1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 16-noyabrdagi PQ-3389-son qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilishda test sinovlarini ochiq va oshkora o‘tkazish hamda bilimli yoshlarni o‘qishga qabul qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-aprel,
261-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda oliy ta’lim muassasalari deb ataladi) bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom o‘qishga qabul qilish jarayonlari alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadigan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
abituriyent — belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va Bilim va malakalarni baholash agentligining ruxsatnomasiga ega bo‘lgan, test sinovi qoidalariga qat’i amal qilgan holda belgilangan guruhda test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgor;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
abituriyent ruxsatnomasi — pasport (u bo‘lmagan holda shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat) bilan birgalikda abituriyentning belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beradigan hujjat;
bino rahbari — Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha binodagi guruh nazoratchilari va abituriyentlar harakatlariga umumiy rahbarlikni bajaruvchi, nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
guruh nazoratchisi — Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan tuzilgan shartnoma asosida shartnomada belgilangan vazifa va majburiyat bo‘yicha test sinovlarida abituriyentlar harakatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, test sinovining belgilangan tartib bo‘yicha o‘tishini qat’iy nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan va abituriyentlarga test sinovini topshirish tartibi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun jalb qilingan va test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan shaxs;
(3-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
javoblar varaqasi — test topshiriqlari kitobidagi har bir topshiriqning bajarilishi natijasida tanlagan javobning bittasini belgilashga mo‘ljallangan va abituriyentning bilimini baholash uchun asos hisoblanadigan yagona hujjat;
oliy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda qabul komissiyasi deb ataladi) — oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan, belgilangan vazifalar bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlar hujjatlarini qabul qiluvchi, ularga test sinovlari jarayoni bo‘yicha maslahatlar, ko‘rsatmalar beruvchi, test sinovlarini o‘tkazishning tashkiliy masalalarida ishtirok etuvchi organ;
test topshiriqlari kitobi — belgilangan fanlar majmuasi bo‘yicha test topshiriqlarini o‘z ichiga olgan savollar to‘plami;
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili (keyingi o‘rinlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili deb ataladi) — O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi o‘rinlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi deb ataladi) direktorining buyrug‘i bilan tayinlanadigan, test sinovlari o‘tkaziladigan tegishli hudud va binoda belgilangan vazifa va majburiyatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi hamda test sinovi ishtirokchilarining vazifalariga muvofiq harakatini nazorat qiluvchi va amaliy yordam ko‘rsatuvchi xodim.
(3-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
4. Test sinovlarini adolatli va xolisona o‘tkazish mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etgan holda oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillari, bino rahbarlari, guruh nazoratchilari tomonidan ta’minlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Mazkur Nizomda belgilangan talablarga muvofiq test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlar mahalliy davlat hokimiyati organlari va oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan ta’minlanadi.
5. Test sinovlari o‘tkaziladigan kunda Bilim va malakalarni baholash agentligining tegishli ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarning test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan hududga kirishi taqiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
6. Test sinovlari har yili iyul — avgust oylarida, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Abituriyent test sinovlari boshlanganidan so‘ng binoga tegishli hududga kiritilmaydi.
7. Hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning muddati yakunlanganidan so‘ng, ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasini qabul komissiyasidan yoki Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytidan oladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.
Abituriyent uchun mazkur sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsat berilmaydi.
8. Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.
9. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, baholash mezonlari, test topshiriqlari soni va javoblar varaqasi namunasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda test sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
10. Abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega.
11. Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt belgilanadi.
