toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2013

Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Oliy attestatsiya komissiyasi

Rayosatining 1996-yil 25-yanvardagi

34/2-son qarori bilan

“TASDIQLANGAN”

ILMIY UNVONLAR BERISh TOʻGʻRISIDA
Nizom
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1996-yil 10-iyulda 262-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2013-yil 31-yanvardagi 195/4-sonli “Fan doktori ilmiy darajasini berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2444, 25.03.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlari berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilmiy unvonlar fanning muayyan sohasida chuqur ixtisosiy bilimga hamda ilmiy va pedagogik sohada maʼlum yutuqlarga erishgan oliy maʼlumotga (bakalavrdan tashqari) yoki ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslarga beriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Professor, dotsent, katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼiy nazar, respublika oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlarining (bundan buyon — kengash) iltimosnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) beradi. Iltimosnoma ilmiy unvon talabgorining asosiy ish joyidan taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
3. Yopiq mavzularda ish olib borayotgan shaxslarga ilmiy unvonlar berishning oʻziga xos tartibini OAK ushbu Nizom talablarini hisobga olib, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ularning vakolatlari doirasida kelishgan holda belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. OAK Rayosatining ilmiy unvon berish haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) muvofiq chiqarib tashlangan — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
41. Professor, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlariga ega boʻlganlarga belgilangan namunadagi attestat beriladi. Ushbu attestat ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab, bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
II. ILMIY UNVONLAR BERISh
5. Professor ilmiy unvoni:
tanlov boʻyicha saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri, professor lavozimida ishlayotgan yoxud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish institutining yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktor muovini) lavozimlarida bir oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan soʻng matbuotda eʼlon qilingan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga, oliy oʻquv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida yuksak-metodik va ilmiy saviyada maʼruzalar kursini oʻqigan, kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga hamda dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlishlari hamda ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan boʻlishlari shart;
oliy oʻquv yurtining ilmiy-tadqiqot boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, laboratoriyasi)ning mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi lavozimiga tanlov boʻyicha saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan fan doktorlariga beriladi. Ular kamida besh yillik ilmiy stajga hamda dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega mazkur lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan boʻlishlari, pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda eʼlon qilingan ilmiy ishlarga ega va ilmiy daraja olgan kamida toʻrtta yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan boʻlishlari shart;
pedagoglik ishiga jalb qilingan va tanlov boʻyicha saylangan yoki shartnoma asosida ishlayotgan, oliy oʻquv yurtining kafedra mudiri, professori boʻlgan yoki rektori (oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish institutining va unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktor oʻrinbosari) lavozimida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlab turgan, ilmiy daraja olgan yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan va dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega xalq xoʻjaligining yirik mutaxassislari boʻlgan fan doktorlariga beriladi.
Ilmiy kengash professor ilmiy unvoniga talabgorning attestatsiya ishini, unga fan doktori ilmiy darajasi berilgandan bir yil muddat oʻtganidan keyingina muhokamaga qabul qilishi va OAKga yuborishi mumkin.
Professor ilmiy unvoni shuningdek:
oliy oʻquv yurtining yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining kafedra mudiri yoki professori lavozimiga tanlov boʻyicha saylanib, tegishli oliy maʼlumotga, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan hamda yakka mualliflikda oliy oʻquv yurti uchun darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yaratgan, nashr etilgan oʻquv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, maʼruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, kamida besh yil pedagoglik ish stajiga ega va shu lavozimlarda toʻliq stavkada ikki oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, xalq rassomlari, xalq meʼmorlari, xalq oʻqituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, Oʻzbekiston Respublikasi fan arboblari, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arboblari, xizmat koʻrsatgan artistlari, rassomlari, meʼmorlari, trenyerlari va madaniyat xodimlariga berilishi mumkin.
