1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.07.00 Kichik sanoat zonalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Andijon viloyatida “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Andijon viloyatida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlash, import oʻrnini bosuvchi, eksport bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini toʻliq yoʻlga qoʻyish, qulay investitsiya muhitini yaratish, yuqori texnologiyali va zamonaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish va hudud aholisining farovonligini oshirish, shuningdek, Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan mamlakatlar, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi bilan savdo va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Andijon viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Suv xoʻjaligi vazirligining:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Andijon viloyati Andijon tumanida “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Ipak yoʻli” EIZ) tashkil etish;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.03 Sanoat, transport, aloqa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar]
“Ipak yoʻli” EIZni tashkil etish maqsadida Andijon viloyati Andijon tumanida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan jami 218,18 gektar, shundan 201,23 gektar sugʻoriladigan yer uchastkalarini 1-ilovaga muvofiq sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning chegaralari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar “Ipak yoʻli” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00)]
tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish, “Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilari oʻrtasida hamda respublikaning boshqa hududlari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori darajadagi sanoat ishlab chiqarishini kengaytirish;
viloyatning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, mahalliy aholi uchun doimiy ish oʻrinlari yaratish.
4. Belgilansinki:
a) “Ipak yoʻli” EIZning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilni tashkil etadi va ushbu muddat keyinchalik qonunga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
b) “Ipak yoʻli” EIZ faoliyati davomida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etiladi;
v) “Ipak yoʻli” EIZ hududida:
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini ajratish ularning bosh reja asosida oʻzlashtirilishiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5600-son Farmoniga muvofiq elektron onlayn auksion orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
infratuzilma obyektlarini qurish ishlarini moliyalashtirish elektron onlayn auksiondan tushgan mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
infratuzilma obyektlarini qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qarorida belgilangan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
5. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda “Ipak yoʻli” EIZ hududini muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
6. Andijon viloyati hokimligi:
a) ikki hafta muddatda “Ipak yoʻli” EIZ faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) bir oy muddatda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Ipak yoʻli” EIZning hududlari bosh rejasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin, bunda:
Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
bosh rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Andijon viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi, Andijon viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.08 Zaxira yerlar;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Yerni olib qoʻyish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]
v) yer uchastkalarini bosh rejaga asosan zaxiraga qaytarish qonunga muvofiq amalga oshirilishini, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini va Yer kodeksida belgilangan tartibda ajratilishini, shuningdek, yer uchastkalari olib qoʻyilayotgan yer egalari, foydalanuvchilari va ijarachilariga yetkaziladigan zararlar, boy berilgan foyda, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini taʼminlasin;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 13-bobi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.02.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilishning boshqaruvi. Yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan davlat organlarining vakolatlari]
g) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2025-yil 1-yanvarga qadar mazkur qaror bilan yer fondi toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalarining ikki baravari miqdorida yangi yer uchastkalari oʻzlashtirilishini va sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
d) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda “Ipak yoʻli” EIZ hududida 2025-yil oxiriga qadar 3 mlrd AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalari oʻzlashtirilishini, 16 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishini, yiliga 20,1 trln soʻmdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishini, yillik 580,7 mln AQSh dollari miqdorida qoʻshimcha eksport amalga oshirilishini va Davlat budjetiga yillik 1,2 trln soʻm qoʻshimcha soliq tushumlari tushishini taʼminlasin.
