1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.02.00 Madaniyat sohasida boshqaruv. Madaniyat sohasida faoliyatni amalga oshirishni litsenziyalash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 27-sentabrdagi PF-3491-son Farmoniga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 5-apreldagi 96-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 6-iyul,
156-son
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-avgustdagi 401-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 29-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirini tayyorlash va uni koʻplab ishlab chiqarish tartibining 3-bandiga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 18-martdagi 144-son qarorining 13 va 14-bandlarida “Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining” soʻzlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi., 226-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2008-y., 42-son, 422-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash toʻgʻrisida” 1994-yil 23-dekabrdagi 618-son qarorida:
a) 3-bandda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
ikkinchi xatboshida “Madaniyat ishlari vazirligining muzeylari” soʻzlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligining madaniy-maʼrifiy muassasalari, kutubxonalari va muzeylari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshida “davlat uyushmasi” soʻzlari “davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 5-bandda “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiyot vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
“9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligiga Madaniyat va sport ishlari vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin”.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi 210-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 09/22/210/0345-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya shon-shuhrati muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 14-avgustdagi 284-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 8-son, 23-modda):
a) 4-bandda “Davlat sport qoʻmitasi” soʻzlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ichki suv transporti ustavining 21-bandi beshinchi xatboshida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi” soʻzlari “Madaniyat va sport ishlari vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Sharq taronalari” xalqaro musiqiy festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida” 1997-yil 11-martdagi 132-son qarorining 1-bandi birinchi va toʻrtinchi xatboshiga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar boʻyicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) roʻyxatining 2 va 5-bandlariga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi masalalarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 23-martdagi 131-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 3-son, 15-modda):
a) 2 va 4-bandlarda “Madaniyat ishlari vazirligidan”, “Madaniyat ishlari vazirligining” soʻzlari tegishli ravishda “Madaniyat va sport ishlari vazirligidan”, “Madaniyat va sport ishlari vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (1-ilova):
v) 4-bandning birinchi xatboshida, 5-bandning birinchi va ikkinchi xatboshida, 11, 13-bandlarda va Oʻzbekiston Respublikasida madaniy boyliklarni realizatsiya qilishda qatnashuvchi yuridik shaxslarga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2-ilova) “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 4-noyabrdagi 245-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 383-modda)
15. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 10-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv ishi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaning oʻn uchinchi xatboshiga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son)
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2016-y., 1-son, 5-modda)
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
20. Vazirlar Mahkamasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 29-iyuldagi 269-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 45-modda):
a) Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (3-ilova) 6, 20, 28, 29-bandlariga, 30-bandining ikkinchi xatboshiga, 36, 41, 43-bandlariga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovada:
1-sxemaga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
1-sxemaga izohlarning 2, 5, 6 va 7-bandlariga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin;
1-sxemaga izohlarning 8-bandida “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-sxemaga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin;
2-sxemaga izohlarning 2, 5, 6 va 7-bandlarida “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin;
2-sxemaga izohlarning 8-bandida “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasiga” soʻzlari “Oʻzgeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat kanservatoriyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-sentabrdagi 315-son qarorining 7-bandi uchinchi xatboshiga “Madaniyat” soʻzidan keyin “va sport” soʻzlari qoʻshilsin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
25. Vazirlar Mahkamasining “Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 26-iyuldagi 358-son qarorida:
a) 1-ilovada “Azizxoʻjayev A.A. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari” soʻzlari “Qosimov R.S. — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin, “Qosimov R.S. — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri” soʻzlari chiqarib tashlansin, “Zokirov F.K. — Madaniyat ishlari vaziri vazifasini bajaruvchi” soʻzlari “Azizxoʻjayev A.A. — Madaniyat va sport ishlari vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 27-ilovada “Davlat sport qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 507-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son)
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi 425-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 27-son, 191-modda; 2008-y., 42-son, 422-modda; 2010-y., 44-45-son, 383-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda; 2016-y., 1-son, 5-modda; 2017-y., 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 20.12.2019-y., 09/19/1015/4174-son; 07.07.2020-y., 09/20/425/1034-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2022-y., 09/22/210/0345-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son; 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)