokosiloksi-1-gidroksi-4-[1-(4-gidroksi-3- metil-1-fenantril)-3-okso-1N, 3N-nafto [1, 8-cd]piran-1- il] naftalin-2-karboksilat

2932 20 100 0

70.

- - gamma-butirolakton

2932 20 200 0

71.

- - karbofuran (ISO)

2932 96 000 0

72.

Sut mahsulotlari (istisno: xom ashyo tariqasidagi sut); parranda tuxumi (istisno: inkubatsiyalanadigan tuxum); tabiiy asal; kelib chiqishi hayvonot dunyosiga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (faqat oziq-ovqat holida iste’mol qilinadigan)

0401 — 0406, 0408

73.

Kelib chiqishi hayvonot dunyosiga yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan moy va yog‘lar hamda ularning parchalanishi natijasida kelib chiqqan mahsulotlar; tayyorlangan oziq-ovqat moylari; hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan mumlar

1501 — 1516; 1518 00;

1518 91 00, 0521 90

74.

Go‘sht, baliq yoki qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar yoki boshqa suvda yashovchi umurtqasizlardan tayyorlangan tayyor oziq-ovqat holida iste’mol qilinadigan mahsulotlar

1601 00-1605

75.

Boshoqli donlar, kraxmal yoki sut unidan tayyorlangan tayyor mahsulotlar; undan qandolat mahsulotlari

1902:

1902 11 000 0

(tarkibi tuxumli),

1902 20

(issiq ishlov berilgan yoki berilmagan, go‘shtligi yoki boshqa usul bilan tayyorlangan makaronli mahsulotlar),

1902 20 10 0 0

(tarkibida 20 % dan yuqori bo‘lgan baliq, qisqichbaqasimonlar, mollyuska va suvda yashovchi boshqa umurtqasizlar),

1902 20 300 0

(tarkibida 20 % dan yuqori bo‘lgan kolbasa yoki unga o‘xshash go‘sht va go‘sht submahsulotlari hamda har xil yog‘lar)

76.

Har xil oziq-ovqat mahsulotlari:

tayyor sho‘rvalar va ularni ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulotlar, tarkibi gomogenlashtirilgan tayyor ozuqa mahsulotlari, sabzavotlilardan tashqari

2104

(2104 10 000 0, 2104 20 00, 2104 20 001 0, 2104 20 009 0)

77.

O‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan mahsulotlardan olingan sulfonamidlar, provitaminlar, vitaminlar, gormonlar, glikozidlar va alkaloidlar

2935 — 2937, 2941

78.

O‘yinchoqlar, bolalar o‘yinlari.

9508

79.

31-guruh: o‘g‘itlar

3101 000000

80.

35-guruh: oqsil moddalari modifikatsiyalangan kraxmallar; yelimlar; fermentlar

3501

81.

San’at asarlari, antikvariat va kolleksiya buyumlari:

97-guruh

III. Majburiy tartibda muvofiqligi baholanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar

82.

Ko‘chatlar (uzumning ekish materiallari, nihollar, urug‘li va danakli mevali ekinlar, navdor atirgul va siren, efir-moyli atirgul, efir-moyli geran)

0601-0602

83.

Faqat ekish uchun mo‘ljallangan sabzavot va ayrim yeyiladigan ildizmeva, tubmevali va tuganak mevali o‘simliklar

0701,0703,

0712 90 110 0,

0713

84.

Ziravorlar (urug‘lik maqsadida)

0909-0910

85.

Donlar (barcha turlari, urug‘lik va tovar donlar)

1001 — 1008

86.

Tegirmonchilik-yorma sanoati mahsulotlari: solod, kraxmal, inulin, bug‘doy kleykovinasi

1101 00 — 1109 00 000 0

87.

Faqat ekish uchun mo‘ljallangan meva urug‘lari va boshqa urug‘lar

1201, 1202,

1204 — 1207, 1209

88.

Hayvonlar uchun ozuqa sifatida foydalaniladigan mahsulotlar

2309

89.

Alkogolsiz ichimliklar uchun aromatizator

3302104000

90.

Alkogolsiz ichimliklar uchun kalsiy xloridi

2827200000

91.

Go‘sht va oziq-ovqat holida iste’mol qilinadigan go‘sht mahsulotlari (hayvonot dunyosiga tegishli bo‘lgan kalla-pocha, ichak-chovoq va ichki a’zolari), shu jumladan, qadoqlangan (farmatsevtika sohasida foydalaniladigan hayvonot dunyosiga tegishli bo‘lgan ichak va ichki a’zo mahsulotlari bundan istisno)

0201 — 0210

(Go‘sht va go‘sht mahsulotlar bo‘yicha tex.reglament)

92.

