Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
I. Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
1. | Hududlardagi koʻrsatkich va holatlar oʻrganilgan holda, xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha manzilli dasturlarni tasdiqlash. | Chora-tadbirlar dasturi | Bir hafta muddatda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
2. | Taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatadigan psixologlarning oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish borasidagi tajribalarini oshirish maqsadida metodik qoʻllanma va tavsiyalar ishlab chiqish. | Metodik qoʻllanma | 2021-yil dekabr | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti |
3. | Mahallalarda fuqarolar yigʻini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va bevosita aholi bilan ishlaydigan mutasaddi tashkilotlarning masʼul xodimlari uchun ruhiy bemorlar, ruhiyatida yuz bergan oʻzgarishlar tufayli oʻz joniga suiqasd qilgan shaxslar bilan ishlashga qaratilgan adabiyotlar, oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va chop etishni tashkil etish. | Oʻquv-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish | 2022-yil yanvar — mart | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti |
II. Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar | ||||
4. | Oʻz joniga qasd qilish holatlari koʻp sodir etiladigan hududlarda tajribali psixolog mutaxassislarni jalb etgan holda “Psixolog qabuli”, “Biz sizni eshitamiz”, “Psixolog bilan uchrashuv” kabi mavzularda fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlarni tashkil etish hamda uchrashuvlar natijasini tahlil qilib, manzilli choralar belgilash. | Uchrashuvlar tashkil etish | Alohida tasdiqlangan reja asosida | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar |
5. | mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda har bir mahallada istiqomat qilayotgan muammoli oilalarni aniqlash, muammolar sabablarini oʻrganish va har bir oilaga tegishli mutaxassislarni (mahalla faollari, fuqarolar yigʻini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari aʼzolari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi, yoshlar ishlari agentligi vakillari, din ulamolari va h.k.) biriktirish hamda profilaktika ishlarini olib borish. | Muammoli oilalarni aniqlash va tegishli mutaxassislarni biriktirish profilaktik ishlarni olib borish | 2021-yil noyabr
| Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, |
6. | Oʻz joniga qasd qilish holatlari koʻp sodir etilayotgan hududlarda ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan (zoʻravonlikni boshidan kechirgan, yaqin odamini yoʻqotgan va boshqalar) xotin-qizlar va yoshlar uchun maxsus xizmatlar faoliyatini tashkil etish va ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | muntazam | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish Din ishlari boʻyicha qoʻmita, |
7. | Mahallalarda tibbiy patronaj xizmatlari orqali ruhiy kasallangan bemorlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularga tibbiy-psixologik xizmatlarni koʻrsatish samaradorligini oshirish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | muntazam | Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
8. | Oʻz joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarni sogʻlom hayotga toʻliq qaytarish maqsadida ularning har biriga alohida kompleks choralar belgilash va ijrosini nazoratga olish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | muntazam | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, |
9. | Respublikaning olis hududlarida yashovchi aholi orasida ruhiy kasal yoki ruhiyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklarga moyilligi boʻlgan shaxslar va ularning oila aʼzolari ishtirokida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish. | Reja grafik tasdiqlash | alohida reja asosida muntazam | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
10. | Taʼlim muassasalarida oʻtkaziladigan: tarbiyaviy soatlarda bolalar va oʻquvchilar oʻrtasida ota-onaga hurmat, oila muqaddasligi, hayotning qadriga yetish kabi masalalarda suhbatlar tashkil etish; ota-onalar majlislarida bola tarbiyasining nozik jihatlari, ularni kamsitmaslik, ruhiyatiga taʼsir etuvchi jazo choralarini qoʻllamaslik va boshqa shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan mavzularda tushuntirish ishlarini olib borish. | Reja grafik tasdiqlash va uning asosida suhbatlar tashkil etish | Reja-grafik asosida | Xalq taʼlimi vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
11. | Bolalar huquqlari himoyasini taʼminlaydigan mexanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlarining buzilish holatlari toʻgʻrisida tezkor xabardor qilishni joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | muntazam | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
12. | Hududlarda muammoli oilalarga hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻli keksa avlod vakillarini biriktirish va shu orqali oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga koʻmaklashish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | muntazam | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
13. | Teleradiokanallar orqali oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oilaning muqaddasligi, hayotning qadriga yetish va psixolog maslahat ruknlarini tashkil etish va muntazam efirga uzatib borish. | Media-reja tasdiqlash va amalga oshirish | 2021-yil noyab? | Milliy teleradiokompaniya, |
14. | Muqaddas diniy kitoblarda oʻz joniga qasd qilish eng yomon salbiy holat ekanligi boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlarini faollashtirish. | Targʻibot-tashviqot tadbirlarini tashkil qilish | Reja grafik asosida | Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar |
15. | Aholi oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish ishlariga hududlardagi nodavlat tashkilotlarni jalb etish. Bunda oʻz joniga qasd qilishga uringan, kuchli ruhiy tushkunlikka tushgan fuqarolar bilan shugʻullanish borasida maxsus loyihalar tashkil etish. | Nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish memorandumini imzolash | 2021-yil noyabr | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (kelishuv asosida) |
16. | Oʻz joniga qasd qilishning oldini olish sohasida belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilib borish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida brifing va matbuot anjumanlarini oʻtkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | Har chorakda kamida | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, |
17. | Televideniye va kinoteatrlarda namoyish etilayotgan badiiy va videofilmlarni, reklama roliklarini oila muqaddasligi, yoshlar maʼnaviyatiga hamda ularning hulq-atvoriga salbiy taʼsir etish nuqtai nazaridan tahlil qilib borish va bu borada tegishli takliflarni kiritish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2021-yil dekabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifatmarkazi, Milliy teleradiokompaniya, Kinematografiya agentligi, Axborot |
18. | Ruhiy muammolar, jumladan, oʻz joniga qasd qilishning oldini olish bilan ishlovchi xizmatlar bilan aholini tanishtirish. (Sogʻliqni saqlash, fuqarolar yigʻini, taʼlim muasassalari va boshqa joylarda mazkur xizmatlar telefon raqamlari va xizmat turlari haqidagi maʼlumotlarni joylashtirish) | Tashkiliy chora-tadbirlar | Belgilangan muddatlarda | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi |
III. Xotin-qizlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik | ||||
19. | Aholi, ayniqsa, ruhiy kasal yoki ruhiyatning oʻzgarishi bilan bogʻliq boshqa kasalliklarga moyilligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish sohasida yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish. | Qoʻshma qaror ishlab chiqish | 2021-yil dekabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi, |
20. | Oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar bilan ishlash sohasida xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish, shu jumladan, xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali tajriba almashish. | Tashkiliy tadbirlar | 2021-2022-yillarda | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
21. | Sogʻliqni saqlash, pedagog-psixologlarni attestatsiya qilish jarayonida mutaxassislarni oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega ekanligi yuzasidan bilimlarini aniqlash. | Tashkiliy | 2021-2022-yillarda | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
22. | Xorijiy mutaxassislar ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va oʻtkazish. | Tadbirlar | 2021-yil noyabr grafikni tasdiqlash 2022-yil davomida amalga oshirish | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, ichki ishlar vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti |