toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Bolalarning iqtidor va iste’dodini erta aniqlash, ularni xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq o‘qitish, ijodkorlik qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga qabul jarayonlari teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-may,
214-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-con qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi Prezident maktablariga (keyingi o‘rinlarda — Prezident maktablari) o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Prezident maktablariga o‘quvchilar Agentlik tomonidan ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar) bilan birgalikda o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida qabul qilinadi.
3. Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi (ikkita sinfga bir xil 12 nafardan o‘quvchi taqsimlangan, 24 nafar o‘quvchidan iborat) doirasida qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risida nizomning 28-bandi ikkinchi xatboshisi.
4. Prezident maktablariga o‘quvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
5. Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi
6. Prezident maktablariga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar vakillaridan iborat qabul komissiyasi shakllantiriladi.
7. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam bo‘lmagan toq miqdorda komissiya raisi, komissiya raisi o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
8. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlaydi;
mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda kirish imtihonlarining baholash mezonlari, o‘tkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
har bir Prezident maktabi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini e’lon qiladi.
9. Qabul komissiyasi tomonidan har bir Prezident maktabi bo‘yicha alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
10. Ishchi guruh:
o‘quvchilarning hujjatlari mazkur nizom talablari asosida taqdim etilganini ko‘rib chiqadi;
ko‘rib chiqish natijasida o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrirlashga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda tahrirlashga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq ko‘rsatgan holda, o‘quvchilarning shaxsiy kabinetiga va telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
o‘quvchilarni, ularning ota-onalari (qonuniy vakil)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joy va vaqti to‘g‘risida shaxsiy kabinet va telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
tasdiqlangan jadval asosida Prezident maktablariga o‘quvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
11. Qabul komissiyasi tomonidan hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari to‘g‘risida e’lon qilinadi.
12. Prezident maktablariga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining to‘rtinchi sinf bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida matematika va tabiatshunoslik fanlaridan o‘quv yilini a’lo baholarga tamomlagan) o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.
13. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan maktabining hududidagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatdagi ta’lim muassasasida o‘qiyotgan farzandlari Prezident maktablarining tegishli sinfiga o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha hujjat topshirishi mumkin.
Bunda o‘quvchilar ta’lim olayotgan ta’lim muassasasi tomonidan berilgan baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shaklini taqdim etadi.
15. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Prezident maktablarida ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
16. Chet el fuqarolari farzandlarining kirish imtihonlarida ishtirok etishlariga ruxsat etilmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
17. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli sinflarida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining shunday sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
18. Prezident maktablariga o‘quvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.
Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatlaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.
Bunda kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Prezident maktabiga kira olmagan o‘quvchilar belgilangan kvota doirasida hududdagi tanlagan Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab yoki maktab-internatining biriga o‘quvchilarning to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi.
19. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklatiladi.
20. O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
21. Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
o‘quvchilar ta’lim olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda (mazkur nizomning 14-bandi bundan mustasno);
ushbu nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlardagi, muhrdagi yozuvlar o‘qib bo‘lmaydigan darajada nusxalangan bo‘lsa.
22. Hujjatlar tahrirlash uchun yuborilganda, o‘quvchilarga ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar to‘g‘rilashga ruxsat beriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng ma’lumotlarni o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
23. Quyidagi hollarda o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
o‘quvchilar o‘quv yili natijasiga ko‘ra mazkur nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha “a’lo” baholar olmagan bo‘lsa;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
o‘quvchilar chet el fuqarosi bo‘lsa;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi (yoki beshinchi sinfdan yuqori) sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.
24. O‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
25. Prezident maktablariga kirish imtihonlarining har ikkala bosqichida o‘quvchilarga imtiyozlar berilmaydi.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
26. Kirish imtihonlari har yili qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
261. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda mas’ul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon o‘tkaziladigan joylarga qo‘yiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
27. Kirish imtihonlari davlat tilida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zbek yoki qoraqalpoq tilida) yoki o‘quvchilarning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.
28. Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
birinchi bosqich — matematika fanidan (jami 30 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch toifaga bo‘linadi:
1) 10 ta yengil darajadagi savollar (A toifa);
2) 10 ta o‘rtacha darajadagi savollar (B toifa);
3) 10 ta murakkab darajadagi savollar (C toifa).
29. Birinchi bosqich imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
30. Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 20 nafar hisobidan (har bir maktabda jami 480 nafar) maksimal ball to‘plagan o‘quvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
31. Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya’ni bir nechta o‘quvchilar bir xil umumiy ball to‘plaganda, imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri bo‘yicha yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
S toifa savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
B toifa savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
A toifa savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar.
O‘quvchilar barcha toifadagi savollar bo‘yicha bir xil umumiy va teng ball to‘plagan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchilarga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
32. Ikkinchi bosqich kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida o‘tkaziladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta test savollari.
Oldingi tahrirga qarang.
33. Ikkinchi bosqich natijasiga ko‘ra teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya’ni reytingda 24-o‘rin atrofida tenglik bo‘lsa, muammoni yechish va tanqidiy fikrlash yo‘nalishlarining jamlanma bali bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzodga, agar shunda ham natijalar teng bo‘lsa, imtihonda javobi belgilangan masalalar toifalarining har biri bo‘yicha yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
muammoni yechish yo‘nalishidagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
tanqidiy fikrlash yo‘nalishidagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
ingliz tilidan matn bilan ishlash (Reading component) yo‘nalishidagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
ingliz tili grammatikasidan (Grammar component) tuzilgan savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar.
O‘quvchilar barcha toifadagi savollar bo‘yicha bir xil umumiy va teng ball to‘plagan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchilarga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
34. Prezident maktablariga kirish imtihonlarining javoblar varag‘i qora qalam bilan belgilanadi.
35. Agentlik mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda kirish imtihonlari jarayonlarining teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.
36. Kirish imtihonlariga tegishli savollar kitobi va javoblar varag‘i maxfiyligi ta’minlanishi lozim bo‘lgan ma’lumot hisoblanadi.
37. Kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qo‘llagan holda belgilangan joylarda o‘tkaziladi.
38. O‘quvchilar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin o‘quvchining kirish imtihoniga oid shaxsiy ma’lumotlari bilan birga kirish imtihonining o‘tkazish joyi, guruhi va o‘tirish o‘rni ko‘rsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
39. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
40. Kirish imtihoni o‘tkazilayotgan joylarga o‘quvchilar va kuzatuvchilar tomonidan aloqa vositalarini olib kirishi taqiqlanadi.
41. Quyidagi holatlar o‘quvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos bo‘ladi:
boshqalardan ko‘chirishga urinish va boshqa o‘quvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lug‘at, kitoblardan foydalanish.
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda o‘quvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi, o‘quvchilar javoblar varag‘ini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan o‘quvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.
42. Imtihon jarayonida o‘quvchilarning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon o‘tkazishga asos bo‘lmaydi.
43. Qabul komissiyasi tomonidan imtihon jarayonlariga jalb etilganlardan boshqa shaxslarning kirish imtihoni o‘tkazilayotgan auditoriya va binolarga jarayon tugaguniga qadar kirish-chiqishi qat’iyan taqiqlanadi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini e’lon qilish
44. Kirish imtihonlari natijalari birinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida, ikkinchi bosqichda imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
45. Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari o‘quvchilarga taqdim etilmaydi.
6-bob. O‘quvchilarni maktabga qabul qilish
46. Kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida o‘quvchilar safiga qabul qilinadi.
47. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi o‘quv yili boshlangunga qadar Prezident maktablari direktorlarining buyrug‘i asosida o‘quvchilar maktabga qabul qilinadi.
48. O‘quvchilar Prezident maktablariga qabul qilingandan so‘ng baholar tabelining asl nusxasi o‘quvchilarning avval o‘qigan maktabidan so‘rov asosida olinadi.
49. Prezident maktabida qabul qilinishi belgilangan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan hollarda, uning o‘rniga o‘qishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi bo‘yicha navbatdagi o‘quvchi taklif qilinadi.
Navbatdagi o‘quvchini qabul qilish ballar ketma-ketligi bo‘yicha undan oldingi o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan o‘qishni davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan so‘ng qabul qilinadi.
50. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, o‘quvchi o‘qishini davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi o‘quvchining qabul qilinishi uchun asos bo‘ladi. Ushbu holat bo‘yicha maktab ma’muriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish
51. Qabul komissiyasi o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirishi mumkin.
52. Bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlar natijalarini tahlil qilish va o‘quvchilarni bo‘sh o‘rinlar doirasida o‘qishga tavsiya qilish qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
53. Prezident maktablarida 6 — 11-sinflardagi bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilarni qabul qilish Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Prezident maktablariga sinflar kesimida bo‘sh o‘rinlarga o‘quvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
6-sinflar uchun:
o‘tgan o‘quv yilida 5-sinflar uchun o‘tkazilgan ikkinchi bosqich imtihon natijalari asosida o‘quvchilarning egallab turgan o‘rinlar ketma-ketligi asosida qabul qilinadi.
7-sinflar uchun:
6-sinfni matematika, tabiiy fan (science), ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 4,0 /TOEFL iBT 41, PBT 400 / milliy CEFR B1 yoki analog) ega o‘quvchilar orasidan quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
tabiiy fan (science) dan 40 ta test savollari beriladi.
Kirish imtihonlari yakunlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida teng natijalar yuzaga kelganda quyidagilar ustunlikka ega bo‘ladi:
1-darajali (matematika) fanidan yuqori ball to‘plaganlar;
2-darajali tabiiy fan (science) dan yuqori ball to‘plaganlar.
8-sinflar uchun:
7-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 5,0 /TOEFL iBT 50, PBT 470 / milliy CEFR B2 yoki analog)ga ega o‘quvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
fizika fanidan 20 ta;
biologiya fanidan 10 ta;
kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.
9-sinflar uchun:
8-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 5,5 /TOEFL iBT 65, PBT 500 / milliy CEFR B2 yoki analog) ega o‘quvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
fizika fanidan 20 ta;
biologiya fanidan 10 ta;
kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.
10-sinflar uchun:
9-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 6,5 /TOEFL iBT 79, PBT 550 / milliy CEFR C1 yoki analog) ega o‘quvchilar quyidagi fanlaridan imtihon topshiradi:
matematika fanidan 40 ta;
fizika fanidan 20 ta;
biologiya fanidan 10 ta;
kimyo fanidan 10 ta test savollari beriladi.
7 — 10-sinflarda kirish imtihonlari yakunlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida teng natijalar yuzaga kelganda quyidagilar ustunlikka ega bo‘ladi:
1-darajali (matematika) fandan yuqori ball to‘plaganlar;
2-darajali (fizika) fandan yuqori ball to‘plaganlar;
3-darajali (biologiya, kimyo) fandan yuqori ball to‘plaganlar.
Yuqoridagi barcha holatlarda o‘quvchilar ko‘rsatkichlari teng bo‘lgan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchiga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, o‘quvchilarga qabul komissiyasi tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
11-sinflar uchun:
10-sinfni matematika, fizika, biologiya, kimyo va ingliz tili fanlaridan yillik a’lo baholarga tamomlagan, ingliz tilini bilishi, xalqaro testlardan o‘tganlik to‘g‘risidagi tasdiqlangan sertifikatiga (kamida IELTS 6,5 /TOEFL iBT 79, PBT 550 / milliy CEFR C1 yoki analog) ega bo‘lgan hamda xalqaro AS-LEVEL sertifikati qo‘lga kiritgan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Bunda o‘quvchilar xalqaro (International Advanced Levels) dasturlarning matematika, fizika, kimyo, biologiya va kompyuter ta’limi fanlarining kamida uchtasidan AS-LEVEL sertifikatlarining “s” (AS-LEVELning baholash darajasi) va undan yuqori darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Yuqoridagi barcha holatlarda o‘quvchilar ko‘rsatkichlari teng bo‘lgan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchiga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, o‘quvchilarga qabul komissiyasi tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
54. O‘quvchilarning o‘qishi bir Prezident maktabidan boshqasiga bo‘sh joy bo‘lgan taqdirda, Agentlikning ko‘rsatmasiga muvofiq ko‘chiriladi. Qolgan hollarda o‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
55. Ushbu nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
56. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Prezident maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Agentlik

