toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.09.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 30-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3436]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-sentabrdagi 26-mh-sonli ““Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3436-1, 25.09.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-may,
7-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 29-maydagi 7-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari
Mazkur Qoidalar elektron hisoblash mashinalari (bundan buyon matnda EHM deb yuritiladi) uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali” boʻlib, bevosita oʻziga va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan talabnomalarni qabul qiluvchi va ular boʻyicha tegishli amallarni bajaruvchi maxsus tizim;
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Muassasa — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
talabnoma — EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma;
huquq egasi — muallif, uning merosxoʻri, shuningdek qonun yoki shartnoma asosida mutlaq shaxsiy va mulkiy huquqlarga ega boʻlgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.
2-bob. EHM uchun yaratilgan dasturni yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma
2. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma EHM uchun yaratilgan bitta dastur yoki bitta maʼlumotlar bazasiga taalluqli boʻlishi kerak.
3. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
a) EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi muallifi (hammualliflari) va nomiga EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning manzili koʻrsatilgan, mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ariza;
b) EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini identifikatsiya qiladigan deponentlangan materiallar, shu jumladan referat.
4. Talabnoma berganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanadi yoki talabnomaga davlat bojini toʻlashdan ozod qilish, uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari tomonidan davlat boji toʻlanganligini qoʻshimcha hujjat talab qilmasdan Vazirlik tomonidan axborot tizimlari orqali mustaqil ravishda tekshiriladi.
Chet el yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan talabnomaga belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati ilova qilinadi.
5. Vakil orqali topshirilgan arizaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma ilova qilinadi.
6. Talabnoma hujjatlari davlat tilida taqdim etiladi.
Agar talabnoma hujjatlari xorijiy tilda boʻlsa, u holda talabnomaga ularning davlat tilidagi tarjimasi ilova qilinadi. Talabnoma hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Xorijiy ism-familiyalar, tashkilotlar va asarlarning (EHM uchun yaratilgan dasturlar yoki maʼlumotlar bazasi) nomlari davlat tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.
7. Arizaning (71)-kodi ostidagi “Huquq egasi (Talabnoma beruvchi)” grafasida talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi, yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (bundan buyon matnda BIMT deb yuritiladi) ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa) koʻrsatiladi.
Agar talabnoma beruvchilar soni bir nechta boʻlsa, tegishli maʼlumotlar ularning har biri uchun koʻrsatiladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar arizaning faqat (72)-kod ostidagi “Muallif(lar)” grafasida koʻrsatiladi. Ushbu grafaning oʻzida talabnoma beruvchi EHM uchun yaratilgan dasturning yoki maʼlumotlar bazasining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki ularning huquqiy vorisi ekanligi tegishli katakchada “X” belgisini qoʻyish orqali belgilanadi.
Nomiga roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan yuridik shaxslarning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha), STIR yoki JSHSHIR, joylashgan yeri manzillari koʻrsatiladi.
Nomiga EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi jismoniy shaxslar yoki chet ellik yuridik shaxslar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha tegishli mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.
8. Arizaning (54)-kodi ostidagi “Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi nomi” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi nomi koʻrsatiladi.
“Avvalgi yoki muqobil nomi” grafasida EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining avvalgi yoki muqobil nomi koʻrsatiladi. Ushbu grafa roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi avval “Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi nomi” grafasida koʻrsatilgandan boshqacha nomlangan yoki ayni paytda boshqa nomga (qoʻshimcha ravishda) ega boʻlgan hollarda toʻldiriladi.
“Jamlama asar nomi” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini qism sifatida oʻz tarkibiga olgan jamlama asar nomi koʻrsatiladi. Ushbu grafa roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi jamlama asarning bir qismi hisoblanganda toʻldiriladi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirilgunga qadar roʻyxatdan oʻtkazish fakti mavjud boʻlgan hollarda toʻldiriladigan “Avval roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar” grafasida EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining avvalgi roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami va sanasi koʻrsatiladi.
“Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi yaratilgan sana” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining yaratilgan sanasi koʻrsatiladi.
“Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi birinchi bor eʼlon qilingan joy va sana” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi birinchi bor eʼlon qilingan mamlakat nomi va sana koʻrsatiladi.
“Mualliflik huquqi obyektlari boʻlgan asarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan va mualliflik huquqi obyektlari hisoblangan asarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Arizaning 98-kodli “Yozishmalar uchun manzil” grafasida xat oluvchining toʻliq pochta manzili, nomi (yuridik shaxs uchun) yoki ismi (jismoniy shaxs uchun), telefon raqami koʻrsatiladi.
Yozishmalar uchun manzil sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan manzil koʻrsatiladi.
Arizaning “Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati” grafasi ilova qilinayotgan hujjatlarning varaqlari soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.
Ariza shaklida nazarda tutilmagan ilova qilinadigan hujjatlar “boshqa hujjatlar” katakchasida aniq koʻrsatiladi.
9. Arizaning (72)-kodi ostidagi “Mualliflar” va “Toʻliq turar manzili” grafalarida muallif (mualliflar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan manzil, shu jumladan pochta manzili) koʻrsatiladi.
Agar muallif EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilishda muallif sifatida koʻrsatilmaslikni (anonim holda qolishni) yoki taxallus ostida koʻrsatilishni soʻragan boʻlsa, “Eʼlon qilinganida muallif eslatib oʻtilsin” grafasida “X” belgisi qoʻyiladi yoki muallifning taxallusi koʻrsatiladi.
10. Ariza Axborot tizimi orqali toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi tomonidan maʼlumotlar toʻgʻri va toʻliqligi tekshiriladi hamda tasdiqlanadi. Yuridik shaxs nomidan topshiriladigan ariza tashkilot rahbari yoki boshqa vakil qilingan shaxs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda tasdiqlanadi.
Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar arizani pochta aloqasi orqali topshirishda u imzolash yoʻli bilan tasdiqlanadi. Bunda tegishli maʼlumotlar qoʻshimcha varaqlarda keltirilganda ularning har biri imzolanadi.
Ariza ikki va undan ortiq talabnoma beruvchilar tomonidan topshirilganda, ariza talabnoma beruvchilarning kelishuviga muvofiq ularning biri tomonidan tasdiqlanadi.
EHM uchun yaratilgan dasturni identifikatsiya qiluvchi materiallar boshlangʻich matni (muayyan dasturlash tilida yozilgan, muayyan kompilyator qayta ishlamagan matnning toʻliq yoki fragmentlari) 10 MBgacha hajmdagi .pdf formatda taqdim qilinadi. Shu bilan birga, materiallarning tarkibiga uni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallarini hamda uning tomonidan hosil qilinadigan istalgan vizual va audiovizual fayllarni 10 MBgacha hajmdagi .zip formatda kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
Rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilayotgan maʼlumotlar bazasini identifikatsiya qilish maqsadida undagi maʼlumotlarni taqdim etishning obyektiv shakli va majmuaviyligining tashkil qilganligini hamda ularning bir tizimga keltirilganligining aks etishi uchun mazkur maʼlumotlar 10 MBgacha hajmdagi .pdf formatda taqdim qilinadi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini identifikatsiya qiladigan deponentlangan materiallar obyektning nomi, huquq egasi va barcha mualliflar koʻrsatilgan titul varagʻini oʻz ichiga olishi kerak.
11. Agar roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirilgunga qadar ushbu EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi eʼlon qilingan boʻlsa, huquq egasi arizada mualliflik huquqini muhofaza qilish belgisini koʻrsatishi mumkin.
12. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi uchun referat quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining nomi (arizada koʻrsatilgan nomi bilan bir xilda);
b) EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining vazifasi, qoʻllanilish sohasi va funksional imkoniyatlari ochib berilgan annotatsiya (oʻrtacha hajmi 700 belgidan iborat);
v) EHMning toifasi;
g) EHM uchun yaratilgan dastur tili;
d) maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimining turi va versiyasi;
e) operatsion tizim turi va versiyasi;
j) EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining hajmi (kilobaytda).
13. Talabnomada odob-axloq va jamoat tartibiga zid iboralar, rasmlar, tasvirlar va boshqa materiallar, boshqa shaxslarning talabnomalari yoki asarlariga nisbatan asossiz va nooʻrin fikrlar, talabnomaga bevosita taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar va fikrlar boʻlmasligi lozim.
14. EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining annotatsiyasi va materiallarida ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda qoʻllanilgan atamalar va qisqartmalardan foydalaniladi. Bunda, ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda qoʻllanilmaydigan atamalar va qisqartmalar yozilganda, ularning maʼnosi matnda birinchi marta qoʻllanilgan oʻrinda tushuntirib oʻtiladi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda ilmiy boʻlmagan tushunchalar va referatda taʼriflovchi deb hisoblangan terminlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hamma shartli belgilar ochib koʻrsatilishi lozim.
3-bob. Talabnomani topshirish
15. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq huquq egasi talabnomani topshirish huquqiga ega.
Talabnoma Vazirlikka Axborot tizimi orqali topshiriladi.
16. Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan talabnoma Vazirlikka pochta orqali beriladi. Bunda talabnoma Vazirlik tomonidan darhol Axborot tizimiga kiritiladi.
Talabnoma topshirilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar Axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
17. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki uning vakili orqali topshirilishi mumkin.
18. Vazirlikka talablarni buzib taqdim etilgan materiallar boʻyicha Muassasa tomonidan soʻrovnoma yuboriladi va unda soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatda tuzatilgan yoki yetishmayotgan materiallarni taqdim etish taklif qilinadi. Talabnoma beruvchi yoki uning vakili boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan materiallar koʻrib chiqilmaydi. Bunday materiallarni topshirgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.
19. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.
Vazirlik va Muassasa oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma ravishda tuziladi.
Agar ishonchnoma xorijiy tilda berilgan boʻlsa, unga davlat tilidagi tarjimasi ilova qilinadi.
Agar ishonchnoma bir nechta shaxs nomiga berilgan boʻlsa, u holda ishlar ularning istalgani tomonidan olib borilishi mumkin.
4-bob. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish
20. Rasmiy axborotnomada roʻyxatdan oʻtkazilgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼlon qilingunga qadar talabnoma beruvchi oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallariga talabnoma berilgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining mohiyatini oʻzgartirmagan holda va tegishli davlat bojini toʻlash sharti bilan qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish huquqiga ega.
21. Talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli arizalar va almashtiriladigan varaqlarni Axborot tizimi orqali topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2- va 3-ilovalarda keltirilgan.
Talabnoma beruvchi arizani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida 10 kun ichida xabardor qilinadi.
Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish uchun davlat boji toʻlanadi.
Belgilangan miqdordagi davlat boji toʻlanmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan davlat bojining summasi belgilangan miqdorga toʻgʻri kelmagan hollarda talabnoma beruvchi davlat bojining yetmayotgan qismini Muassasa tomonidan bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida toʻlash huquqiga ega.
22. Talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi — jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi) oʻzgartirilganda Vazirlikka Axborot tizimi orqali ariza beriladi va ushbu oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 2-ilovada keltirilgan.
23. Vazirlik tegishli talabnoma raqami va unga kiritilishi lozim boʻlgan tuzatishlar koʻrsatilgan holda talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan tasdiqlangan tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi arizani Axborot tizimi orqali qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.
24. Talabnomaning deponentlanadigan materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlarni kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli almashtiriladigan varaqlarni Axborot tizimi orqali topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5-bob. Talabnomani koʻrib chiqish
25. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari, agar ushbu hujjatlar kamida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizani oʻz ichiga olsa hamda belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganda yoki toʻlovni toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat taqdim qilinsa, ular kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda talabnoma sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
26. Vazirlik talabnomani qabul qilib, roʻyxatga olganidan soʻng talabnoma beruvchiga talabnomaning raqami, kelib tushgan sanasi va Axborot tizimida talabnoma boʻyicha keyingi xizmatlardan foydalanish uchun kuzatuv kodi koʻrsatilgan xabarnomani tegishli ravishda Axborot tizimi orqali avtomatik tarzda yoxud pochta aloqasi orqali yuboradi. Talabnoma beruvchiga yuborilgan kuzatuv kodi maxfiyligini taʼminlash masʼuliyati uning oʻziga yuklatiladi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
27. Qonunning 9-moddasiga muvofiq talabnoma kelib tushganidan soʻng kerakli boʻlgan hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Tekshiruv ushbu Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan talabnomaning kelib tushgan sanasidan eʼtiboran oʻn kun ichida amalga oshiriladi.
28. Agar tekshiruv jarayonida talabnoma ushbu Qoidalarning talablari buzilgan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan va yetmayotgan yoki tuzatilgan maʼlumotlar va/yoki hujjatlarni ikki oy muddatda taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
Talabnomaning tekshiruv muddati soʻrovnoma yuborilgan sanadan boshlab mazkur soʻrovnomaga javob kelib tushgunga qadar toʻxtatib turiladi.
29. Tekshiruv natijasida talabnoma materiallari Qonun va mazkur Qoidalarda belgilangan talablarga muvofiq boʻlsa, EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va shu kunning oʻzida talabnoma beruvchiga yuboriladi.
30. Belgilangan miqdordagi davlat boji toʻlangach Vazirlik Qonunning 9-moddasiga muvofiq EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasini Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida yoki Maʼlumotlar bazalari davlat reyestrida bir ish kuni ichida rasmiy roʻyxatga oladi va Axborot tizimi orqali talabnoma beruvchiga uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani elektron shaklda yuboradi.
EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Vazirlik tomonidan avtomatik tarzda uning rasmiy axborotnomasida eʼlon qilinadi.
Talabnoma beruvchining xohishiga koʻra rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma pochta aloqasi orqali koʻrsatilgan manzilga yuborilishi mumkin.
31. Tekshiruv natijasida talabnoma materiallari Qonun va mazkur Qoidalar talablariga zid boʻlsa, EHM uchun yaratilgan dasturni yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Bunda, mazkur Qoidalarda (shu jumladan Muassasa soʻrovnomasida) koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan, shuningdek hujjatlar mazkur Qoidalar (shu jumladan Muassasa soʻrovnomasi) talablariga muvofiq tarzda rasmiylashtirilmagan holatlardagina zid boʻlishi mumkin.
32. EHM uchun yaratilgan dasturni yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish yoxud ularni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda tegishli qarorni qabul qilish asoslari koʻrsatiladi.
33. Xabarnoma, tekshiruv natijalarining qarorlari va EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kodli) bilan tasdiqlanib yuboriladi.
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun
ARIZA


(22)Talabnomaning kelib tushgan sanasi

_____________________________

(21) Talabnomaning roʻyxat raqami

_________________________________

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, nomi yoki F.I.O.).

__________________________________________

__________________________________________


Telefon: ______________________

Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarni va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun

ARIZA

□ elektron hisoblash mashinalari (EHM) uchun yaratilgan dastur

□ maʼlumotlar bazasi

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(pochta manzili)

(71) Huquq egasi (talabnoma beruvchi)

______________________________________________________________

______________________________________________________________

______________________________________________________________

STIR yoki JSHSHIR

(rezidentlar uchun):
_________________

Mazkur shaxs:

□ muallif

□ ish beruvchi

□ muallifning huquqiy vorisi

□ ish beruvchining huquqiy vorisi hisoblanadi.

BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

_____________

(54) EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasining nomi:

_____________________________________________________________________________

□ Avvalgi nomi

□ Muqobil nomi

Jamlama asar nomi (agar roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi jamlama asarning qismi hisoblansa)

Avval roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Roʻyxat raqami

Roʻyxatga olingan sana

EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi yaratilgan sana

_______ yil _________ sana _____________ oy

EHM uchun yaratilgan dastur yoki maʼlumotlar bazasi birinchi bor nashr qilingan (eʼlon qilingan) joy va sana

Mamlakat

Sana

__________________________________

_______ yil _________ sana _____________ oy

Mualliflik huquqi obyektlari hisoblangan asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

