1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZBEKISTONDA TEATR VA MUSIQA SANʼATINI YANADA RIVOJLANTIRISHNI QOʻLLAB-QUVVATLASH VA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI FARMONNI AMALGA OSHIRISH MASALALARI HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.12.00 Teatr-konsert faoliyati]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 09/18/458/1375-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyundagi 458-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2018-y., 09/18/458/1375-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.14.00 Pensiyalarga ustamalar]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy taʼminot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli toʻlash Tartibini hamda ishdan boʻshagan taqdirda farmonning 2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qoʻshiladigan har oylik ustamalar toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Madaniyat ishlari vazirligi teatr-konsert tashkilotlarining hamda oʻquv yurtlarining pensiyaga chiqqan xodimlari tarkibini aniqlasinlar va 1995-yil 1-noyabrdan boshlab ularning pensiyalari miqdorlarini qayta hisob-kitob qilsinlar.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.14.00 Pensiyalarga ustamalar]
Pensiyalarga ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlansin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 1-martdagi 103-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 5-son, 20-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda koʻrsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va oʻquv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga* muvofiq zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
* 3-ilova berilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
6. Toshkent davlat konservatoriyasining yangi binosi qurilishi uchun:
uni loyihalashtirish va qurish boʻyicha buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi;
bosh loyihalovchi etib — “Toshshaharloyiha” instituti;
bosh pudratchi etib — “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi belgilansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.01 Investitsiya dasturlari]
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi konservatoriya qurilishini investitsiya dasturiga kiritsinlar hamda 1996-yildan boshlab uning loyihalashtirilishi va qurilishi uchun Madaniyat ishlari vazirligiga markazlashtirilgan kapital mablagʻlar limitlari ajratishni nazarda tutsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
7. Repertuar siyosatini tubdan yaxshilash va yangi asarlarni sahnalashtirish sifatini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Moliya vazirligi yangi opera, drama, musiqa, badiiy hamda boshqa sanʼat asarlarini yaratganlik uchun toʻlanadigan mualliflik sahnalashtirish va ijrochilik haqi stavkalari hamda miqdorlarini qayta koʻrib chiqishga oid takliflarni bir oy muddatda tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mintaqalarda gastrol-konsert faoliyatini jonlantirishga, teatr-konsert tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish faoliyatini oʻz daromadlari manbalari hamda homiylarni jalb etish hisobiga yaxshilashga yoʻnaltirilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
9. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligiga Madaniyat vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasiga gastrolga keluvchi jamoalar va alohida ijrochilarning transportda yurishi, yashashi, ovqatlanishi uchun milliy valyuta (soʻm)da haq olishga ruxsat berilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
10. Respublika teatr-konsert tashkilotlariga taklif etilgan artistlarga va sahnalashtiruvchi guruhga shartnoma asosida yakka tartibdagi kontraktlar boʻyicha gonorar toʻlashga ruxsat berilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.S. Saidqosimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 28-oktabr,
415-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
(Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
Toshkent shahri
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri
Oʻzbekiston davlat drama teatri
Oʻzbekiston davlat satira teatri
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti
(“Toshkent shahri” boʻlimining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 19-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2022-y., 09/22/19/0013-son)
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
(Toshkent shahri boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
Respublika musiqa va sanʼat kolleji
Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji
R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi
V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi
Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi
Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati
(Toshkent shahri boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli
(“Toshkent shahri” boʻlimining oʻttizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qarori tahririda)
(Toshkent shahri boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-yanvardagi 25-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 09/24/25/0036-son)
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
“Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 278-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 09/21/278/0423-son)
“Turon” harbiy teatri davlat muassasasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli
“Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi
“Madaniyat taʼlimi markazi” davlat muassasasi
(Toshkent shahri boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan)
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Andijon viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Andijon viloyati hayvonot bogʻi
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Buxoro viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-maydagi 329-sonli qaroriga xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2021-y., 09/21/329/0499-son)
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Jizzax viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Jizzax viloyati hayvonot bogʻi
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Qashqadaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Qashqadaryo viloyati hayvonot bogʻi
Navoiy viloyati
Navoiy viloyati musiqali drama teatri
Navoiy viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Navoiy viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Navoiy viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Navoiy viloyati hayvonot bogʻi
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Namangan viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Namangan viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Namangan viloyati hayvonot bogʻi
Namangan viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Samarqand viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand zoologiya bogʻi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Samarqand viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Samarqand viloyati hayvonot bogʻi
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Sirdaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Sirdaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Sirdaryo viloyati hayvonot bogʻi
Sirdaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Termiz hayvonot bogʻi
“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Respublika baxshichilik sanʼati markazi
Surxondaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Toshkent viloyati
Toshkent viloyati musiqali drama teatri
Toshkent viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Toshkent viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Toshkent viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Toshkent viloyati hayvonot bogʻi
Fargʻona viloyati
Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati rus drama teatri
Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr-konsert saroyi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona viloyati filiali
Fargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Fargʻona hayvonot bogʻi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
“Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi huzuridagi Margʻilon shahar musiqali maqom teatri” davlat muassasasi
Fargʻona viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Xorazm viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Xorazm viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Xorazm viloyati hayvonot bogʻi.
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son)
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning maʼmuriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari
roʻyxati
I. Maʼmuriy-boshqaruv xodimlari
1. Bosh direktor (direktor), bosh direktorning oʻrinbosari (direktor oʻrinbosari), menejer
2. Bosh buxgalter (bosh buxgalter oʻrinbosari), bosh muhandis, bosh zoomuhandis, bosh energetik, bosh maʼmur, bosh zootexnik, bosh fondlar saqlovchisi
3. Sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi
4. Boʻlim mudiri, libosxona mudiri, chipta byurosi mudiri, ombor mudiri, ozuqa oshxonasi mudiri, veterinariya klinikasi mudiri, dorixona mudiri, filial mudiri
II. Badiiy-rahbar xodimlar
1. Badiiy rahbar
2. Bosh rejissor, bosh dirijer, bosh baletmeyster, bosh xormeyster, bosh rassom
3. Truppa mudiri, badiiy-sahnalashtirish qismi mudiri, adabiy qism mudiri, musiqiy qism mudiri
III. Badiiy xodimlar
1. Sahnalashtiruvchi rejissor, sahnalashtiruvchi baletmeyster, sahnalashtiruvchi rassom
1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda uning filiallari, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining rektori, prorektorlari, dekanlari va professor-oʻqituvchilari, R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk, Respublika musiqa va sanʼat kolleji, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi, Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi, Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, oʻqituvchi va konsertmeysterlari, “Madaniyat taʼlimi markazi” davlat muassasasining direktor, direktor oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislari tarkibi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qarori tahririda)