Hujjatlar qabuli boshlanishi to‘g‘risida OAVda e’lon berish

Prezident maktablariga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

2-bosqich

O‘quvchilar tomonidan Prezident maktablariga hujjatlarni topshirish

Agentlik

1. O‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasi tuziladi. Tarkib Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin

Qabul komissiyasi

2. Kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallari tasdiqlanadi, Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

Ishchi guruh

3. O‘quvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilinadi yoki tahrirga yuboriladi yoki rad etiladi.

20 kundan kam bo‘lmagan muddatda

4. Prezident maktablariga o‘quvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boriladi.

Hujjatlarni qabul qilish davrida

3-bosqich

Imtihon o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish

Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar

1. Kirish imtihonlarini o‘tkazish joylari tayyorlanadi.

Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin

Qabul komissiyasi mahalliy yoki xorijiy tashkilot bilan birgalikda

2. Kirish imtihonlari materiallari tayyorlanadi.

4-bosqich

Kirish imtihonlarining 1-bosqichini o‘tkazish

Qabul komissiyasi mahalliy yoki xorijiy tashkilot bilan birgalikda

1. Kirish imtihonlarining 1-bosqichi o‘tkaziladi.

Tasdiqlangan jadval asosida

2. 1-bosqich natijalari Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

3. Har bir o‘ringa 20 nafar hisobidan (har bir maktabda jami 480 nafar) maksimal ball to‘plagan o‘quvchilarga 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.

