1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 9-fevralda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari]
Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) (bundan buyon matnda Bola huquqlari bo‘yicha vakil deb yuritiladi) mansabdor shaxs bo‘lib, u davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyati bilan bola huquqlarini himoya qilishning mavjud shakllarini va vositalarini to‘ldiradi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchiligini takomillashtirishga va uni xalqaro huquq normalariga muvofiqlashtirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi, fuqarolarning bola huquqlari sohasidagi huquqiy madaniyatini oshirishga yordamlashadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini mustaqil ravishda hamda davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga hisobdordir.
LexUZ sharhi
Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PF-6275-son “Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.03 Oliy Majlis Senati Raisi va uning o‘rinbosarlari;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.03 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakilga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil guvohnomadan o‘z vakolatlari muddati mobaynida foydalanadi.
3-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatining huquqiy asoslari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiradi.
4-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy prinsiplari
Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, mustaqillik, adolatlilik, insonparvarlik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, xolislik, ochiqlik, bola huquqlarining ustuvorligidan iboratdir.
5-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga nomzodga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.01.00.00 Umumiy qoidalar]
Saylanish kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga saylanishi mumkin.
6-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilni saylash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.03.00 Saylovlar. Saylov tizimi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.01 Oliy Majlis Senati vakolati;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining Bola huquqlari bo‘yicha vakilni saylash to‘g‘risidagi qarori palatalarning majlislarida tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senati a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining majlislarida ko‘rib chiqilganidan keyin palatalarning ushbu masala yuzasidan qabul qilingan qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga qonunda belgilangan tartibda yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 9-avgustdagi 2406-IV-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining reglamenti.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining vakolatlari muddati tugagach, yangi Bola huquqlari bo‘yicha vakil saylanguniga qadar o‘z vazifalarini bajarishni davom ettirib turadi.
7-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilni lavozimidan muddatidan ilgari ozod qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.02.00 Fuqarolikka ega bo‘lish va bekor qilinishi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.07.00 Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb tan olish va o‘lgan deb e’lon qilish]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimidan quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan muddatidan ilgari ozod qilinishi mumkin:
u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida ariza bergan taqdirda;
uning sog‘lig‘i holati barqaror tarzda buzilgan va bu tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan xulosa bilan tasdiqlangan taqdirda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
u qonunga ko‘ra Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatiga nomuvofiq bo‘lgan lavozimga saylangan yoki tayinlangan taqdirda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda;
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotgan taqdirda;
u vafot etgan taqdirda.
8-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga nomuvofiq bo‘lgan faoliyat
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.03 Kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil siyosiy partiyaga a’zolikni yoki unda ishtirok etishni o‘z vakolatlari muddatiga to‘xtatib turishi yoxud tugatishi shart. Bola huquqlari bo‘yicha vakil ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
9-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning huquqlarini, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning sha’ni va obro‘siga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakilga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoitlar kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilish qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki boshqa tarzdagi javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish maqsadida Bola huquqlari bo‘yicha vakilga hech bir tarzda ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan, uning ishiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan, Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
2-bob. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
10-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot;
4.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
5.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.05.00 Ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, manyovrlangan uy-joy fondi uylari, nogironlar, veteranlar, yolg‘iz qariyalar uchun internat uylari, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar);
6.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi;
7.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini bajarish strategiyasini va bola huquqlari masalalari bo‘yicha boshqa hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
bolalar hamda ularning qonuniy vakillari o‘rtasida bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni tushuntirish;
bola huquqlari va Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyati haqidagi xalqaro hamda milliy normalar qoidalarini targ‘ib qilish;
aholining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari bo‘yicha huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish;
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi holatini o‘rganish;
