toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini raqamlashtirish va bir xil tartibga solish orqali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
Viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-maydan boshlab:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno) inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan baholab boriladi;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining rahbarlari ushbu qaror talablari asosida davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
3. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
bir oy muddatda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining tashkiliy tuzilmasini, vazifalarini va faoliyatini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
inson resurslarini boshqarish sohasidagi faoliyatni baholash uchun zarur maʼlumotlar ushbu qaror talablariga muvofiq “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali oʻz vaqtida va sifatli kiritilishini tashkil etsin;
uch oy muddatda inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining rahbarlari ushbu qarorga 3-ilovada belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ushbu qarorga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Tashkiliy-kadrlar guruhi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
5. Belgilansinki, davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining xodimlari toʻgʻrisidagi yagona maʼlumotlar bazasi yuritilishini taʼminlaydi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-aprel,
212-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 212-son qaroriga
1-ILOVA
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organi) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining vazifalari va funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibini hamda ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Mazkur Namunaviy nizom qoidalari harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi (keyingi oʻrinlarda — boʻlinma) tegishli davlat organining kadrlar siyosati amalga oshirilishini taʼminlovchi tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boʻlinma oʻz faoliyatida bevosita tegishli davlat organining rahbariga boʻysunadi hamda uning maslahatchisi maqomiga ega boʻladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Boʻlinma faoliyati uslubiy jihatdan qonunchilikda belgilangan tartibda muvofiqlashtiriladi.
4. Boʻlinma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Boʻlinma davlat organi markaziy apparatida departament, boshqarma yoki boʻlim, hududiy boshqarmalarda boʻlim shaklida tashkil etiladi va tuman (shahar) boʻlimlarida inson resurslari bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis shtatidan iborat boʻladi.
6. Boʻlinmaning shtat birligi soni davlat organi rahbari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
2-bob. Boʻlinmaning asosiy vazifalari
7. Kuyidagilar boʻlinmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kadrlarni saralash va tanlash hamda xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish;
kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish choralarini koʻrish, xodimlar tarkibi sifatini hamda xodimlarning faoliyatini tahlil qilish;
davlat organi xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlari bajarilishi va davlat organida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;
davlat organi va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini oʻz yoʻnalishi doirasida oʻrganish (yoki ushbu jarayonlarda ishtirok etish), ularga amaliy yordam koʻrsatish, ijobiy ish tajribalarini ommalashtirish va ularning amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrish;
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qoʻyish shaffof va adolatli amalga oshirilishini taʼminlash;
sohadagi ilgʻor xorijiy tajriba asosida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
davlat organining inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga oid faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha zarur tashkiliy va uslubiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
davlat organining mehnat resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini unga tegishli sohalar va tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha yuklangan strategik va ustuvor vazifalarni samarali hal etish imkoniyatiga hamda mehnat bozoridagi oʻzgarib borayotgan tashqi va ichki konyunkturaga mos ravishda qanoatlantirish;
davlat organi xodimlari uchun mansab pogʻonalaridan koʻtarilishda mehnat faoliyatini odob-axloq sifatlari, iqtidori hamda koʻnikmalarini obyektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;
davlat organi xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi oshirishni tashkil etish orqali xodimlar salohiyatini doimiy rivojlantirish asosida davlat organi oldida turgan strategik va ustuvor vazifalarni samarali hal etishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda koʻmaklashish;