5-bosqich

Kirish imtihonlarining 2-bosqichini o‘tkazish

Qabul komissiyasi xorijiy tashkilot bilan birgalikda

1. Kirish imtihonlarining 2-bosqichi o‘tkaziladi.

Tasdiqlangan jadval asosida

2. 2-bosqich natijalarini Agentlik va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida

6-bosqich

Qabul komissiyasi

Qabul qilishni rasmiylashtirish

Imtihon natijalariga asosan o‘quvchilarni Prezident maktabiga o‘qishga qabul qilish haqida Prezident maktabi Ijrochi direktorining o‘qishga qabul qilish haqidagi buyrug‘i chiqariladi.

Yangi o‘quv yili boshlangunga qadar

7-bosqich

Qabul komissiyasi

O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish

Sinflarning har biridagi o‘quvchilar soni 12 nafardan kamaygan hollarda, mavjud bo‘sh o‘rinlar tanlov asosida to‘ldiriladi.

O‘quv yili yakunlangandan so‘ng

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari bir sinfda o‘quvchilarning eng ko‘p soni 24 nafardan (Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning har bir sinfiga 20 nafardan) oshmasligini hisobga olgan holda Agentlik tomonidan belgilanadi hamda o‘quvchilar qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
4. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.
Bundan tashqari:
a) ro‘yxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichi yoki unga tenglashtirilgan bosqichida tegishli (matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya) fanlardan g‘olib va sovrindor (1, 2, 3-o‘rinlar) bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘zi ta’lim oladigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul kvotasi doirasida kirish imtihonisiz qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Prezident maktablarining kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun onlayn hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan birini tanlagan, Prezident maktablarining 5-sinfiga kirish imtihonlarining 2-bosqichida ishtirok etib, o‘qishga qabul qilinmagan 48 nafar o‘quvchi ballar ketma-ketligida hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning aniq fanlar yo‘nalishi uchun belgilangan qabul kvotasining 50 foizidan oshmagan holda o‘qishga qabul qilinadi.
(4-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Mazkur band Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga (keyingi o‘rinlarda — tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar) nisbatan tatbiq etilmaydi.
5. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
6. Chet el fuqarolarining farzandlari ixtisoslashtirilgan maktablarga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu nizomga muvofiq qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi
7. Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar vakillaridan iborat qabul komissiyasi shakllantiriladi.
8. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam bo‘lmagan toq miqdorda komissiya raisi, komissiya raisi o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
9. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda tayyorlaydi;
kirish imtihonlarining baholash mezonlari, o‘tkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
ta’lim dasturlarining fanlararo va sinflararo integratsiyasidan kelib chiqib, zarur hollarda, kirish imtihonlarining yo‘nalishlariga, savollar miqdoriga o‘zgartirish kiritadi;
har bir hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini e’lon qiladi.
10. Qabul komissiyasi tomonidan har bir hudud bo‘yicha alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
11. Ishchi guruh:
o‘quvchilarning hujjatlari mazkur nizom talablari asosida taqdim etilganini ko‘rib chiqadi;
ko‘rib chiqish natijasida o‘quvchining hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrirlashga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda tahrirlashga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq ko‘rsatgan holda, o‘quvchilarning shaxsiy kabinetiga yoki telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
o‘quvchilarni, ularning ota-onasi (qonuniy vakili)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joyi va vaqti to‘g‘risida shaxsiy kabinet yoki bog‘lanish uchun taqdim etilgan telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi;
o‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan berilayotgan savollarga javob tayyorlash va ularni veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga taqdim etish choralarini ko‘radi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
12. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin qabul komissiyasi tomonidan Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari to‘g‘risida e’lon qilinadi.
13. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan maktabining hududidagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin.
14. Ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishiga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 4-sinfini, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 6-sinfini tamomlagan o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.
Yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda birinchi o‘quv yili uchun aniq fanlar yo‘nalishiga 5 — 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 — 11-sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 1-bandining “a” kichik bandi.
15. Xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining farzandlari ota-onasi (qonuniy vakili)ning doimiy yashash joyi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishi mumkin.
Bunda o‘quvchilar tomonidan o‘zi ta’lim olayotgan ta’lim muassasasining baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shakli taqdim etiladi.
16. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktabning shunday sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
17. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda hududdagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) ixtisoslashtirilgan maktablardan yana birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra o‘quvchining to‘plagan ballari bir nechta ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish uchun yetarli bo‘lgan taqdirda u tanlagan birinchi maktabga o‘qishga qabul qilinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
18. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklanadi.
19. Hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlari yuzasidan yuborilgan (shaxsiy kabineti yoki telefon raqamiga SMS) xabarlarni o‘quvchilar yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan qabul qilinmasligi (o‘qimasligi, arizada ko‘rsatilgan telefon raqamining ishchi holatda bo‘lmasligi va h.k.) bo‘yicha javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanmaydi.
20. O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan (24 soat ichida) ko‘rib chiqilgandan so‘ng ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
21. Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
o‘quvchilar ta’lim olayotgan maktabning hududiy mansubligi ixtisoslashtirilgan maktabning hududiy mansubligiga mos kelmagan holda (mazkur nizomning 15-bandi bundan mustasno);
ushbu nizomning 17-bandida belgilangan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlardagi, muhrdagi yozuvlar o‘qib bo‘lmaydigan darajada nusxalangan bo‘lsa.
22. Hujjatlari tahrirlashga yuborilganda, o‘quvchilarga ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar to‘g‘rilashga ruxsat beriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng ma’lumotlarni o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
23. Quyidagi hollarda o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishini bildirilganda;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning shu sinfida takroran o‘qish istagi bildirilganda.
24. O‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
25. Kirish imtihonlari Agentlik tomonidan mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
251. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda mas’ul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon o‘tkaziladigan joylarga qo‘yiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi
(251-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
26. Kirish imtihonlari materiallari malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Agentlik tomonidan tayyorlanadi.
27. Kirish imtihoni o‘quvchilar hujjat topshirgan ixtisoslashtirilgan maktabning ta’lim berish tilida o‘tkaziladi.
28. Kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.
Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
5 — 7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
8 — 11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun tabiiy (sceince) fan (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);
8 — 11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
29. Agentlik tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarda kirish imtihonlari bir bosqichda yo‘nalishlar bo‘yicha quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha:
5-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
Biologiya va kimyo yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fan (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanidan (jami 45 ta) test shaklida o‘tkaziladi.
Fizika va astronomiya yo‘nalishi bo‘yicha:
7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.
30. Kirish imtihonlari yakunlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida teng natijalar yuzaga kelganda, o‘quvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
a) tabiiy fanlar bo‘yicha:
1-darajali (tabiiy fan (sceince) biologiya, kimyo) fanidan yuqori ball to‘plaganlar;
2-darajali (chet tili) fanidan yuqori ball to‘plaganlar.
b) aniq fanlar bo‘yicha:
1-darajali (matematika, geometriya, fizika) fanidan yuqori ball to‘plaganlar;
2-darajali (chet tili) fanidan yuqori ball to‘plaganlar.
O‘quvchilar barcha darajadagi savollar bo‘yicha bir xil umumiy va teng ball to‘plagan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchilarga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
31. O‘quvchilar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin o‘quvchining kirish imtihoniga oid shaxsiy ma’lumotlari bilan birga kirish imtihonining o‘tkazish joyi, guruhi va o‘tirish o‘rni ko‘rsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
32. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
33. Quyidagi holatlar o‘quvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos bo‘ladi:
boshqalardan ko‘chirishga urinish va boshqa o‘quvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lug‘at, kitoblardan foydalanish.
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda, o‘quvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ular javoblar varag‘ini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan o‘quvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.
34. Kirish imtihonlari jarayonida o‘quvchilarning o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon o‘tkazishga asos bo‘lmaydi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini e’lon qilish
35. Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
36. O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari apellyatsiya komissiyasi tomonidan Agentlik direktori tomonidan belgilanadigan tartib asosida ko‘rib chiqiladi.
Agentlikda tuzilgan apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari, hududlardagi ta’lim muassasalarida tashkil qilinadigan apellyatsiya komissiyasiga muassasa direktori raislik qiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
38. Apellyatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.
39. Apellyatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.
40. Apellyatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
41. O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.
6-bob. O‘quvchilarni maktabga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
42. Kirish imtihonlarining umumlashtirilgan natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilar safiga qabul qilinadi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
43. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlarining buyrug‘i asosida o‘quvchilar maktabga qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning 47-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
44. O‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingandan so‘ng baholar tabelining asl nusxasi o‘quvchilarning avval o‘qigan maktabidan so‘rov asosida olinadi.
45. Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinishi belgilangan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan holatlarda, uning o‘rniga o‘qishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi bo‘yicha navbatdagi o‘quvchi taklif qilinadi.
Navbatdagi o‘quvchi ballar ketma-ketligi bo‘yicha undan oldingi o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan o‘qishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan so‘ng qabul qilinadi.
46. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, o‘quvchi o‘qishni davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi o‘quvchining qabul qilinishi uchun asos bo‘ladi. Ushbu holat bo‘yicha maktab ma’muriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish
47. Ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘quv yili yakunlangandan keyin bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun kirish imtihonlari ushbu nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan o‘tkaziladi, mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan o‘quvchilaridan hujjat qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quv yilining I choragi yakuniga qadar ballar ketma-ketligi bo‘yicha o‘quvchilar qabul qilinadi.
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
48. O‘quvchilarning o‘qishi bir ixtisoslashtirilgan maktabdan boshqasiga yo‘nalish mos kelgan va bo‘sh joy bo‘lgan taqdirda Agentlikning ko‘rsatmasiga muvofiq ko‘chiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
49. Ushbu nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
50. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Agentlik

