toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 24-maydagi PQ-4337-son qaroriga muvofiq eksport faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatishning asosiy yoʻnalishlari;
moliyaviy yordam olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
eksport qiluvchi tashkilotlarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi;
maqsadli moliyaviy yordam yoʻnalishlari va predmeti;
moliyaviy yordam miqdori va shartlari;
moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar;
muvofiqlikni baholash organlarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi;
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish miqdori va shartlari;
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish tartibi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 11-sentabrdagi 756-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
826-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qaroriga
1-ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida moliyaviy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
biznes-trening — maʼlum bir yoʻnalishda tadbirkorlar, ularning xodimlarining (ishchilarining) bilim va koʻnikmalarini hamda faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻqitish shakli, shu jumladan, onlayn oʻqitish shakli;
biznes-forum — biznes vakillarining maʼlum bir yoʻnalish, soha va tarmoqdagi biznes masalalarini muhokama qilishga bagʻishlangan yigʻilishi, shu jumladan, onlayn yigʻilishi;
koʻrgazma-yarmarka tadbirlari — xorijda va Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etiladigan xalqaro, mintaqalararo, hududlararo koʻrgazmalar, konfrensiyalar, festivallar, yarmarkalar va tadbirkorlik subyektlarining eksport imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan boshqa tadbirlar, shu jumladan, onlayn tadbirlar;
biznes-seminarlar — tadbirkorlik faoliyatiga oid tajriba, bilim va maʼlumotlar bilan almashish maqsadida oʻtkaziladigan interfaol oʻquv-amaliy tadbir shakli, shu jumladan, onlayn interfaol oʻquv-amaliy tadbir shakli;
eksport qiluvchi tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan va eksport faoliyatini amalga oshirayotgan yoki uni boshlash istagidagi tadbirkorlik subyektlari;
reklama kampaniyasi (taqdimot) — maʼlum bir davrga va bozorga moʻljallangan, eksport hajmini oshirish boʻyicha marketing maqsadlariga erishishga, xususan, mahsulotlar (xizmatlar) bilan tanishtirish, ularni taklif etish va xaridorlarni jalb qilishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish;
standartlar — standartlash boʻyicha tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar hamda xorijiy davlatlarning milliy standartlari;
muvofiqlik sertifikati — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat;
savdo missiyalari — eksport qiluvchi tashkilotlar bilan salohiyatli xorijiy xaridorlar oʻrtasida sheriklik aloqalarini oʻrnatish, shuningdek, mahsulot taqdimotlarini oʻtkazib, salohiyatli xorijiy xaridorlar bilan kelgusida tuziladigan eksport shartnomalarining shartlarini muhokama qilish va shartnomalar tuzish maqsadida tashkil etiladigan tadbirlar.
3. Agentlik tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish;
mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish;
xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish;
xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida tadbirkorlar uchun eksport salohiyatini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish;
xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish;
koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish;
mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
Bunda eksport qiluvchi tashkilotlarning vakili qatnashishi talab etiladigan yoʻnalishlarda koʻrsatiladigan moliyaviy yordam eksport qiluvchi tashkilotlarning bir nafar vakili hisobga olingan holda qoplab beriladi.
4. Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Moliyaviy yordam olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
5. Moliyaviy yordam olish uchun eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan Agentlikka ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq ariza va buyurtmanoma-anketa toʻldirilib, quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
a) standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish yoʻnalishlarida:
standart (sertifikat) joriy qilish (olish) rejalashtirilgan mahsulot, joy, obyekt (er) maydoni hajmi, ishlovchilar soni, ishlab chiqarish quvvatlari toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
eksport qiluvchi tashkilotlarning ixtiyoriga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzilib, standartlar joriy qilingan va (yoki) muvofiqlik sertifikatlari olingan holatlarda, xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma, toʻlov topshirigʻi va (yoki) solishtirma dalolatnoma nusxalari);
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
b) mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish, koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish hamda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish yoʻnalishlarida — mahsulotlarning taqdimot materiallari, tarqatma materiallar (taqdimot, videorolik, broshyura, buklet, tashrif qogʻozi va boshqalar — eksport qiluvchi tashkilot tanloviga koʻra);
v) xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish hamda xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish yoʻnalishlarida — eksport qiluvchi tashkilotlarning, ularning mahsulotlari va brendlarining (tovar belgilarining) tender, tanlov yoki xorijiy vakolatli organ talablariga muvofiq kelishi boʻyicha solishtirma jadval shaklidagi maʼlumot;
g) mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yoʻnalishida — mahsulotlarning texnik koʻrsatkichlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqqan holda yetkazib berish imkoniyatlari va shartlarini oʻzida aks ettirgan ingliz, rus yoki eksport qiluvchi tashkilotning ixtiyoriga koʻra boshqa zarur xorijiy tilda tayyorlangan tijorat takliflari.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etish, toʻlovga qobiliyatsizlik va (yoki) tugatish holatidagi Eksport qiluvchi tashkilotlarning arizalari koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi;
(5-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishlarida — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilganligi haqidagi maʼlumot.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