tanlov boʻyicha kafedra professori lavozimiga saylangan va bu lavozimda ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy oʻquv yurtlari uchun yakka muallif sifatida darslik yoki oʻquv qoʻllanmasi yaratgan, nashr etilgan ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, maʼruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, ijrochilik va pedagoglik ishida faollik koʻrsatgan, xalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlarini tayyorlagan madaniyat, meʼmorchilik, sanʼatshunoslik institutlari ixtisoslashgan kafedralarining tegishli oliy maʼlumotli, dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga va kamida oʻn yillik pedagoglik ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin;
dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlib, madaniyat, meʼmorchilik, sanʼat, jismoniy tarbiya, sport va muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasidagi ixtisoslashgan kafedra mudiri yoki professori lavozimida ishlab turgan, oliy oʻquv yurtlarida kamida oʻn yillik pedagoglik ish stajiga ega, dissertatsiya himoyasidan soʻng yakka mualliflikda oliy oʻquv yurti uchun darslik yoki oʻquv metodik qoʻllanma yaratgan hamda nashr etilgan oʻquv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, maʼruzalar va maxsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, shu lavozimda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan kafedra sohasi boʻyicha fan nomzodlariga berilishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
6. Professor ilmiy unvoni Respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarida ilmiy tadqiqot boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov boʻyicha saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan, direktor, direktor oʻrinbosari, ilmiy kotib, ilmiy rahbar yoxud maslahatchi lavozimlarini egallab turgan, kamida besh yillik ilmiy stajga ega va shu lavozimlarda kamida bir yil muvaffaqiyatli ishlagan, bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin eʼlon qilingan asarlarga ega hamda rahbarligi ostida dissertatsiya tayyorlagan va ilmiy daraja olgan kamida toʻrt nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlagan dotsent yoki katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktorlariga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining 2009-yil 24-dekabrdagi 160/13-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-2, 23.01.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 3-4-son, 28-modda)
7. Dotsent ilmiy unvoni kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimlariga tanlov boʻyicha saylangan yoki shu lavozimlarda shartnoma asosida ishlayotgan yoxud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish instituti va unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktor oʻrinbosari) lavozimlarini egallab turgan, ularda oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan, oliy oʻquv yurtlari yoki malaka oshirish institutlarida kamida uch yil pedagog boʻlib ishlagan hamda pedagogika amaliyotida foydalanilayotgan, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin matbuotda eʼlon qilingan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga ega boʻlgan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi.
Dotsent ilmiy unvoni shuningdek:
oliy oʻquv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega, oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, litseylar va gimnaziyalar, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun darsliklar yoki oʻquv qoʻllanmalarining, umumiy taʼlim maktablari va oʻrta hunar maktablari uchun darsliklarning yakka mualliflari boʻlib, tanlov boʻyicha yoki shartnoma asosida, kafedra mudiri, professor, dotsent lavozimiga tayinlangan va mazkur lavozimlarda oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan ilmiy darajasiz tegishli oliy maʼlumotga ega yuqori malakali mutaxassislarga berilishi mumkin;
madaniyat va sanʼat oliy oʻquv yurti huzurida ikki yillik assistentura stajirovkani muvaffaqiyat bilan tugatgan hamda uni tamomlagandan keyin uch yil davomida ijrochilik ishida va oliy oʻquv yurtida, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida pedagoglik ishida oʻzini ijobiy koʻrsatgan, dotsent lavozimiga tanlov boʻyicha saylangan yoki unda shartnoma asosida ishlayotgan tegishli oliy maʼlumotli shaxslarga pedagogik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan bosma ilmiy-metodik asarlarga, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega va mazkur lavozimda oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlaganlarga berilishi mumkin:
oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida toʻliq stavkada ishlovchi, tegishli oliy maʼlumotli shaxslarga pedagoglik yoki ijodiy amaliyotda foydalanilayotgan bosma ilmiy-metodik asarlar, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga ega hamda oliy oʻquv yurtida kamida uch yillik pedagoglik ish stajiga ega boʻlib, tanlov yoʻli bilan saylangan yoki shartnoma asosida kafedra mudiri yo professor yoxud dotsent lavozimida ishlayotgan va bu lavozimda bir oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artistlariga va xizmat koʻrsatgan artistlariga, xizmat koʻrsatgan fan va sanʼat arboblariga, xalq hofizlari, yozuvchilari, shoirlari, rassomlari, meʼmorlari, xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari va trenyerlarga, muhandislik grafikasi (chizma geometriya) sohasida ishlovchi mutaxassislarga berilishi mumkin:
tanlov asosida kafedra mudiri yoki professor yo dotsent lavozimiga tayinlanib, shu lavozimda kamida ikki yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan, bosma oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari boʻlgan, ijrochilik va pedagoglik ishida oʻzini muvaffaqiyatli koʻrsatgan madaniyat va sanʼat oliy oʻquv yurtlaridagi ixtisoslashgan kafedralarning tegishli oliy maʼlumotga va oliy oʻquv yurtlarida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin;
talaba va sportchilar orasidan ilmiy metodik jihatdan asoslangan uslublar va mashqlar natijasida Olimpiya va Osiyo oʻyinlari chempioni va sovrindorlarini, komandalararo xalqaro musobaqalar sovrindorlarini, Respublika musobaqalarida sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan, sogʻlomlashtirish jismoniy tarbiya, yuqori malakali sportchilar tayyorlash, oʻquv-mashq jismoniy tarbiya sohalariga oid umumlashtirilgan zamonaviy tavsiyanomalar, qoʻllanmalar yozib, nashr ettirgan hamda uni jismoniy tarbiya va sport muassasalarida tatbiq qilishga erishgan, milliy sport oʻyin turlarini oʻrganish, ularni rivojlantirishga koʻmaklashgan, oʻyin qoidalari va tarbiyaviy imkoniyatlarini asoslab, hozirgi davrga moslab rivojlantirgan, zamonaviylashtirib, omma orasida uning tarqalishiga hissa qoʻshgan oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida tanlov boʻyicha saylangan yoki shartnoma asosida dotsent lavozimida ishlovchi, oliy oʻquv yurtida kamida besh yillik pedagoglik ish stajiga ega tegishli oliy maʼlumotli mutaxassislarga berilishi mumkin.
8. Katta ilmiy xodim unvoni:
tanlov boʻyicha yoxud attestatsiya tartibi asosida ilmiy-tadqiqot boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, laboratoriyasi) mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimiga tayinlangan yoxud ilmiy kotib lavozimiga tayinlangan, kamida uch yillik ilmiy ish stajiga, ixtirolarga yoki bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin eʼlon qilingan ilmiy asarlarga ega va ana shu lavozimlarda kamida bir yil davomida muvaffaqiyatli ishlagan fan doktorlariga va nomzodlariga beriladi;
9. Ilmiy unvonlar ushbu Nizomning 5—8-bandlarida sanab oʻtilgan tegishli lavozimlarga oʻrindoshlik asosida tayinlangan yoki soatbaylik asosida ishlayotgan, ixtirolar hamda bosma ilmiy asarlarga ega boʻlgan xalq xoʻjaligining (oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlaridan tashqari) yuqori malakali mutaxassislariga mazkur bandlarda belgilangan talablarga rioya qilingan holda beriladi.
10. Fan nomzodi ilmiy darajasi boʻlmasada, dotsent ilmiy unvoni berilgan shaxslarga ushbu ilmiy darajasiz professor ilmiy unvoni berilishi mumkin emas, ammo sanʼat, madaniyat, sport xodimlari bundan mustasno.
11. Kengashning ilmiy unvon olishga taqdim etish haqidagi qarori yashirin ovoz bilan qabul qilinadi.
Kengash majlisi, agar uning ishida aʼzolarning kamida uchdan ikki qismi qatnashgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvon berish masalasi yuzasidan qarori, agar majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, ijobiy hisoblanadi.
Ilmiy unvon talabgorining attestatsiyaga oid hujjatlari kengash majlisi oʻtgan kundan boshlab bir oy muddat ichida OAKga yuborilishi kerak.
12. Ilmiy unvonlar berishga oid attestatsiya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibini OAK belgilaydi.
13. Ilmiy unvon talabgorining hujjatlarini OAKda koʻrib chiqish muddatlari profyossor ilmiy unvonini berish boʻyicha olti oydan, dotsent va katta ilmiy xodim ilmiy unvonlarini berish boʻyicha — toʻrt oydan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) asosan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) asosan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) asosan chiqarib tashlangan — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
17. Professor, dotsent yoki katta ilmiy xodim attestatini yoʻqotgan shaxsga yangi tartib raqami qoʻyilgan dublikat ilgari berilgan attestatga batamom muvofiq tarzda beriladi.
Familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan boʻlsa, attestatlar yangisiga almashtirilmaydi.
18. Attestatlarni, shuningdek ularning dublikatlarini rasmiylashtirish va berish tartibini OAK belgilaydi.
19. Ilmiy unvon xato berilgan shaxslarni OAK ana shu unvondan mahrum etishi mumkin. Bunga ilmiy unvon berilishini soʻragan kengashning iltimosnomasi asos boʻladi. Agar mazkur kengashning faoliyati toʻxtatilgan boʻlsa, ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani OAK topshirigʻiga binoan boshqa kengash koʻrib chiqadi.
