toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga hamda “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qaroriga muvofiq aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga oʻtkazilishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlanuvchi funksiyalarini bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni bilan:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilganligi;
Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi sifatida belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tugatilib, uning vazifa va funksiyalari Ijtimoiy himoya milliy agentligiga oʻtkazilganligi munosabati bilan Hukumat qarorlarini oʻzaro muvofiqlashtirish;
tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashayotgan hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda ularga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish;
tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish;
Agentlik tomonidan uning tizimidagi pansionat va sanatoriylarda davolanish uchun keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va mehnat faxriylariga yoʻllanmalar berish;
Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash institutining faoliyatini hamkorlikda muvofiqlashtirish.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Agentlik manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
665-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus taʼlim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qoʻshimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari roʻyxati, mazkur toʻlovlarning turlari va miqdorlarining “Izohlar” qismini 2-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-maydagi 89-son qarorining 3-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”.

4. Vazirlar Mahkamasining “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qarorida:

a) 3-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori zarurat boʻlganda, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritishga haqli”;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Belgilansinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markazining direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi”;
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) bilan kelishilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
27-bandning oltinchi xatboshisidagi “Komissiyaga” soʻzi “Agentlikka” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
6. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-avgustdagi 243-son qarori bilan tasdiqlangan Nurlanish olish dozalarining belgilangan asosiy chegaralaridan oshib ketish ehtimoli boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 13-oktabrdagi PF-4658-son Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qarorida:
ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda Agentlik tizimidagi sanatoriylar roʻyxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi”;
11-banddagi “tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlariga” soʻzlari “Inson” ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish markazlariga (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshisi, 15 — 17-bandlar, 24-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 25 va 26-bandlarning ikkinchi xatboshisi, 39 va 40-bandlardagi tegishli kelishikdagi “tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Markazlar zarur boʻlgan yoʻnalish, sanatoriyning nomi va sogʻliqni tiklash uchun oʻzi xohlagan muddat koʻrsatilgan holda ariza bergan shaxslar roʻyxatlarini shakllantiradilar, ularni tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarida kelishadilar hamda yoʻllanmalar ajratish yuzasidan har yili 15-noyabrgacha boʻlgan muddatda Agentlikka buyurtmanoma taqdim etadilar”;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Har bir sanatoriy boʻyicha urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun oylarga taqsimlagan va ajratilgan oʻrinlar soni koʻrsatilgan holda yoʻllanmalarni taqsimlash rejasi har yili 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Agentlik tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktik yordamni tashkil etish bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining Sanatoriya-kurort boshqarmasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri bilan kelishilgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi, Agentlik tizimidagi sanatoriylar roʻyxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanishi bundan mustasno”;
20 — 22-bandlar, 24-bandning birinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 27-band, 29-bandning birinchi xatboshisi, 30, 35, 36-bandlar, 37-bandning ikkinchi xatboshisi va 38-banddagi tegishli kelishikdagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“41. Ushbu Nizomga rioya etilishini nazorat qilish Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, Sogʻliqni saqlash vazirligiga, hamda “Nuroniy” jamgʻarmasiga yuklanadi”;
1-ilovadagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi” soʻzlari “Inson” ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-dekabrdagi 361-son qaroriga
2-ILOVA
“1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalarida sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari urush va mehnat fronti faxriylari roʻyxatlarini tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga taqdim etadilar.

har yili 1-sentabrgacha

2. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari urush va mehnat fronti faxriylari roʻyxatlarini faxriylarning turar joylaridagi tibbiyot muassasalariga yetkazadilar.

har yili 10-sentabrgacha

3. Tibbiyot muassasalari urush va mehnat fronti faxriylarini majburiy dispanserizatsiyadan oʻtkazadilar va sanatoriyda sogʻlomlashtirishning talab qilingan yoʻnalishini belgilaydilar.

