1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, jumladan aholida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish va loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish boʻyicha yaxlit tizim joriy etish maqsadida:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
1. Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilansin:
aholi va tadbirkorlik subyektlarini oʻqitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy va konsultativ qoʻllab-quvvatlash tizimini yoʻlga qoʻyish va “oilaviy tadbirkor — mikrobiznes — kichik biznes — oʻrta biznes” zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
davlat dasturlari doirasida kichik va oʻrta biznes loyihalarini “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqa hamkor tijorat banklaridan iborat yaxlit moliyaviy tizim asosida qoʻllab-quvvatlash;
tadbirkorlikka oʻqitish, kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish hamda biznes jarayonlarining barcha bosqichlarida doimiy hamrohlik qilishni “Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” MCHJlar va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJda, shuningdek, vakolatli organlar va tijorat banklarining tadbirkorlik yoʻnalishidagi elektron platformalarida (keyingi oʻrinlarda — elektron platformalar) amalga oshirish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-iyuldagi PQ-329-son “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
2. 2024 — 2026-yillar uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
a) “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boʻyicha:
kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar qoldigʻini 1,7 baravarga oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizga yetkazish;
kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jami 800 million AQSH dollarigacha miqdorda resurslar jalb qilish;
300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish;
150 mingta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kengaytirish;
b) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ boʻyicha:
kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini 8 trillion soʻmdan 14 trillion soʻmga yetkazish;
150 ta oʻrta biznes korxonasiga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyihani tadbirkorlik subyektlariga sotish;
300 milliard soʻm miqdorida korporativ obligatsiyalarni mahalliy kapital bozorlarida muomalaga chiqarish.
(2-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
(2-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
3. Quyidagilar:
Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha hududiy komissiyalar 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4862-son “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
4. Respublika komissiyasi (Qoʻchqorov) 2023-yil 15-dekabrga qadar:
hududlar va davlat dasturlari yoʻnalishlari kesimida 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli koʻrsatkichlarini;
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyatining asosiy maqsadli koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni (tarmoq jadvallarini) tasdiqlasin.
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov, Markaziy bank raisi oʻrinbosari A.A. Turdaliyev va oʻzlariga biriktirilgan hududlar boʻyicha Respublika komissiyasi aʼzolari zimmasiga aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilishning ustuvor yoʻnalishlarini roʻyobga chiqarish va maqsadli koʻrsatkichlarga erishish vazifasi yuklansin.
Respublika komissiyasi aʼzolari bir oy muddatda oʻzlari biriktirilgan hududda har bir tuman va shaharga chiqqan holda, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv seminarlarini tashkil qilsin.
5. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Vafayev) bir oy muddatda “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga jami 300 million AQSH dollari miqdorida, shu jumladan:
75 million AQSH dollari “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning ustav kapitalini oshirishga;
225 million AQSH dollari subordinar qarz sifatida 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada mablagʻlar ajratsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
6. Belgilansinki:
a) kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish uchun “Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” MCHJlar va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning vakillari belgilangan tartibda Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari binolariga joylashtiriladi;
b) Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Qosimov), Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (Ubaydullayev) har hafta:
mahallalarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida davlat dasturlarida kichik va oʻrta biznes uchun belgilangan moliyaviy imkoniyatlar toʻgʻrisida targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
“Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” MCHJlarda namunaviy qoʻllanmalar asosida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun oʻquv seminarlarini oʻtkazib boradi;
salohiyatli tadbirkorlik subyektlarini aniqlab, “Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” MCHJlarga va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning vakillariga ularning loyihalarini amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar beradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.09.00 Budjet ssudalari. Davlat kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
7. Belgilab qoʻyilsinki, davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish, ularning oʻz vaqtida qaytarilishini taʼminlash maqsadida 2024-yil 1-iyuldan boshlab:
kredit ajratishning barcha bosqichlari (arizani koʻrib chiqish, qaror qabul qilish, kafillik berish va kredit ajratish) raqamlashtirilgan holda elektron platformalarda amalga oshiriladi;
kredit taʼminotlarini nazorat qilish, garovga olingan mulklarni taqiqdan toʻliq yoki qisman chiqarish hamda almashtirish jarayonlari elektron platformalar orqali markazlashgan holda tashkil qilinadi;
axborot texnologiyalari yordamida mijozlar biznes-rejalar asosida faoliyat yuritishi, pul oqimlari va boshqa koʻrsatkichlarini tahlil qilish orqali xatarlarni oldindan aniqlash mexanizmi amaliyotga kiritiladi;
davlat dasturlari doirasida tuman (shahar) va mahallalarga ajratiladigan kreditlar hajmi yuzaga kelgan muammoli kreditlar ulushidan kelib chiqib belgilanadi.
8. 2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlariga oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni (mahsulotlarni) davlat buyurtmachilariga bir moliya yili davomida jami 10 milliard soʻmgacha qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga ruxsat berilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan shartnomalarni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat xaridlari maxsus axborot portalida alohida sahifa tashkil etsin va uni vazirlik va idoralar maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov):
Markaziy bank (Turdaliyev), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB (Annaqlichev), “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) va Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Qosimov) bilan birgalikda bir hafta muddatda davlat dasturlarida nazarda tutilgan imkoniyatlar va ularda ishtirok etish shartlari toʻgʻrisida taqdimot materiallari va videoroliklardan iborat namunaviy qoʻllanmalar tayyorlab, Respublika komissiyasi aʼzolari va hududiy komissiyalarga yetkazilishi hamda elektron platformalarda joylashtirilishini taʼminlasin;
manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Markaziy bank raisi M.B. Nurmuratov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-noyabr,
PQ-366-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-366-son qaroriga 1-ILOVA
Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha respublika komissiyasi
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi
2.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
3.
A.A. Turdaliyev
—
Markaziy bank raisi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
4.
S.S. Annaklichev
—
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
5.
A.A. Kamalov
—
Markaziy bank raisi oʻrinbosari
Andijon viloyati
6.
O.A. Butayev
—
“Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi
Buxoro viloyati
7.
R.U. Mamatkulov
—
“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi
Jizzax viloyati
8.
M.M. Ubaydullayev
—
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori
Qashqadaryo viloyati
9.
Ch.S. Mirzayev
—
“Turon bank” ATB boshqaruvi raisi
Navoiy viloyati
10.
Q.A. Tulyaganov
—
“Asakabank” AJ boshqaruvi raisi
Namangan viloyati
11.
A.K. Mirsoatov
—
“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi
Samarqand viloyati
12.
D.A. Vahobov
—
Savdo-sanoat palatasi raisi
Surxondaryo viloyati
13.
D.S. Qosimov
—
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil
Sirdaryo viloyati
14.
Sh.X. Atabayev
—
AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi
Toshkent viloyati
15.
A.A. Akbarjonov
—
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi
Fargʻona viloyati
16.
N.K. Musamuxamedov
—
Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
Xorazm viloyati
17.
Sh.D. Kudbiyev
—
Soliq qoʻmitasi raisi
Toshkent shahri
18.
T.N. Xusanov
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, Respublika komissiyasi kotibi
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-366-son qaroriga 2-ILOVA
Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha hududiy komissiyalarning namunaviy
Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha respublika komissiyasidan biriktirilgan vakil, Hududiy komissiya raisi
2.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, Hududiy komissiya raisi oʻrinbosari
3.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshliqlari
4.
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari boshliqlari
5.
Lavozimi boʻyicha
—
Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi boshligʻi
6.
Lavozimi boʻyicha
—
hududiy soliq boshqarmasi boshligʻi
7.
Lavozimi boʻyicha
—
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmasi boshligʻi
8.
Lavozimi boʻyicha
—
Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshligʻi
9.
Lavozimi boʻyicha
—
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining hududdagi bosh inspektori
10.
Lavozimi boʻyicha
—
“Kichik biznesga koʻmaklashish markazi” MCHJ rahbari
11.
Lavozimi boʻyicha
—
“Mikrokreditbank” ATB hududiy filiali boshqaruvchisi
12.
Lavozimi boʻyicha
—
“Agrobank” ATB hududiy filiali boshqaruvchisi
13.
Lavozimi boʻyicha
—
AT “Xalq banki” hududiy filiali boshqaruvchisi
14.
Lavozimi boʻyicha
—
“Hunarmand” uyushmasining hududiy boshqarmasi boshligʻi
15.
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy filiali rahbari
16.
Lavozimi boʻyicha
—
Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi rahbari, Hududiy komissiya kotibi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 07/23/366/0854-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)