6. Eksport qiluvchi tashkilotlardan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etiladi.
8. Eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita taqdim qilinganda, arizaning nusxasi darhol hujjatlar qabul qilingan sana belgisi bilan eksport qiluvchi tashkilotga beriladi.
9. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun javobgarlik eksport qiluvchi tashkilotlarga yuklanadi.
3-bob. Eksport qiluvchi tashkilotlarning arizalarini koʻrib chiqish tartibi
10. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlik tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
11. Agentlik arizani unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda belgilangan tartibda roʻyxatga oladi.
12. Agentlik taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi, moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻnalishlari, shartlari va maqsadlariga hamda moliyaviy yordam miqdorining ushbu Nizom 18-bandida belgilangan yuqori chegaralarga, shuningdek, eksport operatsiyalari boʻyicha mavjud muddati oʻtgan qarzdorlikning mazkur Nizomda belgilangan miqdorlarga muvofiqligi nuqtai nazardan koʻrib chiqadi.
Bunda eksport qiluvchi tashkilotlarning eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi miqdori (debitor qarzdorlikni undirish boʻyicha sud qarori mavjud boʻlgan debitor qarzdorlik miqdori bundan mustasno) soʻnggi 12 oyda amalga oshirilgan eksport hajmining 30 foizidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishidagi moliyaviy yordamdan foydalanayotgan eksport qiluvchi tashkilotning kamida 51 foiz ulushi ishtirokida 2021-yil 1-apreldan keyin tashkil etilgan savdo uyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-noyabrdagi PF-5587-son Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatdagi xomashyo tovarlaridan boshqa tovarlar eksportiga ixtisoslashgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilgan boʻlishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
13. Moliyaviy yordam toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
Agentlik 1 ish kuni davomida pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali qabul qilingan qaror toʻgʻrisida eksport qiluvchi tashkilotlarga bildirishnoma yuboradi.
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va moliyaviy yordam berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
14. Agentlik moliyaviy yordam koʻrsatish belgilangan arizalar boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish tadbirlarini (tender, konkurs va boshqalar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiradi.
15. Moliyaviy yordam ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, toʻlovlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarning bank hisobvaragʻiga, amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha esa — qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida eksport qiluvchi tashkilotlarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
16. Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan monitoring natijalariga koʻra Agentlik bilan eksport qiluvchi tashkilotlar va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnoma ijrosi shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda taʼminlanmaganligi aniqlangan taqdirda, tegishli mablagʻlar Agentlik tomonidan yuborilgan yozma bildirishnoma qabul qilingan sanadan boshlab 10 ish kuni davomida aybdor tomonidan qaytarilishi kerak.
Eksport qiluvchi tashkilotlar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar va Agentlik oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarining buzilishi bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
161. Agentlik tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilgan eksport qiluvchi tashkilot moliyaviy yordam koʻrsatilgan kundan boshlab quyidagi muddat va hajmlarda eksportni amalga oshirmagan taqdirda, ushbu eksport qiluvchi tashkilotga kelgusida moliyaviy yordam taqdim qilinmaydi:
mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish, koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish, mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yoʻnalishlarida — 6 oy muddatda;
savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishida — 3 oy muddatda, qoplab berilgan xarajatlarning kamida 10 barobari miqdorida eksport amalga oshirilmaganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda obyektiv sabablar va aniq shartnomalar boʻlgan taqdirda yuqoridagi majburiyatlarni bajarish muddati Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan 12 oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
162. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi har oyning yakuni bilan Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilgan savdo uylari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etib boradi.
(161-162-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
4-bob. Maqsadli moliyaviy yordam yoʻnalishlari va predmeti
17. Moliyaviy yordam quyidagilar bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlab berish uchun koʻrsatiladi:
1) standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish yoʻnalishida:
standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish;
respublikada va xorijda mahsulotlarni sertifikatlash;
muvofiqlikni baholash;
omologatsiya;
respublikada va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish talablarini ishlab chiqish;
mahsulot namunalarini xorijda va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasidagi laboratoriyalarda tekshirish, sinovdan oʻtkazish, xulosalar olish, xorijdagi laboratoriyalarga mahsulot namunalarini yetkazib berish, saqlash va (yoki) yoʻq qilish, shu jumladan, xorijiy xaridorlarning talablarini bajarish va eksport shartnomalari ijrosini taʼminlash;
2) mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalari oʻtkazish yoʻnalishida:
reklama bannerlari, interaktiv va yorugʻlik diodli koʻcha ekranlarini, shu jumladan, aeroport terminallarida oʻrnatish, tarqatma materiallarni tayyorlash;
qidiruv mashinalari asosida saytni optimallashtirish xizmatlaridan foydalanish (Search Engine Optimization — SEO);
qidiruv marketingini oʻtkazish (Search Engine Marketing — SEM);
