

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6999071" id="onLBC-6999071">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7101"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6999071" id="onLS-6999071">[<b>TSZ:</b><div id="LS3788"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-7000415" id="-7000415">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7000416" id="-7000416">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-7000417" id="-7000417">Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-7000419" id="-7000419">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 4-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3525]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000420" id="-7000420"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000421" id="-7000421">Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona <a href="/mact/-2876354">kodeksiga </a>muvofiq buyuraman:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000422" id="onLBC-7000422">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7101"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000422" id="-7000422">1. Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalari <a href="/mact/-6999071#-7000429">1-ilovaga</a> muvofiq tasdiqlansin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000423" id="onLBC-7000423">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC22733"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000423" id="-7000423">2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar <a href="/mact/-6999071#-7000717">2-ilovaga</a> muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000424" id="onLBC-7000424">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6069"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000424" id="-7000424">3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-7000425" id="-7000425">Vazir D. KUCHKAROV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7000426" id="-7000426">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-7000427" id="-7000427">2024-yil 22-may,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-7000428" id="-7000428">125-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000429" id="-7000429"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7000430" id="-7000430">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-son <a href="/mact/-6999071">buyrugʻiga</a><br />
1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7000431" id="-7000431"><strong>Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish</strong></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7000432" id="-7000432">QOIDALARI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000433" id="-7000433"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000436" id="-7000436">Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona <a href="/mact/-2876354">kodeksiga </a>muvofiq bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini belgilaydi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000437" id="-7000437"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000438" id="onLBC-7000438">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;</span></div><div id="LBC6999"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi;</span></div><div id="LBC7078"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari;</span></div><div id="LBC7101"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;</span></div><div id="LBC7103"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.01.00 Bojxona nazorati;</span></div><div id="LBC7278"><span class="iorRN">6.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000438" id="-7000438">1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000439" id="-7000439">Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi deb yuritiladi) Bojxona kirim orderi avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) — bojxona kirim orderini elektron tarzda shakllantirish va ushbu hujjat asosida undirilgan bojxona toʻlovlarini hisobga olish uchun moʻljallangan axborot tizimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000440" id="-7000440">Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda bojxona organlarining axborot tizimi deb yuritiladi) — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va maʼlumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan tizimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000441" id="-7000441">mobil qurilmalarni xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodlari boʻyicha roʻyxatga olish tizimi (bundan buyon matnda mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimi deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-4517458#-4518702">nizomda </a>nazarda tutilgan mobil qurilmalarni texnik identifikatsiyalash parametrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatga olish, yigʻish, saqlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan axborot tizimi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000442" id="-7000442">Bojxona kirim orderi (bundan buyon matnda BKO deb yuritiladi) — bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs tomonidan taqdim qilingan hujjatlar yoki bojxona organlarining axborot tizimlari yoxud mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimi maʼlumotlari asosida bojxona xodimi tomonidan dasturda rasmiylashtiriladigan elektron shakldagi hujjat;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000443" id="-7000443">yangi BKO — bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs tomonidan Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda shakllantirilgan holda bojxona organiga taqdim etilgan, biroq bojxona organi tomonidan koʻrib chiqilmagan BKO;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000444" id="-7000444">roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BKO — dasturda shakllantirilgan BKOning “BKO roʻyxat raqami” grafasiga BKO raqami va qabul qilingan sana koʻrsatilgan, ammo “Bojxona organining belgisi” grafasiga bojxona organining tegishli belgilari qoʻyilmagan BKO;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000445" id="-7000445">rasmiylashtirilgan BKO — bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan va “Bojxona organining belgisi” grafasiga bojxona organining tegishli belgilari qoʻyilgan