12. Abituriyentning test sinovida to‘plagan ballari haqidagi ma’lumot test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilganligi yoki etilmaganligi bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichi (abituriyentlar tomonidan oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlash jarayoni) to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
13. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish
1-§. Test sinovlari o‘tkaziladigan joylarga qo‘yiladigan umumiy talablar
14. Test sinovlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilyonlarida va uning hududida o‘rnatiladigan qo‘shimcha yig‘ma pavilyonlarda, shuningdek, katta sig‘imdagi boshqa binolarda, viloyat markazlarida esa — Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi yoki boshqa tashkilotlarning katta sig‘imdagi binolarida o‘tkaziladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
15. Binolarni tayyorlash, videokuzatuvlar orqali jamoatchilik, shu jumladan, abituriyentlar ota-onalarining kirish test sinovlari jarayonini onlayn tarzda kuzatib borishlari, abituriyentlarni shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali binoga tegishli hududga kiritish, binolardagi va xizmat postlaridagi video yozuvlarning saqlanishi uchun sharoitlar yaratish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan ta’minlanadi.
Ichki ishlar vazirligining “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan tegishli joylar shaxsni identifikatsiyalash vositalari (videofiksatsiya va barmoq izlarini tekshiruvchi vositalar), videokuzatuv, mobil aloqa to‘lqinini to‘suvchi qurilmalar bilan ta’minlanadi hamda Ichki ishlar vazirligi o‘tkazilgan test sinovlari jarayoni bo‘yicha videoyozuvlarni saqlaydi va ularni test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga Bilim va malakalarni baholash agentligiga topshiradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
16. Guruh nazoratchilari va abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududga nazorat xizmati postlari orqali kiritish, tadbir jarayonida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
17. Hudud bo‘yicha bosh shtabda, test sinovlari o‘tkaziladigan har bir binoda Bilim va malakalarni baholash agentligining vakiliga test materiallarini saqlash, tarqatish va yig‘ib olish uchun mo‘ljallangan yetarli miqdorda stol, stullar, kompyuter, skaner, statsionar telefon aloqasi, doimiy videokuzatuv va seyf bilan ta’minlangan maxsus xona (shtab) tayyorlanadi. Bunda binoning holati sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
18. Binoda test sinovlari jarayonini to‘liq nazorat qilish maqsadida qoida tariqasida, bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 30 nafar abituriyent uchun bitta videokuzatuv tizimi o‘rnatilishi, jarayonni abituriyentlarning ota-onalari onlayn tarzda kuzatishi uchun zarur asbob-uskunalar bilan jihozlanishi shart.
Binoda bir nafar abituriyentga qoida tariqasida, bino elektron soat, ovoz kuchaytirish vositalari, 2 m2 dan kam bo‘lmagan joy tayyorlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
19. Hududlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladigan bino va guruhlarning alohida tartib raqami takrorlanmaydigan ketma-ketlikda raqamlangan bo‘lishi lozim.
20. Har bir guruh alohida o‘tirish o‘rniga ega bo‘lgan 30 tadan stol va stul bilan ta’minlanib, stollar birdan o‘ttizgacha raqamlanishi lozim.
Guruh nazoratchisi uchun test materiallarini tarqatish va qabul qilishga alohida stol va stul ajratilib, stol uzluksiz videokuzatuv bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
21. Test o‘tkaziladigan har bir binoni tayyorlashda unga yorug‘lik tushishi, binoni shamollatish, abituriyentni tik tushgan quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
22. Binoga tegishli hududda va binoga kirish joylarida guruh va abituriyentlar soni yozilgan ko‘rsatkichlar ilib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
23. Test sinovlari o‘tkaziladigan har bir hududda test jarayoni uchun zarur axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan bo‘lishi lozim.