materiallarni jamoatchilik hamjamiyatlar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan, xeshteggingda nashr etish orqali ijtimoiy xizmatlarda saytni targʻib qilish;
raqamli reklamani tayyorlash hamda xorijiy televideniye va radioda, ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, messenjerlar, onlayn oʻyinlarda joylashtirish, shuningdek, chet eldagi gazetalarda, biznes jurnallarda va kataloglarda nashr qilish;
mahsulot va xizmatlarni xalqaro elektron savdo maydonchalariga, shu jumladan, ularda roʻyxatdan oʻtish va aʼzo boʻlish orqali joylashtirish;
3) xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish yoʻnalishida:
roʻyxatga olish yigʻimlarini toʻlash;
tender hujjatlarini olish;
4) xorijiy vakolatli organlarda mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish yoʻnalishida:
roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlovlar;
roʻyxatdan oʻtkazilishi zarur boʻlgan mahsulotlar va brendlar (tovar belgilari) hujjatlari va namunalarini tegishli xorijiy vakolatli organlarga yetkazib berish;
roʻyxatdan oʻtkazishda xorijiy davlatdagi tashkilotlardan talab etiladigan qoʻshimcha hujjatlarni olish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi hududlarida tadbirkorlar uchun eksport salohiyatini oshirish maqsadida mahalliy va xorijiy kompaniyalarni, mutaxassislarni jalb qilgan holda biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar tashkil etish yoʻnalishida:
binolarni ijaraga olish;
texnik taʼminot;
qoʻshimcha uskunalarni oʻrnatish va demontaj qilish;
oʻtkaziladigan tadbir haqida axborotni tarqatish maqsadida ommaviy axborot vositalarining xizmatlaridan foydalanish;
xorijiy kompaniyalar va (yoki) mutaxassislar (murabbiylar) xizmatlaridan foydalanish (xizmat haqi, uy ijarasi, mehmonxona toʻlovi, transport xarajatlari, vakillik xarajatlari, esdalik sovgʻalar uchun xarajatlar);
tarjimonlik xizmati;
axborot-taqdimot materiallari, bukletlar tayyorlash;
kofe-breyklarni tashkil qilish;
mahalliy tadbirkorlarni jalb qilish, ularning ishtirokini taʼminlash (transport xarajatlari);
autsorsing xizmatlaridan foydalanish;
6) xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etish yoʻnalishida:
biznes-seminarlar, treninglar va forumlarda ishtirok etish (qatnashish toʻlovi, transport xarajati — ekonom klass uchun, mehmonxona xarajati — standart nomer uchun);
savdo missiyalarini tashkil etish (transport va mehmonxona xarajatlari, xorijiy kompaniyalar, mutaxassislarning xizmat haqi, binoni ijaraga olish, texnik taʼminot, axborot-taqdimot materiallarini tayyorlash, esdalik sovgʻalari olish, kofe-breyklar tashkil etish, vakillik xarajatlari, autsorsing xizmatlaridan foydalanish, delegatsiyaga chet elda hamrohlik qilish boʻyicha xizmatlar haqi, uchrashuv, transfer, kuzatish, tarjimon, gid xizmatlari va boshqalar);
7) koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish yoʻnalishida (eksport qiluvchi tashkilotlar alohida oʻzi shaxsan ijaraga olgan maydonda qatnashgan holatlardan tashqari):
roʻyxatga olish yigʻimlari;
koʻrgazma maydonlarini (shu jumladan, stendlarni joylashtirishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda) hamda koʻrgazma stendi va jihozlarini ijaraga olish;
stendlarni ishlab chiqarish, montaj va demontaj qilish, qoʻshimcha koʻrgazma uskunalari va mebellarni ijaraga olish, friz yozuvi xizmati, stend dizaynini yaratish, autsorsing xizmatlari;
elektr taʼminoti manbalariga ulanish, shu jumladan, elektr energiyasidan foydalanish;
mahsulotlar namunalari va boshqa koʻrgazma eksponatlarini xorijiy davlatdagi koʻrgazma-yarmarka tadbirlari maydoniga yetkazib berish va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish;
qoʻshimcha koʻrgazma xizmatlaridan foydalanish (stendni tozalash, qoʻriqlash, aloqa vositalarini ulash va boshqalar);
salohiyatli import qiluvchi xaridorlarni topish uchun ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalar xizmatlaridan foydalanish;
taqdimot materiallari, tarqatish uchun materiallar (broshyuralar, tashrif qogʻozlari, bukletlar va boshqalar) tayyorlash;
8) mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yoʻnalishida:
mahsulot namunalarini pochta va kuryerlik xizmatlaridan foydalangan holda yetkazib berish va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish;
mahsulot namunalarini transport kompaniyalari xizmatlaridan foydalangan holda yetkazib berish va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelish;
mahsulot namunalarini xorijiy davlatda importga rasmiylashtirish (xorijiy davlat qonunchiligiga muvofiq namuna sifatida yuborilgan mahsulotlarni import qilishda toʻlovlar undirilishi belgilangan hollarda).
Oldingi tahrirga qarang.
9) savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishida:
roʻyxatga olish yigʻimlari;
ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish;
elektr taʼminoti manbalariga ulanish, shu jumladan, elektr energiyasidan foydalanish va kommunal xizmatlar uchun toʻlovlar;
reklama kampaniyalarini tashkil qilish.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qaroriga asosan 9-kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
5-bob. Moliyaviy yordam miqdori va shartlari
18. Agentlik tomonidan beriladigan moliyaviy yordam ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan yoʻnalishlarga muvofiq quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish yoʻnalishida — 100 foiz, biroq bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olish uchun 20 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda. Eksport qiluvchi tashkilotlarning ixtiyoriga koʻra tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma tuzilib, standartlar joriy qilingan va (yoki) muvofiqlik sertifikatlari olingan holatlarda shartnoma qiymatining 80 foizi, biroq ushbu yoʻnalish uchun belgilangan summaning 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda (elektrotexnika sanoati mahsulotlari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlarida talab etiladigan standart va sertifikatlarni joriy etish boʻyicha cheklovlarsiz haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qoplab beriladi) moliyaviy yordam koʻrsatiladi;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalari oʻtkazish yoʻnalishida — 100 foiz miqdorda, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun bir kalendar yilida 20 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish yoʻnalishida — 100 foiz miqdorda;
