1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.02.00 Davlat ehtiyojlari. Davlat xaridlari;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.01.00 Oldi-sotdi / 03.11.01.04 Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar yetkazib berishga oid davlat kontrakti;
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
2.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usullarini amaliyotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining eng yaxshi takliflarni tanlash va tender xarid qilish tartib-taomillarini majburiy tartibda elektron shaklda oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabi 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat xaridlarini elektron shaklda oʻtkazishning umumiy qoidalari va shartlari;
xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari hamda davlat xaridlarini oʻtkazish mezonlari va tartiblari;
boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddatlari;
eng yaxshi takliflarni tanlash va tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida ishtirokchilarning asosiy benefitsiar mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor etishi toʻgʻrisidagi talab;
hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari;
toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi;
davlat buyurtmachilari tomonidan tuzilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi Shartnomalarning yagona reyestrini yuritish qoidalari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
ikki oy muddatda davlat xaridlariga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish, shuningdek, ishtirokchilarning elektron shaklda oʻtkaziladigan xarid tartib-taomillarida ishtirokini soddalashtirilgan koʻrinishda tashkil etish yuzasidan takliflarni;
2023-yil 1-martga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda 2023 — 2027-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi davlat xaridlari sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish strategiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM bilan birgalikda har yilning yakuniga koʻra Yagona yetkazib beruvchilar reyestridagi roʻyxatni qayta koʻrib chiqadi hamda uni doimiy tarzda yangilab boradi;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
2026-yil 1-yanvardan boshlab tovarlar boʻyicha budjet buyurtmachisi oʻzi joylashtirgan reja-jadvallarga mahalliy ishlab chiqaruvchilarning biriktirilgan ofertalarini oʻrganib chiqib, oʻz talablari va ehtiyojlariga mos kelgan ofertani tanlaydi, ofertadagi tovarning texnik parametrlari mos kelmaganda davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilining boshqa turlaridan foydalanishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qaror bilan joriy etilayotgan tartibning mazmun-mohiyati va ahamiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisod va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-may,
276-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qaroriga ILOVA
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) muvofiq davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
avans toʻlovi — qonunchilikda belgilangan tartibda davlat buyurtmachisi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan, davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini oʻz ichiga olgan moliyaviy mablagʻlar summasi;
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
vositachilik yigʻimi — davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlari uchun undiriladigan yigʻim;
zakalat — korporativ buyurtmachi tomonidan elektron doʻkon yoki boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlar toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash hamda xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari tomonidan oʻzlarining takliflarini taʼminlash usuli;
davlat buyurtmachisi — davlat xaridlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya — vakolatli organ tomonidan shikoyatlarni adolatli, tezkor va samarali koʻrib chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat organlari, davlat xaridlari elektron tizimining operatorlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda tuziladigan komissiya;
davlat xaridlarining reja-jadvali — davlat buyurtmachisi tomonidan yil va chorak davomida xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni nazarda tutuvchi hujjat;
davlat xaridlarining elektron tizimi — elektron davlat xaridlari jarayonidagi xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazishda davlat xaridlarining subyektlari hamkorligini taʼminlaydigan tashkiliy, axborotga oid va texnik yechimlarning dasturiy majmui;
davlat xaridlari elektron tizimining operatori (keyingi oʻrinlarda — operator) — davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatadigan, vakolatli organ tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli yuridik shaxs;
lot — turli belgilari boʻyicha guruhlashtirilgan (foydalanish, texnik va funksional xususiyatlariga koʻra) bir xil turdagi tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) jamlanmasi sifatida davlat buyurtmachisi tomonidan belgilangan va alohida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha xarid predmeti hisobalandigan miqdoriy qism;
shaxsiy kabinet — elektron davlat xaridlarida ishtirok etishni hamda zarur axborotni joylashtirishni va undan foydalanishni taʼminlaydigan, davlat xaridlari subyektlari, xarid komissiyasining masʼul kotibi, xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlarining maxsus axborot portalidagi va (yoki) davlat xaridlarining elektron tizimidagi individual sahifasi;
elektron taklif — eng yaxshi takliflarni tanlash va tender tartib-taomilida qatnashish uchun xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi oʻz shaxsiy kabineti orqali elektron koʻrinishda yuboradigan taklif;
qadam oʻlchovi — boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksionning boshlangʻich va/yoki oʻzidan oldingi xarid qilish tartib-taomili ishtirokchisining narxini pasaytirishning foiz koʻrinishida belgilanadigan intervali;
hisob-kitob-kliring palatasi (keyingi oʻrinlarda — HKKP) — avans toʻlovlarini deponentlash va ularni hisobga olish yoʻli bilan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha majburiyatlarni bajara oladigan xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari elektron davlat xaridlariga kirishini taʼminlovchi davlat xaridlari elektron tizimining tarkibiy boʻlinmasi.
3. Korporativ buyurtmachilar 2022-yil 1-iyuldan boshlab davlat xaridini amalga oshirishda ushbu Nizomning 7-bobiga muvofiq hadli kelishuv tartib-taomilidan ham foydalanishi mumkin.
4. Davlat buyurtmachisining davlat xaridlariga tayyorgarligi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
maxsus axborot portalida davlat xaridlarining reja-jadvallarini joylashtirish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun avans toʻlovlarini kiritish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 27 va 28-moddalari.
davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat xaridlari oʻtkazilishi haqidagi eʼlonlarni joylashtirish;
maxsus axborot portalida davlat buyurtmachisi oʻzi bilan affillangan shaxslar haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish.
5. Davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallarini maxsus axborot portalida joylashtirish tartibi va muddatlari Qonunning 29-moddasiga asosan belgilanadi.
Davlat buyurtmachilari davlat xaridlarining yillik va choraklik reja-jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Bunda xarid qilish tartib-taomili oʻtkazilishidan kamida uch ish kuni oldin davlat xaridlari reja-jadvallariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
6. Davlat xaridlarining reja-jadvali quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
xarid predmeti;
xarid predmetining miqdori va narxi;
xarid oʻtkaziladigan oy;
davlat buyurtmachisining nomi va manzili;
xarid predmetini moliyalashtirish manbalari va muddatlari;
tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish joyi (manzili).
61. Budjet buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga tovarlar boʻyicha reja-jadvallar joylashtirilgan paytda ushbu maʼlumotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomat ravishda elektron xabarnoma orqali yuboriladi.
Bunda elektron xabarnoma kelib tushgan paytdan eʼtiboran savdolar boshlanguniga qadar tovarlar ishlab chiqaruvchilarining tegishli tovarlar boʻyicha ofertalari reja-jadvallarga biriktiriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
7. Davlat buyurtmachisi bilan manfaatlar toʻqnashuviga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisi (keyingi oʻrinlarda — ishtirokchi) boʻlishi mumkin emas.
2-bob. Elektron davlat xaridlarini oʻtkazishning umumiy shartlari
8. Elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun:
korporativ buyurtmachi va ishtirokchilar operatorning vositachilik yigʻimini va tomonlarning zakalatini (bundan xarid komissiyasi tomonidan zakalat toʻlash talabi belgilamagan hollar mustasno);
budjet buyurtmachisi operatorning vositachilik yigʻimini HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazadilar.
Budjet buyurtmachisi elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun zakalatni HKKPga oʻtkazishi talab etilmaydi.
9. Davlat buyurtmachisi va ishtirokchilar elektron davlat xaridlaridagi ishtiroklarini elektron raqamli imzolardan (keyingi oʻrinlarda — ERI) foydalangan holda amalga oshiradi. Davlat buyurtmachisi va ishtirokchining ERIdan foydalanib davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tuzgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalari haqiqiy hisoblanadi.
10. Budjet buyurtmachilari eʼlon yoki oferta boʻyicha Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) tomonidan band qoʻyilgan summasining, shuningdek, ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida operatorning vositachilik yigʻimi summasining yetarli miqdori mavjud boʻlgan taqdirda, elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
11. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar, ularning HKKPdagi hisobvaraqlarida davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining vositachilik yigʻimi va tomonlarning zakalati summasini toʻlash uchun yetarli boʻlgan avans toʻlovini oʻtkazgandan soʻng elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.
12. Budjet buyurtmachisi tomonidan shaxsiy kabinet orqali auksion, tanlash va tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilib yoki elektron doʻkonda ishtirokchining ofertasi tanlanib, davlat xaridlarining elektron tizimi elektron davlat xaridlari yakunlariga koʻra tuziladigan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda kerakli summaga band qoʻyish toʻgʻrisidagi axborotni DMBATdan olgandan soʻng ushbu eʼlonni yoki tanlangan oferta boʻyicha narxlar soʻrovi mexanizmini faollashtiradi.
13. Auksion ishtirokchisi zakalati boshqa ishtirokchi tomonidan undan koʻra pastroq narxdagi taklif berilgunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Elektron doʻkon ishtirokchilarining zakalati gʻolib aniqlangunga qadar operator tomonidan band qilib qoʻyiladi.
Elektron doʻkon va auksion oʻtkazishda korporativ buyurtmachi va davlat xaridlari ijrochisining (keyingi oʻrinlarda — ijrochi) kiritgan zakalatlari shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.
14. Korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlariga:
elektron doʻkonda ishtirok etishdan oldin ishtirokchining ofertasi qiymatining 3 foizi miqdorida;
auksionda ishtirok etishdan oldin auksionning boshlangʻich narxidan 3 foiz miqdorida zakalat oʻtkazadilar.
15. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash yoki tender oʻtkazishda ishtirokchilar tomonidan zakalat kiritish zarurati hamda kiritiladigan zakalat miqdori xarid komissiyasi tomonidan belgilanadi. Ishtirokchilarning zakalati operator tomonidan gʻolib aniqlangunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Tanlash yoki tender gʻolibining zakalati shartnoma tuzilguniga qadar band qilib qoʻyiladi. Bunda gʻolib shartnoma tuzishni rad etgan taqdirda, unga zakalat summasi qaytarib berilmaydi va mazkur mablagʻlar operator tomonidan davlat buyurtmachilarining tegishli hisobvaragʻiga (budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvaragʻiga) oʻtkazib beriladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 09/23/734/0002-son)
Tanlash yoki tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ijrochining kiritgan zakalati shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyiladi.
