toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Joriy yilning 20-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida kelib tushgan 12 mingta murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish hamda ochiq muloqotda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish maqsadida:
1. Tadbirkorlar bilan keng muhokamalarda bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida ishlab chiqilgan va ularni roʻyobga chiqarish boʻyicha 5 ta yoʻnalishdan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida quyidagilar:
ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 1-ilovaga muvofiq;
amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlik va idoralar rahbarlariga mazkur Farmonga 1-ilovaga muvofiq qonunchilik hujjatlari loyihalari sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va oʻrnatilgan tartibda kiritilishi, shuningdek, mazkur Farmonga 2-ilovaga muvofiq tadbirlar soʻzsiz bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki ijrosini taʼminlamagan vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriq ijrosi muddati tugagan kundan boshlab ijrosi taʼminlangunga qadar boʻlgan muddatda ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻxtatilishi belgilansin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-noyabrdan:
davlat dasturlari asosida kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan 100 million soʻmgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular boʻyicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga oʻz resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million soʻmgacha oshirishga ruxsat etiladi.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvardan boshlab elektron onlayn auksion savdolarida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 1-noyabrga qadar tadbirkorlik subyektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qoʻshimcha toʻlovni kamida 10 baravarga kamaytirish choralarini koʻrsin.
6. Belgilansinki:
a) eksport operatsiyalari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashda:
soliq toʻlovchilardan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;
bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda mazkur tartib 2023-yil 1-dekabrdan ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar boʻlgan davrdagi eksport operatsiyalari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash uchun taqdim etilgan arizalarga nisbatan ham tatbiq etiladi;
(6-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son)
b) asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar importiga oid kontraktda ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan boʻlsa, mazkur operatsiya boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda koʻrsatilgan yetkazib berish muddati eʼtirof etiladi.
7. 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytirilsin.
8. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga 2028-yil 1-yanvarga qadar har oyning 25 sanasiga qadar toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytarish tizimi joriy etilsin:
a) oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz (toʻlov terminallari yoki mobil toʻlovlar orqali) qismi:
60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 40 foizi;
60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foizi;
b) turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foizi.
9. 2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat xaridlarini (korporativ buyurtmachilarning tijorat maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat xaridlaridan tashqari) amalga oshirishda tovarning oʻzlashtirish darajasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilsin. Bunda mazkur tizim Elektron kooperatsiya portali bilan bir qatorda davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali vositasida barcha davlat xaridlari elektron tizimlarida joriy etiladi.
Savdo-sanoat palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Statistika agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda tarmoqlar kesimida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi sertifikatlarni berish tizimini hamda ularni oʻzlashtirish darajasi boʻyicha reyestrni joriy etsin.
10. Belgilansinki:
2024-yil 1-noyabrdan boshlab barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) joriy qilinadi;
2025-yil 1-yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yoʻl qoʻyiladi, bundan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini sud tartibida hamda qonunda belgilanadigan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish holatlari mustasno.
11. 2025-yil 1-yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etilsin. Bunda tekshiruv va profilaktika tadbirlarini tashabbus etish ushbu tizim natijalari asosida amalga oshirilishi belgilansin.
12. Bosh prokuratura Adliya vazirligi va Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni sodir etganlik boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan zarar miqdorini 2 baravar oshirish boʻyicha qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
13. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga tashqi savdodagi tarif va notarif choralarni Jahon savdo tashkiloti talablari asosida vaqtincha tartibga solish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati berilsin.
14. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Adliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda har oyda amaliy tadbirlar rejasi va Roʻyxatda belgilangan vazifalarni amalga oshirish holatini oʻrganib boradi, natijalari boʻyicha maʼlumot va topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi boʻyicha takliflarni Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
amaliy tadbirlar rejasi va Roʻyxatda belgilangan vazifalarni amalga oshirish holati har oyda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun tegishli masʼullarga choralar koʻrib boriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi amaliy tadbirlar rejasi va Roʻyxatda belgilangan vazifalar masʼul vazirlik va idoralar tomonidan belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-avgust,
PF-132-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari
ROʻYXATI

T/r

Qonunchilik hujjati loyihasi

Qonunchilik hujjati loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Kichik va oʻrta biznes uchun moliyaviy resurslarni koʻpaytirish

1.

Kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini kengaytirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) va “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatini quyidagilar asosida takomillashtirish nazarda tutiladi:

kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarini jalb qilish;

100 mln soʻmgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular boʻyicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda oʻz resurslari hisobiga mikrokredit miqdorini 300 mln soʻmgacha oshirish;

Kompaniyaning hududiy filiallarini tashkil qilish;

garovsiz mikrokreditlar boʻyicha kredit tavakkalchiligini Kompaniya bilan tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro taqsimlash;

Kompaniya tomonidan respublika budjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish va qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish hamda miqdorlarini belgilash.

2024-yil sentabr

Markaziy bank

(Saydullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2.