bola huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tatbiq etish masalalarini o‘z vakolatlari doirasida o‘rganish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatida bola huquqlarining ta’minlanishini hamda himoya qilinishini monitoring qilish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, bolaning buzilgan huquqlari va qonuniy manfaatlari tiklanishiga ko‘maklashish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish va ularning himoya qilinish holati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor etish;
nogironligi bo‘lgan bolalar, shuningdek yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlaganidan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
tarbiya muassasalarini tamomlagan, uy-joyga muhtoj bo‘lgan yetim bolalarning, ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning aniq maqsadli kommunal turar joy fondidagi sanitariya, texnik normalarga hamda qonunchilikning boshqa talablariga javob beradigan turar joylar bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish;
bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga ko‘maklashish, bolaning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan normalarni qabul qilish, shu jumladan bola huquqlari va erkinliklari masalalariga oid xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;
voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasiga doir faoliyatda ishtirok etish;
davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining bola huquqlarini ta’minlash sohasidagi faoliyatini takomillashtirishga tavsiyalar va xulosalar berish orqali ko‘maklashish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-maydagi PQ-4736-sonli “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
11-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning daxlsizlik huquqi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.02 Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil daxlsizlik huquqidan foydalanadi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Bola huquqlari bo‘yicha vakilga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-maydagi PQ-4736-sonli “Bola huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilni majburiy keltirishga, ushlab turishga, shuningdek uning shaxsiy buyumlarini, yukini, transportini, turar joyini va xizmat xonasini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari;
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
4.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil quyidagi huquqlarga ega:
bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishini o‘rganish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda mansabdor shaxslardan o‘z vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalar yuzasidan statistik, tahliliy va boshqa axborotni hamda materiallarni so‘rab olish;
davlat organlarining ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqidagi xabarlarni vakolatli davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari bilan birgalikda tekshirish;
davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslariga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqida ogohlantirishlar yuborish;
davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
harakatlari yoki harakatsizligida bola huquqlari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnomalar kiritish;
bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi arizalar va da’volar bilan sudlarga murojaat etish;
bolaning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tiklash maqsadida sud jarayonlarida, shu jumladan yopiq sud majlislarida qonunda belgilangan hollarda va shakllarda ishtirok etish;
aholi o‘rtasida bola huquqlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
bola huquqlari masalalari bo‘yicha o‘quv dasturlari tayyorlashda ishtirok etish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan tadbirlar tashkil etish;
bola huquqlarini himoya qilishga doir ilmiy-amaliy, tahliliy ishlarni amalga oshirish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, olimlar hamda mutaxassislarni belgilangan tartibda, shu jumladan shartnoma asosida jalb qilish;
bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularni himoya qilish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga, shu jumladan ta’lim, tarbiya, tibbiyot muassasalariga, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga, tergov hibsxonalariga va tarbiya koloniyalariga moneliksiz kirish;
xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlariga, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlariga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan va xorijiy davlat hududida turgan bolaning huquqlarini himoya qilish haqida o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi xalqaro kelishuvlarga hamda boshqa shartnomalarga muvofiq so‘rovlar yuborish;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va ularning a’zoligiga kirish, shuningdek xorijiy davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlik qilish;
inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar, kelishuvlar tuzish, qo‘shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlarda, shu jumladanxalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatini amalga oshirishda:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalarni hal etishda bolaning manfaatlari ustuvorligini inobatga olgan holda harakat qilishi;
davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslarning o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
14-modda. Ogohlantirish
Bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi ogohlantirish Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga yozma shaklda e’lon qilinadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil mansabdor shaxsga ogohlantirish e’lon qilinganligi to‘g‘risida uning yuqori turuvchi organiga (mansabdor shaxsiga) xabar qilishga haqli.
15-modda. Taqdimnoma
Bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi taqdimnoma Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan vakolat berilgan rahbarlariga kiritiladi.
Taqdimnoma kechiktirmay ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan choralar to‘g‘risida Bola huquqlari bo‘yicha vakilga, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, o‘n besh kundan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilinishi lozim.