Kengash majlisi uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Kengashning ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi iltimosnomasi, agar yashirin ovoz berish natijasida majlisda qatnashgan kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb topiladi.
Ilmiy unvon berish haqidagi qaror oʻn yildan koʻproq vaqt oldin qabul qilingan boʻlsa, uning qanchalik asoslanganligi xususidagi masalani attestatsiya organlari koʻrib chiqmaydi.
20. Kengashda ilmiy unvondan mahrum etish haqidagi masalani koʻrib chiqish tartibini, shuningdek kengash OAKga topshiradigan hujjatlar roʻyxatini OAK belgilaydi.
21. Ilmiy unvon berish (undan mahrum etish) masalasiga oid qaror yuzasidan shikoyat arizasi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat mobaynida berilishi mumkin va shuncha muddatdan kechiktirmay OAKda koʻrib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
OAK qarori yuzasidan tushgan shikoyat arizasini OAK Rayosati OAK ilmiy kengashining bir guruh aʼzolari yoki seksiyaning xulosasini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatining qarori loyihasi OAK Rahbariyati tomonidan tayyorlanadi va OAK Rayosatiga tavsiya etiladi. Shikoyat arizasi yuzasidan OAK Rayosatining qarori uzil-kesil hisoblanadi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
Ilmiy unvon berish haqidagi yangi iltimosnoma ilmiy unvon bermaslik toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgandan keyin oradan kamida bir yil oʻtgach, topshirilishi mumkin. Takroran iltimosnoma berish uchun bosilib chiqqan yangi oʻquv-metodik yoki ilmiy ishlar boʻlishi shart.
22. Kengashda va OAKda shikoyat arizalarini koʻrib chiqish tartibini OAK belgilaydi.
23. Ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishda oshkoralikni kuchaytirish maqsadida attestatsiya organlari faoliyatiga oid masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining Axborotida yoritib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Ushbu Nizom boʻyicha barcha tushuntirishlar OAK Rayosati tomonidan belgilangan tartibda beriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2003-yil 17-iyuldagi 96/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 262-1, 12.08.2003-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 15-son)
5.1 = shakl
Ilmiy unvon berish boʻyicha OʻzR OAKga yuboriladigan attestatsiya ishi hujjatlarining
ROʻYXATI
1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan yoʻllanma xat (1 nusxa).
2. Ilmiy-tadqiqot instituti va unga tenglashtirilgan ilmiy muassasadan tavsiya qilingan daʼvogarlar uchun 5.2a yoxud 5.2b-shakl boʻyicha maʼlumotnoma (2 nusxa).
Oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlaridan tavsiya qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga daʼvogarlar uchun 1.10.1-shakl boʻyicha maʼlumotnoma (2 nusxa).
Oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida madaniyat, sanʼat va sport sohasida mutaxassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog xodimlar uchun 1.10.3-shakl boʻyicha maʼlumotnoma (2 nusxa).
3. Fotosurat yopishtirilgan va ish joyidan tasdiqlangan xodimlar hisobi boʻyicha shaxsiy varaqa (1 nusxa).
Familiyasi, ismi-sharifining oʻzbekcha (pasport boʻyicha) va inglizcha yozilgan shakllari, uni ilmiy unvon daʼvogari imzolagan, ilmiy kotib tasdiqlagan boʻlishi kerak (1 nusxa).
4. Ilmiy va pedagoglik lavozimlarida ishlaganligi haqida mehnat daftarchasining ish joyidan tasdiqlangan koʻchirmasi (1 nusxa).
5. Daʼvogarning asosiy ish joyidan uning ilmiy-pedagoglik, ishlab chiqarishdagi faoliyati haqida tashkilot rahbari imzolagan, berilgan sanasi koʻrsatib, gerbli muhrlangan tavsifnoma.
Basharti daʼvogar ilmiy unvonga asosiy ish joyidan taqdim etilmayotgan boʻlsa, asosiy ish joyidan olingan tavsifnomadan tashqari, uni ilmiy unvonga taqdim etayotgan tashkilot tomonidan berilgan daʼvogarning ilmiy-pedagoglik faoliyati toʻgʻrisidagi qisqacha tavsifnomasi ilova qilinadi.
6. Tegishli ilmiy darajasi borligi haqidagi diplomning tasdiqlangan nusxasi.
7. Ilmiy ishlarning daʼvogar tomonidan imzolanib, ish joyidan tasdiqlangan roʻyxati (1 nusxa).
Roʻyxat uch boʻlimdan iborat boʻlishi kerak:
himoyagacha chop etilgan ilmiy ishlar;
himoyadan keyin chop etilgan ilmiy ishlar;
oʻquv-usuliyat ishlari.
8. 4.9-shakl boʻyicha qaydlov-hisob varaqasi (1 nusxa).
9. 4.11-shakl boʻyicha ishdagi hujjatlar roʻyxati (1 nusxa).
10. Daʼvogarning dissertatsiya avtoreferati, himoyadan keyingi ilmiy va oʻquv-uslubiyat ishlarining nusxalari. Professor ilmiy unvoniga daʼvogarning fan nomzodi ilmiy darajasini olgan shogirdlarining avtoreferatlari.
11. Professor ilmiy unvoniga daʼvogarlarning shogirdlari haqida maʼlumot (5.3-shakl).
Ilmiy unvonlar berish boʻyicha barcha hujjatlar OʻzR OAKga teztikkichda yuboriladi.
Teztikkichning ichki tomoniga xatjild yopishtirilib, unga markali toʻrtta aloqa varaqasi solib qoʻyiladi. Ikki varaqada daʼvogarning, boshqa ikki varaqada esa kengashning manzilgohi koʻrsatiladi. Varaqaning orqa tomonida kengash manzilgohi bilan birgalikda daʼvogarning familiyasi, ismi-sharifi, shuningdek u talabgor boʻlayotgan ilmiy unvon nomi koʻrsatiladi.
5.2 a = shakl
MAʼLUMOTNOMA
‎‎_____________________________________________________________________________ ga