Mikromoliya banklari faoliyatini tashkil qilish boʻyicha qonun loyihasi

Loyihada:

mikromoliya banklarining tashkiliy-huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyati sifatida, ustav kapitalining eng kam miqdorini 50 mlrd soʻm miqdorida belgilash;

mikromoliya banklari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini va ularning eng koʻp miqdorini belgilash, jumladan kredit portfelining kamida 70 foizini kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirishga yoʻnaltirish;

mikromoliya banklariga qonunchilikda kafolatlangan miqdorda omonat jalb qilish huquqini berish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(Saydullayev)

3.

Mikromoliya xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha qonun loyihasi

Loyihada mikromoliya tashkilotlariga quyidagilarga ruxsat etish nazarda tutiladi:

mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablagʻlarini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar koʻrsatish;

litsenziya asosida toʻlov tashkiloti sifatida faoliyat yuritish;

jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb etish.

2024-yil oktabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(Saydullayev)

4.

Faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga qaratilgan qonun loyihasi

Loyihada faktoring tashkiloti faoliyatini tashkil qilish va faktoring xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha mezon va meʼyorlar nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(Saydullayev)

5.

Islom moliyasini joriy qilish boʻyicha qonun loyihasi

Loyihada:

islomiy mahsulotlar, xizmatlar va banklar faoliyatining huquqiy asosini yaratish;

islomiy mahsulotlar va xizmatlar hamda ularni koʻrsatuvchi tashkilotlarni soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilash;

islomiy moliya shartlari asosida jalb etilgan omonatlarni himoya qilish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Markaziy bank

(Saydullayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li)

6.

Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari hamda banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisidagi qonunlar loyihalari

Loyihalarda:

tadbirkorlik subyektlari omonatlarining 200 mln soʻmgacha qismini kafolatlash tizimini joriy qilish;

toʻlovga qobiliyatsiz banklarni sanatsiya qilish orqali ularning xizmatlari uzluksizligini taʼminlash, bank tizimi barqarorligini, shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, omonatchi va kreditorlar huquqlarini himoya qilish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Markaziy bank

(Saydullayev)

II. Biznesni infratuzilma, yer va energiya resurslari bilan taʼminlash

7.

Yer uchastkalarini sotib olishda soliq solishni soddalashtirish boʻyicha qonun loyihasi

Loyihada elektron onlayn auksion savdolarida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

8.

Yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

Loyihada:

1) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berish:

Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlaridagi yer uchastkalari boʻyicha — 3 yilgacha;

1 — 3 toifadagi tuman (shaharlar) boʻyicha — 5 yilgacha;

3 va 4 toifadagi tuman (shaharlar) boʻyicha — 10 yilgacha;

2) auksion savdolarida yer uchastkalari boʻyicha toʻlovlar 15 kun ichida toʻliq toʻlanganda, 20 foizga teng miqdorda chegirmalar berishni yoʻlga qoʻyish;

3) yer uchastkasi qiymatini yirik loyiha amalga oshirayotgan talabgor tomonidan tashkil etilgan (etiladigan) xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga davlat ulushi sifatida kiritish imkoniyatini yaratish;

4) qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini yangidan ajratishda (realizatsiya qilishda) mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlarini majburiy ravishda koʻrsatish tartibini joriy etish;

5) yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng boʻlgan muddatda yer soligʻi stavkasini 50 foiz miqdorida qoʻllash;

6) qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish uchun sarflangan muddat, davlat organlari va mansabdor shaxslarning sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan xatti-harakatlari (harakatsizligi) natijasida oʻtkazib yuborilgan muddatni obyektni foydalanishga topshirish muddatidan chegirib tashlash;

7) loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, tuman (shahar) hokimligi tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni bekor qilish va yer uchastkasini boshqa shaxsga realizatsiya qilish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Kadastr agentligi

(Poʻlatov)

9.

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish toʻgʻrisidagi

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini joriy etish hamda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash, oʻzgartirish va shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish tartiblarini belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Kadastr agentligi

(Poʻlatov)

10.

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yordamchi bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan soliq solishni takomillashtirish boʻyicha qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari

Loyihalarda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yordamchi bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari klassifikatori asosida tabaqalashtirilgan soliq solish tartibini tatbiq etish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Kadastr agentligi

(Poʻlatov)

11.

Tadbirkorlarga elektr energiyasi va gaz taʼminotidan foydalanishda yengilliklar berish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada:

1) hisob-kitob davrida tadbirkorlar tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli shartnomaviy miqdordan ortiq isteʼmol qilingan holatlar boʻyicha:

qoʻshimcha toʻlov undiriladigan shartnomaviy miqdordan ortiq isteʼmol miqdori chegarasini 10 foizdan 20 foizga oshirish;

qoʻshimcha toʻlov miqdorini belgilangan tarifning 2 baravaridan 20 foizga tushirish;

2) yuqori va oʻrta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlarga elektr energiyasi uchun oldindan toʻlovni bir oy davomida ikkiga boʻlib toʻlashga ruxsat etish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Energetika vazirligi

(Mirzamaxmudov)

12.

