1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yoʻnalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
“yoʻl xaritasi”da masʼul ijrochi sifatida belgilangan vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari tegishli topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;
“yoʻl xaritasi”ning masʼul ijrochilari tegishli chora-tadbirlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har chorak yakunida hisobot taqdim etadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Konsepsiya va “yoʻl xaritasi” ijrosini nazorat qilish uchun masʼul hisoblanadi, belgilangan topshiriqlarning masʼul ijrochilar tomonidan amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritadi, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga har chorakda umumlashtirilgan hisobot taqdim etadi;
masʼul ijrochilar har yili 20-yanvarga qadar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha “yoʻl xaritalari”ning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Mudofaa vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqitilishini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha 2023 — 2027-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.03.00 Internet global tarmoq]
4. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov hamda Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-iyun,
267-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish
KONSEPSIYASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bugungi globallashuv va keskin raqobat davrida, dunyoning turli burchaklarida, jumladan, mintaqamizda yuz berayotgan qurolli mojarolar va qarama-qarshiliklar, yangi tahdid va xatarlar oldimizga kechiktirib boʻlmaydigan dolzarb vazifalarni qoʻymoqda.
Aynan shunday sharoitda mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, shu jumladan, harbiy-vatanparvarlik, yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, “Xalq va armiya — bir tanu, bir jondir!” degan ezgu gʻoya asosida yoshlar tarbiyasiga masʼul vazirlik va idoralarning kuch va imkoniyatlarini bir gʻoya, bir maqsad asosida birlashtirish talab etilmoqda.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar]
2. 2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida ishlab chiqilgan hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 17-moddalari.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
3. Har qanday ogʻir va murakkab vaziyatda Vatanimizni koʻz qorachigʻidek asrash, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bogʻliq eng muhim tushunchalarni, hayotiy va professional koʻnikmalarni ilm-maʼrifat, shuningdek, milliy qadriyatlar asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish orqali vatanparvar, sadoqatli hamda shijoatli yoshlarni kamol toptirish Konsepsiyaning asosiy mohiyatini tashkil etadi.
4. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash “Vatan — ulugʻ, burch — muqaddas!” konseptual gʻoya ostida tashkil etilib, unda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, har tomonlama rivojlantirish, qatʼiy fikr va eʼtiqodga ega shaxsni shakllantirish asosiy vazifa etib belgilanadi.
Mazkur gʻoyaning asosiy mazmun va mohiyati oʻsib kelayotgan avlodda buyuk tariximiz, azaliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda boʻlish, milliy ruh va gʻururni yuksaltirish, bebaho boylik — tinchlik va osoyishtalikni asrash va himoya qilish zarurligi kabi fazilatlarni shakllantirish, zarurat boʻlganda, mamlakat suverenitetini himoya qilishga tayyor turish ruhida tarbiyalashdan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi PF-5466-son “Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4061-son “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
2-bob. Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
5. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan bogʻliq boʻlgan davlat xizmati turlarida faollik koʻrsatish, Konstitutsiya va harbiy burchga sadoqatli boʻlish, ularda oʻz yurti va xalqining taqdiri uchun yuksak masʼuliyat hamda javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni mustahkamlashdan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
6. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tuygʻulari, maʼnaviy sifatlari va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaning yagona tizimini yaratish;
yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongu-shuuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini chuqur singdirish;
buyuk tariximiz, ulugʻ ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi sarkardalarning jahon sivilizatsiyasi hamda harbiy sanʼat rivojiga qoʻshgan hissalarini yoshlar oʻrtasida keng targʻib etish;
Vatan ozodligi va mustaqilligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz koʻrsatgan vatanparvarlik va qahramonlik, ulardagi sadoqat, fidoyilik, matonat hamda jasorat kabi xislatlarni, shuningdek, yurt, oila, ota-ona va farzandlar himoyasi xalq va ajdodlar xotirasi oldida muqaddas burch ekanini yoshlar ongiga singdirish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda roʻy berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish koʻnikmalarini, ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmogʻi orqali tarqatilayotgan gʻarazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, yoshlarni zalolatga boshlovchi buzgʻunchi gʻoyalarga qarshi sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish;
hududlarda turkum harbiy-vatanparvarlik tadbirlari hamda “Jasorat maktabi” nomli harbiy-vatanparvarlik oʻquv yigʻinlarini oʻtkazish orqali yoshlar ongida milliy armiyamizga boʻlgan ishonch va hurmatni yanada oshirish, harbiy xizmatni oʻtash Oʻzbekiston fuqarosining muqaddas burchi ekanligi haqidagi tushunchalarni mustahkamlash;
umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqitilishining sifatini oshirish, oʻquv-moddiy bazani mustahkamlashga asosiy eʼtibor qaratish hamda shu orqali oʻquvchi yoshlarda harbiy xizmat, uni oʻtashning huquqiy asoslariga oid bilimlar va boshlangʻich harbiy tayyorgarlik darajasini oshirish;
Oʻzbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi boʻlish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va taʼsirchan vositalar orqali yoshlar ommasiga keng yetkazish;
yoshlarda ajdodlarimiz va ota-bobolarimizning Vatanni himoya qilishga oid anʼana va qadriyatlariga sadoqatli boʻlish xususiyatlarini shakllantirish;
Vatanni himoya qilish, uni asrash toʻgʻrisidagi zamonaviy tushunchalarni, dunyoqarashni, mazkur masala boʻyicha shaxsiy eʼtiqodni shakllantirish va mustahkamlab borish, yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, ularning maʼnaviy-ruhiy tayyorgarliklarini oshirishga yordam beruvchi taʼlim-tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish.