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎______________________________________________________________ ixtisosligi boʻyicha

‎‎ixtisoslik shifri va nomi

‎‎professor ilmiy unvonini berish haqida.
Ish №_____‎
‎‎_______________________________________________________________ kengash tomonidan

‎‎tashkilot, shahar nomi

‎‎___________________ belgilangan tartibda tanlov asosida saylandi yoki shartnoma boʻyicha qabul qilindi (attestatsiya qilindi) va _____________________________ boʻyicha buyruq bilan

tashkilot, shahar nomi‎

‎‎___________________ dan eʼtiboran __________________________ lavozimiga ishga olindi.

sana‎

‎‎Professor ilmiy unvoni berilishiga ___________ taqdim
‎etilganda tarkibi ______ kishidan iborat kengashning _____ aʼzosi quyidagicha

________soni

soni ________

‎‎ovoz berishdi: ___________ kishi tarafdor, ___________ kishi qarshi, yaroqsiz byulletenlar ___________________________________________________________ 19___ yilda tugʻilgan,

familiyasi ismi, otasining ismi‎‎

‎‎__________________________ 19____________ yildan ______________ fanlari doktori, dissertatsiyani‎

millati‎

‎‎_________________ da yoqladi, ilmiy staji_____ yil; ____ ta ilmiy ishi chop etilgan, shulardan __ tasi
tashkilot, shahar nomi‎
‎‎dissertatsiya himoyasidan keyin. Eʼlon qilingan ilmiy ishlar borasida eng diqqatga sazovorlari: (eng muhim 3-4 ta ish koʻrsatiladi).
‎‎(Shundan keyin daʼvogarning ilmiy ishiga, shogirdlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilib, yuqori malakali ilmiy, xodimlar murabbiysi sifatida uning faoliyatiga batafsil tavsifnoma beriladi va professor ilmiy unvoniga taqdim etilganligi asoslanadi).
‎‎Kengash raisi _______________________________________________________________________________

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎Kengash ilmiy kotibi _______________________________________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi

Gerbli muhr‎
Sana‎
Izoh:
1. Shogirdlar jumlasiga daʼvogar ilmiy maslahatchisi boʻlgan fan doktorlari hamda daʼvogarning ilmiy rahbarligida yoki maslahatchiligida muvaffaqiyat bilan dissertatsiya yoqlagan fan nomzodlari kiritilishi lozim.
2. Ishning tartib raqami OʻzR OAKida qoʻyiladi.
3. Maʼlumotnomada satrlar oraligʻi 2 interval qilib mashinkada bosilishi, ayni choqda chiziqlar va satr osti izohlari bosilmasligi lozim.
4. Ushbu shakl boʻyicha maʼlumotnoma ilmiy muassasalardan tavsiya qilingan daʼvogarlar uchun toʻldiriladi.
5.2b = shakl
MAʼLUMOTNOMA
‎‎_____________________________________________________________________________ ga

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎_____________________________________________________________ ixtisosligi boʻyicha

‎‎ixtisoslik shifri va nomi

‎‎professor ilmiy unvonini berish haqida.
Ish №_____‎
‎‎_______________________________________________________________ kengash tomonidan

‎‎tashkilot, shahar nomi

‎‎___________________ belgilangan tartibda tanlov asosida saylandi yoki shartnoma boʻyicha qabul qilindi (attestatsiya qilindi) va ____________________________ boʻyicha buyruq bilan

tashkilot, shahar nomi‎

‎‎___________________ dan eʼtiboran ______________________ lavozimiga ishga olindi.

sana‎

lazozim nomi‎

Katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berilishiga ______________________________________________ da

‎sana‎

taqdim et�lganda tarkibi ______________ kishidan iborat kengashning ______________________ nafar

soni

soni‎

aʼzosi quyidagicha ovoz berishdi:___kishi tarafdor, ____kishi qarshi, yaroqsiz byulletenlar______________ ____________________________________ 19__ yilda tutilgan,

Familiyasi, ismi, otasining ismi

______________________ 19_______ yildan ____________________________ fanlari nomzodi (doktori)

millati

fan sohasi‎

_________________________________ da dissertatsiya yoqladi, ilmiy staji ____________ yil;

tashkilot, shahar nomi ___________________________________________________soni

_____________ ta ilmiy ishi chop etilgan, shulardan ___________ tasi dissertatsiya himoyasidan keyin. Eʼlon qilingan ilmiy ishlar borasida eng diqqatga sazovorlari: (eng muhim 3-4 ta ish koʻrsatiladi).