Tadbirkorlarning kommunal toʻlovlarni toʻlash imkoniyatlarini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada tadbirkorlarning hisobvaraqlariga inkasso topshiriqnomasi qoʻyilganda ham kommunal xizmatlarga (elektr energiyasi, gaz taʼminoti) toʻlovlar qilish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Markaziy bank

(Saydullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

13.

Toshkent shahrida xususiy taʼlim obyektlarini barpo etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ-236-son qarorining 5-bandi “g” kichik bandida belgilangan toʻlovni nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarni qurish loyihalariga tatbiq etmaslik nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Toshkent shahar hokimligi

(Umurzakov)

14.

Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qonun loyihalari

Loyihalarda maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, boshqarish va unda faoliyat yuritish, jumladan, investorlarga yer uchastkasini ajratish tartiblarini takomillashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

15.

Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash jarayonlarini soddalashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada:

Maxsus komissiya faoliyatini tugatish;

xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlashda hujjat tayyorlash va koʻrib chiqish jarayonlarini 2 baravar qisqartirish;

ortiqcha hujjatlar, jumladan, Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining texnik-iqtisodiy asoslarga investorning oʻz mablagʻlari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish oʻzini oqlamasligi haqidagi maʼlumotnomasini bekor qilish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

16.

Yashil energetikani yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada generatsiya obyektlari tomonidan qayta tiklanadigan manbalardan olinadigan elektr energiyasi yagona tarmoqqa ulanmasdan isteʼmolchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berilganda ham unga “yashil energiya sertifikati” berish imkoniyati nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Energetika vazirligi

(Mirzamaxmudov)

III. Ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish

17.

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisidagi

qonun loyihasi

Loyihada:

inson hayoti va sogʻligʻini hamda isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qilish uchun oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;

oʻsimliklar karantini, veterinariya, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va texnik jihatdan tartibga solish organlarining bir-birini takrorlovchi vakolat va vazifalarini qisqartirish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov),

Karantin agentligi

(Ergashev),

Texnik tartibga solish agentligi

(Jumanazarov),

Veterinariya qoʻmitasi

(Norqobilov)

18.

Ichki bozorda raqobatni taʼminlash toʻgʻrisidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga tashqi savdodagi tarif va notarif choralarni Jahon savdo tashkiloti talablari asosida vaqtincha tartibga solish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolatini berish;

ushbu choralarni qoʻllash boʻyicha takliflarni Savdo-sanoat palatasi tomonidan berish tartibi nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

19.

Asbob-uskuna va butlovchi qismlarni import qilishda debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatini hisoblash tartibini takomillashtirish boʻyicha

qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari

Loyihalarda asbob-uskunalar va (yoki) butlovchi qismlar (shuningdek, ularni oʻrnatish va qurilish-montaj ishlarini bajarish) importiga oid kontraktda ularni yetkazib berish muddati 180 kundan ortiq etib belgilangan boʻlsa, mazkur operatsiya boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish muddati sifatida kontraktda koʻrsatilgan yetkazib berish muddatini eʼtirof etish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Markaziy bank

(Saydullayev),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov)

20.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi oʻrnini qoplash jarayonlarini soddalashtirish boʻyicha qonun va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari

Loyihalarda eksport operatsiyalari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashda:

soliq toʻlovchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmasligi;

bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisida taqdim etilgan maʼlumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos boʻlishi nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

21.

Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xatini birlashtirish boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xatini birlashtirgan holda, yagona elektron hujjat joriy etilishi va bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻpi bilan 4 ta turdagi maʼlumot kiritilishi nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

22.

Xorijiy davlatlarda Savdo-sanoat palatasining vakillari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

Loyihada:

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida Savdo-sanoat palatasining vakili lavozimini joriy etish;

Palata vakiliga xorijiy va mahalliy tadbirkorlar hamkorligini yoʻlga qoʻyish, mahsulotlarni xorijdagi bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashish vazifalarini yuklash, ushbu faoliyatga vatandoshlarni jalb qilish, shuningdek, Palata vakili lavozimini joriy qilish bilan bogʻliq boshqa chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

23.

Tovarning oʻzlashtirish darajasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada:

yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida kichik tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish orqali kafolatlangan tarzda xarid qilishning zamonaviy tizimini joriy qilish;

davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarning oʻzlashtirish darajasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Raximova),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

24.

Davlat investitsiya dasturidagi loyihalarda oʻzlashtirish ulushini belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada davlat investitsiya dasturlarida loyihalar boʻyicha mahalliy mahsulotlar ulushini belgilash tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

2025-yil fevral

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

25.

Davlat xaridlarida raqobat muhitini kuchaytirish orqali tadbirkorlarni keng jalb qilish toʻgʻrisidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada davlat xaridlariga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish hamda ular oʻrtasida raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalarining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari sifatida davlat xaridlari doirasida tuziladigan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar ulushini qisqartirishni belgilash nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

(Musayev)

26.

