1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tartibi, muddatlari va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlar toifalari;
attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
attestatsiya natijalari boʻyicha appelyatsiya berish va uni koʻrib chiqish qoidalari.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi A.V. Rafiqov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-yanvar,
26-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-yanvardagi 26-son qaroriga ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza — xodimlarni ushbu Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaati;
attestatsiya guvohnomasi — xodim attestatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
attestatsiya komissiyasi — maxsus vakolatli organda, uning hududiy boshqarmalarida (sanoat-texnika inspeksiyalarida) va xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarda tashkil etiladigan va doimiy asosda ishlaydigan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasi;
“Kontexnazoratoʻquv” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — “Kontexnazoratoʻquv” DM) — texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va attraksionlar xavfsizligini taʼminlash sohalarida faoliyat yurituvchi mutaxassis (ekspert)larni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasasi;
malaka oshirish — kasbiy bilim va koʻnikmalarni yangilash hamda chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
malaka talablari — tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalari darajasiga qoʻyiladigan talablar majmui;
maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
xavfli ishlab chiqarish obyekti (keyingi oʻrinlarda — XICHO) — Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasida belgilangan korxonalar yoki ularning sexlari, uchastkalari, maydonchalari, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish obyektlari;
XICHOdan foydalanuvchi tashkilot — tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha xususiy mulk yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida unga tegishli boʻlgan XICHOdan foydalanuvchi tashkilot;
xodimlarni tayyorlash — xodimlarning sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normalar va qoidalar talablariga amal qilgan holda, XICHO bilan bogʻliq ishlarni bajarishda talab etiladigan darajadagi xavfsizlik madaniyati, bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirish faoliyati;
xodimlarni qayta tayyorlash — sanoat xavfsizligi sohasida tayinlangan lavozimi boʻyicha maxsus kasbiy bilimlarga ega boʻlmagan xodimlarni yetarli darajadagi kasbiy bilimlar, amaliy koʻnikmalar va tajribalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
oʻquv dasturi — XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarining lavozim majburiyatlarini sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirish uchun zarur kasbiy bilim olish, amaliy koʻnikma va malakaga ega boʻlishning umumiy tartibini belgilovchi xodimlarni tayyorlashni tashkil etishga yoʻnaltirilgan dastur;
oʻquv rejasi — oʻquv kurslarining tarkibi, ularni oʻrganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat.
2-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
3. Xodimlarni sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalari boʻyicha oʻquv kurslarida tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish belgilangan tartibda “Kontexnazoratoʻquv” DM tomonidan anʼanaviy va (yoki) masofaviy shaklda mazkur muassasa bilan tegishli xodimlar faoliyat yuritayotgan tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnoma (buyurtma)lar asosida amalga oshiriladi.
Bunda xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarning miqdori tegishli oʻquv kurslarining davomiyligidan hamda ularning shaklidan kelib chiqib, tomonlar oʻrtasida tuziladigan shartnoma bilan belgilanadi.
4. Xodimlarni:
a) tayyorlash — ishga yangi qabul qilinganda;
b) qayta tayyorlash:
tanlangan yoki turdosh kasb boʻyicha boshlangʻich kasbiy taʼlim boʻlmaganda;
tegishli kasbiy taʼlimni talab qiluvchi boshqa lavozimga oʻtkazishda;
v) malakasini oshirish ular tomonidan lavozim majburiyatlari bajarilishi uchun zarur boʻlgan kasbiy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni saqlab turish maqsadida uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
5. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davrida xodimlarga ularning ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi. Agar mazkur tadbirlar uchun xodim yashash joyidan boshqa hududga yuborilsa, unga mazkur xodimni yuborayotgan tashkilot tomonidan qonunchilikda belgilangan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi, shu jumladan sarf-xarajatlar qoplanishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
6. XICHO xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv dasturlari “Kontexnazoratoʻquv” DM tomonidan ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli organ hamda xodimlarning vakillik organlari (mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari) bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
7. Oʻquv kurslari toʻliq tamomlangandan soʻng “Kontexnazoratoʻquv” DMda xodim imtihondan oʻtkaziladi. Imtihon test koʻrinishida oʻtkazilishi mumkin.
