toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-oktabrdagi 847-son qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi va shartlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalar mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimida:
2019-yil 1-noyabrgacha — ularni avtomatik tarzda mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash (aktivlashtirish) orqali bepul asosda;
2019-yil 1-noyabrdan — Nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali bepul asosda;
2019-yil 1-dekabrdan — Nizomga muvofiq jismoniy shaxslar, import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimiga murojaat qilishi orqali pulli asosda ro‘yxatga olinadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish maqsadida mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi operatorining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida bitim tuzilishini hamda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi haqidagi ma’lumotlar bilan avtomatik tarzda almashish uchun ularning elektron tizimlariga ulanishini bir oy muddatda ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Transport vazirligi bilan birgalikda bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda, ushbu qarorning maqsad va vazifalarini aholi, turistlar va respublika mehmonlari o‘rtasida keng yoritib borilishini tizimli asosda tashkil qilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-sentabr,
778-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi 778-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil telefonlar hamda mobil aloqa moduliga ega qurilmalarni (keyin o‘rinlarda mobil qurilmalar deb ataladi) ro‘yxatga olish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
GSMA (Global System for Mobile Communication Association) — xalqaro mobil apparat identifikatorini yaratish uchun ishlatiladigan TAC kodini taqsimlash bo‘yicha global boshqaruvchi. Uyushma TAC raqamlarining rasmiy intervallarini 3GPP mos keluvchi barcha qurilma ishlab chiqaruvchilariga tarqatadi va ushbu intervallarni va qurilma modeli ma’lumotlarini ma’lumotlar bazasiga yozib oladi. Ushbu ma’lumotlar bazasiga asoslanib qurilmani qidirish va identifikatsiya qilishga vakolatli tashkilotlarga IMEI orqali mobil qurilma ishlab chiqaruvchisi va modelini aniq identifikatsiyalash imkonini beradi;
IMEI (International Mobile Equipment Identifier) — har bir mobil qurilma uchun o‘ziga xos bo‘lgan 15 raqamdan iborat xalqaro mobil qurilmalar identifikatori (keyin o‘rinlarda — IMEI kodi). Asosiy identifikator GSMA tomonidan belgilangan maxsus TAC hisoblanadi. GSM/UMTS va boshqa mobil qurilmalarni identifikatsiyalash uchun qo‘llaniladi. Mobil qurilma bir yoki undan ortiq IMEI koddan iborat bo‘lishi mumkin;
(2-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
MSISDN (Mobile Station Integrated Services Digital Network) — GSM/UMTS standartlarida aloqa uchun xizmatlar integratsiyalashtirilgan raqamli tarmoq mobil abonentining raqami (masalan, +998 XX-XXX-XX-XX);
SIM-karta — ichiga mikrosxema o‘rnatilgan identifikatsiyalash moduli bo‘lib, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiyalash, mobil aloqa tarmog‘ida undan foydalanish, shuningdek, GSM tarmog‘ida abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish ta’minlanadi;
SMS (Short Message Service) — mobil qurilma yordamida qisqa matnli xabarlarni qabul qilish va uzatish imkonini beradigan texnologiya;
USSD (Unstructured Supplementary Service Data) — qisqa xabarlarni uzatish rejimida tarmoq abonenti va servis ilova o‘rtasida interaktiv o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish imkonini beradigan GSM tarmoqlaridagi standart servis;
abonent — mobil aloqa operatori bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnoma tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
import qiluvchi — mobil qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga belgilangan tartibda tegishli bojxona rejimiga rasmiylashtirgan holda olib kiradigan jismoniy va yuridik shaxs;
IMEI-kodlar ma’lumotlar bazasi — tizimda ro‘yxatdan o‘tgan va hisobga olingan barcha IMEI kodlari to‘plamidir. IMEI kodlarining ma’lumotlar bazasi oq, qora, kulrang va bog‘langan-oq ro‘yxatlardagi mobil qurilmalar IMEI-kodlaridan iborat;
(2-bandning to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
oq ro‘yxat — mobil qurilmalar IMEI-kodlarining ro‘yxati bo‘lib, ular:
2019-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan davrda mobil aloqa operatorlarining tarmoqlariga ularni ulash (aktivlashtirish) orqali avtomatik rejimda ro‘yxatga olingan;
ushbu Nizomga muvofiq ro‘yxatga olingan bo‘ladi.
Oq ro‘yxatga kiritilgan mobil qurilmalarga mobil aloqa xizmatlaridan mobil aloqa operatori bilan tuzilgan shartnomaga va amaldagi tarifga ko‘ra belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qora ro‘yxat — tizimda ro‘yxatdan o‘tmagan, klonlangan, IMEI kodi aniqlanmagan, GSMAning qora ro‘yxatida bo‘lgan mobil qurilmalar IMEI kodlari (roumingdagi mobil qurilmalarni ham o‘z ichiga oladi).
Qora ro‘yxatga kiritilgan mobil qurilma IMEI-kodi mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi cheklanib (bir vaqtning o‘zida bog‘langan oq ro‘yxatda joylashgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari bundan mustasno), abonentga qora ro‘yxatga kiritilganligi sababi haqida SMS ogohlantirish yuboriladi.
Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish cheklovi, mobil qurilma IMEI-kodi orqali qora ro‘yxatga olingan holatda barcha telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emasligini anglatadi;
(2-bandning o‘n beshinchi — o‘n yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kul rang ro‘yxat — oq yoki qora ro‘yxatlarga kiritilmagan, ammo mobil aloqa operatorining tarmog‘ida birinchi tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxati (norezidentlarga tegishli mobil qurilmalar IMEI-kodlari ushbu ro‘yxatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muddat bir kalendar yil davomida 60 kalendar kunini tashkil qiladi);
(2-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
bog‘langan oq ro‘yxat — mobil qurilmalar IMEI-kodlarining ro‘yxati bo‘lib, ular:
klonlangan yoki aniqlanmagan, ammo 2019-yilning 1-noyabrigacha bo‘lgan davrda IMEI-kodni abonentning telefon raqami bilan bog‘lagan holda avtomatik ravishda ro‘yxatga olingan bo‘ladi (IMEI — MSISDN);
GSMA talablariga javob beradigan, boshqa qurilma bilan birgalikda IMEI-kodlar ma’lumotlar bazasiga kiritilgan IMEI-kodli yangi mobil qurilma hisoblanadi va IMEI-kodning klonlanganligi aniqlanguniga qadar abonent tomonidan Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga kelib, mobil qurilma hujjatlarini IMEI-kod hamda abonent telefon raqami bilan birgalikda (IMEI — MSISDN) taqdim etiladi.
Bog‘langan oq ro‘yxatdagi IMEI-kodli mobil qurilmalardan faqat abonentlarning bog‘langan mobil raqamlari tomonidan foydalaniladi (IMEI — MSISDN);
mobil qurilma hujjatlari — texnik pasport, kafolat taloni, mobil qurilma qutisi yoki arizada ko‘rsatilgan mobil qurilmaning IMEI-kodi ro‘yxatga olinadigan mobil qurilma IMEI-kodiga mos kelishini isbotlash uchun asos bo‘luvchi boshqa hujjat;
klonlangan IMEI-kod — GSMA tomonidan belgilangan boshqa mobil qurilma IMEI-kodining belgilari va ramzlarini to‘liq qaytaruvchi mobil qurilmaning IMEI-kodi;
Oldingi tahrirga qarang.
mobil qurilmalar — mobil aloqa moduliga ega bo‘lgan mobil telefonlar, qurilmalar va ularning ehtiyot qismlari (platalar);
(2-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
aniqlanmagan IMEI-kod — GSMA tomonidan belgilangan talablarga javob bermaydigan mobil qurilmaning IMEI-kodi;
mobil aloqa operatori — mobil aloqa tarmog‘iga ega bo‘lgan, uning qurilishi, ishlashi, rivojlanishini ta’minlovchi va litsenziyaga asosan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs;
Tizim operatori — mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga oluvchi, Tizimning muntazam ishlashini va takomillashtirilishini ta’minlovchi yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yigirma to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan 2024-yil 28-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son)
IMEI-kodlarni tekshirish — aniqlanmagan va klonlangan IMEI-kodlarni, shuningdek, yo‘qotilgan va o‘g‘irlangan mobil qurilmalarni aniqlash uchun mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Tizim bazasi bilan taqqoslash;
mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish — mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini Tizim operatori IMEI-kodlarining ma’lumotlar bazasiga kiritish;
Tizim ro‘yxatga oluvchisi — mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun Tizim operatori bilan shartnoma tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan va xorijiy davlatning fuqaroligiga tegishli ekanligini isbotlamagan shaxslar;
chet davlat fuqarosi — O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, boshqa davlat fuqaroligiga va o‘zining boshqa davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lgan shaxs;
(2-bandning o‘ttiz uchinchi va o‘ttiz to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
rouming — bir mobil aloqa operatorining abonenti boshqa mobil aloqa operatorining xizmat ko‘rsatish hududida bir davlat doirasida (milliy rouming) yoki boshqa mamlakatda (xalqaro rouming) bo‘lganda uning boshqa mobil aloqa operatorining tarmog‘idan foydalanishini ta’minlovchi xizmat;
mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimi (keyingi o‘rinlarda Tizim deb ataladi) — ushbu Nizomda nazarda tutilgan mobil qurilmalarni texnik identifikatsiyalash parametrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ro‘yxatga olish, yig‘ish, saqlash va qayta ishlash uchun foydalaniladigan axborot tizimi;
tarmoq hodisasi — mobil qurilmani mobil aloqa operatorining tarmog‘iga uning abonent SIM-kartasidan foydalanish orqali ulash;
Oldingi tahrirga qarang.
TAC (Type Allocation Code) — simsiz qurilmalarni o‘ziga xos identifikatsiyalash uchun ishlatiladigan IMEI identifikatorining dastlabki sakkiz xonali qismidir. TAC IMEIdan foydalangan holda GSM, UMTS yoki boshqa simsiz qurilmalarni aniq modelini identifikatsiyalaydi;
yashash guvohnomasi — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yoki chet davlat fuqarosining shaxsini tasdiqlaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashga ruxsat etilganligining tasdig‘i sifatida berilgan hujjat.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
2-bob. Tizimning vazifasi va imkoniyatlari
3. Tizim ushbu Nizomning talablariga ko‘ra mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan barcha mobil qurilmalarning IMEI-kodlari to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, mobil qurilmalar IMEI-kodlarining oq, kul rang, qora, bog‘langan oq ro‘yxatlarini shakllantirish va ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
4. IMEI-kodlarni tekshirish va mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish bilan bog‘liq barcha jarayonlar Tizim yordamida amalga oshiriladi.
5. Import qiluvchilar va jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilmani xarid qilishdan avval IMEI-kodning maqomini tekshirish va aniqlanmagan, klonlangan, yo‘qotilgan va o‘g‘irlangan mobil qurilmalarni aniqlash uchun IMEI-kodlarning ma’lumotlar bazasiga SMS/USSD so‘rov yuborishlari yoki www.uzimei.uz manzil bo‘yicha Tizim operatorining saytiga murojaat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tizim operatoridan barcha SMS-xabarlar va abonentlardan mobil qurilmaning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish va tekshirish tartibi bilan bog‘liq SMS/USSD so‘rovlari mobil operatorlar tarmoqlari orqali bepul amalga oshiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
3-bob. Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi hududida roumingda bo‘lib, mahalliy operator tarmog‘ida ilgari tarmoq hodisasi qayd etilmagan mobil qurilmalar bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qat’iy nazar, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar bo‘ladilar
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
7. Klonlangan va aniqlanmagan IMEI-kodli mobil qurilmalar Tizimda ro‘yxatga olinmaydi.
8. Mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimida ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan mobil qurilmalar turlarining ro‘yxati ushbu Nizomga 1-ilovada beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish ushbu Nizomning 4 va 5-boblarida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga qilgan murojaatlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
