1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur Nizom mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ularga qoʻyiladigan talablar, shu jumladan mikromoliya tashkilotlarining aktivlari sifatini tasniflash, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni yaratish hamda ulardan foydalanish, prudensial normativlar, lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish, mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aktivlar — kredit, mikrokredit, mikroqarz (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi), lizing, faktoring, yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalar, olinishi lozim boʻlgan hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar, garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda undirib olingan mulklar, boshqa barcha talablar, balansdan tashqari moddalar (kafolat);
aktivning jami qiymati — aktivning mikromoliya tashkiloti balansida va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz toʻlovlari qoldigʻining ular boʻyicha yaratilgan zaxira ayrilmagan miqdori;
muddati oʻtgan qarzdorlik — qarzdor tomonidan shartnomada koʻrsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan) mikromoliya tashkiloti oldidagi majburiyatlar;
2. Mikromoliya tashkiloti faoliyati davomida vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun zaxira fondi yaratilishi koʻzda tutilishi mumkin va uning miqdori mikromoliya tashkilotining taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi.
3. Mikromoliya tashkilotining aktivlari mazkur Nizomga muvofiq oʻz vaqtida va toʻgʻri tasniflanishi hamda ularga aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxirasi (bundan buyon matnda zaxira deb yuritiladi) yaratilishi shart.
4. Mikromoliya tashkilotining aktivlari sifatiga koʻra “standart”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi. “Shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflangan aktivlar muammoli aktivlar hisoblanadi.
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmaganda yoki ularni qaytarish 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “standart”;
mikromoliya tashkiloti ustav fondiga (ustav kapitaliga) investitsiya kiritgan yuridik shaxsning tashqi auditorlik tekshiruvidan oʻtgan moliyaviy hisobotiga koʻra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.
Agar mikromoliya tashkiloti tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida salbiy farq yuzaga kelsa, bunday investitsiyalarning sifati “umidsiz” deb tasniflanishi kerak.
7. Garovga olingan mulkka egalik huquqini qoʻllagan holda qarzdordan undirib olingan mulklar mikromoliya tashkiloti faoliyatida foydalanilmagan taqdirda sotilishi lozim. Bunda, mazkur mulk mikromoliya tashkiloti tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab olti oy muddatda sotilmasa, umidsiz aktiv sifatida tasniflanadi.
8. Mikromoliya tashkiloti tomonidan kafolat boʻyicha majburiyat toʻlab berilganda, uni tasniflash mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech boʻlmaganda bittasi oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, bundan shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan, shuningdek, mikromoliya tashkiloti tashabbusi bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari mustasno;
aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlarini toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, bundan mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati oʻzgarishi hisobiga toʻlov grafigining yoki toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi mustasno;
taʼminot turining oʻzgartirilishi, bundan aktivning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan taʼminotdan chiqarilgan hamda aktiv summasining garov summasiga nisbati mikromoliya tashkilotining ichki hujjatlarida koʻrsatilgan chegaradan koʻp boʻlmagan holatlar mustasno;
mazkur bandning ikkinchi-oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlardan birini yoki bir nechtasini qoʻllagan holda qarz oluvchining oʻzgartirilishi.
10. Shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmaganda yoki ularni qaytarish 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “substandart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 91 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilganda — “umidsiz”.
11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni mikromoliya tashkiloti balansida aks ettirish mikromoliya tashkiloti va qarzdor oʻrtasida tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq mikromoliya tashkiloti tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni toʻliq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.
12. Alohida hollarda (favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlarda qarzdor tomonidan mikromoliya tashkiloti oldidagi majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish imkoniyati boʻlmaganda) aktivlar sifatini tasniflash, zaxira yaratish va aktivlarning shartlari qayta qoʻrib chiqilmagan deb hisoblanishi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan belgilanishi mumkin.
Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha zaxira yaratish talab qilinmaydi.
14. Aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflanishi bilan mikromoliya tashkiloti uch ish kunida ushbu aktivni zaxira evaziga hisobdan chiqarishi (“Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻiga oʻtkazishi) lozim.