har yili 15-oktabrgacha

4. Tibbiyot muassasalari koʻrsatmalar boʻyicha sanatoriy-kurort kartasini beradilar.

har yili belgilangan muddatlarda

2-bosqich

“Inson” ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish markazlari

Urush va mehnat fronti faxriylarining istaklarini hisobga olgan holda, har chorakda ariza bergan shaxslar roʻyxatini shakllantiradilar, roʻyxatda sanatoriyning zarur yoʻnalishi, nomi va sogʻlomlashtirishning istalgan muddati koʻrsatiladi, u tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimlarida kelishiladi hamda Agentlikka yuboradilar.

har chorakda, chorak oxirgi oyining 15-kunigacha boʻlgan muddatda

3-bosqich

Urush va mehnat fronti faxriylari

1.Urush va mehnat fronti faxriylari sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasiga yoʻllanma olish uchun belgilangan shakldagi ariza bilan Markazga murojaat qiladilar.

2. Arizada sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasiga borishning istalgan sanasi (davri) koʻrsatiladi.

yilda 1-marta

4-bosqich

Agentlik

Sogʻliqni saqlash vazirligining va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tegishli boshqarmalari bilan birgalikda yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini ishlab chiqadi va keyinchalik Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

25-noyabrgacha

5-bosqich

Agentlik

1. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tasdiqlashi uchun belgilangan tartibda kelishilgan yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

1-dekabrgacha

2. Keyingi kalendarʼ yil uchun yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining sanatoriylariga yetkazadi.

Tasdiqlangandan keyin

6-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. 12 kunlik sogʻlomlashtirish uchun xarajatlarning cheklangan miqdorini belgilaydi.

10-noyabrgacha

2. Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar uchun toʻlashga mablagʻlarni nazarda tutadi va Agentlik xarajatlari smetasini tasdiqlaydi.

10-yanvargacha

3. Yoʻllanmalarni taqsimlash rejasiga muvofiq Gʻaznachilikdagi Agentlik hisobvaragʻiga zarur mablagʻlarni oʻtkazadi.

har chorakda

7-bosqich

Agentlik

1. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari sanatoriylari bilan shartnomalar tuzadi va shartnomalar summasining 15 foizi miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshiradi.

2. Markazlarning buyurtmanomalariga muvofiq yoʻllanmalarni ajratadi.

har yili belgilangan muddatlarda

8-bosqich

Markazlar

1. Yoʻllanmalar tushgan taqdirda, bu haqida urush va mehnat fronti faxriylariga xabar beradi va sogʻlomlashtirishga yoʻllanmalarni rasmiylashtiradilar.

3 kun muddatda

2. Rasmiylashtirilgandan keyin yoʻllanmalarni urush va mehnat fronti faxriysi yashash joyiga yetkazib beradilar.

Sogʻlomlashtirish muddati boshlanishidan 20 kun oldin

9-bosqich

Sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari

1. Shartnomaga muvofiq urush va mehnat fronti faxriylarini sogʻlomlashtirish uchun oʻrinlarning zarur miqdorda ajratilishini taʼminlaydilar.

har oyda

2. Urush va mehnat fronti faxriylarini, sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasasi shifokori tayinlangan barcha zarur tibbiy muolajalar bilan birinchi oʻrinda taʼminlaydilar (ular uchun qulay paytda).

yoʻllanmani amal qilish davrida

3. Yoʻllanma muddati tugagach, sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalari Agentlikka yoʻllanmaning qaytarma (yirtma) talonini yuboradilar.

muassasadan ketgandan keyin 5 kun muddatda

10-bosqich

Agentlik

Taqqoslov oʻtkazadi va sanatoriyga yoʻllanmalar qiymatining toʻliq toʻlovini, oldindan toʻlovni hisobga olgan holda amalga oshiradi (yoʻllanmadan foydalanganlik holati tasdiqlanganda).

har chorakda

.