BKO;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000446" id="-7000446">qayta rasmiylashtirilgan BKO — rasmiylashtirilgan BKOga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilib, yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishi toʻxtatilgan avvalgi BKO;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000447" id="-7000447">bekor qilingan BKO — BKOni bojxona organida roʻyxatga olinganidan yoki rasmiylashtirilganidan soʻng bekor qilish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini toʻxtatish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000448" id="-7000448">2. BKO quyidagi hollarda toʻldiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000450" id="-7000450">notijorat maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida olib oʻtilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyoridan oshganda, ortiqcha qismiga bojxona toʻlovi undirilishida;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7463842" id="-7463842"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining </em><a href="/mact/2883700">VIII boʻlimi</a><em> (“Bojxona toʻlovlari”).</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000451" id="-7000451">tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda (xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bundan mustasno) bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyori qoʻllanilmagan holda undirilishida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000454" id="-7000454">yuridik shaxslarning manziliga xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun bojxona toʻlovlari undirilishida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000456" id="-7000456">Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 260-moddasi <a href="/mact/-2876354#-3839868">“g” kichik bandida</a> nazarda tutilgan hollarda bojxona toʻlovlari undirilishida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000457" id="-7000457">mobil qurilmalar belgilangan meʼyordan ortiq miqdorda olib kirilgan holatlarda yoki ularning bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan bojxona toʻlovlari undirilishida;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7661064" id="edi-7661064"><a href="/mact/-6999071?ONDATE=06.10.2024 00#-7000458">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7661064" id="-7661064"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7661066" id="-7661066">qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan bojxona yigʻimlari va boshqa toʻlovlarning undirilishida.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7661071" id="-7661071">(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 23-iyundagi 267-sonli <a href="/mact/-7645344?ONDATE=26.07.2025 00#-7647212">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3525-1, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3525-1/0651-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7463850" id="-7463850"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining </em><a href="/mact/2883717">291-moddasi</a><em>.</em></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000460" id="-7000460">3. BKO Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining <a href="/mact/-2876354#-2883717">291-moddasida</a> keltirilgan xatti-harakat yoki tartib-taomillarni bajargan bojxona organi tomonidan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000462" id="-7000462"><strong>2-bob. BKOni rasmiylashtirishning umumiy shartlari</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000464" id="onLBC-7000464">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7078"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari;</span></div><div id="LBC7101"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;</span></div><div id="LBC7278"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000464" id="-7000464">4. Bojxona xodimi tomonidan BKO maʼlumotlari bojxona toʻlovlarini toʻlovchi shaxs (bundan buyon matnda toʻlovchi shaxs deb yuritiladi) taqdim qilgan hujjatlari, bojxona organlarining boshqa axborot tizimlari yoki mobil qurilmalarni roʻyxatga olish tizimida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000466" id="-7000466">5. BKO umumiy va soddalashtirilgan shakllarda tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000467" id="-7000467">Bir turdagi tovarni deklaratsiyalashda mazkur Qoidalarning <a href="/mact/-6999071#-7000697">1-ilovasiga</a> muvofiq umumiy BKOning asosiy varagʻidan, ikki yoki undan ortiq turdagi tovarlarni deklaratsiyalashda umumiy BKOning asosiy varagʻidan hamda mazkur Qoidalarning <a href="/mact/-6999071#-7000705">2-ilovasiga</a> muvofiq umumiy BKOning qoʻshimcha varagʻidan foydalaniladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7661074" id="edi-7661074"><a href="/mact/-6999071?ONDATE=06.10.2024 00#-7000469">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7661074" id="-7661074"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7661075" id="-7661075">Bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona yigʻimlari va bojxona organlari tomonidan undirilishi nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar, shu jumladan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari uchun bojxona yigʻimini undirishda mazkur Qoidalarning <a href="/mact/-6999071#-7000707">3-ilovasiga</a> muvofiq soddalashtirilgan BKO shaklidan foydalaniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7661078" id="-7661078">(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 23-iyundagi 267-sonli <a href="/mact/-7645344?ONDATE=26.07.2025 00#-7647214">buyrugʻi </a>(roʻyxat raqami 3525-1, 25.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3525-1/0651-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000470" id="-7000470">6. Umumiy BKOning asosiy varagʻida bitta tovar toʻgʻrisida, qoʻshimcha varagʻida esa koʻpi bilan uchta tovar toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin (bir vaqtning oʻzida asosiy varaqqa koʻpi bilan 33 ta qoʻshimcha varaq ilova qilinishi mumkin).