“Umidsiz” deb tasniflangan aktivlar hisobdan chiqarilishi aktivlarning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi hamda ular boʻyicha toʻlovlar bekor qilinishini bildirmaydi. Mazkur aktivlar “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan paytdan boshlab uch yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida ushbu hisobvaraqda aks ettirilishi lozim.
15. Mikromoliya tashkiloti qarzdor majburiyatining toʻliq summasini toʻgʻri aks ettirish uchun mazkur aktivga foizlar hisoblab yozishni uni balansdan tashqari moddalarga oʻtkazgandan keyin ham davom ettiradi, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor boʻladigan holatlar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 141-moddasiga muvofiq sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi.
16. Mikromoliya tashkiloti zaxiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishi va ular boʻyicha buxgalteriya oʻtkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishi lozim.
18. Mazkur Nizom talablari asosida tasniflangan aktivlar boʻyicha yetarli miqdorda zaxira yaratilmagan hollarda Markaziy bank zaxiralarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha ajratmalarni amalga oshirishni talab qilishga haqli.
19. Mikromoliya tashkiloti ijro etuvchi organi moliyaviy yil yakuni boʻyicha mikromoliya tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yigʻilishida sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqida hisobot berishi lozim.
4-§. Aktiv sifati oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflanishi
20. Quyidagi hollarda aktiv sifati “standart” deb qayta tasniflanishi mumkin:
“substandart” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha keyingi toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda;
“shubhali” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda va aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ket 3 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda.
21. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta koʻrib chiqilishi bilan darhol oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas.
“Substandart” yoki “shubhali” deb tasniflangan aktivlarning shartlari qayta koʻrib chiqilgandan keyin aktivni qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ularning sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin.
Aktivlarning shartlari qayta koʻrib chiqilgandan keyin ular boʻyicha asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati mazkur Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddatlarga kechiktirilgan taqdirda, ushbu aktivlarning sifatini “standart” deb qayta tasniflash mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
22. Aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflanganidan, shu jumladan “Koʻzda tutilmagan holatlar” hisobvaragʻida aks ettirilganidan boshlab quyidagi hollarda aktiv sifati “substandart” deb tasniflanishi va uning keyingi hisobini yuritish uchun balansning aktiv hisobi yuritiluvchi tegishli hisobvaragʻiga oʻtkazilishi mumkin:
shartnoma shartlariga mazkur Nizomning 9-bandida keltirilgan oʻzgartirishlar kiritilmagan holda, aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklar toʻliq toʻlanganda;
shartnoma shartlariga mazkur Nizomning 9-bandida keltirilgan oʻzgartirishlar kiritilganda, aktivni qaytarish grafigiga asosan kamida olti oylik toʻlovlari yoki aktivning asosiy qismining 20 foizidan kam boʻlmagan miqdori toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganda.
23. Mazkur Nizomning 22-bandiga muvofiq aktivning sifati “substandart” deb tasniflangan kundan boshlab aktivni qaytarish grafigi boʻyicha ketma-ket 3 ta toʻlov oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanganda aktiv sifati “standart” deb tasniflanishiga yoʻl qoʻyiladi.
2-bob. Prudensial normativlar
1-§. Umumiy qoidalar
24. Mikromoliya tashkiloti quyidagi mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatganda prudensial normativlarga rioya etishi shart:
korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining hamda davlat jamgʻarmalarining mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlarining, chet el hukumat moliya tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining qarz mablagʻlari;
yuridik shaxslardan, shu jumladan chet el yuridik shaxslaridan olingan qarz mablagʻlari;
islomiy moliyalashtirishga muvofiq boʻlgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan olingan mablagʻlar.
Prudensial normativlarga mazkur bandda koʻrsatilgan mablagʻlar jalb etilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab rioya etish talab etiladi.
25. Mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatayotgan mikromoliya tashkilotlariga quyidagi prudensial normativlar oʻrnatiladi:
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qogʻozlariga qilingan investitsiyalarning eng koʻp miqdori.
26. Mikromoliya tashkilotining bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslar boʻyicha tavakkalchiliklari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Bir qarz oluvchi va oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslarga doir tavakkalchilikni hisoblashda aktivning jami qiymatidan yaratilgan zaxira miqdori chegiriladi.