16-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning ma’ruzasi
Bola huquqlari bo‘yicha vakil har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishi holati haqida ma’ruza (bundan buyon matnda Bola huquqlari bo‘yicha vakilning ma’ruzasi deb yuritiladi) taqdim etadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning ma’ruzasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining majlislarida ko‘rib chiqish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning ma’ruzasini ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan qarorlar qabul qilingan taqdirda, mazkur qarorlar Bola huquqlari bo‘yicha vakilga yuboriladi.
3-bob. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning faoliyati
17-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatining ochiqligi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin bo‘lgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan manfaatdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘zining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va yangilab turadi, Bola huquqlari bo‘yicha vakilning ma’ruzasini hamda boshqa materiallarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z matbuot organini ta’sis etishi va boshqa matbuot nashrlarining hammuassisi bo‘lishi mumkin.
18-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning qonunchilikni takomillashtirishga doir faoliyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining faoliyati bilan bog‘liq masalalarga doir qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritishga haqli.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari majburiy tartibda Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishiladi.
19-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasida aholining huquqiy madaniyatini oshirishga doir faoliyati
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish);
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil aholining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari hamda normalari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish choralarini ko‘radi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vositalarini, usullarini va mexanizmlarini o‘rgatishga qaratilgan ma’rifiy hamda ta’lim dasturlarini, ilmiy-amaliy tadbirlar va seminarlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi.
20-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.04 Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.80.00 (Кучини йукотган) Bolalar uylari. Voyaga etmaganlar bilan ishlash;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.04.00 Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan ta’lim, tarbiya, tibbiyot muassasalariga, voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga, tergov hibsxonalariga va tarbiya koloniyalariga (bundan buyon matnda bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylar deb yuritiladi) muntazam kirib turish orqali bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylarga kirganida:
bolalarning soni haqida axborot oladi;
bolalarni saqlash va ular bilan muomalada bo‘lish shart-sharoitlarini o‘rganadi;
bolalar bilan, shuningdek bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylar ma’muriyatining xodimlari bilan uchrashuvlar va suhbatlar, shu jumladan xoli uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazadi. Bunda mazkur uchrashuvlar va suhbatlar jarayonining bayonnomasi yuritiladi, zarur bo‘lganda texnik vositalardan foydalaniladi;
bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylarda bolaning turishi qonuniy ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishadi va ularning ko‘chirma nusxalarini oladi;
bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylarning ma’muriyatidan bola, zarur bo‘lgan hollarda, tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishini, unga tibbiy, psixologik va boshqa yordam ko‘rsatilishini talab qiladi, mazkur tadbirlar o‘tkazilayotganda bolaning roziligi bilan hozir bo‘ladi;
bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylarning ma’muriyati rahbarlaridan mazkur joylarda turgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari yuzasidan tushuntirishlar oladi;
bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylar ma’muriyatining qonunga xilof harakatlariga (harakatsizligiga) chek qo‘yish uchun zudlik bilan choralar ko‘radi;
bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylar ma’muriyatining qonunga xilof harakatlari to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarni tegishli tartibda xabardor etadi va bu holatlar yuzasidan ko‘rilgan aniq choralar haqida bir oydan kechiktirmay o‘ziga axborot berilishini talab qiladi;
bolalarni saqlash shart-sharoitlari to‘g‘risida xulosa tuzadi va uni tegishli tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga yuboradi;
tegishli davlat organlariga ularning bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar kiritadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir faoliyatiga ko‘maklashish uchun Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan maxsus ekspert guruhi tuziladi. Maxsus ekspert guruhi to‘g‘risidagi nizom Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan tasdiqlanadi.
Maxsus ekspert guruhining tarkibi, qoida tariqasida, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari, yurisprudensiya, tibbiyot, psixologiya, pedagogika sohasida, shuningdek boshqa sohalarda kasbiy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil maxsus ekspert guruhi a’zolarining bolaga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olishga doir vazifalarini belgilaydi, shuningdek ularni bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan joylarga moneliksiz kirish huquqini beruvchi maxsus yo‘llanmalar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni.