(2-paragraf O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
3-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda Bilim va malakalarni baholash agentligining vazifalari
(3-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
28. Bilim va malakalarni baholash agentligi test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq quyidagi vazifalarni bajaradi:
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
test sinovlarini o‘tkazish jarayonida qo‘llaniladigan shakllar va jadvallarni ishlab chiqish;
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan imtiyozlarga ega bo‘lmagan abituriyentlarni Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali ham ro‘yxatdan o‘tishiga imkoniyat yaratish;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
test materiallarining sifatli va nuqsonsiz tayyorlanishini ta’minlash;
test materiallarining belgilangan kunlarda Davlat feldyegerlik xizmati tomonidan Bilim va malakalarni baholash agentligi vakiliga yetkazilishini ta’minlash;
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
test sinovlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq seminarda ishtirok etgan malakali shaxslar tarkibidan, qoida tariqasida, har 30 nafar abituriyentga 2 nafar guruh nazoratchisini shartnoma asosida test sinovlari jarayoniga jalb etish;
belgilangan tartibda abituriyentlar haqida tushgan ma’lumotlar asosida guruhlarni shakllantirish va ularning binolar bo‘yicha o‘tirish o‘rinlarini belgilash hamda test sinovlari va tanlovni tashkil etish;
(28-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha taqsimlangan ro‘yxatini ikki nusxada, bino rahbari va guruh nazoratchilari ro‘yxatini ikki nusxada tayyorlash hamda tasdiqlangan holda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakiliga yetkazish;
(28-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
kunlik test sinovlari tugagandan so‘ng test materiallarining Davlat feldyegerlik xizmatiga topshirilishini nazorat qilish;
Bilim va malakalarni baholash agentligiga olib kelingan javoblar varaqalari bo‘yicha test sinovlari natijalarini hisoblash va e’lon qilish.
(28-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur Nizom va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(28-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
4-§. Test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari
(4-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
29. Quyidagilar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari hisoblanadi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
har yili 30-iyunga qadar test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni mazkur bobning 1-paragrafida belgilangan talablar bo‘yicha test sinovlariga tayyor holatga keltirish hamda bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligiga ma’lumot berish;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
abituriyentlarni test sinovlari o‘tkaziladigan hududga shaxsni identifikatsiyalash vositalari orqali tartibli kiritilishini ta’minlash;
test sinovlari jarayonini videokuzatuvlar orqali onlayn tizimda ota-onalarga ko‘rsatish, bosh shtab va har bir binoda tezkor axborotlarni to‘plash uchun ularning zarur moddiy-texnika vositalari bilan to‘liq jihozlanishini ta’minlash;
abituriyentlarning ota-onalari va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini onlayn rejimda kuzatishini ta’minlash maqsadida binoga tegishli hudud tashqarisida o‘tirish joylarini belgilash hamda kutish joylarini tashkil etish;
test sinovi bo‘lib o‘tadigan binolarni zaxira energiya manbai bilan ta’minlash;
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test sinovlarini o‘tkazish uchun transport vositalari bilan ta’minlashga amaliy yordam berish, har bir hudud xavfsizligini va test sinovlarining tartibli o‘tishini ta’minlash, nazorat xizmati postlarini tashkil etish;
test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga to‘liq javob berishini ta’minlash.
(29-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
30. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, qabul komissiyalari bino hududiga yoki binoga guruh nazoratchilari, abituriyentlar va boshqa shaxslar tomonidan mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni olib kirishlariga ruxsat bersa yoki o‘zlari tashkillashtirsa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
31. Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirish joylarida tashkil etilgan nazorat xizmati postlarida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi xodimlari tomonidan tekshiruv vaqtida abituriyent va guruh nazoratchilarida mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar mavjudligi, shuningdek, barmoq izlari va fotosurati tekshirilgan vaqtda shaxsi tasdiqlanmaganligi aniqlangan taqdirda, bu haqida Bilim va malakalarni baholash agentligining vakili xabardor qilinib, ularni test sinovlariga kiritmaslik to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
5-§. Test sinovlarini o‘tkazishda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili, bino rahbari, guruh nazoratchisi va abituriyentlarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
(5-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
32. Quyidagilar Bilim va malakalarni baholash agentligi vakilining vazifalari hisoblanadi:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
bino rahbarlari va guruh nazoratchilariga umumiy rahbarlik qilish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
test sinovlarining boshlanishi va tugashini qat’iy nazorat qilish, tezkor axborotlarni Bilim va malakalarni baholash agentligiga yuborish, test sinovlarini adolatli, xolisona va mazkur Nizomda belgilangan talablar asosida o‘tishini ta’minlash.