27. Mikromoliya tashkiloti kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti mikromoliya tashkiloti jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffitsiyent 10 foizdan kam boʻlmasligi lozim.
28. Mikromoliya tashkiloti kapitalining yetarlilik koeffitsiyentini hisoblashda mikromoliya tashkiloti tomonidan yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qilingan barcha investitsiyalar jami aktivlar hamda xususiy kapitaldan chegiriladi.
29. Mikromoliya tashkilotining joriy likvidlilik koeffitsiyenti 100 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Bunda, joriy likvidlilik koeffitsiyenti joriy aktivlar summasining (kassadagi naqd pullar, banklardagi talab qilib olinguncha mablagʻlar, toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan aktivlar, bundan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud aktivlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali hisoblanadi.
4-§. Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori
30. Oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi deganda quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi shaxslar tushuniladi:
shaxs tomonidan yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushga egalik qilish;
ishtirokchi (aksiyador) boʻlgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining koʻpchilik aʼzolarini tayinlash yoki almashtirish huquqi;
shaxsning yuridik shaxs faoliyatiga u bilan tuzilgan shartnomaga va (yoki) uning ustavi qoidalariga muvofiq taʼsir koʻrsatish imkoniyati;
qarz oluvchi jismoniy shaxslar yaqin qarindoshlar ekanligi.
Yaqin qarindoshlar deganda qarindosh yoki qayin-boʻyinchilik munosabatidagi shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar hamda opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari hamda opa-singillari tushuniladi.
31. Mikromoliya tashkilotining bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchiligining eng koʻp miqdori mikromoliya tashkiloti xususiy kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
32. Mikromoliya tashkilotining barcha yirik tavakkalchiliklarining (jami summasi xususiy kapitalning 10 foizi va undan yuqori boʻlgan bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchiliklar) umumiy miqdori mikromoliya tashkiloti xususiy kapitalining 5 barobaridan oshmasligi lozim.
33. Mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori mikromoliya tashkiloti xususiy kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
34. Mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori mikromoliya tashkiloti xususiy kapitalining 50 foizidan oshmasligi lozim.
6-§. Yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qogʻozlariga investitsiyalarning eng koʻp miqdori
35. Mikromoliya tashkilotining boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qogʻozlarga (davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) jami investitsiyalarining eng koʻp miqdori mikromoliya tashkiloti xususiy kapitalining 20 foizidan oshmasligi lozim.
7-§. Bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslar boʻyicha boshqa talablar
36. Mazkur Nizom kuchga kirgan sanada bir qarz oluvchining yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhining hamda mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslarning mikromoliya tashkiloti oldida majburiyati mavjud boʻlib, mazkur majburiyatlarning miqdori ushbu Nizomning 31 va 33-bandlarida belgilangan meʼyorlardan oshishi, bunday majburiyat boʻyicha tuzilgan shartnoma shartlarini oʻzgartirishga olib kelmaydi.
37. Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga hamda mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning umumiy summasi shartnoma tuzish vaqtida mazkur Nizomda nazarda tutilgan cheklovlar doirasida boʻlib, keyinchalik belgilangan meʼyorlardan oshsa (xususiy kapital darajasi tushishi yoki boshqalar sababli), mikromoliya tashkiloti mazkur holat haqida Markaziy bankka oʻn kun mobaynida maʼlum qilishi va Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda tavakkalchilikning umumiy summasini mazkur Nizomning 31 va 33-bandlarida belgilangan talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻrishi lozim.
38. Qarz oluvchi shartnoma tuzilgan davrda mikromoliya tashkilotiga aloqador hisoblanmasdan, keyinchalik unga aloqador shaxsga aylansa, tavakkalchilik miqdorining mazkur Nizomning 33 va 34-bandlarida belgilangan talablardan oshishi prudensial normativga nomuvofiq deb tan olinmaydi, basharti mikromoliya tashkiloti Markaziy bankka oʻn kun mobaynida bu haqida maʼlum qilib, Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda, biroq olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda prudensial normativga muvofiqlashtirishni oʻz zimmasiga olgan boʻlsa.
39. Mikromoliya tashkiloti bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shuningdek mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslar uchun tavakkalchiliklar hisobini yuritishi va bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha har oyda Markaziy bankka taqdim etib borishi lozim.
3-bob. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan banklarning va boshqa moliya tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirish
40. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan banklarning agenti vazifalari banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, toʻlov agenti (subagenti) vazifalari toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shuningdek sugʻurta agenti vazifalari sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
41. Mikromoliya tashkilotlarining banklar, toʻlov va sugʻurta agenti sifatida agentlik xizmatlari mazkur tashkilotlar nomidan koʻrsatiladi. Bunda, agentlik bitimlari tuzilishi va ular tuzilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida mazkur bitimlar toʻgʻrisida axborot Markaziy bankka yuborilishi lozim.
Agentlik bitimining mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlar xizmatlar koʻrsatilishidan oldin mijozlarga oshkor etilishi lozim.
4-bob. Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish
1-§. Umumiy qoidalar
42. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy isteʼmol uchun moʻljallangan koʻchar mol-mulklarni (ashyolarni) lombardda garovga qoʻyish, saqlash, lombarddan talab qilib olinmagan ashyolarni sotish hamda undiruvni garovga qoʻyilgan mol-mulkka qaratish Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
43. Lombard shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud milliy haydovchilik guvohnomasi, chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) taqdim etilganida, jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
44. Lombard, zarur hollarda, garovga yoki vaqtinchalik saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
2-§. Lombardlar tomonidan mikroqarzlarni rasmiylashtirish va berish tartibi
45. Garov asosida mikroqarzning berilishi lombard bilan jismoniy shaxs oʻrtasida tuziladigan mikroqarz shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Lombardda mol-mulklarni garovga qoʻyish haqidagi shartnoma lombard tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi garov pattasini berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
46. Mikroqarz olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
47. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
garov narsasini xavfsiz saqlash uchun choralar koʻrishi;
garov narsasi yoʻqolishi xavf-xatari paydo boʻlganligi yoki shikast yetkazilganligi toʻgʻrisida garovga qoʻyuvchiga darhol xabar berishi;
mikroqarz shartnomasining shartlari bajarilganida garov narsasini mulk egasiga yoki uchinchi shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mulk egasining ishonchnomasi asosida darhol qaytarishi;
garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga oʻxshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi toʻliq summasida oʻz hisobidan garovga qoʻyuvchi foydasiga sugʻurtalashi;
garovga qoʻyuvchining talabiga asosan mikroqarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qoʻyuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki toʻliq bajarilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma berishi.
48. Garovga qoʻyilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar koʻzda tutilmagan boʻlsa, mikroqarz, u boʻyicha hisoblangan foizlar, neustoyka, ijro muddati oʻtganligi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sugʻurta uchun toʻlov, garovga olingan mol-mulkni sotish boʻyicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi. Agar garovga qoʻyilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qoʻyuvchiga qaytariladi.
3-§. Lombardda mol-mulklarni vaqtincha saqlash
49. Lombardda ashyolarni vaqtincha saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi egasining nomi yozilgan saqlov pattasi berish yoʻli bilan rasmiylashtiriladi.
50. Agar mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi boʻlgan yoki oʻzi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari toʻgʻrisida lombardni ogohlantirmagan boʻlsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga koʻrilgan zararlarni qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirishi yoki yoʻq qilishi mumkin. Ushbu ashyolarni saqlash natijasida lombardga va (yoki) uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash mijozning zimmasiga yuklatiladi.
51. Lombardga garovga yoki saqlash uchun topshirilgan ashyolar yoʻqolganda yoki shikastlanganda, agar lombard yoʻqotish yoki shikastlanish yengib boʻlmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan mulkiy zarar ashyolar egasiga tomonlar kelishuviga koʻra qoplab beriladi. Tomonlar kelishuvga erishmaganda mulkiy zararni qoplash sud tartibida amalga oshiriladi.
