toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.06.2023
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
BUYRUGʻI
ELEKTRON HISOBLASh MAShINALARI UChUN DASTURLARNI RASMIY ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN TALABNOMANI VA MAʼLUMOTLAR BAZALARINI RASMIY ROʻYXATDAN OʻTKAZISh UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KOʻRIB ChIQISh QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 6-sentabrda 1402-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 29-maydagi 7-mh-sonli “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3436, 30.05.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qoidalar kuchga kirgan sanadan eʼtiboran Fan va texnika davlat komiteti raisi tomonidan 1997-yil 15-avgustda tasdiqlangan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ularni koʻrib chiqish uchun qoidalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori v.b. V. YERMOLAYEVA
Toshkent sh.,
2004-yil 18-avgust,
45-son
Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 18-avgustdagi 45-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish
QOIDALARI
Mazkur elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalari (bundan keyin matnda Qoidalar deb keltiriladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Qisqartirmalar roʻyxati
Qonun — Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Vazirlik — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
(roʻyxatning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Davlat muassasasi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi;
(roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
talabnoma — EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma;
huquq egasi — muallif, uning vorisi, shuningdek, qonunga muvofiq yoki shartnoma asosida shaxsiy va mulkiy mutlaq huquqqa ega boʻlgan istalgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
MOʻT — mashinada oʻqiladigan axborot tashuvchi.
1-§. EHM uchun dasturni yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma
1. Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta EHM uchun dasturga yoki maʼlumotlar bazasiga oid boʻlishi lozim.
2. Talabnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
a) EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi muallifi (hammualliflar) va nomiga roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb keltiriladi), shuningdek, uning (ularning) turar joyi yoki manzili koʻrsatilgan rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish soʻralgan ariza;
b) depozitga qoʻyiladigan EHM uchun dasturni yoki maʼlumotlar bazasini identifikatsiyalovchi materiallar, shu jumladan, referat;
3. Arizaga belgilangan miqdorda toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi yoxud toʻlov toʻlashdan ozod qilish, shuningdek, uning miqdorini kamaytirish asoslarini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori va uni toʻlash muddati, toʻlov toʻlashdan ozod qilish, toʻlov miqdorini kamaytirish yoki uni qaytarish asoslari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov summasidan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
4. Vakil orqali topshirilgan arizaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va vakilning vakolatlarini tasdiqlaydigan ishonchnoma, yoxud ishonchnoma nusxasi ilova etiladi.
5. Talabnoma materiallari bir nusxada taqdim etiladi.
6. Talabnoma hujjatlari oʻzbek yoki rus tilida taqdim etiladi.
Agar hujjatlar oʻzga tilda tuzilgan boʻlsa, u holda talabnomaga ularning oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi ilova etiladi. Talabnoma materiallari tarjimasi tarjimani bajargan shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
7. Rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza ushbu Qoidalarga 1-ilovada keltirilgan shaklda, oʻzbek yoki rus tilida topshiriladi.