Zakalat miqdori tanlashni oʻtkazishda tovar (ish, xizmat) qiymatining 3 foizidan, tender oʻtkazishda esa 5 foizidan oshmagan holda belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda xarid komissiyasi ishtirokchilarga nisbatan takliflarning garov yoki kafolat tarzida yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usulda taʼminlanishi zarurligi toʻgʻrisidagi talabni belgilashga haqli.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 09/23/734/0002-son)
16. Operator tomonidan davlat buyurtmachisi va ishtirokchilardan undiriladigan vositachilik yigʻimi miqdori vakolatli organ tomonidan belgilanadi va barcha operatorlar uchun yagona hisoblanadi.
17. Operator hisob-kitoblarni tashkil etish, hisobini yuritish, hamda korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilarning shartnomaviy majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida operatorga xizmat koʻrsatuvchi bankda HKKP uchun alohida ikkilamchi bank hisobvaragʻini ochadi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 306-sonli qarori tahririda)
Operator shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini taʼminlash va alohida hisobini yuritish boʻyicha korporativ buyurtmachilar va ishtirokchilar uchun HKKPda alohida hisobvaraq ochadi.
18. Moliya vazirligi budjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma boʻyicha majburiyatlari bajarilishi hisobini yuritish va taʼminlash maqsadida operator uchun Moliya vazirligining axborot tizimida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari ochadi va unga ushbu hisobvaraqlardagi mablagʻlarni boshqarish uchun ruxsat beradi.
Operator budjet buyurtmachilariga hisobni alohida-alohida yuritish va shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash uchun HKKPda hisobvaraqlar ochadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 306-sonli qarori tahririda)
19. Davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik rejimda quyidagilarni amalga oshiradi:
davlat buyurtmachisi va ishtirokchiga kiritilgan avans summasiga muvofiq har bir lot boʻyicha elektron davlat xaridlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;
elektron davlat xaridlarini oʻtkazish;
ishtirokchilarni aniqlash va shartnomani shakllantirish;
elektron davlat xaridlari ishtirokchilarining takliflarini Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi maʼlumotlar bazalariga integratsiyalashuvi orqali baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar bilan davlat buyurtmachisi va xarid komissiyasini taʼminlaydi;
(19-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
20. Operatorlar maʼlumotlar bazalarining elektron hamkorligi orqali Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan elektron hujjatlar aylanmasini hamda davlat xaridlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan axborot almashinuvini taʼminlaydi.
21. Elektron davlat xaridlarining yakuniga koʻra davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda namunaviy shakl asosida shartnoma shakllantiriladi va shartnoma tomonlarining shaxsiy kabinetlariga yuboriladi, shuningdek, tuzilgan shartnomalar elektron reyestriga kiritish orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
22. Operator tuzilgan shartnomalar boʻyicha axborotni Moliya vazirligi va operatorning maʼlumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.
23. Moliya vazirligi shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni qabul qilgandan soʻng budjet buyurtmachilarining shartnomalarini bir ish kuni mobaynida avtomatik tartibda DMBATda roʻyxatdan oʻtkazadi yoki hisobga oladi, shuningdek, elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma summasini HKKPga oʻtkazib beradi.
Budjet buyurtmachisi tanlash yoki tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlaridan foydalanmagan holda amalga oshiradi. Bunda oldindan toʻlov shartlari shartnomada nazarda tutiladi.
24. Korporativ buyurtmachilar elektron doʻkon yoki auksion natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni toʻliq hajmda amalga oshirish uchun ushbu shartnoma davlat xaridlarining elektron tizimida roʻyxatga olingan paytdan boshlab oʻn ish kuni mobaynida oʻzlarining HKKPdagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadilar. Bunda zakalat shartnoma boʻyicha toʻlov summasiga qoʻshib hisoblanishi mumkin.
Korporativ buyurtmachilar tanlash yoki tender natijasida tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni HKKPdagi shaxsiy hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshirishi mumkin.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 734-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 09/23/734/0002-son — 2023-yil 2-apreldan kuchga kiradi)
25. Agarda korporativ buyurtmachi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnomada belgilangan muddatda toʻlovni amalga oshirmasa, uning zakalati bir ish kunida ijrochining HKKPdagi tegishli hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
26. HKKP davlat buyurtmachisidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tushgan toʻlov summasini band qilib qoʻyadi va mablagʻlar tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan bu haqida ijrochiga xabarnoma yuboradi.
Mazkur xabarnoma ijrochiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
27. Ijrochi HKKP tomonidan mablagʻ tushganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilishidan oldin tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib bergan taqdirda, davlat buyurtmachisi tomonidan qabul qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlov amalga oshirilmasligi bilan bogʻliq xatarlar ijrochining zimmasida boʻladi.
28. Korporativ buyurtmachi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq qabul qilganidan keyin uch ish kuni mobaynida bu toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining shaxsiy kabinetidan foydalangan holda operatorga yuborishga majbur.
29. Budjet buyurtmachisi elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) toʻliq qabul qilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida bu toʻgʻrisidagi axborotni budjet tashkilotlarining hisobi va hisobotlari avtomatlashtirilgan tizimining dasturiy kompleksi orqali DMBATga kiritishga va yuborishga majbur.
30. DMBAT budjet buyurtmachisining shartnoma asosida tovarni (ishni, xizmatni) qabul qilganligi toʻgʻrisidagi axborotni olgandan keyin uni bir ish kuni mobaynida maʼlumotlar bazalarining elektron almashinuvi orqali operatorga yuboradi.
31. Operator tovarlar (ishlar, xizmatlar) elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha toʻliq hajmda yetkazilganligi haqidagi maʼlumotni olgandan soʻng bir ish kuni davomida:
elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va DMBATga yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng bir ish kuni davomida budjet buyurtmachilarining pul mablagʻlarini ijrochiga yuboradi;
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 306-sonli qarori tahririda)
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 734-sonli qaroriga asosan 2023-yil 2-apreldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 09/23/734/0002-son)
elektron toʻlov topshiriqnomasini shakllantiradi va operatorga xizmat koʻrsatuvchi bankka yuboradi, u esa toʻlov topshiriqnomasini olgandan soʻng bir ish kuni mobaynida korporativ buyurtmachilarning mablagʻlarini ijrochiga yuboradi;
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 306-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
ijrochining zakalatiga qoʻyilgan bandni bekor qiladi va tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga qaytaradi;
zakalatni banddan yechadi va korporativ buyurtmachining tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga qaytaradi, bundan zakalat shartnoma boʻyicha toʻlash summasiga qoʻshib hisoblangan hollar mustasno;
elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilganligi haqidagi maʼlumotni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
32. Operator tanlash yoki tender natijasida shartnoma tuzilganidan soʻng bir ish kuni davomida zakalatni banddan yechadi va uni ijrochining tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga qaytaradi.
Korporativ buyurtmachi tomonidan oʻtkazilgan tanlash yoki tenderda ishtirokchilar va ijrochi tomonidan kiritilgan zakalat shartnoma tuzilganidan soʻng operator tomonidan bir ish kuni davomida banddan yechiladi va ularning tegishli shaxsiy hisobvaragʻiga qaytariladi.
Agar tanlash yoki tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida ijrochining kiritgan zakalati shartnoma boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilgan yoki belgilangan tartibda bekor qilingunga qadar band qilib qoʻyilishini nazarda tutuvchi talab belgilangan boʻlsa, zakalat ushbu talablar bajarilgunga qadar banddan yechilmaydi.
33. Elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib berish muddati tugagandan soʻng tovarlar (ishlarni, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi maʼlumot mavjud boʻlmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi bir ish kuni mobaynida avtomatik rejimda davlat buyurtmachisi va Moliya vazirligini xabardor qiladi.
34. Davlat buyurtmachisi tomonidan elektron doʻkon yoki auksion orqali tuzilgan shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi maʼlumot taqdim qilinmaganda, HKKP ushbu shartnoma boʻyicha tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan soʻng:
budjet buyurtmachilarning shartnoma boʻyicha mablagʻlariga sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki shartnoma bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;
korporativ buyurtmachi tomonidan ushbu shartnoma boʻyicha kiritilgan mablagʻlardan bandni bekor qiladi, bundan zakalat summasi mustasno;
korporativ buyurtmachi va ijrochining zakalatiga sud yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki shartnoma bekor qilingunga qadar band qoʻyadi;
bajarilmagan shartnomalar boʻyicha maʼlumotlarni Moliya vazirligiga yuboradi.
35. HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va (yoki) tegishli hisobvaraqqa oʻtkazishni amalga oshiradi.
Bunda HKKP ijrochining zakalati budjet buyurtmachisiga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazishni amalga oshiradi.
36. Operatorning vositachilik yigʻimi davlat xaridlarining yakunlariga koʻra bitimning haqiqiy summasidan kelib chiqib davlat buyurtmachisi va ishtirokchining avans toʻlovlaridan davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan ushlab qolinadi.
37. Ishtirokchilarning va korporativ buyurtmachilarning bandi bekor qilingan mablagʻlari ularning topshiriqlariga asosan boshqa elektron davlat xaridlarida avans toʻlovlari sifatida foydalanilishi mumkin yoki ularga xizmat koʻrsatadigan banklardagi hisobvaraqlariga qaytariladi.
371. Davlat buyurtmachilari xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) birinchi navbatda new.cooperation.uz portalida roʻyxatdan oʻtgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda oʻrganadi. Bunda davlat xaridlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlar new.cooperation.uz portalida mavjud boʻlmagan taqdirdagina portal maʼlumotnomasi asosida davlat xaridlarining elektron tizimi orqali xarid qiladi.
(371-bank Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
3-bob. Elektron doʻkon
1-§. Elektron doʻkon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishning umumiy shartlari
38. Elektron doʻkon vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 5-bobi hamda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
39. Elektron doʻkon vositasidagi davlat xaridi Qonunning 49-moddasida belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Budjet buyurtmachisi tomonidan elektron doʻkon orqali tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatoriga muvofiq guruhlashtirilgan ayni bir turdagi tovarlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravarigacha amalga oshirilishi mumkin.