davlat organi xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash hamda davlat organida yuksak kasbiy odob-axloqni shakllantirish choralarini koʻrish;
davlat organi xodimlarining professional darajasini doimiy ravishda oshirib borish va ularning uzluksiz taʼlim olishini tashkil etish;
davlat organida xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish va baholashda ishtirok etish;
davlat organida xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, ularning hisobi va xodimlar statistikasini yuritish hamda davlat organida kadrlar ish yurituvini amalga oshirish;
ishga yangi qabul qilingan xodimlarga ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va davlat organi xizmatida amal qilinadigan odob-axloq qoidalariga oid koʻrsatmalar berish, xizmat faoliyatiga oid hujjatlar bilan tanishtirishni tashkil etish;
davlat organining tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini “hrm.argos.uz” elektron tizimiga kiritish va ularga ishlov berish;
davlat mukofotlariga tavsiya etishga oid hujjatlarni yuritish;
davlat organi xodimlari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, ularning shaxsiy fazilatlarini hamda davlat organidagi maʼnaviy-ruhiy muhitni baholashga, psixoemotsional vaziyatni tahlil qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammo va nizolarni aniqlash, qulay axloqiy-ruhiy muhitni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Boʻlinmaga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiya va vazifalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoniga asosan yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
3-bob. Boʻlinmaning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
8. Oʻziga yuklangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish uchun boʻlinma quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat organi, shuningdek, uning tizimiga kiruvchi tashkilotlardan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
davlat organidagi inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalariga tegishli yigʻilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;
rahbariyat topshirigʻiga koʻra yoki tegishli boʻlinma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalari bilan bogʻliq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashga jalb qilish;
davlat organi tizimiga kiruvchi tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya etilish holatini oʻrganish;
davlat organi xodimlari tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilib borish;
samarali faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritish;
davlat organi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning qonunchilik hujjatlari va mehnat intizomi bajarilishini taʼminlamayotgan yoki ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida rahbariyatga takliflar kiritish;
davlat organi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda ishtirok etish.
9. Boʻlinma:
ushbu Namunaviy nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan oʻziga yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarish;
davlat organida davlat fuqarolik xizmatiga oid qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan vazifa va funksiyalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organida davlat fuqarolik xizmatining holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) haqqoniy tahliliy va boshqa axborotni taqdim etishga javobgar hisoblanadi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
4-bob. Boʻlinma rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasini kelishish
10. Boʻlinma rahbari lavozimiga, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlgan, kamida 2 yil mehnat stajiga ega, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni oʻzlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi va shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
11. Boʻlinma rahbari lavozimini egallash boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovlarda Agentlik markaziy apparati yoki filiallari masʼul xodimlari Tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) aʼzosi sifatida ishtirok etadi.
12. Boʻlinma rahbari lavozimiga tayinlash rotatsiya yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq tanlovsiz amalga oshiriladigan hollarda, nomzodlar Agentlik bilan belgilangan tartibda kelishiladi.
Mazkur qoidaga rioya etmaslik, tayinlovni yoki tanlov natijalarini bekor qilishga asos boʻladi.
Boʻlinma rahbari lavozimga tayinlangandan soʻng olti oy ichida Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan dastur asosida ikki haftadan oshmaydigan muddatda Agentlikda stajirovka oʻtaydi.
Boʻlinma rahbari Agentlik bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda lavozimdan ozod etiladi.
13. Boʻlinma rahbarini lavozimdan ozod etish uchun kelishishda Agentlik yoki uning filiallariga davlat organi tomonidan lavozimdan ozod etish sabablari koʻrsatilgan maʼlumotnoma va uni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, shuningdek, mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan bekor qilinayotgan hollarda, boʻlinma rahbarining arizasi taqdim qilinadi.
