Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining 2019-yil 22-yanvardagi 2-2019/QQ, 9 va 1/103-son qarori (roʻyxat raqami 3130, 2019-yil 23-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.01.2019-y., 10/19/3130/2539-son) bilan tasdiqlangan Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlarini belgilaydi.”.
birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-iyuldagi 206-son qarori” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-sentabrdagi 775-son qarori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Mehnat kodeksining 153-moddasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 246-moddasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.