3-bob. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi va uning asosiy prinsiplari
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
7. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — bu millati, tili va kasbidan qatʼi nazar, yoshlarda Vatanga sadoqat tuygʻusini shakllantirish, ularni oʻz fuqarolik burchi va konstitutsion majburiyatlarini bajarishga, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning koʻp bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan faoliyatidir.
8. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi uzluksiz jarayon boʻlib, u bir-biriga bogʻliq siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, gʻoyaviy-mafkuraviy, madaniy-maʼrifiy tadbirlar majmuasidan iborat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
9. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar) umumharbiy nizomlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bobi
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
10. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimi quyidagilardan iborat:
taʼlim-tarbiya jarayonida ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga molik qadriyatlarni, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshiradigan maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, kasb-hunar taʼlimi va oliy taʼlim muassasalari;
ommaviy va harbiy-vatanparvarlik ishlarini amalga oshiradigan davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
11. Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
ilmiylik;
tarixiylik;
aniqlik va tezkorlik;
muntazamlilik;
faollik;
taʼlim va tarbiya ishlarining uygʻunligi;
tarbiya jarayonining izchilligi;
harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash sohasida erishilgan ijobiy natija va yutuqlarga tayanish.
4-bob. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning obyektlari va subyektlari, usul va shakllari
12. Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Madaniyat va turizm, Yoshlar siyosati va sport, Kambagʻallikni qisqartish va bandlik vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, harbiy-maʼmuriy sektorlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy subyektlari hisoblanadi.
1.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.05.00.00 Ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari / 04.05.05.00 Mehribonlik (bolalar) uylari. Bolalar shaharchalari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
13. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, taʼlim muassasalari oʻquvchi va talaba yoshlari, mahallalardagi uyushmagan, profilaktik hisobda turuvchi hamda tarbiyasi ogʻir yoshlar, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, Qurolli Kuchlar safida xizmat oʻtayotgan yosh harbiy xizmatchilar (xodimlar) harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining asosiy obyektlari hisoblanadi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
14. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, koʻnikma, mahorat va mustahkam irodani, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga taʼsir koʻrsatadigan omillardan iborat.
Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari hisoblanadi:
ishontirish;
mashq qildirish va mustaqil ishlash;
kuzatish;
ragʻbatlantirish;
oʻrnak koʻrsatish va shaxsiy namuna.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
15. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash turli shakllarda, jumladan, ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob kechalari, kitobxonlik, oʻyinlar, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tarzida va boshqa shakllarda tashkil etiladi. Ular maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning rang-barangligini taʼminlaydi, pirovard natijada jamiyatda sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bunda quyidagi shakllar ustuvor ahamiyatga ega boʻladi:
maʼruza oʻqish, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar;
boy hayotiy tajribaga ega boʻlgan harbiy xizmatchi va faxriylar, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda gʻolib boʻlgan shaxslar bilan uchrashuvlar;
ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar, seminar-treninglar, muayyan mavzuga bagʻishlangan kechalar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari;
toʻplangan ilgʻor tajribalarni oʻrganish va ommalashtirish;
jamoatchilik fikri va harbiy jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhitni oʻrganish;
telekoʻrsatuv va radioeshittirishlar, film va multfilmlar, badiiy va musiqiy asarlar, askar qoʻshiqlari, ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va elektron oʻyinlar va boshqa texnik vositalardan foydalanish;
urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar qatnashchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etish;
harbiy xizmatga chaqiriluvchilar kuni, mardlik saboqlarini oʻtkazish va ekskursiyalar uyushtirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
5-bob. Konsepsiyani amalga oshirishning bosqichlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
16. Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi besh bosqichda amalga oshiriladi:
a) birinchi bosqich (3 — 7 yosh) — shu yoshdagi bolalarga xos xususiyatlar, jumladan, ilk oʻz tuygʻularini, xatti-harakatini boshqarish koʻnikmalari, shaxsiy fazilatlari asoslari, ijtimoiy motivlar va milliy anʼanalarga qiziqishlarining paydo boʻlishi, oʻzini namoyon etish hamda muvaffaqiyatga erishish kabi ehtiyojlarini inobatga olib, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi.
Mazkur bosqichda bolalar bilan milliy gʻurur, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat va uni himoya qilish, davlat ramzlari, buyuk ajdodlarimiz, tarixiy obidalarimizga hurmat, oʻzaro yordam, mehribonlik kabi olijanob fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan sheʼr, ertak, kuy va qoʻshiqlarni, sport va milliy oʻyinlarni oʻrgatish, teatrlashtirilgan sahna tomoshalarini namoyish etishni oʻzida mujassam etgan tadbirlar oʻtkaziladi;
b) ikkinchi bosqich (7 — 10 yosh) — tadbirlar umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlarining kichik sinflarida, shuningdek, ushbu toifadagi yoshlarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda mahallalarda oʻtkaziladi.
Ushbu bosqichda faxrlanish hamda Vatan va davlat ramzlariga muhabbat, yoshi kattalarga hurmat va izzat bilan munosabatda boʻlish hamda milliy odat va anʼanalarni qadrlash tuygʻularini singdirish, Oʻzbekiston Respublikasiga daxldorlikdan faxrlanish hissini rivojlantirish boʻyicha kompleks tadbirlar oʻtkaziladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi.
v) uchinchi bosqich (11 — 17 yosh) — tadbirlar umumtaʼlim va ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlarining katta sinflarida, shuningdek, ushbu toifadagi yoshlarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda mahallalarda oʻtkaziladi.
Ushbu bosqichda asosiy eʼtibor yoshlarda harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishni, Qurolli Kuchlarimiz bilan faxrlanish tuygʻusini oshirish, jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish, ularni jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida tarbiyalash, shuningdek, yoshlarni “Vatan tayanchi” bolalar-oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatiga keng jalb etishga qaratiladi;
g) toʻrtinchi bosqich (18 — 21 yosh) — oliy taʼlim muassasalarining talabalari, uyushmagan yoshlar, muddatli harbiy xizmatchilar, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga yangi chaqirilgan harbiy xizmatchilar, oliy harbiy taʼlim muassasalarining kursantlari, shuningdek, mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan yoshlarni qamrab oladi.
Ushbu bosqichda asosiy eʼtibor yoshlarning jismoniy va maʼnaviy qobiliyati, yetakchilik koʻnikmalari va intellektual salohiyati, umumiy va professional malakasini oshirish, ularni oʻz ustida muntazam ishlash, sogʻlom hayot kechirishga undash va shunga erishishga qaratiladi.
Muddatli harbiy xizmatchilar, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga yangi chaqirilgan oddiy askarlar hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari ishtirokidagi tadbirlar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning reja va dasturlari asosida amalga oshiriladi;
d) beshinchi bosqich (22 — 30 yosh) — tadbirlar mahallalardagi uyushmagan yoshlar, mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar, shuningdek, shartnoma boʻyicha yosh oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibini qamrab oladi.
Yakuniy bosqichda asosiy eʼtibor yuqori darajadagi ijtimoiy faollik, fuqarolik masʼuliyati, maʼnaviyatni oshirishga, ijobiy qadriyat va xislatlarga ega hamda ularni mamlakat manfaatlari, davlatni mustahkamlash, uning hayotiy muhim ehtiyojlari va barqaror rivojlanishini taʼminlash yoʻlidagi yaratuvchanlik jarayonida namoyon eta oladigan fuqarolarni shakllantirishga qaratiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
Yosh harbiy xizmatchilar bilan tadbirlar Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning reja va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
6-bob. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari va ijrochilarning vazifalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
17. Konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosi, uni amalga oshirish samaradorligi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib boriladi hamda ushbu yoʻnalishda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, yoshlar tarbiyasiga aloqador boʻlgan davlat va jamoat, nodavlat notijorat tashkilotlari, harbiy-maʼmuriy sektorlar faoliyati muvofiqlashtirib boriladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
18. Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
a) yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha tadbirlar:
buyuk sarkardalarimizning jasorati, ulugʻ ajdodlarimizning boy maʼnaviy merosi, yaqin va uzoq oʻtmishda xalqimiz koʻrsatgan matonat va fidoyilik, yangi Oʻzbekistonimiz va milliy armiyamizdagi izchil islohotlarni yoshlarning keng qatlamlariga yetkazish maqsadida mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlari;
davlat bayramlari arafasida yoshlarda jasurlik, mardlik, faxr va iftixor tuygʻularini oshirishga yoʻnaltirilgan “Mardlik va jasorat”, “Tinchlik”, “Mustaqillik” darslari;
“Jizzax tajribasi” asosida harbiy qismlar bazasida yoshlar uchun oʻquv yigʻinlari;
“Mard askar — yoshlarga namuna” shiori ostida harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi boʻyicha, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik jamoalarining koʻrgazmali chiqishlari, shuningdek, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv kurslari hamda sport seksiya va toʻgaraklarining koʻrgazmali namoyishlari;
yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida uchrashuv va suhbatlar;
yozgi dam olish oromgohlarida “Vatanparvar” karvonlarini va oʻquvchi yoshlar bilan “Men albatta harbiy boʻlaman!” mashgʻulotlari;
umumtaʼlim maktablarining 10-11 sinf oʻquvchilari va mahallalardagi uyushmagan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan hududlar kesimidagi harbiy-sport musobaqalari;
b) yoshlarni maʼnaviy tarbiyalash boʻyicha tadbirlar:
yoshlarning keng qatlamlarini jalb etgan holda jamiyatga yot boʻlgan gʻoyalar, axloqiy buzuqlik va salbiy illatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash maqsadida “Har bir yoshning qalbi va ongi uchun kurashamiz!” shiori ostidagi maʼnaviyat festivallari;
yoshlarning maʼnaviy savodxonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida oʻtkaziladigan maʼnaviyat soatlari;
yoshlarda vatanparvarlik (harbiy-vatanparvarlik) hissini oshirish maqsadida mahallalarda badiiy va hujjatli filmlarning namoyishi va muhokamasi;
tuman (shahar)lar va chegaraoldi hududlarda, istirohat bogʻlarida yoshlar uchun harbiy orkestr va ansambl jamoalari, badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokida yoshlar uchun maʼnaviyat karvonlari;
yoshlar, Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Eʼzoz va ehtirom” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
v) yoshlarni axloqiy tarbiyalash va ularni sportga jalb etish boʻyicha tadbirlar:
yoshlarni yot, radikal gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi ostidagi davra suhbatlari va uchrashuvlar;
harbiy qismlardagi yoshlar uchun “Quvnoqlar va zukkolar” tanlovi hamda badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturlari va sahna chiqishlari;
yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha “5 ta muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid” Davlat dasturi.
yoshlarning “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi, Qurolli Kuchlar Davlat muzeyi hamda viloyatlarda, harbiy okrug, harbiy qism va muassasalarda faoliyat yuritayotgan muzeylar, “Vatanparvarlar” bogʻlariga tashriflari;
yoshlar oʻrtasida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar va harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlarining sovrini uchun sport musobaqalari;
milliy meros va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni yoshlar oʻrtasida keng targʻib etish maqsadida milliy oʻyinlar (arqon tortish, milliy kurash, tosh koʻtarish, yelkada kurash va boshqalar) boʻyicha musobaqalar;
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.02.00 Jamoat tartibi muhofazasi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi]
g) yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini va huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha profilaktik tadbirlar:
yoshlar va tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda oʻtkaziladigan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” umumiy shiori ostidagi profilaktika tadbirlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida yoshlar bilan “Odam savdosi — davr muammosi” mavzusida davra suhbatlari;
tegishli idora va tashkilotlar xodimlarini taklif etgan holda yoshlar ishtirokida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar;
yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar bilan “Sogʻlom hayot uchun!” shiori ostida uzoq masofalarga yurish va yugurish marafonlarini tashkil etish va boshqalar.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
19. Jamiyatning fikriga taʼsir koʻrsatadigan tez oʻzgaruvchan ijtimoiy jarayonlarni eʼtiborga olib, tegishli vazirlik va idoralar tomonidan doimiy ravishda yoshlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazilib, ularning natijalari boʻyicha yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlarini rejalashtirishga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
20. Konsepsiyada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralar tomonidan quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya — yoshlar siyosatiga doir davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik, madaniy-hordiq, maʼnaviy-maʼrifiy va ommaviy-sport tadbirlarini, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi qaratilgan targʻibot-tashviqot, huquqiy madaniyat va huquqiy ongni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — oliy taʼlim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari samarali oʻtkazilishini hamda ushbu tadbirlarda barcha talabalarning toʻliq qamrab olinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi — maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumtaʼlim maktablari va ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining yoshini inobatga olgan holda, harbiy-vatanparvarlik tadbirlari tashkil etilishi va samarali oʻtkazilishini hamda ushbu tadbirlarda barcha tarbiyalanuvchi va oʻquvchilarning toʻliq qamrab olinishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi — buyuk ajdodlar va allomalar hayoti va faoliyati, milliy gʻurur va harbiy-vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan spektakllar, sahna koʻrinishlari, jangovar musiqa asarlarini yaratish, yoshlar uchun madaniy-koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish, tarixiy qadamjolarga ekskursiyalarni uyushtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi — Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy, harbiy-vatanparvarlik, madaniy-hordiq, ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazilishida har tomonlama yordam koʻrsatish hamda yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarziga rioya etish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Yoshlar siyosati va sport sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — yoshlarni kasbga tayyorlash (oʻqitish), bandligiga koʻmaklashish, shu jumladan, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan yoshlarning bandligini taʼminlash borasida maqsadli kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi — islom dinining asl mazmun-mohiyatini yetkazish, diniy bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib qilish hamda yot, radikal gʻoyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga qaratilgan uchrashuvlar oʻtkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 521-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi toʻgʻrisida nizomning 5-bobi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi — yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ular oʻrtasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan axloqiy meʼyorlarni keng targʻib etish, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni taʼminlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Harbiy-maʼmuriy sektorlar — hududlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida kompleks tadbirlarni tashkil etish hamda samarali oʻtkazish maqsadida joylardagi oʻz oʻzini boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
21. Konsepsiyada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan quyidagi asosiy vazifalar amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi — harbiy qism va muassasalardagi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotlarining samarali faoliyatini taʼminlash, tashabbuskor, shiddatli, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega, butun kuch, bilim va salohiyatini xalq manfaati yoʻlida ishlatishga, mamlakat kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir yoshlarning safini kengaytirishga koʻmaklashish;
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi — yoshlarimiz ongiga salbiy taʼsir koʻrsatib, ularni gʻoyaviy jihatdan qaram qilishga qaratilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi yosh avlodni tarbiyalash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga koʻmaklashish;
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi — yoshlarga mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz mazmun-mohiyatini tushuntirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda vatanparvarlik, mardlik, faxr va iftixor tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan ijodiy uchrashuvlar oʻtkazish, vatanparvarlikka oid toʻplamlar yaratish va ularni keng targʻib qilish;
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti — yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlash, yoshlarni barkamol shaxs boʻlib voyaga yetkazishda tegishli davlat va jamoat tashkilotlariga yordam koʻrsatish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasbga oʻqitish va sportga boʻlgan qiziqishini qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlarini keng ommalashtirishga amaliy yordam koʻrsatish;
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi — yoshlar, birinchi navbatda, tarbiyasi ogʻir va muammoli yoshlarni tarbiyalashda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida keksalar va faxriylarning faolligini oshirish hamda ularning bilimi, boy hayotiy tajribasidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda samarali foydalanish, yoshlarni jamiyat uchun foydali insonlar boʻlib yetishishlariga koʻmaklashish.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.03.00 Safarbarlik tayyorgarligi]
7-bob. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari tahlili va kutilayotgan natija
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
22. Mazkur Konsepsiya “Vatan — ulugʻ, burch — muqaddas!” gʻoyasi asosida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga koʻtarishda muhim rol oʻynaydi.