8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-apreldagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimlarida” soʻzlari “Inson” ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish markazlarida (keyingi oʻrinlarda — Markazlar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning ikkinchi va beshinchi xatboshilaridagi “tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 10 va 11-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) ilova (Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tadbirlarini amalga oshirish sxemasi) quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga borayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga temir yoʻl transportida bepul yurish va havo transportida imtiyozli yurish huquqini berish tadbirlarini amalga oshirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Markazlar

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJning urush va mehnat fronti faxriylariga bepul va imtiyozli yurishga chiptalarni beruvchi (sotuvchi) vakolatli boʻlinmalari toʻgʻrisidagi batafsil axborotni joylashtiradi.

Doimo

2-bosqich

Urush va mehnat fronti faxriylari

Bepul yoki imtiyozli yurishga chiptani olish (sotib olish) uchun “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJning vakolatli boʻlinmasiga (kassaga) murojaat qiladilar.

Markaz tomonidan berilgan respublikaning sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalarni, urush faxriysi guvohnomasini yoki 1941 — 1945-yillarda mehnat frontidagi ishtirok toʻgʻrisidagi hujjatni taqdim etadilar.

Oʻzgalarning hamrohlik qilishiga ehtiyoj sezuvchi nogironlikning I guruhiga kiruvchi urush va mehnat fronti faxriylari ularga hamrohlik qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va nusxasini, hamrohlik qiluvchi shaxs nomiga berilgan yoʻllanmani) ham taqdim etadilar.

Bir yilda bir marta

3-bosqich

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJ

Agentlikka tashishning imtiyozli va haqiqiy qiymatini koʻrsatgan, chiptalarning nusxalarini yoki yoʻnalish qaydnomasini (elektron yoʻlkira hujjatlari uchun), shuningdek zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitobini ilova qilgan holda rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini taqdim etadi.

Hisobot davridan keyingi oyning 20-kunigacha boʻlgan muddatda har chorakda

4-bosqich

Agentlik

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga rasmiylashtirilgan hujjatlar reyestrlarini budjet mablagʻlari ajratish uchun zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojning hisob-kitoblarini taqdim etadi.

Hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha boʻlgan muddatda har chorakda

2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan budjet mablagʻlari ajratilishiga qarab, budjet mablagʻlarini “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan Airways” AJning hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

5 ish kunida

5-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (reyestrlar va zarur mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj hisob-kitoblari) asosida zarur budjet mablagʻlarni ajratadi.

Har chorakda

.

9. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarida yashaydigan nogironligi boʻlgan shaxslar va keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-iyuldagi 455-son qarorida:
a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) huzurida “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ekspert kengashi tashkil etilsin.
Belgilansinki:
“Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ekspert kengashi (keyingi oʻrinlarda — Ekspert kengashi) tarkibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari, malakali mutaxassis va ekspertlardan iborat boʻladi;
Ekspert kengashi tarkibi va faoliyat koʻrsatish tartibi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan belgilanadi;
Zaruratga koʻra Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining buyrugʻi asosida hududiy ekspert kengashlari tashkil etilishi mumkin”;
v) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hisobvaraqlarida jamlanadigan mablagʻlaridan, shu jumladan tijorat bankida ochilgan xorijiy valyutadagi hisobvaragʻidagi mablagʻlaridan tanlov (tender), elektron savdolar oʻtkazmasdan va Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus elektron portalida eʼlonlarni joylashtirmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida Ekspert kengashining qarorlariga muvofiq foydalaniladi”;
e) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” soʻzlari “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Respublika vasiylik kengashining (keyingi oʻrinlarda Respublika vasiylik kengashi deb ataladi)” soʻzlari “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ekspert kengashining (keyingi oʻrinlarda Ekspert kengashi deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Jamgʻarma mablagʻlaridan tanlov (tender), elektron savdolar oʻtkazmasdan va Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus elektron portalida eʼlonlarni joylashtirmasdan, Agentlik tomonidan oʻtkaziladigan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida Ekspert kengashining qarorlariga muvofiq foydalaniladi”;
6 — 8 va 11-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Respublika vasiylik kengashi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Ekspert kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Respublika vasiylik kengashi” soʻzlari “Ekspert kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “Respublika vasiylik kengashiga” soʻzlari “Ekspert kengashiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisidagi nizomda:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“a” kichik bandning sakkizinchi xatboshisidagi “va tibbiy-mehnat ekspertizasini” soʻzlari “ekspertizani” soʻzi bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “va tibbiy-mehnat ekspertizasi” soʻzlari “ekspertiza” soʻzi bilan almashtirilsin;
“j” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
13. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlarining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq deputatlari Kengashi kotibiyatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari” boʻlimi “Xalq qabulxonalari” soʻzlaridan keyin “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi 380-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻinining komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 24-bandi ikkinchi xatboshisidagi “hisobga olish” soʻzlari “hisobga olishga koʻmaklashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-iyundagi 378-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son)
16. Vazirlar Mahkamasining “Aziz-ayol.uz” yagona interaktiv milliy platformasini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-avgustdagi 507-son qarorining 4-bandning “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 28-avgustdagi 548-son qarorida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari tomonidan oʻzaro hamkorligi taʼminlanadigan tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari roʻyxatining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
19. Vazirlar Mahkamasining “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 6-oktabrdagi 625-son qarorida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaz direktorini — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktoriga, boshqa xodimlarini mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmalari xodimlariga tenglashtirish”;
toʻrtinchi xatboshidagi “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa manbalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning “e” kichik bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining hayʼat yigʻilishlarida muhokama qilib” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritib” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
21. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qarori bilan tasdiqlangan Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) talabnomalariga asosan Agentlik keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning umumiy soniga muvofiq respublika sanatoriylariga yoʻllanmalarni taqsimlash rejasini har chorakda tasdiqlaydi”;
nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Sanatoriy tomonidan tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimiga 0000-son yoʻllanmaning qaytariladigan qismi” boʻlimidagi “tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimiga” soʻzlari “tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarorida:
ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 1, 2 va 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
nomidagi “bosh” soʻzi chiqarib tashlansin;
izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlarning cheklangan soni — 12 nafar.
Izoh: 1. Vrach-ekspertlardan biri tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi hisoblanadi.
2. Alohida bino boʻlganda qorovul, avtotransport vositasi boʻlganda haydovchi lavozimlari qoʻshimcha kiritiladi.
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin”;
4 va 5-ilovalarning izoh qismlari quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 500-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2024-y., 09/24/500/0610-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-apreldagi 184-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2026-y., 09/26/184/0387-son)
25. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Nogironligi boʻlgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hududiy boʻlimlarining tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan beriladigan”;
b) 21 va 132-bandlardagi “Inspeksiyaning” soʻzlari “Agentlikning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 180-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 599-son qarori bilan tasdiqlangan Paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Institut tizimiga umumiy rahbarlik qiladi hamda uning faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birga muvofiqlashtiradi”.
27. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat xizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2023-yil 23-martdagi 119-son qarorida:
2-bandning beshinchi xatboshisidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5, 12, 13, 15, 20, 21, 23-bandlar, 25-bandning birinchi xatboshisi, 30-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 34-bandning birinchi xatboshisi, 39-bandning ikkinchi xatboshisi, 47-bandning toʻrtinchi xatboshisi, 52-bandning “a” — “v” kichik bandlari va 54-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Nafaqalarni tayinlashda Agentlik, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi hamda vakolatli organ ishtirok etadi”;
21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilovaning 1-bosqich “Subyektlar” blokidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning nomidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning 1-bosqich “Subyektlar” blokidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilovaning nomidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bosqichning “Mexanizm” bloki 1-bandidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqichning “Mexanizm” bloki 1-bandidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-ilovaning 3-bosqich “Mexanizm” bloki 2-bandidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining” soʻzlari “Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4, 7-bandlar, 9-bandning birinchi xatboshisi, 10-bandning “a”, “b” va “d” kichik bandlari, 11 va 15-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Agentlik” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqichning “Subyektlar” blokidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bosqichning “Mexanizm” bloki 2-bandidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2 va 3-ilovaning nomidagi “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 29-martdagi 106-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12-ilovaning 13-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son; 13.08.2024-y., 09/24/500/0610-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 20.04.2026-y., 09/26/184/0387-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)