Zarur hollarda, Agentlik tomonidan boʻlinma rahbarini lavozimdan ozod etish masalasiga doir qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi hamda boʻlinma rahbari bilan suhbat oʻtkazilishi mumkin.
Mehnat qonunchiligi boʻyicha taraflarning xohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlarga asosan mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan Agentlik yoki uning filiallari bilan kelishish talab etilmaydi.
14. Agentlik yoki uning filiallari boʻlinma rahbarini lavozimdan ozod qilish masalasini kelishish natijalari boʻyicha uch ish kuni davomida tegishli davlat organini elektron usulda xabardor qiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
15. Mazkur Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 212-son qaroriga
2-ILOVA
Viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklarining (keyingi oʻrinlarda — hokimliklar) Tashkiliy-kadrlar guruhi vazifalari va funksiyalari, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini hamda ularga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
2. Tashkiliy-kadrlar guruhi (keyingi oʻrinlarda-Guruh) tegishli hokimlikning kadrlar siyosati va tashkiliy ishlarning amalga oshirilishini taʼminlovchi tarkibiy guruh hisoblanadi.
3. Guruh oʻz faoliyatida bevosita hokimga boʻysunadi.
Guruh faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Guruh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga va boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Guruhning shtat birligi hokim tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
2-bob. Guruhning asosiy vazifalari
6. Quyidagilar Guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
kadrlarni saralash va tanlash hamda xizmat tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish;
kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish choralarini koʻrish, xodimlar tarkibi sifatini hamda faoliyatini tahlil qilish;
xodimlar tomonidan xizmat majburiyatlari bajarilishi va xizmat faoliyati bilan bogʻliq cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish;
davlat organi faoliyatini oʻz yoʻnalishi doirasida oʻrganish (yoki ushbu jarayonlarda ishtirok etish), ularga amaliy yordam koʻrsatish, ijobiy ish tajribalarini ommalashtirish va ularning amaliyotga tatbiq etilishini taʼminlash yuzasidan choralar koʻrish;
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qoʻyishning shaffof va adolatli amalga oshirilishini taʼminlash;
sohadagi ilgʻor xorijiy tajriba asosida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
hokimlikning inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga oid faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha zarur tashkiliy va uslubiy chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
xodimlarni qayta tayyorlash, ularning malakasi oshirishni tashkil etish orqali xodimlar salohiyatini doimiy rivojlantirish asosida hokimlik oldida turgan strategik va ustuvor vazifalarni samarali hal etishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda koʻmaklashish;
xodimlar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash hamda hokimlikda yuksak kasbiy odob-axloqni shakllantirish choralarini koʻrish;
xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish va baholashda ishtirok etish;
xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish, ularning hisobi va xodimlar statistikasini yuritish hamda kadrlar ish yurituvini amalga oshirish;
ishga yangi qabul qilingan xodimlarga ichki mehnat tartib-qoidalari, jamoa shartnomasi va hokimlikda amal qilinadigan odob-axloq qoidalariga oid koʻrsatmalar berish, ularning xizmat faoliyatiga doir hujjatlar bilan tanishtirilishini tashkil etish;
hokimlikning tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini “hrm.argos.uz” elektron tizimiga kiritish va ularga ishlov berish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, hokimlik rahbar lavozimlari boʻyicha milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan hamkorlikda zaxiraga kiritilgan nomzodlarning kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilish;
(6-bandning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
davlat mukofotlariga tavsiya etishga oid hujjatlarni yuritish;
tashkiliy-kadrlar masalalari boʻyicha hokim qarorlari va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari hamda hokim rahbarligida oʻtkaziladigan yigʻilishlar, majlislar, uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish choralarini koʻrish;
saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikka asosan hokimlikka yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlashda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan oʻzaro hamkorlik qilish.
Tashkiliy-kadrlar guruhi toʻgʻrisidagi Nizomga va hokimning qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Guruhning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