xorijiy vakolatli organlarda mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) roʻyxatdan oʻtkazish yoʻnalishida — 100 foiz, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun 10 000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
xorijiy mamlakatlardagi biznes-seminarlar, treninglar va biznes-forumlarda ishtirok etish, xorijiy davlatlarga savdo missiyalari tashkil etish, shu jumladan, bunday tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etish yoʻnalishida — 100 foiz miqdorda haqiqiy xarajatlar boʻyicha;
koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish yoʻnalishida — 100 foiz miqdorda Agentlikning haqiqiy xarajatlari boʻyicha cheklanmagan miqdorda. Koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida oʻz mablagʻi hisobidan ishtirok etgan tadbirkorlarning xarajatlari Agentlik tomonidan qoplab berilmaydi;
mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yoʻnalishida — 100 foiz miqdorda, lekin bir eksport qiluvchi tashkilot uchun bir kalendar yilida jami 2000 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
Oldingi tahrirga qarang.
savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlarni qisman qoplab berish yoʻnalishida — 50 foiz miqdorda. Shu bilan birga, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari uchun — 50 foiz miqdorda, lekin 4-ilovaga muvofiq savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari boʻyicha Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan toʻlab beriladigan bir oylik qatʼiy miqdorlardan koʻp boʻlmagan miqdorda, bitta eksport qiluvchi tashkilot uchun jami 100 kvadrat metrgacha (omborxonalar uchun 500 kvadrat metrgacha) boʻlgan maydon hisobiga toʻlab beriladi.
(18-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son)
Bunda toʻlovlar Agentlik tomonidan tuziladigan shartnomalarga asosan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi tegishli tashkilotlarga toʻgʻridan toʻgʻri amalga oshiriladi.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshiga muvofiq eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan toʻlovlar amalga oshirilgan holatlarda, xorijiy valyutadagi xarajatlar boʻyicha koʻrsatiladigan moliyaviy yordam miqdori eksport qiluvchi tashkilotlar toʻlovlarni amalga oshirgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada hisoblanadi.
6-bob. Moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish tartibi
19. Quyidagilar moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻladi:
eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan mazkur Nizomga muvofiq belgilangan hujjatlarni toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan soʻralayotgan moliyaviy yordamning mazkur Nizomda belgilangan tartib va talablarga nomuvofiqligi;
eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlik mavjudligi (eksport qiluvchi tashkilotlarning eksport operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi miqdori soʻnggi 12 oydagi eksport hajmining 30 foizidan ortiq boʻlmagan va debitor qarzdorlikni undirish boʻyicha sud qarori mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno);
eksport qiluvchi tashkilotlar taqdim etgan hujjatlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
20. Boshqa sabablarga koʻra moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
21. Rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Agentlik bir ish kuni davomida eksport qiluvchi tashkilotlarga Agentlikning mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan rad etish sabablari, shuningdek, eksport qiluvchi tashkilotlar koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun topshirish muddati koʻrsatilgan holda asosli xulosani yuboradi.
22. Eksport qiluvchi tashkilotlar moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, belgilangan muddatda ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni, shu jumladan, rad etishning ilgari koʻrsatilgan sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun Agentlikka topshirish huquqiga ega.
23. Eksport qiluvchi tashkilot belgilangan muddatda moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar Agentlik tomonidan rad etilgan sabablarni bartaraf etish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
24. Arizani qayta koʻrib chiqishda Agentlik tomonidan rad etishning ilgari yozma ravishda aytilmagan sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
25. Belgilangan muddatdan keyin berilgan hujjatlar yangi topshirilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
26. Eksport qiluvchi tashkilotlar moliyaviy yordam koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, Agentlikning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
7-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi
27. Eksport qiluvchi tashkilotlarga xarajatlarni qoplash boʻyicha koʻrsatiladigan moliyaviy yordam bilan bogʻliq Agentlikning xarajatlari Agentlik uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Moliyaviy yil davomida tadbirkorlik subyektlarining taqdim etgan arizalariga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda, tasdiqlangan bazaviy smetaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
28. Har bir moliyaviy yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq Agentlikning tasdiqlangan smeta boʻyicha buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
29. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq moliyalashtiriladi.
30. Xorijdagi shartnomalar boʻyicha xarajatlar Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarining chet el valyutasidagi mablagʻlarini samarali boshqarish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-maydagi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
31. Moliya yili yakuni boʻyicha Agentlik shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytariladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. Ushbu Nizom qoidalarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
33. Budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Agentlikka yuklanadi.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi eksport qiluvchi tashkilotlarga ushbu Nizomga muvofiq moliyaviy yordam koʻrsatish boʻyicha Agentlik faoliyatining samaradorligini monitoring qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Eksport qiluvchi tashkilotlar

Ariza, buyurtmanoma-anketa va boshqa zarur hujjatlarni tayyorlash hamda toʻgʻridan toʻgʻri, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Tashqi iqtisodiy maʼlumotlar portali orqali taqdim etish.

Eksport qiluvchi tashkilotlarning ixtiyoriga koʻra

 

2-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Arizalarni koʻrib chiqish va moliyaviy yordam koʻrsatish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab 7 ish kunida

3-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Eksport qiluvchi tashkilotlarga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kunida

Moliyaviy yordam koʻrsatish belgilangan arizalar boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish tadbirlarini (tender, konkurs va boshqalar) amalga oshirish.

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddat�arda

4-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Moliyaviy yordam koʻrsatish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish:

a) Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar boʻyicha;

Shartnomada belgilangan muddatda

b) amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni ichida

5-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi bilan eksport qiluvchi tashkilot va tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma ijrosi�i monitoring qilish.

Doimiy ravishda

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar
‎va tashqi savdo vazirligi huzuridagi
‎Eksportni ragʻbatlantirish agentligi ‎

‎Moliyaviy yordam olish toʻgʻrisida ariza‎

‎________________________________________________(eksport qiluvchi tashkilotning nomi) quyidagilarda moliyaviy yordam koʻrsatishingizni soʻraymiz*:‎

 _________________________________________standartini joriy qilish (muvofiqlik sertifikati olish) (standart, sertifikat nomi) ‎‎‎‎

 taqdimot va reklama kampaniyalari oʻtkazish (talab qilinadigan xizmatlar (ishlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinishi zarur)‎‎‎ ________________________________________________________________________

 xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish (qatnashiladigan tender va tanlov haqidagi maʼlumotlar ilova qilinishi zarur)‎ _____________________________________________________________________________

 ______________________________ ‎mahsulotini (brendini, tovar belgisini)‎‎______________________‎‎‎dagi

‎(mahsulot nomi)‎

‎‎

(davlat nomi)‎‎

__________________________________________________________________________da roʻyxatdan oʻtkazish‎

(vakolatli organ nomi)‎‎‎

‎‎_________________________________da boʻlib oʻtadigan biznes-seminarda (biznes-trening, savdo missiyasi,

‎‎(davlat nomi)‎

‎‎

biznes-forumda) ishtirok etish (tadbir haqida maʼlumot, oʻtkazish sanasi boʻyicha maʼlumotlar ilova qilinishi zarur)‎‎

_________________________da boʻlib oʻtadigan‎ _________________________‎_______________xorijiy‎

(davlat nomi)‎‎‎

(koʻrgazma, yarmarka nomi)‎‎‎

koʻrgazmasida (yarmarkada) ishtirok etish (koʻrgazma, yarmarka toʻgʻrisida maʼlumotlar ilova qilinishi zarur)‎‎

 mahsulotlar namunalarini _______________________________________________________dagi xorijiy‎‎

(davlat nomi)‎

xaridorga (tashqi savdo uyiga, shou-rumga, Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga) yuborish (mahsulotlar nomlari, miqdori, oʻlchamlari, qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar, rasmlari va tijorat taklifi ilova qilinishi zarur)‎

 ____________________________________da savdo uyini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini

(davlat nomi) ‎‎

ijaraga olish, shu bilan birga, reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash (Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish reyestriga kiritilganligi haqidagi maʼlumot ilova qilinishi zarur)‎‎

*) Yuqoridagi bandlardan birining tanlanishi va shu bandda soʻralgan zarur maʼlumotlar ilova qilinishi zarur.‎‎

1. Anketa;
‎2. (Nizomga muvofiq ilova qilinadigan boshqa hujjatlar nomi koʻrsatiladi);
‎3. ... ‎‎‎

‎‎

_________________________________ rahbari‎‎

‎_____________________‎

(eksport qiluvchi tashkilot nomi)‎‎

(F.I.O.)‎‎

(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Buyurtmanoma-anketa

1.