(32-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
33. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va qabul komissiyalariga ko‘rsatma berish, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan bino rahbarini, guruh nazoratchisini va abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbariyati bilan kelishilgan holda chetlashtirilganlar o‘rniga boshqa bino rahbarini, guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
34. Quyidagilar Bilim va malakalarni baholash agentligi vakilining majburiyatlari hisoblanadi:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
o‘ziga biriktirilgan binoda test o‘tkazish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan o‘ziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
bino rahbarlari va guruh nazoratchilari ro‘yxatini xizmat postlariga yetkazishni ta’minlash;
(34-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
guruh nazoratchilariga abituriyent tomonidan test sinovlari qoidalari buzilganda, uni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma berish;
(34-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test sinovlari tugagandan so‘ng abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketlarni, test materiallari qutilarini Davlat feldyegerlik xizmati xodimlariga topshirish.
(34-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
35. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki foydalanilayotgan holatlarda ularni test sinovlaridan chetlashtirish to‘g‘risida ko‘rsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
36. Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrug‘i bilan almashtirilishi mumkin.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
37. Mazkur Nizom talablari asosida o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilari faoliyatini va abituriyentlarning test topshirishini nazorat qilish bino rahbarining vazifasi hisoblanadi.
38. Bino rahbari o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi vakilidan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan guruh nazoratchisini, abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili bilan kelishilgan holda guruh nazoratchisini tayinlash huquqiga ega.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
39. Quyidagilar bino rahbarining majburiyatlari hisoblanadi:
belgilangan sanalarda ertalab soat 05:30 dan kechikmasdan o‘ziga tegishli binoga yetib kelish va nazorat xizmati posti orqali pasporti (ruxsatnoma yoki guvohnoma) bilan kirish;
ertalab soat 06:00 dan 06:30 gacha guruh nazoratchilariga ularning ruxsatnomalarini tarqatish va taqsimotini rasmiylashtirish;
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
birinchi smenada soat 06:30 dan 07:00 gacha, ikkinchi smenada soat 13:30 dan 14:00 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini (ikki nusxada) va test materiallarini tarqatish va qabul qilish bayonnomasini rasmiylashtirish;
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test materiallari solingan zaxira qutilarini seyfga joylashtirib, muhrlash;
o‘ziga biriktirilgan binodagi guruh nazoratchilaridan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining bir nusxasini test sinovlari jarayoni boshlangandan so‘ng 30 daqiqa ichida yig‘ib olish, undagi axborotning 30 daqiqa ichida Bilim va malakalarni baholash agentligiga elektron shaklda yuborilishini ta’minlash;
(39-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
abituriyent test materialida tipografik xatolik borligi haqida murojaat qilsa, zudlik bilan zaxira qutilaridan ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos test materiallarini guruh nazoratchisiga berish va zaxira test materiallarini tarqatish bayonnomasini rasmiylashtirish;
(39-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
guruhlarda test sinovlarini o‘tkazish tartibini buzgan abituriyentlarning test sinovlaridan chetlashtirilishini nazorat qilish;
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test sinovining tugash vaqtiga qat’iy amal qilish;
test sinovlari uchun belgilangan vaqt tugagandan so‘ng 20 daqiqa ichida javoblar varaqasi paketi, test topshiriqlari kitobi qutisi guruhlarda muhrlanishini nazorat qilish hamda guruh nazoratchilaridan muhrlangan javoblar varaqasi paketi va test materiallari qutilarini qabul qilib olish;
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxati solingan va muhrlangan paketni, test materiallari hamda bino bo‘yicha to‘plangan javob varaqalari paketlari solingan va muhrlangan qutilarni Bilim va malakalarni baholash agentligi vakiliga (Davlat feldyegerlik xizmatiga) topshirish.
