1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Atamalar komissiyasi) tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Atamalar komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish;
oʻzbek tiliga kiritilayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga tatbiq etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
yangi soʻz va atamalarni qoʻllash sohasida boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga atamashunoslik masalalari boʻyicha koʻrsatmalar berish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatlarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
3. Belgilab qoʻyilsinki, Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Atamalar komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
Quyidagilar Ishchi organning asosiy vazifalari etib belgilansin:
taklif qilingan yangi soʻz va atamalarni ilmiy jihatdan oʻrganish;
yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni ekspertizadan oʻtkazish;
ekspertizadan oʻtkazilgan yangi soʻz va atamalarni jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilish;
jamoatchilik muhokamasida bildirilgan taklif, fikr va tavsiyalarni Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Ilmiy kengashining kengaytirilgan yigʻilishida tegishli soha mutaxassislari ishtirokida koʻrib chiqish hamda yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni Atamalar komissiyasiga kiritib borish;
Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarni jamoatchilikka eʼlon qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Atamalar komissiyasining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari;
Atamalar komissiyasi raisi va uning oʻrinbosarlari, aʼzolari hamda kotibining vazifalari;
Ishchi organ va Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi.
5. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatlarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruhlar) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Quyidagilar Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan yutuqlari natijasida tegishli sohalarda yuzaga kelayotgan yangi soʻz va atamalarni tadqiq etish, ularning oʻzbekona muqobillarini topish hamda ularni bir xilda qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Atamalar komissiyasiga kiritish;
tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida soʻz va atamalarning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash;
tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida davlat tilida ish yuritish bilan bogʻliq yuzaga keladigan muammolarni oʻrganish hamda hal etish choralarini koʻrish;
soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilarni jalb qilgan holda, sohaviy izohli va imlo lugʻatlarini tayyorlash hamda nashr etib borish.
7. Belgilab qoʻyilsinki:
Ishchi guruhlar Atamalar komissiyasining respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalaridagi quyi tuzilmasi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
Ishchi guruhlar tegishli sohalarda atamashunoslikning rivojlanishi masalalarini tahlil qilgan holda, har olti oyda va yil yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Atamalar komissiyasiga hisobot beradi.
8. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki xoʻjalik birlashmasi hisoblanmaydigan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga oʻz huzurida Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini tashkil etish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy media birlashmasiga Atamalar komissiyasi faoliyati bilan bogʻliq jarayonlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 18-sentabr,
589-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 589-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Atamalar komissiyasi raisi
2.
X.M. Sultonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Atamalar komissiyasi raisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)
3.
Z.B. Maxkamova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari
4.
Sh.S. Sirojiddinov
—
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, akademik, Atamalar komissiyasi raisi oʻrinbosari
5.
N.M. Mahmudov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, Atamalar komissiyasi raisi oʻrinbosari
6.
M.M. Qarshiboyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi oʻrinbosari (kelishuv asosida)
7.
G'.Sh. Eshmurodov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti (kelishuv asosida)
8.
O.K. Iminov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)
9.
E.A. Zaxidov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)
10.
A.D. Tashkulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri
11.
K.A. Sharipov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
12.
H.Oʻ. Umarova
—
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
13.
A.A. Xudayarov
—
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri v.b.
14.
Sh.T. Rizayev
—
Kinematografiya agentligi bosh direktori v.b., filologiya fanlari nomzodi
15.
S.S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri
16.
O.A. Hasanov
—
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
17.
B.A. Abduhalimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori
18.
I.M. Mirzaaliyev
—
“Jadid” gazetasi bosh muharriri, Oʻzbekiston xalq shoiri
19.
X.N. Dosmuxamedov
—
Filologiya fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi
20.
I.U. Majidov
—
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori
21.
A.K. Kirgizbayev
—
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, tarix fanlari doktori
22.
S.M. Turobjonov
—
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, akademik
23.
G.Sh. Rixsiyeva
—
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, filologiya fanlari nomzodi
24.
S.Y. Islamov
—
Toshkent davlat agrar universiteti rektori v.v.b., qishloq xoʻjaligi fanlari doktori
25.
Sh.A. Ayupov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oʻzbekiston Qahramoni
26.
A.H. Ziyo
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Tarix instituti direktori, tarix fanlari doktori, akademik
27.
K.Sh. Tojiboyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti direktori, biologiya fanlari doktori, akademik
28.
Sh.A. Egamberdiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik
29.
A.S. Turayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Bioorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, akademik
30.
A. Aʼzamov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti boʻlim boshligʻi, fizika-matematika fanlari doktori, akademik
31.
M.X. Baratov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti boʻlim boshligi, yuridik fanlar doktori
32.
H.B. Ashurov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, texnika fanlari doktori
33.
A.B. Ibragimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori
34.
I.M. Azimov
—
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi direktori — prorektor, filologiya fanlari doktori
35.
E.N. Aʼzamov
—
“Tafakkur” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
36.
A. Meliboyev
—
“Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist
37.
E. Shukurov
—
“Maʼnaviy hayot” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir
38.
I.U. Gʻafurov
—
Oʻzbekiston Qahramoni, adib, tarjimon
39.
M. Ahmedov
—
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
40.
I.A. Sultonov
—
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
41.
N.A. Toʻxliyev
—
Xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori, akademik
42.
B.N. Karimov
—
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori
43.
B.R. Mengliyev
—
Toshkent Amaliy fanlar universiteti professori, filologiya fanlari doktori
44.
Sh.N. Koʻchimov
—
Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari doktori
45.
A.P. Madvaliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori
46.
O.B. Roʻziboyev
—
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti dekani, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
47.
R.I. Isayev
—
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari nomzodi
48.
Y.M. Odilov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari doktori
49.
O. Boʻriyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori
50.
N.J. Xolboʻtayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari, Atamalar komissiyasi kotibi
Izoh. Atamalar komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 589-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Atamalar komissiyasi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Atamalar komissiyasi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
3. Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Atamalar komissiyasining ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi organ) hisoblanadi.
4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruhlar) Atamalar komissiyasining quyi tuzilmasi hisoblanadi.
5. Ishchi organ hamda Ishchi guruhlar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
6. Atamalar komissiyasi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
2-bob. Atamalar komissiyasining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
7. Quyidagilar Atamalar komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish;
oʻzbek tiliga kiritilayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga tatbiq etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
yangi soʻz va atamalarni qoʻllash sohasida boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga atamashunoslik masalalari boʻyicha koʻrsatmalar berish;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari markaziy apparatlarida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
3-bob. Atamalar komissiyasining huquqlari va majburiyatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.08.00 Fan-texnika faoliyati]
8. Atamalar komissiyasi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tegishli sohada qoʻllaniladigan atamalar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal etish uchun Atamalar komissiyasi majlislariga masʼul vazirliklar va idoralardan vakillar, olimlar va mutaxassislarni taklif etish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining matnlari va ularga ilova qilinadigan materiallarni zarur hollarda vazirlik va idoralardan hamda Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalaridan olish;
ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarga soʻrovlar yuborish;
Ishchi organ hamda Ishchi guruhlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Atamalar komissiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega organlar va mansabdor shaxslar tomonidan oʻzbek tiliga kiritilayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga tatbiq etish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha murojaat qilinganda, belgilangan tartibda koʻrib chiqish va asoslantirilgan xulosa berish;
atamalarning qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash.
Atamalar komissiyasi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Atamalar komissiyasi faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
10. Atamalar komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Atamalar komissiyasi raisi:
Atamalar komissiyasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Atamalar komissiyasi raisi oʻrinbosarlarining aniq vazifalarini hamda ular masʼul boʻlgan yoʻnalishlarni belgilab beradi;
Atamalar komissiyasi aʼzolarining vazifalarini belgilaydi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Atamalar komissiyasi majlislari chaqirilishini hamda ushbu majlislarning kun tartibini belgilaydi;
Atamalar komissiyasining majlislarini boshqaradi, uning majlislar bayonini, ish rejalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Atamalar komissiyasi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
Atamalar komissiyasi huzuridagi Ekspertlar guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ekspertlar guruhi) tarkibini tasdiqlaydi;
Atamalar komissiyasining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa ishlarni amalga oshiradi.
12. Komissiya raisining oʻrinbosarlari:
Atamalar komissiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari yuzasidan takliflar kiritadi;
Atamalar komissiyasi yigʻilishlarining kun tartibini shakllantirish boʻyicha takliflar beradi;
Ishchi organ hamda Ishchi guruhlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashadi;
yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish yuzasidan takliflar hamda xulosalar tayyorlashda ishtirok etadi;
Atamalar komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini taʼminlash choralarini koʻradi;
Atamalar komissiyasi raisi boʻlmaganda yoki uning topshirigʻi boʻyicha Atamalar komissiyasi yigʻilishlariga raislik qiladi;
Atamalar komissiyasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida boshqa vazifalarni bajaradi.
13. Atamalar komissiyasining aʼzolari:
Atamalar komissiyasi majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish, tegishli qarorlar qabul qilish va ijrosini taʼminlashda ishtirok etadi;
Atamalar komissiyasiga ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha takliflar kiritadi;
Atamalar komissiyasi muhokama qiladigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etadi;
Atamalar komissiyasi raisi va uning oʻrinbosarlari topshiriqlariga asosan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
14. Atamalar komissiyasining kotibi:
Atamalar komissiyasi majlisiga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
majlislarning oʻtkaziladigan vaqti va joyini, shuningdek, taklif etiladiganlar tarkibini Atamalar komissiyasining raisi bilan kelishadi;
Atamalar komissiyasining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Atamalar komissiyasi qarorlarining bajarilishi monitoringini yuritadi va uning natijalarini Atamalar komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Atamalar komissiyasining bayonlarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonlarni Atamalar komissiyasining aʼzolariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga joʻnatadi;
Ishchi guruhlar tomonidan kiritilgan yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni Ishchi organga yuboradi;
Ekspertlar guruhi faoliyatini tashkil etadi hamda Ishchi organ tomonidan kiritilgan takliflarni Ekspertlar guruhi muhokamasidan oʻtkazadi;
Ishchi organ tomonidan kiritilgan takliflarni Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalariga rozilik olish uchun yuboradi;
Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarning rasmiy doirada keng qoʻllanilishini targʻib qilish boʻyicha choralar koʻradi;
Atamalar komissiyasining majlislarini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshiradi;
Atamalar komissiyasining raisiga yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha samarali mehnat qilgan mutaxassislarni ragʻbatlantirish boʻyicha taklif kiritadi.
15. Ishchi organ:
taklif qilingan yangi soʻz va atamalarni ilmiy oʻrganadi;
yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni ekspertizadan oʻtkazadi;
ekspertizadan oʻtkazilgan yangi soʻz va atamalarni jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qiladi;
jamoatchilik muhokamasida bildirilgan taklif, fikr va tavsiyalar qayd etib boriladigan hamda tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarni oʻzida aks ettiradigan elektron reyestrni yuritadi;
jamoatchilik muhokamasida bildirilgan taklif, fikr va tavsiyalarni Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Ilmiy kengashining (keyingi oʻrinlarda — Ilmiy kengash) kengaytirilgan yigʻilishida tegishli soha mutaxassislari ishtirokida koʻrib chiqadi hamda yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni Atamalar komissiyasiga kiritib boradi;
Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarni jamoatchilikka eʼlon qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarni tegishli lugʻatlarga kiritish choralarini koʻradi;
yangi soʻz va atamalarni ilmiy oʻrganish va ekspertizadan oʻtkazish maqsadida sohalar boʻyicha kichik ekspertlar guruhlarini tashkil etadi.
Atamalar komissiyasining ishchi organi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.
16. Ishchi guruhlar:
jamiyat taraqqiyoti, ilm-fan yutuqlari natijasida tegishli sohalarda yuzaga kelayotgan yangi soʻz va atamalarni tadqiq etish, ularning oʻzbekona muqobillarini topish hamda ularni bir xilda qoʻllash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va Atamalar komissiyasiga kiritadi;
tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida soʻz va atamalar toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlaydi;
tegishli respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarida davlat tilida ish yuritish bilan bogʻliq yuzaga keladigan muammolarni oʻrganadi hamda ularni hal etish choralarini koʻradi;
soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilarni jalb qilgan holda sohaviy izohli va imlo lugʻatlarini tayyorlaydi hamda nashr etib boradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.11.00 Ilmiy va fan-texnika dasturlari va loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish]
17. Atamalar komissiyasi tomonidan tashkil etiladigan Ekspertlar guruhi jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Ekspertlar guruhi ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha Ishchi organ tomonidan taqdim etilgan yangi soʻz va atamalarni koʻrib chiqadi hamda xulosa va tavsiyalar beradi.
18. Ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalar ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq rasmiy muomalaga kiritiladi.
19. Ishchi guruhlar ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalar yuzasidan takliflarni mazkur Nizomga 2-ilovadagi jadval asosida Atamalar komissiyasiga kiritadi.
20. Departament Ishchi guruhlar tomonidan kiritilgan yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni bir hafta muddatda koʻrib chiqadi hamda Ishchi organga yuboradi yoki sifatsiz takliflarni Ishchi guruhlarga qaytaradi.
21. Ishchi organ:
yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni ikki hafta muddatda ekspertizadan oʻtkazadi;
yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflar tegishli tushunchani ifodalay olmaydi degan xulosaga kelingan taqdirda, Ishchi organ boshqa maʼqul keladigan muqobil variantni taklif etadi hamda kamida oʻn besh kunlik jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qiladi.
Jamoatchilik muhokamasi yakuniga yetganidan soʻng oʻn kun muddatda bildirilgan fikrlar, taklif va tavsiyalarni Ilmiy kengashning kengaytirilgan yigʻilishida. koʻrib chiqadi va Atamalar komissiyasiga kiritadi.
22. Departament oʻn kun muddatda Ishchi organ tomonidan kiritilgan takliflarni Ekspertlar guruhi muhokamasidan oʻtkazadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining tegishli qoʻmitalariga rozilik olish uchun yuboradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tegishli qoʻmitalarining roziligi olinganidan keyin yangi soʻz va atamalarni koʻrib chiqish uchun Atamalar komissiyasi majlisi kun tartibiga kiritadi.
23. Atamalar komissiyasining majlislari zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida bir marta oʻtkaziladi. Atamalar komissiyasi majlisi unda komissiya aʼzolari umumiy sonining 50 foizidan ortigʻi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
24. Atamalar komissiyasi raisining qaroriga muvofiq yigʻilishda atamashunoslik, filologiya va koʻrib chiqilayotgan muayyan sohadagi malakali mutaxassislar ovoz berish huquqisiz ishtirok etishlari mumkin.
25. Atamalar komissiyasi qarori komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Atamalar komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Atamalar komissiyasining qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Atamalar komissiyasi qarori bilan rasmiy muomalaga kiritilgan yangi soʻz va atamalarning davlat tilida ish yuritishda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi hududida majburiy hisoblanadi.
27. Atamalar komissiyasi, Ishchi organ va Ekspertlar guruhi aʼzolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ragʻbatlantirilishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
28. Atamalar komissiyasining faoliyati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tugatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy muomalaga kiritish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari huzuridagi Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar
Jamiyat taraqqiyoti va ilm-fan yutuqlari natijasida yuzaga kelayotgan hamda Oʻzbek tilining izohli lugʻatiga kiritilmagan yangi soʻz va atamalar yuzasidan takliflarni Atamalar komissiyasiga kiritadi.
Zaruratga koʻra, lekin bir yilda kamida bir marta
2-bosqich
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Atamalar boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan kiritilgan yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutiga yuboradi.
Bir haftada
3-bosqich
Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Yangi soʻz va atamalar boʻyicha takliflarni ekspertizadan oʻtkazadi.
Ikki haftada
4-bosqich
Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Ekspertizadan oʻtkazilgan yangi soʻz va atamalarni jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qiladi.
Oʻn besh kunda (muhokamada turish muddati)
5-bosqich
Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Jamoatchilik muhokamasida bildirilgan fikrlar, taklif va tavsiyalarni institut Ilmiy kengashining kengaytirilgan yigʻilishida koʻrib chiqadi va Atamalar komissiyasiga kiritadi.
10 kunda
6-bosqich
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan kiritilgan takliflarni Atamalar komissiyasi huzuridagi ekspertlar guruhi muhokamasidan oʻtkazadi.
10 kunda
7-bosqich
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Oliy Majlis palatalarining tegishli qoʻmitalariga rozilik olish uchun yuboradi.
Ekspertlar guruhi muhokamasidan soʻng uch kun ichida
8-bosqich
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Yangi soʻz va atamalarni koʻrib chiqish uchun Atamalar komissiyasi majlisi kun tartibiga kiritadi.
Oliy Majlis palatalari qoʻmitalarining roziligi olinganidan keyin
9-bosqich
Atamalar komissiyasi
Yangi soʻz va atamalarni Atamalar komissiyasi majlisi kun tartibida koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Atamalar komissiyasi majlisi kun tartibiga kiritilgandan soʻng 10 kun muddatda
10-bosqich
Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarni jamoatchilikka eʼlon qiladi.
5 kunda
11-bosqich
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan tasdiqlangan yangi soʻz va atamalarning rasmiy doirada keng qoʻllanilishini targʻib qilish boʻyicha choralar koʻradi.
Doimiy
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Yangi soʻz va atamalarning oʻzbek tilidagi muqobilini qoʻllash, shuningdek, muqobili yoʻq soʻz va atamalarni oʻzbek tilining imlo qoidalari va talaffuz meʼyorlariga moslashtirish boʻyicha takliflarni kiritishning
NAMUNAVIY SHAKLI
T/r
Soʻz va atama
Soʻz va atama qoʻllanilgan manba
(nomi, sanasi va raqami)
Soʻz va atamaning izohi
(qaysi tildan olingani)
Soʻz va atamani oʻzbek tilida ifodalovchi soʻzlar
Rasmiy muomalaga kiritish boʻyicha taklif
1.
Link
Ikki narsa yoki vaziyat oʻrtasidagi munosabat, bogʻlanish. Ingliz tilidan olingan.
Havola, yoʻnaltma, bogʻlanma, aloqa liniyasi .
Havola
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 589-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 29-yanvardagi 40-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2021-yil 16-avgustdagi 524-son qaroriga 1-ilovaning 28-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 771-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 09/24/589/0737-son)