toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Poligonlarda chiqindilar toʻplanishining oldini olish, atrof-muhitga yetkazilayotgan salbiy taʼsirini minimallashtirish, chiqindilarni boshqarish, ularni qayta ishlash sohasini kompleks tizimlashtirish, muqobil energiya olish texnologiyalarini joriy etish va sohaning investitsion jozibadorligini yanada oshirish hamda investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yoʻnalishlar etib quyidagilar belgilansin:
(a) mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlari bilan bogʻliq vaziyatni tubdan yaxshilash, ularni 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish;
(b) yangidan hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyotini joriy qilish;
(v) “nol chiqindi” tizimi doirasida tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish va qayta ishlash, ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zonalarni tashkil etish.
2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari (keyingi oʻrinlarda — ekosanoat zonalari) tashkil etilsin.
3. Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda:
(a) Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kengashning asosiy ustuvor vazifalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
(b) Agentlik Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi etib belgilansin.
II. Ekosanoat zonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish
4. Belgilansinki:
(a) ekosanoat zonalari chiqindi poligonlari hududida 30 yil muddatga tashkil etiladi;
(b) ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish vakolatlari, istisno tariqasida, Agentlik tomonidan amalga oshiriladi;
(v) eng yaxshi loyiha takliflarini tanlab, ularni joylashtirish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga muvofiq ekosanoat zonalari hududidan tashqaridagi yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi bilan, davlat mulki obyektlari esa operativ boshqaruv huquqi bilan Agentlikka oʻtkaziladi va ushbu hudud ekosanoat zonasi etib belgilanadi;
(g) ekosanoat zonalari hududidagi Agentlikka oʻtkazilgan yer uchastkalari Agentlik qaroriga asosan elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi;
(d) ekosanoat zonalari hududida “nol chiqindi” tamoyili asosida chiqindilarni toʻliq saralash va qayta ishlash, shu jumladan, chiqindilardan ikkilamchi va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, chiqindilarga termik ishlov berish hisobiga muqobil energiya olish texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan qiymati 3 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan loyihalar Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish natijasida aniqlanadi;
(e) ekosanoat zonalari hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari uchun qoʻyiladigan talablar Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi;
(j) ekosanoat zonalari hududidagi yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar toʻliqligicha Agentlikning maxsus bank hisob raqamiga yoʻnaltiriladi;
(z) ekosanoat zonalari hududidagi infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
(i) ekosanoat zonalari hududida infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
(k) ekosanoat zonalari hududidagi yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar hisobidan ekosanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etish ishlari moliyalashtirilishi mumkin;
(l) ekosanoat zonalari bosh rejalarini ishlab chiqishda, hududlardagi loyihalashtirish ishlarida hamda ichki muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini barpo etishda Agentlik buyurtmachi hisoblanadi;
(m) 2026-yildan boshlab ekosanoat zonalari hududida joylashgan korxonalar tomonidan chiqindilarni qayta ishlash natijasida olingan muqobil energiyalarni mazkur zonalar hududida joylashgan boshqa isteʼmolchilarga yetkazib berish narxlari Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
n) Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda, zaruratga koʻra, Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ekosanoat zonalariga tutash hududlarda havo elektr uzatish tarmoqlarini va elektr infratuzilmasi qurilmalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini tanlab olsin hamda ularning chegaralariga aniqlik kiritib, tegishliligi boʻyicha ommaviy servitut belgilash va yer fondi toifasini oʻzgartirish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga takliflarni kiritsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoniga asosan “n” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
5. Quyidagilar:
(a) 2025 — 2027-yillarda chiqindilarni toʻplash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yoʻq qilish boʻyicha ekosanoat zonalarini tashkil etishning manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