Hujjatlar qabuli boshlanishi to‘g‘risida OAVda e’lon berish

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

2-bosqich

O‘quvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni topshirish

Agentlik

1. O‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasi tuziladi. Tarkib Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin

Qabul komissiyasi

2. Kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallari tasdiqlanadi, Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

Ishchi guruh

3. O‘quvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilinadi yoki tahrirga yuboriladi yoki rad etiladi.

20 kundan kam bo‘lmagan muddatda

4. Ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boriladi.

Hujjatlarni qabul qilish davrida

3-bosqich

Imtihon o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish

Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin

Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar

1. Kirish imtihonlarini o‘tkazish joylari tayyorlanadi.

Qabul komissiyasi mahalliy yoki xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda

2. Kirish imtihonlari materiallari tayyorlanadi.

4-bosqich

Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda

Kirish imtihonlarini o‘tkazish

1. Kirish imtihonlari bir bosqichda o‘tkaziladi.

Tasdiqlangan jadval asosida

2. Kirish imtihonlari natijalari Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktablarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

5-bosqich

Apellyatsiya komissiyasi

Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish

1. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning arizalari qabul qilinadi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng 3 kun ichida

2. O‘quvchilarning murojaatlari ko‘rib chiqiladi, arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beriladi.

Ariza topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida

6-bosqich

Qabul komissiyasi

Qabul qilishni rasmiylashtirish

Imtihon natijalariga asosan o‘quvchilarni maktabga o‘qishga qabul qilish haqida ixtisoslashtirilgan maktab direktorining o‘qishga qabul qilish haqidagi buyrug‘i chiqariladi.

Yangi o‘quv yili boshlangunga qadar

7-bosqich

Qabul komissiyasi

O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish

Sinflarning har biridagi o‘quvchilar soni 24 nafardan kamaygan hollarda, mavjud bo‘sh o‘rinlar tanlov asosida to‘ldiriladi.

O‘quv yili yakunlangandan so‘ng

 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyungi 526-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari to‘g‘risida nizomga 4-ilovasi
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi ijod maktablariga (keyingi o‘rinlarda — ijod maktablari) o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ijod maktablariga o‘quvchilar Agentlik tomonidan belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida qabul komissiyasi tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra qabul qilinadi.
Ijod maktablarining 7-sinflariga o‘quvchilar ijodiy imtihonlar hamda test sinovlari asosida har bir sinfda 20 nafardan oshmagan holda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Agentlik tomonidan har yili o‘tkaziladigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida badiiy adabiyot va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni saralashga qaratilgan tuman (shahar) va viloyat bosqichlaridan iborat tanlovning viloyat bosqichida sovrinli 1, 2 va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 6-sinf o‘quvchilari ijod maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonisiz o‘qishga qabul qilinadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
3. Ijod maktablariga o‘quvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ijod maktablarida ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
5. Chet el fuqarolarining farzandlari ijod maktablariga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq qabul qilinadi.
6. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball olgan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi
7. Ijod maktablariga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik, uning tizimidagi tashkilotlar hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — hamkor tashkilot) vakillaridan iborat qabul komissiyasi shakllantiriladi.
8. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam bo‘lmagan toq miqdorda komissiya raisi, komissiya raisi o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
9. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlaydi;
kirish imtihonlarining baholash mezonlari, o‘tkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
ta’lim dasturlarining fanlararo va sinflararo integratsiyasidan kelib chiqib, zarur hollarda, kirish imtihonlarining yo‘nalishlariga, savollar miqdoriga o‘zgartirish kiritadi;
har bir ijod maktabi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
ijodiy imtihonlar uchun hakamlar hay’ati va apellyatsiya komissiyalariga malakali mutaxassislarni jalb etadi hamda ularning tarkibini tasdiqlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini e’lon qiladi.
10. Qabul komissiyasi tomonidan har bir ijod maktabi bo‘yicha alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
11. Ishchi guruh:
o‘quvchilarning hujjatlari mazkur nizom talablari asosida taqdim etilganini ko‘rib chiqadi;
ko‘rib chiqish natijasida o‘quvchining hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrirlashga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda tahrirlashga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq ko‘rsatgan holda, o‘quvchilarning shaxsiy kabinetiga yoki telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
o‘quvchilarni, ularning ota-onasi (qonuniy vakili)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joyi va vaqti to‘g‘risida shaxsiy kabinet yoki bog‘lanish uchun taqdim etilgan telefon raqamiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
tasdiqlangan jadval asosida murojaat qiluvchilarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi;
o‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan berilayotgan savollarga javob tayyorlash va ularni veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga taqdim etish choralarini ko‘radi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
12. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kalendar kun oldin qabul komissiyasi tomonidan Agentlik va ijod maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari to‘g‘risida e’lon qilinadi.
13. Kirish imtihonlari barcha ijod maktablarida bir vaqtda o‘tkaziladi. O‘quvchi hujjatlarini faqat bitta ijod maktabiga topshirishi mumkin.
14. Xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari farzandlari ijod maktablariga hujjat topshirishi mumkin.
Bunda o‘quvchilar tomonidan o‘zi ta’lim olayotgan ta’lim muassasasining baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shakli taqdim etiladi.
15. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar ijod maktabining shunday sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega emaslar.
16. Ijod maktablariga o‘quvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
17. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklanadi.
18. Hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlari yuzasidan yuborilgan (shaxsiy kabineti yoki telefon raqamiga SMS) xabarlarni o‘quvchilar yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan qabul qilinmasligi (o‘qimasligi, arizada ko‘rsatilgan telefon raqamining ishchi holatda bo‘lmasligi va h.k.) bo‘yicha javobgarlik qabul komissiyasi zimmasiga yuklanmaydi.
19. O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan (24 soat ichida) ko‘rib chiqilgandan so‘ng ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
20. Quyidagi hollarda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
ushbu nizomning 16-bandida belgilangan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda;
taqdim etilgan hujjatlardagi, muhrdagi yozuvlar o‘qib bo‘lmaydigan darajada nusxalangan bo‘lsa.
21. Hujjatlari tahrirlashga yuborilganda, o‘quvchilarga ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar to‘g‘rilashga ruxsat beriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng ma’lumotlarni o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
22. Quyidagi hollarda o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishini bildirilganda;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar tomonidan ijod maktabining shu sinfida takroran o‘qish istagi bildirilganda.
23. O‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
24. Kirish imtihonlari materiallari hamkor tashkilot bilan birgalikda Agentlik tomonidan tayyorlanadi.
25. Kirish imtihonlarining birinchi va ikkinchi bosqichlarida o‘quvchilarning ijodiy ishlarini baholash uchun Agentlik tomonidan hamkor tashkilot bilan birgalikda har bir ijod maktabida 5 nafardan kam bo‘lmagan toq miqdorda hakamlar hay’ati tarkibi tasdiqlanadi.
26. Kirish imtihonlari davlat tilida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tilida), Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida chet tilida o‘tkaziladi.
27. Kirish imtihonlari:
birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
uchinchi bosqich — ona-tili va adabiyoti (20 ta topshiriq), ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha (15 ta topshiriq) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi (Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi bundan mustasno).
28. Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi uchun kirish imtihonlari:
birinchi bosqich — ijodiy matn yaratish;
ikkinchi bosqich — ijodiy suhbat;
uchinchi bosqich — ingliz tili (20 ta topshiriq), ona tili va adabiyoti (15 ta topshiriq) fanlaridan hamda intellektual qobiliyat darajasi bo‘yicha (15 ta topshiriq) jami 50 ta topshiriqdan iborat test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi ijod maktablarining o‘zida o‘tkaziladi.
Kirish imtihonlarining birinchi va uchinchi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda mas’ul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon o‘tkaziladigan joylarga qo‘yiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
29. O‘quvchilarning kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra ballari teng bo‘lib qolgan hollarda quyidagilar ustunlikka ega bo‘ladi:
birinchi bosqichda yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga;
ikkinchi bosqichda yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga;
uchinchi bosqichda eng ko‘p topshiriq berilgan fandan yuqori ball to‘plagan o‘quvchilarga.
O‘quvchilar barcha toifadagi savollar bo‘yicha bir xil umumiy va teng ball to‘plagan hollarda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchiga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
30. O‘quvchilar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin o‘quvchining shaxsiy ma’lumotlari bilan birga imtihon o‘tkazish joyi, guruhi va o‘tirish o‘rni ko‘rsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
31. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
32. Quyidagi holatlar o‘quvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos bo‘ladi:
boshqalardan ko‘chirishga urinish va boshqa o‘quvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lug‘at, kitoblardan foydalanish.
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda, o‘quvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ular javoblar varag‘ini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan o‘quvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.
33. Kirish imtihoni jarayonida o‘quvchilarning o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon o‘tkazishga asos bo‘lmaydi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini e’lon qilish
34. Kirish imtihonlarining yakuniy natijalari test sinovlari o‘tkazilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik hamda ijod maktablarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
35. O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
36. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellyatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Apellyatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.
37. Apellyatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.
38. Apellyatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.
39. Apellyatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.
40. O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.
6-bob. O‘quvchilarni maktabga qabul qilish
41. Kirish imtihonlarining umumlashtirilgan natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida ijod maktablarining o‘quvchilar safiga qabul qilinadi.
42. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ijod maktablari direktorlarining buyrug‘i asosida o‘quvchilar maktabga qabul qilinadi.
43. O‘quvchilar ijod maktablariga qabul qilingandan so‘ng baholar tabelining asl nusxasi o‘quvchilarning avval o‘qigan maktabidan so‘rov asosida olinadi.
44. Ijod maktabiga qabul qilinishi belgilangan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan holatlarda, uning o‘rniga o‘qishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi bo‘yicha navbatdagi o‘quvchi taklif qilinadi.
Navbatdagi o‘quvchi ballar ketma-ketligi bo‘yicha undan oldingi o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan o‘qishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan so‘ng qabul qilinadi.
45. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, o‘quvchi o‘qishni davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi o‘quvchining qabul qilinishi uchun asos bo‘ladi. Ushbu holat bo‘yicha maktab ma’muriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish
46. Ijod maktablarida o‘quv yili yakunlangandan keyin bo‘shab qolgan o‘rinlar uchun kirish imtihonlari ushbu nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan o‘tkaziladi, mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan o‘quvchilaridan hujjat qabul qilinadi.
Ijod maktablariga o‘quv yili davomida o‘quvchilar qabul qilinmaydi.
47. O‘quvchilarning o‘qishini bir ijod maktabidan boshqasiga ko‘chirish yo‘nalish mos kelgan va bo‘sh joy bo‘lgan taqdirda Agentlikning ko‘rsatmasiga muvofiq amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Ushbu nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
49. Ushbu nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ijod maktablariga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Agentlik