Eksport qiluvchi tashkilotning nomi:

2.

Murojaat qiluvchi shaxs (F.I.O., lavozimi):

3.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon, e-mail):

4.

Eksport qiluvchi tashkilot veb-sayti:

(agar mavjud boʻlsa)

5.

Eksport qiluvchi tashkilotning tashkil topgan yili:

6.

Eksport qiluvchi tashkilotning joylashgan eri (pochta manzili):

7.

Shtat (ishchilar soni):

8.

Soʻnggi hisobot yilida mahsulot turlari boʻyicha ishlab chiqarish hajmi (miqdori va qiymati):

1.

2.

...

(agar mavjud boʻlsa)

9.

Soʻnggi hisobot yilida mahsulot turlari boʻyicha eksport hajmi (miqdori va qiymati, ming dollarda):

1.

2.

...

(agar mavjud boʻlsa)

10.

Soʻnggi hisobot yilida mahsulotlar eksport qilingan davlatlar nomi va eksport hajmi (ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

11.

Joriy qilingan (olingan) standart (sertifikat) nomi, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy yordami hisobidan (standart (sertifikat) nomi, yili, moliyaviy yordam miqdori — ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

12.

Joriy qilish (olish) rejalashtirilgan standart (sertifikat) nomi*

13.

Standart (sertifikat) joriy qilingandan (olingandan) soʻng rejalashtirilgan yillik oʻrtacha ishlab chiqarish va eksport hajmi (ming dollarda) — kelgusi 2 yil uchun, eksport qilish rejalashtirilgan davlatlar nomi*

14.

Soʻnggi ikki yilda taqdimotlar va reklama kampaniyalari oʻtkazilgan davlatlar (ommaviy axborot vositalari va boshqalar) nomi, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy yordami hisobidan (murojaatlar soni, davlatlar nomi, yili, moliyaviy yordam miqdori — ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

15.

Taqdimotlar va reklama kampaniyalari oʻtkazish rejalashtirilgan davlatlar va ommaviy axborot vositalari nomi**

16.

Soʻnggi ikki yilda ishtirok etilgan xalqaro tenderlar va tanlovlar (soni, davlati), erishilgan shartnomalar qiymati, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy yordami hisobidan (soni, davlati, yili, moliyaviy yordam miqdori — ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

17.

Xorijiy vakolatli organlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan mahsulotlar (nomi, davlati, yili), shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy yordami hisobidan (mahsulot va davlat nomi, yili, moliyaviy yordam miqdori — ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

18.

Soʻnggi ikki yilda ishtirok etilgan biznes-seminarlar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlar (nomi, davlati), shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy yordami hisobidan (nomi, davlati, yili, moliyaviy yordam miqdori — ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

19.

Soʻnggi ikki yilda ishtirok etilgan koʻrgazma-yarmarka tadbirlari (nomi, davlati, yili), erishilgan eksport shartnomalari (soni va qiymati — ming dollarda), shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy yordami hisobidan (nomi, davlati, yili, tuzilgan memorandum, kelishuv yoki eksport shartnomalari soni va ularning umumiy qiymati — ming dollarda, moliyaviy yordam miqdori — ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

20.

Ishtirok etish rejalashtirilgan koʻrgazma-yarmarka tadbiri nomi, oʻtkazilish joyi (davlati), sanasi, namoyish etiladigan mahsulotlar nomi***

21.

Mahsulotlar namunalari yuborilgan davlatlar va mahsulotlar nomi, erishilgan eksport hajmi, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining moliyaviy yordami hisobidan (davlatlar va mahsulot nomi, murojaatlar soni, moliyaviy yordam miqdori va yillar kesimida erishilgan eksport hajmi — ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

22.

Namunalari yuborish rejalashtirilgan mahsulotlar, davlatlar, xaridorlar, tashqi savdo uylari va shou-rumlar, Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari nomi, mahsulotlar ogʻirligi (kg), imzolanishi kutilayotgan shartnoma hajmi — ming dollarda****

Izoh.
* Standartlarni joriy qilish va muvofiqlik sertifikatlarini olish yoʻnalishida murojaat qiladigan eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan toʻldiriladi.
** Mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini oʻtkazish yoʻnalishda murojaat qiladigan eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan toʻldiriladi.
*** Koʻrgazma-yarmarka tadbirlarida ishtirok etish yoʻnalishida murojaat qiladigan eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan toʻldiriladi.
**** Mahsulotlar namunalarini tanishtirish maqsadida xorijiy xaridorlarga, eksport qiluvchi tashkilotlarning tashqi savdo uylari va shou-rumlariga, shu jumladan,, xaridor topishda koʻmak olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga yuborish yoʻnalishida murojaat qiladigan eksport qiluvchi tashkilotlar tomonidan toʻldiriladi.




______________________________ rahbari

(eksport qiluvchi tashkilot nomi)

_______________

(imzo)

_________________

(F.I.O.)

Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari boʻyicha Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan toʻlab beriladigan bir oylik qatʼiy miqdorlar

1 kvadrat metr uchun AQSh dollarida

Xarajat nomi

Qoʻshni davlatlar

Rossiya Federatsiyasi

Kavkaz davlatlari (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya), Belarus, Ukaraina, Moldova va Turkiya

Osiyo qitʼasi

Yevropa qitʼasi

Amerika qitʼasi

Afrika qitʼasi

Boshqalar (Avstraliya va orol davlatlar)

Yaqin Sharq va boshqa Osiyo davlatlari

Osiyo-Tinch okeani davlatlari

Ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari*

6

20

8

8

26

31

26

6

26

*Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda, zarur hollarda, savdo uylari uchun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish xarajatlari boʻyicha Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan toʻlab beriladigan bir oylik qatʼiy miqdorlarga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib boradi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi 167-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 826-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom 2022-yil 1-apreldan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
akkreditatsiya — muvofiqlikni baholash organining muayyan akkreditatsiya doirasida muvofiqlikni baholash ishlarini bajarishga vakolatining akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlanishi;
akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar — akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonida hujjatlar ekspertizasi hamda joyida baholash uchun sarflanadigan xarajatlar;
muvofiqlikni baholash organi — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti — yuridik shaxs boʻlgan, muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organi, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlash organi;
ILAC (International Laboratory Accreditation Cooperation) — Laboratoriyalar akkreditatsiyasi boʻyicha xalqaro tashkilot;
IAF (International Accreditation Forum) — Akkreditatsiya boʻyicha xalqaro forum.
3. Agentlik tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish) bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishning asosiy sharti ushbu muvofiqlikni baholash organlarining xalqaro standartlar talablari asosida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligidir.
4. Muvofiqlikni baholash organlarining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplab beriladi.
2-bob. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
5. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish uchun muvofiqlikni baholash organi tomonidan Agentlikka ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarda keltirilgan shakllarga muvofiq ariza va buyurtmanoma-anketa toʻldirilib, quyidagi hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi:
muvofiqlikni baholash organining avval Agentlik tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilgan akkreditatsiya guvohnomasining amal qilish muddatida oʻtkaziladigan davriy baholashlar natijalari (agar mavjud boʻlsa);
muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun sarflangan xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma, hisob-faktura, dalolatnoma, toʻlov topshiriqnomasi) nusxalari.
6. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organidan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Agentlikning veb-sayti orqali taqdim etiladi.
8. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan ariza hamda unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlikka bevosita taqdim qilinganda, arizaning nusxasi darhol hujjatlar qabul qilingan sana belgisi bilan ariza topshiruvchiga beriladi.
9. Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi uchun javobgarlik xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organiga yuklanadi.
3-bob. Muvofiqlikni baholash organlarining arizalarini koʻrib chiqish tartibi
10. Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar Agentlik tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida koʻrib chiqiladi.
11. Agentlik arizani unga ilova qilinadigan hujjatlar bilan birga belgilangan tartibda roʻyxatga oladi.
12. Agentlik taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi, xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish shartlari va maqsadlariga hamda xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish miqdorining ushbu Nizomda belgilangan miqdorlarga muvofiqligi nuqtai nazardan koʻrib chiqadi.
13. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
Agentlik qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bir ish kuni davomida pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, rasmiy veb-sayti orqali xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organiga bildirishnoma yuboradi.
Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun yigʻim undirilmaydi.
14. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, toʻlovlar Agentlik tomonidan belgilangan tartibda qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida muvofiqlikni baholash organining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi.
15. Agentlik tomonidan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya guvohnomasi amal qilish muddatida oʻtkaziladigan davriy baholashlarda akkreditatsiyasi bekor qilinsa, ushbu organga kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar qoplab berilmaydi.
4-bob. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish miqdori va shartlari
16. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar muvofiqlikni baholash organiga haqiqatda aniqlangan tavsiflar (parametrlar) yoki amalga oshiriladigan ishlardan kelib chiqqan holda qoplab beriladi. Bunda xarajatlar muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya doirasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasida aks ettirilgan, aniqlangan tavsiflar (parametrlar) yoki amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun ekvivalentda 200 AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan miqdorda milliy valyutada qoplab beriladi.
Xorijiy valyutadagi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar miqdori muvofiqlikni baholash organi toʻlovlarni amalga oshirgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada hisoblanadi.
5-bob. Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish tartibi
17. Quyidagilar xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish uchun asos boʻladi:
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi tomonidan soʻralayotgan xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarning mazkur Nizomda belgilangan tartib va talablarga nomuvofiqligi;
muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiya guvohnomasi amal qilish muddatida oʻtkaziladigan davriy baholashlarda akkreditatsiyasi bekor qilinishi;
xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organi taqdim etgan hujjatlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi.
18. Boshqa sabablarga koʻra xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
19. Rad etish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, Agentlik bir ish kuni davomida muvofiqlikni baholash organiga Agentlikning mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan yoki elektron raqamli imzo yordamida imzolangan rad etish sabablari va ularni bartaraf etgan holda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun topshirish muddati koʻrsatilgan asosli xulosani yuboradi.
20. Muvofiqlikni baholash organi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, oʻn ish kunida ushbu Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni, shu jumladan, rad etishning ilgari koʻrsatilgan sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun Agentlikka topshirish huquqiga ega.
21. Muvofiqlikni baholash organi belgilangan muddatda xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar Agentlik tomonidan rad etilgan sabablarni bartaraf etish uchun ariza olingan kundan boshlab uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
22. Arizani qayta koʻrib chiqishda rad etishning avval yozma ravishda berilmagan sabablarini koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari bundan mustasno.
23. Belgilangan muddatdan keyin berilgan hujjatlar yangi topshirilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
24. Muvofiqlikni baholash organi xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek, Agentlikning mansabdor shaxslari harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻlar ajratish va ulardan foydalanish tartibi
25. Muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish boʻyicha Agentlikning xarajatlari Agentlik uchun nazarda tutilgan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Moliyaviy yil davomida tadbirkorlik subyektlarining taqdim etgan arizalariga muvofiq moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda tasdiqlangan bazaviy smetaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
26. Har bir moliyaviy yil boshida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga koʻmaklashish va uni ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ-4069-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan smeta boʻyicha Agentlikning buyurtmanomasi olingan kundan boshlab uch bank ish kuni mobaynida Agentlikni moliyalashtiradi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Ushbu Nizom qoidalarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
28. Ariza topshirgan va xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organlarining reyestri Agentlik tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
29. Budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish uchun javobgarlik Agentlikka yuklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼul ijrochilar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Muvofiqlikni baholash organi