Budjet buyurtmachisi tomonidan elektron doʻkon orqali tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) milliy klassifikatoriga muvofiq guruhlashtirilgan ayni bir turdagi ishlarning, xizmatlarning davlat xaridi bir moliya yili davomida bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravarigacha (korporativ buyurtmachilar uchun — bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravarigacha) amalga oshirilishi mumkin.
40. Ishtirokchi tomonidan elektron doʻkonda joylashtirilgan taklifda Qonunning 50-moddasida qayd etilgan maʼlumotlar va tovarni yetkazib berish muddati koʻrsatiladi.
Ishtirokchi elektron doʻkonda oʻzi joylashtirgan axborotning ishonchliligi boʻyicha javobgar boʻladi.
2-§. Elektron doʻkon orqali davlat xaridlarini amalga oshirish
41. Elektron doʻkon orqali davlat xaridlari narxlar soʻrovi mexanizmidan foydalangan holda Qonunning 51-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
42. Narxlar soʻrovi mexanizmi davlat buyurtmachisiga oʻxshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan ishtirokchilardan pastroq narxni soʻrash imkoniyatini taqdim etadigan davlat xaridlarining elektron tizimi funksiyasidan iborat.
Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
43. Agar narx soʻrovi mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan summa davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan summadan 20 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ofertaning summasi va oʻzi tomonidan taklif etilgan summaning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Bunda ofertaning summasi:
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshmaydigan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshgan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravaridan oshmasligi kerak.
Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu takliflar davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
44. Ijrochi va ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumot (ularning nomi, STIR, taklif summalari) gʻolib aniqlangan paytda davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettiriladi.
45. Davlat buyurtmachilari elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) oʻrtasida amalga oshirishi mumkin.
Bunda elektron doʻkonning qoʻshimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
buyurtmachi elektron doʻkonda “milliy doʻkon” yacheykasini tanlaydi;
davlat xaridlarining elektron tizimi buyurtmachi joylashgan hudud boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning (ishni bajaruvchilarning, xizmat koʻrsatuvchilarning) takliflari joylashtirilgan qoʻshimcha sahifani ochadi.
“Milliy doʻkon” yacheykasining “qidiruv” tugmasidan foydalanilganda davlat xaridlarining elektron tizimi buyurtmachi joylashgan hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) tomonidan yetkazib beriladigan tovarni (ishni, xizmatni) qidiradi.
46. “Milliy doʻkon” orqali xaridlarni amalga oshirishda davlat xaridlarining elektron tizimi narxlar soʻrovi mexanizmini faqat buyurtmachi joylashgan hududdagi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ishni bajaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchilar) orasida yuborilishini taʼminlaydi.
4-bob. Auksion
1-§. Auksion vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishning umumiy shartlari
47. Auksion vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 6-bobi va ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Auksion vositasidagi davlat xaridi Qonunning 52-moddasida belgilangan mezonlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
2-§. Auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirish
49. Auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmachisi maxsus axborot portali orqali davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat xaridlarining reja-jadvaliga muvofiq auksion tugaydigan sanadan kamida besh ish kuni avval eʼlonni joylashtiradi.
50. Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda Qonunning 53-moddasida belgilangan maʼlumotlar boʻlishi kerak.
51. Auksion davlat buyurtmachisining eʼlonida bayon etilgan talablarni inobatga olgan holda oʻtkaziladi.
52. Auksion davlat xaridlarining elektron tizimida boshlangʻich narxni qadam-baqadam pasaytirish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qadam oʻlchovi operator tomonidan vakolatli organ bilan kelishilgan holda belgilanadi, lekin auksionning boshlangʻich narxining 3 foiz miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Bunda bir ishtirokchi belgilangan qadam oʻlchovi miqdorida boshlangʻich narxni ketma-ket bir necha bor pasaytirish huquqiga ega.
53. Davlat xaridlarining elektron tizimi budjet buyurtmachisining eʼlonini u joylashtirilgan vaqtdan va Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimidan maʼlumotlar almashinuvi orqali mablagʻlar mavjudligi haqidagi tasdigʻi olingandan soʻng faollashtiradi va ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni boshlaydi.
54. Agar taklif narxi davlat buyurtmachisi tomonidan berilgan boshlangʻich narxdan past va/yoki boshqa ishtirokchining taklif qilgan narxidan past boʻlsa, davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni taʼminlaydi.
Auksionni oʻtkazish chogʻida ishtirokchilar auksion boshlangan paytdan eʼtiboran va u tamom boʻladigan paytga qadar butun muddat ichida narx boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Auksion uni oʻtkazish haqidagi eʼlonda koʻrsatilgan muddatda (sana va vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan soʻng oʻn daqiqadan kam boʻlmagan vaqtda tugagan deb hisoblanadi.
Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan takliflarni qabul qilish muddati oxirgi taklif olingandan soʻng yana oʻn daqiqaga uzaytiriladi.
Ishtirokchilarning nomi va ular bilan bogʻlanishga doir maʼlumotlar auksion gʻolibi aniqlanmaguniga qadar davlat xaridlarining elektron tizimida aks ettirilmaydi.
Agar auksion mobaynida ishtirokchi tomonidan taklif qilingan narx boshlangʻich narxdan 20 va undan ortiq foizga past boʻlsa, ishtirokchi boshlangʻich narx va oʻzi tomonidan taklif etilgan narxning farqi miqdoridagi qoʻshimcha zakalatni oldindan kiritishi shart. Bunda boshlangʻich narx:
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshmaydigan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan;
bazaviy hisoblash miqdorining ikki ming besh yuz baravaridan oshgan hollarda qoʻshimcha zakalat summasi bazaviy hisoblash miqdorining bir ming baravaridan oshmasligi kerak.
Qoʻshimcha zakalat mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu takliflar davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
541. Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi.
(541-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
55. Auksion orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlarni yetkazib berish muddati ularning miqdoridan, hajmidan, noyobligidan, ishlab chiqarishga va (yoki) respublika hududiga import qilishga ketadigan vaqtidan va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yetti kundan kam boʻlmasligi kerak. Bunda yetkazib beruvchi tovarlarni shartnomada belgilangan muddatdan oldin yetkazib berishi mumkin.
56. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksion oʻtkazilmagan deb hisoblanadi va gʻolib aniqlanmaydi. Davlat buyurtmachisi auksionni uch ish kuniga uzaytirishi yoki xaridni Qonun va mazkur Nizom talablariga muvofiq elektron doʻkon (belgilangan mezonlar doirasida) yoki eng yaxshi takliflarni tanlash orqali amalga oshirishi mumkin.
561. Budjet buyurtmachilari auksionning qoʻshimcha sahifasidan foydalangan holda tovarlarning davlat xaridlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida shartnoma qiymati bilan bogʻliq cheklovlarsiz amalga oshirishi mumkin.
Auksionning qoʻshimcha sahifasidan foydalanish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
budjet buyurtmachisi auksionda “mahalliy auksion” yacheykasi orqali savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni kamida ikki ish kuniga joylashtiradi;
davlat xaridlarining elektron tizimi davlat buyurtmachilari tomonidan tovarlar boʻyicha auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon joylashtirilgan paytda eʼlon maʼlumotlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga avtomatik ravishda elektron xabarnoma orqali yuboradi.
(561-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
5-bob. Tanlash
1-§. Tanlash vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari
57. Tanlash vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 7-bobi va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tanlash elektron shaklda oʻtkaziladi.
58. Tanlash vositasidagi davlat xaridi Qonunning 56-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
2-§. Tanlashni oʻtkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish
59. Tanlashni oʻtkazishda xarid komissiyasi Qonunning 20 va 57-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
60. Xarid komissiyasining masʼul kotibi:
ishtirokchilarning takliflarini tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarining rasmiylashtirish talablariga mos kelishi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;
tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini davlat xaridlarining elektron tizimiga kiritadi.
61. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
62. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun xarid komissiyasining aʼzolari va masʼul kotibining muloqot qilish imkoniyati davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yopiq chat orqali taʼminlanadi.
63. Davlat xaridlarining elektron tizimidagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyasining har bir aʼzosi, shu jumladan, uning raisi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash boʻyicha javobgar boʻladi.
64. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, tanlashni oʻtkazish jarayoni davlat buyurtmachisi tomonidan yangi xarid komissiyasi raisi tayinlanguniga qadar toʻxtatiladi.
65. Xarid komissiyasining har bir aʼzosi oʻzining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Belgilangan muddatlarda xarid komissiyasi aʼzosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan boʻyin tovlagan taqdirda, u ovoz berishdan bosh tortgan deb tan olinadi. Xarid komissiyasi raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi ovoz berishdan bosh tortishga haqli emas.
3-§. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ishlab chiqish va tanlash oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish
66. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng davlat buyurtmachisining mutaxassislari yoki tanlashni tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul shaxs tomonidan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shartnoma va tanlashni oʻtkazish haqidagi eʼlonning matni ishlab chiqiladi.
67. Tanlash taklifining texnik va narx qismi boʻyicha davlat buyurtmachisining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
68. Davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning tanlash takliflarini baholash usulini (eng past narx usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida tanlash takliflarini baholash uchun qoʻllaniladigan ballarning boshlangʻich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan oʻtmagan ishtirokchi tanlashdan chetlatiladi.
69. Tanlash taklifining texnik qismi uchun miqdoriy yoki miqdoriy boʻlmagan (ekspert) koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
70. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari namunaviy shakllarini toʻldirishda miqdoriy (oʻlchov birligini belgilagan holda) va miqdoriy boʻlmagan (ekspert) mezonlar xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
71. Ball usulidan foydalanganda tanlash taklifining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining tanlash taklifi tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
72. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida majburiy boʻlgan mezonlar belgilanishi mumkin. Bunda tanlash taklifining majburiy etib belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tanlashning har qanday bosqichida chetlatishga olib keladi.
Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
73. Davlat buyurtmachisi tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi.
74. Xarid komissiyasi tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarining majlisda yoki masofadan turib Qonun talablariga muvofiqligini koʻrib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:
tanlash takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tanlash takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tanlash takliflari qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezonlarining nisbiy qiymati;
tanlash taklifini taʼminlash hajmi va shakli.
75. Tanlashni oʻtkazish haqida qaror tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari xarid komissiyasi tomonidan kelishilganidan soʻng qabul qilinadi.
76. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng xarid komissiyasi tomonidan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari qayta kelishilishi kerak.
77. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.
78. Tasdiqlangan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shartnoma loyihasi, shuningdek, tanlash oʻtkazish haqidagi eʼlon tanlash ishtirokchilarining takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin davlat buyurtmachisi tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
79. Zarur boʻlgan hollarda davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi qarori bilan tanlash takliflarini berish muddatini uzaytirishi yoki tanlash ishtirokchilariga tanlash takliflarining amal qilish muddatini maʼlum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
4-§. Tanlashda ishtirok etish uchun taklifini berish tartibi
80. Tanlash oʻtkazilganda ishtirokchilar tanlash boʻyicha elektron takliflarni oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
81. Ishtirokchining tanlash taklifining ajralmas qismi boʻlgan elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan namunaviy shakllar asosida taqdim etiladi. Davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tanlash taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.
82. Tanlash taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.
Bunda ishtirokchilarning tanlash takliflari davlat xaridlarining elektron tizimidagi namunaviy shakllarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchining tanlash taklifidagi maʼlumotlar biriktirilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga mos kelishi kerak.
83. Tanlash takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular ishtirokchilar, shuningdek, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
84. Tanlash ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tanlash taklifini berishga haqli.
85. Tanlash ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot (maʼlumot) va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligi uchun javob beradi.
86. Tanlash ishtirokchisi taqdim etilgan tanlash takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tanlash taklifini chaqirib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.
87. Joylashtirilgan eʼlonda koʻrsatilgan muddat va vaqtda davlat xaridlarining elektron tizimi tanlash takliflarini qabul qilishni toʻxtatadi.
Tanlash ishtirokchisi tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan davlat buyurtmachisiga ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli.
Davlat buyurtmachisi soʻrov tushgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida ushbu soʻrovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini oʻzgartirmasligi kerak.
Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlash takliflarining taʼminlanishi zarurligi belgilagan taqdirda, ishtirokchi tanlash takliflari yuborilguniga qadar taʼminotning maqbulligini tasdiqlash toʻgʻrisida ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday soʻrovga bir ish kuni ichida javob beradi.
5-§. Tanlash natijalarini sarhisob qilish
88. Tanlash xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda oʻtkazilganda davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi.
89. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan fayllar uning tanlash taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlariga mos boʻlishi hamda davlat xaridlarining elektron tizimidagi toʻldirilishi majburiy boʻlgan elektron maydonlar toʻldirilishi kerak.
90. Davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narxni boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi. Biriktirilgan fayllardagi maʼlumotlarning ishtirokchining tanlash taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
91. Agar tanlash taklifi Qonunning va tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari talablariga muvofiq boʻlsa, u tegishli tarzda rasmiylashtirilgan deb topiladi. Tanlash taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi boʻyicha xarid komissiyasi masʼul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Ishtirokchining tanlash taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qaror, ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Tanlash gʻolibini aniqlash uchun tanlash takliflarini baholash tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi.
92. Tanlash takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasining masʼul kotibi tanlash ishtirokchilaridan ularning tanlash takliflari yuzasidan tushuntirishlar soʻrashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda oʻtkaziladi.
93. Tanlash taklifi tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari bilan belgilangan muddat mobaynida kuchda qoladi.
94. Tanlash taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
95. Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
951. Tanlash takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga mahalliylashtirish darajasiga mutanosib ravishda qoʻshimcha ball beriladi.
Bunda qoʻshimcha ballar ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballarning 15 foizidan hisob-kitob qilinadi.
Mahalliylashtirish darajasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
Davlat xaridlari elektron tizimi ishlab chiqaruvchiga beriladigan qoʻshimcha ballarni avtomatik ravishda hisoblaydi va elektron bayonnomada qayd etadi.
Agar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan narx taklifi boshqa ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxning 15 foizidan yuqori boʻlsa, qoʻshimcha ballar berilmaydi.
Qoʻshimcha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
QB = TB * 15 % * MD,
bu yerda:
QB — qoʻshimcha ballar;
TB — ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballar;
MD — mahalliylashtirish darajasi (foizda).
(951-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 159-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2025-y., 09/25/159/0250-son)
952. Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi.
(952-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
96. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda:
tanlash taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);
tanlash takliflarining texnik qismini baholash natijalariga koʻra tanlashda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) gʻolib sifatida aniqlaydi.
Tanlash takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa, eng past narx taklif etgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Tanlash takliflarini eng past narx usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa, texnik qismi boʻyicha eng maqbul taklifni bergan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Zaxiradagi gʻolibni aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
97. Tanlash takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalari davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda shakllangan dastlabki elektron bayonnomada qayd etiladi va tanlash oʻtkazish boʻyicha xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan ERIdan foydalangan holda imzolanadi.
Bunda dastlabki elektron bayonnomada quyidagi axborot boʻlishi kerak:
tanlash takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt;
xarid komissiyasi aʼzolarining va tanlash ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi;
tanlash takliflari koʻrib chiqilgan tanlash ishtirokchilari;
xar bir tanlash taklifini baholash natijalarining yoyilmasi;
tanlash takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan va asoslangan holda rad etilgan tanlash ishtirokchilari;
tanlash gʻolibi toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida maʼlumot;
tanlash gʻolibining nomi (yuridik shaxslar uchun), F.I.O. (jismoniy shaxslar uchun), joylashgan joyi (pochta manzili).
98. Dastlabki elektron bayonnoma u rasmiylashtirilgan kunda davlat xaridlarining elektron tizimida muhokama qilish uchun ikki ish kuniga joylashtiriladi.
99. Tanlashning istalgan ishtirokchisi dastlabki elektron bayonnoma eʼlon qilinganidan soʻng davlat buyurtmachisiga tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha davlat xaridlarining elektron tizimi orqali eʼtirozlar yuborishga haqli.
100. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida xarid komissiyasining tegishli majlisi elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va davlat buyurtmachisi bilan gʻolib deb topilgan ishtirokchi oʻrtasida shartnoma tuziladi.
101. Tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha tanlash ishtirokchilaridan eʼtirozlar tushganda, xarid komissiyasi eʼtirozlarni ikki ish kuni ichida koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
102. Davlat buyurtmachisi tomonidan xarid komissiyasiga taqdim etilgan muhokama natijalari toʻgʻrisidagi axborot asosida xarid komissiyasining tegishli majlisi elektron bayonnomasi rasmiylashtiriladi va imzolangan kundan boshlab uch ish kuni ichida davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiriladi.
6-§. Tanlash natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
103. Tanlash natijalariga doir shartnoma tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va oʻzi bilan shartnoma tuzilayotgan tanlash ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan taklifda nazarda tutilgan shartlar asosida gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
104. Tanlashni oʻtkazish natijalariga koʻra shartnoma elektron shaklda tuziladi hamda shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
105. Buyurtmachilar tomonidan xodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etishni va xalqaro reytinglarni olishni nazarda tutuvchi xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazish majburiy hisoblanmaydi.
(105-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 159-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2025-y., 09/25/159/0250-son)
Bunda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish, tanlash ishtirokchilari tomonidan takliflarni berish, tanlash ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash, gʻolib va zaxira gʻolibni aniqlash, tanlash natijalarini rasmiylashtirish Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Tender
1-§. Tenderni oʻtkazish shartlari
106. Tender vositasidagi davlat xaridlari Qonunning 8-bobiga, ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tender elektron shaklda oʻtkaziladi.
107. Tender vositasidagi davlat xaridi Qonunning 64-moddasida belgilangan shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi.
2-§. Tenderni oʻtkazishda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish
108. Tenderni oʻtkazishda xarid komissiyasi Qonunning 20 va 65-moddalarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va tarqatib yuboriladi.
109. Xarid komissiyasining masʼul kotibi:
ishtirokchilarning takliflarini tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini rasmiylashtirish talablariga mos kelishi boʻyicha tekshirishni amalga oshiradi va tekshirish natijalarini xarid komissiyasiga koʻrib chiqish uchun taqdim qiladi;
tasdiqlangan mezonlar boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash natijalarini davlat xaridlarining elektron tizimida joylashtiradi.
110. Davlat buyurtmachisi xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga oʻz vazifalarini amalga oshirish uchun davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
111. Xarid komissiyasining vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish uchun xarid komissiyasining aʼzolari va masʼul kotibining muloqot qilish imkoniyati davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yopiq chat orqali taʼminlanadi.
112. Davlat xaridlarining elektron tizimidagi shaxsiy kabinetga birinchi marotaba kirilayotganda xarid komissiyasining har bir aʼzosi, shu jumladan, uning raisi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari bilan affillanganlik xususiyatiga ega aloqalar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni kiritishi shart. Operator xarid komissiyasi aʼzolari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash boʻyicha javob beradi.
113. Xarid komissiyasi raisining affillanganlik xususiyatiga ega aloqalari mavjud boʻlsa, tenderni oʻtkazish jarayoni davlat buyurtmachisi tomonidan xarid komissiyasining vaqtinchalik yangi raisi tayinlanguniga qadar toʻxtatiladi.
114. Xarid komissiyasining har bir aʼzosi oʻzining shaxsiy kabineti orqali ovoz berishda yoqlab ovoz berishi, qarshi ovoz berishi yoki unda ishtirok etishdan bosh tortishi mumkin. Belgilangan muddatlarda xarid komissiya aʼzosi shaxsiy kabineti orqali ovoz berishdan bosh tortgan taqdirda, uning ovozi betaraf sifatida qabul qilinadi. Xarid komissiya raisi yoki uning vazifasini bajaruvchi ovoz berishdan bosh tortishga haqli emas.
3-§. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ishlab chiqish va tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirish
115. Davlat buyurtmachisi tomonidan tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng davlat buyurtmachisining mutaxassislari yoki tenderni tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul shaxs tomonidan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shartnoma va tender oʻtkazish haqidagi eʼlonning matni ishlab chiqiladi.
116. Tender taklifining texnik va narx qismi boʻyicha davlat buyurtmachisining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun taklifning har bir qismini baholash ahamiyatiga qarab nisbiy qiymati belgilanadi.