(39-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
40. Bino rahbari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatda ko‘rib turib test sinovlaridan chetlashtirish uchun ko‘rsatma bermasa, mazkur holat uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
41. Test sinovi o‘tkazilayotgan guruhda mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya qilish va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash guruh nazoratchisining vazifasi hisoblanadi.
42. Guruh nazoratchisi o‘ziga yuklangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun bino rahbaridan amaliy yordam olishi, mazkur Nizom talablariga amal qilmagan abituriyentni test sinovlari jarayonidan chetlashtirish huquqiga ega.
43. Quyidagilar guruh nazoratchilarining majburiyatlari hisoblanadi:
test sinovlari o‘tkaziladigan kuni o‘zi biriktirilgan binoga soat 05:30 dan kechikmasdan ortiqcha buyumlarsiz (uyali telefon, mikrokalkulyator va shu kabilar) pasporti bilan yetib kelish va soat 06:00 dan 06:30 gacha bino shtabida o‘zlariga tegishli ruxsatnomalarni olish va o‘ziga biriktirilgan guruhning test sinovlariga tayyorligini tekshirish, jarayonga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanganda, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
belgilangan vaqtlarda bino rahbaridan abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini hamda test materiallari qutisini qabul qilib olish;
(43-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
abituriyentning ruxsatnomasi va pasporti asosida tekshirib ularni guruh ro‘yxati bo‘yicha belgilangan joyiga o‘tirishini ta’minlash hamda test sinovlariga kelmagan abituriyentlarning o‘rnini bo‘sh qoldirish;
(43-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
(43-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test materiallari qutisida abituriyentlar soniga mos test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi, ishlatilmagan test topshiriqlari kitoblari, javoblar varaqasi uchun bo‘sh paketlar va muhrlar mavjudligini tekshirish;
(43-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
abituriyentlarga test topshiriqlari kitobi va Davlat komissiyasi tomonidan namuna sifatida tasdiqlangan javoblar varaqalarini tarqatish;
(43-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasining nuqsonsizligini tekshirib chiqish hamda ularning tegishli bo‘limlarini rasmiylashtirish bo‘yicha abituriyentlarga ko‘rsatma berish;
(43-bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test topshiriqlari kitobida nuqson mavjudligi aniqlansa, uning birinchi betiga “nuqsonli” deb yozish, almashtirilgan vaqtini ko‘rsatish hamda abituriyentning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzolash va ushbu holat haqida dalolatnoma tuzish;
test sinovlariga kelmagan abituriyentning test topshiriqlari kitobini test sinovlari boshlanganidan so‘ng 15 daqiqa o‘tgach ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketiga solib muhrlash, abituriyentlarning guruh bo‘yicha ro‘yxatiga test sinovlariga kelmagan abituriyent ismi-sharifining to‘g‘risiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritish hamda uning javoblar varaqasi javoblar varaqasi paketiga solib qo‘yish;
(43-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
birinchi smenada soat 08:00 dan 08:20 gacha, ikkinchi smenada soat 15:00 dan 15:20 gacha abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatini rasmiylashtirish;
abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining to‘ldirilgan bir nusxasini bino rahbariga topshirish;
abituriyentlar bilan test topshiriqlari bo‘yicha savol-javob qilmaslik;
test topshiriqlari uchun ajratilgan vaqt tugaganligini e’lon qilish, abituriyentlarni o‘rinlaridan turishlarini talab qilish;
abituriyentlarga test materiallarini topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berish;
test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasiga shikast yetmaganligini tekshirib qabul qilib olish;
barcha javoblar varaqalarini javoblar varaqalari paketiga solish;
test sinovlarida qatnashgan abituriyentlarning javoblar varaqalarini, “nuqsonli” deb topilgan test topshiriqlari kitobini, abituriyentlarning guruhlar bo‘yicha ro‘yxatining ikkinchi nusxasini javoblar varaqasi paketiga solib, paketni muhrlash;
ishlatilmagan test topshiriqlari kitobi paketi hamda ishlatilgan test topshiriqlari kitoblarini test materiallari qutisiga solib muhrlash;
(43-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test sinovlari tugagandan so‘ng guruhda abituriyentlar bo‘lsa, ularni tashqariga chiqarish;
test materiallarini bino rahbariga belgilangan vaqtlarda topshirish va topshirganligini tasdiqlash.
