toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Mamlakatimizda davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalarida (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) korporativ boshqaruvni joriy etish, ularning operatsion samaradorligini oshirish va ochiqligini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning bozor mexanizmlariga o‘tishini jadallashtirish maqsadida:
1. 2023 — 2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga mazkur korxonalarni isloh qilish vazifasi yuklansin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda — “UzAssets” investitsiya kompaniyasi) va mazkur qarorga ilovada ko‘rsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalarda davlat aksiya paketi (ulushi) bo‘yicha aksiyador (ishtirokchi) funksiyasini amalga oshiradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)
mazkur qarorga ilovada ko‘rsatilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga boshqaruvga beriladi;
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan unga boshqaruvga berilgan korxonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashi a’zolarini tayinlash hamda sof foydani taqsimlash masalalari yuzasidan qarorlar belgilangan tartibda kelishilgan holda qabul qilinadi;
“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tomonidan xalqaro konsalting, auditorlik va investitsiya maslahatchilari, investitsiya banklari va boshqa ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb etish eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Bunda, ular bilan tuziladigan shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi;
davlat xizmatchilari davlat ishtirokidagi korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga kiritilishi mumkin, ushbu korxonalar faoliyatini litsenziyalash, tartibga solish va ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish vazifalari yuklangan davlat organlarining xodimlari (davlat organlarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlaridan tashqari) bundan mustasno;
boshqariladigan investitsiya aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining kamida 5 foizi miqdorida o‘z moddiy aktivlariga ega bo‘lish to‘g‘risidagi talab “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “UzAssets” investitsiya kompaniyasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalarni yuklash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)
iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yirik korxonalarni isloh qilish, shu jumladan ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish hamda xususiy sektorni jalb qilish;
korxonalarning rentabelligi va operatsion samaradorligini oshirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda biznes-jarayonlarni optimallashtirish;
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining korporativ boshqaruv bo‘yicha tavsiyalarini joriy etish orqali o‘ziga boshqaruvga berilgan korxonalarning samarali boshqarilishini va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda ularning qiymatini va investitsion jozibadorligini oshirish;
o‘ziga boshqaruvga berilgan korxonalarning ijroiya organi va kuzatuv kengashiga mahalliy hamda xorijiy malakali menejerlarni jalb qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-mart,
PQ-83-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-83-son qaroriga
ILOVA
2023 — 2025-yillarda isloh qilinadigan va operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalar
RO‘YXATI

T/r

Korxonalar nomi

Amaldagi aksiyador (ta’sischi, muassis)

Davlat ulushi, %

1.

“Navoiy KMK” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

2.

“Navoiyuran” DK

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

100,0

3.

“Olmaliq KMK” AJ

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

98,5

4.

“O‘zmetkombinat” AJ

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

81,1

5.

“O‘zbekneftgaz” AJ

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

99,9

6.

“O‘ztransgaz” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

99,5

7.

“Hududgazta’minot” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

8.

“UzGasTrade” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

9.

“O‘zbekiston MET” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

10.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

11.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

12.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

13.

“O‘zkimyosanoat” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

14.

“Navoiyazot” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zkimyosanoat” AJ

100,0

15.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

16.

“Uzbekistan airways” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

17.

“Uzbekistan Airports” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

18.

“Toshshahartransxizmat” AJ

Transport vazirligi

100,0

19.

“O‘zavtosanoat” AJ

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

100,0

20.

“O‘zbektelekom” AJ

Raqamli texnologiyalar vazirligi

96,2

21.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ

Raqamli texnologiyalar vazirligi

31,51

22.

“O‘zbekko‘mir” AJ

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

97,9

23.

“Agrobank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

52,2

24.

“Asakabank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10,7

25.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

13,1

26.

AT “Xalq banki”

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22,4

27.

“Turonbank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

8,7

28.

“Qishloqqurilishbank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

74,5

29.

“Aloqabank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3,8

30.

“O‘zmilliy bank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

40,7

31.

“Mikrokreditbank” ATB

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

70,8

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: davlat ulushi miqdori o‘zgargan taqdirda, ulush Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘zgarishlarni hisobga olgan holda o‘tkazib beriladi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi PQ-283-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.03.2023-y., 07/23/83/0120-son; 21.08.2023-y., 07/23/283/0633-son)