9. Avval ro‘yxatga olingan mobil qurilmalar qayta ro‘yxatga olinmaydi.
10. Davlat tomonidan qo‘riqlanishi kerak bo‘lgan shaxslarning xavfsizligi, mamlakatda mudofaa qobiliyati, xavfsizlik va ichki tartibni ta’minlash va favqulodda vaziyatlar holatida ehtiyojlarni ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish vakolatli organlarning tegishli murojaatlari bo‘yicha alohida tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — diplomatik vakolatxonalar) mobil qurilmalari IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasiga mazkur Nizomning 3a-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan arizani ilova qilgan holda murojaat qiladi. Bunda diplomatik vakolatxonalar tomonidan mobil qurilmalar diplomatik pochta orqali olinmagan taqdirda arizaga bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — BYD) yoki bojxona kirim orderi taqdim etiladi.
(101-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tizim operatori “Diplomatik servis xizmati” davlat muassasasi bergan arizaga muvofiq IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni ariza olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida to‘lov asosida amalga oshiradi.
(101-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 23-yanvardagi 26-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)
102. Sud qaroriga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilgan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat ijrochisi tomonidan mazkur Nizomning 3b-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan anketa va sud qarorining nusxasini tizim operatoriga taqdim etadi.
Tizim operatori davlat ijrochisi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Tizim operatori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi o‘rtasida sud qaroriga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilgan mobil qurilmalar bo‘yicha elektron axborot almashinuvi amalga oshiriladi.
(101 va 102-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
4-bob. Import qiluvchi va ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish
11. O‘zbekiston Respublikasi hududiga/hududida import qiluvchilar tomonidan olib kiriladigan va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Import qiluvchilar tomonidan olib kirilayotgan mobil qurilmalarning Tizimda ro‘yxatga olinishi “erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) bojxona rejimiga rasmiylashtirilganidan so‘ng uch kun muddatda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
12. Eksport qilish uchun ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxatga olinmaydi.
13. Import qiluvchilar va ishlab chiqaruvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchi deb ataladi) mobil qurilmalarni ro‘yxatga olishni:
Tizim operatoriga o‘zi kelib murojaat etish orqali;
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) orqali amalga oshirishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi O‘zbekiston Respublikasi hududiga/hududida olib kirilgan/ishlab chiqarilgan mobil qurilmalarning tegishli ravishda ariza beruvchining turiga qarab, ushbu Nizomga 3v yoki 3g-ilovalardagi shaklga muvofiq to‘ldirilgan anketani taqdim etadi.
Import qiluvchilar anketada olib kirilgan qurilmalar partiyasi uchun “erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan BYDning ro‘yxatga olingan bojxona posti, sanasi va raqamini ko‘rsatadi. Agar import qiluvchi tomonidan anketada ko‘rsatilgan axborot BYD yoki bojxona kirim orderida aks ettirilgan axborotga mos kelmasa, qurilmalarning butun tovar partiyasi ro‘yxatga olinmaydi.
Bunda, chetdan keltiriladigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumot import qiluvchilar tomonidan majburiy tartibda BYDning 31-ustunida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchi tashkilotlar qurilma ishlab chiqarish uchun tegishli ruxsatnomalarni, shuningdek, vakolatli organning mahalliy ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlarni (GSMA assotsiatsiyasining TAC sertifikatlari va boshqa ruxsatnomalar) taqdim etishi kerak.
Bunda mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ular IMEI-kodlarining ro‘yxati ariza beruvchilar tomonidan elektron ko‘rinishda taqdim etiladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Import qiluvchilar tomonidan olib kirilgan qurilmalar partiyasi “erkin muomalaga chiqarish” (IM-40) bojxona rejimiga rasmiylashtirilmaguncha, mazkur qurilmalarning IMEI kodlari Tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ariza beruvchi va jismoniy shaxslar mazkur bandda keltirilgan ro‘yxatga olinmaydigan hamda ro‘yxatdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydigan holatlarni va hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etilgandan so‘ng o‘n kun muddatda mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish bo‘yicha qayta murojaat qilishlari mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
15. Ro‘yxatga olish uchun o‘zi kelib murojaat qilish tartibida to‘ldirilgan anketa Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisining mas’ul shaxsi tomonidan qabul qilinadi.
Mas’ul shaxs tomonidan YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etilgan mobil qurilmani ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi anketa uning olinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan qabul qilinadi, shuningdek, ro‘yxat raqami berilgan holda avtomatik ravishda YIDXPda ro‘yxatga olinadi.
16. Ro‘yxatga olish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladigan mobil qurilmalarning soni cheklanmagan.
17. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarning taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish zarur bo‘lganda, Tizim operatori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda ularni so‘raydi va oladi.
Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va axborotga ega bo‘lgan davlat organlari tegishli idoralararo so‘rovni olgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bunday hujjatlar va axborotni (arxiv ma’lumotlaridan tashqari) taqdim etishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ishonchli bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar berganligi uchun ariza beruvchi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Ariza beruvchining anketasini ko‘rib chiqish va mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish 3 (uch) ish kuni ichida amalga oshiriladi.