21-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir faoliyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bola huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirishga, bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy institutlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga haqli.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.05.00.00 Aholi / 19.05.09.00 Inson huquqlarini xalqaro himoya qilish (qiynashni taqiqlash. Diskriminatsiya. Bolalar huquqini himoya qilish. Ayollar huquqini himoya qilish)]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasidagi xalqaro shartnomalari bajarilishi to‘g‘risida bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy institutlarning xabardorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning bajarilishiga doir ma’ruzalarini tayyorlashda ishtirok etadi.
22-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi vakilini (bundan buyon matnda Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili deb yuritiladi) tayinlaydi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakiliga Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan imzolanadigan guvohnoma beriladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili faoliyati Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili quyidagi huquqlarga ega:
tegishli hududda yashovchi jismoniy shaxslarning yoki tegishli hududda joylashgan yuridik shaxslarning, fuqarolik jamiyati institutlarining bola huquqlariga taalluqli murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, bolalarning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashish;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga va ularning mansabdor shaxslariga aniqlashtirilishi lozim bo‘lgan holatlar yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazishda ko‘maklashishni so‘rab murojaat qilish, shuningdek ulardan ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha hujjatlarni, materiallarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish;
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ularni himoya qilish sohasidagi axborot-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili:
o‘z faoliyati to‘g‘risida har chorakda Bola huquqlari bo‘yicha vakilga axborot taqdim etishi;
arz qiluvchiga va boshqa shaxslarga tegishli ma’lumotlarni ularning roziligisiz, murojaatlarni ko‘rib chiqish haqidagi axborotni Bola huquqlari bo‘yicha vakilning ruxsatisiz oshkor etmasligi shart.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili tegishli hududda bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi holati to‘g‘risida har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga ma’ruza taqdim etadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari Bola huquqlari bo‘yicha vakilning mintaqaviy vakili faoliyatiga ko‘maklashadi.
23-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning faoliyatiga ko‘maklashish
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar Bola huquqlari bo‘yicha vakilning faoliyatiga ko‘maklashish yuzasidan zarur choralarni ko‘radi.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli bo‘lgan, Bola huquqlari bo‘yicha vakil so‘ragan hujjatlar, materiallar hamda boshqa ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga doir so‘rovlari, xulosalari, takliflari va tavsiyalarini ko‘rib chiqishi hamda ko‘rib chiqish natijalari va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida uni belgilangan muddatlarda xabardor qilishi, shuningdek Bola huquqlari bo‘yicha vakilning qonuniy talablarini bajarishi shart.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan davlat organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
Faoliyati davlat siri va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga Bola huquqlari bo‘yicha vakilning kirishi tartibi, shuningdek davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni Bola huquqlari bo‘yicha vakilga taqdim etish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
4-bob. Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi
24-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil shikoyatlarni ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda, arizalar hamda takliflarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunidabelgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.
Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Bola huquqlari bo‘yicha vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil sudning vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.
Anonim murojaatlar Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining IV bobi.
25-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish shartlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil arz qiluvchiga bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lib qolgan paytdan e’tiboran yoki, agar arz qiluvchi bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan hamda qabul qilingan qarorlardan qanoatlanmagan bo‘lsa, o‘z shikoyati bo‘yicha oxirgi qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran bir yil ichida berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqadi.
Shikoyat berishning uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan tiklanishi mumkin.
26-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilga beriladigan shikoyatlarga qo‘yiladigan talablar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakilga berilgan shikoyatda arz qiluvchining familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shikoyat yuridik shaxs tomonidan berilgan taqdirda esa uning to‘liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Shikoyatda qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilinayotgan tashkilotning nomi, mansabdor shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) ko‘rsatiladi, arz qiluvchining fikricha, uning huquqlarini (bolaning huquqlarini) buzgan qarorlarning, harakatlarning yoki harakatsizlikning mohiyati bayon etiladi.
Shikoyatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
Yozma shikoyat arz qiluvchining imzosi yoki yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yozma shikoyatni arz qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shikoyat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo‘shimcha ravishda yozib qo‘yilishi kerak.
Elektron shaklda berilgan shikoyat qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Bolaning manfaatlarini ko‘zlab shikoyatlar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda uning qonuniy vakillari tomonidan berilishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.06.00.00 Vakillik. Ishonchnoma]
Bolalar o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi masalalari yuzasidan shikoyat berishi mumkin. Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolalarning shikoyatlarini ko‘rib chiqishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.02.00 Fuqarolarning huquq layoqati va muomala layoqati]
Bola to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lmaganligi sababli uning shikoyatini ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda yoxud himoyaning huquqiy vositalaridan mustaqil ravishda foydalanishga layoqatsiz shaxslarni himoya qilish uchun o‘z tashabbusi bilan faktlar tekshiruvini o‘tkazishga haqlidir.
Shikoyat bo‘yicha ilgari qabul qilingan mavjud qarorlar yoki ularning ko‘chirma nusxalari, shuningdek shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar shikoyatga ilova qilinishi mumkin, mazkur hujjatlar qaytarilmaydi, bundan arz qiluvchi ularni qaytarish haqida yozma ariza bergan hollar mustasno.
Arz qiluvchilar va ularning vakillari shikoyatni u ko‘rib chiqilguniga qadar va ko‘rib chiqilayotgan paytda shikoyat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar yozma yoki elektron shaklda ariza berish yo‘li bilan chaqirib olishi mumkin. Shikoyatni chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan choralar ko‘rilishini istisno etmaydi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilga berilgan shikoyat uchun davlat boji undirilmaydi.
27-modda. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida, tergov hibsxonalarida va tarbiya koloniyalarida turgan bolalarning Bola huquqlari bo‘yicha vakilga murojaat etishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.04.00 Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi]
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarida hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarida, tergov hibsxonalarida va tarbiya koloniyalarida turgan bolalar yozma shakldagi murojaatlarni (xatlar va telegrammalarni) ularning soni cheklanmagan holda Bola huquqlari bo‘yicha vakilning nomiga yuborish huquqiga ega. Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga yuboriladigan murojaatlar senzura qilinmaydi.
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining, tergov hibsxonalarining va tarbiya koloniyalarining ma’muriyati bolaning murojaatini Bola huquqlari bo‘yicha vakilga yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay, muhrlangan tarzda yuboradi, telegrammalarni esa darhol yuboradi. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning javobi ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arz qiluvchiga zudlik bilan yetkazib beriladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil shikoyatlar ko‘rib chiqilayotganda, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirayotganda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga, tergov hibsxonalariga va tarbiya koloniyalariga moneliksiz kirish huquqiga ega. Mazkur muassasalarning ma’muriyati Bola huquqlari bo‘yicha vakilning xavfsizligini ta’minlaydi.
Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarining hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalarining, tergov hibsxonalarining va tarbiya koloniyalarining ma’muriyati Bola huquqlari bo‘yicha vakilga u yerda turgan bola bilan moneliksiz va xoli uchrashish hamda suhbatlashish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart, uchrashuvlar va suhbatlar ushbu muassasalar xodimlari ularni ko‘rib turadigan, lekin eshitmaydigan sharoitlarda xoli o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 490-son “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
28-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘idagi huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil shikoyatlarni ko‘rib chiqish, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusi bilan tekshirish chog‘ida quyidagi huquqlarga ega:
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirishda ko‘maklashishni so‘rab tashkilotlarga va mansabdor shaxslarga murojaat qilish;
aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlarni tekshirish uchun tashkilotlarning vakillarini va mansabdor shaxslarni taklif etish. Tekshirishni harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berilgan tashkilotga yoki mansabdor shaxsga topshirish mumkin emas;
tashkilotlarga va mansabdor shaxslar huzuriga moneliksiz kirish;
tashkilotlar va mansabdor shaxslardan hujjatlarni, materiallarni va boshqa ma’lumotlarni so‘rash hamda olish;
mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
aniqlanishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tashkilotlarga va mutaxassislarga xulosalar tayyorlashni topshirish;
bola huquqlariga daxldor bo‘lgan masalalar yuzasidan tashkilotlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirishlarda ishtirok etish;
ushlab turilgan, tergov hibsxonasida saqlanayotgan voyaga yetmagan shaxs yoki ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tayotgan voyaga yetmagan shaxs bilan uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazish;
bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish haqida davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;
harakatlarida yoki harakatsizligida bola huquqlari buzilganligi aniqlangan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risida tegishli organlarga iltimosnomalar kiritish;
bola manfaatlarini ko‘zlab arizalar va da’volar bilan sudlarga davlat bojini to‘lamasdan murojaat etish.
29-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan majburiyatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan:
arz qiluvchini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida xabardor etishi;
harakatlarida yoki harakatsizligida bola huquqlari buzilganligi aniqlangan tashkilotga yoki mansabdor shaxsga bolaning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan tavsiyalar mavjud bo‘lgan o‘z xulosasini yuborishi shart. Bunda Bola huquqlari bo‘yicha vakilning xulosasini olgan tashkilot yoki mansabdor shaxs uni ko‘rib chiqishi va bir oydan kechiktirmay asoslantirilgan javob yuborishi shart.
30-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning xulosasi
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning xulosasida quyidagi tavsiyalar nazarda tutilishi mumkin:
ishning tashkilot yoki mansabdor shaxs tomonidan oxiriga yetkazilishi zarurligi;
tashkilotning yoki mansabdor shaxsning qarori o‘zgartirilishi yoxud bekor qilinishi kerakligi;
tashkilotning yoki mansabdor shaxsning qarori asoslanishi zarurligi;
tashkilot yoki mansabdor shaxs qo‘shimcha qaror qabul qilishi kerakligi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning xulosasida boshqa tavsiyalar ham bo‘lishi mumkin.
5-bob. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi
31-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning parlament nazoratining boshqa subyektlari bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi hollarini o‘z tashabbusiga ko‘ra tekshirish bilan bog‘liq materiallarni har chorakda umumlashtirib boradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.02.00 Oliy Majlis Senati (yuqori palatasi) / 01.08.02.05 Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va komissiyalari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq materiallarni umumlashtirish hamda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishiga olib keluvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash natijalariga ko‘ra davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalariga murojaat qilishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.04]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining parlament nazoratini amalga oshirishga doir tadbirlarida ishtirok etishga, ularga ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan materiallar taqdim etishga haqlidir.
Bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ayrim jihatlariga e’tiborni kuchaytirish zarur bo‘lganda Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan maxsus ma’ruzalar kiritishi mumkin.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan kiritilgan maxsus ma’ruzalarni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar Bola huquqlari bo‘yicha vakilga yuboriladi.
32-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.01.00 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi. Saylanishi. Vakolatlari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilish huquqiga ega.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishga hamda bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi.
33-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.02.00 O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi. Vakolati. Tarkibi]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida ishtirok etishga haqli.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida ko‘rib chiqilayotgan bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.
34-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning ayrim jihatlariga e’tiborni kuchaytirish zarur bo‘lganda Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlar ko‘rishga qaratilgan ma’ruzalar kiritishi mumkin.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishga haqli.
35-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya bilan hamkorligi
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaga masalalar kiritishga haqli.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning majlislarida ishtirok etishi mumkin va ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaga bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi holati haqida ma’ruza, shuningdek maxsus ma’ruzalar kiritishga haqli.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan kiritilgan ma’ruzalarni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya qarorlar qabul qiladi, qarorlar Bola huquqlari bo‘yicha vakilga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya to‘g‘risidagi nizom.
