1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar);
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining
QARORI
“ILMIY UNVONLAR BERISh TO‘G‘RISIDA NIZOM”GA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-avgustda 262-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-sonli “Ilmiy unvonlar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2444, 25.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-sentabrdagi 421-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari” to‘g‘risida qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvaridagi 34/2–son qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 262-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Ilmiy unvonlar berish to‘g‘risida nizom”ga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilsin.
Rais M.M. MUHITDINOV
Bosh ilmiy kotib K.S. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 17-iyul,
96/5-son
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyulidagi 96/5-son qarori bilan TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 10-iyulda 262-raqam bilan ro‘yxatga olingan Ilmiy unvonlar berish to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
“Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur ixtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada ma’lum yutuqlarga erishgan oliy ma’lumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega bo‘lgan shaxslarga beriladi.”.
2. 2-bandda “kengashlarning” so‘zidan keyin “(bundan buyon — kengash)” so‘zlari qo‘shilsin.