Ariza, buyurtmanoma-anketa va boshqa belgilangan hujjatlarni tayyorlash hamda toʻgʻridan toʻgʻri, pochta aloqasi vositasi orqali yoki elektron shaklda, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligining veb-sayti orqali taqdim etish.

Muvofiqlikni baholash organining ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish hamda xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish yoki qoplab berishni rad etish toʻgʻrisida qa�or qabul qilish.

Ariza qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kunida

3-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Muvofiqlikni baholash organiga qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunida

4-bosqich

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish.

Qaror qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

Ariza

__________________________________ (muvofiqlikni baholash organining nomi) laboratoriyalarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari aʼzosi hisoblangan akkreditatsiya idorasi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish masalasini koʻrib chiqishingizni va tegishli kompensatsiya toʻlovini ______________________bankidagi ______________________ hisobvaragʻiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinmoqda:

1. Buyurtmanoma-anketa;

2. (Nizomga muvofiq ilova qilinadigan boshqa hujjatlar nomi koʻrsatiladi);

3. ...

_______________________________ rahbari

(muvofiqlikni baholash organi nomi)

_______________

(imzo)

_________________

(F.I.O.)

Bogʻlanish uchun telefon: +998 (___)_________

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro akkreditatsiya idorasidan akkreditatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Buyurtmanoma-anketa

1.

Muvofiqlikni baholash organining nomi:

2.

Murojaat qiluvchi shaxs (F.I.O., lavozimi):

3.

Bogʻlanish uchun maʼlumotlar (telefon, e-mail):

4.

Muvofiqlikni baholash organi tashkil etilgan yil:

5.

Muvofiqlikni baholash organi joylashgan joy (pochta manzili):

6.

Shtat (xodimlar soni):

7.

Muvofiqlikni baholash organining soʻnggi hisobot yilida muvofiqlikni baholash boʻyicha amalga oshirilgan ishlari hajmi (miqdori va qiymati):

1.

2.

...

8.

Muvofiqlikni baholash organi tomonidan joriy qilingan standart (sertifikat) nomi, shu jumladan, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplab berilgan xarajatlar hisobidan (standart (sertifikat) nomi, olingan yili, qoplab berilgan xarajat miqdori, ming dollarda)

(agar mavjud boʻlsa)

9.

Muvofiqlikni baholash organi tomonidan joriy qilinishi rejalashtirilgan standart (sertifikat) soni

10.

Muvofiqlikni baholash organining xalqaro akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

______________________________ rahbari

(muvofiqlikni baholash organi nomi)

_______________

(imzo)

_________________

(F.I.O.)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktabrdagi 605-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/826/1690-son; 30.03.2021-y., 09/21/167/0255-son; 15.10.2022-y., 09/22/605/0932-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 06/23/2/0024-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)