21. Ro‘yxatga olish jarayoni tugaganidan keyin Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisi 1 ish kuni ichida belgilangan tartibda ariza beruvchiga to‘lash uchun hisobni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ariza beruvchi tomonidan to‘lov 10 ish kuni ichida amalga oshirilgandan keyin Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisi 1 ish kuni ichida barcha IMEI-kodlarni oq ro‘yxatga kiritadi va agar mavjud bo‘lsa, ro‘yxatga olib bo‘lmaydigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, ariza beruvchini anketada ko‘rsatilgan usul orqali ro‘yxatga olish tugaganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
5-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish
23. Abonentlar tomonidan foydalaniladigan va 2019-yilning 1-noyabrigacha tarmoqda aktiv (ulangan) holatda bo‘lgan barcha mobil qurilmalar ro‘yxatga olinadi va Tizim operatori IMEI-kodlarining ma’lumotlar bazasiga avtomatik ravishda kiritiladi (ular egalarining hech qanday qo‘shimcha arizalari talab etilmaydi).
Oldingi tahrirga qarang.
Agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019-yil 1-noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tgan va bazaga kiritilgan bo‘lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan so‘ng Tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul ravishda amalga oshiriladi:
mobil qurilma egasining Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
ushbu IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan anketani taqdim etishi.
Agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019-yil 1-noyabrdan keyin arizaga asosan ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ushbu qurilmaning boshqa sloti IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish quyidagi harakatlar amalga oshirilganida 3 soat ish vaqtida to‘lov asosida amalga oshiriladi:
mobil qurilma egasining Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan murojaat qilgan holda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi;
ushbu IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun anketa ushbu Nizomning 5a-ilovasiga muvofiq, 2019-yil 1-noyabrdan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari ko‘rsatilgan holda to‘ldiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
24. Jismoniy shaxslar tomonidan Tizim operatorining bazasida import qiluvchilar yoki ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan avval ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olingan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish talab etilmaydi.
25. Jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish ushbu Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
26. Jismoniy shaxslar tomonidan, shu jumladan xalqaro pochta yoki kuryerlik jo‘natmalari orqali olib kirilgan mobil qurilmalar dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi kunidan boshlab 30 kalendar kuni davomida ro‘yxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tizim operatori mobil qurilmasi dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasidan o‘tgan abonentni 30 kalendar kuni davomida ushbu mobil qurilmani ro‘yxatga olish zarurligi va ko‘rsatilgan muddat tugaganidan keyin ro‘yxatga olinmaganda, uning mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishi cheklanishi to‘g‘risida xabardor qilish choralarini ko‘radi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xabar dastlabki muvaffaqiyatli tarmoq hodisasi paytida va 30 kun muddat tugashidan besh kun oldin davlat, rus va ingliz tillarida mobil aloqa operatorlari tarmoqlari orqali Tizim operatori tomonidan SMS-xabar jo‘natish orqali beriladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish:
Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan kelib murojaat qilish yo‘li bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi uchun JSHSHIR mavjud shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ushbu Nizomning 5b-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan mobil qurilmaning IMEI-kodlari, soni, modeli va markasi ko‘rsatilgan anketani to‘ldirgan holda;
YIDXP orqali — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi yoki Mobil-ID tizimi yordamida;
Tizim operatorining veb-sayti orqali — ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan mobil qurilmaning IMEI-kodi, JSHSHIR va abonent raqamini kiritish orqali;
Tizim operatorining veb-sayti va mobil ilovalar orqali — shaxsning biometrik ma’lumotlarini identifikatsiya qilish va mobil qurilma IMEI kodlarini kiritish bilan amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
281. Chet davlat fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega chet davlat fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish:
Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan murojaat qilish yo‘li bilan ushbu Nizomning 5b-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan mobil qurilmaning IMEI-kodlari, soni, modeli va markasi ko‘rsatilgan anketani to‘ldirish va quyidagilarni taqdim etgan holda:
chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjati hamda yashash uchun guvohnomasi;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun biometrik harakatlanish hujjatining nusxasi hamda yashash uchun guvohnomasini taqdim qilish orqali;
Oldingi tahrirga qarang.
YIDXP orqali — jismoniy shaxsning elektron raqamli imzosi yoki Mobil-ID tizimi yordamida;
(281-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Tizim operatorining veb sayti orqali — ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan mobil qurilmaning IMEI-kodi, shaxsiy abonent raqami va quyidagilarni taqdim etgan holda:
Oldingi tahrirga qarang.
mobil ilovalar orqali — shaxsning biometrik ma’lumotlarini identifikatsiya qilish va mobil qurilma IMEI kodlarini kiritish bilan amalga oshiriladi;
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjat raqami;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega chet davlat fuqarosi uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelishi qayd etilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatining hamda yashash uchun guvohnomasining raqamlari;
