1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish hamda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-son Farmoniga muvofiq hamda xorijiy davlatlardagi taʼlim va ilmiy tashkilotlarda talaba yoshlar, olimlar va tadqiqotchilarga Oʻzbekistonning boy tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrgatish tizimini tashkil etish uchun zarur shart-sharoit yaratish orqali turistlar oqimini koʻpaytirish, mamlakatimiz nufuzini yanada oshirish hamda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.06.00 Fanlar akademiyasi;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.03.00 Milliy madaniy meros;
6.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
1. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasining:
xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻrgatishni nazarda tutuvchi “Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasini (keyingi oʻrinlarda — Platforma) tashkil etish;
yurtimizning boy ilmiy, tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosini oʻrganishga qiziqish yuqori boʻlgan xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Oʻzbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralari (keyingi oʻrinlarda — kafedralar) faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3815-son ““Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi 152-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
2024-yil yakuniga qadar xorijdagi oʻzbek milliy madaniy markazlari va Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida oʻzbek tili kurslarini tashkil etish hamda ularda mashgʻulotlar muntazam olib borilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo ishchi guruh) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini tashkil qilish hamda rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish;
Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini tashkil qilish bilan bogʻliq masalalarni tezkor koʻrib chiqish va hal qilish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib qilishga qaratilgan qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini taʼminlash;
Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar smetasini hamda ular faoliyatini moliyalashtirish manbalarini tasdiqlash va taqsimlash;
xorijiy davlatlardagi taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish va ularda markazlar va kafedralar faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
4. Belgilansinki:
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Platformani ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi, uning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi va takomillashtirib boradi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Platformani ishlab chiqish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Platformaning eng ilgʻor taʼlim internet platformalari bilan integratsiya qilinishi taʼminlanadi;
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Platforma orqali taʼlim berishni tashkil qilib boradi;
Turizm qoʻmitasi Platformaga zarur maʼlumotlar joylashtirilishi va yangilab borilishini muvofiqlashtiradi;
Platformada taʼlim oluvchilarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti professor-oʻqituvchilari hamda Fanlar akademiyasining Tarix instituti, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimlari tomonidan masofaviy (onlayn) dars berish imkoniyati yaratiladi;
taʼlim oluvchilar uchun Platforma orqali masofaviy (onlayn) imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
5. Quyidagilar Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlariga Platformaga oʻz shaxsiy kabineti orqali tegishli maʼlumot va materiallarni kiritib borish imkoniyatini yaratsin.
7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-martga qadar birinchi navbatda AQSH, Rossiya, Qozogʻiston, Fransiya, Turkiya, Misr, Koreya, Hindiston va Xitoyning manfaatdor vazirlik va idoralari bilan kelishgan holda ushbu davlatlardagi taʼlim va ilmiy tashkilotlarda markazlar va kafedralar faoliyatini yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
8. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi Platforma, markazlar va kafedralarni Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyoti, shuningdek, madaniy meros boʻyicha elektron, bosma kitob va adabiyotlar bilan boyitib borsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.13.00 Kinematografiya]
9. Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi Oʻzbekiston kino sanʼatining shakllanish tarixi va rivojlanish jarayonlari haqida materiallar hamda atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara filmlarni (ingliz va rus tillaridagi subtitrlari bilan) Platformaga joylashtirib borsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
10. Madaniyat vazirligi milliy musiqa va raqs sanʼatini namoyish qiluvchi audio va video darsliklarni Platformaga joylashtirib borsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Turizm qoʻmitasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar fuqarolari uchun Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va sanʼati, oʻzbek tili va adabiyotiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar, adabiyotlarni elektron shaklda ishlab chiqib, Platformaga joylashtirib borsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 2024-yil 1-maydan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining markazlari hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Oʻzbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotiga oid oʻquv qoʻllanma va darsliklar, audio va videomateriallar bilan quyidagi miqdorlarda taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi:
200 ta — oʻzbek tilini oʻrganish uchun;
100 ta — oʻzbek adabiyotini oʻrganish uchun;
100 ta — Oʻzbekiston madaniyatini oʻrganish uchun;
100 ta — Oʻzbekiston tarixini oʻrganish uchun;
20 ta — madaniy meros va turizmni oʻrganish uchun.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar]
13. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻquv qoʻllanma va darsliklar, audio va videomateriallarning tayyorlanishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.20.00 Audio va video yozuvlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
14. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan birgalikda markazlar va kafedralar tashkil etilgan taʼlim va ilmiy tashkilotlarga oʻquv qoʻllanma va darsliklar, audio va videomateriallarning yetkazilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
15. Turizm qoʻmitasi ushbu qarorning ijrosini taʼminlash doirasida mamlakatimizning turizm salohiyatini keng targʻib qilib borsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.K. Karimov belgilansin.
Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-yanvar,
PQ-19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qaroriga 1-ILOVA
Xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib etish ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha idoralararo ishchi guruh
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Idoralararoishchi guruh rahbari
2.
B. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
3.
Sh. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
4.
B. Yuldashev
—
Fanlar akademiyasi prezidenti
5.
K. Karimov
—
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari
6.
O. Fazilkarimov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari
7.
N. Xolboʻtayev
—
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri
9.
F. Abduxalikov
—
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori
10.
