Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Keyingi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli institutsional islohotlarda ishtirok etish uchun xalqaro moliya institutlarini faol jalb qilish, ularning moliyaviy va texnik koʻmagidan oqilona foydalanish orqali islohotlarni yanada chuqurlashtirish, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajribalarni samarali qoʻllash asosida institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasida erishilgan kelishuvga muvofiq 30 yil muddatga 5 yillik imtiyozli davr bilan 33,0 mln AQSh dollari miqdorida qarz, shuningdek, mazkur loyiha doirasida 250 ming AQSh dollari miqdorida texnik koʻmak jalb qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son
Farmoni hamda “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 1-martdagi PQ-83-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, Jahon banki ishtirokidagi “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi amalga oshirilishini samarali muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi 668-son
qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Jahon banki ishtirokida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligiga loyihaning umumiy qiymati doirasida yoʻnalishlar boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar miqdorlariga oʻzgartirish kiritish hamda yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar yoyilmasini tasdiqlash huquqini berish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi boʻyicha qarz bitimi va ushbu loyiha doirasida tuzilgan shartnomalarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida tuzilgan Loyihani amalga oshirish guruhi amaldagi moliyalashtirish tartibi saqlangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining boʻysunuviga oʻtkazilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
1.
3-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Loyihaning amalga oshirilishini samarali tashkil etish va nazorat qilish, shuningdek, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning Loyiha doirasidagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi”.
2.
4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktoriga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3.
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin”.