7. Oʻziga yuklangan asosiy vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Guruh quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun hokimlik, shuningdek, uning tizimiga kiruvchi tashkilotlardan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
hokimlikdagi inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalariga tegishli yigʻilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;
hokimlik tizimiga kiruvchi tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi holatini oʻrganish;
xodimlar tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilish;
samarali faoliyat koʻrsatayotgan xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha hokimga takliflar kiritish;
hokimlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning qonunchilik hujjatlari va mehnat intizomi bajarilishini taʼminlamayotgan yoki ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida hokimga takliflar kiritish;
hokimlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarda inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻtkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda ishtirok etish.
8. Guruh:
ushbu Namunaviy nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻziga yuklangan vazifalarni zarur darajada va samarali bajarish;
hokimlikda davlat fuqarolik xizmatiga oid qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan vazifa va funksiyalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan taʼsirchan nazoratni amalga oshirishga javobgar hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
4-bob. Guruh rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalasini kelishish
9. Guruh rahbari lavozimiga, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlgan, kamida 2 yil mehnat stajiga ega, mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni oʻzlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi va shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
10. Guruh rahbari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
Guruh rahbari lavozimga tayinlangandan soʻng olti oy ichida Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan dastur asosida ikki haftadan oshmaydigan muddatda Agentlikda malaka oshiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
11. Mazkur Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 49, 2155-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 212-son qaroriga
3-ILOVA
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organi) inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalarining (keyingi oʻrinlarda — boʻlinma) rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Boʻlinma rahbarlari attestatsiyadan ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, qonunchilikda belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish yuzasidan masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkaziladi.
II. Boʻlinma rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Boʻlinma rahbarlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligida (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) va uning filiallarida har uch yilda bir marta attestatsiyadan oʻtishi shart.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Boʻlinma rahbarlarining ular ishlayotgan davlat organlari tomonidan attestatsiyadan oʻtkazilishi taqiqlanadi.
4. Boʻlinma rahbari lavozimga qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida yoki attestatsiyadan oʻtkazilgan shaxslar attestatsiyadan oʻtganlik muddati tugashidan ikki oy oldin attestatsiyadan oʻtishi kerak.
Homilador ayollar, shuningdek, uch yoshgacha farzandi bor xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilmaydi.
5. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan muddatlarda boʻlinma rahbarini attestatsiyadan oʻtkazishga yuborish davlat organi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Davlat organi ushbu Nizom 4-bandining birinchi xatboshisida nazarda tutilgan muddatda Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda Agentlikka murojaat qiladi. Agar davlat organi ushbu muddatda tegishli hujjatlarni uzrli sabablarsiz Agentlikka taqdim etmasa, Agentlik davlat organiga nisbatan taʼsir choralarini koʻrishi mumkin.
6. Davlat organlarining markaziy apparatidagi boʻlinma rahbarlari Agentlik tomonidan, davlat organlarining hududiy va tuman (shahar) boʻlinmalaridagi boʻlinma rahbarlari tegishli ravishda Agentlikning filiallari tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari Agentlik tomonidan, tuman (shahar) hokimliklarining Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari Agentlikning filiallari tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
7. Boʻlinma rahbarlarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun Agentlik markaziy apparatida kamida besh kishi va uning filiallarida kamida uch kishidan iborat tarkibda attestatsiya komissiyalari tuziladi.
8. Attestatsiya komissiyalari tarkibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Agentlikda Agentlik direktorining tegishli oʻrinbosari, Agentlik filiallarida esa — Agentlik filiali rahbari attestatsiya komissiyasining raisi hisoblanadi.