Agar qandaydir maʼlumotlarni tegishli grafalarda toʻliq joylashtirishning iloji boʻlmasa, u holda ular arizaning tegishli grafasida: “davomini qoʻshimcha varaqda qarang” deb koʻrsatilgan holda xuddi oʻsha shaklda qoʻshimcha varaqda keltiriladi.
Talabnoma beruvchining nomlanishi, asar (EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi) ning nomi iloji boricha oʻzbek yoki rus tilida taqdim etiladi.
Xorijiy ism-familiyalar, korxonalar va asarlarning (EHM uchun dasturlar yoki maʼlumotlar bazasi) nomlari oʻzbek yoki rus tilidagi transliteratsiyada koʻrsatiladi.
8. Arizadagi “Ariza” soʻzi tepasidagi grafalar talabnoma materiallari Vazirlikka kelib tushgandan keyin rekvizitlarni kiritish uchun moʻljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan toʻldirilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
9. (71)-kod ostidagi “Huquq egasi (Talabnoma beruvchi)” grafasida, talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilar) toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi: jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (otasining ismi), bunda familiya ismdan avval koʻrsatiladi, yoki yuridik shaxsning rasmiy nomi (taʼsis hujjati boʻyicha), shuningdek tegishlicha ularning turar joylari yoki manzillari, shu jumladan mamlakatning rasmiy nomi va toʻliq pochta manzili va BIMTning ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa).
Agar talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa, koʻrsatilgan maʼlumotlar ularning har biri uchun keltiriladi.
EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi mualliflari boʻlgan talabnoma beruvchilarning turar joylari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu grafada keltirilmaydi, balki faqat arizaning (72)-kod ostidagi “Muallif(lar)” grafasida bayon etiladi.
Shu grafaning oʻzida talabnoma beruvchi EHM uchun dasturning yoki maʼlumotlar bazasining muallifi, muallifning ish beruvchisi yoki muallifning yoxud muallif ish beruvchisining huquqiy vorisi ekanligi tegishli katakchada “X” belgisini qoʻyish bilan belgilanadi.
Nomiga roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun OKPO kodi koʻrsatiladi.
Nomiga roʻyxatdan oʻtkazish soʻralayotgan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi chet ellik yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar uchun BIMT ST.3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u belgilangan boʻlsa) koʻrsatiladi.
10. (54)-kod ostidagi “Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi nomi” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi nomi koʻrsatiladi.
11. “Avvalgi yoki muqobil nomi” grafasida EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining avvalgi yoki muqobil nomi koʻrsatiladi. Ushbu grafa roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi avval “Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi nomi” grafasida koʻrsatilgandan boshqacha nomlangan yoki ayni paytda boshqa nomga (qoʻshimcha ravishda) ega boʻlgan hollarda toʻldiriladi.
12. “Tarkibli asar nomi” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini qism sifatida oʻz tarkibiga olgan tarkibli asar nomi koʻrsatiladi. Ushbu grafa roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi tarkibli asarning bir qismi hisoblanganda toʻldiriladi.
13. Ushbu EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirilgunga qadar roʻyxatdan oʻtkazish fakti mavjud boʻlgan hollarda toʻldiriladigan “Avval roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar” grafasida avvalgi roʻyxatdan oʻtkazilish raqami va sanasi koʻrsatiladi.
14. “Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi yaratilgan sana” grafasida Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi yaratilgan sana koʻrsatiladi.
15. “Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi birinchi bor nashr qilingan joy va sana” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi birinchi bor nashr qilingan mamlakat va sana koʻrsatiladi.
