1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TADBIRKORLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 14-apreldagi 755-I-sonli “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish xaqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 60-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. Muqaddimaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun tadbirkorlarning iqtisodiy va huquqiy mustaqilligini kafolatlaydi, ularning huquqlari va javobgarligini belgilab beradi, tadbirkorlarning bir-birlari bilan va boshqa korxonalar hamda tashkilotlar bilan, barcha boshqaruv idoralari bilan oʻzaro munosabatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyilgan mulkchilik shakllari asosida va ularga muvofiq tartibga solib turadi”.
“Tadbirkorlik – mulkchilik subyektlarining mollar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish hamda foyda yoki daromad olishga qaratilgan amaldagi qonunlar doirasida tashabbuskorlik bilan faoliyat koʻrsatishidir”;
ikkinchi qismi uchinchi xatboshisidagi “fuqarolar” degan soʻzlar “jismoniy” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Har bir fuqaro (bir guruh fuqarolar) xoʻjalik yurituvchi boshqa subyektlar bilan teng asoslarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shartlarga rioya qilgan holda”;
ikkinchi xatboshisidan “Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan shartlarga rioya qilgan holda” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisida “fuqarolarning” degan soʻz “jismoniy shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.