117. Davlat buyurtmachisi ishtirokchilarning tender takliflarini baholash usulini (eng past narx usulini yoki ball usulini) va mezonlarini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun kiritadi. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida tender takliflarini baholash uchun qoʻllaniladigan ballarning boshlangʻich qiymatlari belgilanishi mumkin va ulardan oʻtmagan ishtirokchi tenderdan chetlatiladi.
118. Tender taklifining texnik qismi uchun miqdoriy yoki miqdoriy boʻlmagan (ekspert) koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda baholash mezonlari belgilanadi.
119. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining namunaviy shakllarini toʻldirishda miqdoriy (oʻlchov birligini belgilagan holda) va miqdoriy boʻlmagan (ekspert) mezonlar xarid komissiyasi bilan kelishilgan holda buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
120. Ball usulidan foydalanganda tender taklifining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymat belgilanishi mumkin. Eng past narx usulidan foydalanganda ishtirokchining taklifi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan talablarga mos kelishi yoki mos kelmasligini aniqlovchi mezonlar belgilanishi mumkin.
121. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida majburiy boʻlgan mezonlar belgilanishi mumkin. Bunda tender taklifining majburiyligi belgilangan mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchining davlat xaridlarining elektron tizimi orqali tenderning har qanday bosqichida chetlatilishiga olib keladi.
Bunda majburiy mezonlar belgilanishida Qonunning 34-moddasiga muvofiq ishtirokchilarga nisbatan raqobatni cheklovchi talablar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
122. Davlat buyurtmachisi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini kelishish uchun elektron shaklda xarid komissiyasiga kiritadi.
123. Xarid komissiyasi oʻzining majlisida yoki masofadan turib tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari loyihasining Qonun talablariga muvofiqligi boʻyicha koʻrib chiqadi va quyidagilarni belgilaydi:
tender takliflari qabul qilinadigan muddatlar;
tender takliflarini baholash usullari va mezonlari;
tender taklifi qismlarining va zarur hollarda texnik qismining har bir baholash mezoni boʻyicha nisbiy qiymati;
tender taklifini taʼminlash hajmi va shakli.
124. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari loyihasi unda belgilangan talablar bilan birga muhokamaga qoʻyiladi.
125. Xarid komissiyasi tomonidan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari loyihasi maʼqullangan holda tender oʻtkazish haqida qaror qabul qilinadi.
126. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari maʼqullanmagan hollarda ular qayta ishlash uchun qaytarib yuborilishi yoki xarid komissiyasi majlisida qayta ishlanishi mumkin.
127. Maʼqullangan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini davlat buyurtmachisi ERI bilan tasdiqlaydi.
128. Tasdiqlangan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon tender ishtirokchilaridan tender takliflarini qabul qilish muddati tugaydigan sanadan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat buyurtmachisi tomonidan joylashtiriladi.
129. Zarur boʻlgan hollarda davlat buyurtmachisi xarid komissiyasi qarori bilan tender takliflarini berish muddatini uzaytirishi yoki tender ishtirokchilariga tender takliflarining amal qilish muddatini maʼlum vaqtga uzaytirish taklifi bilan murojaat qilishi mumkin.
130. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida davlat buyurtmachisi har bir tovar (ish, xizmat) xarid qilish tartib-taomilining alohida birligi (lot) sifatida koʻrib chiqilishini eʼlon qilishi mumkin. Bu holatda davlat buyurtmachisi turli tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish uchun tenderning bir nechta ishtirokchisi bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bunda har bir lot uchun faqat bitta gʻolib aniqlanishi mumkin.
4-§. Tenderda ishtirok etish uchun taklif berish tartibi
131. Tender ishtirokchilari tender boʻyicha elektron takliflarni oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay taqdim etadilar.
132. Ishtirokchining tender taklifini tashkil etuvchi elektron hujjatlar operator tomonidan belgilangan namunaviy shakllar asosida taqdim etiladi. Davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtirilgan tender taklifi ishtirokchi tomonidan tasdiqlanadi.
133. Tender taklifi bilan birgalikda ishtirokchilar eskizlar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar va boshqa hujjatlarni fayl sifatida joylashtirishlari mumkin.
Bunda ishtirokchilarning tender takliflari davlat xaridlarining elektron tizimida namunaviy shakllarga muvofiq hujjatlarni biriktirish orqali taqdim etiladi. Ishtirokchining tender takliflarida koʻrsatilgan maʼlumotlar biriktirilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga mos kelishi kerak.
134. Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar ular tender ishtirokchilari, shuningdek, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu takliflarni taqdim etgan ishtirokchi mustasno. Mazkur talabning bajarilishiga operator javobgar hisoblanadi.
135. Tender ishtirokchisi bitta lotga faqat bitta tender taklifini berishga haqli.
136. Tender ishtirokchisi taqdim etilayotgan axborot (maʼlumot) va hujjatlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligi uchun javob beradi.
137. Tender ishtirokchisi tender takliflarini berish muddati tugaguniga qadar berilgan tender taklifini qaytarib olishga yoki unga oʻzgartirishlar kiritishga haqli.
138. Joylashtirilgan eʼlonda koʻrsatilgan muddat va vaqtda davlat xaridlarining elektron tizimi tender takliflarini qabul qilishni toʻxtatadi.
139. Tender takliflari tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan muddatda oʻz kuchida qoladi.
140. Tender ishtirokchisi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlaridagi talablarni tushuntirish talabi bilan davlat buyurtmachisiga ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli.
141. Davlat buyurtmachisi soʻrov tushgan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida ushbu soʻrovga ochiq elektron chat orqali tushuntirish yuborishi shart. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining qoidalariga doir tushuntirishlar ularning mazmun-mohiyatini oʻzgartirmasligi kerak.
142. Davlat buyurtmachisi tomonidan tender takliflarining taʼminlanishi zarurligi belgilagan taqdirda, ishtirokchi tender takliflari yuborilguniga qadar taʼminotning maqbulligini tasdiqlash toʻgʻrisida ochiq elektron chat orqali soʻrov yuborishga haqli. Davlat buyurtmachisi bunday soʻrovga bir ish kuni ichida javob beradi.
5-§. Tender natijalarini sarhisob qilish
143. Tender xarid komissiyasi tomonidan belgilangan muddatda oʻtkazilganda davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni koʻrish imkoniyatini beradi.
144. Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan hujjatlar uning tender taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlariga mos boʻlishi hamda davlat xaridlarining elektron tizimidagi toʻldirilishi majburiy boʻlgan elektron maydonlar toʻldirilgan boʻlishi kerak.
145. Davlat xaridlarining elektron tizimi ishtirokchi taklif etgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan hujjatlarning mavjudligini tekshiradi. Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan toʻldirilmagan maydonlar mavjud boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan hujjatlar mavjud boʻlmasa, davlat xaridlarining elektron tizimi aniq sababni koʻrsatgan holda ishtirokchining tender taklifini rad etadi. Biriktirilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning ishtirokchining tender taklifida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish xarid komissiyasining masʼul kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
146. Tender takliflarini baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
tender taklifining tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatilgan talablarga mos ravishda rasmiylashtirilganligini tekshirish;
ishtirokchining malaka talablarga (tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa) muvofiqligini baholash;
tender taklifining texnik qismini baholash;
tender taklifining narx qismini baholash.
Bunda davlat xaridlarining elektron tizimi tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan soʻng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini taʼminlaydi.
147. Tender taklifi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha xarid komissiyasi masʼul kotibining qarori uning asoslangan sabablari bilan xarid komissiyasi tomonidan tasdiqlanishi lozim.
148. Ishtirokchining tender taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qaror ushbu qaror qabul qilingan kunda ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
149. Tender gʻolibini aniqlash uchun tender takliflarini baholash tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan mezonlar va usul asosida amalga oshiriladi.
150. Tender takliflarini baholash vaqtida xarid komissiyasi masʼul kotibi tender ishtirokchilaridan ularning tender takliflari yuzasidan tushuntirishlar soʻrashga haqli. Mazkur jarayon elektron shaklda oʻtkaziladi.
151. Tender taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
152. Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini baholash va taqqoslash xarid komissiyasi tomonidan ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
1521. Davlat xaridlarining elektron tizimi elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi. Bunda korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlarida preferensiyalar qoʻllanmaydi.
(1521-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
153. Miqdor koʻrsatkichlariga asoslangan mezonlarni baholashda:
tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida koʻrsatkichlarning eng kam va eng koʻp qiymatlari belgilanishi mumkin;
miqdor koʻrsatkichlari eng kam va eng koʻp hisobga olinadigan qiymatlari oraligʻida boʻlgan ishtirokchilar uchun ball koeffitsiyenti uning miqdor koʻrsatkichining eng kam va eng koʻp hisobga olinadigan qiymatlarining farqiga boʻlgan nisbatini aniqlash orqali hisoblanadi;
agar maʼlum bir mezon boʻyicha ishtirokchining miqdor koʻrsatkichi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq eng kam hisobga olinadigan qiymatdan kam boʻlsa, ishtirokchiga eng kam ball qoʻyiladi;
agar maʼlum bir mezon boʻyicha ishtirokchining miqdor koʻrsatkichi eng koʻp hisobga olinadigan qiymatdan yuqori boʻlsa, uning koʻrsatkichi eng koʻp hisobga olinadigan qiymatdan qay darajada yuqoriligidan qatʼi nazar unga ushbu mezon boʻyicha eng yuqori ball beriladi;
miqdoriy yoki miqdoriy boʻlmagan (ekspert) mezonni baholash davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan ballni ushbu mezonning hisobga olinadigan qiymatiga koʻpaytirish orqali avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
154. Xarid qilinayotgan tovarning (ishning, xizmatning) oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib xarid komissiyasi ishtirokchilarga shartnomani bajarish uchun zarur professional va texnik malaka maʼlumotlariga, kasbiy va texnik kompetensiyaga, moliyaviy resurslarga, jihozlarga va boshqa moddiy imkoniyatlarga, boshqaruv malakasiga, ishonchlilikka, tajribaga va obroʻga, shuningdek, inson resurslariga ega ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qoʻshimcha mezon va talablarni belgilash huquqiga ega.
Bunda ishtirokchilarni kamsitishga, savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berishga, raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan mezonlarni, talablarni va tartib-taomillarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
155. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida tender ishtirokchisining malaka talablariga mos kelishini tasdiqlovchi hujjatlarning davlat xaridlarining elektron tizimiga biriktirilishi nazarda tutilishi mumkin. Davlat buyurtmachisi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilmagan mezonlar boʻyicha ishtirokchining malakasini baholashga yoki tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.
1551. Tender takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan takliflarga mahalliylashtirish darajasiga mutanosib ravishda qoʻshimcha ball beriladi.
Bunda qoʻshimcha ballar ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballarning 15 foizidan hisob-kitob qilinadi.
Mahalliylashtirish darajasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq aniqlanadi.
Davlat xaridlari elektron tizimi ishlab chiqaruvchiga beriladigan qoʻshimcha ballarni avtomatik ravishda hisoblaydi va elektron bayonnomada qayd etadi.
Agar ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan narx taklifi boshqa ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxning 15 foizidan yuqori boʻlsa, qoʻshimcha ballar berilmaydi.
Qoʻshimcha ballar quyidagi formula asosida hisoblanadi:
QB = TB * 15 % * MD,
bu yerda:
QB — qoʻshimcha ballar;
TB — ishlab chiqaruvchi tomonidan toʻplangan ballar;
MD — mahalliylashtirish darajasi (foizda).
(1551-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 159-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2025-y., 09/25/159/0250-son)
156. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib davlat xaridlarining elektron tizimi avtomatik ravishda:
tender taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);
tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga koʻra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) gʻolib sifatida aniqlaydi.
Tender takliflarini ball usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa, eng past narx taklif etgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Tender takliflarini eng past narx usulidan foydalangan holda baholash natijasiga koʻra ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa, texnik qismi boʻyicha eng maqbul taklifni bergan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.
Zaxiradagi gʻolibni aniqlash mazkur bandda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
157. Xarid komissiyasi aʼzolari davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda shakllangan yigʻilishning elektron bayonnomalarini ERIdan foydalangan holda tasdiqlaydi. Elektron bayonnomadan koʻchirma davlat xaridlarining elektron tizimida avtomatik ravishda eʼlon qilinadi.
158. Tender takliflarini koʻrib chiqish va baholash bayonnomasida:
tender takliflari koʻrib chiqiladigan hamda baholanadigan sana va vaqt toʻgʻrisidagi;
hozir boʻlgan xarid komissiyasi aʼzolarining va tender ishtirokchilari vakolatli vakillarining tarkibi haqidagi;
tender takliflari koʻrib chiqilgan tender ishtirokchilari toʻgʻrisidagi;
xar bir tender takliflarini baholash natijalarining yoyilmasi haqidagi;
tender takliflari ularni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan va asoslangan holda rad etilgan tender ishtirokchilari haqidagi;
tender gʻolibi (zaxira gʻolibi) toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqidagi;
tender gʻolibining nomi (yuridik shaxs uchun), familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs uchun), joylashgan joyi (pochta manzili) haqidagi axborot boʻlishi kerak.
159. Davlat buyurtmachisi gʻolib boʻlgan taklif akseptiga qadar istalgan vaqtda tenderni bekor qilish huquqiga ega. Tender bekor qilingan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridlarining elektron tizimida mazkur qarorning asoslangan sabablarini eʼlon qiladi.
160. Davlat buyurtmachisi tender bekor qilinganligi uchun javobgar boʻlmaydi, bundan tender davlat buyurtmachisining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida bekor qilingan hollar mustasno.
6-§. Tender natijalari boʻyicha shartnoma tuzish
161. Tender natijalari boʻyicha shartnoma tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida va shartnoma tuzilayotgan tender ishtirokchisi tomonidan berilgan taklifda koʻrsatilgan shartlar asosida gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmasdan tuziladi.
162. Davlat buyurtmachisi tender shartlariga muvofiq qabul qilgan taʼminot summasi yoki taʼminotiga oid boshqa hujjatlar quyidagi holatlardan biri roʻy bergan taqdirda, ishtirokchiga yoki ijrochiga darhol qaytarilishini taʼminlaydi:
taklifni taʼminotiga oid hujjatning amal qilish muddati tugagan boʻlsa;
shartnomaning kuchga kirishi va ushbu shartnomaning bajarilishi taʼminlanishi, agar bunday taʼminlash davlat xaridi shartlarida talab etilsa;
davlat xaridlari bekor qilinsa;
takliflarni yuborishning oxirgi muddati tugaguniga qadar taklifning chaqirib olinishi, agar davlat xaridi shartlarida bunday qaytarib olishga yoʻl qoʻyilmasligi aytib oʻtilmagan boʻlsa.
163. Tender ishtirokchilari tender shartlari va tenderni oʻtkazish tartib-taomillari buzilgan holatlarda tender natijalaridan belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
164. Xarid komissiyasi davlat xaridlarining boshqa subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar uchun javobgar boʻlmaydi.
165. Xarid komissiyasining oʻz vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlari Qonunning 20-moddasiga asosan barcha ishtirokchilar uchun majburiy hisoblanadi.
166. Tender natijalari boʻyicha tuzilgan shartnoma elektron hujjat shaklida tuziladi va operator tomonidan Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
167. Buyurtmachilar tomonidan xodimlarni fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etishni va xalqaro reytinglarni olishni nazarda tutuvchi xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazish majburiy hisoblanmaydi.
(167-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 159-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2025-y., 09/25/159/0250-son)
Bunda xarid komissiyasi faoliyatini tartibga solish, tender ishtirokchilari tomonidan takliflarni berish, tender ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish va baholash, gʻolib va zaxira gʻolibni aniqlash, tender natijalarini rasmiylashtirish Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Hadli kelishuv
1-§. Hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat xaridlarini amalga oshirish shartlari
168. Hadli kelishuv vositasidagi davlat xaridlari ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Budjet buyurtmachisi hadli kelishuv tartib-taomili orqali davlat xaridlarini amalga oshira olmaydi.
169. Hadli kelishuv ikki bosqichli xarid qilish tartib-taomili hisoblanib, uning birinchi bosqichi hadli kelishuvning tomoni sifatida kamida uchta ishtirokchini aniqlash, ikkinchi bosqichi esa hadli kelishuvning tomoni hisoblangan ishtirokchilardan biri bilan shartnoma tuzish uchun oʻtkaziladi.
170. Hadli kelishuv vositasidagi davlat xaridi quyidagi shartlar bir vaqtning oʻzida bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
gʻolibni aniqlash mezonlari tovarning (ishning, xizmatning) nafaqat pul bilan baholanishini, balki miqdoriy va sifat jihatidan baholanishini ham oʻz ichiga oladi;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir hadli kelishuv boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq miqdorni tashkil etadi;
muayyan (koʻpi bilan uch yilgacha) muddat davomida korporativ buyurtmachilar faoliyatida joriy ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish uzluksizligini taʼminlash zarurati yuzaga kelishi.
171. Xarid komissiyasi hadli kelishuvning ikkinchi bosqichida ishtirokchilarga nisbatan takliflarning garov, kafolat, zakalat tarzida taʼminlanishi zarurligi toʻgʻrisidagi talabni belgilashi mumkin.
2-§. Hadli kelishuvni amalga oshirish va natijalarini sarhisob qilish tartibi
172. Hadli kelishuvning birinchi bosqichi natijasiga koʻra ushbu bosqichdan oʻtgan kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuv imzolanadi.
173. Hadli kelishuvning amal qilish muddati uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak.
174. Hadli kelishuv toʻgʻrisidagi axborot u tuzilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi shart.
175. Hadli kelishuv orqali davlat xaridlarini amalga oshirishning birinchi bosqichida xarid komissiyasining faoliyatini, xarid qilish hujjatlarini ishlab chiqish va xarid qilish tartib-taomilini oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni joylashtirishni hamda xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish uchun taklif berishni tartibga solishda mazkur Nizomning 6-bobiga muvofiq tender oʻtkazish tartib-taomillari qoʻllaniladi.
Bunda birinchi bosqichda:
xarid hujjatlariga taklifning faqat texnik qismi taqdim etilishi, shuningdek, hadli kelishuv tuziladigan muddat davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) umumiy hajmi va boshlangʻich narxi doirasida yetkazib berishi lozimligi yuzasidan talablar kiritiladi;
ishtirokchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha narx takliflari taqdim etilmaydi.
176. Hadli kelishuv orqali davlat xaridlarini amalga oshirishda korporativ buyurtmachi xarid qilish hujjatlarida va xarid qilish tartib-taomillarini oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlonda kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuv tuzilishini nazarda tutishi hamda hadli kelishuv orqali davlat xaridlarini amalga oshirishning asoslovchi sabab va sharoitlarini bayon etishi shart.
Bunda xarid qilish hujjatlariga uning ajralmas qismi boʻlgan hadli kelishuv va shartnoma loyihalari ilova qilinadi.
177. Hadli kelishuv tuzish uchun takliflar berish muddati tugagan vaqtda ishtirokchilardan kamida uchta taklif olingan boʻlsa, ishtirokchilarning takliflari xarid komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ishtirokchi bunday takliflarni berish muddati tugaguniga qadar berilgan taklifni qaytarib olishga yoki unga oʻzgartishlar kiritishga haqli.
178. Hadli kelishuvning xarid qilish tartib-taomilida uchta ishtirokchidan kam ishtirokchi ishtirok etsa, yoki hech kim ishtirok etmagan boʻlsa, shuningdek, kamida uchta ishtirokchining takliflari xarid qilish hujjatlari talablariga mos kelmasa, xarid qilish tartib-taomili oʻtkazilmagan deb topiladi.
Bunday holda davlat buyurtmachisi xarid qilish tartib-taomilini ayni oʻsha shartlarda hamda tovarga (ishga, xizmatga) doir ayni oʻsha mezonlarga va talablarga muvofiq takroran amalga oshirishi shart.
Tovarga (ishga, xizmatga) doir baholash shartlari, mezonlarini va talablarni oʻzgartirish yoki hadli kelishuv tuzish boʻyicha talabni chiqarib tashlab tender oʻtkazish zarur boʻlganda, xarid komissiyasi asoslarni koʻrsatgan holda tegishli qarorni qabul qiladi.
179. Hadli kelishuv tartib-taomilining birinchi bosqichni baholash muddati takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ish kunidan oshishi mumkin emas.
