1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va bunyodkorlik salohiyatini qoʻllab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil natijalari joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bu orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish, bandlikni taʼminlash, oʻz mehnati bilan daromad topish istagida boʻlgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlari talab darajasida emasligini koʻrsatmoqda.
Mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar anʼanalari, ishbilarmonlik salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va zaxira mavjudligidan dalolat beradi.
Har bir oilaning tadbirkorlik bilan shugʻullanishi va barqaror daromad manbaiga ega boʻlishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Belgilab qoʻyilsinki, mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti ogʻir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy oʻzgarishlar amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) amalga oshiriladi.
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlash;
tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shugʻullanmagan aholiga tadbirkorlik koʻnikmalarini oʻrgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam koʻrsatish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.01.00 Umumiy masalalar]
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.06.00 Kasanachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi subyektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qoʻshimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.06.00 Fermer xoʻjaliklari. Klaster va issiqxona xoʻjaliklari]
qishloq va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini yetishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shugʻullanishni boshlagan oilalarga biriktirish — mini-klasterlar tashkil etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
joylarda oilaviy tadbirkorlikka koʻrsatiladigan xizmatlar koʻlamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi obyektlari, xizmat koʻrsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;
qishloq va mahallalarda boʻsh turgan yer maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlariga berish orqali aholi uchun qoʻshimcha ish oʻrinlari va daromad manbalarini yaratish;
vaqtinchalik moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
4. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlariga:
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining har bir oilani oʻrganish natijalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha kiritilgan muammolarni hal etish choralarini koʻrib borish, respublika miqyosida hal etilishi zarur boʻlgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;
tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholini tadbirkorlikka jalb etish, faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasida tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va har oy natijalari boʻyicha ular faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
har bir tuman va shaharda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida Dastur koordinatorlariga batafsil axborot kiritib borish;
tadbirkorlik bilan shugʻullanish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni ushbu faoliyatga yoʻnaltirish uchun joylarga chiqqan holda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos boʻlgan turlari” mavzusida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yoʻnalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish;
ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda oʻrganib borgan holda barqaror hamda dolzarb talabga ega boʻlgan mahsulotlarning roʻyxati va hajmi yuzasidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻidan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda yetkazib borish va yoʻnalishlar berib borish;
tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan oilalarga xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning taqdimotlarini oʻtkazish va sotib olishga koʻmaklashish;
koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qoʻshimcha daromad topish imkonini yaratish;
tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish (shu jumladan, budjet tashkilotlariga) orqali ularning faoliyatiga koʻmaklashish vazifalari yuklatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
6. Tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlariga:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
har bir oila va xonadonlarni xatlov asosida qamrab olgan holda tadbirkorlik bilan shugʻullanish salohiyati, istak va takliflarni sinchkovlik bilan oʻrganish;
oʻrganish davomida oilalarning tadbirkorlik gʻoyasi va koʻnikmasi, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli sharoitlari mavjudligini aniqlash;
hovli va koʻp qavatli xonadonlarda yashovchi har bir oilaning tadbirkorlik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish, yashash hududining xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlari uchun keng qamrovli yoʻnalishlar berish va koʻmaklashish;
tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish istagida boʻlgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish ishlarini tashkillashtirish;
aholining shaxsiy tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berish, ularni amalga oshirishga koʻmaklashish;
tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oilalarga yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ayrim sabablarga koʻra faoliyatini toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar faoliyatini qayta tiklash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi hamda mavjud muammolar hal etilishiga amaliy yordam berish;
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshirishda hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa davlat xizmatlari koʻrsatilishida tavsiyalar hamda koʻmak berish;
har oyda kamida bir marta tadbirkorlikni yangi tashkil qilgan oilalarga tashrif buyurib, faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganib borish, ularni bartaraf etish va ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini oʻrganish;
oʻrganish natijalari boʻyicha hudud va respublika miqyosida hal etilishi zarur boʻlgan masalalar va takliflarni hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlariga kiritib borish vazifalari yuklatilsin.