Hujjatlar qabuli boshlanishi to‘g‘risida OAVda e’lon berish

Ijod maktablariga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

2-bosqich

O‘quvchilar tomonidan ijod maktablariga hujjatlarni topshirish

Agentlik

1. O‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasi tuziladi. Tarkib Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin

Qabul komissiyasi

2. Kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallari tasdiqlanadi, Agentlik va ijod maktablarining rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

Ishchi guruh

3. O‘quvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish jarayonida qabul qilinadi yoki tahrirga yuboriladi yoki rad etiladi.

20 kundan kam bo‘lmagan muddatda

4. Ijod maktablariga o‘quvchilarni kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boriladi.

Hujjatlarni qabul qilish davrida

3-bosqich

Imtihon o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish

Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar

1. Kirish imtihonlarini o‘tkazish joylari tayyorlanadi.

Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin

Qabul komissiyasi mahalliy mutaxassislarni jalb etgan holda

2. Kirish imtihonlari materiallari tayyorlanadi.

4-bosqich

Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda

Kirish imtihonlarining birinchi va ikkinchi (ijodiy) bosqichini o‘tkazish

1. Kirish imtihonlarining birinchi (ijodiy matn yaratish) bosqichi o‘tkaziladi.

2. Kirish imtihonlarining ikkinchi (ijodiy suhbat) bosqichi o‘tkaziladi.

Tasdiqlangan jadval asosida

5-bosqich

Qabul komissiyasi mahalliy tashkilot bilan birgalikda

Kirish imtihonlarining uchinchi (test) bosqichini o‘tkazish

1. Kirish imtihonlarining uchinchi (test) bosqichi o‘tkaziladi.

Tasdiqlangan jadval asosida

2. Kirish imtihonlarining natijalari Agentlik va ijod maktablarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

test sinovlaridan keyin 20 kun ichida

6-bosqich

Apellyatsiya komissiyasi

Fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish

1. Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning arizalari qabul qilinadi.

Imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng 3 kun ichida

2. O‘quvchilarning murojaatlari ko‘rib chiqiladi, arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beriladi.

Ariza topshirilgan kundan boshlab 10 kun ichida

7-bosqich

Qabul komissiyasi

Qabul qilishni rasmiylashtirish

Imtihon natijalariga asosan o‘quvchilarni maktabga o‘qishga qabul qilish haqida ijod maktabi direktorining o‘qishga qabul qilish haqidagi buyrug‘i chiqariladi.

Yangi o‘quv yili boshlangunga qadar

8-bosqich

Qabul komissiyasi

O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish

1. Sinflarning har biridagi o‘quvchilar soni 20 nafardan kamaygan hollarda, mavjud bo‘sh o‘rinlar tanlov asosida to‘ldiriladi.