R. Kurbanov
—
Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi
11.
S. Saidov
—
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi
12.
A. Eminov
—
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori
13.
Sh. Sirojiddinov
—
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori
14.
J. Eltazarov
—
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti prorektori, Idoralararo ishchiguruh masʼul kotibi
Izoh: Idoralararo ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi PQ-161-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-19-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni xorijiy davlatlarda keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar
I. “Uzacademy” Internet platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va uni takomillashtirish
1.
“Oʻzbek akademiyasi” (“Uzacademy”) Internet platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) faoliyatini tashkil qilish. Bunda:
Platformada taʼlim olish istagini bildirgan xorijiy foydalanuvchilarning onlayn-arizalarini qabul qilish;
xorijda oʻzbek tili va madaniyati boʻyicha tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar hamda ilmiy izlanish olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning yagona bazasini shakllantirish;
Platformani zaruriy axborot, oʻquv qoʻllanma, adabiyot, audio va videomateriallar bilan toʻldirish;
Platforma faoliyatini doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻ ajratish tartibini belgilash nazarda tutiladi.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil aprel
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
2.
Platformada taʼlim beradigan oʻqituvchilarga ish haqi toʻlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2024-yil may
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov),
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
(O. Fazilkarimov)
3.
Platformaga atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara filmlarni joylashtirib borish, shuningdek, xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda oʻzbek tili hamda madaniyati oʻqitiladigan “Oʻzbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini ushbu filmlar bilan (ingliz va rus tillarida subtitrlari bilan) taʼminlab borish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil maydan boshlab doimiy ravishda
Kinematografiya agentligiga davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar
Kinematografiya agentligi
(F. Abduxalikov),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov)
4.
Platformani oliy taʼlim tashkilotlari va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining raqamli kutubxonalari bilan integratsiya qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil avgust-oktabr
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
(U. Teshabayeva),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar
5.
Platforma orqali onlayn darslar, maʼruza va taqdimotlar oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish.
Dars jadvalini tuzish
2024-yil apreldan boshlab har yili aprel oyida
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev)
6.
Platformada Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston 24”, “Oʻzbekiston tarixi”, “Madaniyat va maʼrifat” telekanallari koʻrsatuvlarini namoyish qilib borish imkoniyatini yaratish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda
Ijrochilar mablagʻlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev),
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev),
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev)
7.
Platformada “Yangi Oʻzbekiston — uning tarixi, buguni va kelajagi” mavzusida taqdimot oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil iyundan boshlab doimiy ravishda
-
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev)
II. Xorijiy mamlakatlarning taʼlim va ilmiy muassasalarida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) hamda “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetining “Oʻzbekshunoslik” (“Uzbek Studies”) kafedralarini (keyingi oʻrinlarda — kafedralar) tashkil qilish va rivojlantirish
8.
Xalqaro tajribani oʻrgangan holda har bir markaz va kafedra faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan jihozlar, oʻquv-qoʻllanmalar va adabiyotlarning standart toʻplami roʻyxatini tuzish va tasdiqlash.
Standart toʻplam roʻyxatini shakllantirish
2024-yil mart
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)
9.
Markazlar va kafedralarda tashkil etiladigan mashgʻulotlar oʻquv rejasi hamda oʻtkaziladigan tadqiqotlar mavzularini ishlab chiqishva tasdiqlash.
Oʻquv reja va tadqiqotlar mavzularini shakllantirish
2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)
10.
Markazlar va kafedralarni tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan xorijiy mamlakatlar va ulardagi taʼlim (ilmiy) tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish.
Axborot-tahliliy maʼlumot
2024-yil mart
-
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov)
11.
Markazlar va kafedralarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda quyidagilar orqali ilmiy-tadqiqot va taʼlim dasturlarini kuchaytirish:
qisqa intensiv maʼruzalar tashkil qilish;
qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish;
yosh tadqiqotchilarga oʻqish va tadqiqot olib borish imkoniyatini taqdim etish (ilmiy daraja olish maqsadida).
Chora-tadbirlar rejasi
2024-yil fevral
-
Ishlab chiqish uchun — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev)
Amalga oshirish uchun — markazlar va kafedralar,
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti,
“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti,
Tarix instituti
12.
Oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganayotgan xorijlik talabalarning taniqli oʻzbek yozuvchi hamda shoirlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, ular ishtirokida “Adabiy kecha” va “Sheʼriy mushoira” kabi tadbirlar oʻtkazish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda
Davlat budjeti, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
13.
Platforma, markazlar va kafedralar faoliyatini xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish maqsadida broshyura, buklet va boshqa tarqatma targʻibot materiallarini tayyorlash.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil martdan boshlab doimiy ravishda
Davlat budjeti, Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
14.
Platforma, markazlar va kafedralarda Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama munosabatlariga bagʻishlangan maʼruzalarni tashkil qilish.
Amaliy chora-tadbirlar
2024-yil apreldan boshlab doimiy ravishda
-
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Karimov),
Turizm qoʻmitasi
(U. Shadiyev),
Tashqi ishlar vazirligi
(B. Saidov)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 07/24/19/0042-son; 20.05.2025-y., 06/25/87/0451-son; 01.05.2026-y., 07/26/161/0437-son)