(43-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
44. Guruh nazoratchisi abituriyent test topshiriqlari kitobi nuqsonli ekanligi haqida murojaat qilsa, birinchi smenada 08:00 gacha, ikkinchi smenada 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
guruhda test sinovlarida qatnashmagan abituriyent uchun ajratilgan test topshiriqlari kitobini murojaat qilgan abituriyentga beradi;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
guruhda ortiqcha test topshiriqlari kitobi bo‘lmasa, bino rahbaridan zaxiradagi shu ta’lim yo‘nalishi va tiliga mos bo‘lgan test topshiriqlari kitobini berishni so‘raydi. Bu jarayonni dalolatnoma bilan rasmiylashtiradi.
(44-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
45. Test sinovlarini o‘tkazishda guruh nazoratchilari abituriyentlarga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilarni bersa yoki ishlatishga imkoniyat yaratsa, foydalanilayotgan holatlarda test sinovlaridan chetlashtirmasa va ushbu holat uchun javoblar varaqasining 4-bo‘limini rasmiylashtirmasa, mazkur holat ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
46. Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega:
test topshiriqlari kitobidan qoralama sifatida foydalanish;
test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.
47. Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 14:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 14:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasporti bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:
(47-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
(47-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;
javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;
test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joylarni rasmiylashtirish.
(47-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
(47-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
(47-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
48. Abituriyent mazkur Nizomning 47-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlardan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:
javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish;
javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;
javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;
belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.
Test sinovlari davomida abituriyent sog‘ligi yomonlashishi sababli tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan olib ketilsa yoki o‘z ixtiyori bilan test o‘tkazilayotgan hududdan chiqib ketsa, uning test sinovi natijasi sog‘ligi yomonlashishiga qadar javoblar varaqasiga belgilagan javoblari asosida hisoblanadi. Unga boshqa vaqtda test sinovini qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
49. Har bir test topshirig‘iga 4 tadan (“A”, “V”, “S”, “D”) muqobil javoblar beriladi.
50. Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar, javoblar varaqasidagi “belgilash uchun namuna” qoidasiga rioya etilmasa, jumladan, bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.
51. Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.
52. Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:
test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;
test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;
test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa yoki olib chiqishga urinsa, test materiallarini tarqatsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;
(52-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
3-bob. Test sinovlari natijasi bo‘yicha berilgan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish
53. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar yakuniy tanlov natijalari e’lon qilingan kunning ertasidan boshlab o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
54. Apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish jarayonida qabul komissiyasi a’zolarini, Bilim va malakalarni baholash agentligi vakillarini hamda guruh nazoratchilarini ularga tegishli masalalar bo‘yicha jalb qilishga haqli.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
55. Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
56. Apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
57. Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning test sinovi jarayonida javoblar varaqasiga belgilagan javoblari to‘g‘riligini asoslovchi yozma ravishdagi bayoni asosida ko‘rib chiqiladi. Abituriyentning yozma ravishdagi bayoni o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
(57-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
58. Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Bilim va malakalarni baholash agentligiga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
59. Apellyatsiya jarayonida quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
apellyatsiya o‘tkazilayotgan xonaga uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar (lug‘at, jadvallar bundan mustasno) olib kirishga harakat qilish yoki olib kirish;
apellyatsiya jarayonida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, ularga yordam berish yoki yordam olish;
test topshiriqlari kitobining varag‘ini yirtish.
