toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-sentabrdagi 589-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atamalar komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushuncha va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;
oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga atamashunoslik masalalari boʻyicha maslahatlar berish.
3. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-yanvar,
40-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi 40-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining
TARKIBI

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi

2.

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchisi — Spichrayteri, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Sh.S. Sirojiddinov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

A.A. Joʻraboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)

5.

A.A. Abduhakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

6.

M.M. Qarshiboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri (kelishuv asosida)

7.

A.E. Rahimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bosh konsultanti (kelishuv asosida)

8.

I.U. Madjidov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vaziri

9.

Sh.X. Shermatov

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri

10.

A.Q. Shodmonov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri

11.

Sh.A. Ayupov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

12.

M.M. Xodjimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

13.

A.X. Toshqulov

Termiz davlat universiteti rektori, iqtisod fanlari nomzodi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

14.

A.Ziyo Hamid oʻgʻli

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

15.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi

16.

I.M. Mirzaaliyev

Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida)

17.

X.N. Dosmuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, filologiya fanlari doktori, yozuvchi (kelishuv asosida)

18.

Sh.T. Rizayev

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari, filologiya fanlari nomzodi

19.

B.A. Abduhalimov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, tarix fanlari doktori, professor

20.

N.M. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor

21.

B.A. Sulaymonov

Toshkent davlat agrar universiteti rektori, biologiya fanlari doktori, akademik

22.

T. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, akademik

23.

K.Sh. Tojiboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori, biologiya fanlari doktori, akademik

24.

Sh.A. Egamberdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti direktori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik

25.

A.S. Turayev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Biorganik kimyo instituti direktori oʻrinbosari, kimyo fanlari doktori, akademik

26.

A. Aʼzamov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti boʻlim boshligʻi, fizika-matematika fanlari doktori, a?ademik

27.

L.N. Tuychiyev

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor

28.

A.R. Maraximov

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor

29.

Sh.S. Sharipov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor

30.

S.M. Turobjonov

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor

31.

G.Sh. Rixsiyeva

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

32.

I.J. Yuldashev

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor

33.

H.B. Ashurov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori, texnika fanlari doktori

34.

B.S. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori

35.

A. Meliboyev

“Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri

36.

I.U. Gʻafurov

Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, adib, tarjimon

37.

M. Axmedov

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

38.

E.N. Aʼzamov

“Tafakkur” jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

39.

B.N. Karimov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri, filologiya fanlari doktori, professor

40.

N.A. Toʻxliyev

Xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisod fanlari doktori

41.

B.R. Mengliyev

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori

42.

Sh.N. Koʻchimov

Toshkent davlat yuridik universiteti professori, filologiya fanlari doktori

43.

I.A. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi

44.

A.P. Madvaliyev

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri, filologiya fanlari nomzodi

45.

I.M. Azimov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

46.

R.I. Isayev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori, texnika fanlari nomzodi

47.

B.B. Akbaraliyev

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injinering fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi

48.

S.P. Avezov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti boʻlim boshligʻi

49.

A.K. Kirgizbayev

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri, tarix fanlari doktori, professor, Komissiya kotibi

Izoh:
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-yanvardagi 40-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Komissiya oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Komissiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
3. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Komissiyaning asosiy vazifalari
4. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushuncha va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga, shuningdek, yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga ziyon yetkazmagan holda tahrir qilish;
oʻzbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilik hujjatlariga joriy etish va amalda qoʻllashning huquqiy muammolarini oʻrganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yoʻnalishlarini aniqlash;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga atamashunoslik masalalari boʻyicha maslahatlar berish.
3-bob. Komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
5. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
tegishli sohada qoʻllanadigan atamalar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan masalalarni hal etish uchun Komissiya majlislariga masʼul vazirliklar va idoralardan vakillar, olimlar va mutaxassislarni taklif etish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining matnlari va ularga ilova qilinadigan materiallarni Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalaridan olish;
ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish masalalari boʻyicha vazirliklar va idoralarga soʻrovlar yuborish.
Komissiya ushbu Nizom, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Komissiya:
Davlat tili haqida”gi, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishga;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida atamalarning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq holda, turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda yagona shaklda va toʻgʻri qoʻllanishini taʼminlashga;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishiga doir talablarga rioya etishga;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida eskirgan, koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishga;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga aniq rioya etilishini taʼminlashga majburdir.
Komissiyaning zimmasida ushbu Nizom, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil qilish
7. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Komissiya raisi:
Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda uning ishlarini tashkil etadi;
Komissiyaning majlislarini olib boradi, uning majlislar bayonini, ish rejalarini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
qabul qilingan qarorlarning ijrosi ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi.
9. Komissiya raisi Komissiyaga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki tegishli darajada bajarmaganlik uchun shaxsan javobgardir.
10. Komissiya majlislari uning ish rejasiga muvofiq muntazam oʻtkazib boriladi. Komissiya majlisi unda Komissiya aʼzolari umumiy sonining 50 foizidan ortigʻi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Komissiya raisining qaroriga muvofiq yigʻilishda atamashunoslik, filologiya va koʻrib chiqilayotgan muayyan sohadagi malakali mutaxassislar ovoz berish huquqisiz ishtirok etishlari mumkin.
11. Komissiya kotibi Komissiya ish rejasini ishlab chiqishni taʼminlaydi hamda uning majlislari bayonnomalarini yuritadi.
12. Komissiyaning qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi. Komissiya qarori Komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
13. Komissiya oʻziga taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini, qoida tariqasida, besh ish kuni ichida koʻrib chiqishi va Komissiya majlisini oʻtkazishi kerak. Mazkur muddat, zarurat tugʻilganda, Departament bilan kelishuvga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
14. Komissiya oʻz muhokamasidan oʻtgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarida qoʻllangan atamalar boʻyicha kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha masalalar yuzasidan masʼuldir.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Komissiya aʼzolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ragʻbatlantirilishi mumkin.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Komissiya faoliyati Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tugatiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2020-y., 09/20/40/0092-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)