Eksportoldi moliyalashtirishni kengaytirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada tarmoqlarni rivojlantirishga nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan 200 mln AQSh dollarini eksportoldi moliyalashtirish uchun yoʻnaltirish, shundan 50 mln AQSh dollarini bank kreditlari boʻyicha kafillik taqdim etishga ajratish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Vafayev)

27.

Ichki bozorga mahsulot ishlab chiqaruvchilar uchun qulayliklar yaratishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinayotgan xomashyo va butlovchi qismlarni sertifikatlash orqali bojxona bojidan ozod qilish tartibini joriy qilish;

toʻqimachilik, elektrotexnika, qurilish materiallari, maishiy kimyo, oziq-ovqat kabi drayver sohalarga zarur xomashyolar uchun import boji stavkalarini tushirish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov, Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

28.

Eksportda cheklovlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada:

import xomashyodan ishlab chiqarilgan yogʻ mahsulotlari eksportiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilish;

mahalliy xomashyoni qayta ishlashdan olingan yogʻ mahsulotlarining 50 foizini eksport qilishga ruxsat berish;

zaruratga koʻra, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga vaqtinchalik (3 oygacha) cheklovlar joriy qilish vakolatini berish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

IV. Xizmatlar sohasiga yangi turtki berish

29.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash;

Sunʼiy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish;

sunʼiy intellektni rivojlantirish chora-tadbirlari va loyihalarini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan 50 mln AQSh dollarini ajratish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Vafayev)

30.

Startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash ekotizimini yaratish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

Raqamli texnologiyalar sohasida startaplarni qoʻllab-quvvatlash dasturini joriy qilish;

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi muassisligida ustav kapitali 10 mln AQSh dollari boʻlgan venchur jamgʻarmasini tashkil etish;

startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish;

xorijiy venchur investitsiyalarni jalb qilganlik hamda oʻqitish va xalqaro sertifikatlarni olish uchun grantlar ajratish;

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan Raqamli texnologiyalar sohasida startaplarni qoʻllab-quvvatlash dasturini amalga oshirish hamda venchur jamgʻarmasini tashkil etish uchun 50 mln AQSh dollarini ajratish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Vafayev)

31.

Yirik korxonalar uchun servis koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada:

yirik korxonalarga servis koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini joriy qilish;

mahalliy mutaxassislarning xorijiy davlatlardagi uskuna ishlab chiqaruvchi korxonalarda malakasini oshirish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

tarmoq uyushmalari

32.

Umumiy ovqatlanish va turizm korxonalarini soliqqa tortishni takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada:

umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini quyidagi miqdorlarda har oyning 25 sanasiga qadar respublika budjetidan qaytarish tizimini joriy etish:

a) oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz (toʻlov terminallari yoki mobil toʻlovlar orqali) qismi:

60 foizdan oshgan umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 40 foizi;

60 foizdan kam umumiy ovqatlanish korxonalariga — budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foizi;

b) turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining 20 foizi.

2024-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Turizm qoʻmitasi

(Shadiyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

33.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda qulayliklar yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada 2024-yil 1-dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini kirim hujjatlarisiz rasmiylashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

34.

Mavsumiy kafe tashkil qilish tartibini soddalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada umumiy ovqatlanish korxonalariga oʻz hududiga tutash hududda joylashgan boʻsh yer uchastkalarida mavsumiy kafe xizmatlarini tashkil qilish tartibini soddalashtirish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

35.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga ishchilarni yollashda qulayliklar yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada umumiy ovqatlanish korxonalari uchun mehnat shartnomasini elektron shaklda tuzish orqali qisqa muddatli (kunbay, ishbay) mehnat shartnomasini tuzish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Bandlik vazirligi

(Musayev),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

36.

Eksklyuziv huquqlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

turizm, qurilish, shaharsozlik, ekspertiza va aloqa kabi sohalarda 7 ta eksklyuziv huquqni bekor qilish. Bunda mehmonxona faoliyatini sertifikatlash va “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali tender savdolari uchun hujjatlarni tayyorlash konsalting markazlari funksiyalari xususiy sektorga berilishini, shuningdek, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish, shu jumladan, inspeksiya nazoratini oʻtkazish vakolati Turizm qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilishini belgilash;

2024-yil 1-oktabrdan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytinglarini yuritishni Savdo-sanoat palatasiga oʻtkazish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Raqobat qoʻmitasi

(Turaxujayev),

Turizm qoʻmitasi

(Shadiyev),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

37.

Kulolchilikni rivojlantirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada:

Fargʻona viloyati Rishton tumanida kulolchilik muzeyini tashkil qilish;

“Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga kulolchilik hunarini oʻrgatish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Fargʻona viloyati hokimligi

(Bozorov)

38.

Xususiy tibbiyotni rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

Loyihada xususiy tibbiyotni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar, jumladan, hujayra texnologiyalari laboratoriyasini tashkil qilish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Xudayarov)

39.

