1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Umumiy masalalar]
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
“Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-911-son qarori bilan tashkil etilgan Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzurida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha 30 o‘ringa mo‘ljallangan Respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
2. Quyidagilar Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or metodikalarini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.11.00 Aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat]
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda ko‘maklashish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining xodimlarning cheklangan umumiy soni 28 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 4,5 shtat birligidan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori zarurat bo‘lganda, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning shtatda belgilangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishga haqli.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
4. Belgilansinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining direktori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
6. Belgilab qo‘yilsinki, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
2008-yilda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan Respublika reabilitatsiya markazini jihozlashga va uning joriy ta’minotiga mablag‘ ajratsin;
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
2009-yildan boshlab respublika budjeti parametrlarida Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazining faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati talablariga muvofiq Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazini joylashtirish uchun mahalliy budjetni ijro etishda qo‘shimcha ravishda olingan daromadlar va homiylik mablag‘lari hisobiga zarur ta’mirlash ishlarini bajarib, bino ajratsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-noyabr,
240-son
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qaroriga 1-ILOVA
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) maqomi, faoliyatining asosiy tamoyillari, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.07.00 Reabilitatsiya]
2. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimida odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha reabilitatsiya tashkiloti hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
3. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
4. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Agentlikning buyruqlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek o‘z Ustaviga amal qiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.03 Jamoat birlashmalari (shuningdek, 01.17.03.00ga qarang)]
5. Markaz Agentlik bilan kelishgan holda o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
6. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin hamda ular Markaz xizmatlaridan foydalanuvchilar hisoblanadi.
7. Markaz o‘z faoliyatini quyidagi asosiy tamoyillar asosida amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning shaxsi va shaxsiy hayoti maxfiyligiga rioya qilish;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy, psixologik va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda yakka tartibda parvarish qilish.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or metodikalarini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish;
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;
nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda ko‘maklashish.
9. Markaz zimmasiga yuklangan asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.04.00 Sog‘liqni saqlash muassasalarini, aholini medikamentlar, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash. Dorixona;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
a) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash va shaxsiy gigiyena shart-sharoitlari, shuningdek, oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash sohasida:
yashash uchun boshpana bilan ta’minlaydi;
belgilangan tartibda va me’yorlarga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlaydi;
belgilangan tartibda tibbiy yordam va tibbiy jihozlar bilan ta’minlaydi;
(9-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
b) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy moslashtirish sohasida xorijiy mamlakatlarning ilg‘or metodikalarini o‘rganish hamda amaliyotga tatbiq etish sohasida:
tibbiy, ijtimoiy reabilitatsiya qilishning yangi uslub va mexanizmlarini ishlab chiqadi va tatbiq qiladi;
ishlab chiqilgan uslub va mexanizmlarini xorijiy mamlakatlarning ilg‘or metodikalari asosida doimiy ravishda yangilaydi;
v) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning qiziqishlaridan kelib chiqib kasb-hunar o‘rgatish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish sohasida:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga ko‘maklashadi;
kasbga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlashni tashkillashtiradi;
g) nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qilish sohasida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.19.00 Ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye va boshqalar) (shuningdek, 12.03.09.00.ga qarang)]
ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda keng miqyosda oldini olish-profilaktika ishlarini tashkil qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
d) odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishda ko‘maklashish sohasida:
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning xavfsizligini ta’minlaydi;
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning qarindoshlari bilan muloqot o‘rnatishiga ko‘maklashadi;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning qarindoshlariga va vasiylariga odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risida axborot beradi.
3-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
10. Markaz odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatadi.
11. Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Markaz tomonidan ko‘rsatilgan jami pullik xizmatlar uchun tushumlarning 2 foizi miqdoridagi mablag‘lar Agentlikning budjetdan tashqari hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
12. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni Markazga joylashtirish odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning o‘z xohishi hamda Markaz direktori, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari vakillari tomonidan qabul qilingan qo‘shma qaror asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
13. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar Markazda o‘ttiz kungacha muddatga joylashtiriladi. Tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya jarayonlari davom ettirilishi talab etilgan hollarda odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning Markazda bo‘lishi muddati uch oygacha muddatga uzaytirilishi mumkin. Agar odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa yashash muddati ko‘rsatib o‘tilgan jabrdiydalarni himoya qilish uchun zarur deb hisoblangan davrga uzaytiriladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
14. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar Markazni ularning shaxsan yozma murojaatlariga muvofiq o‘z xohishi bilan tark etish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
15. Markazda odam savdosidan jabrlanganlari, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlari bo‘lgan erkaklar va ayollar, shuningdek bolalar alohida-alohida joylashtiriladi.
16. Markaz odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
samarali ijtimoiy reabilitatsiya qilinishiga ko‘maklashadi;
huquqlari va qonuniy manfaatlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi;
ovqatlanish, dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlaydi;
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
qulay yashash sharoitlari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan ta’minlaydi;
qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatishga ko‘maklashadi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
odam savdosi jabrdiydalari ijtimoiy reabilitatsiya qilinishiga ko‘maklashadi.