Jumladan:
harbiy xizmat nufuzi hamda milliy Qurolli Kuchlarimiz bilan faxrlanish va ularning salohiyatiga ishonch hissini shakllantirish, yoshlarning harbiy kasbni tanlashga boʻlgan qiziqishini oshirish imkonini beradi;
yoshlarda ijtimoiy ahamiyatga ega fuqarolik tuygʻusini shakllantirish, yetuklik, Vatanga muhabbat va burch, milliy anʼanalarga sodiqlik, tarixiy va madaniy qadriyatlarni saqlashga intilish kabi fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi;
har tomonlama rivojlangan, sodiq, vatanparvar, odil, mard va jasur yoshlarning tayyorlanishi taʼminlanadi;
yoshlarda radikal gʻoyalarga qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitet shakllanadi va mustahkamlanadi;
maʼnaviy-axloqiy muhit va anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash negizida mustahkam oila qurish fazilatlari rivojlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari]
2023 — 2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Bajarish muddati
Masʼul ijrochilar
I. Konsepsiyaning maqsadi va asosiy vazifalariga erishish boʻyicha tashkiliy tadbirlar
1.
Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mansabdor shaxslariga Konsepsiyaning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalarini yetkazish, uning ijrosini taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.
1. Vazirliklar va idoralarda Konsepsiyada belgilangan chora-tadbirlar ijrosini tashkil etish boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazish va masʼul shaxslarga vazifalarni belgilash.
2023-yil iyul
Mudofaa vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari
2. Hududlarda Konsepsiyaning mohiyatini yetkazishga bagʻishlangan oʻquv seminarlarini tashkil etish.
reja asosida
3. Konsepsiyaning ijrosi boʻyicha tizimli monitoring olib borish.
muntazam ravishda
2.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari hamda Konsepsiya ijrosini taʼminlash yuzasidan harbiy-maʼmuriy sektor aʼzolari bilan kengaytirilgan yigʻilishlarni oʻtkazish.
1. Hududlarning oʻz xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish, qabul qilish va harbiy-maʼmuriy sektor yigʻilishida koʻrib chiqish.
har yil yanvar oyida
Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari
2. Qabul qilingan “yoʻl xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi boʻyicha hisobotlarni hamda ushbu yoʻnalish faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga taqdim qilish.
har chorakda
3.
Mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish ishlarini samarali tashkil etish.
1. Yoshlar siyosati va sport vazirligining hududiy boshqarmalari negizida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish boʻyicha shtablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
2023-yil iyul
Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari
2. Shtab yigʻilishlarida ishtirok etish hamda masʼul shaxslar hisobotlarini eshitib borish.
doimiy ravishda
3. Dastur ijrosi yuzasidan hudud kesimida tahliliy hisobotlarni tayyorlash va Mudofaa vazirligiga kiritish.
har chorakda
4.
Harbiy qism va muassasalarning mahallalarda targʻibot tadbirlarini olib boradigan boʻlinmalari (guruhlari) uchun oʻquv qoʻllanma, uslubiy tavsiyalar, targʻibot materiallarini (taqdimot va videorolik) tayyorlash va yoshlar yetakchilariga tarqatish.
1. Zarur targʻibot materiallarini tayyorlash.
2023-yil iyul
Mudofaa vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
2. Targʻibot materiallarini chop etish va belgilangan tartibda har bir mahallaning yoshlar yetakchilariga yetkazilishini taʼminlash.
har yil aprel oyida
5.
Har bir vazirlik va idora rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari hamda oliy taʼlim muassasasi rektorlari oʻzlariga biriktirilgan eʼtiborga muhtoj yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish
1. Biriktirilgan yoshlar roʻyxatlariga aniqlik kiritish va ularning turmush tarzini oʻrganish.
har yil yanvar oyida
Yoshlar ishlari agentligi,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Aniqlangan maʼlumotlar asosida yoshlarga koʻmak berish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash.
har yil fevral oyida
3. Biriktirilgan yoshlar bilan maqsadli profilaktik tadbirlarni amalga oshirish.
muntazam
4. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot kiritish.
har chorak yakuni boʻyicha
II. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha tadbirlar
6.
Mahallalardagi yoshlar yetakchilarining yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan amaliy tajribalarini oshirish choralarini koʻrish.
1. Mahallalardagi yoshlar yetakchilarini yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir koʻrgazmali materiallar, targʻibot roliklari hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash.
2023-yil avgust
Mudofaa vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi
2. Harbiy okruglar (garnizon) miqyosida mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan oʻquv-uslubiy seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish.
har yil kamida ikki marotaba
7.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlangʻich tashkiloti faoliyatining samaradorligini oshirish.
1. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalardagi boshlangʻich tashkilotlarini koʻrgazmali materiallari, targʻibot roliklari hamda uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash.
2023-yil avgust
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Qurolli Kuchlar tizimidagi boshlangʻich tashkilotlar yetakchilari bilan forumini oʻtkazish.
har yil kamida ikki marotaba
3. “Eng ilgʻor Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining harbiy qism va muassasalaridagi boshlangʻich tashkilot faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi” tanlovini oʻtkazish va gʻoliblarni munosib taqdirlash.
har yil avgust-sentabr oylarida
8.
“Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakatining faoliyatini samaradorligini yanada oshirish.
1. “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari aʼzolarining Forumini tashkil etish va oʻtkazish.
har yil aprel oyida
Mudofaa vazirligi,
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi
2. “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy vatanparvarlik harakati otryadlari oʻrtasida sport musobaqalari va intellektual viktorinalarning tuman, viloyat, respublika bosqichlarini oʻtkazish.
alohida rejaga muvofiq
9.
“Jizzax tajribasi” asosida harbiy qismlar bazasida profilaktik hisobda turgan va tarbiyasi ogʻir yoshlar bilan “Jasorat maktabi” nomli harbiy-vatanparvarlik oʻquv yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish.
1. Oʻquv yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi hokimlar qarorlarini ishlab chiqish.
har chorakda kamida bir marotaba
Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari
2. Yigʻinlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish.
reja asosida
10.
Yoshlarda vatanparvarlik, yurt tinchligi va taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻularini yuksaltirish maqsadida “Vatan muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish.
1. Tadbirlarning reja-ssenariylarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2023-yil iyul
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari
2. Targʻibot materiallarini tayyorlash.
2023-yil iyul
3. Tadbirlarni oʻtkazish.
alohida reja asosida
11.
Mahallalardagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlarini tashkil etish.
1. “Ezgu amal” saxovat karvonlarini oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
2. Reja asosida tadbirlarni amalga oshirish.
alohida reja asosida
12.
Yoshlarni “Er yigitning er yigitga aytgan gapi taʼsirli boʻladi!” shiori ostida poligonlarga hamda harbiy qismlarga tashriflarini tashkil etish hamda ularga jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari va koʻrgazmali oʻquvlarni namoyish etish.
1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Yoshlar ishlari agentligi
2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlar roʻyxatini shakllantirish.
har yil yanvar oyida
3. Tadbirlarni oʻtkazish.
alohida reja asosida
13.
Uyushmagan, tarbiyasi ogʻir hamda jinoyat va huquqbuzarlikka moyil yoshlar bilan “Harbiy qismda bir kunim!” shiori ostida alohida maxsus dastur boʻyicha harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish.
1. Tadbirlarni tashkil etish rejasini (har bir okrug, harbiy qism kesimida) ishlab chiqish.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Yoshlar ishlari agentligi
2. Tadbirlarga jalb etiladigan yoshlarning hududlar kesimida roʻyxatini shakllantirish.
har yil yanvar oyida
3. Tadbirlarni reja asosida oʻtkazish.
alohida reja asosida
14.
Yoshlar oʻrtasida harbiylar, Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida harbiy qismlar bazasida “Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoyilik va vatanparvarlik maktabi” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.
1. Tadbirlarni oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Yoshlar ishlari agentligi,
“Nuroniy” jamgʻarmasi
2. Reja asosida tadbirlarni oʻtkazish.
alohida reja asosida
15.
“Vatanparvar” tashkilotining faoliyatiga yoshlarni qiziqishi va xayrixohligini oshirish maqsadida tashkilotning hududiy boʻlinmalarida “Vatanparvar” tashkiloti — mening tanlovim!” shiori ostida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish.
1. “Vatanparvar” tashkiloti hududiy boʻlinmalarida ochiq eshiklar kunini oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash (muvofiqlashtirish).
har yil yanvar oyida
“Vatanparvar” tashkiloti,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
2. Tashkilot faoliyatiga oid targʻibot-tashviqot tadbirlarini oʻtkazish.
alohida reja asosida
16.
Hududlarda yoshlarni keng jalb etgan holda, “Vatan muqaddas, uni himoya qilish — sharafli burchdir!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivallarini tashkil etish.
1. Festivallarning reja-dasturlarini ishlab chiqish.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar ishlari agentligi
2. Reja-dastur asosida festivallarni oʻtkazish.
alohida reja asosida
III. Yoshlarni maʼnaviy tarbiyalash boʻyicha tadbirlar
17.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda harbiylashtirilgan tuzilmalarga ega vazirlik va idoralarning Faxriylar ishlari boʻyicha kengashlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish.