7. Kadastr agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorga asosan yer uchastkalarining bosh reja asosida oʻzlashtirilishiga va yangi maqsadlar uchun ajratilishiga, shuningdek, yangi yerlarning sugʻoriladigan yerlar toifasiga oʻtkazilishiga koʻra Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi milliy hisobotga tegishli oʻzgartirishlar kiritib borsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmanov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-fevral,
PQ-72-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-fevraldagi PQ-72-son qaroriga
1-ILOVA
Andijon viloyatida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
ROʻYXATI
T/r
Hudud nomi
Yerdan foydalanuvchi nomi
Kontur raqami
Jami yer maydoni, ga
shundan
Tuproq ball boniteti
Oʻzgartirishga taklif etilayotgan yer maydoni toifasi
Taklif etilayotgan foydalanish maqsadi
Sugʻoriladigan yerlar, ga
Boshqa yerlar, ga
Andijon tumani
1.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“QODIRBOBO OZOD ZAMINI” fermer xoʻjaligi
10022
9,24
8,36
0,88
71,7
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
Erkin iqtisodiy zona tashkil etish
10024
5,76
5,30
0,46
10025
8,56
7,67
0,89
2.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“MANMUDSHOH” fermer xoʻjaligi
9933
12,98
11,72
1,26
76,5
9934
9,77
9,28
0,49
10007
7,49
7,02
0,47
10008k
2,88
2,81
0,07
10015
10,73
10,21
0,52
10019
10,79
10,21
0,58
10020
4,74
4,41
0,33
3.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“NAFOSATLI DALA RAVNAQI” fermer xoʻjaligi
9924
8,65
8,10
0,55
75,1
9942
12,84
12,14
0,70
9944
7,57
7,17
0,40
9945
7,61
7,12
0,49
9949
6,32
6,04
0,28
4.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“NUKIRDINOV ZUXRIDDIN ISHONCNI” fermer xoʻjaligi
9948
0,73
0,65
0,08
76,5
9935k
1,19
1,06
0,13
5.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“AZIZBEK” fermer xoʻjaligi
10014
5,57
5,30
0,27
76,5
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar
Erkin iqtisodiy zona tashkil etish
6.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“XURSHIDBEK ORZUSI” fermer xoʻjaligi
9954k
3,05
2,78
0,27
47,6
9955
5,07
4,66
0,41
7.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“ABDUMANNOB ZIYO YOG'DUSI” fermer xoʻjaligi
9954k
1,58
1,50
0,08
47,6
8.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“IBRAGIMOV JASURBEK” fermer xoʻjaligi
10010
0,62
0,58
0,04
76,5
10013
2,77
2,63
0,14
9.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“JAXONGIR ELEGANT BARAKA” fermer xoʻjaligi
9954k
1,09
1,00
0,09
47,6
10.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“KUZ MEVASI” fermer xoʻjaligi
10023
5,14
4,56
0,58
69,3
11.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“AGRO PILLA” MChJ
9931
3,60
3,34
0,26
76,5
9932
4,72
3,69
1,03
9936
1,07
1,01
0,06
9943
0,94
0,87
0,07
9946
2,49
2,27
0,22
9947
0,92
0,76
0,16
12.
Mingoʻrik MFY
(A. Ismoilov massivi)
“VODIY KLASTER TEKSTIL” MChJ
9925
6,12
5,48
0,64
74,6
9927
14,30
13,59
0,71
9929
6,19
5,23
0,96
10021
25,09
22,71
2,38
Jami
218,18
201,23
16,95
68,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-fevraldagi PQ-72-son qaroriga
2-ILOVA
“Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi tarkibiga kiruvchi hududlarning
CHEGARALARI TAVSIFI
T/r
Hudud va uning chegaralari tavsifi
maydoni
(ga)
Andijon viloyati
Andijon tumani “A. Ismoilov” massivi
1.
Sharq tomondan
1-nuqta 40°42'25.02''S 72°17'52.23''V
2-nuqta 40°42'11.18''S 72°18'20.07''V
3-nuqta 40°42'10.58''S 72°18'16.65''V
4-nuqta 40°42'0.24''S 72°18'26.59''V
218,18
2.
Janub tomondan
5-nuqta 40°41'53.13''S 72°18'14.77''V
6-nuqta 40°41'55.26''S 72°18'11.03''V
7-nuqta 40°41'51.72''S 72°18'7.80''V
8-nuqta 40°41'50.03''S 72°18'13.28''V
9-nuqta 40°41'47.20''S 72°18'10.95''V
10-nuqta 40°41'43.61''S 72°18'20.10''V
11-nuqta 40°41'32.98''S 72°18'11.82''V
12-nuqta 40°41'36.80''S 72°18'0.72''V
13-nuqta 40°41'26.71''S 72°17'52.18''V
14-nuqta 40°41'39.19''S 72°17'35.12''V
15-nuqta 40°41'38.78''S 72°17'32.09''V
16-nuqta 40°41'17.71''S 72°17'39.44''V
17-nuqta 40°41'11.03''S 72°17'27.64''V
18-nuqta 40°41'0.45''S 72°17'35.83''V
19-nuqta 40°41'6.51''S 72°17'44.41''V
20-nuqta 40°41'2.30''S 72°17'49.05''V
21-nuqta 40°40'50.73''S 72°17'36.12''V
3.
Gʻarb tomondan
22-nuqta 40°41'9.40''S 72°17'22.37''V
23-nuqta 40°41'10.11''S 72°17'23.91''V
24-nuqta 40°41'19.34''S 72°17'20.63''V
25-nuqta 40°41'29.53''S 72°17'18.16''V
26-nuqta 40°41'27.45''S 72°17'8.08''V
27-nuqta 40°41'42.12''S 72°17'3.84''V
4.
Shimol tomondan
28-nuqta 40°41'47.82''S 72°17'12.96''V
29-nuqta 40°41'45.28''S 72°17'13.99''V
30-nuqta 40°41'48.05''S 72°17'19.08''V
31-nuqta 40°41'50.29''S 72°17'17.10''V
32-nuqta 40°41'55.18''S 72°17'25.68''V
33-nuqta 40°41'39.35''S 72°17'32.12''V
34-nuqta 40°41'40.64''S 72°17'37.74''V
35-nuqta 40°41'58.67''S 72°17'30.62''V
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 07/24/72/0131-son)