Kapital bozori sohasini rivojlantirish toʻgʻrisidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

Loyihada kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” rejimini muddatsiz joriy qilish va uning doirasida quyidagilarga ruxsat etish nazarda tutiladi:

Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari tomonidan fond birjalarida qimmatli qogʻozlarni xorijiy valyutada joylashtirish;

oʻz kapitali qiymatidan yuqori miqdorda va rentabellik koʻrsatkichlarini hisobga olmagan holda korporativ obligatsiyalarni chiqarish;

investitsion vositachilarga xorijiy tan olingan yurisdiksiyalarda hisob-raqamlar ochish imkoniyati nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Saydullayev)

V. Biznes uchun toʻsiq va gʻovlarni yanada qisqartirish

40.

Tadbirkorlar faoliyatini toʻxtatib turish uchun asos boʻladigan mezonlarni belgilash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada:

Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini yuritish tartibi;

nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yoʻl qoʻyilishi (bundan sud tartibida va qonunda belgilanadigan asoslar boʻyicha toʻxtatib turish holatlari mustasno) nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

nazorat qiluvchi organlar

41.

Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradigan mezonlarni takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi

Loyihada foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib koʻrsatishni, shuningdek, davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlashni sodir etganlik boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos boʻladigan zarar miqdorini 2 baravar oshirish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Bosh prokuratura

Valiyev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

42.

Garov munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi

Loyihada:

garovdagi mulkni bozor qiymatida savdoga chiqarish;

qaytmagan qarzdorlik summasi garov qiymatining 15 foizidan kam boʻlganda, undiruvni mulkka qaratmaslik;

kredit shartnomasi boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik vujudga kelgan hollarda dastlabki bosqichda muddati oʻtgan qarzdorlik qismiga daʼvo ariza kiritish va shundan soʻng ham qarzdor muddati oʻtgan qarzdorlikni toʻlamagan va toʻlov grafigi muddatiga rioya qilmagan (grafikka yetib olmagan) taqdirda toʻliq kredit summasini undirish haqida daʼvo ariza kiritish tartiblarini joriy etish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Markaziy bank

(Saydullayev),

Oliy Sud

(Islamov),

Majburiy ijro byurosi

(Egamberdiyev)

43.

Tadbirkorlarning mulk huquqlarini yanada kuchaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada:

tadbirkorlik subyektlarining mulkini buzish bilan bogʻliq kompensatsiya toʻlovlaridan qarzdorlik mavjud boʻlganda yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolarida realizatsiya qilishdan mahalliy budjetga tushgan tushumlarni Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga yoʻnaltirish tartibini joriy qilish;

kreditorlik qarzdorligi mavjud hokimliklarning mahalliy budjetdan orttirilgan mablagʻlarini sarflashni taqiqlash;

hokimliklardan kompensatsiya va zarar undirish toʻgʻrisidagi sud qarorlarini bosqichma-bosqich undirish boʻyicha onlayn roʻyxatni shakllantirish va yuritish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

44.

“Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturini joriy qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada Qoraqalpogʻiston Respublikasida biznes uchun yanada qulay shart-sharoitlarni joriy qilish nazarda tutiladi.

2024-yil sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Ermanov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

45.

Soliq sohasida nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq ekspertlaridan iborat ekspert kengashini tashkil etish;

tadbirkorlar va soliq organlari oʻrtasida yuzaga kelayotgan nizolarni sudgacha hal qilishning yagona tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

2024-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

46.

Milliy brendlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada milliy brendlarni dunyoga tanitish maqsadida davlatning rasmiy nomi, xususan, qisqartirilgan nomini firma nomiga kiritish boʻyicha ruxsat etish tartibini soddalashtirish.

2024-yil noyabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

47.

Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi

Loyihada:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish;

nazorat qiluvchi organlar tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish;

Biznes-ombudsmanga nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlarini maʼmuriy javobgarlikka tortish qarorlari ustidan va tashqi infratuzilma obyektlariga ulanish, shuningdek, elektr energiyasi, tabiiy gaz taʼminoti, ichimlik va oqova suv xizmatlarini koʻrsatishga masʼul tashkilotlar ustidan sudlarga shikoyat kiritish vakolatini berish nazarda tutiladi.

2024-yil oktabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

nazorat qiluvchi organlar

48.

Soliq va bojxona organlarida oʻzaro qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olishni takomillashtirish boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada “BBB” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summalarini oʻzaro hisobga olish tartibini tatbiq etish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov)

49.

Tadbirkorlik subyektlari uchun bitta huquqbuzarlik boʻyicha bitta javobgarlikni belgilashga qaratilgan

qonun loyihasi

Loyihada quyidagilarni bekor qilish nazarda tutiladi:

jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima;

fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik.

2024-yil noyabr

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

50.

Soliq maslahatchilari huquqlarini taʼminlash boʻyicha

qonun loyihasi

Loyihada soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan sudlarda va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda soliqqa oid huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy, fuqarolik, jinoyat ishlarini hamda maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish chogʻida, shu jumladan, dastlabki tergov jarayonida mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini ifodalashni taʼminlash boʻyicha tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Bosh prokuratura

(Valiyev),

Oliy Sud

(Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

51.

