toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum boʻronlarining atrof-muhitga zararli taʼsirlarining oldini olish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oʻtgan davr mobaynida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 588 gektar “yashil bogʻlar”, 662 gektar “yashil jamoat parklari”, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami 40 km masofada “yashil belbogʻ”lar barpo etildi.
Shu bilan birga, umummilliy loyihani samarali davom ettirish bugungi kunda kechiktirib boʻlmas choralarni koʻrishni talab etmoqda.
Oʻzbekistonda “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirish, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish va ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
1. Belgilansinki, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda quyidagi qoʻshimcha mexanizmlar amalga oshiriladi:
a) Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunda:
aholi tashabbusi bilan “yashil bogʻlar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish boʻyicha maydon manzili va rasmlari koʻrsatilgan holda qiymati 250 mln soʻmdan oshmagan tashabbus bildiriladi;
“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi;
b) Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturi orqali 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq quyidagilarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi:
har bir hududda dendrariylar, dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil qilish;
shahar va tumanlarni “yashil belbogʻ”lar bilan oʻrab olish;
5 gektardan kam boʻlmagan yirik bogʻlarni barpo etish;
transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum boʻronlari taʼsirini kamaytirish uchun “yashil qalqon” tashkil qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-sonli “2019 — 2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
v) moliyalashtirishda quyidagi qoʻshimcha manbalardan foydalanishga ruxsat etiladi:
suveren “yashil obligatsiyalar”, “barqaror rivojlanish obligatsiyalari”ni chiqarish;
uglerod savdosi tizimini (carbon trading system) yoʻlga qoʻyish.
Ushbu mablagʻlar yoʻnaltiriladigan maqsadlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.
2. Daraxt koʻchatlarini ekish, hududlarni koʻkalamzorlashtirishda aholining manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida:
a) avtomobil, temir yoʻl, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalari yer uchastkalarining foydalanilmayotgan qismida (oʻrmon fondi yerlari bundan mustasno) “yashil bogʻlar” ushbu yerlarning egalari, foydalanuvchilari hamda tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida 10 yilgacha quyidagi shartlarda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan ikki tomonlama shartnoma asosida barpo etiladi:
yoʻl boʻyida daraxt koʻchatlarini kamida 5 qatordan ekish;
parvarish qilgan daraxtlarining yiliga 30 foizidan oshmagan qismidan sanoat va qurilish maqsadida foydalanishga imkon berish;
b) yer uchastkalari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga “yashil bogʻ” barpo etish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari ikki hafta muddatda ushbu bandda nazarda tutilgan shartnomalar tuzilishini va belgilangan tartibda yer uchastkalari ajratilishini taʼminlasin.
3. Adliya vazirligi bir hafta muddatda yashil hudud va unda ekilgan daraxt va butalarni parvarishlash hamda ulardan foydalanish uchun “Yashil bogʻ” barpo etish toʻgʻrisida namunaviy shartnoma loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yetkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda 2027-yildan boshlab har yili “Eng yashil mahalla” tanlovini oʻtkazish va tanlov natijalari boʻyicha gʻolib boʻlgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
mahallaning tegishli jamgʻarmasiga daraxtlar ekish va sugʻorish, “yashil jamoat parki”ni yaratishga jami 500 million soʻmdan oʻtkazib berish;
oʻzini oʻzi boshqarish organlariga xizmatda foydalanish uchun 1 tadan elektromobil xarid qilish va topshirish choralari koʻrib borilishini taʼminlasin.
5. Ekologiya vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda oʻrmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish ishlarini yoʻlga qoʻyish orqali kamida 10 ming nafar aholining bandligini taʼminlasin. Bunda:
oʻrmon fondi mavjud yerlarining joriy holati (toifasi)dan kelib chiqqan holda har bir kasanachilik asosida koʻchat yetishtiruvchiga kamida 5 gektargacha yerlar shartnoma asosida biriktiriladi;
kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi;
kasanachilik asosida koʻchat yetishtirishni yoʻlga qoʻyish uchun talab etiladigan dastlabki maqsadli mablagʻlar Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.
6. Ekologiya vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekishni tashkillashtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida elektron toʻlov tizimlaridan foydalanuvchilar va boshqa isteʼmolchilar tomonidan ixtiyoriy xayriya oʻtkazmalari boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi “Yashil toʻlov” platformasini joriy qilish;
Ekologiya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Yashil toʻlov” platformasi orqali respublikada daraxt va buta koʻchatlarini ekishga aholini keng jalb qilish boʻyicha Yashil xayriya jamgʻarmasini tashkil etish;
Yashil xayriya jamgʻarmasining boshqaruvi kengashi raisi vazifasini ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri tomonidan jamoatchilik asosida bajarish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Ekologiya vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi bilan birgalikda 4-ilovaga muvofiq 2024 — 2026-yillarda ihota daraxtzorlarini barpo etish choralarini koʻrsin.
Bunda, “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan koʻchatlar ekilishi koʻzda tutilgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari xatlovdan oʻtkazilib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda loyiha-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.
8. Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha 2020-2021-yillarda boshlangan ishlarni uzviy davom ettirish maqsadida quyidagilar:
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish dasturi va prognoz koʻrsatkichlari 5 va 5a-ilovalarga muvofiq;
2024 — 2030-yillarda respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Ekologiya vazirligi va Toshkent shahri hokimligining “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish (keyingi oʻrinlarda — daraxtlarni pasportlashtirish) toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Belgilansinki, Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
birinchi bosqich (2024-yil 1-martga qadar) — aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);
ikkinchi bosqich (2024-yil 1-noyabrga qadar) — xatlov natijasiga koʻra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, boʻyi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi;
uchinchi bosqich (2024-yil 31-dekabrga qadar) — maʼlumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.
11. Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi 7-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Respublika ishchi guruhi (Abduxakimov):
daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini samarali tashkil etish, vazirlik va idoralarning bu boradagi ishini muvofiqlashtirish, mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal qilish choralarini koʻrsin;
har oyda daraxtlarni pasportlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin;
2025-yil 1-fevralga qadar eksperiment yakunlaridan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham daraxtlar pasportini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
12. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024 — 2028-yillarda Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha milliy dastur (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
“yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va ularni tizimli rivojlantirish;
ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish;
aholi salomatligini tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish;
donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamgʻarmalar va kompaniyalar mablagʻlarini keng jalb qilish boʻyicha xalqaro aloqalarni yanada kuchaytirish.
13. Belgilab qoʻyilsinki:
Milliy dasturda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish 2024-yil va keyingi yillar uchun tasdiqlanadigan Davlat budjetida koʻzda tutiladi;
Milliy dasturga kiritilgan tadbirlar toʻliq, oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va monitoring qilish barcha davlat organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ustuvor vazifasi etib belgilanadi.
14. Ekologiya vazirligi 2024-yildan boshlab oʻzining tizimidagi tashkilotlarda yomgʻir suvlarini toʻplash uchun membrana (rezervuar)lari tashkil etish hamda zamonaviy suv resurslarini tejash uslublari orqali daraxt va butalarni sugʻorish tizimi yaratilishini taʼminlasin.
Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2024-yil yakunigacha ushbu tizimni tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda joriy etish choralarini koʻrsin.
15. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-martdan boshlab:
yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi koʻkalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi;
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korxonalari loyiha hujjatlari boʻyicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi xulosalarida oʻz va tutash hududlarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiy boʻlgan talab etib belgilanadi;
koʻchatlar ekish va ularni parvarishlash hamda sugʻorish tadbirlarini moliyalashtirish masalalari vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalarining yillik xarajatlar smetasida hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari, maxsus iqtisodiy zonalar hududlarida joylashgan sanoat korxonalarining yillik biznes rejalarida koʻzda tutiladi.
16. Ekologiya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlarning umumiy shtatlari doirasida oʻrmon urugʻchiligini rivojlantirish, oʻrmon oʻsimliklari urugʻlari tahlilini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muvofiqlashtirish, zamonaviy texnologiyalar asosida koʻchat yetishtirish va koʻchatchilik seleksiyasi tizimini takomillashtirish masalalarini tizimlashtirish maqsadida:
a) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi;
b) Universitet huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida:
“in-vitro” laboratoriyasi va uning hududiy boʻlinmalari;
“Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari) boʻlinmalari;
v) “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tashkil etilsin.
Ekologiya vazirligi tizimida yangi tashkil etilayotgan tuzilmalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish jadvali 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
17. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Ekologiya vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi agentligining talabnomasiga muvofiq oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan oʻrmon barpo etish, uning qayta tiklanishini taʼminlash, muhofaza qilish va oʻrmon yongʻinlariga qarshi kurashish tadbirlari uchun zarur asbob-uskunalar va maxsus texnikalarni sotib olish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha hisob-kitoblarga asosan 2024 — 2026-yillarda respublika budjetidan talab etiladigan zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi oʻrmon xoʻjaliklarining bosqichma-bosqich 2024 — 2026-yillarda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash prognoz koʻrsatkichlari 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 11-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 12-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
20. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-noyabr,
PF-199-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
1-ILOVA
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxtzorlar barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida tashkil etilgan ishchi guruhlari

Hududlarda shamol va garmselning salbiy taʼsiri, suv obyektlarining joylashishi, qum va chang koʻtarilish ehtimoli yuqori boʻlgan maydonlar, shamolning kuchi va yoʻnalishi, yogʻingarchilik, shamol eroziyasi, qum va chang boʻronlari koʻtarilishining asosiy sabablari hamda boshqa maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi.

Har yili 10-martga qadar

Oʻrganish ishlari yakuniga koʻra shakllantirilgan maʼlumotlar asosida manzilli dasturlarni ishlab chiqadi, bunda:

har bir loyiha pasporti (asosiy koʻrsatkichlari) va annotatsiyalari;

har bir tuman (shahar) va tegishli hudud boʻyicha yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini bajarish bosqichlari aks ettirilgan xaritalari (sxemalar) ilova qilinishini taʼminlaydi.

Har yili 1-mayga qadar

Yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha shakllantirilgan manzilli dasturning:

tuman (shahar) Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishini;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tegishli qaror bilan tasdiqlanishini taʼminlaydi.

Har yili 15-mayga qadar

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari

Yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish uchun tanlangan yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

tasdiqlangan manzilli dasturlarni Ekologiya vazirligiga taqdim etadi;

manzilli dasturlarga:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma va yer maydonlarini ajratish toʻgʻrisidagi qarorlar;

yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshiriladigan joyning xaritalari (sxemalari) ilova qilinadi.

Har yili 1-iyunga qadar

3-bosqich

Ekologiya vazirligi

1. Taqdim etilgan manzilli dasturlarning toʻliq oʻrganib chiqilishini hamda ekologik ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi.

2. Manzilli dasturlarni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, bunda, rad etilgan manzilli dasturlarni qayta ishlab chiqish uchun hududlarga yuboradi.

3. Maʼqullangan manzilli dasturlarni umumlashtirib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.

Har yili 15-iyunga qadar

4-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Kelgusi yilda respublikada yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlaydi.

Har yili 1-iyulga qadar

5-bosqich

Ekologiya vazirligi

1. Tasdiqlangan manzilli dasturlarda belgilangan tadbirlar doirasida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshirish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq ishlab chiqadi.

2. Ekologiya vazirligi tizimidagi “Yashil loyiha” loyihalash instituti bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha shartnoma tuzadi.

3. Muayyan loyiha-smeta hujjatining mazmuni va tarkibi hamda ishlab chiqilayotgan boʻlimlar roʻyxati, loyihalanayotgan obyekt xususiyatiga qarab, aniqlashtirilishi va qisqartirilishini va ushbu talablarning loyiha topshirigʻida belgilanishini taʼminlaydi.

Har yili 1-sentabrga qadar

6-bosqich

Ekologiya vazirligi

1. “Binolardan foydalanish va qurilish-taʼmirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqlar asosida loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshiradi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqadi.

2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining tegishli tizim tashkilotlaridan ekspertizadan oʻtkazadi.

Shartnomada belgilangan muddatda

3. Loyiha-smeta hujjatlarini 3 nusxada tayyorlaydi va bajarilgan ishlarni qabul qilib olish dalolatnomasi asosida buyurtmachiga topshiradi.

4. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlarda loyiha-smeta hujjatlari koʻrsatkichlariga amal qilinishi yuzasidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi.

Zaruratga koʻra

7-bosqich

Ekologiya vazirligi

Loyiha-smeta hujjatlarini qabul qilib olgandan soʻng:

Yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha tender savdolarini oʻtkazadi;

Qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan Pudratchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi, bunda:

shartnoma uch yildan kam boʻlmagan muddatga tuziladi;

pudratchi tashkilot tomonidan ekilgan koʻchatlarni parvarishlash va saqlash tadbirlarining amalga oshirilishi shartnoma shartlarida belgilab qoʻyiladi.