(b) Ekosanoat zonalariga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishni koʻzda tutuvchi “Chiqindini qayta ishlash investori” paketi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
III. Chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2026-yildan boshlab chiqindi poligonlari Vazirlik taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi;
(b) chiqindilarni yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etish hamda ularning faoliyatini taʼminlashga xizmat qiluvchi havo elektr uzatish tarmoqlari uchun zarur boʻlgan yer uchastkalari doimiy foydalanish huquqi asosida Agentlikka oʻtkazib beriladi;
(v) chiqindilarni qayta ishlash va yoqish loyihalari doirasida ishlab chiqariladigan muqobil elektr energiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya qurib ishga tushirilganidan soʻng elektr uzatish tarmoqlari joylashgan yer maydonlari “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijara huquqi asosida foydalanishga beriladi.
7. Vazirlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar Respublika hududlarida chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini barpo etish hamda chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish boʻyicha 2027 — 2029-yillarga moʻljallangan manzilli dastur (keyingi oʻrinlarda — Manzilli dastur) loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasdiqlangan Manzilli dasturga asosan chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini barpo etish hamda chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish, yopish boʻyicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun talab etiladigan mablagʻlarni tegishli yil uchun Davlat budjeti parametrlariga kiritib borish choralarini koʻrsin.
9. Belgilansinki, Agentlik:
(a) chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tasarruf etadi, chiqindining qayta yuklash stansiyasidan ekosanoat zonasiga yetkazib berilishini tashkil etadi, faoliyati toʻxtatilgan chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish tadbirlarini amalga oshiradi;
(b) sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni qayta ishlash va (yoki) yoqish (termik ishlov berish) zavodlari uchun talab etiladigan hajmdagi chiqindilar yetkazib berilishini tashkil etadi;
(v) budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan chiqindi poligonlarini tartibga keltirish, rekultivatsiya qilish, chiqindi infratuzilmasi bilan bogʻliq boshqa loyihalar boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda chiqindilarni qayta ishlash sohasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qisqartiriladigan uglerod birliklari savdosini qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi.
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat qilish
10. Vazirlik:
(a) 2025-yil 1-noyabrga qadar ekosanoat zonalarining bosh rejalarini ishlab chiqib, Muvofiqlashtiruvchi kengashga tasdiqlash uchun kiritsin;
(b) bosh rejalar tasdiqlanganidan soʻng bir oy muddatda Energetika vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda 2026-2027-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi bilan taʼminlash lozim boʻlgan obyektlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin.
11. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Vazirlik hamda Kadastr agentligi ekosanoat zonalari hududida joylashgan davlat mulki obyektlari Agentlik tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi bilan bepul oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
12. Vazirlik, Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklarining qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida 5-ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan 19,87 gektar yer uchastkalarini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
13. Namangan va Toshkent viloyatlari hokimliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Kadastr agentligi bilan birgalikda:
(a) yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlar, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi.
(b) yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilishi, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda mazkur Farmonga 5-ilovada koʻrsatilgan maqsadlar uchun ajratilishini taʼminlasin.
14. Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda yer uchastkalarining ushbu Farmonga asosan yangi maqsadlar uchun ajratilishiga koʻra Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
18. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-mart,
PF-56-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga
1-ILOVA
Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kengash
TARKIBI

