1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.05.00 Kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKYENGILSANOAT” DAVLAT-AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSHQARUV TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH VA RESPUBLIKA YENGIL SANOATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq yengil sanoatni boshqarishni yanada erkinlashtirish, ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va tugallangan siklga ega boʻlgan yangi ishlab chiqarishlarni yaratish, birinchi navbatda eksport potensialini kengaytirish va raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tarmoqqa investitsiyalarni jalb etish boʻyicha ragʻbatlar va preferensiyalarni chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)
3. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda Kompaniya ustaviga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin hamda uni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
4. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining 2004—2006-yillar uchun Investitsiya dasturi 3-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
* 3-ilova berilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.08.00 Sanoat qurilishi]
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining yangi korxonalar qurilishi va ishlab turganlarining rekonstruksiya qilinishi faqat yangi, ilgari ishlatilmagan texnologiya asbob-uskunalarini oʻrnatish asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi bayonoti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalariga kontrakt tuzish paytida vujudga kelgan jahon narxlaridan past boʻlmagan narxlar boʻyicha erkin muomaladagi valyutaga (qoʻshilgan qiymat soligʻini nul stavka boʻyicha hisoblagan holda) ichki bozorda yarim tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini (kalava, gazmol, trikotaj polotno va paxtani yigirish chiqindilarini, aksessuarlar va furniturani) 2007-yil 1-yanvargacha xarid qilishiga istisno tariqasida ruxsat berilsin, bunda.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-dekabrdagi PQ-2687-sonli qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 51-son, 584-modda)
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.04.00 Eksport bojxona bojlari]
6. Yengil sanoat mahsulotlari sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek assortimentini kengaytirish uchun “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan olib kelinayotgan 4-ilovaga* muvofiq ximikatlar, boʻyoqlar, furnitura va aksessuarlar, shuningdek respublikada ishlab chiqarilmaydigan boshqa yordamchi materiallar 2007-yil 1-yanvargacha import bojxona bojlari toʻlashdan ozod qilinsin.
* 4-ilova berilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-son “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Belgilab qoʻyilsinki, boʻshaydigan mablagʻlar tarmoq korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlashda maqsadli foydalaniladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.21.00 Engil, mahalliy sanoat;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
7. Tayyor tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi yengil sanoat korxonalariga toʻlovning akkreditiv shakli tasdiqlangan taqdirda akkreditivning amal qilish muddatini 90 kungacha etib belgilashga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Respublika tijorat banklariga yengil sanoat korxonalariga eksportbop mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun muddati 180 kungacha boʻlgan qisqa muddatli kreditlar, shu jumladan valyuta kreditlari berish tavsiya qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.06.00 Vaqtinchalik soliq imtiyozlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.04.00.00 Milliy iqtisodni himoya qilish borasida davlatning chora-tadbirlari / 10.04.03.00 Eksportni qullab-quvvatlash]
11. 2005-yildan 1-yanvardan boshlab ikki yil muddatga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga, paxta tolasining barcha hajmi ular tomonidan tayyor tovargacha (tikuvchilik, trikotaj, chulki-paypoq mahsulotlari) toʻliq qayta ishlanishi hamda ishlab chiqarish hajmining kamida 80 foizi eksport qilinishi sharti bilan, erkin muomaladagi valyutaga xarid qilinadigan paxta tolasi uchun 5 foiz miqdorida qoʻshimcha chegirma berilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.09.00 Paxta tozalash sanoati;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.05.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek, 07.28.04.00 ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga paxta tolasi uchun qoʻshimcha chegirma berish tartibini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi 2004-yil 1-iyulgacha yengil sanoat korxonalari uchun Kadrlar (menejerlar va texnologlar) malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
13. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 29-oktabrdagi 636-f-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-martdagi 164-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-martdagi 141-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 2-iyuldagi 240-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Qarorning 1, 3 va 7-bandlari hamda qarorga 1, 2,3, 4, 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
“2006-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2007-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2005-yilgacha boʻlgan davrda toʻqimachilik va yengil sanoat korxonalarini rivojlantirish Konsepsiyasiga kirgan” soʻzlari “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 145-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2014-y., 50-son, 590-modda; 2016-y., 51-son, 584-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.03.2018-y., 09/18/164/0849-son)