‎‎(Shundan keyin daʼvogarning ilmiy ishiga, shogirdlarining familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatilib, yuqori malakali ilmiy xodimlar murabbiysi sifatida uning faoliyatiga batafsil tavsifnoma beriladi va professor ilmiy unvoniga taqdim etilganligi asoslanadi).

‎‎Kengash raisi ___________________________________________________________

familiyasi, ismi, otasining ismi

Kengash ilmiy kotibi _____________________________________________________‎‎

‎‎familiyasi, ismi, otasining ismi

Gerbli muhr‎
Sana‎
Izoh: 1. Ishning tartib raqami OʻzR OAKda qoʻyiladi.
5.3 = shakl
Professorlikka daʼvogarlarning shogirdlari haqida
maʼlumot
a) Ilmiy daraja olgan shogirdlari haqida

№‎

Ismi,
‎ sharifi‎

Dissertatsiya
‎ mavzusi va shifri‎

Himoya qilgan vaqti, qaysi kengashda; tasdiqlangan vaqti‎

Shogirdlik‎
‎ maqomi‎

Ish joyi, lavozimi, manzilgohi, telefoni‎

b) Ilmiy darajaga talabgor shogirdlari haqida

№‎№

Ismi,
‎ sharifi‎

Dissertatsiya mavzusi va shifri va ilmiy kengashda tasdiqlanganligi haqidagi buyruq №, sanasi‎

Ilmiy ish qaysi bosqichda, nashr etilgan ilmiy ishlar soni

Shogirdlik
‎‎ maqomi‎

Ish joyi, lavozimi, manzilgohi, telefoni‎

1.10.1 = shakl
Oliy oʻquv yurti, nomi
maʼlumotnoma

‎‎________________________________________________________________________________________ ga

‎‎pasportga binoan familiyasi, ismi, otasining ismi

‎‎_________________________________________________________________ kafedra yoki ixtisoslik boʻyicha

‎‎nomi

‎‎__________________________________________________________________ ilmiy unvonini berish haqida

Roʻyxatdagi tartib raqami _____________________________________________________________________

I. TAQDIMNOMA
1 — Ushbu shakl boʻyicha maʼlumotnoma oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlaridan tavsiya qilingan professor va dotsent ilmiy unvonlarini olishga daʼvogarlar uchun toʻldiriladi.
2 — Qavs ichida oliy oʻquv yurti, MOI nomi ostida, zarur hollarda attestatsiya qilinuvchi ishlayotgan hududiy boʻlinma (filial, boʻlim va h.k.) koʻrsatiladi.
3 — Qavs ichida kafedra nomi ostida, zarur hollarda, attestatsiya qilinuvchi olib borayotgan asosiy kurs (kurslar) yoki uning ixtisosi (masalan, ixtisos sport oʻyinlari /gimnastika/ boks...) aniqlanadi. Ixtisosiga oid kafedra xulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi koʻrsatiladi va mana bunday sahifa izohi beriladi: ixtisosiga oid kafedraning (oʻquv yurtining, muassasaning nomi) xulosasi.
4 — OʻzR OAKda toʻldirish uchun boʻsh qoldiriladi.
5 — Shu yerning oʻzida attestatsiya qilinuvchi lavozimga saylangandan keyin uning ilmiy unvonga tavsiya qilishdan oldingi davrdagi lavozimlarining oʻzgarishi koʻrsatiladi (masalan, navbatdagi muddatga kafedradagi lavozimga saylandi; shu kafedradagi pedagoglik ixtisosi oʻzgartirilmasdan boshqa lavozimga saylandi; bu ham unga tegishli ilmiy unvon olishi uchun attestatsiyalanishiga imkon beradi; strukturaviy oʻzgarishlar tufayli muddatidan oldin saylanmasdan tegishli lavozimda yangi kafedra shtatiga oʻtkazildi; olib borayotgan kursi saqlangan holda xizmat zarurati tufayli oʻtkazilgan boshqa kafedrada muddatidan oldin tegishli lavozimga saylandi va hokazo). Har bir holda oliy oʻquv yurti, MOI chiqargan buyruqlar dalil qilib keltiriladi.
Shtatdagi oʻrindoshlar taqdim qilinganda: oʻrindoshlik asosida lavozimga (stavka (qism)ga) saylandi va tayinlandi yoki shartnoma boʻyicha qabul qilindi, deb koʻrsatiladi.
II. TAQDIM ETILAYOTGAN ShAXS HAQIDA ASOSIY MAʼLUMOTLAR
1. (Familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, millati).
2. (Oliy oʻquv yurtini bitirgan yili, uning toʻliq nomi, diplomi, boʻyicha ixtisosi).
3. (Ilmiy daraja va ilmiy unvonlari ularning berilishi navbati bilan fan sohasi (attestatsiya oʻtkazilgan ixtisos boʻyicha; dissertatsiya himoya qilingan joy va vaqti) attestatsiya oʻtkazilgan yili koʻrsatiladi; masalan: ______________ yildan buyon _________________ fanlari nomzodi.

fan sohasi‎

‎‎____________________________________________________________ huzuridagi ixtisoslashgan kengashda
‎muassasa, tashkilot‎
“‎‎ _________________________________________________________________________________________

‎‎dissertatsiya mavzui

‎‎__________________________________________________________________________________________”
‎‎mavzuida ______________________________________________________ ixtisosligi boʻyicha bajarilgan‎

‎‎shifr va nomi

‎‎dissertatsiyasini ___________________________________ himoya qilgan.

‎‎sana

‎‎____________________________ yildan buyon ____________________________________ fanlari doktori.

fan sohasi‎‎‎

Ilmiy daraja ______________________________________________________________________________‎‎

‎‎muassasa, tashkilot

‎‎huzuridagi ixtisoslashgan kengashda _________________________________________________________ da

sana‎

‎‎“_________________________________________________________________________________________

‎‎dissertatsiya mavzui

‎__________________________________________________________________________________________‎”
___________________________________________________________________________________________‎‎

‎‎shifr va nomi

‎‎ixtisosligi boʻyicha bajarilgan dissertatsiyasini himoya qilish natijasi asosida berilgan.
‎‎________ yilda ____________________ ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim ilmiy unvoni berildi.‎
‎‎__________ yilda _______________ kafedrasi yoki ixtisosligi boʻyicha dotsent ilmiy unvoni berildi)2.
4. (Oliy oʻquv yurtidagi, MOIdagi, shu jumladan mazkur oʻquv yurtidagi pedagoglik ish staji. Umumiy pedagoglik ilmiy pedagoglik ish staji toʻliq yillar).
(Mehnat va pedagoglik faoliyatining asosiy bosqichlari: ish joyi va lavozimi, /shtatdagi oʻrindoshlar uchun asosiy ish joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining jami staji/ oliy oʻquv yurti, MOIga pedagoglik ishiga oʻtgan kishilar uchun oldingi ishlagan joyi va lavozimi, mehnat faoliyatining umumiy staji.
5. (Olib borayotgan asosiy kurslari (aniqlanishi kerak): umumiy, maxsus kurslar va oʻquv rejasi boʻyicha nomi, akademik soatlarda hajmi koʻrsatilishi kerak/ professor ilmiy unvoniga daʼvogarlar uchun: _______________________ asosiy maʼruza kurslarini oʻqiydi. __________________ soat)3)
(Oʻtkazilishi haqidagi shartnomalarga binoan ilmiy tadqiqotlar mavzulariga muvofiq kafedradagi ilmiy-tashkiliy ishdagi, oʻquv jarayonini usuliyat jihatidan taʼminlashdagi ishtiroki).
(Jamoada oʻtkazilgan anketa tuzish va sotsiologik soʻrovlar maʼlumotlariga binoan ish saviyasiga baho berish).
6. (Ilmiy xodimlar tayyorlashdagi ishtiroki himoya qiluvchilarga, aspirantlarga rahbarlik, doktorantlarga konsultatsiya berish; tayyorlagan shogirdlari fan nomzodlari va doktorlari soni va ularning roʻyxati. Ixtisoslashgan va ekspert kengashlarida, davlat attestatsiya organlari topshirigʻiga binoan tashqi ekspertiza oʻtkazishdagi ishtiroki).
7. (Yirik xalq xoʻjalik ishlanmalarida, fan-texnika dasturlarida qatnashishi. Ilmiy, pedagoglik va ixtisosiy jamiyatlardagi, attestatsiyalardagi, ilmiy, ilmiy-usuliyat va ilmiy-texnikaviy kengashlardagi faoliyati).
(Faxriy unvonlar, hukumat mukofotlari va belgilari, mukofotlar: xalqaro, davlat, tarmoq, fan-texnika jamiyatlari va tashkilotlarining mukofotlari).
8. (Ilmiy unvonga taqdim etishda jamoat tashkilotlari bergan tavsiyalar. Ularning faoliyatida, shuningdek saylab qoʻyiladigan organlarda ishtirok etishi).
III. ASOSIY ILMIY VA USULIYAT IShLARI
‎‎______________________ ta ish eʼlon qilgan, shulardan _____________________________ ta monografiya,
‎‎______________________ ta darslik, _________________ ta ilmiy va ________________ ta oʻquv-usuliyat
‎‎ishlaridir (_____ ta kashfiyot, ixtiro, ishlanmalar muallifi boʻlib, ularga litsenziyalar rasmiylashtirilgan). Asosiy ishlari:
‎‎1. ________________ (Maʼlumotnomaga ilova qilingan ilmiy ishlari‎
‎‎2. __________________ roʻyxatiga kirgan kamida 3 ta bosma ishi, toʻliq‎