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000471" id="-7000471">7. Bojxona xodimi tomonidan BKO elektron tarzda roʻyxatga olinib, rasmiylashtiriladi hamda bir nusxada chop etilib, toʻlovchi shaxsga topshiriladi (yuboriladi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000472" id="-7000472">8. Toʻlovchi shaxs Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabinet orqali BKOni elektron tarzda shakllantirgan holda bojxona organlariga taqdim etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000473" id="-7000473">Bunda, toʻlovchi shaxs tomonidan BKOni rasmiylashtirish uchun bojxona organlariga uch ish kuni ichida murojaat qilinmagan taqdirda, yangi BKO dastur tomonidan avtomatik tarzda qaytariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000474" id="-7000474">9. BKO rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchi shaxsning shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda elektron tarzda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000475" id="-7000475">Bunda, BKO boʻyicha bojxona toʻlovlarini toʻlash dasturda shakllanadigan bojxona toʻlovlari hisobvaragʻi asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000476" id="-7000476">10. BKO rasmiylashtirilgan paytdan boshlab yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000479" id="-7000479"><strong>3-bob. Umumiy BKOni toʻldirish</strong></div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000480" id="-7000480"><strong>1-§. Umumiy BKOning asosiy varagʻini toʻldirish</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000481" id="onLBC-7000481">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6134"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6143"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6810"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.07.00 Elektron tijorat. Elektron raqamli imzo (shuningdek, 12.03.02.02, 12.03.02.03larga qarang);</span></div><div id="LBC6997"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi;</span></div><div id="LBC7101"><span class="iorRN">5.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;</span></div><div id="LBC7278"><span class="iorRN">6.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000481" id="-7000481">11. Bojxona xodimi tomonidan grafalarning toʻldirilishi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000483" id="-7000483">1) 1-grafa. “BKO turi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000484" id="-7000484">Grafaning birinchi boʻlmasida agar toʻlovchi shaxs:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000487" id="-7000487">jismoniy shaxs (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar) boʻlsa — “J”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000489" id="-7000489">yuridik shaxs, shu jumladan doimiy muassasa boʻlsa — “Yu” koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000491" id="-7000491">Grafaning ikkinchi boʻlmasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000492" id="-7000492">bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan — “IM”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000493" id="-7000493">bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan — “EK”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000494" id="-7000494">bojxona hududi orqali tranzit olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan — “TR”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000497" id="-7000497">Grafaning uchinchi boʻlmasida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000500" id="-7000500">qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan — “KB”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000501" id="-7000501">xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan — “XP”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000502" id="-7000502">jismoniy shaxslarning manziliga kelib tushgan notijorat maqsadlardagi tovarlarga nisbatan—  “MT”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000503" id="-7000503">belgilangan meʼyordan ortiq miqdorda olib kirilgan yoki ularning bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjatlar taqdim etilmagan mobil qurilmalarga nisbatan — “MQ” koʻrsatiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7661083" id="edi-7661083"><a href="/mact/-6999071?ONDATE=06.10.2024 00#-7661082">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7661083" id="-7661083"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7661084" id="-7661084">Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 260-moddasi “g” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda — “BK” koʻrsatiladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7661086" id="-7661086">(11-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 23-iyundagi 267-sonli <a href="/mact/-7645344?ONDATE=26.07.2025 00#-7647218">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3525-1, 25.07.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2025-y., 10/25/3525-1/0651-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000504" id="-7000504">2) 2-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000505" id="-7000505">Grafaning birinchi boʻlmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi boʻlmasida taqdim etilayotgan BKO varaqlarining umumiy soni (asosiy va qoʻshimcha varaqlari yigʻindisi) koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000506" id="-7000506">Masalan, agar BKO ikkita qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlsa BKOning asosiy varagʻida “1/3”; birinchi qoʻshimcha varagʻida “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varagʻida esa “3/3” koʻrsatiladi. Agar BKO qoʻshimcha varaqlarga ega boʻlmasa “1/1” koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000507" id="-7000507">3) 3-grafa. “BKO roʻyxat raqami”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000508" id="-7000508">BKO roʻyxat raqami quyidagi boʻlmalarda koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000511" id="-7000511">a) birinchi boʻlmada:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000512" id="-7000512">Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (bundan buyon matnda Yoʻriqnoma deb yuritiladi) (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 4-ilovasiga muvofiq BKO rasmiylashtirishni amalga oshiradigan bojxona postining beshta raqamli kodi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000513" id="-7000513">bojxona postidan boshqa bojxona organlari tomonidan BKO toʻldirilishida dastur tomonidan avtomatik tarzda shakllanadigan toʻrtta raqamli kod;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000514" id="-7000514">b) ikkinchi boʻlmada BKO rasmiylashtirilgan kun, oy, yil;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000515" id="-7000515">v) uchinchi boʻlmada dastur tomonidan avtomatik tarzda beriladigan tartib raqam koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000516" id="-7000516">Masalan, BKO:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000519" id="-7000519">bojxona posti tomonidan rasmiylashtirilganda — 27001/01.01.2024/0000001;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000520" id="-7000520">Bojxona qoʻmitasi yoki uning hududiy boshqarmalari masʼul tarkibiy tuzilmalari tomonidan rasmiylashtirilganda — 1727/01.01.2024/0000001.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000525" id="-7000525">4) 4-grafa. “Toʻlovchi/moliya va bank maʼlumotlari”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000527" id="-7000527">Grafaning birinchi qismida toʻlovchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000529" id="-7000529">Agarda toʻlovchi jismoniy shaxs boʻlsa, u holda grafada uning familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzili, shaxsni tasdiqlovchi hujjat haqidagi maʼlumotlar, telefon raqami (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000530" id="-7000530">Agarda toʻlovchi yuridik shaxs boʻlsa, uning nomi va joylashgan joyi (yuridik manzili) va telefon raqami (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000532" id="-7000532">Grafaning ikkinchi qismida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000534" id="-7000534">a) toʻlovchining STIRi/JSHSHIRi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000535" id="-7000535">Jismoniy shaxslar uchun toʻlovchining JSHSHIRi koʻrsatiladi. Agar toʻlovchi chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlib, uning Oʻzbekiston Respublikasida olingan JSHSHIRi boʻlmasa, unga dastur tomonidan avtomatik tarzda 14 ta raqamdan iborat farqlash kodi beriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000536" id="-7000536">Yuridik shaxslar uchun toʻlovchining STIRi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000537" id="-7000537">b) toʻlovni qabul qilib olgan bankning MFOsi/bankning toʻliq nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000538" id="-7000538">v) toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaragʻi raqami koʻrsatiladi. Bunda toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisobvaragʻiga ega boʻlmagan jismoniy shaxs boʻlsa, ushbu ustun toʻldirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000539" id="-7000539">5) 5-grafa. “Tovarning umumiy bojxona qiymati”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000540" id="-7000540">Grafaning birinchi qismida deklaratsiyalanayotgan tovarlarning tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan valyutasidagi umumiy bojxona qiymati koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000541" id="-7000541">Grafaning ikkinchi qismida deklaratsiyalanayotgan tovarlarning AQSH dollari ekvivalentidagi umumiy bojxona qiymati dastur tomonidan avtomatik tarzda shakllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000542" id="-7000542">Agar tovarlarning tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan valyuta AQSH dollarida boʻlsa yoki tijorat hujjatlari mavjud boʻlmasa yoxud valyuta koʻrsatilmagan boʻlsa, faqat AQSH dollaridagi umumiy bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bunda grafaning ikkinchi qismi toʻldirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000543" id="-7000543">Tovarlarning umumiy bojxona qiymatini umumiy BKOning 13-grafalaridagi tovarlarning bojxona qiymatlari yigʻindisi tashkil qiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000544" id="-7000544">6) 6-grafa. “Valyuta kursi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000545" id="-7000545">Grafaning birinchi qismida deklaratsiyalanayotgan tovarlarning tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BKO roʻyxatga olingan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000546" id="-7000546">Grafaning ikkinchi qismida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, BKO roʻyxatga olingan kundagi AQSH dollarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan kursi dastur tomonidan avtomatik tarzda shakllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000549" id="-7000549">Agar tovarlarning tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan valyuta AQSH dollarida boʻlsa yoki tijorat hujjatlari mavjud boʻlmasa yoxud valyuta koʻrsatilmagan boʻlsa, grafaning birinchi qismi toʻldiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000550" id="-7000550">7) 7-grafa. “Tovar kodi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000551" id="-7000551">Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) muvofiq oʻnta raqamli kodi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000552" id="-7000552">Bunda, qonunchilikka muvofiq yagona bojxona toʻlovlari undirilishi nazarda tutilgan hollarda ushbu grafa toʻldirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000553" id="-7000553">8) 8-grafa. “Brutto ogʻirlik (kg)”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000554" id="-7000554">Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi brutto ogʻirligi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000555" id="-7000555">Brutto ogʻirlik deganda tovarning umumiy ogʻirligi, shu jumladan tovar muomalaga kiritilgunga qadar holatini oʻzgarmasligini taʼminlab turish uchun zarur boʻlgan uning barcha turdagi oʻramlari (konteyner va boshqa transport uskunalari bundan mustasno) bilan birgalikdagi umumiy ogʻirligi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000556" id="-7000556">Brutto vazn matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha, agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, brutto ogʻirligi verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000557" id="-7000557">9) 9-grafa. “Miqdori”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000564" id="-7000564">Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori va oʻlchov birligining TIF TNga muvofiq shartli belgilanishi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000565" id="-7000565">Tovarlarning qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori verguldan keyingi ikkinchi belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000566" id="-7000566">Ushbu grafa TIF TNga muvofiq tovarning oʻlchov birligi “kg” koʻrsatilgan holatlarda toʻldirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000567" id="-7000567">10) 10-grafa. “Netto ogʻirlik (kg)”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000568" id="-7000568">Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning kilogrammdagi netto ogʻirligi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000569" id="-7000569">Qadoqlangan holatda olib oʻtilayotgan tovar uchun netto ogʻirlik:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000571" id="-7000571">deklaratsiyalanayotgan tovarning faqat birlamchi qadogʻini hisobga olgan holdagi ogʻirligi, agar tovarlar, isteʼmol xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, shunday qadoqda chakana savdoga chiqarilsa va (yoki) tovarni sotishda uning saqlanishini taʼminlaydigan birlamchi qadoqni tovarning isteʼmol xususiyatlarini buzmagan holda tovarni isteʼmol qilgunga qadar tovardan ajratib boʻlmaydigan (masalan, bankadagi kofe va h.k.) boʻlsa;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000572" id="-7000572">boshqa holatlarda deklaratsiyalanayotgan tovarning hech qanday qadoqsiz ogʻirligi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000573" id="-7000573">Qadoqsiz (sochilgan, quyilgan, uyum holda) olib oʻtiladigan tovar uchun tovarning umumiy ogʻirligi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000575" id="-7000575">Netto vazn matematik qoidalarga koʻra verguldan keyingi ikki belgigacha, agar tovarning umumiy ogʻirligi bir kilogrammdan kam boʻlsa, netto ogʻirligi verguldan keyingi uch belgigacha aniqlikda koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000577" id="-7000577">11) 11-grafa. “Tovar nomi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000578" id="-7000578">Grafada deklaratsiyalanayotgan tovar haqida maʼlumotlar, yaʼni tovarning nomi (savdo, tijorat yoki boshqa anʼanaviy nomi), tovar belgilari, markalari, modellari, boshqa texnik va tijorat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000579" id="-7000579">Mazkur grafada mobil qurilmalarning barcha IMEI-kodlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000580" id="-7000580">12) 12-grafa. “Tovar №”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000581" id="-7000581">Grafada deklaratsiyalanayotgan tovarning tartib raqami koʻrsatiladi. Bitta turdagi tovar deklaratsiyalanayotgan boʻlsa, grafada “1” raqami koʻrsatiladi. Bittadan ortiq turdagi tovarlar deklaratsiyalangan boʻlsa raqamlar ketma-ketlikda koʻrsatiladi, yaʼni 1,2,3...100.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000582" id="-7000582">13) 13-grafa. “Bojxona qiymati”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000585" id="-7000585">Grafaning birinchi qismida tovarning tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan valyutasidagi bojxona qiymati koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000586" id="-7000586">Grafaning ikkinchi qismida tovarning AQSH dollari ekvivalentidagi bojxona qiymati dastur tomonidan avtomatik tarzda shakllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000587" id="-7000587">Agar tovarning tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan valyuta AQSH dollarida boʻlsa yoki tijorat hujjatlari mavjud boʻlmasa yoxud valyuta koʻrsatilmagan boʻlsa, faqat AQSH dollaridagi bojxona qiymati koʻrsatiladi. Bunda grafaning ikkinchi qismi toʻldirilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000588" id="-7000588">Bojxona qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona <a href="/mact/-2876354">kodeksi </a>talablariga muvofiq aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000589" id="-7000589">Bojxona qiymati matematik qoidalarga koʻra verguldan soʻng ikki belgigacha aniqlikda yaxlitlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000590" id="-7000590">14) 14-grafa. “Joʻnatuvchi mamlakat kodi va nomi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000591" id="-7000591">Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovarlar joʻnatilgan mamlakatning raqamli kodi va nomi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000592" id="-7000592">15) 15-grafa. “Kelib chiqish mamlakati kodi va nomi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000594" id="-7000594">Grafada Yoʻriqnomaning 5-ilovasiga muvofiq tovar kelib chiqish mamlakatining raqamli kodi va nomi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000596" id="-7000596">Agarda BKOni toʻldirishda tovarning kelib chiqish mamlakati nomaʼlum boʻlsa, grafada “000-nomaʼlum” deb koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000598" id="-7000598">Agar tovarni kelib chiqish sertifikatida Yevropa ittifoqining aniq mamlakati koʻrsatilmagan boʻlib, tovarning kelib chiqish mamlakati sifatida Yevropa ittifoqi koʻrsatilgan boʻlsa, lotin harflari bilan ikki harfdan iborat “EU” kodi qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000600" id="-7000600">16) 16-grafa. “Taqdim etiladigan hujjatlar/qoʻshimcha maʼlumotlar”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000601" id="-7000601">Grafada BKO toʻldirishga asos boʻladigan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000602" id="-7000602">Har bir hujjat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yoʻriqnomaning 12-ilovasidagi tasniflagichga muvofiq hujjatning tartib raqami va harfli kodini qoʻygan holda koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000604" id="-7000604">a) cheklar, kvitansiyalar, hisobvaraq-faktura (invoys), Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar va boshqa tijorat hujjatlari (masalan, 220-INV № 005 05.01.2024-y.);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000606" id="-7000606">b) tovarlarni bojxona hududiga olib kiriladigan joygacha yetkazib berish xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000608" id="-7000608">v) transport hujjatlarining raqami (masalan, 205-AVIA №259-12586814, 18.01.2024-y.);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000609" id="-7000609">g) qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar (tovarning kelib chiqish sertifikati raqami va sanasi, shaxs tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning qiymati boʻyicha maʼlumoti va h.k.);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000611" id="-7000611">d) deklaratsiyalanayotgan tovarga normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan holatlarda, boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etiladigan ruxsatnomalar, xulosalar va boshqa hujjatlarning roʻyxat raqami va berilgan sanasi (masalan, 417-SST № UZ.SMT.01.065.1783700, 15.01.2024-y., 419-FTSS № 431771, 04.01.2024-y.);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000613" id="-7000613">e) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi raqami va sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000614" id="-7000614">j) tranzit deklaratsiya raqami va sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000615" id="-7000615">z) mobil qurilmalar belgilangan meʼyordan ortiq miqdorda olib kirilgan holatlarda yoki ularning bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisida hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlarini undirish uchun asos hisoblanadigan ariza raqami va sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000616" id="-7000616">17) 17-grafa. “Bojxona toʻlovlarining hisobi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000617" id="-7000617">Grafada bojxona toʻlovlari summasini hisoblash BKO asosiy varagʻi va qoʻshimcha varaqlarining 11-grafalarida koʻrsatilgan har bir tovar boʻyicha alohida amalga oshiriladi, bundan BKOning asosiy varagʻida koʻrsatiladigan bojxona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan yigʻimlar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000618" id="-7000618">Grafaning:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000619" id="-7000619">“Toʻlov turi” ustunida Yoʻriqnomaning 13-ilovasiga muvofiq bojxona toʻlov turining kodi koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000620" id="-7000620">“Hisoblash asosi” ustunida bojxona toʻlovini hisoblashning asosi koʻrsatiladi. Bunda hisoblash asosi Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000621" id="-7000621">Qonunchilik hujjatlarida bojxona toʻlovini hisoblash uchun asos sifatida pul birliklari emas, boshqa oʻlchov birliklari (masalan, maʼlum vaqt oraligʻi (soat), maʼlum bir hujjatlarni berganlik uchun va h.k.) belgilangan boʻlsa, mazkur grafaning “Hisoblash asosi” ustunida tegishli miqdor (1, 2 va h.k.) va oʻlchov birligi (soat, dona va h.k.) koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000622" id="-7000622">“Stavka” ustunida bojxona toʻlovi summasini hisoblashda qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlari stavkasining belgilangan miqdori koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000623" id="-7000623">“Summa” ustunida bojxona toʻlovining Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi soʻmda hisoblangan summasi koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000624" id="-7000624">“Hisob-kitob tafsiloti” ustunida BKOning asosiy va qoʻshimcha varaqlari boʻyicha toʻlov kodi va undiriladigan umumiy bojxona toʻlovlari summasi turi boʻyicha hamda ularning yigʻindisi, yaʼni toʻlanadigan bojxona toʻlovlari umumiy summasi “Jami” degan yozuvdan keyin koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000625" id="-7000625">18) 18-grafa. “Bojxona organi belgisi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000628" id="-7000628">Ushbu grafada dastur tomonidan BKOni rasmiylashtirgan bojxona xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi hamda rasmiylashtiruv amalga oshirilgan vaqt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik ravishda shakllanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000629" id="-7000629">BKO bojxona xodimining elektron raqamli imzosi orqali tasdiqlash yoʻli bilan rasmiylashtiriladi. Rasmiylashtirilgan BKOga dastur orqali avtomatik ravishda matritsali shtrix kod (QR-kod) qoʻyiladi hamda bojxona xodimi tomonidan muhr va imzo qoʻyilishi talab etilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000630" id="-7000630">12. Toʻlovchi shaxs tomonidan BKOning 19-grafasi quyidagi tartibda tasdiqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000631" id="-7000631">19-grafa. “Toʻlovchining imzosi”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000632" id="-7000632">Grafa bojxona toʻlovlarini toʻlovchi jismoniy shaxsning hamda yuridik shaxs vakilining imzosi bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000633" id="-7000633">BKO Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida shaxsiy kabinet orqali elektron tarzda shakllantirilgan maʼlumotlar asosida rasmiylashtirilganda, ushbu grafa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000634" id="-7000634"><strong>2-§. Umumiy BKOning qoʻshimcha varagʻini toʻldirish</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000635" id="onLBC-7000635">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7101"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000635" id="-7000635">13. Bojxona xodimi tomonidan grafalarning toʻldirilishi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000636" id="-7000636">1) 2-grafa. “Qoʻshimcha varaqlar”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000638" id="-7000638">Grafada BKOning qoʻshimcha varagʻi tartib raqami koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000639" id="-7000639">Masalan, BKOga ikkita qoʻshimcha varaq toʻldirilsa, birinchi qoʻshimcha varaqda “2/3”; ikkinchi qoʻshimcha varaqda esa “3/3” koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000642" id="-7000642">2) 3-grafa. “BKO roʻyxat raqami”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000644" id="-7000644">BKO asosiy varagʻining 3-grafasida koʻrsatilgan roʻyxat raqami koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000645" id="-7000645">14. Bojxona xodimi tomonidan umumiy BKO qoʻshimcha varagʻi 7 — 13, 15 hamda 17-grafasining “Toʻlov turi”, “Hisoblash asosi”, “Stavka”, “Summa” ustunlari umumiy BKO asosiy varagʻi 7 — 13, 15 hamda 17-grafasining “Toʻlov turi”, “Hisoblash asosi”, “Stavka”, “Summa” ustunlarini toʻldirish tartibiga muvofiq toʻldiriladi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000647" id="-7000647"><strong>4-bob. Soddalashtirilgan BKOni toʻldirish</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000652" id="onLBC-7000652">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7078"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.05.00.00 Tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasidan olib oʻtilganda undiriladigan soliqlar va yigʻimlar / 10.05.07.00 Bojxona yigʻimlari;</span></div><div