Bir oy muddatda

8-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari tomonidan tashkil etilgan Komissiya

(hokimiyat, bosh pudrat tashkiloti, manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy boʻlinmalari hamda loyiha tashkiloti, yerdan foydalanuvchilar vakillari)

Yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma muddati tugaganidan soʻng, quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

tugallangan obyektlarda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi tashkilotlar ishtirokida loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarning toʻliq amalga oshirilganligini oʻrganib chiqadi;

ekilgan koʻchatlarning koʻkaruvchanlik darajasi belgilangan meʼyorlar (100 foiz)dan kam boʻlmasligini tahlil qiladi;

obyektni qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi, bunda, qabul qilinishi rad etilgan obyektning pudratchi tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobidan tiklashga qaytaradi.

qabul qilingan yashil hududlarni barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilgan hududlarni yerdan doimiy foydalanuvchilar, yer egalari, ijarachilarga (foydalanuvchi yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqalar) mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida topshiradi.

Zaruratga koʻra, tugallangan obyektlarda

Izoh: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasi tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlar:
buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi
loyihachi — qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
pudratchi — qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
2-ILOVA
“Yashil makon” umummilliy loyihasini moliyalashtirishga qoʻshimcha mexanizmlardan tushadigan mablagʻlarni
YOʻNALTIRISH MAQSADLARI
1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “yashil belbogʻ”, “yashil bogʻ”, “yashil jamoat parklari”, “yashil qalqon”, “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini hamda ihota daraxtzorlarini barpo etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, amaliy ishlarni tashkil etish va doimiy egasiga topshirilgunga qadar uch yil davomida saqlash.
2. Oʻrmon xoʻjaligi tadbirlari uchun hududlarning iqlim sharoitiga mos daraxt va buta urugʻlarini tayyorlash, urugʻlarni belgilangan tartibda laboratoriya sinovlaridan oʻtkazilishini taʼminlash, urugʻchilik genbankini tashkil etish.
3. Oʻrmonchilik va oʻrmon koʻchatchiligini rivojlantirish, shu jumladan, intensiv usulda hamda yopiq ildiz tizimi bilan koʻchat yetishtirish tizimini yaratish va uni rivojlantirish.
4. Oʻrmon xoʻjaliklarida pitomniklarni tashkil etish hamda oʻrmon fondi yerlarida koʻchatchilik sohasida kasanachilikni rivojlantirish.
5. Loyihalashtirish, yer uchastkalarini tayyorlash, kam suv talab etadigan daraxt va buta koʻchatlarini ekish ishlarini amalga oshirish.
6. Daraxt va butalarning kasallik hamda zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish.
7. Sugʻorish tizimlarini joriy qilish va suv taʼminotini tashkil etish tadbirlari uchun yoʻnaltiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
3-ILOVA
Kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi

1. Davlat oʻrmon xoʻjaligi mavjud yerlarning joriy holatiga bogʻliq holda oʻz imkoniyatiga qarab koʻpi bilan 5,0 gektargacha boʻlgan maydonni tanlaydi.

2. Tanlangan maydonlarni urugʻ, qalamcha yoki nihollarni ekish uchun tayyorlaydi, jumladan yerni har xil chiqindilardan tozalash, haydash, tekislash, shudgorlash, sugʻorish ariqlarini qazish , ekish uchun joʻyak olish tadbirlarini amalga oshiradi.

3. Tanlangan hududning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-butalar turlarini tanlaydi, ularning roʻyxatini shakllantiradi.

4. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos daraxt-butalarning urugʻlari, qalamchalari yoki nihollarini ekadi.

Yil davomida

 

1. Oʻrmon xoʻjaligi tomonidan tanlangan yer maydonida koʻpi Bilan 5,0 gektargacha boʻlgan va daraxt-butalar turlari urugʻlari, qalamchalari yoki nihollari ekilgan koʻchatzorni (yer maydonini) koʻchat yetishtiruvchi kasanachilik (keyingi oʻrinlarda — kasanachi) bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan jismoniy shaxsga mehnat shartnomasi orqali biriktiradi.

2. Koʻchatlarni yetishtirish va ularni parvarishlash boʻyicha soha olimlari va mutaxassislari birgalikda tavsiyalar berib boradi hamda yaqindan uslubiy koʻmak koʻrsatadi.

3. Shartnomada quyidagilar:

oʻrmon xoʻjaligi tomonidan — kasanachiga ajratilgan yer maydoniga urugʻ, qalamcha yoki nihol ekishi, uni parvarishlash uchun sugʻorish tizimini joriy etishi, talab etiladigan oʻgʻit bilan taʼminlashi, kasanachini belgilangan tartibda oylik maoshi bilan taʼminlashi, koʻchatlar talab darajasida boʻlganda qabul qilib olishi, yetishtirilgan koʻchatlar umumiy hajmining 20 foizini ragʻbatlantirish sifatida kasanachi ixtiyoriga qoldirishi;

kasanachi tomonidan — biriktirilgan koʻchatzor va unga ekilgan urugʻ, qalamcha hamda nihollarni moddiy javobgar shaxs sifatida maʼlum muddatga qabul qilib olishi, ularni parvarishlash, tagini yumshatish, oʻgʻit berish, sugʻorish, begona oʻtlardan tozalash, kultivatsiya qilish, tekislash, ariq olish, sugʻorish tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlarini bajarishi, urugʻ, qalamcha hamda nihollarni kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, koʻchatxonani muhofaza qilish va qoʻriqlash tadbirlarini amalga oshirishi, koʻchatlarni talab darajasidagi (koʻchat balandligi, shoxlanishi, sogʻlomligi, koʻchat tanasining toʻgʻri rivojlanganligi va qalinligi) koʻrsatkichda oʻrmon xoʻjaligiga topshirishi kabi talablar (shartlar) aks ettiriladi.

Shuningdek, oʻrmon xoʻjaligi va kasanachi oʻrtasida shartnoma asosida qoʻshimcha kelishuvlar rasmiylashtirilishi mumkin.

Kelishuv asosida

2-bosqich

Kasanachi

1. Oʻrmon xoʻjaligi tomonidan biriktirilgan koʻchatzordan samarali foydalanishni tashkil etadi, yer maydoni va unga ekilgan urugʻ, qalamcha hamda nihollarni maʼlum muddatga moddiy javobgar shaxs sifatida qabul qilib oladi.

2. Biriktirilgan koʻchatzordagi urugʻ, qalamcha hamda nihollarni parvarishlash, tagini yumshatish, oʻgʻit berish, sugʻorish, begona oʻtlardan tozalash, kultivatsiya qilish, tekislash, ariq qazish, sugʻorish tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlarini bajarish, kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish, koʻchatxonani muhofaza qilish va qoʻriqlash tadbirlarini amalga oshiradi.

3. Biriktirilgan koʻchatzorda ekilgan urugʻ, qalamcha va nihollarni talab darajasida, jumladan daraxt-butalar turlariga bogʻliq holda koʻchatlarning balandligi, shoxlanishi, sogʻlomligi, koʻchatlar tanasining toʻgʻri rivojlanganligi va qalinligi kabi koʻrsatkichlarga alohida eʼtibor qilgan holda yetishtirishni taʼminlaydi.

4. Talab darajasida yetishtirilgan koʻchatlarni belgilangan tartibda (koʻchatlarga mexanik shikast yetkazmagan holda) oʻrmon xoʻjaligiga yetkazib beradi.

Doimiy, shartnomaga muvofiq

3-bosqich

Ekologiya vazirligi

1. Kasanachilik asosida koʻchatchilikni rivojlantirish, tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt va butalarning urugʻ, nihol, qalamchalarini tayyorlash va yetishtirish, shuningdek, boshqa koʻchatchilik bilan bogʻliq tadbirlarni dastlabki bosqichda moliyalashtirishga koʻmaklashadi.

2. Kasanachilik asosida koʻchatchilikni rivojlantirish uchun mahalliy hokimlik va vazirliklar bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga qaratilgan tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

3. Ekilgan koʻchatlarni “Yashil makon” elektron platformaga kiritilishini taʼminlaydi.

Lozim topilganda

4-bosqich

Oʻrmon xoʻjaligi

1. Kasanachilar tomonidan yetishtirilgan daraxt-butalar koʻchatlarini belgilangan tartibda qabul qilib oladi.

2. Koʻchat yetishtiruvchi va ekuvchilar oʻrtasida uzviy bogʻliqlikni taʼminlaydi, shartnoma shartlari ijrosini taʼminlaydi. Yetishtirilgan va ekishga tayyor koʻchatlarni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekuvchilarga yetkazib berish choralarini koʻradi.

Har yili bahor va kuz mavsumida

5-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. Oʻrmon xoʻjaliklarining mavjud yerlari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda zarurat boʻlganda kasanachilik asosida koʻchatchilikni rivojlantirish uchun yer maydonlarini ajratadi.

2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oʻrmon xoʻjaliklari va boshqa koʻchat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetishtirilgan koʻchatlarni xarid qilinishiga koʻmaklashadi.

3. Koʻchat ekish uchun yerlarni aniqlab beradi, doimiy parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish, muhofaza qilish va qoʻriqlash ishlarini amalga oshirish uchun masʼullarni belgilaydi.

Doimiy

6-bosqich

Koʻchat ekuvchi subyektlar

1. Oʻrmon xoʻjaliklari va boshqa koʻchat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetishtirilgan va tuproq-iqlim sharoitlariga mos daraxt-butalar koʻchatlarining tanlangan hududlarga ekilishini taʼminlaydi.

Har yili bahor va kuz mavsumida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
4-ILOVA
2024 — 2026-yillarda ihota daraxtzorlarini barpo etish
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Hududlar nomi

2024 — 2026-yillar, jami

shundan:

2024-yil

2025-yil

2026-yil

yoʻl uzunligi

(km)

manzarali daraxt va buta koʻchatlari soni

(dona)

shu jumladan terak koʻchati

(dona)

yoʻl uzunligi

(km)

manzarali daraxt va buta koʻchatlari soni

(dona)

shu jumladan terak koʻchati

(dona)

yoʻl uzunligi

(km)

manzarali daraxt va buta koʻchatlari soni

(dona)

shu jumladan terak koʻchati

(dona)

yoʻl uzunligi

(km)

manzarali daraxt va buta koʻchatlari soni

(dona)

shu jumladan terak koʻchati

(dona)

Respublika boʻyicha, jami:

9 268

23 144 376

14 880 630

2 060

4 653 100

2 446 560

2 884

7 466 800

6 065 400

4 324

11 024 476

6 368 670

shundan:

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

800

2 029 229

1 276 120

178

367 800

175 680

249

672 980

536 800

373

988 449

563 640

2.

Andijon viloyati

446

1 063 703

679 900

99

190 600

93 600

139

352 660

286 000

208

520 443

300 300

3.

Buxoro viloyati

720

1 734 977

1 056 460

160

321 400

145 440

224

575 740

444 400

336

837 837

466 620

4.

Jizzax viloyati

576

1 352 453

878 640

128

239 500

120 960

179

448 250

369 600

269

664 703

388 080

5.

Qashqadaryo viloyati

763

1 845 895

1 108 760

170

345 000

152 640

237

612 700

466 400

356

888 195

489 720

6.

Navoiy viloyati

533

1 376 276

836 800

118

255 200

115 200

166

456 720

352 000

249

664 356

369 600

7.

Namangan viloyati

533

1 298 249

774 040

118

243 800

106 560

166

430 980

325 600

249

623 469

341 880

8.

Samarqand viloyati

626

1 495 843

983 240

139

262 600

135 360

195

495 660

413 600

292

737 583

434 280

9.

Sirdaryo viloyati

260

974 194

535 720

58

384 000

192 960

81

245 080

167 200

121

345 114

175 560

10.

Surxondaryo viloyati

907

1 926 600

1 263 400

202

146 800

54 720

282

717 200

589 600

423

1 062 600

619 080

11.

Toshkent viloyati

2 002

5 231 583

3 813 950

445

1 366 700

923 040

623

1 524 160

1 410 200

934

2 340 723

1 480 710

12.

Fargʻona viloyati

482

1 168 747

742 660

107

210 300

102 240

150

387 530

312 400

225

570 917

328 020

13.

Xorazm viloyati

620

1 646 627

930 940

138

319 400

128 160

193

547 140

391 600

289

780 087

411 180

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Manzarali daraxt va buta koʻchatlari koʻchat yetishtiruvchi subyektlar tomonidan yetkazib beriladi.
(izohning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son)
Manzarali daraxt va buta koʻchatlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining korxonalari tomonidan ekiladi.
Sugʻorish tizimlari mahalliy hokimliklar tomonidan joriy etiladi.
Ekilgan daraxt va buta koʻchatlari muhofazasi, shu jumladan chorvadan muhofaza qilish mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu koʻrsatkichlarga Transport vazirligi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda hududning joylashuvidan kelib chiqib, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
5-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish
DASTURI

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash tadbirlari

1.

Birinchi bosqich:

ilmiy va puxta ishlangan xulosalar asosida shamol tezligini pasaytiradigan va tuproq zarralarining koʻchishini oldini olishga qaratilgan va ular birikishini amalga oshiradigan Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.

1. “Yashil loyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimi mutaxassislari tomonidan “yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha yer maydonlarini aniqlash.

2. Aniqlangan yer maydonlarida “yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha xulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalarni sonini aniqlash va ekish sxemalarini belgilash.

4. Loyiha hujjatlariga muvofiq ekiladigan daraxt, buta koʻchatlarini kelgusida parvarishlash va sugʻorish uchun sugʻorish tizimlarini yaratish tizimini nazarda tutish.

5. Ekiladigan daraxtlarni kelgusida parvarish qilish va agrotexnik tadbirlari va ularni amalga oshirishni belgilash.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Bir oy muddatda

Ekologiya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari

2.

Ikkinchi bosqich:

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish uchun tayyorlangan loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizadan oʻtkazish.

1. “Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizadan oʻtkazish.

2. Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizaning ijobiy xulosalari bilan Toshkent viloyati va Toshkent shahri hokimiyatlariga kelishish uchun taqdim etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ikki oy muddatda

Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya vazirligi

3.

Uchinchi bosqich:

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish uchun tegishliligi boʻyicha hududiy hokimiyatlarning yer ajratish toʻgʻrisida qarorlarini qabul qilish.

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish loyihasini shaharsozlik hujjatlariga muvofiq Toshkent shahri bosh rejasi loyihasi doirasida va u bilan toʻliq uygʻunlashtirgan holda tanlangan yer maydonlarini ajratish uchun hokimlarning qarorlarini qabul qilish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Uch oy muddatda

Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

II. Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ” barpo etish tadbirlarini amalga oshirish

4.

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish tadbirlarini amalga oshirish.

1. Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish tadbirlarini amalga oshirish uchun yer maydonlarini tayyorlash.

2. 2024 — 2026-yillarda Toshkent viloyatining jami 440,9 gektar, jumladan:

Qibray tumanida 34,5 gektar,

Boʻstonliq tumanida 68,5 gektar,

Parkent tumanida 66,0 gektar,

Ohangaron tumanida 62,5 gektar,

Yuqorichirchiq tumanida 53,0 gektar,

Oʻrtachirchiq tumanida 42,5 gektar,

Zangiota tumanida 42,3 gektar,

Toshkent tumanida 37,0 gektar,

Chirchiq shahrida 34,6 gektar maydonda yashil belbogʻ”lar tashkil etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

2024 — 2026-yillar

Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Ekologiya vazirligi

5.

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish tadbirlari doirasida ekilgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish.

1. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ekilgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish (daraxt turlari, holati, oʻsayotgan hudud manzili (koordinatsiyasi) kabi maʼlumotlarni toʻplash).

2. Maʼlumotlarni “Yashil makon” elektron platformasiga kiritish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

2024 — 2026-yillar

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi

6.

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish tadbirlari doirasida ekilgan daraxt va butalarni va mavjud daraxtlarni parvarishlash tadbirlarini amalga oshirish.

1. Ekilgan daraxt va butalarni organik va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish.

2. Barpo etilgan daraxtzorlarda joriy tekshirish, entomologik va fitopatologik kuzatuvlarini amalga oshirish.

3. Kuzatuv natijalari boʻyicha mahalliy hokimlik tomonidan ekilgan koʻchatlarni parvarishlash, qoʻriqlash va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish.

4. Kasallangan va zararlangan daraxtlar mavjud hududlarni belgilash, belgilangan hududlarda zararlangan daraxtlarga mexanik, biologik va kimyoviy kurash choralarini koʻrish, biologik kurash tadbirlarini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratish.

5. Ekilgan koʻchatlarni koʻkaruvchanligini taʼminlash va muhofaza qilish boʻyicha doimiy monitoring yuritish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

2024 — 2026-yillar

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya vazirligi, Fanlar akademiyasi

III. Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ” barpo etishda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar asosida sugʻorish tizimlarini joriy etish

7.

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish uchun zarur koʻchatlar bilan taʼminlash maqsadida Oʻrmon xoʻjaligi agentligiga jami 60 gektar yer maydonlari ajratish.

1. Koʻchatxonalar tashkil etishga yer maydonlarini tanlash.

2. Tanlangan yer maydonlarini Oʻrmon xoʻjaligi agentligiga 10 yil muddatga biriktirish uchun tegishliligi boʻyicha Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasining tegishli qarorini qabul qilish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Uch oy muddatda

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi

8.

Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etishda sugʻorish tizimlarini joriy etish, ularni parvarish qilishni amalga oshirish.

1. “Yashil belbogʻ”lar barpo etilgan maydonlarda sugʻorish tizimlarini oʻrnatish va taʼmirlash.

2. Daraxtlarni saqlash va zarur agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

2024 — 2026-yillar

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

9.

Daraxtlarni tomchilab sugʻorish tizimini takomillashtirish va ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish.

1. Tasdiqlangan loyiha asosida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida mavjud quduqlardan daraxtlarni sugʻorishda foydalanish yoki yangi quduqlarni barpo etish choralarini koʻrish.

2. Daraxtlarni sugʻorish jarayonida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida tomchilab sugʻorish usulini yoʻlga qoʻyish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

2024 — 2026-yillar

Toshkent shahar hokimligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Ekologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi

10.

“Yashil belbogʻ”lar barpo etishni tashkil etish maqsadida iqlim sharoitiga mos, suvsizlikka chidamli koʻchatlarni yetishtirish boʻyicha innovatsion koʻchatxonalarni tashkil etish.

1. Yangi manzarali daraxt va buta koʻchatlarini mahalliylashtirish, seleksion ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

2. Seleksiya ishlariga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni, mustaqil izlanuvchilarni jalb etish va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishga sharoit yaratish.

3. Olib borilgan izlanishlar va oʻrganilgan xorijiy tajriba asosida uslubiy qoʻllanma yaratish.

4. Tuproq-iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli daraxt navlarini koʻpaytirish maqsadida koʻchatxonalarni tashkil etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grant va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Doimiy ravishda

Toshkent shahar hokimligi, Fanlar akademiyasi, Ekologiya vazirligi

IV. Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbogʻ”larda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni qayta tiklash tadbirlari

11.

Toshkent shahri atrofida yaratilgan “yashil belbogʻ”lardaoʻsimliklar kasallik va zararkunandalaridan himoya qilishni ornitofauna uslubidan foydalanish.

1. Daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalariga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashishda ornitofauna yashash muhitini muhofaza qilish orqali ular soni koʻpayishiga koʻmaklashish choralarini koʻrish.

2. Zararli hashoratlarga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashish choralarini koʻrish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Doimiy ravishda

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

12.

Daraxt va butalar ekilishida ayrim hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash, qayta tiklanishni taʼminlash hamda ular yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ozuqabop daraxt va butalar turlarini ekish.

1. Ekiladigan daraxt va butalar turlarini tanlashda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop boʻlgan turlarni (doʻlana, jiyda, achchiq bodom va boshqalar) ham tanlash.

2. Ayrim hududlarda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop daraxt va buta turlarini ekish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Tadbir davomida

Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

13.

Tabiiy va texnogen omillar yoki kasallik va zararkunandalar taʼsirida zararlangan daraxt va butalar boshqa daraxt va butalarni zararlanishini yoki fuqarolar sogʻligʻi va ular mol-mulkiga taʼsir qilishini oldini olish maqsadida ularni xatlovdan oʻtkazish va tegishli choralarni koʻrish.

1. Tabiiy omillar yoki kasallik va zararkunandalar taʼsirida zararlangan daraxt va butalarni doimiy ravishda fitosanitar nazoratidan (monitoring, dala nazorati) oʻtkazib ular haqida maʼlumotlar va manzillari hududlar kesimida zararlangan maydonlar xaritasini boʻyicha yillik xaritanomalar tuzish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Har yili aprel — avgust

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, Ekologiya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Xatlov natijalari hamda zararlangan maydonlar boʻyicha yillik xaritanomalarga koʻra zararlangan daraxt va butalarni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish.

Daraxtlar vegetatsiya davrida

3. Oʻsuvchanlik imkoniyati va yashovchanligini saqlab qolish imkoniyati past darajadagi daraxtlar roʻyxati va ular haqida maʼlumotlarni toʻplab ularni kesish choralarini koʻrish uchun tegishli hudud hokimiyatlarini qarorlarini qabul qilishga kiritish.

Avgust — oktabr

4. Oʻsuvchanlik imkoni boʻlmagan daraxtlarni kesish va ular oʻrniga daraxt koʻchatlarini ekish choralarini koʻrish.

Dekabr — fevral

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
5a-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahri atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish dasturining
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI

(gektar)

T/r

Tuman (shahar) nomi

2024 — 2026-yillarda barpo etiladigan “yashil belbogʻ”lar maydoni

shu jumladan:

2024-yilda

2025-yilda

2026-yilda

1.

Qibray tumani

35

10

10

15

2.

Boʻstonliq tumani

69

20

22

27

3.

Parkent tumani

66

20

22

24

4.

Ohangaron tumani

63

20

22

21

5.

Yuqorichirchiq tumani

53

15

18

20

6.

Oʻrtachirchiq tumani

43

12

14

17

7.

Zangiota tumani

42

12

15

15

8.

Toshkent tumani

37

10

12

15

9.

Chirchiq shahri

35

10

13

12

Jami

441

129

148

164

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
6-ILOVA
2024 — 2030-yillarda respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi shaharlar hamda ularning atroflarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish maqsadida ishchi guruhlarini tashkil etish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hokimliklarida mahalliy hokimlik, qishloq xoʻjaligi, qurilish, ekologiya va boshqa tegishli soha mutaxassislaridan iborat Ishchi guruhini tuzish.

2. “Yashil belbogʻ” tashkil etish moʻljallangan hududlarda joyiga chiqqan holda yer maydonlarini tanlash.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ikki oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

2.

Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha bosqichma-bosqich loyiha hujjatlarini tayyorlash.

1. “Yashil loyiha” loyihalash instituti davlat muassasasi tomonidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimi mutaxassislari bilan birgalikda “yashil belbogʻ”lar barpo etish rejalashtirilgan yer maydonlarini oʻrganish.

2. Aniqlangan yer maydonlarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish boʻyicha ilmiy xulosalar asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda hududning tuproq-iqlim sharoitga mos daraxt va butalar turlarini tanlash, daraxt va butalarni sonini aniqlash va ekish sxemalarini belgilash.

4. Loyiha hujjatlariga muvofiq ekiladigan daraxt, buta koʻchatlarini kelgusida parvarishlash va sugʻorish uchun sugʻorish tizimlarini yaratish tizimini nazarda tutish.

5. Ekiladigan daraxtlarni kelgusida parvarish qilish va agrotexnik tadbirlari va ularni amalga oshirishni belgilash.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosqichma-bosqich 2024 — 2028-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

3.

Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish loyiha hujjatlarini ekologik ekspertizadan oʻtkazish va hokimiyatlarning “yashil belbogʻ”lar barpo etish uchun yer ajratish boʻyicha tegishli qarorlarini qabul qilish.

1. Respublika shaharlari va ular atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish loyiha hujjatlarini Ekologiya vazirligining ekologik ekspertizasidan oʻtkazish.

2. Respublika shaharlari va ular atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish loyihasini hududlar bosh rejasi loyihasi doirasida va u bilan toʻliq uygʻunlashtirgan holda tanlangan yer maydonlarini ajratish uchun hokimiyatlarning qarorlarini qabul qilish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosqichma-bosqich 2024 — 2028-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

II. Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida “yashil belbogʻ”lar barpo etish tadbirlari

4.

Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida bosqichma-bosqich “yashil belbogʻ”lar barpo etish.

1. Respublika shaharlari va ular atrofida “yashil belbogʻ”lar barpo etish loyiha hujjatlari asosida hokimiyatlarning yer maydonlarini ajratish uchun qabul qilingan qarorlari natijasida “yashil belbogʻ” barpo etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosqichma-bosqich 2024 — 2030-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

5.

Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida bosqichma-bosqich “yashil belbogʻ” barpo etish tadbirlari doirasida ekilgan daraxt va butalarni va mavjud daraxtlarni parvarishlash tadbirlarini amalga oshirish.

1. Ekilgan daraxtlar hamda butalarni organik va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish.

2. Barpo etilgan daraxtzorlarda joriy tekshirish, entomologik va fitopatologik kuzatuvlarini amalga oshirish.

3. Kuzatuv natijalari boʻyicha mahalliy hokimlik tomonidan ekilgan koʻchatlarni parvarishlash, qoʻriqlash va agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirish.

4. Kasallangan va zararlangan daraxtlar mavjud hududlarni belgilash, belgilangan hududlarda zararlangan daraxtlarga mexanik, biologik va kimyoviy kurash choralarini koʻrish, bunda, birinchi navbatda biologik kurash tadbirlarini qoʻllashga alohida eʼtibor qaratish.

5. Ekilgan koʻchatlarni koʻkaruvchanligini taʼminlash va muhofaza qilish boʻyicha doimiy monitoring yuritish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

III. Loyiha hujjatlari asosida daraxtlar va butalarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalari asosida sugʻorish tadbirlarini joriy etish

6.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil maydonlarni kengaytirish, daraxt va butalarni sugʻorish tizimlarini joriy etish, ularni parvarish qilish ishlarini amalga oshirish.

1. “Yashil belbogʻ” maydonlarini kengaytirish, qoʻshimcha sugʻorish tizimlarini barpo etish va mavjudlarini taʼmirlash.

2. Daraxtlarni saqlash va zarur agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Zaruratga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

7.

Daraxtlarni tomchilab sugʻorish tizimini takomillashtirish va ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor texnologiyalarni joriy etish.

1. Hududlarda tasdiqlangan loyiha asosida yer osti suvlaridan oqilona foydalanish maqsadida mavjud quduqlardan daraxtlarni sugʻorishda foydalanish yoki yangi quduqlarni barpo etish choralarini koʻrish.

2. Daraxtlarni sugʻorish jarayonida zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar yordamida tomchilab sugʻorish usulini yoʻlga qoʻyish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Zaruratga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

8.

“Yashil belbogʻ”lar barpo etishni tizimli tashkil etish maqsadida iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli, koʻp mehnat talab etmaydigan daraxt navlarini ekish boʻyicha innovatsion koʻchatxonalarni tashkil etish.

1. Yangi manzarali daraxt va buta koʻchatlarini mahalliylashtirish, seleksion ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

2. Seleksiya ishlariga xorijiy va mahalliy mutaxassislarni, mustaqil izlanuvchilarni jalb etish va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirishga sharoit yaratish.

3. Olib borilgan izlanishlar va oʻrganilgan xorijiy tajriba asosida uslubiy qoʻllanma yaratish.

4. Tuproq-iqlim sharoitlariga mos, suvsizlikka chidamli daraxt navlarini koʻpaytirish maqsadida koʻchatxonalarni tashkil etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, grant va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Doimiy ravishda

Toshkent shahar tumanlari hokimiyatlarining Obodonlashtirish boshqarmalari,

Fanlar akademiyasi,

Ekologiya vazirligi

IV. Respublika shaharlari hamda ularning atroflarida barpo etilgan “yashil belbogʻ”li hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash va ularni qayta tiklash tadbirlari

9.

Barpo etilgan “yashil belbogʻ”larda daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilishni ornitofauna uslubiyatidan foydalanish tizimini yaratish.

1. Daraxt va butalarni kasallik va zararkunandalarga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashishda ornitofauna yashash muhitini muhofaza qilish orqali ular soni koʻpayishiga koʻmaklashish choralarini koʻrish.

2. Zararli hasharotlarga qarshi tabiiy ornitofauna orqali kurashish choralarini koʻrish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

10.

Daraxt va butalar ekilishida ayrim hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash, qayta tiklanishi taʼminlash hamda ular yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida ozuqabop daraxt va butalar turlaridan ham ekish choralarini koʻrishga alohida eʼtibor qaratish.

1. Hududlarda biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida ekiladigan daraxt va butalar turlarini tanlashda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop boʻlgan turlarni (doʻlana, jiyda, achchiq bodom va boshqalar) ham tanlash.

2. Ayrim hududlarda yovvoyi hayvonot dunyosi uchun ozuqabop daraxt va buta turlarini ekish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Tadbir davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

11.

Tabiiy va texnogen omillar yoki kasallik va zararkunandalar taʼsirida zararlangan daraxt va butalar boshqa daraxt va butalarni zararlanishini yoki fuqarolar sogʻligʻi va ular mol-mulkiga taʼsir qilishini oldini olish maqsadida ularni xatlovdan oʻtkazish va tegishli choralarni koʻrish.

1. Hududlarda tabiiy omillar yoki kasallik va zararkunandalar taʼsirida zararlangan daraxt va butalarni doimiy ravishda fitosanitar nazoratidan (monitoring, dala nazorati) oʻtkazib ular haqida maʼlumotlar va manzillari hududlar kesimida zararlangan maydonlar xaritasini boʻyicha yillik xaritanomalar tuzish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Har yili aprel — avgust

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2. Xatlov natijalari hamda zararlangan maydonlar boʻyicha yillik xaritanomalarga koʻra zararlangan daraxt va butalarni sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish.

Daraxtlar vegetatsiya davrida

3. Oʻsuvchanlik imkoniyati va yashovchanligini saqlab qolish imkoniyati past darajadagi daraxtlar roʻyxati va ular haqida maʼlumotlarni toʻplab ularni kesish choralarini koʻrish uchun tegishli hudud hokimiyatlarini qarorlarini qabul qilishga kiritish.

avgust — oktabr

4. Oʻsuvchanlik imkoni boʻlmagan daraxtlarni kesish va ular oʻrniga daraxt koʻchatlarini ekish choralarini koʻrish.

noyabr — may

V. “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari

12.

Respublikaning barcha hududlarida tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ekilgan koʻchatlarning koʻkaruvchanlik koʻrsatkichlari hamda koʻchatlarning standartlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Ekilgan koʻchatlarning koʻkaruvchanlik koʻrsatkichlari hamda koʻchatlarning standartlarini belgilashga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

3. Ekilgan koʻchatlarning koʻkaruvchanlik koʻrsatkichlarini aniqlash hamda koʻchatlarning standartlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil dekabr

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Fanlar akademiyasi

13.

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi davlat oʻrmon fondi yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

1. Davlat oʻrmon fondi chegaralarini aniqlab chiqish.

2. Davlat oʻrmon fondining toifalarini xatlovdan oʻtkazish.

3. Oʻrmon yer maydonlarining boʻlim, boʻlak, sarhadlarini belgilab chiqish.

4. Belgilangan tartibda yer hisobotlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish.

Respublika budjeti mablagʻlari

2024 — 2028-yillar

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

14.

“Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi uchun maʼmuriy bino, laboratoriya binolari va boshqa inshootlarini qurish va jihozlash.

1 “Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasiga talab etiladigan maʼmuriy bino, laboratoriya va boshqa inshootlarini loyihasini tayyorlash.

2. “Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasini laboratoriyasini jihozlash uchun talab etiladigan oʻlchov, nazorat-asbob uskunalari roʻyxati, miqdori va ularning texnik talablarini shakllantirish.

3. Talab etiladigan bino va inshootlar hamda oʻlchov, nazorat-asbob uskunalari roʻyxati, miqdori va ularning texnik talablarini Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritish va xaridni amalga oshirish.

Respublika budjeti mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida

2024 — 2026-yillar

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

15.

Respublikada daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish tizimini shakllantirish uchun Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining moddiy texnik bazasini takomillashtirish choralarini koʻrish.

1. “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasidagi Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining moddiy texnika bazasini takomillashtirish, 2024-2026-yillarga moʻljallangan manzilli dasturini tayyorlash va tasdiqlash.

2. Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur asbob-uskunalar va mobil laboratoriyalar xaridi uchun Respublika davlat budjetidan 10 mlrd soʻm va Ekologiya vazirligining Ekologiya jamgʻarmasidan 10 mlrd soʻm mablagʻlar ajratish.

Respublika davlat budjeti va Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

2024 — 2026-yillar

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

16.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida fuqarolar va tadbirkorlarning manzilli buyurtmalariga asosan — ularning mablagʻlari doirasida daraxt va buta koʻchatlarini ekish va ularni parvarishlash tadbirlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ekologiya vazirligi tomonidan “Yashil toʻlov” elektron xayriya toʻlov turini tashkil etish.

1. Ekologiya vazirligi huzurida jamoatchilik nazorati ostida boshqariladigan, aʼzolik va yuridik shaxs tashkil etilmagan holda “Yashil toʻlov” elektron xayriya toʻlov turini joriy etish.

2. “Yashil toʻlov” elektron xayriya toʻlov turi mablagʻlari shakllanadigan maxsus hisob raqamini ochish.

3. “Yashil toʻlov” toʻlov turi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining budjetdan tashqari mablagʻlari

2024-yil fevral

Ekologiya vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi,

Markaziy bank,

Tijorat banklari,

Adliya vazirligi

17.

“Yashil makon” elektron platformasining ochiq va shaffof yuritilishini taʼminlash.

“Yashil makon” elektron platformasida aholi tomonidan daraxt va buta koʻchatlarini ekish, ular ekilayotgan joylarning aniq manzili va suratlari, lokatsiyasi, sugʻorish tizimini yaratish va parvarish qilish jarayonlarini monitoring qilish imkonini yaratish.

Ekologiya jamgʻarmasi

2024-yil mart

Ekologiya vazirligi

18.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari doirasida koʻkalamzorlashtirish va daraxtzorlar barpo etish tadbirlarini uzoq muddatli prognozlashtirish va rejalashtirish maqsadida hududlarning gidrogeologik potensialini baholash boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish orqali Respublika yer osti suvlari holati xaritasini yaratish.

1. Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish maqsadida respublika hududining yer osti suvlarining holati boʻyicha ilmiy-tahliliy oʻrganishlarni amalga oshirish.

2. Yer osti suvlarining holatini ilmiy-tahliliy oʻrganishlar natijalari boʻyicha hududlarning gidrogeologik potensialini baholash.

3. Oʻrganishlar natijasida Respublika yer osti suvlarining holati xaritasini yaratish va Vazirlar Mahkamasi, Ekologiya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablagʻlari, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari

2024-yil dekabr

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, vazirlik va idoralar

19.

Respublika yer osti suvlari holati xaritasi hamda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti haqidagi ilmiy xulosalar asosida har yili tuman, shahar, viloyat kesimida qanday daraxt va buta turlarini ekish boʻyicha 5 yillik dastur loyihasini ishlab chiqish.

1. Respublika yer osti suvlari holati xaritasi maʼlumotlari hamda har bir hududning tuproq-iqlim sharoiti haqidagi ilmiy xulosalarini tahlil qilish.

2. Tahlillar natijalariga koʻra har yili tuman, shahar, viloyat kesimida qanday daraxt va buta turlarini qaysi hududlarda ekish boʻyicha 5 yillik dastur loyihasini ishlab chiqish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjet mablagʻlari

2025-yil dekabr

Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

20.

Yashil bogʻ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish tartibini joriy etish.

Yashil bogʻ va yashil jamoat parklarini tashkil qilish uchun “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bogʻim” loyihalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil yanvar

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

21.

Koʻchatchilik sohasiga xususiy tadbirkorlikni keng jalb qilish, tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishda oʻzaro aloqalarni mustahkamlash maqsadida “Koʻchatchilik uyushmasi”ni tashkil etish masalasini oʻrganish.

1. Yuridik shaxs maqomiga ega “Koʻchatchilik uyushmasi”ni tashkil etish masalasini jamoatchilik va soha mutaxassislari bilan muhokama qilish.

2. “Koʻchatchilik uyushmasi”ni tashkil etish boʻyicha hukumatga taklif kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil dekabr

Ekologiya vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Zamonaviy, innovatsion va raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda oʻrmon xoʻjaliklarida manzarali koʻchat yetishtirishga ixtisoslashgan koʻchatxonalarini qurish.

1. Tajriba tariqasida har bir hududda 1 gektargacha zamonaviy, innovatsion va raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda quyidagi oʻrmon xoʻjaliklarida manzarali koʻchat yetishtirishga ixtisoslashgan koʻchatxonalarni qurish.

Bunda, issiqxonalar qurilib bitkazilgandan keyin jami yetti yilga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti (uch yil imtiyozli davr) bilan jismoniy yoki yuridik shaxslarga auksion orqali berish.

2. Bitta oʻrmon xoʻjaligi hududini toʻliq raqamli texnologiyalar asosida nazorat qilish tizimiga oʻtkazish.

Ekologiya jamgʻarmasi

2024 — 2026-yillar

Ekologiya vazirligi

23.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish.

1. Quyidagilarni bosqichma-bosqich amalga oshirish:

birinchi bosqich (2024-yil 1-martga qadar) — aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraxtlar toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraxtlar bundan mustasno);

ikkinchi bosqich (2024-yil 1-noyabrga qadar) — xatlov natijasiga koʻra aniqlangan daraxtlarning turi, yoshi, boʻyi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi;

uchinchi bosqich (2024-yil 31-dekabrga qadar) — maʼlumotlar bazasi asosida “Yashil makon” elektron platformasida har bir daraxtga pasport shakllantiriladi va ID raqam beriladi.

Ekologiya jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti, grantlar, homiylik xayriyalari

Belgilangan muddatlarda

Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi

2. Ushbu tadbirlarga haq evaziga volontyorlarni jalb qilish.

Ekologiya jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti, grantlar, homiylik xayriyalari

Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi

3. Ushbu tadbirlarni amalga oshirishga talab etiladigan 100 komplekt uskunalarni xarid qilishga zarur mablagʻlarni ajratish.

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

24.

Farzand tugʻilganida uning nomiga tamgʻalangan holda daraxt koʻchatlarini ekishga moʻljallangan “Yangi avlod bogʻlari” hududlarini tashkil etish.

Bunda tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxtni ekish uchun buyurtma berish boʻyicha davlat xizmatini joriy qilish hamda ushbu bogʻlarni tashkil qilish va kafolatli saqlash mexanizmlarini joriy qilish.

1. Hududlarda “Yashil bogʻ” va “Yashil jamoat parklari”ga ajratilishi nazarda tutilgan joylarni “Yangi avlod bogʻlari” uchun ajratish choralarini koʻrish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil mart

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Davlat xizmatini joriy qilish va bunga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2024-yil aprel

Ekologiya vazirligi,

Adliya vazirligi

3. Daraxt koʻchatlarini tanlash, ekish jarayonini monitoring qilish va ushbu xizmatdan foydalanish boʻyicha platformani yaratish uchun “Ay-Ti” mutaxassislari orasida “xakaton” eʼlon qilish.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

2024-yil may

Ekologiya vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi

4. Davlat xizmati va platformani toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

2024-yil iyun

Ekologiya vazirligi

25.

Birlashgan millatlar tashkilotining Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasining samarali ishtirokini taʼminlash. Bunda, koʻkalamzorlashtirish va choʻllanishga qarshi kurashish masalalariga alohida eʼtibor qaratish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining mazkur Konvensiyaga hamkorlik va muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organi (Ekologiya vazirligi) tomonidan Konvensiya kotibiyati bilan hamkorlik qilishga tegishli mutaxassis va eksportlarni jalb qilish.

2. Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiya ishtirokchilarining 28-konferensiyasi doirasida Markaziy Osiyo davlatlarining iqlim tashabbuslarini birgalikda ilgari surish.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va boshqa tegishli mablagʻlar

2023-yil noyabr-dekabr

Ekologiya vazirligi

(Abduxakimov)

26.

Daraxt va butalarni ekish tadbirlarini anʼana hamda milliy urf-odat va qadriyat darajasiga chiqarishga qaratilgan targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish.

1. Umumxalq bayramlari, xalqaro, respublika va hududlar darajasida oʻtkaziladigan konferensiyalar, qabullar, forumlar va boshqa tadbirlarda koʻchat ekish anʼanasini tizimli yoʻlga qoʻyish.

2. Aholi oʻrtasida turli sanalar (toʻy, farzand tugʻilishi, yubiley, xotirlash marosimlari va boshqalar) munosabati bilan koʻchat ekishni milliy urf-odat va qadriyat darajasiga chiqarishga qaratilgan targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish.

3. Raqamli texnologiyalar yordamida koʻchat ekishni targʻib qiluvchi rolik, dastur, mobil ilova va anonslar yaratilishi va yoritilishini taʼminlash.

Tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari

Doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Ekologiya vazirligi,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi

27.

Mazkur Farmonning ahamiyatini va uni amalga oshirish jarayonini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

1. Farmonda belgilangan tadbirlarning ijrosi, erishilgan natijalar hamda tahliliy maʼlumotlarni televideniya, radio va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga yetkazish.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

Belgilangan muddatlarda

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Ekologiya vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
7-ILOVA
Toshkent shahri hududidagi daraxtlarni pasportlashtirish ishlarini muvofiqlashtiruvchi idoralararo respublika ishchi guruhi
TARKIBI

1.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari

2.

Sh.B. Umurzoqov

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Respublikaishchi guruhi rahbari oʻrinbosari

3.

B.A. Musayev

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

4.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari

5.

Lavozimiga koʻra

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

6.

O.A. Pekos

raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

Sh.R. Xamroyev

suv xoʻjaligi vaziri

8.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vaziri

9.

H.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

10.

A.Z. Saʼdullayev

yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

N.J. Bakirov

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktori

12.

F.J. Poʻlatov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori

13.

B.T. Ibragimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

14.

B.A. Pulatov

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori

15.

Lavozimiga koʻra

“Yashilloyiha” loyihalash instituti direktori

16.

S.A. Arabov

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Respublika ishchi guruhi kotibi

Izoh. Respublika ishchi guruhi tarkibiga, zaruratga koʻra, boshqa vazirlik va idoralar vakillari kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
8-ILOVA
2024 — 2028-yillarda Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha
MILLIY DASTUR
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Hududlarda “yashil qoplamalar” va himoya oʻrmonlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va ularni tizimli rivojlantirish

1.

Orolboʻyi hududi va Orol dengizining qurigan tubida zamonaviy texnologiyalar (urugʻlarni granulalash) asosida choʻl oʻsimliklari urugʻlari kichik aviatsiya yordamida ekilishini kengaytirish.

1. Urugʻlarni terish, saqlash va ekish agregatlarini modernizatsiya qilish orqali saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklari urugʻlarini ekishga moslashtirish.

2. Saksovul va boshqa choʻl oʻsimliklari ekiladigan hududlarni aniqlab, ekishni tashkil etish.

2024 — 2026-yillar

Respublika budjeti, mahalliy budjet mablagʻlari, Ekologiya jamgʻarmasi

(1,5 mlrd soʻm)

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

“Agroparvoz” KTICHK,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt koʻchatlarini ekish, ularni parvarish qilish hamda zararkunandalardan himoya qilish tizimini yaratish boʻyicha Xorazm tajribasi konsepsiyasini joriy qilish.

1. Urganch va Xiva shaharlarini choʻl hududidan keladigan qum va tuzning taʼsiridan saqlash maqsadida “yashil qalqon” tashkil etish.

2. 2024 — 2026-yillarda viloyat hududida “yashil bogʻlar” hamda “yashil jamoat parklari”ni barpo etish.

3. Umumiy foydalanishdagi yoʻl boʻylarida ihotazorlar tashkil etish.

2024-2025-yillar

Respublika budjeti, mahalliy budjet mablagʻlari

(2,5 mlrd soʻm)

Xorazm viloyati hokimligi,

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

3.

Toshkent botanika bogʻi Ellikqalʼa filialining Moʻynoq tumanidagi Manzarali oʻsimlik turlarini yetishtirish boʻlimi yer uchastkasi maydonini kengaytirish.

1. Toshkent botanika bogʻi Ellikqalʼa filialining Moʻynoq tumanidagi Manzarali oʻsimlik turlarini yetishtirish boʻlimiga qoʻshimcha 10 gektar yer maydoni ajratish.

2. Toshkent botanika bogʻida yetishtirilayotgan manzarali daraxt va buta turlari assortimentidan hududning tabiiy iqlim sharoitlariga mos koʻchat, urugʻlik va qalamchalarni yetkazib berish hamda ekish hisobiga boʻlimda yetishtirilayotgan manzarali daraxt va buta turlari assortimentini boyitish.

2024 — 2026-yillar

Mahalliy budjet mablagʻlari

(2 mlrd soʻm)

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

4.

Orolboʻyi hududidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar, yoʻltanlamas avtotransportlar bilan taʼminlash.

1. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish.

2024 — 2028-yillar

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

(12 mlrd soʻm)

Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʻyi hududlarida “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida oʻrmon barpo etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Iqlim va tuproq sharoitiga mos oʻrmon hosil qiluvchi daraxt va butalarning niholxona hamda koʻchatxonalarini tashkil etish.

3. Ekish boʻyicha agrotexnika, zararkunandalarga qarshi kurash, qoʻriqlash va muhofaza qilish ishlarini oʻz vaqtida bajarish.

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining choʻl hududlarida 2024 — 2026-yillarda jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish va doimiy nazorat qilish.

2024 — 2026-yillar

Har yili respublika budjeti, mahalliy budjet mablagʻlaridan

(20 mlrd soʻm)

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Buxoro, Xorazm va Navoiy viloyatlari hokimliklari

6.

Barpo etilgan “yashil qoplamalar” orasida ozuqaviy birligi yuqori, noanʼanaviy, shoʻr va suvsizlikka chidamli bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar plantatsiyalarini yaratish.

1. Noanʼanaviy, shoʻr va suvsizlikka chidamli bir yillik va koʻp yillik istiqbolli oʻsimlik turlarini tanlash.

2. Tanlangan oʻsimliklarning urugʻlari va koʻchatlari asosida ularning plantatsiyalarini yaratish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

Fanlar akademiyasi,

yer egalari va yerdan foydalanuvchilar

7.

Oroldagi bogʻim” (“My garden in the Aral Sea”) loyihasini kengaytirish.

1. Orolning qurigan tubidan koʻchat ekish uchun maydon tayyorlash.

2. Shoʻr va qurgʻoqchilikka moslashgan oʻsimlik (mevali va manzarali koʻchatlar, shuningdek, buta, chala butalar) koʻchat va urugʻlarini tayyorlash.

3. Orolning qurigan tubida shoʻr va qurgʻoqchilikka moslashgan oʻsimliklar koʻchat va urugʻlarini ekish.

4. Loyiha doirasida targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish.

2024-2025-yillar

Kraudfanding

(aholi tomonidan moliyalashtirish) platformasi

Ekologiya vazirligi,

BMT TD hamkorligida

8.

Orol dengizining suvi qurigan tubida barpo etilgan “yashil qoplamalar”ning doimiy monitoringini yuritish.

1. Tegishli vazirlik va mahalliy hokimliklar, ilmiy-tadqiqot institutlarining olim va mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2024 — 2026-yillar

Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Ishchi guruhi tomonidan “yashil qoplamalar” barpo etish uchun ekilgan choʻl oʻsimliklari urugʻ va koʻchatlarining koʻkaruvchanligini aniqlash, ilmiy xulosalar tayyorlash.

Har yili iyun va oktabr oylari

3. Oʻrganish natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga muntazam ravishda axborot taqdim etib borish.

Har yili noyabr oyi

II. Ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash

9.

Orol dengizining gʻarbiy qismidagi hududlarning gidrogeologik salohiyatini baholash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yerosti suvlari holati toʻgʻrisida yangi xarita ishlab chiqish.

1. Orol dengizining gʻarbiy qismida gidrogeologik izlanishlar olib borishning loyiha-smetalarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi mablagʻlari

(4 mlrd soʻm)

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

2. Tasdiqlangan loyiha-smetalariga muvofiq gidrogeologik izlanishlar olib borish.

3. Yerosti suvlari xaritasini yangilash uchun zarur boʻlgan gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazish, toʻplangan maʼlumotlarni tahlil qilish.

4. Xaritalarni elektron shaklda ishlab chiqish va chop etish.

5. Tayyorlangan materiallarni maqsadli foydalanish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligiga taqdim etish.

2025-yil davomida

10.

Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi qoshida tashkil etilgan oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi va texnopark faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi va texnoparkni asbob-uskunalar va mebellar bilan taʼminlash.

2024-yil aprel

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(4 mlrd soʻm)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2. Oʻsimliklar urugʻlari genbanki bilan taʼminlangan laboratoriya, biznes-akselerator oʻquv markazi va texnoparkning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyishni taʼminlash, rivojlangan xorijiy davlatlarning oʻsimliklar genbanki tizimini oʻrganish maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2024-yil dekabr

3. Istiqbolli choʻl hamda dorivor oʻsimliklarni “in vitro” sharoitida koʻpaytirish va ularning genbankini yaratish.

2025-yil dekabr

11.

Moʻynoq tumanida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar parkini tashkil etish, Orolboʻyi hududida ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish va malakali oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlash tizimini takomillashtirish.

1. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha takliflarni shakllantirish maqsadida ishchi guruhlar tuzish.

2024-yil sentabr

Mablagʻ talab qilinmaydi

Ekologiya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruhlar tomonidan takliflarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish.

2024-yil oktabr

3. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2024-yil noyabr

4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

12.

Ekologik taʼlim va innovatsiyalar klasteri tizimini yaratish.

1. Barcha taʼlim turlarida ekologik taʼlim-tarbiyani mustaqil oʻquv kursi sifatida tegishli yoʻnalishdagi kadrlar tayyorlash oʻquv rejasining majburiy fanlar blokiga kiritish.

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab doimiy

Mablagʻ talab qilmaydi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim turlarini oʻzida mujassamlashtirgan ekologik taʼlim va innovatsiyalar klasteri tizimini joriy qilish maqsadida ishchi guruh tuzish.

2024-yil yanvar

3. Ishchi guruh tomonidan berilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil mart

13.

Orol dengizining qurigan tubidagi yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejash hamda tuzni kamaytirish muammolarining ilmiy yechimini taʼminlashga mavjud ilmiy-innovatsion salohiyatni jalb etish.

1. Amaliy va innovatsion loyihalar milliy tanlovini eʼlon qilish.

2. Milliy tanlov gʻoliblarni aniqlash.

3. Milliy tanlov gʻoliblarining amaliy va innovatsion loyihalarini moliyalashtirish.

2024-2025-yillar

2024-2025-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, loyihalar ijrochilari

14.

Orol dengizi mintaqasi iqlimiga mos keladigan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan havoni tozalash qurilmasini yaratish.

1. Orol dengizi mintaqasi havosida eng koʻp uchraydigan va inson salomatligi yoki atrof-muhit uchun zararli boʻlgan elementlarni aniqlash va ularning xususiyatlarini oʻrganish.

2024-yil — iyul

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli jamgʻarmasi

(1,5 mlrd. soʻm)

Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

2. Mavjud havoni tozalash texnologiyalarini koʻrib chiqish va ular orasidan mintaqa iqlimiga eng mosini tanlash.

2024-yil dekabr

3. Orolboʻyi mintaqasining iqlim sharoitlari va oʻziga xos ehtiyojlariga javob beradigan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan havoni tozalash qurilmasi namunasini tayyorlash.

2025-yil iyul

4. Havoni tozalash qurilmasini oʻrnatish, ishlatish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻllanma va oʻquv materiallarini ishlab chiqish.

2025-yil noyabr

15.

Orolboʻyi hududi va Orol dengizining qurigan tubidagi suv havzalarining gidrobiologik tarkibini aniqlash hamda istiqbolli suv oʻtlaridan foydalanish imkoniyatlarini oʻrganish.

Orolboʻyi hududi va Orol dengizining qurigan tubidagi suv havzalari gidrobiontlarining hozirgi ekologik holatini kompleks monitoring qilish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjeti mablagʻlari

Fanlar akademiyasi,

Oʻzbekiston Milliy universiteti,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

16.

Krotalyariya (Crotalaria juncea), Kinoa (Chenopodium quinoa) va boshqa shoʻrlanishga, qurgʻoqchilikka chidamli oʻsimliklarni Orolning qurigan tubida introduksiya qilish asosida yuqori kaloriyali ozuqa yetishtirishning arzon, resurs-tejamkor usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

1. Orolning qurigan tubida oʻsimliklarni tajriba-sinov uchastkasida yetishtirish hamda ularning kimyoviy tarkibi, ozuqaviy va farmakologik xususiyatlarini oʻrganish.

2024-2025-yillar

Innovatsion rivojlanish agentligining davlat ilmiy-texnik dasturlari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda ularni sanoat usulida yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

3. Oʻsimlik xomashyosidan tola (sellyuloza), dori vositalari, yuqori kaloriyali ozuqa birikmalari ishlab chiqarishni amaliyotda yoʻlga qoʻyish.

2025-2026-yillar

17.

Orolning qurigan tubida mavjud yovvoyi hayvon va oʻsimlik turlarini quruqlikda hamda dronlar yordamida xatlovdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish.

1. Mavjud yovvoyi hayvon va oʻsimlik turlarini ilmiy manbalar asosida kameral oʻrganish.

2. Yovvoyi hayvonot va oʻsimlik turlarini quruqlikda hamda dronlar yordamida xatlovdan oʻtkazish maqsadida ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish.

3. Oʻrganish natijalariga koʻra aniqlangan yovvoyi hayvon va oʻsimliklar turlari hamda ularning miqdori haqidagi maʼlumotlarni Oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari davlat kadastri elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish.

2024-2025-yillar

Xalqaro moliya institutlari va xalqaro donor tashkilotlar mablagʻlari

(4 mlrd soʻm),

Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida

Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti

18.

Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

1. “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlar oʻrtasida tanlov eʼlon qilish.

2. Tanlov yakunlari boʻyicha innovatsion, ilmiy hamda startap loyihalarga ega iqtidorli yoshlar va tanlov gʻoliblarini aniqlash.

3. Iqtidorli yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(5 mlrd soʻm)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi

19.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi yerlari degradatsiyasining oldini olish, yuqori mahsuldorlik salohiyatiga erishish, tuproq unumdorligini tiklash.

1. Tuproq tahlillari asosida tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini va minerologik tarkiblarini, zaharli elementlar bilan ifloslanish, shoʻrlanish darajasini baholash.

2. Tuproqning kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini va minerologik tarkiblari, zaharli elementlar bilan ifloslanish darajasini aks ettiruvchi 3D formatdagi tuproq ekologik xaritalarini ishlab chiqish.

3. Ekin maydonlarida tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritalarni, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

(6 mlrd. soʻm)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

20.

Orol dengizining qurigan tubida kompleks monitoring olib borish maqsadida “Akpetki” va “0 — km” hududlarda 2 ta ilmiy-tadqiqot stansiyasini tashkil etish.

1. Ilmiy-tadqiqot stansiyalari uchun modul tipidagi uylarni qurish, zarur maxsus metereologik va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter jihozlari, transport vositalari hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida suv, elektr, issiqlik energiyasi taʼminoti infratuzilmasini yaratish orqali ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim hamda ilmiy tashkilotlar xodimlarini ilmiy izlanishlar va tadqiqot ishlarini amalga oshirishga keng jalb qilish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

(5 mlrd soʻm)

Ekologiya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

21.

Orolboʻyi hududlarida oʻsimliklarning toʻliq oziqlanishini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan nou-xau — yangi avlod biooʻgʻitlar asosida yaratilgan yangi ekologik xavfsiz, resurstejamkor, iqtisodiy jihatdan samarali bioagrotexnologiyani qoʻllash choralarini koʻrish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida bioagrotexnologiya qoʻllanadigan hududlarni aniqlash.

2. Belgilangan hududlarda bioagrotexnologiyani qoʻllash smetasini ishlab chiqish.

3. Bioagrotexnologiyani qoʻllash boʻyicha dala mashgʻulotlari va seminarlar tashkil etish.

4. Belgilangan hududlarda biotexnologiyalarni qoʻllash.

2024 — 2026-yillar

Mahalliy budjet mablagʻlari

(4,5 mlrd soʻm)

Oliy Majlis Senati Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi (kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22.

Mavjud ekologik vaziyat hamda tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda Orolboʻyi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning yagona tasnifini ishlab chiqish.

1. Orolboʻyi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning kadastr maʼlumotlarini shakllantirish.

2. Choʻllanish fonida tabiiy yaylov va pichanzorlar holati hamda ulardagi salbiy oʻzgarishlar asosida maʼlumotlar tayyorlash.

3. Orolboʻyi hududidagi tabiiy yaylov va pichanzorlarning tasnifi, kadastr maʼlumotlari holatining monitoringi natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

2024 — 2026-yillar

Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida,

Ekologiya jamgʻarmasi

(2.7 mlrd soʻm)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi,

Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

23.

Aholi yashash punktlarini koʻkalamzorlashtirish uchun mevali va manzarali daraxt koʻchatlari bilan taʼminlash maqsadida koʻchatxonalar tarmogʻini kengaytirish, naʼmatak, chakanda, qizilmiya kabi dorivor hamda terakning mahalliy navlari, gujum, katalpa oʻsimliklari plantatsiyalarini tashkil etish.

1. Mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini, dorivor oʻsimliklarni ekish uchun yaroqli yer maydonlarini tanlash va ajratish.

2. Zarur mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, dorivor oʻsimliklar urugʻlarini jamgʻarish va koʻchatlarini yetishtirishni tashkil etish.

3. Dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini yaratish.

4. Koʻkalamzorlashtirish uchun mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini yetishtirish.

2024 — 2026-yillar

Xalqaro moliya institutlari, ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida

(3 mlrd soʻm)

Ekologiya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat

va savdo vazirligi

24.

Orolboʻyi va Orol dengizining qurigan tubida sodir boʻlayotgan tabiiy hodisalar hamda jarayonlarni doimiy tizimli inventarizatsiya qilish, monitoringini yuritish, shuningdek, modellashtirish uchun sunʼiy intellekt va blokcheyn texnologiyalari asosida monitoring markaz tashkil etish.

1. Sunʼiy yoʻldosh tasvirlarining koʻp yillik maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2. Geoaxborot tizimi maʼlumotlarini dala ekspeditsiyalari orqali olishning doimiy inventarizatsiya va monitoringini tashkil etish.

3. “Yashil qoplamalar”, botqoqliklar, yerosti suvlari va shoʻrlangan yerlar xaritasini shakllantirish.

4. Ekoturizmni samarali tashkil etish uchun hududning ekologik atlasini yaratish.

5. Iqlim oʻzgarishining hududga taʼsirini va landshaft ekotizimini baholash.

6. Oʻrmon xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi hamda sugʻoriladigan maydonlarning ekologik holatini baholash.

7. Yovvoyi hayvonot va oʻsimlik dunyosi monitoringi va kadastri boʻyicha yagona axborot bazasini yaratish.

2024 — 2026-yillar

Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida,

Ekologiya jamgʻarmasi

(5 mlrd soʻm)

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mashinalarini mexanizatsiyalashtirish instituti” milliy tadqiqot universiteti

25.

Orolboʻyi hududida baliqchilik sohasida baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish.

1. Orolboʻyi mintaqasidagi tabiiy va sunʼiy suv havzalarida baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish.

2. Baliqchilik va baliq ovlash tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish.

3. Baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.

4. Baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(3 mlrd soʻm)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi

26.

Suvni tejaydigan sugʻorish tizimidan foydalangan holda mevali daraxtlarning serhosil va tejamkor koʻrgazmali intensiv bogʻi hamda plantatsiyasini yaratish.

1. Loyiha taklifini va toʻliq hujjatini ishlab chiqish.

2. Moliyalashtirishni tasdiqlash va loyihani ishga tushirish.

3. Suvni tejaydigan sugʻorish tizimidan foydalangan holda mevali daraxtlarning serhosil va tejamkor koʻrgazmali intensiv bogʻi hamda plantatsiyasinii yaratish.

4. Fermerlar va mahalliy aholiga bogʻdorchilik sohasida trening hamda seminarlar tashkil yetish orqali zamonaviy bogʻdorchilik koʻnikmalarini oʻrgatish, ularning salohiyatini oshirish.

2024 — 2026-yillar

Mahalliy budjet

mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi

27.

Orolboʻyi hududida asalari oilasini boqishning yangi innovatsion texnologiyasini yaratish, saksovullar orasida mahalliy yantoq turlarini koʻpaytirish asosida asalarichilik uchun ozuqa bazasini yaxshilash boʻyicha tadqiqotlar olib borish.

1. Orolning qurigan tubida mahalliy iqlim sharoitlariga moslashgan asalari oilalarini boqishning yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish.

2. Mahalliy yantoq turlarining urugʻchilik bazasini shakllantirish.

3. Yantoq urugʻlarining unuvchanligini oshirishda mahalliy biopreparatlar taʼsirini oʻrganish.

4. Mahalliy yantoq turlarini “in vitro” usulida koʻpaytirish mexanizmlarini yaratish.

5. Orolning qurigan tubiga ekilgan saksovullar orasidagi mahalliy yantoq turlarining koʻpayish jarayonini monitoring qilish.

6. Yantoq turlarini koʻpaytirish asosida hududda asalarichilikni rivojlantirish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(5 mlrd soʻm)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

28.

Amudaryo daryosi havzasi va deltasi suvli botqoq yerlari bioxilmaxilligi va ekotizimining hozirgi holatini baholash.

1. Amudaryo daryosi havzasi va deltasining hozirgi ekologik holatlarini oʻrganish.

Amudaryo daryosi havzasi va deltasi hududlari bioxilmaxilligi va ekotizimining iqlim oʻzgarishiga moslashuvchanligi boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish va ularning hozirgi holatini baholash.

2025-2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(2 mlrd soʻm)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi

29.

Oʻzbekistonda tabiiy va ekologik turizm salohiyatini oshirish uchun tarixiy rekratsion obyektlarning ekologik holatini baholash.

1. Tarixiy rekratsion obyektlarning hozirgi ekologik holatini aniqlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish.

2. Tarixiy rekratsion obyektlarda ekologik turizmni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

(2 mlrd soʻm)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi

30.

Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida oʻsimliklar ildiz qismida namlikni saqlash, oʻsishini jadallashtirish va suv resurslarini tejovchi meliorantlar olish texnologiyasini yaratish.

1. Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan meliorantlar olish texnologiyasini yaratish va jarayonning optimal parametrlarini aniqlash.

2024-yil dekabr

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(2 mlrd soʻm)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2. Yaratilgan texnologiya asosida mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilaridan fitomeliorantlarning tajriba partiyasini olish va dala sharoitida sinovlar oʻtkazish.

2025-yil dekabr

31.

“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning elektron platformasini yaratish.

1. “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning toʻliq roʻyxatini shakllantirish, fotoalbomini yaratish.

2. GAT asosida turlarning tarqalishini aks ettiruvchi xaritalarini tuzish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining kelgusidagi nashri uchun kamyob va endem turlar boʻyicha takliflar tayyorlash.

4. Qoʻriqxona florasida uchraydigan kamyob va endem turlarning elektron platformasini yaratish.

2024-2025-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(2 mlrd soʻm)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi

32.

“Ekologik innovatsiyalar va yashil texnologiyalar” tijoratlash-tirishga tayyor innovatsion ishlanmalar va loyihalar tanlovini tashkil etish.

1. Tanlovga arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish, tegishli tadbirlarni tashkil etish.

2. Tanlov doirasida ekologik xavfsiz texnologiyalar va “yashil iqtisodiyot” loyihalari bilan bogʻliq taqdimotlar, seminar-treninglar va davra suhbatlari oʻtkazish.

3. Amaliyotga joriy etilgan innovatsion loyihalar tajribasini keng yoritish hamda gʻoliblarni munosib taqdirlash.

2024 — 2026-yillar

Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

(5 mlrd soʻm)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Oʻzbekiston ekologik partiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi

33.

Orolbuyi hududi uchun Global yashil oʻsish institutining Greenpreneurs — “Yashil” tadbirkorlik dasturi doirasida tajriba almashish oʻquv dasturini amalga oshirish.

1. Virtual kurslar, mentorlik dasturi, tadbirlar va tarmoq imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan inkubatsiya va tezlashtiruvchi dasturlarni ishlab chiqish.

2. “Yashil” tadbirkorlik biznes modellarining yechimiga bagʻishlangan oʻquv dasturlarini amalga oshirish.

3. Erta bosqichdagi oʻrta va kichik biznes vakillarini, shu jumladan ayollar orasida “yashil” tadbirkorlikni va ekologik holatni yaxshilash asoslari boʻyicha maʼruzalar va mahorat darslari tashkil etish.

2024-2025-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

34.

Orolbuyi hududida iqlim oʻzgarishi jarayonlarining iqtisodiyotga, atrof-muhitga taʼsirini tahlil qiluvchi va “yashil” yechimlar boʻyicha tavsiyalar beruvchi modellar toʻplamini yaratish.

1. Qishloq xoʻjaligining iqlim oʻzgarishiga chidamliligini baholash maqsadida Climate-Resilient Green Growth Assessment (CRGG) va Green Recovery Investment Analysis (GRIA) modellar toʻplamini ishlab chiqish.

2. Modellar toʻplamini Orolbuyi hududidagi qishloq xoʻjaligida va OTM hamda ITIlarda tatbiq etish.

3. Global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligiga taʼsiri, sezgirligini va moslashuvchanligini baholash boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2024-2025-yillar

Mablagʻ talab etilmaydi

Ekologiya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

III. Hududda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish

35.

2024 — 2028-yillarga moʻljallangan Orolboʻyi hududlarida chorva uchun ozuqabop ekinlarni yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha namunaviy texnologik xaritalarni ishlab chiqish.

1. Tegishli ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari bilan hamkorlikda Orolboʻyi hududlarida chorva uchun ozuqa ekinlarini yetishtirish va mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq agrotexnologik jarayonlarni aniqlash.

2. Ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlari bilan birgalikda namunaviy texnologik xaritalarning loyihasini ishlab chiqish.

3. Namunaviy texnologik xaritalarning loyihalarini muhokama qilish, tegishli oʻzgartirish va toʻldirishlar kiritish va tasdiqlash.

4. Texnologik xaritalarni chop etish va tegishli vazirlik hamda idoralarga taqdim qilish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(4 mlrd soʻm)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

36.

“Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasining noyob bioxilmaxilligini saqlash va baliqchilik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Sudochye koʻlida suv sathining barqaror darajasini taʼminlash.

1. Amudaryo daryosining suv bilan taʼminlanish darajasidan kelib chiqib, kollektor-drenaj tizimi orqali koʻlga barqaror suv oqimini taʼminlash.

2. Sudochye koʻlidagi suv sathining holatini kuzatib borish.

2024-yil iyun

Mablagʻ talab etilmaydi

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Ekologiya vazirligi,

“Moʻynoq-akvasanoat” MCHJ

3. Baliqchilik faoliyatini rivojlantirish.

2024 — 2026-yillar

37.

Orolning qurigan tubida mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos qashqarbeda, oq joʻxori, xashaki lavlagi, javdar kabi chorva uchun ozuqabop ekinlar navlarini sinovdan oʻtkazish.

1. Ushbu hududga mos chorva uchun ozuqabop ekin turlari, navlari namunalarini toʻgʻri tanlash, eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega birlamchi urugʻchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2. Orolning qurigan tubida chorva uchun ozuqa sifatida qashqarbeda, oq joʻxori, xashaki lavlagi, javdar kabi ekinlarni sinovdan oʻtkazish boʻyicha loyihani amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(4 mlrd soʻm)

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi

38.

Orolning qoldiq suv havzalari, Amudaryo deltasi va Orol mintaqasiga suv yetib kelishi monitoringini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.

1. Orol dengizi (Gʻarbiy Orol, Sharqiy Orol) va Amudaryo deltasidagi (Sudochye, Mashankoʻl-Qorajar, Moʻynoq, Baliqchi (Ribachye), Mesopotamiya, Jiltirbas) suv omborlaridagi doimiy namuna olish punktlarini jihozlash.

2. Amudaryo tubi, kanallari va kollektorlardagi 25 ta avtomatik suv oqimini hisobga olish postlarini jihozlash.

2024 — 2028-yillar

Ijrochilarning budjetdan ajratilgan mablagʻlari doirasida

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Ekologiya vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi

39.

Sobiq Lazarev orolidagi chigʻanoq konini qazib olish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish hisobiga ekologik toza qurilish materiallari hamda parrandachilik va baliqchilik uchun organik ozuqa qoʻshimchalari ishlab chiqarish.

1. Chigʻanoq koni zaxirasini aniqlash uchun geologiya-qidiruv ishlari oʻtkazish va tasdiqlash.

2024-2025-yillar

Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari, investitsiya mablagʻlari

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

2. Texnikaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida ochiq kimoshdi savdolari orqali investorni aniqlash.

2025-yil davomida

3. Tashabbuskorlarga tegishli ruxsatnoma berish.

2025-2026-yillar

40.

Orol dengizi qurigan tubida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish.

Orolboʻyi hududida umumiy quvvati 1 ming 800 megavatt boʻlgan jami 3 ta shamol stansiyasini ishga tushirish.

2024 — 2027-yillar

Xalqaro moliya institutlari va xalqaro energetik kompaniyalarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Energetika vazirligi

IV. Aholi salomatligini tiklash, ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish

41.

Fuqarolarga profilaktik yordam koʻrsatish, davolash, sogʻligʻini tiklash maqsadida shifobaxsh termal yerosti suvlari, balchiq manbalaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish va sanatoriyalar tashkil qilish.

1. Shifobaxsh termal yerosti suvlari, balchiq manbalari joylashgan hududlarning holatini va imkoniyatlarini oʻrganish, gidrogeologik tadqiqotlar oʻtkazish.

2. Gidrogeologik tadqiqot xulosalariga asosan suv manbalari joylashgan hududlarning holati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shifo maskanlari (sanatoriyalar)ni qurish loyihalarini ishlab chiqish.

2024-2025-yillar

Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish davlat dasturi mablagʻlari

(4 mlrd soʻm)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

3. Tasdiqlangan loyihalarga asosan qurilish ishlarini amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

42.

Orolboʻyi mintaqasining turli hududlarida turistlarga qulayliklar yaratish uchun maqsadli ekoturizm marshrutlar xaritasini ishlab chiqish va hududning turli nuqtalarida ekolagerlar va ekomarshrutlar tashkil etish hamda zarur infratuzilmani yaratish.

1. “Quyi Amudaryo” davlat biosfera rezervati, “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi, “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻida turistlarni qabul qilish markazlarini tashkil etish.

2. Moʻynoq shahridagi “Kemalar qabristoni”, Sudochye koʻlida ekoturizmni rivojlantirish ishlarini tashkil etish.

3. Ushbu hududlarga turistlarni keng jalb qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Orolboʻyida va qurigan dengiz tubida yangi turistik marshrutlarni ishlab chiqish.

2024 — 2026-yillar

Turizm sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

(5 mlrd soʻm)

Turizm qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Ekologiya vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Donor mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, jamgʻarmalar va kompaniyalar mablagʻlarini keng jalb qilish boʻyicha xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish

43.

“Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq yerlar va qirgʻoqboʻyi hududlarni saqlash, yerning degradatsiyasiga qarshi kurashish va neytral holatga keltirish hamda boshqarish” loyihasini amalga oshirish.

1. Loyiha komponentlarini amaliyotga tatbiq etish.

2. Loyiha yuzasidan erishilgan natijalarning hisobotini tayyorlash.

2023 — 2026-yillar

Global ekologik jamgʻarma mablagʻlari BMT TD

(3.8 mln AQSH dollari)

Ekologiya vazirligi

3. Hisobotni axborot tariqasida Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har yili

44.

“Oʻzbekiston oziq-ovqat tizimi, yerdan foydalanish va qayta tiklash taʼsirini oʻrganish dasturi” loyihasini amalga oshirish.

1. Loyiha taklifini va toʻliq hujjatini ishlab chiqish.

2. Loyiha taklifini va hujjatini Global ekologik jamgʻarma tomonidan moliyalashtirish dasturiga kiritish choralarini koʻrish.

2024-yil noyabr

Global ekologik jamgʻarma,

FAO mablagʻlari

(5,99 mln AQSH dollari)

Ekologiya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3. Moliyalashtirishni tasdiqlash va loyihani ishga tushirish.

2024-yil dekabr

45.

Orolboʻyi tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda oʻsimliklar navlarini koʻpaytirish hamda choʻl sharoitida oʻsuvchi kam suv talab qiladigan oʻsimliklar navlarini yaratish, suv tejovchi, tuproqdagi tuz miqdorini kamaytiradigan texnologiyalarni joriy etish.

1. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida xizmat safariga yuborish uchun ishchi guruhlarni shakllantirish.

2. Eron, Xitoy, Isroil va boshqa davlatlarga xizmat safariga yuborish yuzasidan tashkiliy choralarini koʻrish.

3. Xizmat safari yakunlari boʻyicha asoslangan takliflarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024 — 2026-yillar

Manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi

46.

“Orolboʻyi mintaqasidagi yer maydonlarining shoʻrlanishiga qarshi kurashish, ularning unumdorligini oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.

1. Yaponiyaning JICA tashkiloti Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan loyihani amalga oshirish uchun kelishuv shartnomasini imzolash.

2. Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan SATREPS Oʻzbekiston — Yaponiya hamkorligida qoʻshma xalqaro ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish.

3. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va qoʻshma xalqaro ilmiy loyihalarni moliyalashtirish.

4. Manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar, Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi hamda xususiy sektor vakillaridan tashkil topgan konsorsium tomonidan “Orolboʻyi mintaqasidagi yer maydonlarining shoʻrlanishiga qarshi kurashish, ularning unumdorligini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida suv resurslaridan foydalanishni monitoring va nazorat qilishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish.

2024 — 2026-yillar

Yaponiyaning SATREPS dasturining grant mablagʻlari, Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

(5 mln AQSH dollari)

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ,

Ekologiya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

47.

Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish.

1. Loyihani Oʻzbekiston tomonidan amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlarni belgilab olish.

2. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi va Oʻzbekiston tomonida Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻrtasida kelishuv hujjatini ishlab chiqish va imzolash.

3. Shoʻrlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi bilan hamkorlikda loyihani amalga oshirish.

2024 — 2028-yillar

Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

48.

AQSH, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Isroil va Yevropa mamlakatlarining ilgʻor ilmiy tajribalari asosida zamonaviy biotexnologik va boshqa usullarni oʻzlashtirish hamda ushbu usullarni choʻllarni oʻzlashtirish amaliyotiga tatbiq etish.

1. Rivojlangan xorijiy davlatlarning universitet va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan memorandumlar tuzish va har yili 20 nafar soha mutaxassisini ilmiy stajirovkalarga yuborish.

2. Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish borasida xorijda doktoranturada dissertatsiya tadqiqotlari olib borilishini tashkillashtirish maqsadida ochiq tanlov asosida maqsadli stipendiyalar ajratish.

2024 — 2028-yillar

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, manfaatdor vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

“El-yurt” umidi jamgʻarmasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

49.

Kembrij tabiatni muhofaza qilish tashabbusiga (CCI) qoʻshilgan nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatish.

1. CCI`da joylashgan nufuzli xalqaro tashkilotlar va Ekologiya vazirligi oʻrtasida ilmiy hamkorlik oʻrnatish, oʻquv treninglar va dala tadqiqotlarini tashkil etish.

2. Koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni, flora va faunani muhofaza qilish boʻyicha qoʻshma loyiha ishlab chiqish hamda amalga oshirish.

3. Oʻzbekistonda yangi tashkil etilgan va etilayotgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Protected planet” global maʼlumotlar bazasiga joylashtirish.

2024 — 2026-yillar

Xalqaro grant mablagʻlari

Ekologiya vazirligi

50.

Milliy dasturni amalga oshirish boʻyicha Trast jamgʻarmasi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish boʻyicha maslahat qoʻmitasining alohida ishchi guruhini tuzish.

1. Global yashil oʻsish institutining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi ishtirokida Milliy dasturni amalga oshirish boʻyicha Trast jamgʻarmasi huzuridagi Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish boʻyicha maslahat qoʻmitasining alohida ishchi guruhini tuzish.

2. Maslahat qoʻmitasining alohida ishchi guruhi ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2024-yil noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

51.

Milliy dastur doirasida loyihalarni ishlab chiqish, amalga oshirish va monitoring qilishga xalqaro tashkilotlar, donor davlatlar va boshqa tashqi koʻmak mablagʻlarini jalb qilish maqsadida Ekologiya vazirining oʻrinbosarini BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi boshqaruv qoʻmitasi tarkibiga kiritish.

Ekologiya vazirligi vakilini BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik trast jamgʻarmasi boshqaruv qoʻmitasi tarkibiga kiritish.

2024-yil

Mablagʻ talab etilmaydi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Ekologiya vazirligi

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
9-ILOVA
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimida yangi tashkil etilayotgan tuzilmalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish
JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Yangi tashkil qilinayotgan tuzilmaning toʻliq (rasmiy) nomi

Qoidalar

1.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi)

1) Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Oʻsimlik va hayvonot dunyosi genofondi masalalari laboratoriyasi tashkil etiladi.

2) Oʻsimlik dunyosi boʻyicha laboratoriyaning ustuvor yoʻnalishlari:

oʻsimlik dunyosi obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan oʻtkazish, ular genofondini muhofaza qilish, saqlab qolish va qayta koʻpaytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostidagi oʻsimliklar genofondini in vitro usulida, plantatsiyalar barpo etib koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish;

introduksiya qilish maqsadida olib kelinadigan oʻsimliklarning manba (gen) materiallarining tabiiy endemik turlari va populyatsiyasini oʻrganish;

manba materiallarining belgilarini, markerlarini va moslashish usullarini, shu jumladan moslashish mexanizmlarini aniqlash;

Oʻzbekiston florasining “Qizil kitob”ga kiritilgan, yoʻqolib ketayotgan va mahalliy endemik turlari kolleksiyasini yaratish va uni kengaytirish.

Oʻrta Osiyo florasi elektron gerbariy kolleksiyasini yaratish.

3) Hayvonot dunyosi boʻyicha laboratoriyaning ustuvor yoʻnalishlari:

hayvonot dunyosi obyektlarini muntazam ravishda xatlovdan oʻtkazish, ularni genofondini muhofaza qilish, saqlab qolish va qayta koʻpaytirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;

Oʻzbekiston va Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan hamda noyob endemik hayvonot dunyosi obyektlarini pitomniklar tashkil etib koʻpaytirishni yoʻlga qoʻyish;

akklimatizatsiya qilish maqsadida olib kelinadigan hayvonot dunyosi obyektlarini manba (gen) materiallarining tabiiy endemik turlari va populyatsiyasini oʻrganish;

manba materiallarining belgilarini, markerlarini va moslashish usullarini, shu jumladan moslashish mexanizmlarini aniqlash;

Oʻzbekiston faunasining “Qizil kitob”ga kiritilgan, yoʻqolib ketayotgan va mahalliy endemik turlarining ahamiyatga molik turlarini koʻpaytirish choralarini koʻrish;

Oʻrta Osiyo faunasining elektron roʻyxatini yaratish.

2.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida“Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpogʻiston, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalari (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon urugʻchiligi markazi)

1) Oʻrmon urugʻchiligini rivojlantirish, oʻrmon oʻsimliklari urugʻlari tahlilini ilmiy-tadqiqot ishlari bilan muvofiqlashtirish masalalarini tizimlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida“Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpogʻiston, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalari tashkil etiladi.

2) “Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy (Qoraqalpogʻiston, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo) tuzilmalarining asosiy vazifalari:

xorijiy tajribani oʻrgangan holda urugʻlarni genetik xususiyatlarini saqlashga va koʻpaytirishga qaratilgan “Genbank” faoliyati tashkil etish;

oʻrmon fondi yerlarida daraxt va butalarning onalik plantatsiyalarini tashkil etish;

oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

oʻrmon xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarni aprobatsiyadan oʻtkazish;

oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining nav va ekinboplik sifatlarini aniqlash;

oʻrmon xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarining genetik (nav) va urugʻ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertizaga doir qoidalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

Oʻrmon urugʻchiligi markazining hududiy (Qoraqalpogʻiston, Fargʻona, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari) regional tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.

3) “Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy tuzilmalari xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi;

“Oʻrmon urugʻchiligi markazi” davlat muassasasi va uning hududiy tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek, uni saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3.

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida “in-vitro” laboratoriyasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari (keyingi oʻrinlarda — “in-vitro” laboratoriyasi)

1) Zamonaviy texnologiyalar asosida koʻchat yetishtirish va koʻchatchilik seleksiyasi tizimini takomillashtirish maqsadida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti tizimida “in-vitro” laboratoriyasini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari tashkil etiladi.

2) “in-vitro”laboratoriyasi va uning hududiy boʻlinmalarining asosiy vazifalari:

respublikamizda introduksiya qilingan, urugʻidan va qalamchasidan qiyin koʻpayadigan manzarali va mevali daraxt va buta oʻsimliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida koʻpaytirish;

dorivor, ozuqabop va texnik oʻsimliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida koʻpaytirish;

bir yillik va koʻpyillik oʻtsimon oʻsimliklar turlari, chala buta, buta hamda daraxtlar turlarini kurtagidan, miristemasidan, bargidan, urugʻidan va boshqa vegetativ organlaridan sunʼiy ozuqa muhitida yetishtirish;

oʻsimliklar urugʻidan, qalamchasidan koʻpaytirish imkoniyati boʻlmagan oʻsimliklar turlarini laboratoriya sharoitida in-vitro usulida koʻpaytirish;

laboratoriya sharoitida in-vitro usulida toza viruslardan va kasalliklardan xoli oʻsimliklar yetishtirish;

“in-vitro”laboratoriyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda uning hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.

4.

“Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati (keyingi oʻrinlarda — Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati) .

1) Respublikada daraxt va butalarning kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish tadbirlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati tashkil etiladi.

2) Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi;

botanik, entomolog, fitopatolog, arbarist va dendorolog kabi mutaxassislardan tashkil etilgan Daraxt kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

respublikada barpo etilgan daraxtzorlarni joriy tekshirish, entomologik va fitopatologik kuzatuvlarni amalga oshirish;

kasallangan yoki zararlangan daraxt va butalardagi zararli taʼsirlarni hamda ularning kelib chiqish omillarini oʻrganish;

daraxt va butalarda aniqlangan kasallik va zararkunandalarga qarshi mexanik, biologik va kimyoviy usullar asosida kurashish;

kasallik va zararkunandalar taʼsirida zararlanish arafasida boʻlgan yoki zararlangan, qurigan daraxt va butalarni saqlab qolish, imkon boʻlmaganlarini boshqa daraxt va butalarni zararsizlantirilishidan saqlash choralarini koʻrish;

daraxt, butalar kasallik va zararkunandalarini tarqalish holatlari toʻgʻrisida yagona axborot bazasini shakllantirish.

(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
10-ILOVA
Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tizimidagi oʻrmon xoʻjaliklarining bosqichma-bosqich 2024 — 2026-yillarda moddiy texnika bazasini mustahkamlash
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI

mln. soʻmda

T/r

Texnikalar nomi

Jami

Shundan;

2024-yil

2025-yil

2026-yil

Soni

Summasi

Soni

Summasi

Jami

Soni

Summasi

Jami

Soni

Summasi

Jami

Oʻrmon barpo etish va uni qayta tiklanishini taʼminlash hamda yongʻinga qarshi tadbirlar uchun

1.

Yuk tashuvchi (koʻchatlarni tashish uchun)avtotransport

33

24 725

10

636

6 360

13

765

9945

10

842

8420

2.

Suv tashuvchi ( ekilgan koʻchatlarni sugʻorish uchun) avtotransport

40

40 536

15

925

13 875

13

1017

13221

12

1120

13440

3.

Ekskavator(yongʻinga qarshi yoʻllarni ochish, terassalar qurish va koʻchat ekish)

28

44 176

10

1435

14 350

9

1578

14202

9

1736

15624

4.

Traktor (yongʻinga qarshi yoʻllar va mineral polosadlar qurish uchun)

90

46 600

40

450

18 000

30

550

16500

20

605

12100

4,1.

Qishloq xoʻjaligi agregatlari (plug, chizel, tirkama va boshqalar)

90

10 690

40

110

4 400

30

121

3630

20

133

2660

5.

Avtobus (aholi yashash massivlaridan uzoqda borib ishlovchi xodimlar uchun)

10

6 898

4

631

2 524

3

695

2085

3

763

2289

6.

Maxsus avtomashinalar (NIVA, UAZ, IZUZU PIKAP va boshqalar)

13

8 115

5

595

2 975

4

655

2620

4

630

2520

7.

Oʻt oʻchirish vositalari (motopompa, olib yuriladigan oʻt oʻchirgichlar va boshqalar)

550

9 275

250

16

3 875

150

17

2550

150

19

2850

8.

Yongʻinni oʻchirish dronlari

20

9 885

7

450

3 150

7

495

3465

6

545

3270

9.

Mobil laboratoriya

13

7 832

5

550

2 750

4

605

2420

4

666

2 662

10.

Smart forestry axborot tizimini joriy etish

1

1 030

1

1 030

1 030

11.

Smart forestry axborot tizimini saqlash xarajatlari

1

1 350

1

450

450

450

450

450

450

Hammasi

889

211 112

388

7 278

73 739

263

6 948

71 088

238

7 509

66 285

Izoh. Texnikalar soni va rusumi amalga oshiriladigan ishlarning talabidan hamda ularning narxidan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonda:
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “2023-yil 1-dekabrga qadar” soʻzlari “2024-yil 1-oktabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik banddagi “yanvardan” soʻzi “oktabrdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) respublika budjetidan 2024-yil uchun 100 milliard soʻm, 2025-yil va undan keyingi yillar uchun 500 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi hamda mablagʻlar “Ochiq budjet” axborot portali va Oʻzbekiston Respublikasining manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturi orqali quyidagilarga yoʻnaltiriladi:”;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) har yili shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasining manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturi amalga oshiriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4850-son qarorining 1-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan boshlab davlat oʻrmon fondi uchastkalari faqat “E-auksion” platformasi orqali ijaraga beriladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorida:
a) 6-banddagi “yanvardan” soʻzi “iyuldan” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 19-bandning birinchi xatboshisidagi “martdan” soʻzi “sentabrdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 2 va 3-pozitsiyalaridagi “MCHJ” qisqartmasi “davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-pozitsiyaning “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “25 ming” soʻzlari “10 ming” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiya “Ijro qilish muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil avgust” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning 40 va 43-pozitsiyalari “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qaroriga 3-ilovaning 14-pozitsiyasi “Vazifa” ustunidagi “30 foizga” soʻzlari “15 foizga” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoniga
12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi “Respublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4424-son qarorining 2-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-yanvardagi “Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fanni rivojlantirish va ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4960-son qarorining 3 va 4-bandlari.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qarorining 9-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2023-y., 06/23/199/0882-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)