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga kelishuvga koʻra huquqni muhofaza qilish organlari, ilmiy va oliy taʼlim muassasalari vakillari kiritilishi mumkin.
9. Attestatsiya komissiyasi raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
attestatsiyadan oʻtkaziladiganlarning roʻyxat boʻyicha tarkibini belgilaydi;
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.
10. Attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hujjatda Agentlik markaziy apparatining tegishli tarkibiy tuzilmasi hamda uning filiallarining tegishli tarkibiy boʻlinmasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.
Ishchi organ:
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda talabgorlarga yetkazadi;
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
III. Attestatsiyani oʻtkazish tartibi
11. Davlat organi boʻlinma rahbarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xatni Agentlikka belgilangan muddatlarda yuboradi.
12. Boʻlinma rahbarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kun ichida koʻrib chiqiladi.
Talabgor murojaat kelib tushgan kundan boshlab ikki oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazilishi kerak.
13. Attestatsiyani oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida talabgorning ish joyi boʻyicha davlat organiga attestatsiya oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻn kun oldin bildirishnoma yuboriladi.
14. Attestatsiyadan oʻtishga uzrli sababga koʻra kelmagan talabgor attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan talabgor boʻyicha u ishlayotgan davlat organi rahbariga bildirishnoma yuboriladi. Talabgor attestatsiyaga uzrsiz sabab bilan takroran kelmagan taqdirda, attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar (materiallar) asosida talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash haqida qaror chiqarishi mumkin.
15. Attestatsiya komissiyasi, agar uning majlisida komissiya aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.
Talabgor ishlaydigan davlat organining vakili attestatsiya komissiyasi majlisida maslahat ovozi bilan qatnashishi mumkin. Attestatsiya tugagandan keyin vakilning fikr-mulohazasi eshitiladi.
16. Attestatsiya suhbat shaklida oʻtkaziladi.
17. Attestatsiya komissiyasi talabgorning bilimlari va ish tajribasini hisobga olib:
talabgorni attestatsiyadan oʻtgan deb eʼtirof etish va attestatsiyadan oʻtgan boʻlinma rahbarlari elektron reyestriga kiritish haqida;
talabgorni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish haqida qaror qabul qiladi.
18. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida qatnashgan aʼzolarining “hrm.argos.uz” elektron platformasi orqali berilgan ballari natijasi boʻyicha qabul qilinadi.
19. Attestatsiya natijalari ball qoʻyish jarayoni yakunlangandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
20. Attestatsiyadan oʻtgan nomzod bir kun muddatda “hrm.argos.uz” elektron platformasida avtomatik ravishda yuritiladigan attestatsiyadan oʻtgan boʻlinma rahbarlari elektron reyestriga (keyingi oʻrinlarda — elektron reyestr) kiritiladi.
Elektron reyestr Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
21. Attestatsiyadan oʻtmagan talabgor takroriy attestatsiyadan attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida uch oy oʻtgach, biroq olti oydan kechikmay qaytadan oʻtkazilishi mumkin.
Agar talabgor takroriy attestatsiyadan oʻta olmasa yoki koʻrsatilgan muddatda takroriy attestatsiyadan oʻtish uchun murojaat qilmasa, attestatsiya komissiyasi uning ish joyiga bildirishnoma yuboradi.
Davlat organi rahbari bildirishnoma olingan kundan keyin oʻn kun mobaynida xodimni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishi va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida uch kun muddatda Agentlikni yozma ravishda xabardor qilishi shart.
22. Attestatsiya komissiyasining qarorlari yuzasidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
IV. Yakunlovchi qoida
23. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-apreldagi 212-son qaroriga
4-ILOVA
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining (keyingi oʻrinlarda — davlat organi) inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholash (keyingi oʻrinlarda — baholash) tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom qoidalari harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Baholash davlat organining inson resurslarini boshqarish faoliyatini puxta tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi va uning filiallari (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
2-bob. Baholash indikatorlari va ularni hisoblash
4. Baholash quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha indikatorlar asosida amalga oshiriladi:
a) asosiy indikatorlar (AI):
inson kapitalini rivojlantirish koeffitsiyenti — 25 ball;
xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar (“well-being”) hamda korporativ madaniyat shakllanganligi — 15 ball;
