

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6633676" id="onLBC-6633676">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6885"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6633676" id="onLS-6633676">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6633734" id="-6633734">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6633735" id="-6633735">Farmoni</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6633736" id="-6633736">Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6633738" id="-6633738"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633739" id="-6633739">Mamlakatda yuqori texnologiyalarga asoslangan sanoat yoʻnalishlarini jadal rivojlantirish, sanoat tarmoqlariga xususiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hisobidan aholi daromadlarini oshirish hamda yirik tarmoqlarga ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida:</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6633740" id="onLBC-6633740">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6117"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC9111"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633740" id="-6633740">1. Belgilansinki, davlat sanoat siyosatini amalga oshirish hamda sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha vazifa va funksiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuklanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633741" id="-6633741">Bunda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mahalliy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish, investitsiya, eksport, mahalliylashtirish va sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari uchun masʼul hisoblanadi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6633742" id="onLBC-6633742">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC9111"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.02 Sanoat sohasida boshqaruv;</span></div><div id="LBC6885"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633742" id="-6633742">2. Quyidagilar Iqtisodiyot va moliya vazirligining sanoatni rivojlantirish boʻyicha asosiy vazifalari etib belgilansin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633743" id="-6633743">yagona sanoat siyosatini amalga oshirish hamda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish borasida zamonaviy mexanizmlarni joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633744" id="-6633744">hududlarning tabiiy xomashyo, mehnat resurslarini va “nisbiy ustunliklarini” inobatga olgan holda sanoatni rivojlantirishga turtki beradigan yoʻnalishlarni belgilash va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633745" id="-6633745">sanoatning bazaviy tarmoqlari, jumladan neft-gaz, energetika, kimyo, togʻ-kon, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish, diversifikatsiya qilish hamda ularni isloh qilish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633746" id="-6633746">resurslarning tarmoqlararo va hududlar boʻyicha mutanosib ravishda taqsimlanishini hamda infratuzilmaning oʻzaro muvozanatlashgan rivojlanishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633747" id="-6633747">tegishli vazirliklar bilan birgalikda energiya resurslari, qimmatbaho va rangli metallar, boshqa strategik resurslarni ishlab chiqarish, ularning isteʼmol balansini shakllantirish va monitoring qilish hamda ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633748" id="-6633748">sanoat tarmoqlarida mehnat unumdorligini, energiya va boshqa ishlab chiqarish resurslari tejamkorligini oshirish, mahsulot tannarxini pasaytirish hamda operatsion samaradorlikni oshirishda zamonaviy mexanizm va yondashuvlarning qoʻllanilishi boʻyicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633750" id="-6633750">muhim sanoat mahsulotlari boʻyicha bozor konyunkturasini oʻrganish asosida tegishli mahsulotlar bilan ichki bozor talabini qondirish va narxlar keskin oʻzgarishining oldini olish hamda sanoat korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish boʻyicha taklif va choralar ishlab chiqish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633751" id="-6633751">3. Iqtisodiyot va moliya vazirligiga sanoatni rivojlantirish boʻyicha berilayotgan vakolatlarni inobatga olgan holda iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosarlariga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633752" id="-6633752">a) vazirning birinchi oʻrinbosariga (I. Norqulov):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633753" id="-6633753">global iqtisodiy-moliyaviy vaziyatni va bozor konyunkturasini tahlil qilish asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarga taʼsiri boʻyicha xatarlarni baholash hamda ularning salbiy taʼsirini yumshatish va oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633754" id="-6633754">manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash maqsadida soha, tarmoq va hududlar kesimida manzilli prognoz parametrlarini shakllantirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633755" id="-6633755">b) vazir oʻrinbosariga (B. Xodjayev):</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633756" id="-6633756">sanoat siyosatini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini tashkil etishga masʼul etib belgilagan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligining hududiy boshqarma va boʻlinmalarining sanoatni rivojlantirish yoʻnalishidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633757" id="-6633757">yirik tarmoq korxonalari va hududlarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini monitoring qilish hamda prognoz koʻrsatkichlariga erishishda mavjud xatarlarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrib borish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633758" id="-6633758">bazaviy sanoat tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish, ularda mahsulot va xizmat tannarxini pasaytirish, moliyaviy barqarorligini va operatsion samaradorligini oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633759" id="-6633759">Energetika vazirligi bilan birgalikda elektr energiyasi va tabiiy gaz bozorlarini isloh qilish va rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633760" id="-6633760">iqtisodiyot tarmoqlarida tarif siyosatini tahlil qilish va takomillashtirish choralarini koʻrish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633761" id="-6633761">v) vazir oʻrinbosariga (A. Boboyev) — hududlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrish, sanoat zonalari va yangi ishga tushiriladigan yirik korxonalarning infratuzilma bilan taʼminlanganlik holatini tahlil qilish va ularni moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633762" id="-6633762">4. Iqtisodiyot va moliya vazirligida xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda Sanoat siyosatini amalga oshirish va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish boʻyicha loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin va unga quyidagi vazifalar yuklatilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633763" id="-6633763">sanoatda iqtisodiy oʻsish “nuqta”larini aniqlash, hududlarda “drayver” sohalarni belgilash, yangi turdagi qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633764" id="-6633764">sanoat tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini pasaytirish va energiyadan samarali foydalanish, shu jumladan resurs va energiya tejamkorligini oshirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633765" id="-6633765">sanoat tarmoqlarining tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini tahlil qilish, mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida samaradorlikni va mehnat unumdorligini oshirish siyosatini ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633766" id="-6633766">sanoat sohalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda davlat tomonidan samarali qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6633767" id="onLBC-6633767">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6117"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;</span></div><div id="LBC6235"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633767" id="-6633767">Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Loyiha ofisi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun, istisno tariqasida, xalqaro konsalting kompaniyalari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633768" id="-6633768">5. Quyidagilar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻtkazilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633769" id="-6633769">“Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633770" id="-6633770">Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparatining 45 ta shtat birligi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633772" id="-6633772">6. Viloyat, shahar va tumanlarning iqtisodiyot va moliya boshqarmalari va boʻlimlarida sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotning resurslar bilan taʼminlanganligini tahlil qilish yigʻma boʻlimlari tashkil etilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633773" id="-6633773">Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) ikki hafta muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatini qayta tashkil etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633775" id="-6633775">Bunda, sanoatni rivojlantirish va iqtisodiyotning resurslar bilan taʼminlanganligini tahlil qilish yigʻma boʻlimlari shtat birliklarini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududiy boʻlinmalarida tegishli shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantirish nazarda tutilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633776" id="-6633776">7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633777" id="-6633777"><a href="/mact/-5075093">Parij bitimining </a>(Parij, 2015-yil 12-dekabr) 6-moddasiga muvofiq Barqaror rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ (milliy organ) hisoblanishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633778" id="-6633778">“issiqxona gazlari savdosi”ni tartibga solish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda loyihalarni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun masʼul organ sifatida ishtirok etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633779" id="-6633779">8. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633780" id="-6633780">a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi “issiqxona gazlari savdosi” sohasida davlat tomonidan tartibga solish va xalqaro hamkorlik boʻyicha ishchi organ hisoblanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6800658" id="-6800658">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori bilan tasdiqlangan 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash <a href="/mact/-6303230#-6305281">dasturi</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633781" id="-6633781">Bunda, ishchi organ uglerod birliklarining reyestrini shakllantirish va yuritish, “issiqxona gazlari savdosi” milliy tizimini joriy etish va faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, uglerod birliklarini sotish va sotib olishni tartibga solish faoliyatini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633782" id="-6633782">b) “issiqxona gazlari savdosi” milliy tizimi 2024-yil 1-iyundan tajriba-sinov tariqasida yoʻlga qoʻyiladi hamda 2025-yil 1-yanvardan energetika va sanoat tarmoqlarida toʻliq joriy qilinadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633783" id="-6633783">v) respublika hududida amalga oshirilgan loyihalar asosida uglerod birliklarini xalqaro sertifikatsiyadan oʻtkazish va xalqaro “issiqxona gazlari savdosi” ixtiyoriy bozorlariga savdoga chiqarish uchun yoʻnaltirish Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633784" id="-6633784">9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda “issiqxona gazlari savdosi” milliy tizimi, issiqxona gazlari kvotasi milliy rejasi hamda uglerod birliklarining reyestrini shakllantirish va joriy qilish masalalarini qamrab oluvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6633785" id="onLBC-6633785">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6894"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.14.00 Ximiya va neft-kimyo sanoati]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633785" id="-6633785">10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab kimyo sanoatini tartibga solish va muvofiqlashtirish funksiyalari quyidagicha taqsimlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633786" id="-6633786">a) Iqtisodiyot va moliya vazirligiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633787" id="-6633787">kimyo sanoatida islohotlarni amalga oshirish, tarmoqda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mavjud tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash va talab yuqori boʻlgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha yagona siyosatni amalga oshirish;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6800666" id="-6800666">Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-6669850">Farmoni</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633788" id="-6633788">kimyo sanoatida siyosatni belgilovchi strategik hamda oʻrta va uzoq muddatli rivojlanish va islohotlar dasturlari, shuningdek, boshqa dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633789" id="-6633789">tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va ularning operatsion samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633790" id="-6633790">kimyo sanoati korxonalarini asosiy xomashyo bilan taʼminlash prognozlarini, shu jumladan ishlab chiqarish va resurs balanslarini shakllantirish hamda ijrosini muvofiqlashtirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633791" id="-6633791">b) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633792" id="-6633792">kimyo sanoati tarmogʻidagi loyihalarga zamonaviy yuqori texnologiya uskunalar va innovatsion texnologiyalarni jalb qilish, mahalliy mahsulotlarni yangi tashqi bozorlarga chiqarishga koʻmaklashish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633793" id="-6633793">yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga xususiy kapitalni, jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633794" id="-6633794">kimyo sanoati korxonalarida texnik standartlarni ishlab chiqish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633795" id="-6633795">v) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633796" id="-6633796">davlat ulushiga ega boʻlgan tarmoq korxonalarida boshqaruv tizimini takomillashtirish, shu jumladan korporativ boshqaruv va barqaror rivojlanish boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633797" id="-6633797">davlat ulushiga ega boʻlgan tarmoq korxonalarini xususiylashtirishni tashkil etish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633798" id="-6633798">11. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) ikki oy muddatda <a href="/mact/-6633676#-6633814">ilovaga </a>muvofiq kimyo sanoati korxonalaridagi “Oʻzkimyosanoat” AJning aksiya paketlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga oʻtkazilishini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633799" id="-6633799">Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Oʻzkimyosanoat” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “Oʻzkimyosanot” AJ ulushi (aksiyalari) mavjud boʻlgan barcha korxonalarni xatlovdan oʻtkazib, ularni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga oʻtkazish boʻyicha takliflarni kiritsin.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6633800" id="onLBC-6633800">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6823"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.02.00 Monopoliya faoliyati. Raqobatli siyosat]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633800" id="-6633800">12. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633801" id="-6633801">kaustik soda, kalsiylangan soda, qurilish oynasi, texnik kerosin, neft parafini, formalin mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-son qarori bilan tasdiqlangan monopolist korxonalar tomonidan faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xomashyo va materiallarning <a href="/mact/-3409608#-4738272">roʻyxatidan</a> (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) chiqarish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633803" id="-6633803">Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga tovar-xomashyo birjalari savdolariga ruxsat etiladigan tovar va xomashyolarga mezonlar va tavsiflarni belgilash hamda Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqini berish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633802" id="-6633802">13. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi 2024-yil 1-martga qadar Oʻzbekiston Respublikasining “Tovar-xomashyo birjalari toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin hamda unda, shu jumladan, tovar-xomashyo birjalarining faoliyat yuritish tartibi va xususiyatlari, birja orqali sotiladigan tovarlarga qoʻyiladigan talablar, moliyaviy hosilaviy instrumentlarni chiqarish mexanizmlari nazarda tutilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633804" id="-6633804">14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-44-son qarori 6-bandining <a href="/mact/-5769767?ONDATE=10.12.2021 00#-5771010">“a” kichik bandi</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633805" id="-6633805">Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi (J. Qoʻchqorov) bir hafta muddatda “Oʻzbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish tariflarini “Oʻzbekgidroenergo” AJning investitsiya dasturlarini moliyalashtirish uchun yetarli miqdorda tasdiqlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633806" id="-6633806">15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6665978" id="edi-6665978"><a href="/mact/-6633676?ONDATE=13.10.2023 00#-6633807">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6665978" id="-6665978"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6665979" id="-6665979">2023-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasini;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6665980" id="-6665980">(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli <a href="/mact/-6658633?ONDATE=11.11.2023 00#-6659793">Farmoni </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633808" id="-6633808">ikki oy muddatda Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6633809" id="-6633809">16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6633810" id="-6633810">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6633811" id="-6633811">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6633812" id="-6633812">2023-yil 12-oktabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6633813" id="-6633813">PF-169-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6633814" id="-6633814"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-6633815" id="-6633815">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktabrdagi PF-169-son <a href="/mact/-6633676">Farmoniga</a><br />ILOVA</div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-6633816" id="-6633816">Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga “Oʻzkimyosanoat” AJning aksiya paketlari oʻtkazib beriladigan korxonalar</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6633817" id="-6633817">ROʻYXATI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6633818" id="-6633818"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6633819" id="-6633819"><table style="BACKGROUND: white; BORDER-COLLAPSE: collapse" cellspacing="0" cellpadding="0" width="100%" border="0">
<tbody>
<tr style="HEIGHT: 3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="3%" rowspan="2">
<p align="center"><a name="6633819"><b>T/r</b></a></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="41%" rowspan="2">
<p align="center"><span><b>Korxona nomi</b></span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="55%" colspan="2">
<p align="center"><span><b>Berilayotgan ulushlar </b><i>(foizda)</i></span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="28%">
<p align="center"><span><b>Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga</b></span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="26%">
<p align="center"><span><b>Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga</b></span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="3%">
<p align="center"><span>1.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="41%">
<p><span>“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="28%">
<p align="center"><span>53,37</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="26%">
<p align="center"><span>46,63</span></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="3%">
<p align="center"><span>2.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="41%">
<p><span>“Qoʻngʻirot soda zavodi” QK MChJ</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="28%">
<p align="center"><span>49</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="26%">
<p align="center"></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="3%">
<p align="center"><span>3.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="41%">
<p><span>“Kimyotrans-logistik” MChJ</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="28%">
<p align="center"><span>100</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="26%">
<p align="center"></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="3%">
<p align="center"><span>4.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="41%">
<p><span>“Hamkor-kimyoservis” MChJ</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="28%">
<p align="center"><span>100</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: #-ece9d8; HEIGHT: 3pt" width="26%">
<p align="center"></p></td></tr>
<tr style="HEIGHT: 3pt">
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 3pt" width="3%">
<p align="center"><span>5.</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 3pt" width="41%">
<p><span>“Kimyotrans” MChJ</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: #-ece9d8; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 3pt" width="28%">
<p align="center"><span>25</span></p></td>
<td style="BORDER-RIGHT: windowtext 1pt solid; PADDING-RIGHT: 2.85pt; BORDER-TOP: windowtext 1pt solid; PADDING-LEFT: 2.85pt; PADDING-BOTTOM: 0cm; BORDER-LEFT: windowtext 1pt solid; PADDING-TOP: 0cm; BORDER-BOTTOM: windowtext 1pt solid; HEIGHT: 3pt" width="26%">
<p align="center"></p></td></tr></tbody></table></div></div><div class="FOOTNOTE"><div name="-6633820" id="-6633820"><em>Izoh: Korxonalarning aksiya paketlari (ulushlari) jamiyatlarning aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarida tegishli qarorlar qabul qilingandan soʻng oʻtkazib beriladi. Bunda “Oʻzkimyosanoat” AJ ustav kapitali oʻtkazib beriladigan ulushlarning balans (qoldiq) qiymatiga kamaytiriladi.</em></div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-6633737" id="-6633737">(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2023-y., 06/23/169/0769-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