8. Imtihondan oʻta olmagan xodimlarga bir oy davomida imtihonni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Qayta imtihondan oʻta olmaganlar oʻquv kursida takroran oʻqitiladi.
9. “Kontexnazoratoʻquv” DM qayta imtihondan oʻta olmagan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni uch ish kuni mobaynida qayta imtihon natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani ilova qilgan holda, XICHOdan foydalanuvchi tashkilotga yuboradi. XICHOdan foydalanuvchi tashkilot mazkur maʼlumotlar asosida xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini belgilangan tartibda bekor qilish yoki xodimni quyi lavozimga oʻtkazish masalasini koʻrib chiqishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: Mehnat kodeksning 12-bob 5-paragrafi (“Mehnat shartnomasini bekor qilish”).
10. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuniga koʻra imtihondan oʻtganlarga ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan shaklda guvohnoma, xodimlar malakasini oshirish yakuniga koʻra imtihondan oʻtganlarga mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi.
11. Maxsus vakolatli organ XICHOdan foydalanuvchi tashkilot xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantiradi va yuritadi.
12. “Kontexnazoratoʻquv” DM tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini bitirgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har chorakda maxsus vakolatli organga taqdim etib boradi.
3-bob. Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
13. XICHOdan foydalanuvchi tashkilot xodimlari sanoat xavfsizligi sohasida ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish imkoniyatini baholash maqsadida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.03.00 Sanoat xavfsizligi (shuningdek, 16.04.06.00ga qarang)]
14. Xodimlar sanoat xavfsizligi sohasida attestatsiyadan maxsus vakolatli organda, uning hududiy boshqarmalarida (sanoat-texnika inspeksiyalarida) hamda XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari koʻrinishlarda mazkur Nizomga 3 va 4-ilovalardagi sxemalarga muvofiq oʻtkaziladi.
15. Xodimlar birlamchi attestatsiyadan ishga yangi qabul qilinganda yoki lavozimga tayinlanganda uch oy muddatda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
16. Xodimlar davriy attestatsiyadan quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlari, XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlarning markaziy attestatsiya komissiyalari raislari va rais oʻrinbosarlari — besh yilda bir marta;
muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari aʼzolari — uch yilda bir marta;
XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida nazarda tutilmagan boshqa ishchi-xodimlar — bir yilda bir marta.
17. Ushbu Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organ attestatsiya komissiyasi va 16-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalari (sanoat-texnika inspeksiyalari) attestatsiya komissiyasi, mazkur Nizomning 16-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan xodimlar XICHOdan foydalanuvchi tashkilot attestatsiya komissiyasi tomonidan birlamchi, davriy va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
18. Maxsus vakolatli organda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyasi kamida 7 nafar aʼzodan va toq sondan iborat tarkibda boʻladi hamda uning tarkibiga:
maxsus vakolatli organ rahbarining birinchi oʻrinbosari attestatsiya komissiyasining raisi;
maxsus vakolatli organning tegishli tarkibiy boʻlinmalari (boshqarma yoki boʻlim) rahbarlari — attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili;
sanoat xavfsizligi sohasida alohida vakolatlarga ega boʻlgan davlat organlari vakillari kiritiladi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
19. Maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalarida (sanoat-texnika inspeksiyalarida) tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari kamida 5 kishidan va toq sondan iborat boʻladi hamda tarkibiga:
tegishli hududiy boshqarma (sanoat-texnika inspeksiya) boshligʻi (attestatsiya komissiyasining raisi);
XICHOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari (attestatsiya komissiyasining raisi oʻrinbosari);
maxsus vakolatli organning davlat inspektorlari (tegishli yoʻnalishlar boʻyicha);
XICHOdan foydalanuvchi tashkilotning yuqori turuvchi tashkiloti vakili;
tarmoq kasaba uyushmalari respublika kengashlari va (yoki) hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili kiritiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
20. XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari kamida 5 nafar aʼzodan va toq sondan iborat tarkibda boʻladi hamda tarkibiga:
tashkilot rahbari yoki bosh muhandisi (attestatsiya komissiyasi raisi);
maxsus vakolatli organ tomonidan ushbu tashkilotda davlat nazoratini amalga oshirish yuklangan davlat inspektori (attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari);
ishlab chiqarish va ichki nazoratni amalga oshiruvchi xodimlar, boshqarma, boʻlim boshliqlari va rahbarlar, avariya-qutqaruv xizmati vakillari va boshqa yuqori malakali mutaxassislar;
hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili va (yoki) tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
21. Attestatsiya komissiyasi raisi:
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan xodimlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Attestatsiya komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
22. Maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari (sanoat-texnika inspeksiyalari) hamda XICHOdan foydalanuvchi tashkilotning tegishli tarkibiy boʻlinmasi (masʼul xodimi) attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. Ishchi organ:
xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
xodimlar anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
attestatsiya komissiyasi tomonidan beriladigan savollarni tuzadi;
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda xodimlarga bevosita yetkazadi yoki pochta orqali yuboradi;
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
23. XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlarda tuzilgan attestatsiya komissiyasi aʼzolarining roʻyxati ishlab chiqilib, attestatsiyani oʻtkazish muddatidan oʻn kun avval maxsus vakolatli organ bilan kelishiladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
24. Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun tashkilot tomonidan tegishliligi boʻyicha maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari (sanoat-texnika inspeksiyalari) attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda ariza bilan attestatsiya oʻtkazish muddatidan uch oy oldin murojaat qilinadi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
mazkur Nizomga 6-ilovadagi shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan soʻrovnoma;
xodimlarni tayyorlash (qayta tayyorlash) va malaka oshirish oʻquv kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki sertifikat nusxasi;
xodimlarning ish joyidan (ishlamayotgan xodimlar uchun oxirgi ish joyidan) berilgan faoliyati toʻgʻrisidagi tavsifnoma.
25. XICHOdan foydalanuvchi tashkilot masʼul rahbari va tegishli tarkibiy boʻlinmasi xodimi attestatsiya komissiyasiga xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
26. Attestatsiya komissiyasi ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunida xodimni attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Taqdim etilgan ariza mazkur Nizomning 24-bandiga muvofiq taqdim etilmagan taqdirda, attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyaga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan qaror qabul qilinadi va ushbu qarorning nusxasi bir ish kunida XICHOdan foydalanuvchi tashkilotga yuboriladi.
Rad etish toʻgʻrisida qarorda koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, arizani qayta koʻrib chiqishga taqdim etish uchun kamida oʻn kun, biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddat beriladi.
27. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida XICHOdan foydalanuvchi tashkilotni kamida oʻn besh ish kuni avval yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
28. Ariza mazkur Nizomning 24-bandiga muvofiq taqdim etilgan taqdirda, xodim XICHOdan foydalanuvchi tashkilot tomonidan tegishli hujjatlar attestatsiya komissiyasiga taqdim etilgan kundan boshlab toʻrtinchi oyning birinchi 10-sanasidan kechikmay attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
29. Hujjatlari attestatsiyadan oʻtishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga koʻra (mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki xodim faoliyat yuritayotgan XICHOdan foydalanuvchi tashkilot va boshqa yuridik shaxs rahbarlari maʼlumotnomasi) kelmagan xodimlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan xodimlar boʻyicha ular ishlayotgan XICHOdan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari nomiga bildirishnoma yuboriladi va ushbu holat takroranlangan taqdirda, attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida xodimlarni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash haqidagi qaror chiqarishga haqli.
30. Xodim uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (pasport, identifikatsiyalovchi ID-karta yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) koʻrsatgan holda attestatsiyadan oʻtishga kiritiladi.