vakant lavozimlar soni — 10 ball;
vakant lavozimlarga xodimlarning tayinlanish muddati — 10 ball;
qoʻnimsizlik darajasi 10 ball;
rahbar kadrlar lavozimlariga zaxira kadrlarni tayyorlash — 10 ball;
umumiy xodimlar sonida xotin-qizlarning ulushi — 7 ball;
umumiy xodimlar sonida yoshlarning ulushi — 7 ball;
“hrm.argos.uz” elektron platformasida xodimlarni roʻyxatdan oʻtkazish darajasi — maksimal 6 ball;
b) qoʻshimcha indikatorlar (QI):
xodimlarning yuqori malaka darajasi (fan nomzodi. falsafa doktori, fan doktori) — 5 ball;
xalqaro eʼtirof etilgan reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 1000 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarni tamomlagan xodimlar soni — 5 ball;
xorijiy tillardan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikati mavjud xodimlar ulushi — 5 ball.
Baholanish muddati davomida saylov toʻgʻrisidagi qonunchilikka asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuklangan vazifalar bajarilganda, qoʻshimcha 5 ball hamda hokimlikda korrupsiya holatlar aniqlanmagan taqdirda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga 5 ball qoʻshiladi.
5. Davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholashda asosiy va qoʻshimcha indikatorlar ushbu Nizomga ilovaga muvofiq hisoblanadi.
6. Reyting balli quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:
RB = AI1 + AI2 + AIZ + AI4 + AI5 + AI6 + AI7 + AI8 + QI1 + QI2+ QI3
bunda:
RB — reyting balli;
AI — asosiy indikator;
QI — qoʻshimcha indikator.
Asosiy indikatorlar boʻyicha maksimal — 100 ball, qoʻshimcha indikatorlar boʻyicha maksimal — 15 ball qoʻyilishi mumkin.
Bunda baholash natijalariga koʻra davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati “aʼlo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi.
7. Baholash natijalariga muvofiq davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati reyting balli boʻyicha:
86 ball va undan yuqori — “aʼlo”;
71 balldan 85 ballgacha — “yaxshi”;
56 balldan 70 ballgacha — “qoniqarli”;
55 ballgacha — “qoniqarsiz” deb topiladi.
3-bob. Baholash tartibi
8. Baholashdagi indikatorlar inson resurslarini boshqarishga oid maʼlumotlar va hujjatlar shakllantiriladigan hamda yuritiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi — “hrm.argos.uz” elektron platformasida (keyingi oʻrinlarda — elektron platforma) shakllantirilib boriladi.
Xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar (“well-being”) hamda korporativ madaniyat shakllanganligi indikatori Agentlik tomonidan tashkil etiladigan soʻrovnoma asosida baholanadi.
9. Davlat organining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmasi elektron platforma orqali indikator koʻrsatkichlarini doimiy yangilab boradi va ularning toʻgʻriligi boʻyicha masʼul hisoblanadi.
10. Elektron platforma orqali hisoblash imkoniyati boʻlmagan indikator koʻrsatkichlari Agentlik tomonidan davlat organidan elektron shaklda olinishi mumkin.
Bunda maʼlumotlar davlat organi tomonidan uch ish kuni ichida Agentlikka taqdim etilishi lozim.
11. Baholash natijalari elektron platforma orqali hisoblab chiqiladi. Avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi nazarda tutilmagan indikatorlar boʻyicha ballar davlat organi taqdim etgan maʼlumotlar asosida Agentlik tomonidan hisoblanadi.
12. Agentlik yarim yillik va yillik baholash natijalarini Agentlikning rasmiy veb-sayti — “www.argos.uz” orqali eʼlon qiladi.
4-bob. Baholash yakunlari boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar
13. Agentlik tomonidan baholash yakunlari boʻyicha inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati “aʼlo” deb topilgan davlat organining ijobiy ish tajribasini boshqa davlat organlarida ommalashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Agentlik tomonidan inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati “aʼlo” deb baholangan davlat organiga uning inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari rahbarlarini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritib boriladi.
14. Inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati “qoniqarsiz” deb topilgan davlat organi oʻn ish kuni ichida inson resurslarini boshqarish faoliyati koʻrsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlashi lozim.
15. Davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyati ketma-ket ikki marta “qoniqarsiz” deb topilgan taqdirda, Agentlik ushbu davlat organi rahbariga inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish faoliyati koʻrsatkichlarini “qoniqarsiz” deb topilishiga sabab boʻlgan tizimli kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
17. Zaruratga koʻra Agentlik tomonidan davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholashda asosiy va qoʻshimcha indikatorlarga oʻzgartirishlar kiritilishi, yangi indikatorlar joriy etilishi mumkin.
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholashda asosiy va qoʻshimcha indikatorlarni hisoblash
METODIKASI