O‘quv yili yakunlangandan so‘ng

Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga
3a-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) maktabga tayyorlov guruhi va 1 — 11-sinflarga o‘quvchilar va bolalarni (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchilar) saralab olish va qabul qilish tartibini belgilaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar Agentlik tomonidan ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar) bilan birgalikda o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar yillik qabul kvotasi (1 — 4-sinflarga ikkita sinfga 12 nafardan, 5 — 11-sinflarga ikkita sinfga 24 nafardan o‘quvchi) doirasida qabul qilinadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
4. Ixtisoslashtirilgan maktabda 6 yoshli bolalar uchun 2 ta maktabga tayyorlov guruhi tashkil etiladi, ularga 10 nafardan 20 nafargacha bolalar qabul qilinishi mumkin.
5. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
6. Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar o‘qishga qabul qilinadi.
2-bob. Qabul komissiyasi faoliyatini tashkil etish
7. Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlarini teng huquqlilik, ochiqlik, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida tashkil etish maqsadida Agentlik hamda uning tizimidagi tashkilotlar vakillaridan iborat Qabul komissiyasi shakllantiriladi.
8. Qabul komissiyasining tarkibi Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Qabul komissiyasi tarkibi 7 kishidan kam bo‘lmagan toq sonda komissiya raisi, komissiya raisi o‘rinbosari, komissiya kotibi hamda uning a’zolaridan iborat tarkibda tuziladi.
9. Qabul komissiyasi:
kirish imtihonlari materiallarini mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlaydi;
mahalliy yoki xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda kirish imtihonlarining baholash mezonlari, ularni o‘tkazish vaqti hamda joylarini belgilaydi;
ixtisoslashtirilgan maktab bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hujjatlari qabul qilingan o‘quvchilarning ro‘yxatini shakllantiradi, ularni kirish imtihonlari shartlariga mos ravishda guruhlarga taqsimlaydi;
kirish imtihonlarini tashkil etadi, natijalarini e’lon qiladi.
10. Qabul komissiyasi tomonidan alohida ishchi guruh shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
11. Ishchi guruh:
o‘quvchining hujjatlari mazkur Nizom talablari asosida taqdim etilganini ko‘rib chiqadi;
ko‘rib chiqish natijasida o‘quvchining hujjatlarini qabul qilish, tahrirlashga yuborish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
hujjatlari tahrir qilishga yuborilgan yoki qabul qilinishi rad etilgan hollarda, tahrir qilishga yuborish yoki rad etilish sabablarini aniq ko‘rsatgan holda, o‘quvchilarning shaxsiy kabinetiga yoki mobil uyali aloqa vositasiga SMS shaklida xabar yuboradi;
kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida tayyorlaydi;
o‘quvchini, uning ota-onasi (qonuniy vakili)ni kirish imtihonlari shartlari bilan tanishtiradi, kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joyi va vaqti to‘g‘risida shaxsiy kabinet yoki mobil uyali aloqa vositasiga SMS shaklida xabar yuborish orqali ogohlantiradi;
ixtisoslashtirilgan maktab uchun o‘tkaziladigan kirish imtihonlari hamda qabul jarayonlari bo‘yicha murojaat qiluvchilarga maslahat berib boradi;
qabul qilingan hujjatlarning kunlik monitoringini yuritadi va qabul komissiyasiga kunlik axborot kiritadi;
o‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan berilayotgan savollarga javob tayyorlash va ularni veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga taqdim etish choralarini ko‘radi.
3-bob. Hujjatlarni qabul qilish
12. Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kun oldin Qabul komissiyasi tomonidan Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va qabul kvotalari to‘g‘risida e’lon qilinadi.
13. Ixtisoslashtirilgan maktabning tayyorlov guruhlari hamda 1-sinfiga o‘quvchilarning hujjatlari qabul qilinadi.
14. Xorijiy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining farzandlari ixtisoslashtirilgan maktabning tegishli sinfiga hujjat topshirishi mumkin.
Bunda o‘quvchi tomonidan (ikkinchi va undan yuqori sinflar uchun) o‘zi ta’lim olayotgan ta’lim muassasasining baholar tabeli (yoki shunga tenglashtirilgan rasmiy hujjat)ning davlat tiliga tarjima qilingan va tegishli tartibda notarial idora tomonidan tasdiqlangan shakli taqdim etiladi.
15. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
16. Chet el fuqarolarining farzandlari ixtisoslashtirilgan maktabga O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga muvofiq qabul qilinadi.
17. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktabning shunday sinfida takroran o‘qishni talab qilish huquqiga ega emas.
18. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarning quyidagi hujjatlari onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.
19. Hujjatlarni belgilangan muddatlarda, to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) zimmasiga yuklanadi.
20. Hujjatlarni qabul qilish, kirish imtihonlari yuzasidan yuborilgan (shaxsiy kabineti yoki mobil uyali aloqa vositasiga SMS) xabarlarni o‘quvchilar yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan qabul qilinmasligi (o‘qimasligi, mobil uyali aloqa vositasining ishchi holatda bo‘lmasligi va boshqalar) bo‘yicha javobgarlik qabul komissiyasiga yuklanmaydi.
21. O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan (24 soat ichida) ko‘rib chiqilgandan so‘ng ularga hujjatlar qabul qilingani, tahrir qilishga yuborilgani yoki rad etilgani to‘g‘risida xabar yuboriladi.
22. Ushbu Nizomning 18-bandida belgilangan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda hujjatlar tahrir qilishga yuboriladi.
23. Hujjatlar tahrir qilish uchun yuborilganda, o‘quvchilarga ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlar qabul qilish muddati tugagunga qadar to‘g‘rilashga ruxsat beriladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng ma’lumotlarni o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
24. Quyidagi hollarda o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
belgilangan muddatlardan keyin kirish imtihonida ishtirok etish xohishi bildirilganda;
taqdim etilgan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabning shu sinfida takroran o‘qish istagi bildirilganda.
25. O‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan arizani qaytarib olish yoki bekor qilish huquqiga ega.
4-bob. Kirish imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi
26. Kirish imtihonlari materiallari malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Agentlik tomonidan tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
261. Ixtisoslashtirilgan maktabning kirish imtihonlari davlat tilida o‘tkaziladi.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
27. Kirish imtihoni har yili Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda mas’ul vazirlik va idoralarning vazifalari, imtihon o‘tkaziladigan joylarga qo‘yiladigan umumiy talablar, imtihon jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadi hamda Agentlik tomonidan muvofiqlashtiriladi.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
28. Maktabga tayyorlov guruhi hamda 1-sinflar uchun kirish imtihonlari ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabga tayyorlov guruhiga qabul qilingan bolalar keyingi o‘quv yilidan kirish imtihonlarisiz 1-sinfga qabul qilinadi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
29. Birinchi bosqich mantiqiy fikrlash bo‘yicha maktabga tayyorlov guruhi uchun 10 ta, 1-sinf uchun 20 ta test shaklida o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
30. Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra qabul kvotasida belgilangan har bir o‘ringa 5 nafar hisobidan maksimal ball to‘plagan o‘quvchilarga ikkinchi bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi.
31. Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya’ni bir nechta o‘quvchilar bir xil umumiy ball to‘plagan taqdirda, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchilarga ustunlik beriladi.
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ikkinchi bosqich bolaning aqliy qobiliyati darajasini aniqlash bo‘yicha turli darajadagi suhbatlar va amaliy topshiriqlar shaklida o‘tkaziladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
33. Kirish imtihonlari:
a) 2 — 4-sinflar uchun bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
2-sinf uchun matematika fanidan 15 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida;
3-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 10 ta test savollari shaklida;
4-sinf uchun matematika fanidan 20 ta, ingliz tili fanidan 15 ta test savollari shaklida;
Oldingi tahrirga qarang.
b) 5 — 11-sinflar uchun bir bosqichda matematika fanidan 40 ta, ingliz tili fanidan 40 ta test savollari shaklida o‘tkaziladi.
(33-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
34. Kirish imtihonlari yakunlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida teng natijalar yuzaga kelganda, o‘quvchilarga quyidagi tartibda ustunlik beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
a) maktabga tayyorlov guruhi hamda 1-sinfda amaliy topshiriqlar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
(34-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
b) 2 — 4-sinflarda matematika fanidan yuqori ball to‘plaganlar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) 5 — 11-sinflarda:
ingliz tili fanidan:
matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
grammatika (Grammar component) bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
matematika fanidan:
tanqidiy fikrlash savollaridan yuqori ball to‘plaganlar;
muammoni yechish bo‘yicha savollardan yuqori ball to‘plaganlar.
(34-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Agar yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha ham tenglik saqlanib qolsa, ular tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq o‘quvchilarga ustunlik beriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, Qabul komissiyasi tomonidan o‘quvchilarga qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.
36. O‘quvchilar imtihonga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.
Imtihon ruxsatnomasi imtihon boshlanishidan kamida 3 (uch) kun oldin o‘quvchining kirish imtihoniga oid shaxsiy ma’lumotlari bilan birga kirish imtihonining o‘tkazish joyi, guruhi va o‘tirish o‘rni ko‘rsatilgan holda uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
37. Kirish imtihonlariga hujjat topshirmagan, imtihonga kechikkan yoki kelmagan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tanlov o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.
38. Quyidagi holatlar o‘quvchilarni kirish imtihoni jarayonlaridan chetlashtirishga asos bo‘ladi:
imtihon jarayonida sog‘ligi bilan muammo yuzaga kelib, imtihonni davom ettirish imkoni bo‘lmagan hollarda;
boshqalardan ko‘chirishga urinish va boshqa o‘quvchilarga xalaqit berish;
shpargalka, barcha turdagi mobil aloqa vositalari, kalkulyator, lug‘at, kitoblardan foydalanish.
Yuqoridagi holatlar sodir etilganda, o‘quvchilarga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi va ular javoblar varag‘ini topshirgan holda imtihonni tark etadi. Chetlashtirilgan o‘quvchilarning imtihon natijalari inobatga olinmaydi.
39. Kirish imtihonlari jarayonida o‘quvchilarning o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan holda jarayondan chetlatilishi yoki chiqib ketishi qayta imtihon o‘tkazishga asos bo‘lmaydi.
5-bob. Kirish imtihonlari natijalarini e’lon qilish
40. Kirish imtihonlari natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari o‘quvchilarga taqdim etilmaydi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
6-bob. O‘quvchilarni maktabga qabul qilish
47. Kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida ixtisoslashtirilgan maktabning o‘quvchilar safiga qabul qilinadi.
48. Agentlik tomonidan tasdiqlangan qaydnomalarga asosan yangi o‘quv yili boshlangunga qadar ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrug‘i asosida o‘quvchilar maktabga qabul qilinadi, mazkur Nizomning 51-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
49. Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilinishi belgilangan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan holatlarda, uning o‘rniga o‘qishga kira olmaganlar orasidan ballar ketma-ketligi bo‘yicha navbatdagi o‘quvchi taklif qilinadi.
Navbatdagi o‘quvchi ballar ketma-ketligi bo‘yicha undan oldingi o‘quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) tomonidan o‘qishni maktabda davom ettirish istagi mavjud emasligini tasdiqlovchi hujjat olinganidan so‘ng qabul qilinadi.
50. Belgilangan tartibda tegishli hujjatlarning asl nusxasi taqdim etilmasligi, o‘quvchi o‘qishni davom ettirish istagini bildirmasligi, maktab xodimlari murojaatlariga javob bermasligi undan keyingi o‘quvchining qabul qilinishi uchun asos bo‘ladi. Ushbu holat bo‘yicha maktab ma’muriyati tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
7-bob. O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish
51. Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘quv yili yakunlangandan keyin bo‘shagan o‘rinlar uchun kirish imtihonlari ushbu Nizom talablariga muvofiq Agentlik tomonidan o‘tkaziladi, mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli sinfini tamomlagan o‘quvchilardan hujjat qabul qilinadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
52. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
53. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga o‘quvchilarni saralab olish va qabul qilish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