Soliq toʻlovchilarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha qonun loyihasi

Loyihada majburiy ijroga qaratilgan masalalar, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan soliq auditi (taftish) boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus depozit hisob-raqamiga oʻtkazilgan pul mablagʻlariga nisbatan soliq organlari tomonidan penya hisoblanishini toʻxtatib turish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Bosh prokuratura

(Valiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

52.

Soliqlarni hisobga olish muddatini qisqartirish boʻyicha qonun loyihasi

Loyihada ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq toʻlovchining boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlaridan hisobga olishni soliq organlari tomonidan koʻpi bilan 3 kun muddatda amalga oshirish tartibini joriy qilish nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov)

53.

Qishloq xoʻjaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

ayrim hududlarda huquqiy eksperiment tariqasida kooperatsiya asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi maxsus agrar rejim joriy qilish;

fermer va dehqon xoʻjaliklariga ixtisoslashuvidan qatʼiy nazar har bir gektar yer maydoniga kamida ikkita sherikni (jismoniy shaxs) jalb qilgan holda birgalikda faoliyat yuritish shartnomasi hamda qishloq xoʻjaligi kooperativi asosida eksportbop va serdaromad mahsulot ishlab chiqarishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

2025-yil yanvar

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov)

54.

Investitsiyalarni jalb qilish va biznes yuritish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish haqidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

kapital bozorni ommaviy moliyalashtirish jarayonlarini soddalashtirish maqsadida axborot tizimlari orqali investitsiya kiritish va jalb etishga qaratilgan tizim joriy etish;

qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va sotib olishda, venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda, kommandit shirkatlarga hissa kiritishda hamda qarz berish va olishda investitsion platformalar xizmatlaridan foydalanishga ruxsat etish;

investitsion platforma operatorlariga qoʻyiladigan talablarni belgilash;

investitsion platforma orqali investorlarning investitsiya kiritish va investitsiya jalb etuvchi shaxslarning mablagʻlar jalb etish shartlari nazarda tutiladi.

2024-yil dekabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li)

55.

Korporativ munosabatlarni tartibga solishni yanada

soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada:

masʼuliyati cheklangan jamiyat bilan tuzilgan qarz shartnomasida belgilangan tartibda qarzni ulushga ayirboshlashga ruxsat berish;

taʼsischini jamiyat taʼsischilari safidan chiqarish yoki boshqa shaxslarni jamiyat taʼsischilari safiga kiritish boʻyicha sudning kuchga kirgan qarorini ijro etishda jamiyat umumiy yigʻilish qarori qabul qilinishi talab etilmasligini belgilash;

Korporativ etika boʻyicha komissiya tashkil etish;

xoʻjalik jamiyatlarida jamiyat direktori oʻz harakatlarini kelishishi majburiy boʻlgan jamiyat aksiyadorlarining (ishtirokchilarining) vakolatli vakili (prokurist) instituti tashkil qilinishi mumkinligini belgilash nazarda tutiladi.

2025-yil fevral

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

56.

Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Loyihada kichik va oʻrta biznesni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi, shuningdek, mazkur Farmon bilan belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarni oʻz ichiga olgan 2025-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi nazarda tutiladi.

Bunda, strategiyani ishlab chiqishga xalqaro moliya institutlari, Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi, xorijiy va mahalliy ekspertlar jalb qilinadi.

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

(Abidxodjayev)

Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2024-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish dasturi doirasida bajariladigan
AMALIY TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar va tashabbuslar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish

1. Kichik tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarini jalb qilish.

2. “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida “300 mln soʻmlik mikrokredit” mahsulotini joriy qilish.

2024-yil sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Saydullayev),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(Maxamatov),

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB

(Annaklichev)

3. Dastur doirasida kichik tadbirkorlik subyektlariga bir yil davomida 10 trln soʻm miqdoridagi mikrokreditlar yoʻnaltirish.

2024-2025-yillarda

2.

Mikromoliya xizmatlarini kengaytirish

1. Mikromoliya xizmatlariga 1 trln soʻm resurs ajratish.

2024-yil sentabr — dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Saydullayev)

2. Mikromoliya xizmatlarini koʻrsatish uchun 1 trln soʻm miqdorda mablagʻlar jalb qilish.

2024-yil dekabr

“Mikrokreditbank” ATB

(Boʻtayev)

Markaziy bank

(Saydullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

3. Mikromoliya xizmatlari hajmini 12 trln soʻmga yetkazish.

2024-yil dekabr

3.

Arzon resurslarni kichik va oʻrta biznesga yoʻnaltirish

Davlat kafolati ostida jalb qilingan mablagʻlarni yirik korxonalarga ajratish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechish va 2025-yil yakuniga qadar 40 foizga qisqartirish.

2024-2025-yillarda

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov, Xodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov)

4.