Sharbatlar va o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan ekstraktlar; pektin moddalar, pektinat va pektatlar; agar-agar va o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan quyuqlashtirgichlar, ko‘rinishi o‘zgartirilgan yoki o‘zgartirilmagan

1302

93.

Kelib chiqishi hayvonot dunyosiga yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan moy va yog‘lar hamda ularning parchalanishi natijasida kelib chiqqan mahsulotlar; tayyorlangan oziq-ovqat moylari; hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan mumlar

1501 — 1517,

1518 00 910 0,

1521 90 910 0,

1521 90 990 0

94.

Shakar va shakar asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari

1701 — 1704

95.

Shakar va shakar asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari

1801 00 000 0 — 1806

96.

Boshoqli donlar, kraxmal yoki sut unidan tayyorlangan tayyor mahsulotlar; undan qandolat mahsulotlari

1901 — 1905

97.

Tuz

2501 00 100 0,

2501 00 911 0,

2501 00 919 0

98.

O‘simlik dunyosiga tegishli bo‘lgan mahsulotlardan olingan sulfonamidlar, provitaminlar, vitaminlar, gormonlar, glikozidlar va alkaloidlar, antibiotiklar

2935 — 2939, 2941

99.**

Efir moylari va rezinoidlar; parfyumeriya, kosmetika yoki pardoz-andoz vositalari

3301 — 3307

100.

Mineral o‘g‘itlar

3102 — 3105

101.

Kazeinlar, kazeinatlar va boshqa kazein hosilalari; albuminlar, albuminatlar va boshqa albumin hosilalari; yelimshak (jelatin) va yelimshak (jelatin) hosilalari; peptonlar va ularning hosilalari; boshqa oqsil moddalar va ularning hosilalari; dekstrinlar va boshqa modifikatsiyalangan kraxmallar; fermentlar; ferment preparatlari

3501 10 900 0;

3502 11 900 0;

3502 19 900 0;

3503 00 100;

3504 00;

3505 10 900 0;

3507

102.**

Trubalar, shlanglar (oziq-ovqat suyuqlik mahsulotlari uchun foydalanadiganlari), gigiyena buyumlari, jarrohlik qo‘lqoplari

Bolalar uchun so‘rg‘ichlar

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan bosh kiyimlar

4009, 4011, 4013, 4014,

4014 90 000 0,

4015 11 000 0,

4016 91 000 0,

4016 93 000 5

103.

Ishlov berilmagan teri, tabiiy mo‘ynadan tashqari oshlangan teri:

4104 11 100 0 — 4114 20 000 0

104.

Ipak

5007

105.

Qo‘shqatlamli mahsulotlarni o‘z ichiga olgan va namlikni yutuvchi materiallar (tagliklar), shuningdek, gigiyenik paxta tayoqchalar (burun va quloqni tozalashga) va bolalar uchun mo‘ljallangan shunga o‘xshash boshqa mahsulotlar

5601 21-5601 22,

5601 21 900 0

106.

Qadoqlash uchun qoplar va xaltalar (faqat oziq-ovqat mahsulotlari uchun) (ilgari foydalanishda bo‘lganlaridan tashqari)

6305

107.

Poyabzal va shunga o‘xshash buyumlar (bolalar assortimenti va bokschilar poyabzali) (faqat tayyor poyabzal)

6401 — 6405

108.**

Misdan tayyorlangan buyumlar (oziq-ovqat tayyorlash uchun maishiy asboblar, oziq-ovqat tayyorlash va iste’mol qilish uchun yemakxona va oshxona buyumlari), sanitariya-texnik uskunalar

7418

109.**

Aluminiydan tayyorlangan oziq-ovqat tayyorlash va iste’mol qilish uchun yemakxona va oshxona buyumlari, sanitariya-texnik uskunalar

7615-7615 20 000 0

110.**

Pichoq buyumlari, qoshiqlar va sanchqilar, oshxona to‘plamlari va oshxona hamda yemakxona boshqa anjomlari

8215

111.

Ayollar gigiyenik prokladkalari va tamponlar, bolalar va kattalar yo‘rgaklari, tagliklari va har qanday materiallardan shunga o‘xshash buyumlar

9619 00

112.