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun yashash uchun guvohnomasining hamda biometrik harakatlanish hujjatining raqamlari hamda JSHSHIR kiritish bilan amalga oshiriladi.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun jismoniy shaxs quyidagilarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldirilgan Anketani, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarning markasi, modeli, soni va IMEI-kodlari;
o‘zi kelib murojaat etganda — Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisi uchun JSHSHIR mavjud shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
anketa YIDXP orqali elektron shaklda taqdim etilganda jismoniy shaxsdan fuqarolik pasporti va elektron raqamli imzosi talab etilmaydi;
Tizim operatorining saytida — abonent ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mobil qurilmaning IMEI-kodi, ariza beruvchining JSHSHIR va telefon raqamini ko‘rsatadi.
Veb-sayt va mobil ilovalar orqali shaxsning biometrik ma’lumotlarini identifikatsiya qilish va mobil qurilma IMEI-kodlarini kiritish bilan amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
291. Jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarni olib kirishda bojxona to‘lovlari undirilmaydigan cheklangan me’yorlaridan qat’i nazar, deklaratsiya to‘ldiriladi.
(291-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
30. Ro‘yxatga olish uchun o‘zi kelib murojaat etish tartibida to‘ldirilgan Anketa Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisining mas’ul shaxsi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs tomonidan elektron shaklda YIDXP orqali taqdim etilgan mobil qurilmani IMEI-kodlari, Anketa uning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan qabul qilinadi, shuningdek, ro‘yxatga olish raqami berilgan holda YIDXPda avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro pochta yoki kuryerlik jo‘natmalari orqali olib kiritilgan mobil qurilmalar Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan murojaat etish yo‘li bilan, shuningdek, tizim operatorining sayti orqali, mos ravishda pochta identifikatorining shtrix kodi, kalendar shtempeli bo‘lgan konvert va jo‘natma oluvchining JSHSHIR mavjud shaxsni tasdiqlovchi hujjatini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
311. Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sana, usul va boshqa) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi bilan elektron axborot almashish orqali murojaat etilgan sana va pasport ma’lumotlarini qayd etilgan holda tekshiriladi.
(311-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Xalqaro pochta jo‘natmalari ma’lumotlari tekshiruvi “O‘zbekiston pochtasi” AJ, kuryerlik jo‘natmalari va BKO bo‘yicha ma’lumotlari tekshiruvi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan elektron axborot almashinuvi orqali amalga oshiriladi.
Bojxona chegarasidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalariga rioya qilinmagan holda olib kirilgan mobil qurilmalar, ular uchun import qiluvchi sifatida bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini oxirgi marta kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sana, usul va boshqa) hisobga olinadi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
312. Mobil qurilmalar belgilangan me’yordan ortiq miqdorda olib kirilgan holatlarda yoki ularning bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, Tizim tomonidan ushbu mobil qurilmalarning modeliga muvofiq umumiy bojxona to‘lovlari hamda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari miqdori shakllantiriladi.
Bojxona to‘lovlari miqdori Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlar bazasi bilan yo‘lga qo‘yilgan elektron axborot almashinuvi orqali belgilanadi.
Bunda jismoniy shaxs tomonidan to‘langan bojxona to‘lovlari Davlat budjetiga, mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar Tizim operatorining mahsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
(312-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Jismoniy shaxsdan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarning taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlarni olish zarur bo‘lganda, Tizim operatori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-dekabrdagi 377-son qarori bilan belgilangan tartibda boshqa vakolatli organlardan mustaqil ravishda ularni so‘raydi va oladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlari va axboroti mavjud bo‘lgan davlat organlari tegishli idoralararo so‘rovni olgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bunday hujjatlar va axborotni (arxiv ma’lumotlaridan tashqari) taqdim etishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ishonchli bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganligi uchun jismoniy shaxs qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
35. Jismoniy shaxsning Anketasini ko‘rib chiqish va mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish 3 (uch) ish soati ichida amalga oshiriladi.
36. Ro‘yxatga olish tugaganidan keyin Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisi 1 ish soati ichida belgilangan tartibda jismoniy shaxsga hisobni taqdim etadi.
37. Jismoniy shaxs tomonidan to‘lov amalga oshirilgandan keyin Tizim operatori yoki Tizim ro‘yxatga oluvchisi 1 ish soati ichida barcha IMEI-kodlarni oq ro‘yxatga kiritadi va agar mavjud bo‘lsa, ro‘yxatga olib bo‘lmaydigan mobil qurilmalarning IMEI-kodlari ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, jismoniy shaxsni anketada ko‘rsatilgan usul orqali ro‘yxatga olish tugaganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi Anketani ko‘rib chiqish davrida, IMEI-kodning birinchi tarmoq hodisasi sodir etilgan vaqtidan keyin 30 kun ichida murojaat qilingan bo‘lsa, jismoniy shaxsning mobil qurilmasi aloqa xizmatlarini cheklamasdan, kulrang ro‘yxatda turadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
381. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar ariza berilgan kundan boshlab o‘n kalendar kuni ichida amalga oshiriladi.
To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan usullar, shu jumladan, jismoniy shaxsning telefon raqami hisobidagi mablag‘dan amalga oshirilishi mumkin.