id="LBC7101"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;</span></div><div id="LBC7278"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000652" id="-7000652">15. Bojxona xodimi tomonidan grafalarning toʻldirilishi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000653" id="-7000653">1) soddalashtirilgan BKOning 1 va 2-grafalari umumiy BKO asosiy varagʻi 3 va 4-grafalariga, 4-grafasi umumiy BKO qoʻshimcha varagʻining 17-grafasini toʻldirish tartibiga muvofiq toʻldiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000654" id="-7000654">2) 3-grafa. “Taqdim etiladigan hujjatlar/qoʻshimcha maʼlumotlar”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000655" id="-7000655">Grafada BKO toʻldirishga asos boʻladigan hujjatlar toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000656" id="-7000656">a) dastlabki qarorni olish uchun taqdim etilgan ariza raqami va sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000657" id="-7000657">b) egasi bojxona organi boʻlgan bojxona omborida yoki chegara bojxona postida vaqtincha tovarlarni saqlash uchun asos boʻlgan hujjat raqami va sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000658" id="-7000658">v) transport vositasini bojxona kuzatuvini amalga oshirish yoki bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati oʻtkazib yuborilgan holatda tranzit deklaratsiyasi raqami va sanasi (masalan, TR № 27001/01.01.2024/0000105);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000659" id="-7000659">g) avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida toʻqson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlikda transport vositasini qaytarib olib chiqish majburiyatnomasi raqami va sanasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000662" id="-7000662">d) qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa yigʻimlarni undirish uchun asos boʻlgan hujjat raqami va sanasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000663" id="-7000663">Mazkur grafada BKO toʻldirishga asos boʻlgan bojxona tartib-taomili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000664" id="-7000664">Masalan, chegara bojxona postida vaqtincha tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish maqsadida BKO toʻldirilsa, tovarning brutto vazni va tovar saqlangan kunlar soni koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000665" id="-7000665">3) soddalashtirilgan BKOning 5-grafasi umumiy BKO asosiy varagʻi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000666" id="-7000666">18-grafasini toʻldirish tartibiga muvofiq toʻldiriladi, bundan avtomatlashtirilgan tarzda rasmiylashtirilgan BKOlar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000667" id="-7000667">16. Toʻlovchi shaxs tomonidan soddalashtirilgan BKOning 6-grafasi umumiy BKOning asosiy varagʻi 19-grafasiga muvofiq tasdiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000669" id="-7000669"><strong>5-bob. BKOga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000671" id="onLBC-7000671">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7101"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi;</span></div><div id="LBC7278"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000671" id="-7000671">17. BKOga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000672" id="-7000672">bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur boʻlganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000673" id="-7000673">tovarning bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari summasini toʻgʻrilash zarurati yuzaga kelganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000674" id="-7000674">tovarni bojsiz olib kirish normasiga hamda uni olib oʻtish maqsadiga aniqlik kiritilganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000676" id="-7000676">bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BKO qabul qilingan holat aniqlanganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000678" id="-7000678">ushbu Qoidalarning 2-bandi <a href="/mact/-6999071#-7000458">yettinchi xatboshisiga</a> asosan hisoblangan bojxona toʻlovlari mobil qurilmani roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat etgan shaxs tomonidan 10 ish kuni ichida toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmaganda;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000679" id="-7000679">BKOga oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish uchun asos boʻladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa hollarda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000680" id="-7000680">18. Bojxona organining tashabbusi bilan yoki toʻlovchi shaxsning murojaatiga koʻra mazkur Qoidalarning 17-bandi <a href="/mact/-6999071#-7000672">ikkinchi — toʻrtinchi</a> va <a href="/mact/-6999071#-7000679">yettinchi xatboshilarida</a> nazarda tutilgan hollarda BKOga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi hamda mazkur Qoidalarning 17-bandi <a href="/mact/-6999071#-7000674">toʻrtinchi — yettinchi xatboshilarida</a> belgilangan hollarda bekor qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000682" id="-7000682">19. Roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BKOni bekor qilish, rasmiylashtirilgan BKOga bojxona toʻlovlari summasini qaytarish bilan bogʻliq boʻlmagan hamda bojxona toʻlovlari hisobvaragʻi shakllanganidan soʻng roʻyxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BKOga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish mazkur Qoidalarning <a href="/mact/-6999071#-7000460">3-bandida</a> nazarda tutilgan tarkibiy tuzilma boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000683" id="-7000683">BKO rasmiylashtirilgandan soʻng unga bojxona toʻlovlari summasini qaytarish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish hamda uni bekor qilish Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshligʻi (yoki uning oʻrinbosari) ruxsati bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000684" id="-7000684">20. Bojxona organi toʻlovchi shaxsning BKOga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish yuzasidan murojaatini 5 ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijalarini yozma yoki elektron shaklda toʻlovchi shaxsga maʼlum qiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000685" id="-7000685">Bojxona organi koʻrib chiqish natijasi boʻyicha BKOga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish uchun asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar toʻliq emas deb topsa, asoslangan sabablarni koʻrsatgan holda murojaatni rad etishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000686" id="-7000686">21. Bekor qilingan BKOning 2-grafasidagi roʻyxat raqamini boshqa BKOga berish taqiqlanadi.