1. Hududlar kesimida Faxriylar ishlari boʻyicha kengashlarning ustozlik ruhidagi “Kecha, bugun, ertaga” shiori ostida tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni oʻtkazish.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Milliy gvardiya,
“Nuroniy” jamgʻarmasi
2. Yoshlar, Qurolli Kuchlar faxriylari va harbiy xizmatchilar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi”, “Eʼzoz va ehtirom” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarini oʻtkazish reja-jadvallarini tasdiqlash va tadbirlarni oʻtkazish.
reja asosida
3. Tadbirlarni oʻtkazish va ommaviy axborot vositalarida yoritish.
reja asosida
18.
Yoshlarning maʼnaviy savodxonligini oshirish hamda mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida mahallalarda, taʼlim muassasalarida deputat va senatorlar, Oʻzbekiston qahramonlari, xalq shoirlari, obroʻ eʼtiborda boʻlgan, jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼnaviyat soatlarini tashkil etish.
1. Maʼnaviyat soatlarini oʻtkazish reja-dasturlarini ishlab chiqish va konspektlar tayyorlash.
2023-yil iyul
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,
Yozuvchilar uyushmasi,
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
“Nuroniy” jamgʻarmasi
2. Reja-dastur asosida tadbirlarni oʻtkazish.
alohida reja asosida
19.
Yoshlar bilan harbiy qism va muassasalar madaniyat markazlarida “Oʻzbekiston farzandlari botir boʻlur” shiori ostida madaniy tadbirlarni (konsert dasturlari, harbiylar bilan yoshlarning birgalikda sahna va koʻrgazmali chiqishlari, QVZ oʻyinlari va boshqalar) tashkil etish.
1. Yoshlar bilan madaniy tadbirlarni tashkil etish boʻyicha reja-jadvallarni ishlab chiqish.
2023-yil iyul
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Madaniyat va turizm vazirligi
2. Tadbirlarni reja asosida tashkil etish.
haftaning juma kunlari
IV. Yoshlarni axloqiy tarbiyalash va ularni sportga jalb etish boʻyicha tadbirlar
20.
“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish
1. Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar hamda intellektual viktorinalar kabi turkum tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish nizomlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2. Tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.
2023-yil sentabr
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Milliy gvardiya
3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.
reja asosida muntazam ravishda
21.
Mahallalarda yoshlar uchun “Mard askar yoshlarga namuna” shiori ostida harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishi, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi chiqishlarini, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlari ishtirokida hamda “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv kurslari va sport seksiyalarining koʻrgazmali namoyishlarini tashkil etish.
1. Harbiy-vatanparvarlik karvonlari, sport marafonlari, festival va aksiyalar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Milliy gvardiya,
Oʻzbekiston “Vatanparvar” tashkiloti
2. Tadbirlarni oʻtkazish joylarini va moddiy-texnik bazasini tayyorlash.
reja asosida
3. Tadbirlarni oʻtkazish.
har oy kamida bir marotaba
22.
Yoshlar oʻrtasida “Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” deb nomlangan harbiy-sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish.
1. Tuman (shahar) va hududlar kesimida harbiy-sport musobaqalari nizomini ishlab chiqish va tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash.
2023-yil iyul
Harbiy-maʼmuriy sektorlar rahbarlari
2. Harbiy-sport musobaqalarini bosqichma-bosqich oʻtkazish uchun moddiy-texnik bazasini tayyorlash va roʻyxatlarni shakllantirish.
muntazam ravishda
3. Tadbirlarni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.
2023-2024-yillar
23.
Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom hayot uchun!” shiori ostida uzoq masofalarga yurish va yugurish marafonlarini oʻtkazish.
1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvallarini ishlab chiqish.
2023-yil iyul
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
2. Tadbirlarni oʻtkazish.
oyiga kamida bir marotaba
24.
Yoshlarda vatanparvarlik yurt ravnaqiga hissa qoʻshish tuygʻularini shakllantirishga yoʻnaltirilgan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” mavzusida yoshlar bilan harbiy psixologlarning motivatsion uchrashuvlari (treninglari)ni tashkil etish.
1. Tadbirlar oʻtkazish rejasini ishlab chiqish.
har yil yanvar oyi
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Yoshlar ishlari agentligi
2. Reja asosida motivatsion uchrashuvlar (treninglar) oʻtkazish.
alohida reja asosida
25.
Yoshlar oʻrtasida toʻrt bosqichda (mahalla — tuman — viloyat — respublika) “Shunqorlar” harbiy-sport oʻyinlarini oʻtkazish.
1. Yoshlar oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlarini tashkil etish va jamoalarni shakllantirish.
har yil yanvar oyida
“Vatanparvar” tashkiloti,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, harbiy-maʼmuriy sektorlar
2. Oʻyinlarni oʻtkazish va gʻolib jamoalarni taqdirlash.
har yil aprel — iyun oylarida
26.
Mahalla yoshlari oʻrtasida toʻrt bosqichda (mahalla — tuman — viloyat — respublika) “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasini oʻtkazish.