(381-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Mobil qurilmalarda klonlangan IMEI-kodlar aniqlanganida tizimning ishlash tartibi
(6-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Mobil qurilmalarda klonlangan IMEI-kodlar aniqlangan taqdirda, tizim tomonidan avtomatik tarzda tahlil qilinadi va “qora ro‘yxat”ga kiritiladi.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
7-bob. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun to‘lov
42. Tizimda ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun to‘lov miqdorlari ushbu Nizomga 6-ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun to‘lov Tizim operatorining maxsus hisobvarag‘iga kelib tushadi.
Kelib tushgan mablag‘lar quyidagilarga yo‘naltiriladi:
tizim operatori o‘z faoliyatini yuritish xarajatlari va majburiyatlari uchun;
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining qaror, buyruq va farmoyishlariga asosan davlat organlarida amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish loyihalarini maqsadli moliyalashtirish uchun (ushbu xarajatlarga Tizim operatorining investitsiya faoliyatidan olingan daromadlari ham jalb qilinishi mumkin);
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasiga — Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq davlat organlarida amalga oshirilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish loyihalarini maqsadli moliyalashtirish uchun;
respublika telekommunikatsiya infratuzilmasini, shu jumladan, qishloq va chekka aholi punktlari, turistik va rekreatsion hududlarda rivojlantirish loyihalari uchun.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
44. Mobil qurilmada bittadan ortiq IMEI kodi bo‘lgan taqdirda, ro‘yxatga olish to‘lovi har bir IMEI-kod uchun alohida amalga oshiriladi.
8-bob. Tizim operatorining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
45. Tizim operatori quyidagi huquqlarga ega:
Tizimga kira olish va undan foydalanish tartibini belgilash;
axborot almashish uchun belgilangan tartibda Tizimning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalashuvini amalga oshirish;
mobil aloqa operatorlaridan zarur texnik axborotni, shu jumladan mobil qurilmaning ishlash ma’lumotlarini, real vaqt rejimida mobil qurilma, shuningdek, tizim ishlashi doirasida belgilangan davriylik bilan amalga oshirilgan tarmoq hodisalari va aktivlik parametrlarini so‘rash;
mobil aloqa operatorlarining mablag‘lari hisobidan Tizimning ishlashi doirasida zarur ishlarni bajarish bo‘yicha mobil aloqa operatorlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
mobil aloqa operatorlarining tarmoqlaridagi Tizimning ishlashiga ta’sir ko‘rsatuvchi kamchiliklarni ularning mablag‘lari hisobidan bartaraf etish bo‘yicha mobil aloqa operatorlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Tizim operatori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(45-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Taqdim qilingan ma’lumotlari to‘g‘ri kelmagan, uchinchi shaxslarning ma’lumotlari taqdim qilingan hollarda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish.
(45-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
46. Tizim operatori quyidagilarga majbur:
mobil aloqa operatorlari bilan birgalikda Tizim modullarini ularning axborot tizimlariga integratsiyalashtirish;
Tizimning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligini ta’minlash;
mobil aloqa operatorlarini Tizimning texnik nosozliklari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
tizimda ro‘yxatga olingan xorijdan olib kelingan mobil qurilmalar to‘g‘risida Bojxona qo‘mitasiga har oy yakuni bo‘yicha axborot taqdim etish;
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-oktabrdagi 563-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son — 2024-yil 28-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Tizim operatori qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
(46-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
47. Tizim operatori quyidagilarga javobgar bo‘ladi:
Tizimning uzluksiz ishlashi va axborot xavfsizligi;
maxfiy axborotni tarqatmaslik va ularni muhofaza qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi.
9-bob. Boshqa idoralar bilan o‘zaro hamkorlik
48. Tizimning boshqa idoralar va manfaatdor tashkilotlar bilan axborot almashish tartibi va o‘zaro hamkorlik qilish shartlari tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha alohida shartnomalar/kelishuvlar bilan belgilanadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Davlatning, huquqni muhofaza qilish organlarining xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash hamda o‘ta muhim ijtimoiy-siyosiy chora-tadbirlarni o‘tkazishda Tizim operatori huquqni muhofaza qilish organlarining so‘rovi bo‘yicha mobil qurilmalar ishini majburiy to‘xtatib turish va qayta tiklashni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
491. Tizim operatori Tizimdan foydalanish yo‘li bilan shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan xizmatlarni taqdim qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
492. Ushbu Nizomda ariza beruvchiga yoki taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga belgilangan talablarning buzilishi aniqlanganda yoki shunday holatlar to‘g‘risida shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga asosan avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan IMEI-kodlar sudning tegishli qaroriga asosan Tizim operatori tomonidan bekor qilinadi va amalga oshirilgan xizmatlar uchun qabul qilingan to‘lovlar qaytarilmaydi.
(492-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
493. Ariza beruvchi va jismoniy shaxslar mazkur Nizom talablari buzilishi oqibatida tizim operatori, tizim ro‘yxatga oluvchisi va boshqa vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining qabul qilgan qarorlari yoki sodir qilgan harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(493-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral) )
Oldingi tahrirga qarang.
50. Ushbu Nizomning talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Mobil qurilmalarni xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodlari bo‘yicha ro‘yxatga olish tizimida ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lgan mobil qurilmalar turlari
RO‘YXATI