31. Attestatsiya jarayoni maxsus vakolatli organning rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiya qilinadi, texnik jihatdan translyatsiya qilish imkoni mavjud boʻlmagan hollarda, ushbu jarayon audio va videoyozuvlarda qayd etiladi.
32. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi attestatsiya komissiyasi tasdiqlangan tarkibining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Xodimlarning hujjatlari attestatsiya komissiyasi aʼzolariga tanishtiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
33. Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, maxsus adabiyotlar yoki boshqa materiallardan foydalanish;
uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
uzrli sabablarsiz attestatsiya oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talablarni buzgan xodimlar attestatsiya oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
34. Attestatsiya suhbat shaklida oʻtkaziladi. Har bir xodimga 10 ta savoldan iborat imtihon varaqasi beriladi.
35. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida qatnashgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish xodimning ishtirokisiz oʻtkaziladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
36. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya natijalarini hisobga olib:
xodimlarni attestatsiyadan oʻtdi deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
xodimni attestatsiyadan oʻtmadi deb eʼtirof etish haqida qaror qabul qiladi.
37. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tugaganidan soʻng darhol eʼlon qilinadi.
38. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan bayonnomasi nusxasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan xodimlarning ish joyiga yuboriladi.
39. Bayonnoma tayyorlangan kundan boshlab uch ish kuni muddatida attestatsiyadan oʻtgan xodimlarga mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq attestatsiya guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan attestatsiyani oʻtkazish davriyligiga mutanosib ravishda belgilanadi.
40. Xodimlarning attestatsiya guvohnomasi mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan Attestatsiyadan oʻtgan xodimlar reyestrida hisobga olinadi va yuritiladi.
41. Attestatsiya guvohnomasi yoʻqotilganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda xodimning arizasiga koʻra uch ish kunida attestatsiya komissiyasi tomonidan uning dublikati beriladi.
42. Attestatsiya guvohnomasi dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yuqoridagi burchagiga “DUBLIKAT” yozuvi kiritiladi.
43. Attestatsiyadan oʻtmagan xodimlarni takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun XICHOdan foydalanuvchi tashkilot attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida ikki oy oʻtgach murojaat qilishi mumkin.
Bunda attestatsiyadan oʻtmagan xodim egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlashtirilishi lozim.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
44. Ikkinchi marta ham attestatsiyadan oʻtmagan xodimni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinib, XICHOdan foydalanuvchi tashkilotga ushbu xodimni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoxud boshqa ishga oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yuboriladi.
45. Xodimlarning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda, xodim davriy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
46. XICHOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari xodimning attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda attestatsiyada ishtirokini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
47. XICHOdan foydalanuvchi tashkilotlarning attestatsiya komissiyasida oʻz xodimlari attestatsiyadan XICHOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan va kasaba uyushmasi qoʻmitasi (yoxud uning vakili) bilan kelishilgan jadval asosida oʻtkaziladi. Attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlar jadval bilan kamida bir oy oldin tanishtirilishi lozim.
48. Attestatsiya savollari maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda, tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
49. Attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlar attestatsiya oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasi tomonidan kamida oʻn besh ish kuni oldin xabardor qilinadi.
Attestatsiya mazkur Nizomning 29 — 35-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim.
50. Attestatsiya komissiyasi xodimlarning bilimlarini hisobga olib:
xodimlarni attestatsiyadan oʻtdi deb eʼtirof etish va unga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
xodimlarni attestatsiyadan oʻtmadi deb eʼtirof etish haqida qaror qabul qiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
51. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasi raisi, uning oʻrinbosari va attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va xodimning shaxsiy varaqasiga tegishli qayd kiritiladi.
52. XICHOdan foydalanuvchi tashkilot rahbari attestatsiyaning oʻz vaqtida oʻtkazilishiga javobgar hisoblanadi.
53. Xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyadan tegishli attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
sanoat xavfsizligi sohasidagi normalar va qoidalar talablari oʻzgarganda;
ilgari qoʻllanilmagan xavf tugʻdiruvchi yangi texnik qurilmalar yoki texnologiyalar kiritilganda;
xodim olti oydan ortiq muddatga ishdan ajralgan hollarda;
xodim sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida belgilangan talablar boʻyicha yetarli darajada bilimga ega emasligi aniqlanganda, maxsus vakolatli organning sanoat xavfsizligi holatini tekshirish vakolatiga ega masʼul shaxsining yozma koʻrsatmasiga binoan.
