toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.03.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA YENGIL SANOATINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQARIShNI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika yengil sanoatini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 1-iyuldagi PF-3102-son Farmonini bajarish hamda to‘qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va chinni sanoati korxonalarini jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, tarmoq korxonalarini aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va uni tashkil etish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
2. Belgilansinki:
“O‘zbekyengilsanoat” (“O’zbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
“O‘zbekyengilsanoat” (“O’zbekyengilsanoat”) davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga mulkchilikning turli shakllaridagi, paxta tolasini qayta ishlash, trikotaj, tikuvchilik va chinni buyumlar ishlab chiqarish, shuningdek kompaniya ustaviga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar kirishi mumkin;
“O‘zbekyengilsanoat” (“O’zbekyengilsanoat”) davlat-aksiyadorlik kompaniyasi apparati ta’minoti o‘z xo‘jalik faoliyati va uning tarkibiga shartnoma asosida kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
4. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zbekyengilsanoat” (“O’zbekyengilsanoat”) yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshlang‘ich ustav sarmoyasi kompaniyaning ustav sarmoyasidagi davlat ulushi hisobiga 5-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining kompaniyaga (tasarruf etish huquqisiz) beriladigan aksiyalari davlat paketlari, shuningdek qayta tashkil etilayotgan “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi mol-mulki hisobiga shakllantiriladi.
*5-ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qayta tashkil etilayotgan “O‘zbekyengilsanoat” uyushmasi bilan birgalikda aksiyadorlik jamiyatlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini va kompaniya tarkibiga kiruvchi qo‘shma korxonalardagi ulushlarni “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga berishni belgilangan tartibda bir oy muddatda rasmiylashtirsin.
5. Belgilansinki, “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi to‘qqiz nafar kishidan, shu jumladan rais va uning ikki nafar o‘rinbosarlaridan iborat bo‘ladi, o‘rinbosarlardan biri birinchi o‘rinbosar – bosh menejer hisoblanadi. Boshqaruv raisi kompaniyani boshqarish yuqori organlari tomonidan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Boshqaruv raisining o‘rinbosarlari kompaniyani boshqarish yuqori organlari tomonidan saylanadilar va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
“O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari esa — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
“O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisiga zarurat bo‘lganda ijro etuvchi apparat tuzilmasiga belgilangan shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi obyektlarni qurish va texnika bilan qayta jihozlash uchun keltiriladigan texnologiya asbob-uskunalari va asbob-uskunalarga ehtiyot qismlar uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) istisno tariqasida 2007-yil 1-yanvargacha ozod qilinsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 2-iyul,
240-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 12-son, 145-modda)
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga
8-ILOVA
Hukumatning to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) masalalari to‘g‘risida” 1991-yil 20-maydagi 139-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda uning korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 28-noyabrdagi 558-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi, qarorning 2, 3, 5, 7, 8-bandlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston yengil sanoat mollari ishlab chiqarish davlat uyushmasi (“O‘zbekyengilsanoat”) korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 4-apreldagi 179-son qarorining 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8-bandlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarorining 11-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 13-son, 103-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 12-son, 145-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2014-y., 1-son, 6-modda)