</div></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><div name="-7000687" id="-7000687"><strong>6-bob. Yakuniy qoidalar</strong></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-7000688" id="onLBC-7000688">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6013"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;</span></div><div id="LBC8960"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;</span></div><div id="LBC7105"><span class="iorRN">3.</span><span class="iorVal">10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.10.00.00 Bojxona nazorati. Bojxona tartibini buzganlik uchun javobgarlik / 10.10.03.00 Bojxona tartibini buzish va buzganlik uchun javobgarlik;</span></div><div id="LBC7278"><span class="iorRN">4.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000688" id="-7000688">22. Toʻlovchi shaxs bojxona organining xatti-harakatlari yoki qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000689" id="-7000689">23. Toʻlovchi shaxs Bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali elektron tarzda shakllantirilgan holda taqdim etilib, rasmiylashtirilgan BKOning elektron shaklini yuklab olish imkoniyatiga ega boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000691" id="-7000691">24. Rasmiylashtirilgan BKOning elektron shakli tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yoki bojxona organi tomonidan mazkur Qoidalarda belgilangan xatti-harakat va tartib-taomillar amalga oshirilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida dasturda saqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000692" id="-7000692">25. Mazkur Qoidalar talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7463854" id="-7463854"><em>Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining </em><a href="/mact/5449881">182-moddasi</a><em>.</em></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000697" id="-7000697"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7000698" id="-7000698">Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish <a href="/mact/-6999071#-7000431">qoidalariga</a><br />
1-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7000701" id="-7000701"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000702" id="-7000702"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-7000704" id="-7000704"><img src="/files/7000703.jpg" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000705" id="-7000705"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7000706" id="-7000706">Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish <a href="/mact/-6999071#-7000431">qoidalariga</a><br />
2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7000709" id="-7000709"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000710" id="-7000710"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-7000712" id="-7000712"><img src="/files/7000711.jpg" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000707" id="-7000707"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7000708" id="-7000708">Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish <a href="/mact/-6999071#-7000431">qoidalariga</a><br />
3-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7000713" id="-7000713"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000714" id="-7000714"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-7000716" id="-7000716"><img src="/files/7000715.jpg" /></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000717" id="-7000717"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-7000718" id="-7000718">Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-son <a href="/mact/-6999071">buyrugʻiga</a><br />
2-ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-7000719" id="-7000719"><strong>Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar</strong></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-7000720" id="-7000720">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7000721" id="-7000721"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000722" id="-7000722">1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 16-yanvardagi 01-02/8-1-son “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi <a href="/mact/-3105719">qarori </a>(roʻyxat raqami 2856, 2017-yil 3-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 5-son, 65-modda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000723" id="-7000723">2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 1-martdagi 01-02/12-23-son “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalarining 2-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi <a href="/mact/-3581010">qarori </a>(roʻyxat raqami 2856-1, 2018-yil 9-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2856-1/0873-son).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000724" id="-7000724">3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 8-iyulda 01-02/8-43-son “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirish kiritish haqida”gi <a href="/mact/-4420891">qarori </a>(roʻyxat raqami 2856-2, 2019-yil 15-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2019-y., 10/19/2856-2/3427-son).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000725" id="-7000725">4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 29-avgustdagi 8/02-22-29-son “Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi <a href="/mact/-6233943">qarori </a>(roʻyxat raqami 2856-3, 2022-yil 11-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2022-y., 10/22/2856-3/0911-son).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7000726" id="-7000726">5. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 2023-yil 14-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son) ilovasining <a href="/mact/-6533811?ONDATE=17.07.2023 00#-6534129">3-bandi</a>.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-7000418" id="-7000418">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2024-y., 10/24/3525/0477-son; 26.07.2025-y., 10/25/3525-1/0651-son))</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