54. XICHOdan foydalanuvchi tashkilotning quyidagi xodimlari maxsus vakolatli organ attestatsiya komissiyasida navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi lozim:
avariya yoki oqibati oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa sodir boʻlgan tashkilot rahbarlari hamda bu hodisaga aloqador xodimlar;
avariya yoki oqibati oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisaning sodir etilishida aybdor boʻlgan shaxsni yoki jabrlanuvchini kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkazgan tashkilot rahbarlari hamda oʻqitishga taalluqli boʻlgan xodimlar.
55. Ushbu Nizomning 53-bandida koʻrsatilgan holatlarda attestatsiya tegishliligi boʻyicha maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari (sanoat-texnika inspeksiyalari) hamda XICHOdan foydalanuvchi tashkilot attestatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Ushbu Nizomning 54-bandida koʻrsatilgan holatlarda attestatsiya maxsus vakolatli organ attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
56. Xodimlar navbatdan tashqari attestatsiyadan mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang)]
57. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan shaxslar attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz ish kunida maxsus vakolatli organ huzurida tuziladigan appellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi maxsus vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasi aʼzolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
58. Appellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani yetti ish kunida uni bergan xodimlar ishtirokida koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ularga yozma xabar yuboradi.
59. Agar attestatsiya davomida xodimlarning bilimi notoʻgʻri baholanganligi aniqlansa, apellyatsiya komissiyasi arizani qanoatlantiradi va attestatsiya natijalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, xodimlarning apellyatsiyasi boshqa asoslarga koʻra toʻgʻri (asosli) deb topilsa, apellyatsiya komissiyasi uni mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Attestatsiya mazkur Nizom talablariga zid ravishda oʻtkazilmaganligi hamda xodimlarning bilimi toʻgʻri baholanganligi aniqlangan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya arizasini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
60. Attestatsiya komissiyasi yoki apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
4-bob. Yakunlovchi qoida
61. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining
Davlat gerbi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
Tayyorlash (qayta tayyorlash) boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisida
Taʼlim tashkiloti rahbari: _____________________ ____________ ____________ _______________________________
______________________________________________(imzo)_______________________(familiyasi, ismi va otasining ismi)
Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ____________________
Berilgan sanasi: ______________________________
_______________________(kun, oy, yil)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining
Davlat gerbi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
Malaka oshirish boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisida
Taʼlim tashkiloti rahbari: ______________________________ ____________ ____________ ______________________________
_______________________________________________________(imzo)______________________(familiyasi, ismi va otasining ismi)
Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ____________________
Berilgan sanasi: _______________________________
______________________(kun, oy, yil)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Maxsus vakolatli organ va uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar
Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalarida (sanoat-texnika inspeksiyalarida) tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalariga birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtish uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
Attestatsiyani oʻtkazish muddatidan 3 oy oldin.
2-bosqich
Maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalarida (sanoat-texnika inspeksiyalarida) tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari
1. Zarur hujjatlar ilova qilingan arizani koʻrib chiqadi hamda xodimlarni attestatsiyaga qoʻyilishi yoki qoʻyilishini rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Arizani qabul qilgandan soʻng 3 ish kunida.
2. Attestatsiyaga qoʻyishni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan qaror nusxasini tashkilotga yuboradi.
1 ish kunida.
3. Attestatsiya oʻtkazilish joyi va vaqti toʻgʻrisida tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.
Attestatsiya oʻtkazilishidan kamida 15 ish kuni oldin.
3-bosqich
Maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalarida (sanoat-texnika inspeksiyalarida) tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari
1. Attestatsiyani suhbat shaklida oʻtkazadi.
Hujjatlar olingan kundan boshlab toʻrtinchi oyning birinchi 10 kunligidan kechikmay.