_______________________________________________________________

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati

□ asarni identifikatsiyalovchi deponentlangan materiallar:

boshlangʻich matn ______ varaqda

□ EHM uchun yaratilgan dasturni audiovizual aks ettirgan materiallarni identifikatsiyalovchi materiallar:

□ tasvirlar ____ varaqda

□ boshqa (koʻrsatilsin): _____________________

□ maʼlumotlar bazasini identifikatsiyalovchi materiallar ___ varaqda

□ referat _____ varaqda

□ ishonchnoma

□ davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat

(chet el yuridik va jismoniy shaxslar uchun)

□ boshqa hujjatlar ___________

(72) Muallif

(F.I.O., fuqaroligi, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi)

Turar joy manzili, BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

Eʼlon qilinganida muallif eslatib oʻtilsin:

STIR yoki JSHSHIR (yuridik va jismoniy shaxslar uchun):

____________________________________

____________________________________

________________

________________

□ anonim

□ taxallus ostida

_________

________________

________________

____________________________________

____________________________________

____________________________________

_________________

_________________

_________________

□ anonim

□ taxallus ostida

____________

________________

________________

________________

____________________________________

____________________________________

_________________

_________________

□ anonim

□ taxallus ostida

________

________________

________________

Imzo_______________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Izoh. Kerakli “□” katakcha “X” belgisi bilan belgilanadi.
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga
2-ILOVA

Kelib tushish sanasi ____________

Qayd etilgan raqami №

____________

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi

Oʻzgartirish(lar) kiritish toʻgʻrisida

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(pochta manzili)

(21) Talabnoma raqami

(22) Talabnoma topshirilgan sana

(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, nomi yoki F.I.O.)

____________________________________________________________________________________

Telefon:_________________________

(74) Huquq egasi vakili (toʻliq F.I.O.)

Huquq egasi vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon: Faks: E-mail:

Mazkur arizani taqdim etar ekanman, ushbu talabnoma materiallariga quyidagi oʻzgartirish(lar) kiritilishini soʻrayman:

□ talabnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi

□ talabnoma beruvchining manzili

□ yozishmalar uchun manzil

□ talabnomaning deponentlangan materiallari

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:

Maʼlumotlarning oʻzgartirilgan koʻrinishi:

Arizaga ilova(lar):

□ belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (chet el yuridik va jismoniy shaxslar uchun)

□ davom ettirish uchun varaqlar

□ boshqa hujjatlar

(koʻrsatilsin)

varaqlar soni

Imzo:_______________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Izoh. Kerakli “□” katakcha “X” belgisi bilan belgilanadi.
Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalariga
3-ILOVA

Kelib tushish sanasi ____________

Qayd etilgan raqami №

____________

(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi

Qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi

ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi

(pochta manzili)

(21) Talabnoma raqami

(22) Talabnoma topshirilgan sana

(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishmalar uchun manzil (xat oluvchining toʻliq pochta manzili, nomi yoki F.I.O.)

____________________________________________________________________________________

Telefon:_________________________

(74) Huquq egasi vakili (toʻliq F.I.O.)

Huquq egasi vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon: __Faks: __E-mail:

Mazkur arizani taqdim etar ekanman, ushbu talabnoma materiallariga quyidagi qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritilishini soʻrayman:

□ talabnoma beruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki nomi

□ talabnoma beruvchining manzili

□ yozishmalar uchun manzil

□ talabnomaning depotentlangan materiallari

Qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:

Qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritilgan maʼlumotlarning koʻrinishi:

Arizaga ilova(lar):

□ belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati (chet el yuridik va jismoniy shaxslar uchun)

□ davom ettirish uchun varaqlar

□ boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

varaqlar soni

Imzo:_______________________________________________________________________________

(talabnoma beruvchi yoki vakilining imzosi)

Izoh. Kerakli “□” katakcha “X” belgisi bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 29-maydagi 7-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 18-avgustdagi 45-son “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1402, 2004-yil 6-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 402-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2011-yil 26-avgustdagi 37-son “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1402-1, 2011-yil 30-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 40-son, 426-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktorining 2013-yil 15-apreldagi 68-son “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1402-2, 2013-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 19-son, 243-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2023-y., 10/23/3436/0306-son)