Avtomobilda yuklarni xalqaro tashishning ruxsatnoma tizimini ochiqlash

“E-logistika” elektron platformasini ishga tushirish, eksportchilar uchun avtomobilda yuklarni xalqaro tashishda ruxsatnomalar soni va egalarini kuzatish hamda ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish imkoniyatini yaratish.

2024-yil sentabr

Transport vazirligi

(Mahkamov)

5.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi oʻrnini qoplash jarayonlarini raqamlashtirish

Eksport operatsiyalari boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash uchun bojxona organlarining elektron maʼlumotlar bazasida tovarlar bojxona chegarasini kesib oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar korxonalar kesimida toʻliq aks ettirilishini va ushbu maʼlumotlar real vaqt rejimida soliq organlarining elektron maʼlumotlar bazasiga uzatilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr

Bojxona qoʻmitasi

(Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

6.

Ishlab chiqaruvchilarni oʻzlashtirish darajasi boʻyicha qoʻllab-quvvatlash

Tarmoqlar kesimida mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi sertifikatlarni berish tizimini hamda ularni oʻzlashtirish darajasi boʻyicha reyestrni joriy etish.

2024-yil oktabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Raximova),

Texnik tartibga solish agentligi

(Jumanazarov)

7.

Mahsulotlar sifati muvofiqligini aniqlash imkoniyatlarini kengaytirish

1. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, saralash va qayta ishlash uskunalari va butlovchi qismlarini sertifikatlash uchun Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida sinov laboratoriyalarini tashkil qilish.

2024-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi,

Texnik tartibga solish agentligi

(Jumanazarov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abduraxmonov),

Namangan, Samarqand, Xorazm viloyatlari hokimliklari

2. Mebel va yogʻochsozlik sanoati uyushmasi qoshida zamonaviy sinov laboratoriyasini tashkil qilish.

Vazirlar Mahkamasi,

Texnik tartibga solish agentligi

(Jumanazarov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

8.

Vatandoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish

1. Vatandoshlarni savdo va investitsiya masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida jalb qilish.

2024-yil dekabr, doimiy

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

2. Vatandoshlar bilan muhokamalar oʻtkazish, ularning taklif, tashabbus va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish.

Har oy

9.

Xalqaro bank va fondlar bilan ishlashni jadallashtirish

Xalqaro bank va fondlar bilan ishlash boʻyicha loyiha guruhini tashkil qilish va uning rahbariga Bosh vazir oʻrinbosari maslahatchisi maqomini berish.

2024-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

10.

Ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

Import oʻrnini bosuvchi mahalliylashtirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 100 mln AQSh dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirish.

2024-2025-yillarda

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev, Qoʻchqorov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

11.

Elektr taʼminoti sohasiga xususiy sektorni jalb qilish

1. Samarqand viloyatida elektr tarmoqlariga xususiy operatorni jalb qilish boʻyicha tender eʼlon qilish.

2024-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Mustafayev),

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi

(Xodjayev),

Energetika vazirligi

(Mirzamaxmudov)

2. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida elektr tarmoqlariga xususiy operatorlarni jalb qilish.

2025-yil yanvar — sentabr oylarida

12.

Tadbirkorlarni yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun zarur yer uchastkalari bilan taʼminlash

Yer qaʼridan foydalanish maqsadlari uchun kamida 300 ta kon va yer uchastkalarini, shundan 170 dan ortiq qum-shagʻalga ega yer uchastkalarini auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga taklif etish.

2024-yil sentabr — dekabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(Islamov)

13.

Meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish

1. AQSh bozori talabini oʻrganib chiqib, Oʻzbekistonda yetishtirilgan eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Karantin agentligi

(Ergashev)

2. Roʻyxat asosida mahsulotlar eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olish yuzasidan AQSh Hukumati bilan muzokaralar oʻtkazish.

2024-2025-yillarda

14.

Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish

1. Hunarmandlarning xalqaro koʻrgazma va festivallarda ishtirokini taʼminlash boʻyicha reja-jadvalni tasdiqlash.

2024-yil sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

2. Milliy uslubdagi pavilonlar yaratish, hunarmandchilik mahsulotlari boʻyicha targʻibot materiallarini chop etish choralarini koʻrish.

Reja-jadvalga asosan

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Hunarmand uyushmasi

15.

Karantin xizmatlarini koʻrsatishda kompleks yondashuvni joriy qilish

1. Karantin xizmatlarini kompleks koʻrsatish boʻyicha yagona namunaviy shartnoma tayyorlab, barcha eksportchilarga yetkazish.

2. Karantin xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni dam olish kunlarisiz, tunu kun qabul qiladigan, shuningdek, tadbirkorlarga shaxsiy kabinet orqali toʻlovlarni erkin boshqarish tizimini joriy etish.

2024-yil dekabr

Karantin agentligi

(Ergashev)

16.

Mahalliy sanoat korxonalari faoliyatini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga moslashtirish

1. Kamida 10 ta mahalliy sanoat tarmoqlari xodimlarini Jahon savdo tashkiloti qoidalari asosida ishlashga oʻrgatishni tashkil etish.

2024-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi

(Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Texnik tartibga solish agentligi

(Jumanazarov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov)

2. Mazkur xodimlar tomonidan hududlardagi eksporti 1 mln AQSh dollaridan yuqori boʻlgan korxonalarni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirishga koʻmaklashishni tashkil etish.

2024-2025-yillarda

17.

Yirik korxonalarga xizmat koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish

3 ming nafar mahalliy mutaxassisni Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi uskuna ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuborish.

Bunda malaka oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish.

2024-2025-yillarda

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

tarmoq uyushmalari

18.

Turizm sohasidagi tadbirkorlarga qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarib berish tizimini avtomatlashtirish

Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarib berish tizimini avtomatlashtirish maqsadida Turizm qoʻmitasi va Soliq qoʻmitasining axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish.

2024-yil sentabr

Turizm qoʻmitasi

(Shadiyev),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

19.

Umumiy ovqatlanish sohasiga xalqaro brendlarni jalb qilish

Umumiy ovqatlanish sohasiga xalqaro brendlarni jalb qilish yuzasidan takliflar kiritish.

Bunda umumiy ovqatlanish sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlarni nazarda tutish.

2024-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

20.

Professional taʼlimni rivojlantirish

Hududlardagi, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi professional taʼlim tashkilotlarida tokarlarni tayyorlash boʻyicha yoʻnalishlar tashkil qilish.

2024-2025-yillarda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Logistika xizmatlarini rivojlantirish

1. Logistika markazlarini tashkil qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2. Xalqaro ahamiyatdagi yoʻllarni qurish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil oktabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Qudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov)

22.

Startaplarni qoʻllab-quvvatlash

Karyera qilish boʻyicha “Ustoz AI” platformasida bepul onlayn videokurslar platformasini yaratish va uni oliy taʼlim muassasalarida qoʻllash boʻyicha takliflar kiritish.

2024-yil sentabr

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sharipov)

23.

Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash

Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va tashkilotchilar mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston va Yaponiyada Xalqaro yoshlar palatasi forumini tashkil etish va unda yoshlar ishtirokini taʼminlash

2025-yil davomida

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

24.

Inson hayoti va sogʻligiga yuqori xavf soluvchi mezonlarni aniqlash

1. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar roʻyxatini Adliya vazirligiga taqdim etish.

2024-yil sentabr

Nazorat qiluvchi organlar

2. Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar reyestrini joriy qilish, uning lozim darajada (dolzarb) va barcha uchun ochiq holatda yuritilishini taʼminlash.

2024-yil oktabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

25.

Markirovkalash tartiblarini takomillashtirish

Markirovkalanadigan tovarlarni, jumladan, alkogol mahsulotlarini umumiy ovqatlanishda qoʻyib sotish tartiblarini takomillashtirish orqali umumiy ovqatlanishda markirovkalanadigan alkogol mahsulotlarini hisobdan chiqarishning raqamlashtirilgan texnik imkoniyatlarini yaratish.

2024-yil dekabr

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev)

26.

Tekshiruvdan oldingi tahlil oʻtkazishda shaffoflikni taʼminlash

Dasturiy mahsulot tomonidan tekshiruvdan oldingi tahlil oʻtkazish uchun ishlatiladigan formulani Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.

2024-yil sentabr, doimiy

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Biznes-ombudsman

(Qosimov)

27.

Aholi oʻrtasida tadbirkorlikni keng targʻib qilish

1. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot doirasida bildirilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish natijasida tadbirkorlarning faoliyatida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlarni yoritib borish yuzasidan mediareja tasdiqlash.

2024-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi

(Qoʻchqorov)

2. Mediarejaga asosan, ochiq muloqot doirasida qabul qilingan hujjatlar va amalga oshirilgan chora-tadbirlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga taʼsirini tahlil qilish va ijobiy natijalarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

Har oy

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini taʼminlash

1. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda, xususan, uning doirasida ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyxati va amaliy tadbirlar rejasida belgilangan har bir vazifani amalga oshirish holatini oʻrganish.

Doimiy

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Hisob palatasi

(Boboyev)

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumot va topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har oy

3. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish holatini Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqish, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun tegishli masʼullarga choralar koʻrib borish.

Har oy

Vazirlar Mahkamasi

(Sadikov)

4. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan har bir vazifa masʼul idoralar tomonidan belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishini nazorat qilish va taʼminlash.

Doimiy

Nazorat inspeksiyasi

(Saidkarimov),

Hisob palatasi

(Boboyev),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Biznes-ombudsman

(Qosimov),

Savdo-sanoat palatasi

(Vahobov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-181-son qarori quyidagi mazmundagi 51-band bilan toʻldirilsin:
“51. Komissiyaga tashqi savdodagi tarif va notarif choralarni JST talablari asosida vaqtincha tartibga solish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati berilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi PF-6-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2024-y., 06/24/132/0676-son; 11.12.2024-y., 06/24/214/1018-son; 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son)