(keyingi o‘rinlarda — Agentlik)

Hujjatlar qabuli boshlanishi to‘g‘risida OAVda e’lon berish

Ixtisoslashtirilgan maktabga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida ma’lumot e’lon qiladi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

2-bosqich

O‘quvchilar tomonidan ixtisoslashtirilgan maktabga hujjatlarni topshirish

Agentlik

1. O‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun qabul komissiyasini tuzadi. Tarkibni Agentlik direktori buyrug‘i bilan tasdiqlaydi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan oldin

Qabul komissiyasi

2. Kirish imtihonlarini o‘tkazish jadvallarini tasdiqlaydi, Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.

Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan 10 kun oldin

Ishchi guruh

3. O‘quvchilar tomonidan onlayn shaklda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi. Ko‘rib chiqish jarayonida hujjatlarni qabul qiladi yoki rad etadi.

20 kundan kam bo‘lmagan muddatda

4. Ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarning kirish imtihonlari yuzasidan murojaat qilgan shaxslarga maslahat berib boradi.

Hujjatlarni qabul qilish davrida

3-bosqich

Qabul komissiyasi, mahalliy hokimliklar (xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda)

Imtihon o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish

Kirish imtihonlari boshlanishidan oldin

1. Kirish imtihonlarini o‘tkazish joylarini tayyorlaydi.

2. Kirish imtihonlarining materiallarini tayyorlaydi.

4-bosqich

Qabul komissiyasi mahalliy tashkilotlar bilan birgalikda

Kirish imtihonlarini o‘tkazish

1. Kirish imtihonlarini o‘tkazadi.

Tasdiqlangan jadval asosida

2. Kirish imtihonlari natijalarini Agentlik va ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy veb-saytlarida e’lon qiladi.

Imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida

5-bosqich

Qabul komissiyasi

Qabul qilishni rasmiylashtirish

Imtihon natijalariga asosan o‘quvchilarni maktabga o‘qishga qabul qilish haqida ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrug‘ini chiqaradi.

Yangi o‘quv yili boshlangunga qadar

6-bosqich

Qabul komissiyasi

O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlarini to‘ldirish

Ixtisoslashtirilgan maktabning mavjud bo‘sh o‘rinlarini tanlov asosida to‘ldiradi.

O‘quv yili yakunlangandan so‘ng

(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident maktablari to‘g‘risidagi nizomning 5-bobi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qarori bilan tasdiqlangan Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to‘g‘risidagi nizomning 5-bobi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 09/23/214/0323-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)