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi

2.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari

3.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

4.

J.T. Mirzamahmudov

energetika vaziri

5.

B.F. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

6.

Sh.R. Xamrayev

suv xoʻjaligi vaziri

7.

Sh.J. Toʻxtaboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari

8.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

9.

O.A. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

A.R. Sormonkulov

Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari

11.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi

12.

D.K. Adilov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari

13.

B.Q. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi, Bosh davlat sanitariya vrachi

14.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlari (tegishli hududlar boʻyicha)

15.

Sh.Sh. Hasanov

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori, Kengash kotibi

Izoh:
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kengash raisi Kengashning tarkibiga yangi aʼzolarni qoʻshimcha ravishda kiritish, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning rahbar va mutaxassislarini jalb qilish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga
2-ILOVA
Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kengashning
ASOSIY USTUVOR VAZIFALARI
Quyidagilar Ekosanoat zonalari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish boʻyicha kengashning asosiy ustuvor vazifalari hisoblanadi:
(a) ekosanoat zonalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish, loyihalarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shu jumladan, chiqindilarni qayta ishlashga moʻljallangan yer uchastkalarini zonalar va lotlarga ajratish ishlarini tashkil etish;
(b) ekosanoat zonalarining investitsion salohiyatini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
(v) respublikada muqobil energiyani ishlab chiqarishga boʻlgan ehtiyojni qanoatlantirishga yoʻnaltirilgan chiqindi subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlash;
(g) muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, ushbu yoʻnalishga xalqaro moliya institutlari grantlari va mablagʻlarini jalb etish hamda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish;
(d) investorlarni tanlash boʻyicha asosiy mezonlarni belgilash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur infratuzilmani yaratish;
(e) ekosanoat zonalari uchun ajratiladigan yer uchastkalarining yer fondi toifasini tegishli toifaga oʻzgartirish boʻyicha belgilangan tartibda takliflar kiritib borish;
(j) ekosanoat zonalarining hududi chegaralarini belgilash va ularga oʻzgartirish kiritish hamda tasdiqlash;
(z) chiqindilarni qayta ishlash va undan mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy usullarini keng joriy etish;
(i) ekosanoat zonalarida chiqindilarni utilizatsiya qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish boʻyicha talabgorlarni aniqlash yuzasidan tender komissiyasi tarkibini tasdiqlash;
(k) ekosanoat zonalariga joylashtirish uchun loyiha takliflarini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
(l) energiyaning muqobil va qayta tiklanadigan manbalaridan foydalangan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oʻziga xos ekologik tizim yaratish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga
3-ILOVA
2025 — 2027-yillarda chiqindilarni toʻplash, saralash, zararsizlantirish, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish va ularni yoʻq qilish boʻyicha ekosanoat zonalarini tashkil etishning
MANZILLI ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Maydoni

(gektar)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Moʻynoq tumani

15

2.

Andijon viloyati

Xoʻjaobod tumani

17,7

3.

Buxoro viloyati

Kogon shahri

20

4.

Jizzax viloyati

Sharof Rashidov tumani

18,8

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi tumani

17

6.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

15

7.

Namangan viloyati

Chust tumani

15

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

15

9.

Surxondaryo viloyati

Angor tumani

15

10.

Sirdaryo viloyati

Mirzaobod tumani

15

11.

Toshkent viloyati

Ohangaron tumani

14,7

12.

Fargʻona viloyati

Fargʻona tumani

15

13.

Xorazm viloyati

Urganch tumani

15

Jami

208,2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga
4-ILOVA
Ekosanoat zonalariga imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etishni koʻzda tutuvchi “Chiqindini qayta ishlash investori” paketi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Normativ-huquqiy hujjat

Normativ-huquqiy hujjat bilan berilgan imtiyoz va preferensiyalar

I. Amaldagi imtiyoz va preferensiyalar

1.

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi

246-moddasining 6-bandida oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etilishi belgilangan.

274-moddasining beshinchi qismida soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun soliq hisobotida koʻrsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotida oʻrni qoplanishi uchun koʻrsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga toʻlashi shartligi belgilangan.

411-moddasi uchinchi qismi 6-bandida obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yongʻin xavfsizligi organining maʼlumotnomasi asosida amalga oshirilishi belgilangan.

426-moddasi ikkinchi qismi 11-bandi bilan kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va boshqa chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek, chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari) yer soligʻi boʻyicha soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi.

473-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda soligʻini toʻlashdan oʻzi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:

3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 3 yil muddatga;

5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha boʻlgan miqdordagi investitsiyalar uchun — 5 yil muddatga;

15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun — 10 yil muddatga ozod etiladi.

483-moddasi oʻttiz yettinchi qismida chiqindilarni toʻplash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq toʻlovchilar 2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar boʻlgan davrda mazkur faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha toʻlashi belgilangan.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

297-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq:

chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi 50 mln AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa;

Oʻzbekiston Respublikasida oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarga;

tovarlarni qayta ishlashda hosil boʻladigan chiqindilarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari berilishi belgilangan.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4434-son Farmoni

3-bandi bilan qiymati 50 mln AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz boʻlgan investitsiya loyihalari doirasida ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablagʻlari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshirish boʻyicha tartib oʻrnatilgan.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qarori

1-ilovasi bilan import bojxona bojlari stavkalari tasdiqlangan boʻlib, ushbu ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovar va mahsulotlarga bojxona bojining nol stavkasi belgilangan.

5.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-avgustdagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qarori

1-bandi bilan Investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun — 50 mlrd soʻmdan) oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi taklifga rozilik berilgan.