3. _____________ bibliografik maʼlumot, hajmi (bosma tabaq hajmi va mualliflik ishtiroki aniq qilib koʻrsatiladi). ‎‎‎
‎‎Dissertatsiya himoya qilingandan keyin ______ ta ilmiy va ____ ta oʻquv-usuliyat ishi eʼlon qilgan, ‎
‎‎ulardan pedagoglik amaliyotida foydalanilmoqda, shu jumladan:
‎‎1. __________________ (xuddi yuqorida keltirilganidek koʻrsatiladi).
‎‎2. __________________‎
‎‎3. __________________‎
‎‎Egallab turgan lavozimida ishlagan davrida ______________ ta bosma ish nashr ettirdi.
IV. KASBIY FAOLIYATNI BAHOLASh MAʼLUMOTLARI
(Attestatsiya qilinuvchini ilmiy unvonga taqdim etish masalasi koʻrib chiqilayotgan vaqtda uning kasbiy saviyasini aniqlash ishi qisqacha tavsiflanadi: u oʻtkazgan ochiq maʼruzalar va oʻquv mashgʻulotlarining boshqa turlari, stajirovkadan oʻtish, malaka oshirish, qachon, qayerda va qancha vaqt davom etganligi aniq koʻrsatilib, taqdim etish masalasi koʻrib chiqilayotgan davrda axborot va maʼruzalar bilan qatnashgan ilmiy va usuliyat konferensiyalari; anjumanlarda chiqish, jamoadagi ilmiy-pedagoglik faoliyatining natijalari haqida hisobot, tajriba almashuv maqsadida boshqa oʻquv yurtlariga, muassasalar va hokazolarga borish).
Ilmiy kengash raisi _________________________ (toʻliq ismi-sharifi)
Ilmiy kengash kotibi ________________________
(Gerbli muhr)
(sana)
1.10.3 = shakl
maʼlumotnoma
1 — Ushbu shakl boʻyicha maʼlumotnoma oliy oʻquv yurti, malaka oshirish instituti (MOI) va ularga tenglashtirilgan oʻquv yurtlarida madaniyat, sanʼat va sport sohasida mutaxassislar tayyorlashda pedagoglik qiluvchi ilmiy-pedagog xodimlar uchun toʻldiriladi.
2 — 1.10.1 shaklga tegishli 2-izohga qarang.
3 — Qavs ichida kafedra nomi tagida, zarur boʻlsa, asosiy kurs (kurslar), sinf, ijodiy ixtisos aniqlanadi (masalan, solfedjio, rejissorlik, sahna harakati va raqs kursi; fortepiano sinfi, musiqali teatr aktyorlarini tayyorlash sinfi, ixtisoslar: jonli, tasvir, bezak plastikasi, badiiy modellashtirish, dizayn).
Ixtisosiy kafedra xulosasi asosida taqdim etilganda uning nomi qatʼiy izchillik asosida koʻrsatiladi.
4 — OʻzR OAKda toʻldirish uchun boʻsh qoldiriladi.
5 — Tartib raqamlari saqlangan holda quyida keltirilgan pozitsiyalar qatʼiy izchillikda koʻrsatiladi.
6 — Attestatsiya qilinuvchining assistentura stajirovkani tugatishi (qachon, qayerda va qanday natija bilan) yoki doktoranturaga yuborilganligi (ijodiy taʼtil berilganligi, dissertatsiyani bajarish uchun ilmiy xodim lavozimiga oʻtkazilganligi) koʻrsatiladi.
7 — Roʻyxatda quyidagilar aniqlanadi: shogird, mazkur oʻqituvchi qoʻlida toʻla yoki juzʼiy maxsus umumiy tayyorgarlikdan oʻtganligi, oʻqishni bitirgandan keyin ishlagan joyi, ijodiy yutuqlari va nishonlari. Roʻyxat kafedra rahbari (oliy oʻquv yurti, MOI dekani, rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
8 — Ijodiy ishlar roʻyxati kafedra rahbari (fakultet dekani, oliy oʻquv yurti, MOI rahbari), ilmiy kengash kotibi tomonidan tasdiqlanadi hamda mazkur oʻquv yurti, muassasaning gerbli muhri bosiladi.
Rasmli materiallarni attestatsiya qilinuvchining oʻzi tanlaydi.
Attestatsiya qilinuvchining metodik va ilmiy ishlari xuddi 1.10.1-shakldagidek roʻyxat boʻyicha ilova etilgan holda koʻrsatiladi).
9 — Fikr-mulohaza va tavsiyanomalar maʼlumotnomaga ilova etiladi. Ularning oʻrnini bosuvchi xulosa sifatida respublika ijodiy birlashmasi (tashkiloti) tegishli usuliyat kengashining iltimosnomasi berilishi mumkin.