180. Hadli kelishuv tartib-taomilining ikkinchi bosqichida korporativ buyurtmachi shartnomani tuzish uchun birinchi bosqichdan oʻtib, hadli kelishuv tuzilgan barcha ishtirokchilarga ishtirok etish uchun davlat xaridlarining elektron tizimi orqali narx soʻrovini yuboradi.
Bunda hadli kelishuv tuzilgan ishtirokchilar narx soʻrovida ishtirok etish toʻgʻrisidagi taklif davlat xaridlarining elektron tizimi tomonidan yuborilgan paytdan eʼtiboran kamida besh ish kuni ichida oʻz takliflarini berishga haqli.
181. Korporativ buyurtmachi tomonidan elektron tizim orqali narx soʻrovi yuborilishida birinchi bosqich natijasiga koʻra tuzilgan hadli kelishuvga havola, tovarning (ishning, xizmatning) ayni vaqtda talab etiladigan hajmi, takliflarni yuborishning oxirgi muddati belgilanishi lozim.
182. Takliflarni yuborishning oxirgi muddati yakunlanganidan soʻng davlat xaridlari elektron tizimi hadli kelishuv tuzilgan ishtirokchilarning narx takliflarini baholaydi va gʻolibni aniqlaydi.
Bunda hadli kelishuv tuzilgan ishtirokchilarning narx takliflari birinchi bosqichda korporativ buyurtmachi tomonidan belgilangan boshlangʻich narx doirasida boʻlishi lozim.
183. Har bir oʻtkaziladigan narx soʻrovi va yakuniy baholash natijasiga koʻra faqat bitta gʻolib aniqlanadi va xarid qilish hujjatlarida va gʻolib deb topilgan ishtirokchining taklifida koʻrsatilgan shartlar asosida oʻn ish kunidan kechiktirmasdan shartnoma tuziladi.
184. Hadli kelishuv asosida tuzilgan shartnoma u tuzilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi shart.
8-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan davlat xaridlari
1-§. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi
185. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha davlat xaridlari Qonunning 71-moddasida belgilangan hollarda amalga oshirilishi mumkin.
186. Davlat buyurtmachilari toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni shartnoma tuzilgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirishi shart, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 71-moddasining ikkinchi qismi va 72-moddasining ikkinchi qismi.
187. Toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborot maxsus axborot portaliga joylashtirilmagan boʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 71-moddasining uchinchi qismi.
188. Davlat buyurtmachisi ushbu paragrafda nazarda tutilgan davlat xaridlarini amalga oshirish chogʻida xarid qilish tartib-taomillarining boshqa raqobatli turlaridan ham Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq foydalanishi mumkin.
189. Agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida tovarning (ishning, xizmatning) davlat xaridini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida amalga oshirishga ruxsat berilsa, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdorigacha boʻlgan shartnoma va shartnomaga oid qoʻshimcha kelishuvlar Kompleks ekspertiza qilish markazida kompleks ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
2-§. Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi
190. Yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridi Qonunning 72-moddasida belgilangan hollarda amalga oshiriladi.
3-§. Yagona yetkazib beruvchilar bilan shartnoma tuzish
191. Yagona yetkazib beruvchilardan xaridni amalga oshirish uchun davlat buyurtmachilari yagona yetkazib beruvchilar reyestridan (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) foydalanadi.
192. Yagona yetkazib beruvchidan tovar (ish, xizmat) olish zarur boʻlgan taqdirda, yetkazib beruvchi hamda davlat buyurtmachisi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi va bu shartnoma toʻgʻrisidagi axborot u tuzilgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida maxsus axborot portaliga joylashtirilishi lozim.
4-§. Yagona yetkazib beruvchilar reyestrini yuritish
193. Yagona yetkazib beruvchilar reyestri vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan axborot resursidir.
194. Yagona yetkazib beruvchilar reyestri yagona yetkazib beruvchidan davlat xaridini amalga oshirish uchun ruxsat etilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati va yagona yetkazib beruvchilar roʻyxatidan iboratdir.
195. Reyestrda kontragent mavjud boʻlmasa, davlat buyurtmachisi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomani tuzishga haqli emas.
(197-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(198-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(199-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(200-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(201-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(202-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(203-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(204-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
(205-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2025-y., 09/25/102/0159-son)
9-bob. Davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan Shartnomalarning yagona reyestri
206. Shartnomalarning yagona reyestri vakolatli organ tomonidan davlat xaridlarining elektron tizimidan foydalangan holda yuritiladi.
207. Shartnomalarning yagona reyestri elektron doʻkon, auksion, tanlash, tender, hadli kelishuv natijalari va toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar, shu jumladan, yagona yetkazib beruvchidan amalga oshirilgan xaridlar yakunlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq tuzilgan boshqa davlat xaridlari toʻgʻrisidagi shartnomalar boʻyicha shakllantiriladi.
208. Elektron doʻkon, auksion, tanlash, tender va hadli kelishuv orqali tuzilgan shartnomalar davlat xaridlarining elektron tizimida roʻyxatga olinganidan soʻng avtomatik rejimda Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
209. Toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat buyurtmachisi tomonidan maxsus axborot portaliga kiritilgandan soʻng avtomatik rejimda axborot shakllantiriladi va Shartnomalarning yagona reyestriga kiritiladi.
210. Shartnomalarning yagona reyestriga Qonunning 47-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼlumotlar kiritiladi.
211. Shartnomalarning yagona reyestridagi axborot tanishib chiqish uchun bepul va ochiq boʻlishi kerak.
212. Maxsus axborot portali va DMBAT oʻrtasidagi maʼlumotlar bazasi elektron hamkorligi orqali davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan Shartnomalarning yagona reyestri boʻyicha onlayn maʼlumot almashinuvi amalga oshiriladi.
213. Qaysi shartnomalar toʻgʻrisidagi axborot Shartnomalarning yagona reyestriga kiritilmagan boʻlsa, oʻsha shartnomalar boʻyicha toʻlovlar amalga oshirilmaydi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
214. Davlat xaridlarini rasmiylashtirish, tuzilgan shartnomalar boʻyicha hisob-kitob qilish, shartnomaviy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shikoyatlarni, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish hamda xarid qilish tartib-taomillarining davlat nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
215. Xarid qilish tartib-taomili natijasi boʻyicha tuzilgan shartnomaning quyidagi muhim shartlarini:
tovarni (ishni, xizmatni) oʻzgartirishga;
tovarning (ishning, xizmatning) sifatini va assortimentini oʻzgartirishga;
tovarning miqdorini va bahosini oshirishga;
yetkazib berish muddatini uzaytirishga (bundan fors-major holatlar mustasno);
amalga oshirilishi lozim boʻlgan qoʻshimcha ishlar va xizmatlar qiymatini shartnoma boʻyicha uning umumiy boshlangʻich summasining 10 foizidan koʻp boʻlgan summaga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻgʻridan-toʻgʻri tuzilgan shartnomalarning muhim shartlarini oʻzgartirish boʻyicha ushbu shartnoma shartlariga muvofiq qoʻshimcha kelishuv tuzilishi mumkin.
216. Davlat buyurtmachisi va davlat xaridlarining elektron tizimi operatori tomonidan xarid qilish tartib-taomiliga oid barcha hujjatlar belgilangan muddatlarda saqlanishi lozim.
217. Davlat buyurtmachilari qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi, shartnomalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilishi va shartnoma boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun, shuningdek, maxsus axborot portaliga joylashtirilgan maʼlumotlarning, vakolatli davlat organlariga taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga va hujjatlarning qogʻoz va elektron shaklining oʻzaro muvofiqligiga javob beradi.
Operatorlar oʻz majburiyatlarining lozim darajada bajarilishi, shu jumladan, davlat buyurmachilari va ishtirokchilar oldidagi toʻlov majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi.
(217-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi 306-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
218. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Elektron doʻkon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish
Elektron doʻkonga oʻz ofertasini oʻn besh ish kuniga joylashtiradi.
Ixtiyoriy ravishda
2-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Elektron doʻkonda ishtirokchilarning ofertalarini oʻrganish yoʻli bilan oʻzi uchun zarur boʻlgan tovarni (ishni, xizmatni) tanlaydi va narx soʻrovi mexanizmidan foydalanadi.
Ixtiyoriy
3-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchiga, shuningdek, elektron doʻkonda oʻxshash tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) taklif etayotgan barcha ishtirokchilarga narxlar soʻrovi mexanizmini amalga oshirgan holda xarid qilish tartib-taomilida ishtirok etish toʻgʻrisida takliflarni yuboradi.
Avtomatik ravishda
4-bosqich
Takliflarni olgan ishtirokchi
Narxlar soʻrovida ishtirok etish toʻgʻrisida taklif tushgandan soʻng oʻz takliflarini berishi mumkin.
Qirq sakkiz soat ichida
5-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Ishtirokchilar tomonidan berilgan narx boʻyicha takliflarni taqqoslashni amalga oshiradi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno).
2. Davlat buyurtmachisi tomonidan tanlangan ishtirokchining ofertasida bayon etilgan shartlarga muvofiq hamda ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan eng past narxda shartnomani shakllantiradi.
3. Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi.
4. Agar xarid qilish tartib-taomilining yakuniga koʻra faqat tanlab olingan ofertani taklif qilgan ishtirokchigina ishtirok etgan boʻlsa, davlat buyurtmachisi va ishtirokchi oʻrtasida elektron shaklda savdolashish imkonini yaratadi va savdolar yakuniga koʻra shartnomani shakllantiradi yoki xarid qilish tartib-taomilini oʻtkazilmagan deb topadi.
Avtomatik ravishda
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish
Davlat xaridlarining elektron tizimiga davlat xaridlarining reja-jadvaliga muvofiq eʼlon joylashtiradi.
Ixtiyoriy ravishda
2-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Eʼlon joylashtirilgan vaqtdan eʼtiboran auksion boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini qabul qilishni boshlaydi.
Eʼlon joylashtirilgan vaqtdan boshlab kamida besh ish kuni davomida
3-bosqich
Ishtirokchi
Auksion davomida narx boʻyicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishi mumkin.