60. Apellyatsiya komissiyasining qarori bo‘yicha ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga apellyatsiya jarayoni to‘liq tugaganidan so‘ng besh ish kuni ichida taqdim etiladi.
61. Abituriyent apellyatsiya komissiyasining apellyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoida
62. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Abituriyentlarning o‘qishga qabul qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari yoki Davlat xizmatlari markazlari
har yili
15-iyundan
15-iyulgacha
II bosqich
Xalqaro va respublika fan olimpiadalari, tanlov va musobaqalar g‘oliblari va shu kabi test sinovlarisiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan abituriyentlar haqidagi ma’lumotni qabul komissiyasining raisi va mas’ul kotibi tomonidan imzolangan holda Davlat test markaziga taqdim etadi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
16-iyulda
III bosqich
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolarni test sinovlariga tayyor holatga keltiradi hamda bu haqda Davlat test ma’lumot xabar beradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
16-iyulda
IV bosqich
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalarini maxsus dastur orqali bazaga kiritadi, rasmiylashtiradi va Davlat test markaziga taqdim etadi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
22-iyulda
V bosqich
Murojaat etgan abituriyentlarga ruxsatnomasini chop etib, taqdim etadi.
Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
24-iyuldan
VI bosqich
1. Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarni belgilangan tartibda binoga kiritilishini ta’minlaydi.
2. Test sinovlarini belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Davlat test markazi, Ichki ishlar vazirligi, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari
har yili
iyul-avgust
VII bosqich
Test sinovlari bo‘yicha abituriyentlarning to‘plagan umumiy ballarini DTMning rasmiy dtm.uz saytida e’lon qiladi.
Davlat test markazi
test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasiga
VIII bosqich
Tanlov natijalarini e’lon qiladi
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi
test sinovlari to‘liq yakunlangandan keyin bir hafta ichida
IX bosqich
Abituriyentlarning apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi va uning natijalarini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi, Davlat test markazi
har yili
21-avgust — 30-sentabr
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
(2 — 10-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son)
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son)
(12-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qaroriga 2-ILOVA
Bakalavriatga test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari
RO‘YXATI
T/r
Bilim va ta’lim sohalari, ta’lim yo‘nalishlari
Nomi
Kod
GUMANITAR SOHA
Pedagogika
100 000
110 000
1.
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
5110800
2.
Musiqa ta’limi
5111100
3.
Jismoniy madaniyat
5112000
San’at
150 000
4.
Bastakorlik san’ati
5150100
5.
San’atshunoslik (turlari bo‘yicha)
5150200
6.
Aktyorlik san’ati (turlari bo‘yicha)
5150300
7.
Rejissorlik (turlari bo‘yicha)
5150400
8.
Dirijorlik (turlari bo‘yicha)
5150500
9.
Vokal san’ati (turlari bo‘yicha)
5150600
10.
Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha)
5150700
11.
Rangtasvir (turlari bo‘yicha)
5150800
12.
Dizayn (turlari bo‘yicha)
5150900
13.
Haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha)
5151100
14.
Amaliy san’at (turlari bo‘yicha)
5151200
15.
Xoreografiya (turlari bo‘yicha)
5151300
16.
Xalq ijodiyoti (turlari bo‘yicha)
5151600
XIZMATLAR SOHASI
Xizmat ko‘rsatish sohasi
600 000
610 000
17.
Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
5610500
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan mazkur ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/261/1036-son, 05.07.2018-y., 09/18/502/1457-son; 11.07.2019-y., 09/19/572/3407-son, 17.08.2019-y., 09/19/681/3587-son; 17.09.2020-y., 09/20/562/1294-son, 13.10.2020-y., 09/20/646/1382-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2021-y., 09/21/775/1206-son; 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)