36-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.01.00 Umumiy qoidalar]
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bolalarning hayotiga, sog‘lig‘iga yoki jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar, shu jumladan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish yoxud unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish, voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalar tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlar (bundan buyon matnda bolaga qarshi jinoyatlar deb yuritiladi) to‘g‘risida ma’lumotlar olingan taqdirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish haqida yoki jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilganda bu haqda Bola huquqlari bo‘yicha vakilni uch kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Sud bolaga qarshi jinoyatlar to‘g‘risidagi ish yuzasidan sud muhokamasining vaqti va joyi haqida Bola huquqlari bo‘yicha vakilni xabardor qiladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolaga qarshi jinoyatlar to‘g‘risidagi jinoyat ishlarining, shuningdek voyaga yetmagan shaxs gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tariqasida jalb etilgan jinoyat ishlarining materiallari bilan qonunda belgilangan tartibda tanishishga hamda ularning ko‘chirma nusxalarini olishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.12.00 Hukm, ajrim va qarorlarni ijro qilish]
Sud bolaga qarshi jinoyatlar to‘g‘risidagi ish bo‘yicha chiqarilgan hukm (ajrim) haqida Bola huquqlari bo‘yicha vakilni besh kun ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.03.00 Prokuror nazorati]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil hukm (ajrim) bilan tanishib chiqqach, voyaga yetmagan shaxs manfaatlarini ko‘zlab, sudning hukmi (ajrimi) ustidan protest (xususiy protest) keltirish haqidagi iltimosnoma bilan prokurorga murojaat qilishga haqli.
37-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va boshqa dasturlarni, shuningdek bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil o‘zi tomonidan shakllantiriladigan ishchi guruhlar va ekspertlar guruhlari, komissiyalar hamda boshqa jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalar yuzasidan fuqarolik jamiyati institutlari bilan axborot almashinuvini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar o‘tkazishi, shuningdek ular bilan bitimlar tuzishi mumkin.
6-bob. Bola huquqlari bo‘yicha vakil hamda uning kotibiyati faoliyatining moddiy va boshqa ta’minoti
38-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning kotibiyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.05.00 Huquq va erkinlikning kafolati va himoyasi. Ombudsman;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.09.00 Alohida toifadagi fuqarolarni (ayollar, bolalar va boshqalar) huquqiy holatini o‘ziga xos xususiyatlari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning faoliyatini ta’minlash uchun Bola huquqlari bo‘yicha vakilning kotibiyati tashkil etiladi, kotibiyat haqidagi nizom Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan tasdiqlanadi. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning kotibiyati davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning kotibiyati tuzilmasida Bola huquqlari bo‘yicha vakilning faoliyatiga ko‘maklashuvchi bo‘linmalar tashkil etiladi.
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning kotibiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z muhriga ega bo‘ladi.
39-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa ta’minoti
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Bola huquqlari bo‘yicha vakil kotibiyati faoliyatining moliyaviy, moddiy-texnika va boshqa ta’minoti O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda unda alohida satrda nazarda tutiladi.
40-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakilning transportda imtiyozli yurish huquqi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.12.00 Transport xizmatlariga tarif, yig‘im va imtiyozlar]
Bola huquqlari bo‘yicha vakil qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘lovchilar transportida (bundan taksi va shahar yo‘lovchilar transporti mustasno) imtiyozli yurish huquqiga ega.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
41-modda. Bola huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Bola huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
42-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish
1. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 27-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘RQ-687-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 292-modda) quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
1) 27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)”;
2) 40-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari — Bola huquqlari bo‘yicha vakil” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-703-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 663-modda) 20-moddasining ikkinchi qismidagi “sudyalar” degan so‘z “sudyalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 29-fevral,
O‘RQ-917-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2024-y., 03/24/917/0170-son)