Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-martdagi
Farmonga muvofiq hamda yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi maqomi, maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha — vazirga, bosh ilmiy kotib — vazir oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining rahbarlari va ilmiy boʻlinmalari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari ilmiy ekspertiza bilan shugʻullanuvchi rahbariyatga va boʻlinmalarga nisbatan, boshqaruv organlari uchun nazarda tutilgan shartlar esa — qolgan xodimlarga nisbatan qoʻllanilsin.
5. “Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi belgilangan tartibga muvofiq materiallar, asbob-uskunalar, buyumlar va boshqa moddiy-texnika resurslari yetkazib berilishi uchun OAKga kvotalar ajratilishini koʻzda tutsinlar.
6. OAK Toshkent shahri, akademik Yaxyo Gʻulomov koʻchasi, 70-uy manzilidagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosiga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari oʻrtoq M. I. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.