1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.10.00 Iqtisodiy islohotlar sohasida davlat boshqaruvi]
Xorazm viloyatida sanoat sohasini jadal rivojlantirish va viloyatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, ilgʻor xalqaro tajriba asosida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
1. Xorazm viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Xorazm viloyatining Urganch tumanida quriladigan Al-Xorazmiy shaharchasidagi 1-ilovada koʻrsatilgan yer maydonlarini ajratish orqali “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish;
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining hududlarini 2-ilovaga muvofiq maqbullashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
2. Xorazm viloyati hokimligi (J. Rahimov) bir oy muddatda:
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining maqbullashtirilayotgan yer maydonlari tuman zaxirasiga qaytarilishini, keyinchalik qonunchilikda belgilangan maqsadlar uchun foydalanilishini;
Kadastr agentligi (F. Pulatov) bilan birgalikda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasi uchun Al-Xorazmiy shaharchasidan ajratiladigan yer maydonlarining chegarasi chizmalarda qayd etilishini, naturada (joyning oʻzida) belgilanishini;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (B. Zakirov) bilan birgalikda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining Al-Xorazmiy shaharchasidagi hududi bosh rejasi ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Bunda:
Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilansin;
bosh rejani ishlab chiqish boʻyicha pudrat tashkiloti belgilangan tartibda tanlov (tender) savdolariga asosan aniqlansin;
bosh rejani ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Xorazm viloyati mahalliy budjetining orttirib bajarilgan qismi hamda hududiy tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
3. Xorazm viloyati hokimligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ hamda “Oʻzsuvtaʼminot” AJ bilan birgalikda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining 2023-2024-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi bilan taʼminlanishi lozim boʻlgan obyektlarining manzilli dasturlarini Al-Xorazmiy shaharchasidagi hududining tasdiqlangan bosh rejasiga asosan bir oy muddatda shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Belgilansinki:
manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlarni qurish ishlarini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-dekabrdagi “Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4929-son qaroriga;
manzilli dasturlarga kiritilgan obyektlarni qurish-taʼmirlash ishlari boʻyicha buyurtmachi vazifasini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5101-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
tashkil etiladigan ishlab chiqarish obyektlarida ustuvor ravishda muqobil yoki qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalaniladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Rahimov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-noyabr,
PQ-379-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-379-son qaroriga 1-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining hududini kengaytirish uchun ajratiladigan yer maydonlari
Hudud manzili va chegaralari
Kontur raqami
Yer maydoni
(gektar)
Xorazm viloyati Urganch tumanining Al-Xorazmiy shaharchasidagi yer uchastkalari quyidagi chegaralari bilan:
shimoliy tomondan — Urganch tumani zaxira yerlari;
sharqiy tomondan — xoʻjaliklararo kollektor, “Feruz-1” fermer xoʻjaligiga qarashli chorvachilik majmuasi, kichik sex;
janubiy tomondan — kushxona binosi;
gʻarbiy tomondan — Urganch tumani zaxira yerlari.
543,
544,
548
4,0
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-379-son qaroriga 2-ILOVA
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining maqbullashtiriladigan hududlari
ROʻYXATI
T/r
Tuman nomi
Manzili
Kontur raqami
Yer maydoni
(gektar)
1.
Bogʻot tumani
Dehqonbozor qishlogʻi,
Dehqonobod massivi
768, 769, 801
12,9
2.
Gurlan tumani
Sholikor qishlogʻi,
Yangiobod massivi
164
19,7
3.
Urganch tumani
Chotkoʻpir qishlogʻi,
A. Temur massivi;
Chakkasholikor qishlogʻi,
J. Manguberdi massivi
5 — 10, 186
11,0
4.
Xonqa tumani
Tomodurgadik qishlogʻi,
Durgadik mahallasi
97, 429
15,0
5.
Shovot tumani
Choʻqli qishlogʻi,
Xorazm massivi
263, 265
10,0
6.
Yangiariq tumani
Gullanbogʻ qishlogʻi,
M. Matkarimov massivi
1438
15,0
7.
Xiva tumani
Gandimiyon qishlogʻi
80
30,0
8.
Urganch tumani
Bekobod qishlogʻi,
Gʻoybu qishlogʻi
998, 999, 33 — 37
60,0
Jami:
173,6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-noyabrdagi PQ-379-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-avgustdagi “Xorazm viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4810-son qarorida:
a) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari hisobidan kengaytirilayotgan hududlari
T/r
Tuman nomi
Manzili
Kontur raqami
Yer maydoni
(gektar)
1.
Qoʻshkoʻpir tumani
Yangiliq qishlogʻi,
M. Rahimov massivi
(1)
15,0
2.
Yangibozor tumani
Boʻzqalʼa qishlogʻi
30
15,0
Jami:
30,0
”;
b) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilgan hududlarida transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish
DASTURI
T/r
Hudud nomi
Avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash
Suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish
Elektr energiyasi tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish
Tabiiy gaz tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish
Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish
quvvati
(km)
qiymati
(mln soʻm)
quvvati
(km, dona)
qiymati
(mln soʻm)
quvvati
(km, dona)
qiymati
(mln soʻm)
quvvati
(km, dona)
qiymati
(mln soʻm)
quvvati
(km, dona)
qiymati
(mln soʻm)
1.
Qoʻshkoʻpir tumani
3 km
2 700,0
4,5 km D-200 polietilen ichimlik suv quvuri
675,0
1 km 10 kV havo liniyasi 2ta GKTP 630 kVA transformator punkti
630,0
2 dona GTK, 150 metr D-114 gaz quvuri
15,9
1,5 km
70,0
2.
Yangibozor tumani
2 km
1 800,0
1,0 km D-200 polietilen ichimlik suv quvuri
150,0
1,0 km 10 kV havo liniyasi 2ta GKTP 630 kVA transformator punkti
630,0
2 dona GTK 800 metr D-114 gaz quvuri
35,0
1,0 km
55,0
Jami:
4 500,0
825,0
1 260,0
50,9
125,0
”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 196-son qaroriga 1-ilovaning IV boʻlimi 10-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 07/23/379/0903-son)