17. Odam savdosining har bir jabrdiydasiga uning sog‘lig‘i holatini kompleks tekshirib chiqish va baholash natijalari, ijtimoiy, psixologik, yuridik va boshqa yordam zarurligi yuzasidan ishlab chiqiladigan shaxsiy reabilitatsiya qilish rejasi asosida yordam ko‘rsatiladi. Har bir odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarining shaxsiy reabilitatsiya qilish rejasining namunaviy shakli Markaz tomonidan ishlab chiqiladi hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
18. Markaz yoki reabilitatsiya qilishda qatnashuvchi boshqa tashkilotlarning mutaxassislari, Markaz direktori, ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari vakillari tomonidan qabul qilingan qo‘shma qaror asosida reabilitatsiya jarayonida odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga tibbiy, ijtimoiy, psixologik, yuridik va boshqa yordam ko‘rsatish yuzasidan reabilitatsiya jarayoniga tuzatish kiritish maqsadida har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Reabilitatsiya chora-tadbirlari bajarilgandan keyin Markaz rahbariyati tomonidan mutasaddi vrach bilan birgalikda har bir shaxsni reabilitatsiya qilish rejasiga muvofiq amalga oshirilgan reabilitatsiya natijalari baholanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami ko‘rsatish / 14.01.03.03 Narkologik yordam]
19. Tibbiy ko‘rsatmaga muvofiq Markaz odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni davolash-profilaktika muassasalariga, shu jumladan ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga belgilangan tartibda diagnostika, davolash-maslahat yordami ko‘rsatish, shuningdek (atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan narkologiya, psixiatriya, dermatovenerologiya, sil, yuqumli kasalliklar va boshqalar bo‘yicha) statsionar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yuboradi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Markaz rahbariyati davolash-profilaktika muassasalariga odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni asoslangan ravishda yuborilishi uchun shaxsan javob beradi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
20. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar reabilitatsiya markazida bo‘lgan davrda ularga, agar bu odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar manfaatlariga zid bo‘lmasa, yaqin qarindoshlari, qonuniy vakillari bilan munosabatlar o‘rnatish va ularni saqlab turish uchun zarur shart-sharoitlari ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
21. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni Markazdan chiqarishga tayyorlash ichki ishlar organlari, vasiylik va homiylik organlari bilan hamkorlikda Markazning mas’ul xodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
22. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar Markazdan chiqarilgandan keyin normal turmush tarziga to‘liq qaytgunlariga qadar yuridik maslahat olish, tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Markaz xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.06.00 Vasiylik va homiylik]
23. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish ichki ishlar organlari, vasiylik va homiylik organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bo‘linmalari bilan hamkorlikda Markaz tomonidan ta’minlanadi.
24. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Agentlikning hududiy organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari Markazning buyurtmanomalari bo‘yicha odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga:
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi mavjud sud tartib-qoidalari va ma’muriy tartib-qoidalar to‘g‘risida maqbul shakldagi axborotni taqdim etadilar va boshqa zarur yuridik yordamni ko‘rsatadilar;
uning farzandlari ta’lim muassasalariga qatnashini uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar;
tibbiy ko‘rikdan o‘tish va mutaxassis tomonidan ko‘rik o‘tkazilib, maslahat olish orqali malakali psixologik va tibbiy yordam beradilar;
professional jihatdan reabilitatsiya qilinishda va ishga joylashishda ko‘maklashadilar.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
25. Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar qaytarilgan oila ustidan, ularga nisbatan odam savdosi takroran sodir etilishining oldini olish maqsadida, bir yil mobaynida monitoring olib borilishi kerak. Monitoring doirasida Markaz ichki ishlar organlari hamda vasiylik va homiylik organlari mutaxassislari tomonidan shaxs qaytgandan keyin uning oiladagi holati baholanadi.
26. Markaz direktori Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
27. Markaz direktori:
Markazning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida belgilangan tartibda xodimlarning shtat jadvalini, ularni moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash miqdori va shakllarini tasdiqlaydi, taklif etiladigan mutaxassislarga haq to‘lash miqdorlarini belgilaydi;
Markaz xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq Markaz xodimlarining uzluksiz bilimlarini oshirib borishi va muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlaydi;
har yil yakunlari bo‘yicha Agentlikka Markazning faoliyati to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
(27-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Markazning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi.
28. Agentlik direktori Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
5-bob. Moliya-xo‘jalik faoliyati
29. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
30. Markazning mol-mulkini asosiy fondlar (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma mablag‘lar, shuningdek qiymati Markazning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa mol-mulk tashkil etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
31. Markaz belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritadi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etadi.
32. Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Markazning xodimlari odam savdosi jabrdiydalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar oshkor qilinganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46-moddasi
34. Markazni qayta tashkil etish va tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 44-45-son, 445-modda; 2014-y., 52-son, 624-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda, 23.01.2018-y., 09/18/39/0608-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/575/0882-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)