Boshqa kimyoviy mahsulotlar

Insektitsidlar, rodentitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, chiqindilarga qarshi vositalar va o‘simlikni o‘stiruvchi regulatorlar, dezinfeksiyalovchi vositalar va ularning muqobili, chakana savdo uchun qadoqlangan shaklda yoki o‘ramda yoki tayyor tur ko‘rinishdagi preparatlar yoki buyumlar (misol uchun, lentlar, oltingugurt bilan ishlov berilgan fitil (pilik) va shamlar, va chivinlardan yopishqoq qog‘ozlar)

3808

113.**

Xolodilniklar uchun muzlatuvchi (kuler)

8418501900

114.**

Trikotaj kiyimlar, mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan (bolalar assortimenti)

Erkaklar yoki o‘g‘il bolalar uchun ko‘ylaklar mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj mahsulotlardan; erkaklar yoki o‘g‘il bolalar uchun kalsonlar, trusiklar, tungi ko‘ylak, pijamalar, cho‘milishdan keyin kiyiladigan xalatlar, uyda kiyiladigan xalatlar va o‘xshash mahsulotlar, mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj mahsulotlar; ayollar yoki qiz bolalar uchun kombinatsiyalar, pastki yubkalar, trusiklar, pantalonlar, tungi ko‘ylaklar, pijamalar, penyuarlar, cho‘milishdan keyin kiyiladigan xalatlar, uyda kiyiladigan xalatlar va o‘xshash mahsulotlar, mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj mahsulotlardan; maykalar, yengli fufaykalar va boshqa ichki fufaykalar mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj mahsulotlardan; bolalar kiyimlari va bolalar kiyimlariga kerakli narsalar, mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj mahsulotlar; kolotkalar, chulkilar, golfilar va podsledniklar va boshqalar, paypoq mahsulotlari, taqsimlangan bosim bilan kompressiyali paypoq mahsulotlari (masalan, venalarning varikoz kengayishidan qiynalayotganlar uchun) va tagliksiz oyoq-kiyim, mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotajdan

6105 — 6109,

6111, 6115

IV. Majburiy tartibda fitosanitariya sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatidan chiqariladigan ayrim tovarlar*

115.

Tirik hayvonlar

0106

116.

Asalarilar

0106 41 000 8

117.

Qahva, qovurilgan yoki qovurilmagan, kofeinli yoki kofeinsiz qahva

0901, 0901 11 000,

0901 12 000

118.

Kakao va kakao asosida tayyorlangan qandolat mahsulotlari yoki qovurilgan; Qobig‘i, yupqa terisi va kakaoning boshqa qoldiqlari

1801 00 000 0,

1802 00 000 0

119.

Choy, xushbo‘y qo‘shimchalar bilan yoki qo‘shimchalarsiz

0902 (choy)

120.

Tegirmonchilik-yorma sanoati mahsulotlari: solod, kraxmal, inulin, bug‘doy kleykovinasi

1101 00-1109 00 000 0

121.

Tamaki va sanoat tamakining o‘rnini bosuvchi mahsulotlar; tamaki chiqindisi

2401

122.

Soch bo‘yoqlari, ozuqa bo‘yoqlari

3002909000, 3203001000

123.

21-guruh: har xil oziq-ovqat mahsulotlari:

tayyor sho‘rvalar va ularni ishlab chiqarish uchun yarim tayyor mahsulotlar, tarkibi gomogenlashtirilgan tayyor ozuqa mahsulotlari, sabzavotlilardan tashqari

2103

124.

41-guruh: ishlov berilmagan teri, tabiiy mo‘ynadan tashqari oshlangan teri

4101-4102, 4103

125.

Yog‘ochdan to‘qilgan dekor buyumlar

4408 39 300 2,

4408 39 950 9,

4408 90 150 9,

4408 90 850 2,

4408 90 850 9,

4408 90 950 1,

4408 90 950 9

126.

To‘qish uchun materiallardan yoki O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasining (2022-yil tahriri) 4601-tovar pozitsiyasi tovarlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shakl bo‘yicha tayyorlangan savatsimon, to‘qilgan va boshqa buyumlar

Rotang palmasidan buyumlari

4602, 4602 11 000 0,

4602 12 000 0,

4602 90 000 0,

9705 00 000 0

Izoh:
Mazkur ro‘yxatda nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilishda zarur bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruxsatnoma va sertifikatlar, eksport qiluvchining ixtiyoriy murojaatiga ko‘ra, rasmiylashtirib beriladi.
* Mazkur yo‘nalishlarda nazorat va ruxsat etish tartib-taomillarini xalqaro amaliyotga moslashtirish chora-tadbirlari doirasida nazorat ostidagi tovarlar ro‘yxatlari yangilanadi.
** Ushbu mahsulotlarning muvofiqligini baholash muvofiqlikni deklaratsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 06/25/67/0359-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)