16. “Mualliflik huquqi obyektlari boʻlgan asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar” grafasida roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini yaratishda foydalanilgan, mualliflik huquqi obyektlari hisoblangan asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi.
17. (98)-kod ostidagi “Yozishmalar uchun manzil” grafada pochta orqali tez yetkazib berish boʻyicha odatdagi talablarni qondiradigan yozishmalar uchun manzil, xat oluvchining ismi yoki nomi, va telefon, teleks, faks raqamlari, e-mail (agar ular boʻlsa) keltiriladi.
Yozishmalar uchun manzil sifatida, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi talabnoma beruvchi (talabnoma beruvchilardan biri) — jismoniy shaxsning turar joyi manzili, yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning joylashgan joyi manzili, yoki huquq egasi vakilining manzili koʻrsatilishi mumkin.
Arizada yozishmalar uchun manzil koʻrsatilmagan taqdirda bunday manzil sifatida huquq egasi vakili joylashgan manzili hisoblanadi, aks holda — Oʻzbekiston Respublikasi hududida manzilga ega boʻlsa, arizaning talabnoma beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga taalluqli grafalarida talabnoma beruvchining (talabnoma beruvchilar bir nechta boʻlsa ulardan birinchisining) manzili hisoblanadi.
18. “Ilova qilinadigan hujjatlar roʻyxati” grafasi ilova qilinayotgan hujjatlar nusxalari va har bir nusxadagi varaqlar soni koʻrsatilgan holda tegishli katakchalarda “X” belgisini qoʻyib chiqish orqali toʻldiriladi.
Turi ariza formasida koʻzda tutilmagan (“boshqa hujjat”) ilova qilinadigan hujjatlar uchun ularning vazifasi aniq koʻrsatiladi.
19. (72)-kod ostidagi “Mualliflar” grafasi va “Toʻliq turar manzili” grafasida muallif (mualliflar) toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi: familiyasi, ismi (otasining ismi), mamlakat nomi va uning BIMT ST.3 standarti boʻyicha kodini oʻz ichiga olgan toʻliq turar joyi pochta manzili.
20. Agar muallif EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qilishda muallif sifatida eslatilmaslikni (yaʼni, anonim holda qolishni) soʻragan boʻlsa yoki taxallus ostida eslatilishni istagan xollarda “Eʼlon qilinganida muallif eslatib oʻtilsin” grafasining tegishli hoshiyalarida “X” belgisi qoʻyiladi. Keyingi holatda ushbu grafaning oʻzida uning taxallusi keltiriladi.
21. Arizaning oxirgi “Imzo” grafasini, imzo qoʻyish sanasini koʻrsatgan holda toʻldirish barcha hollarda majburiydir.
Ariza talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan ariza korxona, tashkilot rahbari yoki rahbar tomonidan vakil qilingan boshqa shaxs tomonidan uning lavozimi koʻrsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Imzolar imzo qoʻyuvchi shaxsning familiyasi va ismi-shariflari koʻrsatilgan holda ochib beriladi.
Ariza ikki va undan koʻp talabnoma beruvchilar tomonidan topshirilayotgan holatda ariza ularning har biri tomonidan imzolanadi, u boʻyicha yozishma esa buning uchun vakolatli boʻlgan bitta talabnoma beruvchi bilan, arizaning tegishli grafasida keltirilgan manzil orqali amalga oshiriladi.
Imzo qoʻyishni talab qiladigan u yoki bu maʼlumotlar qoʻshimcha varaqda keltirilgan hollarda, u ham shunday tartibda imzolanadi.
Nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishi soʻralayotgan talabnoma beruvchining imzosi har bir qoʻshimcha varaqda keltirilishi majburiydir.
22. EHM uchun dasturni identifikatsiya qiluvchi materiallar dastlabki matnning (toʻliq yoki fragmentlari) bosmadan chiqarilgan shaklida 70 betgacha hajmda taqdim etiladi. Deponentlanadigan materiallarning boshqa shaklda taqdim etilishiga talabnoma beruvchining bunday shakl roʻyxatdan oʻtkazilayotgan EHM uchun dasturning identifikatsiya qilinishini koʻproq taʼminlashi toʻgʻrisida izohi mavjud boʻlganida yoʻl qoʻyiladi. Ushbu materiallarning tarkibiga uni ishlab chiqish davomida olingan tayyorlov materiallarini hamda uning tomonidan hosil qilinadigan istalgan vizual qabul qilinadigan shakldagi yoki texnik axborot tashuvchilardagi fayllar koʻrinishidagi audiovizual tasvirlarni, va shuningdek, zaruriyatga qarab texnik axborot tashuvchilardagi ijro etuvchi modullarni kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