T/r

Koʻrsatkich nomi

Hisoblanishi

Oʻlchov birligi

Koʻrsatkich miqdori

Beriladigan ball

Davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholashdagi asosiy indikatorlarni hisoblash

1.

Inson kapitalini rivojlantirish koeffitsiyenti

Hisobot davrida malaka oshirgan xodimlar soni / amaldagi xodimlar soni

Foiz

15 foizdan yuqori

25

1015

18

510

12

5 foizdan past

8

2.

Xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar (“well-being”) hamda korporativ madaniyat shakllanganligi

Soʻrovnoma (anonim, onlayn) asosida

Foiz

75 foizdan yuqori

15

5175

10

2550

5

25 foizdan past

0

3.

Vakant lavozimlar soni

Jami vakant lavozimlari soni / jami shtatlar soni

Foiz

05

10

615

7

1620

5

20 foizdan yuqori

0

4.

Vakant lavozimlarga xodimlarning tayinlanish muddati

Vakant lavozimlarni toʻldirish uchun sarflangan oʻrtacha vaqt

kun

125 kun

10

2630 kun

7

3135 kun

5

35 kundan ortiq

0

5.

Qoʻnimsizlik darajasi

Hisobot davrida ishdan boʻshagan xodimlar soni / amaldagi xodimlar soni

Foiz

09

10

1015

7

1625

5

25 foizdan yuqori

0

6.

Rahbar kadrlar lavozimlariga zaxira kadrlarni tayyorlash

Milliy kadrlar zaxirasidan tayinlangan / rahbar kadrlar ulushi

Foiz

100 86

10

8571

7

7056

5

56 foizdan past

0

7.

Umumiy xodimlar sonida xotin-qizlarning ulushi

Hisobot davrida ayol xodimlar soni / amaldagi xodimlar soni

Foiz

30 foizdan yuqori

7

2923

6

2211

5

11 foizdan past

0

8.

Umumiy xodimlar sonida yoshlarning ulushi

Hisobot davrida 30 yoshgacha boʻlgan xodimlar soni / amaldagi xodimlar soni

Foiz

30 foizdan yuqori

7

2923

6

2211

5

11 foizdan past

0

9.

“hrm.argos.uz” elektron platformasida xodimlarni roʻyxatdan oʻtkazish darajasi

Amaldagi xodimlar soni / “hrm-argos-uz” tizimida roʻyxatdan oʻtkazilgan xodimlar soni

Foiz

10086

6

8571

5

7056

4

56 foizdan past

0

Davlat organining inson resurslarini boshqarish boʻyicha faoliyatini baholashdagi qoʻshimcha indikatorlarni hisoblash*

1.

Xodimlarning yuqori malaka darajasi

(fan nomzodi, falsafa doktori, fan doktori)

Amaldagi yuqori malakali xizmatchilarning soni (fan nomzodi, falsafa doktori, fan doktori) / amaldagi xodimlar soni

Foiz

35

5

13

3

1

1

0

0

2.

Xalqaro eʼtirof etilgan reyting beruvchi tashkilotlarning yuqori 500 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy OTMlarni tamomlagan xodimlar soni

Amaldagi xorijiy OTMlarni tamomlagan xodimlar soni / amaldagi xodimlar soni

Foiz

2-3

5

1-2

3

1

1

0

0

3.

Xorijiy tillardan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikati mavjud xodimlar ulushi

Xorijiy tillardan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikati mavjud xodimlar soni / amaldagi xodimlar soni

Foiz

2-3

5

1-2

3

1

1

0

0

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/212/0324-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)