T/r

GSM assotsiatsiyasi bazasi bo‘yicha mobil qurilmalarning nomi

Ro‘yxatga olish jarayoni

1.

SIM-modulli planshetlar (TABLET)

Ro‘yxatdan o‘tkazish Tizim operatoriga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi

2.

SIM-modulli smartfonlar (SMARTPNONE)

3.

SIM-modulli mobil/funksional telefonlar (MOBILE PNONE /FEATURE PNONE)

4.

SIM-modulli portativ qurilmalar, shu jumladan CHSHK (cho‘ntak shaxsiy kompyuteri) (PORTABLE (INCLUDED PDA)

5.

Ko‘chma qurilmalar (NANDNELD)

(knopkali telefonlar)

6.

SIM-modulli adapterlar (DONGLE)

Ro‘yxatdan o‘tkazish birinchi tarmoq hodisasidan so‘ng foydalanuvchi ishtirokisiz
Tizim operatori tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi

7.

SIM-modulli WLAN routerlari (WLAN ROUTER)

8.

IoT qurilmalari (IoT DEVICE)

Internet buyumlari qurilmalari, mashinalararo o‘zaro ishlash qurilmalari (SIM-modulli elektr energiyasi hisoblagichlari)

9.

SIM-modulli transport vositalari (VENICLE)

10.

SIM-modulli elektron kitoblar (E-BOOK)

11.

Aloqa modullari (MODULE)

GSM/GPRS va GPS moduli bo‘lgan qurilmalar, (SIM-modulli GPS-trekerlari va POS-terminallar)

12.

Kompyuterlar (CONNECTED COMPUTER)

(SIM-modulli noutbuklar)

13.

SIM-modulli modemlar (MODEM)

14.

SIM-modulli olib yuriladigan qurilmalar (WEARABLES)

(soatlar, fitnes-brasletlar)

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Import qiluvchi va ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3a-ILOVA

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Ro‘yxatga oluvchisiga

ANKETA
‎(diplomatik korpus, elchixonalar, konsullik idoralari tomonidan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun)

O‘zbekiston Respublikasi hududiga diplomatik pochta orqali olib kirilgan ______ dona mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishingizni so‘rayman:

T/r‎

Mobil qurilmani ishlab chiqaruvchi‎‎‎

Mobil qurilma modeli ‎‎

1-IMEI ‎‎

IMEI №‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 _______________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎___________________@___________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎‎
Ariza beruvchining rekvizitlari

‎Tashkilot nomi:__________________________
‎ Manzil: _______________________________
‎Pochta indeksi: __________________________
‎ Tashkilot STIR:_________________________
‎h/r: ____________________________________
‎ Bank: __________________________________
‎ MFO: _________________________________
‎ IFUT: ________________________________
‎QQS:___________________________________
‎ Telefon:_______________________________
‎ Mas’ul shaxsning F.I.O.__________________
‎ ______________________________________
‎ ____________ 20 ____ y. “____” __________

‎‎(imzo)

‎‎(to‘ldirilgan sana)

(MO‘)‎
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3b-ILOVA

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Ro‘yxatga oluvchisiga

ANKETA
‎(Sud qarori asosida davlat egaligiga mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun)

O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish uchun mo‘ljallangan ___________ dona mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini 20 _____ y. “_____” ___________ ___________-son Sud qaroriga asosan ro‘yxatga olishingizni so‘rayman:

T/r‎

Mobil qurilmani ishlab chiqaruvchi‎‎‎

Mobil qurilma modeli ‎‎

1-IMEI ‎‎

IMEI №‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 _______________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎___________________@___________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎‎
Ariza beruvchining rekvizitlari

‎Tashkilot nomi:__________________________
‎ Manzil: _______________________________
‎Pochta indeksi: __________________________
‎ Tashkilot STIR:_________________________
‎h/r: ____________________________________
‎ Bank: __________________________________
‎ MFO: _________________________________
‎ IFUT: ________________________________
‎QQS:___________________________________
‎ Telefon:_______________________________
‎ Mas’ul shaxsning F.I.O.__________________
‎ ______________________________________
‎ ____________ 20 ____ y. “____” __________

‎‎(imzo)

‎‎(to‘ldirilgan sana)

(MO‘)‎

(3b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3v-ILOVA

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Ro‘yxatga oluvchisiga

ANKETA
‎ (ishlab chiqaruvchi tashkilot tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotishga mo‘ljallangan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun)

O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan ___________________________ dona mobil qurilmalar uchun IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishingizni so‘rayman:

T/r‎

Mobil qurilmani ishlab chiqaruvchi‎‎‎

Mobil qurilma modeli ‎‎

1-IMEI ‎‎

IMEI №‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 _______________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎___________________@___________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎‎
Ariza beruvchining rekvizitlari

‎Tashkilot nomi:__________________________
‎ Manzil: _______________________________
‎Pochta indeksi: __________________________
‎ Tashkilot STIR:_________________________
‎h/r: ____________________________________
‎ Bank: __________________________________
‎ MFO: _________________________________
‎ IFUT: ________________________________
‎QQS:___________________________________
‎ Telefon:_______________________________
‎ Mas’ul shaxsning F.I.O.__________________
‎ ______________________________________
‎ ____________ 20 ____ y. “____” __________

‎‎(imzo)

‎‎(to‘ldirilgan sana)

(MO‘)‎

(3v-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3g-ILOVA

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Ro‘yxatga oluvchisiga

ANKETA
‎(import qiluvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun)

O‘zbekiston Respublikasi hududiga “______/__ __ 20__/________” — son (bojxona posti/sana/raqam) BYDga muvofiq olib kirilgan __________________ birlikdagi mobil qurilmalar uchun IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishingizni so‘rayman:

T/r‎

Mobil qurilmani ishlab chiqaruvchi‎‎‎

Mobil qurilma modeli ‎‎

1-IMEI ‎‎

IMEI №‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 _______________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎___________________@___________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎‎
Ariza beruvchining rekvizitlari

‎Tashkilot nomi:__________________________
‎ Manzil: _______________________________
‎Pochta indeksi: __________________________
‎ Tashkilot STIR:_________________________
‎h/r: ____________________________________
‎ Bank: __________________________________
‎ MFO: _________________________________
‎ IFUT: ________________________________
‎QQS:___________________________________
‎ Telefon:_______________________________
‎ Mas’ul shaxsning F.I.O.__________________
‎ ______________________________________
‎ ____________ 20 ____ y. “____” __________

‎‎(imzo)

‎‎(to‘ldirilgan sana)

(MO‘)‎

(3g-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Ro‘yxatga oluvchisiga

ANKETA
‎ (O‘zbekiston Respublikasi hududida 2019-yil 1-noyabrga qadar/buyon birinchi IMEI-kodlari ro‘yxatga olingan mobil qurilmalarning qo‘shimcha IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun)

O‘zbekiston Respublikasida shaxsiy foydalanish uchun mobil qurilmalarning qo‘shimcha IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman.

T/r‎

Mobil qurilmani ishlab chiqaruvchi‎‎‎

Mobil qurilma modeli ‎‎

1-IMEI ‎‎

IMEI №‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 _______________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎___________________@___________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎‎
‎‎Ariza beruvchining rekvizitlari
‎‎__________________________________

‎‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎Pasport seriyasi _____ №_________________
‎______________________________________
‎‎Kim tomonidan va qachon berilgan ______________________________________‎ ______________________________________

‎__________ 20____ y. “_____” ____________

‎‎(imzo)

‎‎(to‘ldirilgan sana)

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5a-ILOVA

‎‎(Namuna)

‎‎Tizim
‎Operatoriga/Ro‘yxatga oluvchisiga

ANKETA
‎ (jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish uchun)

Shaxsiy foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishingizni so‘rayman:

T/r‎

Mobil qurilmani ishlab chiqaruvchi‎‎‎

Mobil qurilma modeli ‎‎

1-IMEI ‎‎

IMEI №‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

3.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Xabar berish usuli:
‎+998 _______________________ nomeriga SMS yuborish;‎
‎___________________@___________________ elektron pochta manziliga xabar yuborish;‎‎‎‎
‎‎Ariza beruvchining rekvizitlari
‎‎__________________________________

‎‎‎(jismoniy shaxsning F.I.O.)

‎‎Pasport seriyasi _____ №_________________
‎______________________________________
‎‎Kim tomonidan va qachon berilgan ______________________________________‎ ______________________________________

‎__________ 20____ y. “_____” ____________

‎‎(imzo)

‎‎(to‘ldirilgan sana)

(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish uchun to‘lov
MIQDORLARI

T/r

Ariza beruvchi

Mobil qurilmaning bitta IMEI-kodini ro‘yxatga olish uchun to‘lov miqdori

Izoh

1.

Import qiluvchi

BHM*ning 20%

2.

Ishlab chiqaruvchi**

BHMning 10%

3.

Jismoniy shaxs

BHMning 20%

Dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kuni mobaynida ro‘yxatga olish sharti bilan

BHMning 25%

Dastlabki tarmoq hodisasi paytidan boshlab 30 kalendar kuni o‘tgandan keyin ro‘yxatga olinganda

4.

Rouming xizmatidan foydalanayotgan abonent mobil qurilmasidan foydalanish

Bepul

Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan shartlar bajarilganda

5.

Diplomatik korpus, elchixona, konsullik idorasi

BHMning 20%

6.

Sud qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida sotishni amalga oshiruvchi tashkilot

* BHM — bazaviy hisoblash miqdori.
** O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi subyekt.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 828-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2019-y., 09/19/778/3462-son; 31.12.2020-y., 09/20/828/1692-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son; 27.10.2023-y., 09/23/563/0800-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son; 26.01.2026-y., 09/26/26/0076-son)