23. Fragmentlardan iborat boʻlgan dastlabki matnning bosmadan chiqarilgan varianti taqdim etilganda betlar boshdan oxir raqamlanishdan tashqari qavslarda koʻrsatilgan ularning dastlabki matnning toʻliq bosmadan chiqarilgan variantida egallagan holatini aks ettiruvchi raqamlanishga ega boʻlishi mumkin.
24. Roʻyxatdan oʻtkazilayotgan maʼlumotlar bazasini identifikatsiya qilish maqsadida undagi maʼlumotlarni taqdim etishning obyektiv shakli va majmuaviyligini tashkillash hamda ularni bir tizimga keltirish aks etgan, ushbu maʼlumotlarni 70 betgacha hajmda EHM yordamida topish va ishlov berishga imkon beradigan materiallar taqdim qilinadi.
25. EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini identifikatsiya qiladigan deponentlangan materiallar broshyura qilingan va tikilgan koʻrinishda taqdim etiladi, bunda tikilgan va raqamlangan betlar soni soʻnggi varaqning orqa tarafidagi tikuvchi ip uchlarini birlashtiruvchi va huquq egasi (uning vakili) tomonidan imzolangan yorliqda koʻrsatiladi. Materiallar obyektning nomi, huquq egasi va barcha mualliflar koʻrsatilgan titul varagʻini oʻz ichiga olishi kerak.
26. Agar EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirilgan vaqtda nashr qilingan boʻlsa, huquq egasi mualliflik huquqini muhofaza qilish belgisini koʻrsatishi mumkin.
27. EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi uchun referat quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
a) EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining nomi (arizada qanday koʻrsatilgan boʻlsa, shunday);
b) EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining vazifasi, qoʻllanilish sohasi va funksional imkoniyatlari ochib berilgan annotatsiya. Annotatsiyaning hajmi 700 ta belgidan oshmasligi lozim;
v) ishlatiladigan EHM tipi;
g) dastur tili (EHM uchun dasturga);
d) maʼlumotlar bazasini boshqarish turi va versiyasi (maʼlumotlar bazasi uchun);
e) operatsion tizim turi va versiyasi;
j) EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining mashinada oʻqiladigan shakldagi kilobaytlardagi hajmi.
28. Talabnomada axloq-odob va ijtimoiy tartibga zid iboralar, rasmlar, tasvirlar va boshqa materiallar; boshqa shaxslarning talabnomalari yoki asarlariga nisbatan iltifotsiz fikrlar; talabnomaga ochiqdan-ochiq taalluqli boʻlmagan yoxud talabnoma hujjatlarini ushbu Qoidalarning talablariga muvofiq deb eʼtirof etish uchun zarur boʻlmagan maʼlumotlar va fikrlar boʻlmasligi lozim.
29. EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining annotatsiyasida va uni tushuntirib beruvchi materiallarda standartlashtirilgan atamalar va qisqartmalar, ular mavjud boʻlmagan hollarda esa ilmiy va texnikaviy adabiyotlarda qabul qilingan atamalar va qisqartmalar qoʻllaniladi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda keng qoʻllanilmaydigan atama va ishoralar ishlatilganda, ularning maʼnosi matnda birinchi marta qoʻllanilganda tushuntirib oʻtiladi.
Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda ilmiy boʻlmagan tushunchalarni taʼriflovchi deb hisoblangan terminlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hamma shartli belgilar rasshifrovka qilinishi lozim.
2-§. Talabnoma hujjatlarini rasmiylashtirish
30. Hamma hujjatlar ularni bevosita reproduksiya qilish imkoniyati boʻlgan tarzda rasmiylashtiriladi.
Har bir varaqning faqat bir tomonidan foydalaniladi, qatorlar varaqning kichik tomoniga parallel joylashtiriladi.
31. Talabnomaning hujjatlari pishiq, oq, tekis, yarqiramaydigan qogʻozda rasmiylashtiriladi.
Talabnoma hujjatlarini MOʻTda ham berish mumkin.
32. Talabnomaning har bir hujjati alohida varaqdan boshlanadi. Varaqlar 210x297 mm formatga ega boʻladi. Tavsif va muhim alomatlar majmuini oʻz ichiga olgan varaqlar hoshiyalarining oʻlchamlari quyidagicha boʻladi, mm:
yuqoridan — 20;
oʻngdan — 20;
pastdan — 20;
chapdan — 25
Bu varaqlarda foydalanilgan yoki foydalanishga yaroqli sath atrofida ramka chizilmasligi lozim.
Talabnomaning har bir hujjatida ikkinchi va keyingi varaqlar raqamlanishning alohida seriyasidan foydalangan holda birdan boshlab arab raqamlari bilan tartibma-tartib raqamlab chiqiladi.
33. Hujjatlar qora rangli shrift bilan bosiladi. Referat matni 1,5 interval bilan bosh harflarining balandligi 2,1 mm dan kam boʻlmagan holda bosiladi.
MOʻT da beriladigan materiallarga qoʻyiladigan talablar Vazirlik tomonidan belgilanadi.
(33-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
3-§. Talabnomani topshirish
34. Qonunning 9-moddasi birinchi qismiga muvofiq huquq egasi talabnomani topshirish huquqiga ega.
35. Talabnoma bevosita Vazirlikka topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
36. Talabnoma bevosita talabnoma beruvchi tomonidan yoki uning vakili orqali topshirilishi mumkin.
37. Talabnoma topshirilgandan keyin yuboriladigan materiallarda talabnoma raqami va talabnoma beruvchi yoki uning vakili imzosi boʻlishi shart.
Talabnoma raqami koʻrsatilmagan materiallar, agar raqamni bilvosita aniqlash imkoni boʻlmasa, koʻrilmay qaytarib yuboriladi.
38. Vazirlikka talablarni buzib taqdim yetilgan materiallar boʻyicha soʻrovnoma yuboriladi va unda soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatda tuzatilgan va yetishmayotgan materiallarni taqdim yetish taklif qilinadi. Talabnoma beruvchi yoki uning vakili boʻlmagan shaxslar tomonidan taqdim yetilgan materiallar koʻrib chiqilmaydi. Bunday materiallarni topshirgan shaxsga tegishli bildirishnoma yuboriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
39. Talabnoma boʻyicha ishlarni olib borish va talabnomani koʻrib chiqishda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun talabnoma beruvchi ishonchnoma berish orqali vakil tayinlashi mumkin.
Vazirlik va Davlat muassasasi oldida vakillik qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasida rasmiylashtiriladigan ishonchnoma oddiy yozma ravishda tuziladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Agar ishonchnoma oʻzbek yoki rus tilidan boshqa tilda berilgan boʻlsa, unga oʻzbek yoki rus tilidagi tarjimasi ilova qilinadi.
Agar talabnoma bir nechta shaxs nomiga berilgan boʻlsa, u holda ishlar ularning istalgani tomonidan olib borilishi mumkin.
4-§. Talabnoma hujjatlariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish
40. Rasmiy byulletenda roʻyxatdan oʻtkazilgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi toʻgʻrisida maʼlumotlar eʼlon qilingunga qadar talabnoma beruvchi oʻz tashabbusi bilan talabnoma materiallariga talabnoma berilgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining mohiyatini oʻzgartirmagan holda va tegishli toʻlovni toʻlash sharti bilan qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish huquqiga ega.
41. Talabnoma materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlar kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli yozma arizalar va almashtiriladigan varaqlarni topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ariza shakllari ushbu Qoidalarga berilgan 2- va 3-ilovalarda keltirilgan.
Talabnoma beruvchi arizani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
42. Arizaga talabnoma materiallariga oʻzgartirishlar kiritish uchun toʻlov toʻlangani haqidagi hujjat ilova qilinadi. Toʻlov toʻlangani haqidagi hujjat taqdim etilmagan taqdirda yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilmaydi va bu haqida talabnoma beruvchiga xabar beriladi. Toʻlangan toʻlovning summasi belgilangan miqdorga toʻgʻri kelmagan hollarda talabnoma beruvchi toʻlovning yetmayotgan qismini Davlat muassasasi tomonidan bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida toʻlash huquqiga ega.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