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189 son Farmoni

2-bandi “v” kichik bandiga muvofiq 2025-yil 1-avgustga qadar maishiy, qurilish, tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish hamda biologik chiriydigan polimer materiallarni ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonida foydalanish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnikalar, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar bojxona bojlari toʻlanishidan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilingan.

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarori

23-bandib” kichik bandi uchinchi xatboshisida tibbiyot chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar asosida olib kiriladigan maxsus texnika, texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimidan tashqari) ozod qilinishi belgilangan.

II. Yangi joriy etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar

8.

Loyihani amalga oshirish davrida investorlarga loyiha amalga oshiriladigan, ekosanoat zonalar hududida joylashgan poligonlarga joylashtirilgan chiqindilardan utilizatsiya qilish (qayta ishlash hisobiga qoʻshimcha mahsulot va energiya ishlab chiqarish hamda chiqindi gazidan muqobil elektr energiyasini ishlab chiqarish) uchun tekin foydalanishga ruxsat beriladi.

Bunda poligonlarga chiqindilarni joylashtirganlik uchun investorlarga toʻlov toʻlab berilmaydi.

9.

Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish boʻyicha I va II toifalarga mansub korxonalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmoniga 2a-ilovada keltirilgan chiqindilarni qayta ishlashni yoki ekologik xavfsiz tarzda utilizatsiya qilishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlar:

a) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringi stansiyalarini oʻrnatganda:

tabiatga zarar yetkazish boʻyicha kompensatsiya toʻlovlaridan shakllangan qarzdorlikdan voz kechish;

tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 50 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarish;

b) monitoring stansiyalarini oʻrnatib, kelgusi bir yil davomida chang-gaz va lokal suv tozalash uskunalarini oʻrnatganda, tabiatga zarar yetkazish boʻyicha respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan kompensatsiya toʻlovlarining 70 foizigacha boʻlgan qismini ikki yil davomida qaytarib berish koʻrinishidagi “yashil subsidiyalar”dan foydalanadi.

III. Kafolatlar

10.

Barcha turdagi chiqindilardan ishlab chiqarilgan 1 kVt/soat elektr energiyasi investorlar bilan tuzilgan elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan (kelishilgan) narxlarda xarid qilinadi.

Bunda toʻlovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda investorlarga tegishli davlat tashkilotlari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻliq toʻlab berilishi taʼminlanadi.

11.

Ekosanoat zonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hududlarda joylashgan chiqindi poligonlariga termik yoqish orqali/ekologik utilizatsiya qilish oqibatida hosil boʻladigan 1 tonna uchuvchi (atrof-muhitga zararli) kullar (Fly Ash) 20 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida, 1 tonna yoquv pechining pastki qismidagi (atrof-muhitga zararsiz) kullar (Bottom Ash) 5 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida;

ekosanoat zonalarida chiqindi yoqish zavodlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan hududlarda joylashgan chiqindi poligonlariga 1 tonna qattiq maishiy chiqindi 80 AQSH dollari ekvivalenti miqdorida chiqindini olib keluvchilar tomonidan toʻlanadigan toʻlov evaziga qabul qilinadi.

12.

Agentlik muvofiqlashtiruvi ostida sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarning qulay logistikasi tashkil qilingan holda kafolatlangan chiqindilar miqdori ekosanoat zonalariga yetkazib beriladi.

13.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan havo elektr uzatish tarmoqlari oʻtadigan yer uchastkalariga, shuningdek, qurilish davrida vaqtincha foydalaniladigan yer uchastkasiga Yer kodeksi va Shaharsozlik kodeksi asosida ommaviy servitut belgilanadi.

14.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ ekosanoat zonalarini belgilangan tartibda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash choralarini koʻradi.

15.

Investitsiya loyihasi doirasida elektr stansiyasini yagona elektr energiyasi tarmogʻiga ulash uchun quriladigan havo elektr uzatish tarmoqlari va oshiruvchi podstansiya qurib ishga tushirilganidan soʻng elektr uzatish tarmoqlari joylashgan yer maydonlari “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga jamoat ehtiyojlari uchun ijaraga beriladi.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga
5-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan yer fondining boshqa toifasiga oʻtkaziladigan yer uchastkalari
ROʻYXATI

T/r

Hudud nomi

Yerdan foydalanuvchi nomi

Kontur raqami

Yer maydoni

(ga)

shundan, (ga)

Oʻzgartirish taklif etilayotgan yer fondi toifasi

sugʻoriladigan ekin yerlari

yaylov yerlar

boshqa yerlar

Namangan viloyati Chust tumani

1.

“Zarafshon” MFY

“Zarafshon-2” kichik sanoat hududi

463q, 462, 458, 464, 459

15,02

8,57

5,0

1,45

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar

Toshkent viloyati Ohangaron tumani

2.

“Yangihayot” MFY

“Ohangaron Xurshid Agro fayz” fermer xoʻjaligi

336q, 335q, 348q

14,7

11,3

3,4

Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar

Jami:

29,72

19,87

5,0

4,85

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-martdagi PF-56-son Farmoniga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5580-son Farmonida:
a) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki:
a) maishiy chiqindilarni boshqarish va toʻlov intizomini mustahkamlash boʻyicha quyidagi ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi. Bunda:
I bosqichda 2025-yil 1-iyuldan boshlab respublikada maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlovlar 1-ilovaga muvofiq;
II bosqichda 2027-yil 1-yanvardan boshlab ekosanoat zonalari tashkil etilgan hududlarda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlovlar 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;
b) xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
v) qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan toʻlov hisoblangan davrdan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay Agentlikning maxsus tranzit bank hisob raqamlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisob raqamida jamlanadi;
g) Agentlikning maxsus bank hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar bosqichma-bosqich oʻrnatilgan tartibda 1-2-ilovalarga muvofiq yoʻnaltiriladi. Bunda qolgan mablagʻlar Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
d) elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga oʻtkaziladi.
Chiqindilarni boshqarish tizimini muvofiqlashtirish va aylanma (sirkulyar) iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi bir oy muddatda “jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi” (keyingi oʻrinlarda — Hisobga olishning yagona elektron tizimi) maʼlumotlari asosida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha sanitar tozalash korxonalari (operatorlar) tomonidan amalga oshiriladigan xizmatlar uchun poligonlarga, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga yoki chiqindilarni yoqish zavodlari yoxud ekosanoat zonalariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdorini inobatga olgan holda haq toʻlashning alohida tartibini tasdiqlasin”;
b) 10-banddagi “2-ilovaga” soʻzlari “3-ilovaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 1 va 2-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga
1-ILOVA
Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini rivojlantirish va ushbu xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish jarayonini takomillashtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yigʻish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yigʻish konteyneriga olib chiqadi.

2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn toʻlov platformalari orqali majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi.

Bunda internet aloqasi bilan taʼminlanmagan, hudud markazidan olis masofada joylashgan aholi yashash punktlarida yashaydigan va faoliyat koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslar maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati uchun toʻlovlarni istisno tariqasida tijorat banklari kassalari, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ pochta boʻlimlari orqali amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.

Doimiy

2-bosqich

Sanitar tozalash korxonalari (operator)

1. Hududlardan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshiradi.

2. Chiqindi poligonlariga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Doimiy

3-bosqich

Chiqindi poligonlari yoki qayta yuklash stansiyalari

1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan olib kelingan maishiy chiqindilarni qabul qiladi, saralaydi va utilizatsiya qilinishini tashkil etadi.

2. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan va utilizatsiya qilingan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Doimiy

4-bosqich

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi tomonidan toʻlangan majburiy toʻlovlarning Agentlikning maxsus hisobvaragʻida jamlanishini tashkil etadi.

2. Sanitar tozalash korxonalari, chiqindi poligonlari va qayta yuklash stansiyalari tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga kiritilgan talabnomalarni oʻrganib chiqadi.

3. Hisobga olishning yagona elektron tizimi maʼlumotlari asosida poligonga yoki chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga topshirgani uchun sanitar tozalash korxonasiga (alohida tartib asosida) va chiqindilar utilizatsiya qilingani boʻyicha har bir tonna chiqindi uchun “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.

Doimiy

”;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi PF-5580-son Farmoniga
2-ILOVA
Respublika hududlarida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilish xizmatlarini tashkil etish hamda ushbu xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslar

1. Maishiy chiqindilarni qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va oziq-ovqat toifalariga ajratgan holda chiqindilarni yigʻish shoxobchasiga yoki chiqindilarni yigʻish konteyneriga olib chiqadi.