2. Attestatsiya natijalari boʻyicha xodimlar attestatsiyadan oʻtganligi yoki oʻtmadi deb topilganligi haqida qaror qabul qiladi va bayonnoma rasmiylashtiradi.
Attestatsiya natijalari boʻyicha ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol.
3. Attestatsiyadan oʻtgan xodimga attestatsiya guvohnomasini rasmiylashtiradi va attestatsiyadan oʻtgan xodimlar reyestrida tegishli maʼlumotlarni qayd etadi.
3 ish kunida.
4. Attestatsiyadan oʻtmagan xodimni egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlashtirish toʻgʻrisida xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbariga bildirishnoma yuboradi.
1 ish kunida.
4-bosqich
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar
Attestatsiyadan oʻtmagan tashkilot xodimini takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
Kamida 2 oy oʻtgach.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning attestatsiya komissiyasi ishchi organi
1. Attestatsiya oʻtkazish jadvalini tuzadi va uni tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi.
1. Attestatsiya oʻtkazishdan 3 oy oldin.
2. Attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarni jadval bilan tanishtiradi.
2. Attestatsiya oʻtkazishdan 2 oy oldin.
3. Attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda xodimga bevosita topshiradi yoki pochta orqali yuboradi.
3. Attestatsiya oʻtkazishdan kamida 15 ish kuni oldin.
2-bosqich
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning attestatsiya komissiyasi
1. Attestatsiyani suhbat shaklida oʻtkazadi.
1. Attestatsiya oʻtkazish jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda.
2. Attestatsiya natijalari boʻyicha xodimlar attestatsiyadan oʻtganligi yoki oʻtmadi deb topilganligi haqida qaror qabul qiladi va bayonnoma rasmiylashtiradi.
2. Sinov (attestatsiya) natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol.
3. Attestatsiyadan oʻtmagan xodimni ikkinchi marta attestatsiyadan oʻtkazadi.
3. Kamida 2 oy oʻtgach, biroq 6 oydan kam boʻlgan muddatda.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
______________________________________ ga
(maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boshqarmasi (sanoat-texnika inspeksiyasi nomi)
___________________________ dan
(tashkilot nomi)
ARIZA
Sizdan __________________________________________________________________________ da
(tashkilot nomi)
_________________________________________________________________________________ sifatida
(lavozim nomi)
faoliyat yuritayotgan (yangi ishga qabul qilingan yoki boshqa lavozimga tayinlangan)
_______________________________________________________________________________________ ni
(xodimning F.I.O.)
_________________________________________________________________________________ sohasida
2. Tayyorlash (qayta tayyorlash), malaka oshirish oʻquv kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki sertifikat nusxasi.
3. Ish joyidan (ishlamayotganlar uchun oxirgi ish joyidan) berilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi tavsifnoma.
Tashkilot rahbari
________
____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
20__ y. “____” _______________
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
SOʻROVNOMA
1. Familiyasi __________________________________
Ismi _________________________________________
Fotosurat
oʻrni
Otasining ismi ________________________________
2. Tugʻilgan sanasi ______________________________
(yili, kuni, oyi raqamlar bilan yoziladi)
3. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi _____ raqami _________
Berilgan sanasi ___________________________________________
Kim tomondan berilgan ____________________________________
10. Soʻrovnoma toʻldirilgan sana: 20___ y. “____” _____________________.
Imzo ____________________________________
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining _____-son
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Attestatsiyadan oʻtgan xodimga beriladigan attestatsiya guvohnomasining shakli
XODIMNING BOSHQA ISHGA OʻTKAZILISHI YOKI BOSHQA LAVOZIMGA TAYINLANISHI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTLAR
T/r
Ishga oʻtkazilgan joyi
Kasbi
(lavozimi)
Tashkilot rahbarining F.I.O.
Tashkilot rahbarining imzosi
1.
2.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA