toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.06.2000
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
“TADBIRKORLIK VA TADBIRKORLAR FAOLIYATINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh XAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 25-maydagi 70-II-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
“Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 1999-yil 29-apreldagi 84 (2122)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Hukumat qarorlarini “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 60-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini kuchga kiritish tartibi haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 61-modda);
1993-yil 7-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 237-modda);
1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘im va bunday shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 12-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan ro‘yxatga olganlik uchun undiriladigan yig‘im va bunday shaxslarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 13-modda);
1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining XIII bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1999-yil 14-aprel,
755-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 107-modda)