toggle_night_mode
Hujjat 04.01.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKYENGILSANOAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSHQARUV TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA RESPUBLIKA YENGIL SANOATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq yengil sanoatni boshqarishni yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va tugallangan siklga ega boʻlgan yangi ishlab chiqarishlarni yaratish, birinchi navbatda eksport potensialini kengaytirish va raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tarmoqqa investitsiyalarni jalb etish boʻyicha ragʻbatlar va preferensiyalarni chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga zaruriyat boʻlganda ijro etuvchi apparat tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishga ruxsat berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari hisoblansin:
tarmoqni barqaror rivojlantirishning istiqbolli strategiyasini belgilash;
tashqi va ichki bozorlarda raqobatga bardoshli boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish, bunda ip yigirishdan tayyor buyumlar ishlab chiqarishgacha boʻlgan barcha texnologik jarayonlarda mahsulotlar sifati oshirilishi va qiymati pasaytirilishini nazarda tutish;
xorijiy sheriklar bilan uncha katta boʻlmagan, ixcham qoʻshma korxonalar tashkil etish, shuningdek yengil sanoat korxonalarini xususiylashtirish va xususiy mulk etib berish masalalariga butun choralar bilan koʻmaklashish, bunda yirik hamda bozor sharoitlariga moslashmagan ulkan korxonalar tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish, bunda ularda zamonaviy ilgʻor asbob-uskunalar va texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutish;
yengil sanoat sohasida jahon bozorida yetakchi mavqeni egallagan mamlakatlar tajribasini chuqur oʻrganish va marketing tadqiqotlarini tashkil etish, bunda tarmoqning eksport potensialini rivojlantirishga va tovarlarni tashqi bozorlarga kiritishga alohida eʼtibor qaratish;
tarmoqda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, korxonalar va tashkilotlarga axborot xizmatlari koʻrsatish, keng reklama faoliyatini amalga oshirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmalari va yarmarkalarini, shu jumladan chet ellarda tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda Kompaniya ustaviga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin hamda uni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2004—2006-yillar uchun Investitsiya dasturi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 3-ilova berilmaydi.
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yangi korxonalar qurilishi va ishlab turganlarining rekonstruksiya qilinishi faqat yangi, ilgari ishlatilmagan texnologiya asbob-uskunalarini oʻrnatish asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi bayonoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past boʻlmagan narxlar boʻyicha erkin muomaladagi valyutaga (qoʻshilgan qiymat soligʻini nul stavka boʻyicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini) 2007-yil 1-yanvargacha xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin, bunda ushbu yarim tayyor mahsulotlardan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 80 foizi eksportga yoʻnaltirilishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yengil sanoat mahsulotlari sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek assortimentini kengaytirish uchun “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan olib kelinayotgan 4-ilovaga* muvofiq ximikatlar, boʻyoqlar, furnitura va aksessuarlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan boshqa yordamchi materiallar 2007-yil 1-yanvargacha import bojxona bojlari toʻlashdan ozod qilinsin.
* 4-ilova berilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Belgilab qoʻyilsinki, boʻshaydigan mablagʻlar tarmoq korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashda maqsadli foydalaniladi.
7. Tayyor tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yengil sanoat korxonalariga toʻlovning akkreditiv shakli tasdiqlangan taqdirda akkreditivning amal qilish muddatini 90 kungacha etib belgilashga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Respublika tijorat banklariga yengil sanoat korxonalariga eksportbop mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun muddati 180 kungacha boʻlgan qisqa muddatli kreditlar, shu jumladan valyuta kreditlari berish tavsiya qilinsin.
11. 2005-yildan 1-yanvardan boshlab ikki yil muddatga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga, paxta tolasining barcha hajmi ular tomonidan tayyor tovargacha (tikuvchilik, trikotaj, chulki-paypoq mahsulotlari) toʻliq qayta ishlanishi hamda ishlab chiqarish hajmining kamida 80 foizi eksport qilinishi sharti bilan, erkin muomaladagi valyutaga xarid qilinadigan paxta tolasi uchun 5 foiz miqdorida qoʻshimcha chegirma berilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi uchun qoʻshimcha chegirma berish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2004-yil 1-iyulgacha yengil sanoat korxonalari uchun Kadrlar (menejerlar va texnologlar) malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini tashkil etsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 636-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 25-mart,
141-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 25-martdagi 141-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning 1, 3 va 7-bandlari hamda qarorga 1, 2, 3, 4, 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“2006-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2007-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2005-yilgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasiga kirgan” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2016-y., 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)