1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish.
2023-yil iyul
Mudofaa vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
“Vatanparvar” tashkiloti,
Yoshlar ittifoqi
2. Musobaqani oʻtkazish uchun moddiy-texnik bazani tayyorlash.
muntazam ravishda alohida
3. Musobaqalarni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.
reja asosida
27
Yoshlar orasida sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish maqsadida pnevmatik quroldan oʻq otish, duatlon kabi sport turlari boʻyicha musobaqalarni oʻtkazish.
1. Musobaqalar nizomi, reja-dasturini ishlab chiqish.
har yil yanvar oyida
“Vatanparvar” tashkiloti,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi
2. Musobaqalarni oʻtkazish uchun moddiy-texnik bazasini tayyorlash.
muntazam ravishda
3. Musobaqalarni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.
alohida reja asosida
28.
Taniqli harbiy sportchilar va sport ustalari ishtirokida yoshlar bilan “Mahorat darslari”ni tashkil etish.
1. “Mahorat darslari”ni oʻtkazishga jalb etiladigan harbiy sportchilar va sport ustalari roʻyxatini shakllantirish va tadbirlarni oʻtkazish rejalarni tasdiqlash.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Yoshlar siyosati va sport vazirligi
2. “Mahorat darslari”ni oʻtkazish.
alohida reja asosida
V. Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini va huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha irofilaktik tadbirlar
29.
Milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish maqsadida mahallalarda “Qoʻmondon va yoshlar”, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari va davra suhbatlarini tashkil etish.
1. Tadbirlarni oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish.
har yil aprel oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Milliy gvardiya,
Yoshlar ishlari agentligi
2. Reja-jadval asosida tadbirlarni oʻtkazish.
alohida reja asosida
30.
Xalqaro armiya oʻyinlari hamda turli sport musobaqalari, harbiy yoʻnalishdagi koʻrik-tanlovlar va fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan, davlat mukofotlari bilan taqdirlagan yosh harbiy xizmatchilarning “Ibratli tengdoshim” mavzusida yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish.
1. Eng ilgʻor harbiy xizmatchilardan iborat targʻibot guruhlarini shakllantirish.
2023-yil iyul
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari
2. Targʻibot guruhlari tomonidan mahallalardagi yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish.
alohida reja asosida
31.
Umumtaʼlim maktablari hamda kasb-hunar taʼlim muassasalarida 4 ta sektor rahbarlari tomonidan “Hokim soati”, “Prokuror sabogʻi”, “Huquqiy tarbiya soati”, “Soliq sabogʻi” mashgʻulotlari oʻtkazilishini tashkil etish.
1. Hududlar kesimida sektor rahbarlari tomonidan taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar oʻtkazish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.
har yil yanvar oyida
Harbiy-maʼmuriy sektorlar,
Ichki ishlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Adliya vazirligi,
Yoshlar ishlari agentligi,
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi
2. Tadbirlarni amalga oshirish.
alohida reja asosida
32.
Umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari bilan “Ofitserlik mardlar kasbi!” shiori ostida oliy harbiy taʼlim muassasalariga yoʻnaltirilgan targʻibot tadbirlarini tashkil etish.
1. Tadbirlarning reja-jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
har yil yanvar oyida
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati
2. Targʻibot materiallarini tayyorlash.
muntazam ravishda
3. Tadbirlarni oʻtkazish.
alohida reja asosida
33.
Yoshlarga tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, yot gʻoyalar, jinoyatchilikka qarshi kurashishni hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etuvchi badiiy va hujjatli filmlar namoyish etish va ularning muhokamasini oʻtkazish.
1. Badiiy va hujjatli filmlar roʻyxatini shakllantirish.
2023-yil iyul
Mudofaa vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,
Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Milliy gvardiya,
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari,
Yoshlar siyosati va sport vazirligi,
Kinematografiya agentligi
2. Harbiy qismlarga tashrif buyurgan yoshlar uchun filmlar namoyishini tashkil etish.
alohida reja asosida
VI. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari tahlili
34.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ijrosining tizimli monitoringini yuritish.
1. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlar oʻz vaqtida ijro etilishini tizimli monitoring qilib borish.
3. Monitoring natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashiga hisobot kiritib borish.
har chorakda
Mudofaa vazirligi
35.
Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni yoritish.
1. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar yuzasidan axborot materiallarini tayyorlash.
2. Tayyorlangan materiallarni ommaviy axborot vositalari, respublika va mahalliy televideniye kanallari, shuningdek, internet tarmoqlarida yoritish (eʼlon qilish).
muntazam ravishda
Mudofaa vazirligi,
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
36.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarining natijadorligini tahlil qilish.
1. Yoshlar fikrlarni oʻrganishga qaratilgan hududlar kesimida tadqiqotlar oʻtkazish.
har chorakda
Mudofaa vazirligi
2. Tadqiqotlar natijasiga muvofiq dasturlarga qoʻshimchalar kiritish.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi 267-son qaroriga 3-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 23-fevraldagi 140-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 23-martdagi 179-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 20-maydagi 320-son qaroriga 1-ilovaning 12-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 480-bandi.