Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonining:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
a) 2-bandiga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yoʻnalishiga qabul 5 — 11-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7 — 11-sinflarga, keyingi oʻquv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshirilishi;
2022-yilda Agentlik tizimiga oʻtkazilayotgan taʼlim muassasalarining yuqori turuvchi birinchi darajali budjet mablagʻlari oluvchilarida boʻshaydigan budjet mablagʻlari hamda Agentlikka Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi;
2023-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
ixtisoslashtirilgan maktablarga aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra oʻqishga qabul qilish tartibi;
ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlimni aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshirish. Bunda har bir sinfdagi oʻquvchilar sonini 24 nafargacha etib belgilash;
oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari safidan chiqarish yoki chetlashtirish asoslari va tartibi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va tizimlashtirish]
3. Prezident taʼlim muassasalari agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 5-may,
233-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisida
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
Ushbu Nizomning amal qilishi Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar davlat muassasasi hisoblanadi, oʻz ustaviga, gʻaznachilik boʻlinmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega boʻladi.
3. Ixtisoslashtirilgan maktablar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
4. Ixtisoslashtirilgan maktablar bevosita Agentlikka boʻysunadi. Agentlik ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
5. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
oʻquvchilarni oʻqitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda yetakchilik koʻnikmalari va notiqlik sanʼatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash malakasini oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
oʻquvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash;
taʼlim va tarbiya jarayonlarida oʻquvchilarga vatanparvarlik ruhi, milliy gʻurur va iftixor, oʻz xalqiga muhabbat va sadoqat, Oʻzbekiston tarixi, ilmiy-ijodiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy merosga hurmat, oʻzlikni anglash, mehnatsevarlik va masʼuliyatlilik, qatʼiyat va shijoatlilik gʻoyalarini singdirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni qabul qilishni aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra amalga oshirish;
kirish imtihonlarini Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan xorijiy tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazish;
(5-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
oʻquv dasturlarining uzluksizligini taʼminlash masalalarida milliy va xorijiy umumiy oʻrta va oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
6. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim jarayonlarini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida amalga oshirish;
ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlarini ishga qabul qilishni Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshirish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish]
oʻz ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan moliyaviy manbalarni jalb qilish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar xalqaro tan olingan dastur va darsliklarni qoʻllagan holda oʻqitilishini taʼminlash, ular xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlar va taʼlim muhitini yaratish hamda mazkur jarayonga xorijiy va mahalliy pedagog kadrlarni jalb qilish;
ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston tarixi fanini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.07 Qoʻshimcha taʼlim (Maktabdan tashqari taʼlim)]
sunʼiy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT boʻyicha qoʻshimcha kurslar tashkil etish;
asosiy oʻquv dasturlari bilan birgalikda oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari kasbga yoʻnaltirilgan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyishga haqli.
Ixtisoslashtirilgan maktablar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
mazkur Nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida va oʻz ustavida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida, sifatli va samarali bajarishi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar oʻquvchilarini ushbu muassasalar huzurida yashash joylari bilan bepul taʼminlashi;
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchilar uchun autsorsing tizimi orqali bepul sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishi;
10 va 11-sinflar oʻquvchilarining amaliyoti yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarida oʻtkazilishini taʼminlashi;
oʻquvchilarning fanlarni mukammal egallashi bilan birga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni chuqur anglaydigan, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash, mustaqil fikr va intellektual salohiyatga ega boʻlgan shaxs sifatida tarbiyalanishi boʻyicha taʼsirchan pedagogik texnologiyalardan foydalanish choralarini koʻrishi;
taʼlim jarayonini sifatli va samarali tashkil etishi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
taʼlim jarayonini tashkil etish shakllari, usullari va vositalarining Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlashi;
ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari, oʻqituvchilari va boshqa xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlashi shart.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish
8. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
respublika boʻysunuvida Agentlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
9. Ixtisoslashtirilgan maktablarni qayta tashkil etish va tugatish qonun talablariga muvofiq oʻquv yili yakunida muassis tomonidan amalga oshiriladi.
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Tugatilgan ixtisoslashtirilgan maktablar muassisi oʻquvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar yoki maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim muassasalariga oʻtkazish masʼuliyatini oladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
10. Ixtisoslashtirilgan maktab tugatilgan taqdirda, uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, oʻz majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonunchilik hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan maktab ustaviga muvofiq foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53-moddasi.
(5-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2023-y., 09/23/214/0323-son)
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
27. Ixtisoslashtirilgan maktablarni aniq va tabiiy fanlarga yoʻnaltirish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
28. Ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshiriladi.
Har bir sinfdagi oʻquvchilar soni 24 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
29. Ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim jarayoni Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida umumiy oʻrta taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.05.00.00 Ish yuritish (shtamplar, blankalar)]
30. Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
31. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga oʻtkazish Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda tegishli imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish natijalariga asosan ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
32. Ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga oʻzgargan taqdirda, oʻsha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda boʻsh oʻrin mavjud boʻlganda oʻquvchining oʻqishini koʻchirishga ruxsat etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.11.00 Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
33. Oʻquvchilar quyidagi hollarda ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari safidan chiqariladi yoki chetlashtiriladi:
oʻquvchi oʻz tashabbusi bilan boshqa umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga koʻchirish (ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida) istagini bildirganda;
individual ish olib borilishiga qaramasdan, reytingi va akademik oʻzlashtirishning tizimli pasayishi (ketma-ket 2 chorakda ixtisoslik fanlaridan 3 bahoga oʻzlashtirganda) kuzatilganda;
sinfdan sinfga oʻtkazish imtihonlaridan oʻta olmagan taqdirda;
kirish imtihonlarini topshirish jarayonlarida oʻquvchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda;
kirish imtihonlari davomida imtihon topshiriqlarining boshqa oʻquvchi tomonidan bajarilganligi aniqlanganda;
ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarini bir marta qoʻpol yoki muntazam ravishda buzilganda.
7-bob. Yakunlovchi qoida
34. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2022-y., 09/22/233/0380-son; 02.06.2023-y., 09/23/214/0323-son; 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)