Eʼlonda koʻrsatilgan muddat davomida
4-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Auksion yakuniga koʻra berilgan takliflar orasida eng past narxni taklif qilgan ishtirokchini auksion gʻolibi sifatida saralab oladi hamda u va davlat buyurtmachisi oʻrtasidagi shartnomani shakllantiradi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno).
2. Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga kiritadi.
3. Agar auksionda bir nafar ishtirokchi ishtirok etgan boʻlsa yoki hech kim ishtirok etmagan boʻlsa, auksionni oʻtkazilmagan deb hisoblanadi.
Avtomatik ravishda
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Eng yaxshi takliflarni tanlash vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish
1. Toq sonli va kamida besh nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.
2. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
3. Tanlash oʻtkazish haqidagi eʼlon, tanlash boʻyicha xarid qilish hujjati loyihasi matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Xarid komissiyasi
Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi.
Zaruratga koʻra
3-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.
Zaruratga koʻra
4-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Tasdiqlangan tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tanlash oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida besh ish kuni oldin
5-bosqich
Ishtirokchi
Tanlash boʻyicha elektron taklifni oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Tanlash taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.
2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.
Tanlash takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar
7-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tanlash takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolariga koʻrish imkoniyatini beradi.
Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol
2. Tanlash taklifi tegishli tarzda rasmiylashtirilganligi yoki rasmiylashtirilmaganligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
9-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Ishtirokchining tanlash taklifi talablarga mos kelmaganligi toʻgʻrisidagi qarorni ishtirokchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Qaror qabul qilingan kunda
10-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tanlash taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno).
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
11-bosqich
Xarid komissiyasi
Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
12-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Tanlash boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib:
tanlash taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);
tanlash takliflarining texnik qismini baholash natijalariga koʻra tanlashda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) gʻolib sifatida aniqlaydi.
2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan boʻlsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tanlash taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini gʻolib deb topadi.
3. Tanlash takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan dastlabki elektron bayonnomada qayd etadi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
13-bosqich
Xarid komissiyasi aʼzolari
Dastlabki elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
14-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Dastlabki elektron bayonnomani muhokama uchun joylashtiradi.
Dastlabki bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran ikki ish kunida
15-bosqich
Xarid komissiyasi
1. Agar ikki ish kuni ichida tanlash ishtirokchilari tomonidan tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha eʼtirozlar tushmagan boʻlsa, bu toʻgʻrisida tegishli elektron bayonnomani rasmiylashtiradi.
2. Tanlash oʻtkazish natijalari boʻyicha tanlash ishtirokchilaridan eʼtirozlar tushganda ushbu eʼtirozlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran oʻn ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
16-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Gʻolib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.
Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida
17-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.
Avtomatik ravishda
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Tender vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish
1. Toq sonli va kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.
2. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
3. Tender oʻtkazish haqidagi eʼlonning, tender boʻyicha xarid qilish hujjatining va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Xarid komissiyasi
Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi.
Zaruratga koʻra
3-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Xarid komissiyasi bilan kelishilgan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.
Zaruratga koʻra
4-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Tasdiqlangan tender boʻyicha xarid qilish hujjatlari, shuningdek, tender oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin
5-bosqich
Ishtirokchi
Tender taklifini elektron taklif koʻrinishida oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Tender taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.
2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.
Tender takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar
7-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning tender takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolariga koʻrish imkoniyatini beradi.
2. Tender taklifining malaka, texnik va narx qismlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar tender taklifining oldingi qismi baholanishi yakunlangandan soʻng ketma-ketlik bilan oshkor qilinishini taʼminlaydi.
Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol
2. Tender taklifi tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
9-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tender taklifining miqdoriy koʻrsatkichlarini, shu jumladan, narx qismini baholaydi. Bunda elektrotexnika mahsulotlarining davlat xaridlarida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda uchta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz, ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz, bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz miqdorida import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan preferensiya hisoblaydi (korporativ buyurtmachilar tomonidan tijorat maqsadlarida qayta sotish yoki shu maqsadlarda tovarlardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun amalga oshiriladigan davlat xaridlari bundan mustasno).
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
10-bosqich
Xarid komissiyasi
Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
11-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Tender boʻyicha xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlardan kelib chiqib:
tender taklifining texnik va narx qismlarini baholashni hisobga olgan holda eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini (ball usulidan foydalanganda);
tender takliflarining texnik qismini baholash natijalariga koʻra tenderda ishtirok etishni davom ettirishga ruxsat berilgan ishtirokchilar orasidan eng past narxni taklif etgan ishtirokchini (eng past narx usulidan foydalanganda) gʻolib sifatida aniqlaydi.
2. Ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar bir xil ball toʻplagan boʻlsa (ball usulidan foydalanganda) yoki bir xil narx taklif qilgan boʻlsa (eng past narx usulidan foydalanganda), tender taklifini barchadan oldin joylashtirgan ishtirokchini gʻolib deb hisoblaydi.
3. Tender takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan elektron bayonnomada qayd etadi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
12-bosqich
Xarid komissiyasi aʼzolari
Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
13-bosqich
Davlat buyurtmachisi
Gʻolib deb topilgan ishtirokchi bilan elektron shaklda shartnoma tuzadi.
Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida
14-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.
Avtomatik ravishda
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Hadli kelishuv vositasida davlat xaridlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Korporativ buyurtmachisi
1. Toq sonli va kamida yetti nafar aʼzodan iborat tarkibda xarid komissiyasini tuzadi.
2. Xarid komissiyasining har bir aʼzosiga va masʼul kotibiga davlat xaridlarining elektron tizimida shaxsiy kabinet ochadi.
3. Hadli kelishuv orqali xaridlarni amalga oshirish haqidagi eʼlonning, xarid qilish hujjatlarining, hadli kelishuv va shartnoma loyihasining matnini ishlab chiqadi va xarid komissiyasiga kelishish uchun elektron shaklda kiritadi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Xarid komissiyasi
Xarid qilish hujjatlarini qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqadi va kelishadi.
Zaruratga koʻra
3-bosqich
Korporativ buyurtmachisi
Xarid komissiyasi bilan kelishilgan xarid qilish hujjatlarini ERI bilan tasdiqlaydi.
Zaruratga koʻra
4-bosqich
Korporativ buyurtmachisi
Xarid qilish hujjatlari, hadli kelishuv va shartnoma loyihasi, shuningdek, hadli kelishuv orqali xaridlar oʻtkazish haqidagi eʼlonni davlat xaridlarining elektron tizimiga joylashtiradi.
Takliflarini qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻn ikki ish kuni oldin va koʻpi bilan oʻttiz ish kuni oldin
5-bosqich
Ishtirokchi
Hadli kelishuv taklifini elektron taklif koʻrinishida oʻzining shaxsiy kabineti orqali taqdim etadi.
Eʼlonda koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay
6-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Hadli kelishuv taklifi ishtirokchilar, xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolari va boshqa shaxslar tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻymaydi, bundan ushbu taklifni taqdim etgan ishtirokchi mustasno.
2. Ishtirokchi taklif etayotgan narxning boshlangʻich narxga muvofiqligini va elektron maydonlarning toʻldirilganligini hamda biriktirilgan fayllarning mavjudligini tekshiradi.
3. Ishtirokchi tomonidan taklif etilayotgan narx boshlangʻich narxdan yuqori boʻlsa, shuningdek, toʻldirilishi majburiy boʻlgan maydonlar toʻldirilmagan boʻlsa yoki biriktirilishi majburiy boʻlgan fayllar mavjud boʻlmasa, rad etish sababini koʻrsatgan holda ishtirokchining taklifini rad etadi.
Hadli kelishuv takliflarini ochish muddati yetib kelgunga qadar
7-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Ishtirokchilar tomonidan joylashtirilgan va ularning hadli kelishuv takliflarini tashkil etuvchi elektron hujjatlarni xarid komissiyasi masʼul kotibi va aʼzolariga koʻrish imkoniyatini beradi.
Takliflarni qabul qilish muddati tugagandan soʻng darhol
2. Hadli kelishuv taklifi xarid qilish hujjatlarining talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi boʻyicha qarorni uning asoslangan sabablari bilan tasdiqlash uchun xarid komissiyasiga kiritadi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
10-bosqich
Xarid komissiyasi
Miqdor koʻrsatkichlariga ega boʻlmagan taklifning texnik qismining mezonlari (ekspert mezonlari) boʻyicha ishtirokchilarning takliflarini ovoz berish orqali taqqoslashni amalga oshiradi va baholaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
11-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
1. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilarni aniqlaydi.
2. Xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan ishtirokchilarning soni uchtadan kam boʻlgan taqdirda, hadli kelishuv boʻyicha xarid qilish tartib-taomilini boʻlib oʻtmagan deb hisoblaydi.
3. Hadli kelishuv takliflarini koʻrib chiqish hamda baholash natijalarini avtomatik ravishda shakllanadigan birinchi bosqichning elektron bayonnomasida qayd etadi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
12-bosqich
Xarid komissiyasi aʼzolari
Elektron bayonnomani ERIdan foydalangan holda imzolaydi.
Takliflar berish tugagan paytdan eʼtiboran qirq besh ishkunidan koʻp boʻlmagan muddatda
13-bosqich
Korporativ buyurtmachi
Hadli kelishuv tartib-taomilining birinchi bosqichi natijalariga koʻra xarid qilish hujjatlarida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlgan kamida uch nafar ishtirokchi bilan hadli kelishuvni imzolaydi.
Gʻolib aniqlangan vaqtdan boshlab oʻn ish kunida
14-bosqich
Korporativ buyurtmachi
1. Hadli kelishuv tartib-taomilining ikkinchi bosqichida korporativ buyurtmachi shartnomani tuzish uchun birinchi bosqichdan oʻtib, hadli kelishuv tuzilgan barcha ishtirokchilarga ishtirok etish uchun davlat xaridlarining elektron tizimi orqali narx soʻrovini yuboradi.
2. Narx soʻrovi va yakuniy baholash natijalariga koʻra aniqlangan gʻolib bilan hadli kelishuvning umumiy summasi va amal qilish muddati doirasida shartnoma tuzadi.
Hadli kelishuvning amal qilish muddati doirasida
15-bosqich
Davlat xaridlarining elektron tizimi
Tuzilgan shartnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Shartnomalarning yagona reyestriga joylashtiradi.