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.07.00 Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)]
8. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasiga zarur boʻlgan holatlarda Dasturda belgilangan vazifalarni qoʻshimcha moliyalashtirish tavsiya etilsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) Dastur doirasida tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlarga ustuvor ravishda kafilliklar va foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari Jamgʻarmaga tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladigan yoʻnalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib borsin.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
9. Belgilab qoʻyilsinki, tijorat banklari tomonidan kreditlar:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
50 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda — oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.04 Kafillik;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.04.00 Bank kreditlarining qaytarilishini taʼminlash]
300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sugʻurta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamgʻarmaning kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa taʼminot turlari;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
300 million soʻmdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan taʼminot turlariga asosan ajratiladi.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi boʻyicha, 2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda beriladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmi qoʻllaniladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 300 million soʻmdan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan kredit ajratishga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan berilgan tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi yuklatilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari aʼzolari oʻz qarori asosida imtiyozli kredit ajratilgan loyihalarning toʻliq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashini monitoring qilsin.
Dastur koordinatorlari hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining qarorlari asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borsin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sugʻurtalanganda sugʻurta toʻlovini 4 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda belgilash hamda sugʻurtalash shartlarini yengillashtirish choralarini koʻrsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish);
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.11.00 Yerga boʻlgan huquqlarning bekor boʻlishi]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalanilmayotgan yer maydonlarini inventarizatsiyadan oʻtkazib, belgilangan muddatlarda foydalanilmagan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda bekor qilinishi hamda ushbu yer maydonlarini Dastur doirasida faoliyatini boshlayotgan va kengaytirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ajratish yuzasidan zaruriy choralar koʻrsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi davlat roʻyxatidan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ular faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin va natijasi yuzasidan har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda tuman va shaharlarda zamonaviy mini-texnologiyalar va boshqa uskunalar sayyor koʻrgazmalarini tashkil qilish choralarini koʻrsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
15. Joriy yilning 10-iyunidan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Har bir oila — tadbirkor” hududiy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Hududiy dastur) amalga oshirilsin.
Andijon viloyati hokimi (Sh.Q. Abdurahmonov) joriy yilning 10-iyuniga qadar mazkur qarorda koʻrsatilgan ishchi guruhlarni tuzsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
16. Hududiy dasturda koʻzda tutilgan vazifalarni moliyaviy taʼminlash maqsadlariga Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan jalb qilinadigan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
Dastur koordinatorlari mazkur mablagʻlarni tumanlar (shaharlar) salohiyati, kelib tushgan murojaatlarning asoslanganligi, shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlasin hamda ularga zarur hollarda qayta taqsimlash vakolati berilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (A.K. Mirsoatov) ushbu kredit mablagʻlarini Dastur koordinatorlari taqsimotiga asosan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tijorat banklariga yillik 3 foiz toʻlov sharti bilan qayta moliyalashtirsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar]
17. Andijon viloyati hokimligi (Sh.Q. Abdurahmonov) manfaatdor vazirlik, idora va xoʻjalik birlashmalari, Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki bilan birgalikda:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.08 Parrandachilik. Parranda fermalari]
bir oy muddatda naslli qoramol, parranda va quyonlarni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalarni tashkil etish;
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
mazkur fermalarga chet eldan mahsuldorligi yuqori boʻlgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarini olib kelish, koʻpaytirish hamda viloyatning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos zotlarini yaratish, mollarni sunʼiy qochirishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish;
mazkur fermalarda mahalliy sharoitga moslashtirilgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarining koʻrgazmalarini tashkil etish va aholi xohishiga asosan ularni tanlov asosida maqbul narxlarda sotib olinishiga zamin yaratish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
aholiga maxsus fermalardan sotib olingan chorva mollari, quyon va parrandalarni boqish texnologiyalarini batafsil tushuntirish va kelgusida har bir xonadonda mavjud chorva mollari va parrandalarni vaksinatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, aholiga nasldor mollarni sunʼiy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari koʻrsatish tarmogʻini kengaytirish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.11.00 Texnik va em-xashak ekinlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.15.00 Veterinariya va zootexnika tadbirlari]
sifatli omixta yem ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish borasida loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama koʻmaklashish, aholining yillik ehtiyojini hisobga olgan holda omixta yem, vitaminlar, premikslar, qoʻshimchalar hamda veterinariya preparatlarini yetkazib berish;
yirik tadbirkorlarni jalb etgan holda sanoatlashgan chorvachilik klasterlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son)
19. Belgilansinki, respublikaning boshqa hududlarida Dastur uni amalga oshirishning aniq moliyaviy manbalari va hisob-kitoblarini nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilsin.
21. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror bilan belgilab berilgan maqsad va vazifalarni keng koʻlamda yoritish tavsiya etilsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 7-iyun,
PQ-3777-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 07/18/3777/1325-son; 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 03.04.2024-y., 07/24/149/0262-son; 09.02.2026-y., 07/26/49/0121-son)