43. Talabnoma beruvchi — yuridik shaxsning nomi yoki talabnoma beruvchi — jismoniy shaxsning familiyami (ismi, otasining ismi) oʻzgartirilganda Vazirlikka ariza beriladi va ushbu oʻzgartirishlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 2-ilovada keltirilgan.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
44. Vazirlik tegishli talabnoma raqami va unga kiritilishi lozim boʻlgan tuzatishlar koʻrsatilgan holda talabnoma beruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi arizani qabul qiladi. Ariza shakli ushbu Qoidalarga berilgan 3-ilovada keltirilgan.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
45. Talabnomaning deponentlanadigan materiallariga qoʻshimchalar, aniqliklar va tuzatishlarni kiritish talabnoma beruvchi tomonidan tegishli almashtiriladigan varaqlarni topshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5-§. Talabnomani koʻrib chiqish
46. Vazirlikka kelib tushgan talabnoma materiallari, agar ushbu hujjatlar kamida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza va belgilangan miqdorda toʻlov toʻlanganligini tasdiqlaydigan hujjatni yoki toʻlovni toʻlashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatni ichiga olsa, ular kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda talabnoma sifatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
47. Talabnomaga Vazirlikning roʻyxat raqami beriladi.
(47-bandning birinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Talabnoma hujjatlarining kelib tushganligi fakti toʻgʻrisida talabnoma beruvchiga roʻyxat raqami va hujjatlarning kelib tushgan sanasi maʼlum qilingan holda xabardor qilinadi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan talabnoma materiallari qaytarilmaydi.
48. Qonunning 9-moddasiga muvofiq talabnoma kelib tushganidan soʻng kerakli boʻlgan hujjatlarning mavjudligi va ularning ushbu Qoidalarning talablariga muvofiqligi tekshiriladi.
Tekshiruv ushbu Qoidalar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan talabnomaning kelib tushgan sanasidan eʼtiboran oʻttiz kunlik muddatda amalga oshiriladi.
49. Agar tekshiruv jarayonida talabnoma ushbu Qoidalarning talablari buzilgan holda rasmiylashtirilganligi aniqlansa, talabnoma beruvchiga aniqlangan kamchiliklar koʻrsatilgan va yetmayotgan yoki tuzatilgan maʼlumotlar va/yoki hujjatlarni soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etish taklif qilingan soʻrovnoma yuboriladi.
50. Tekshiruv natijalari ijobiy boʻlsa, talabnoma beruvchiga EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
51. Belgilangan miqdordagi toʻlov toʻlangach Vazirlik Qonunning 9-moddasiga muvofiq EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini Dasturiy mahsulotlar Davlat reyestrida yoki Maʼlumotlar bazalari Davlat reyestrida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazadi, rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi va EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisida maʼlumotlarni Vazirlikning rasmiy byulletenida eʼlon qiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
52. Tekshiruv natijalari salbiy boʻlsa, talabnoma beruvchiga EHM uchun dasturni yoki maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgani toʻgʻrisida qaror yuboriladi.
Bunda, mazkur Qoidalarda (shu jumladan Davlat muassasasi soʻrovnomasida) koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmagan, shuningdek, hujjatlar mazkur Qoidalar (shu jumladan Davlat muassasasi soʻrovnomasi) talablariga muvofiq tarzda rasmiylashtirilmagan holatlardagina salbiy boʻlishi mumkin.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalariga
1-ILOVA

Kelib tushgan sanasi

Roʻyxat raqami №

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)

□ EHM uchun dasturni
‎□ maʼlumotlar bazasini
‎Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun
‎ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
‎ (pochta aloqasi),
‎Tel: ________ E-mail: __________”

(71) Huquq ega(lar)si (Talabnoma beruvchi(lar))

Tashkilot, korxonaning OKPO boʻyicha kodi

Mazkur shaxs:
□ muallif
□ ish beruvchi

hisoblanadi

□ Muallifning huquqiy vorisi
□ Ish beruvchining huquqiy vorisi


BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi (agar u oʻrnatilgan boʻlsa)

(toʻliq ismi-sharifi yoki nomi va turar joylari yoki manzillari koʻrsatiladi, muallif talabnoma beruvchilarning turar joyi haqidagi maʼlumotlar 97-kod ostidagi grafada bayon etiladi.)

(54) Roʻyxatga olinayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasining nomi:

□ Avvalgi nomi
□ Muqobil nomi

(“X” belgisi bilan belgilansin)
‎‎
Tarkibiy asar nomi (agar roʻyxatga olinayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi tarkibiy asarning qismi hisoblansa)

Avvalgi roʻyxatga olinishi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Roʻyxat raqami

Roʻyxatga olingan sana

‎‎ ‎‎

Roʻyxatga olinayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi yaratilgan sana

_______ sana _________ oy _____________ yil

Roʻyxatga olinayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasi birinchi marta
‎eʼlon qilingan joy va sana

Mamlakat

Sana

‎‎ ‎‎
Mualliflik huquqi obyektlari hisoblangan asarlar (roʻyxatga olinayotgan EHM uchun dastur yoki maʼlumotlar bazasini yaratishda qoʻllangan) toʻgʻrisida maʼlumotlar
(98) Yozishma uchun manzil (toʻliq pochta manzili, adresatning ism-sharifi yoki nomi)

Telefon:‎‎ ________________________Faks:_______________________ ‎‎‎‎‎‎ E-mail:‎‎
‎‎

Ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati ([X] bilan belgilansin)

Nusxalar soni

□ Asarni identifikatsiyalovchi deponentlangan materiallar:
bosmadan chiqarilgan dastlabki matn ______ varaqda
□ EHM uchun dasturni audiovizual aks ettirgan materiallarni identifikatsiyalovchi materiallar:
□ bosmadan chiqarilgan tasvirlar ____ varaqda
□ boshqa (koʻrsatilsin): _____________________
□ maʼlumotlar bazasini identifikatsiyalovchi materiallar ___ var.
□ bajarilishi mumkin boʻlgan modulli disketlar _____ dona
□ optik disk _____ dona
□ referat _____ varaqda
□ ishonchnoma
□ toʻlov toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat
□ toʻlov toʻlashdan ozod qilish uchun asoslar mavjudligi
□ toʻlovni miqdorini kamaytirish uchun asoslar mavjudligi
‎‎□ boshqa hujjatlar ___________
□ talabnoma mashinada oʻqiladigan axborot tashuvchidagi nusxasi bilan birga topshiriladi
□ talabnomaning mashinada oʻqiladigan axborot tashuvchidagi nusxasi bosmadan chiqarilgan talabnomaning aynan nusxasi boʻlishi lozim
(72) Muallif(lar) familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, ish joyi, lavozimi va ilmiy darajasi

Toʻliq yashash manzili (viloyat, tuman, shahar, koʻcha, uy; xorijliklar uchun BIMT ST. 3 standarti boʻyicha mamlakat kodi)

Eʼlon qilishda muallif eslatib oʻtilsin:
‎([x] bilan belgilansin)
‎‎

Muallif(lar) imzosi(lari), sana

‎‎ ‎‎ □ anonim
□ taxallus ostida
_____________________
‎‎ ‎‎

□ anonim

□ taxallus ostida
_____________________
‎‎ ‎‎

□ anonim

□ taxallus ostida
_____________________

□ Mualliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga qoʻshimcha varaqda qarang.

Mualliflarning jami soni _______.
Imzo
Talabnoma beruvchi(lar)yoki huquq egasi vakilining imzosi;imzo(lar) qoʻyilgan sana (yuridik shaxs nomidan imzolanganda rahbarning yoki buning uchun vakolatli boʻlgan boshqa shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalariga
2-ILOVA

Kelib tushgan sanasi

Roʻyxat raqami №‎‎‎

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)


‎tuzatish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi
ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
‎(pochta aloqasi),
‎Tel: ________ E-mail: __________

(21) talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana ‎‎‎
(71) Talabnoma beruvchi
(98) Yozishma uchun manzil (toʻliq pochta manzili, adresatning ism-sharifi yoki nomi)
Telefon: Faks:‎ E-mail ‎‎‎
(74) Huquq egasi vakili (toʻliq ism-sharifi)‎
Huquq egasi vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)
Telefon: Faks: ‎ E-mail ‎‎
‎Mazkur arizani taqdim etar ekanman, ushbu talabnoma materiallariga tuzatish(lar) kiritilishini soʻrayman
‎□ talabnoma beruvchining ism-sharifi (nomi)
‎□ talabnoma beruvchining manzili
‎□ yozishma uchun manzil
‎□ talabnomaning depotentlangan materiallari ‎
Tuzatilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:‎‎‎
‎Maʼlumotlarning tuzatilgan koʻrinishi:
‎□ alohida varaqdagi davomiga qarang

□ Arizaga ilova(lar):
□ belgilangan miqdorda toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi hujjat
□ davom ettirish uchun varaqlar

□ boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

nusxalar soni

varaqlar soni



‎‎
Imzo(lar)
‎Talabnoma beruvchi(lar)yoki huquq egasi vakilining imzosi;imzo(lar) qoʻyilgan sana (yuridik shaxs nomidan imzolanganda rahbarning yoki buning uchun vakolatli boʻlgan boshqa shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturni rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani va maʼlumotlar bazasini rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnomani tuzish, topshirish va koʻrib chiqish Qoidalariga
3-ILOVA

Kelib tushgan sanasi

Roʻyxat raqami №‎‎‎

‎‎(Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻldiriladi)


‎tuzatish(lar) kiritish toʻgʻrisidagi
ARIZA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
‎(pochta aloqasi),
‎Tel: ______ E-mail: __________

(21) talabnoma raqami
(22) Talabnoma topshirilgan sana ‎‎‎
(71) Talabnoma beruvchi

(98) Yozishma uchun manzil (toʻliq pochta manzili, adresatning ism-sharifi yoki nomi)

Telefon: Faks: ‎ E-mail ‎
(74) Huquq egasi vakili (toʻliq ism-sharifi)

Huquq egasi vakilining manzili (toʻliq pochta manzili)

Telefon:‎‎ Faks: ‎‎ E-mail ‎‎
Mazkur arizani taqdim etar ekanman, ushbu t�labnoma materiallariga quyida keltirilganlarga mos ravishda oʻzgartirish(lar) kiritilishini soʻrayman:
□ talabnoma beruvchining ism-sharifi (nomi)
□ talabnoma beruvchining manzili
□ yozishma uchun manzil
□ talabnomaning depotentlangan materiallari

Oʻzgartirilishi lozim boʻlgan maʼlumotlar:


□ alohida varaqdagi davomiga qarang
Maʼlumotlarning oʻzgartirilgan koʻrinishi:


□ alohida varaqdagi davomiga qarang

□ Arizaga ilova(lar):
□ belgilangan miqdorda toʻlov toʻlangani toʻgʻrisidagi hujjat
□ davom ettirish uchun varaqlar

□ boshqa hujjatlar (koʻrsatilsin)

nusxalar soni

varaqlar soni.



‎‎
Imzo(lar)
Talabnoma beruvchi(lar)yoki huquq egasi vakilining imzosi;imzo(lar) qoʻyilgan sana (yuridik shaxs nomidan imzolanganda rahbarning yoki buning uchun vakolatli boʻlgan boshqa shaxsning imzosi muhr bilan tasdiqlanadi)
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 24-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3393, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 36-son, 402-modda; 2011-y., 40-son, 426-modda; 2013-y., 19-son, 243-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3393/0952-son)