1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.08.00.00 Oila, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ularning tadbirkorlik faolligini oshirish, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkor ayollarning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi rolini yanada oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar hamda tadbirkorlikka oʻqitish dasturlarida ishtirok etuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlarining elektron reyestriga kiritilgan nodavlat taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — nodavlat taʼlim tashkilotlari), professional taʼlim muassasalari hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining (keyingi oʻrinlarda — Oliy maktab) kasb-hunarga oʻrgatuvchi oʻquv kurslariga yoʻnaltirilgan yoshlar va xotin-qizlar uchun Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan uch tomonlama shartnoma asosida oʻquv kurslari qiymatining 70 foizi, biroq 1 mln soʻmdan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv]
uch tomonlama shartnoma fuqaro, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining hududiy boshqarmalari va mazkur bandda koʻrsatilgan taʼlim tashkilotlari oʻrtasida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari (keyingi oʻrinlarda — hokim yordamchilari) tavsiyasiga koʻra tuziladi;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish]
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni Oliy maktab tomonidan oʻqitish ishlari toʻliq bepul amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
nodavlat taʼlim tashkilotlari, professional taʼlim muassasalari hamda Oliy maktabning kasb-hunar yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlagan ishsiz xotin-qizlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan mavjud boʻsh ish oʻrinlariga joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini yakunlagan xotin-qizlarga tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishidan boshlab, oʻz faoliyatini mustaqil olib borishiga qadar boʻlgan jarayonda hokim yordamchilari tomonidan tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatib boriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
2. Belgilansinki, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi tomonidan mehnatga layoqatli, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan ish beruvchilar uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.02.00 Kompensatsiya va boshqa ijtimoiy toʻlovlar / 06.07.02.01 Nogironlarga kompensatsiya toʻlovlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi ikki oy muddatda mehnatga layoqatli, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan ish beruvchilar uchun subsidiyalar ajratish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.07.00.00 Nafaqalar. Kompensatsiya toʻlovlari / 06.07.03.00 Kam taʼminlanganlar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” va boshqa toifalardagi fuqarolarga moddiy yordam koʻrsatish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.06.00 Nodavlat taʼlim tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar, birinchi navbatda, xotin-qizlarga hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan nodavlat taʼlim tashkilotlari va professional taʼlim muassasalarining oʻquv kursi qiymatining qolgan 30 foiz qismi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmasi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi, tegishliligi boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari yoki professional taʼlim muassasalari va fuqaro oʻrtasida shartnomaga muvofiq oldindan toʻlash orqali qoplab beriladi.
4. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Oliy maktab bilan birgalikda bir oy muddatda:
har bir mahalla kesimida ishsiz deb eʼtirof etilgan va ishlash yoki tadbirkorlik qilish istagini bildirgan xotin-qizlarning birlamchi roʻyxatini shakllantirsin;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, Oliy maktabining hududiy filiallari, Savdo-sanoat palatasida shakllantirilgan roʻyxatlarga kiritilgan xotin-qizlarning kasb-hunarga (“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi elektron axborot tizimida mavjud boʻsh ish oʻrinlaridan kelib chiqqan holda) va tadbirkorlikka oʻqitilishini taʼminlasin;
hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan kasb-hunar yoʻnalishlari boʻyicha kurslarni tugatgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash borasida “Onlayn mahalla” platformasini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Mehnat.uz” platformasiga integratsiya qilish orqali ularni mavjud boʻsh ish oʻrinlariga yoʻnaltirsin.
5. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-iyul,
PQ-329-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 07/22/329/0659-son)