2. Maishiy chiqindilar uchun onlayn toʻlov platformalari orqali majburiy toʻlovlarni amalga oshiradi.

Doimiy

2-bosqich

Sanitar tozalash korxonalari

(operator)

1. Maishiy chiqindilarni hududlardan olib chiqadi hamda chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, termik usulda yoqish zavodiga yoki ekosanoat zonasiga topshiradi.

Doimiy

2. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari yoki ekosanoat zonasiga topshirilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etib boradi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

3-bosqich

Qayta yuklash stansiyalari

1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi.

Doimiy

2. Qabul qilingan maishiy chiqindilarni ekosanoat zonasi, chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodiga yetkazib beradi.

3. Qabul qilingan, saralangan va yetkazib berilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

4-bosqich

Ekosanoat zonasi

(chiqindilarni yoqish zavodi, chiqindilarni qayta ishlash zavodi)

1. Olib kelingan maishiy chiqindilar qabul qilinadi, saralanadi, qayta ishlanadi, yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqariladi.

Doimiy

2. Qabul qilingan, saralangan, qayta ishlangan va poligonlarga koʻmilgan maishiy chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

5-bosqich

“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi

1. Poligonga toʻgʻridan-toʻgʻri olib kelingan yoqilmagan, qayta ishlanmagan chiqindilar saralanadi hamda chiqindilarni yoqish va qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan kul utilizatsiya qilinadi.

Doimiy

Bunda toʻlovlar yoqish natijasida hosil boʻlgan kul uchun ularning turi va utilizatsiya toifasiga koʻra alohida belgilanadigan tariflar asosida Agentlik maxsus bank hisobvaragʻiga qabul qilinadi.

2. Poligonlarda qabul qilingan va utilizatsiya qilingan chiqindilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali Agentlikka taqdim etadi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

6-bosqich

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

1. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketganlik uchun aholi va yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan majburiy toʻlovlarni hamda utilizatsiya qilingani uchun poligon toʻlovlarini Agentlikning maxsus hisobvaragʻida jamlanishini tashkil etadi.

Doimiy

2. Hududdagi maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, saralash, qayta ishlash, yoqish, utilizatsiya qilish toʻgʻrisida Agentlikning Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.

3. Hududdan olib chiqilgan maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga topshirgani uchun — sanitar tozalash korxonasiga (toʻlov alohida tartib asosida), poligonlarga qabul qilingan chiqindilar uchun — “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasiga, chiqindilarni saralangani, qayta ishlangani, yoqilgani boʻyicha — chiqindilarni yoqish yoki qayta ishlash zavodiga yoxud ekosanoat zonasiga tegishli mablagʻlarni (Gate fee) oʻtkazib beradi.

Hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali doimiy

”;

g) 2-ilova 3-ilova deb hisoblansin;
d) 3-ilovadagi “Farmoniga 2-ilova” soʻzlari “Farmoniga 3-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-son Farmoniga 1-ilovaning 72-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

72.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olish darajasini 95 foizga, chiqindilarni qayta ishlash darajasini 6 foizga oshirish.

Yoqib, muqobil energiya ishlab chiqariladigan chiqindilar ulushini 35 foizga yetkazish, maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish.

“Nol chiqindi” tamoyili asosida maishiy chiqindilarni shaharlardan olib chiqish, qayta ishlash va ulardan ekologik toza energiya va boshqa mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini qamrab olgan ekosanoat zonalarni joriy etish.

”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonida:
a) 1-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisidagi “har yili” soʻzlari “2025-yil dekabr oyida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) hududlarda maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun toʻlov tariflarini ushbu Farmonga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qayta koʻrib chiqish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlash amaliyotini joriy qilish;”;
v) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur Farmon 4-bandining “b” kichik bandida belgilangan amaliyot tatbiq etilgan hududlarda billing tizimlari faoliyatini texnik taʼminlash, toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish uchun kerakli sharoitlar yaratish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga oʻtkaziladi”;
g) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2025-yil 1-avgustga qadar Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatilishi majburiy boʻlgan tovarlarning roʻyxati va ularning belgilari tasdiqlanadi”;
d) 7-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan loyihaning amalga oshirilishi Agentlikning hududiy boʻlinmalari va hokimliklar tomonidan nazorat qilinadi hamda chiqindi yigʻish maydonlarini paketlar bilan taʼminlash uchun Ekologiya jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratiladi”;
e) 9-bandning “v” kichik bandi chiqarib tashlansin;
j) 12-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hududlar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida berilishida faqatgina Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan aniq konsepsiyaga koʻra tender natijalari asosida xususiy sheriklarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan biriktirib beriladi. Bunda hududlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri, auksion va boshqa shakllarda xususiy sheriklarga biriktirish taqiqlanadi. Shuningdek, bitim muddati tugaganda yoki bekor boʻlganda ushbu hudud tender oʻtkazilguniga qadar Agentlikning taklifiga asosan vaqtinchalik xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali xususiy yoki toʻgʻridan-toʻgʻri nomuayyan muddatga davlat sanitar tozalash korxonalariga biriktirib berilishi mumkin”;
z) 18-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
i) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi PF-5-son Farmoniga
1-ILOVA
Maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun toʻlov tariflarini majburiy koʻrib chiqish sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Sanitar tozalash korxonalari

1. Har bir hudud boʻyicha maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi.

2. Agentlikka har bir hudud kesimidagi toʻlov summalarini taqdim qiladi.

Har yili 1-sentabrga qadar

2-bosqich

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi

(Agentlik)

1. Sanitar tozalash korxonalari tomonidan taqdim qilingan toʻlov summalari asoslantirilganligini oʻrganib chiqadi.

2. Har bir hudud uchun chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlov summalarining asoslantirilgan miqdorini ishlab chiqadi.

3. Maishiy chiqindi xizmatlari (chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash stansiyalari, poligonlarni tasarruf etish hamda chiqindilarni ekosanoat zonalariga yetkazib berish xizmatlari) uchun toʻlov summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirgan holda tegishli xulosa asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy organlariga kiritadi.

4. Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalarining xulosasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

3-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Agentlik tomonidan taqdim qilingan toʻlov summalari miqdori toʻgʻrisidagi murojaatni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.

2. Agentlik murojaatida belgilangan tariflarni qabul qilish yoki rad qilish masalasi asosliligini koʻrib chiqadi, Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari xulosasi asosida Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar

4-bosqich

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari

Maishiy chiqindi xizmatlari tariflarini qayta koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-dekabrga qadar

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan maishiy chiqindi xizmatlari tariflari koʻrib chiqilganligi va natijasi yuzasidan Agentlikka axborot taqdim qiladi.

Har yili 1-dekabrga qadar

2. Agentlik tomonidan taqdim qilingan takliflar qabul qilinmagan taqdirda, taklif etilgan va tasdiqlangan tariflar oʻrtasidagi farqni har oyda qoplash uchun subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi qarorni tasdiqlaydi.

Har yili 1-yanvarga qadar

”;

k) 10-ilovaning 14-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2024-yil may” soʻzlari “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-106-son Farmoniga 3-ilovada:
1-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmlari”, “Bajarish muddati” va “Masʼul ijrochilar” ustunlari 1 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
5-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmlari”, “Bajarish muddati” va “Masʼul ijrochilar” ustunlari 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
17-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmlari” ustuni 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Respublikaning yashil shaharlari reytingini tuzish va har uch yilda yangilab borish”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni taʼminlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-149-son Farmoniga 1-ilovada:
2-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan sanitar tozalash korxonalari faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari har oy yakuni bilan baholab boriladi. Bunda:”;
b) 3-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Reyting tizimida “yashil” toifada qayd etilgan sanitar tozalash korxonalariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi taqdimnomasi asosida mahalliy kengash qarori bilan sanitar tozalash korxonalariga avval biriktirilmagan yoki davlat unitar korxonalari xizmat koʻrsatayotgan yoki xususiy korxonalar bilan bitim bekor qilingan hududlar biriktirib berilishi mumkin”.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3730-son qarorining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik nazorat sohasidagi davlat organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-76-son qaroriga 6-ilovaning 20-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentabrdagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-338-son qaroriga 1-ilovaning 2-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmlari” va “Muddati” ustunlari 2 va 3-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2025-y., 06/25/56/0274-son; 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)