5-bob. Moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish hamda ichki audit xizmatini tashkil etish
1-§. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan Markaziy bankka hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish
52. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tegishliligiga koʻra mazkur Nizomning 53 va 54-bandlariga muvofiq Markaziy bankka quyidagi moliyaviy va nazoratga oid hisobotlarni hamda ularning elektron maʼlumotlarini taqdim etadi:
prudensial normativlarga rioya etish boʻyicha maʼlumot (12-ilova).
53. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 52-bandi ikkinchi — oʻninchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar taqdim etiladi. Bunda, ushbu Nizomning 52-bandi toʻrtinchi, oltinchi — oʻninchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar moliyaviy natijalar yoki ushbu xizmatlar boʻyicha qoldiq mavjud boʻlganda, oʻn birinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumot mikromoliya tashkiloti mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyat koʻrsatganda taqdim etiladi.
54. Lombardlar tomonidan mazkur Nizomning 52-bandi ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hisobot va maʼlumotlar taqdim etiladi. Bunda, ushbu Nizomning 52-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hisobot lombard moliyaviy natijalarga ega boʻlganda, oltinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumot xizmatlar boʻyicha qoldiq mavjud boʻlganda taqdim etiladi.
55. Moliyaviy hisobotlardagi maʼlumotlar hisobot oyining oxirgi kunida amalga oshirilgan amaliyotlarni hisobga olgan holda mazkur hisobot oyining oxirgi sanasi holatiga koʻrsatilishi kerak.
56. Moliyaviy hisobotlar mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha Markaziy bankka taqdim etiladi. Agar oyning 5-sanasi dam olish yoki bayram kuniga toʻgʻri kelsa, bunda hisobotlar dam olish yoki bayram kunidan keyingi ish kunida taqdim etilishi lozim. Taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlanganda, kamchiliklar tuzatilib, ikki ish kunida qayta taqdim etilishi shart.
57. Moliyaviy hisobotlar mikromoliya tashkilotlarining yoki lombardlarning ijro etuvchi organi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
58. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali moliyaviy hisobotlarning elektron maʼlumotlarini shakllantirib, Bank tizimi maʼlumotlar omborxonasiga (bundan buyon matnda BTMO deb yuritiladi) hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha aloqa kanallari orqali yuborishi shart. Agar oyning 5-sanasi dam olish yoki bayram kuniga toʻgʻri kelsa, bunda moliyaviy hisobotlarning elektron maʼlumotlari dam olish yoki bayram kunidan keyingi ish kunida taqdim etilishi lozim.
texnik vositasi va dasturiy taʼminoti nosoz holatda boʻlganda;
fors-major holatlarida moliyaviy hisobotlarni Markaziy bankka va ularning elektron maʼlumotlarini BTMOga yuborishni kechiktirish sabablarini koʻrsatgan holda tushuntirish xati bilan taqdim qiladi.
60. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar mazkur Nizomning 59-bandida koʻrsatilgan holatlar haqida Markaziy bankni darhol xabardor etishi hamda Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda ularni bartaraf etib, elektron maʼlumotlarni toʻliq yuborishi kerak. Bunda, kelishilgan muddat holatni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi lozim.
61. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish qonunchilikka muvofiq maʼlum muddatga toʻxtatilganidan qatʼiy nazar, ular tomonidan moliyaviy hisobotlar va ularning elektron maʼlumotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilishi lozim.
62. Aktivlarining balans qiymati oʻn milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikromoliya tashkilotining kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kengash deb yuritiladi) ichki audit xizmatini tashkil etishi shart va uning samarali faoliyat yuritishini taʼminlashi lozim.
Aktivlarining balans qiymati besh milliard soʻmdan ortiq boʻlgan lombardlarda ichki audit xizmati tashkil etilishi shart. Bunda ichki audit xizmatini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
63. Mikromoliya tashkilotining kengashi mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq mikromoliya tashkilotining ichki audit xizmati (bundan buyon matnda — ichki audit xizmati deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha boʻlgan muddatda qayta koʻrib chiqilishi lozim. Zaruratga koʻra Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga yil davomida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Agar Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomning aksariyat qismiga (50 foizdan kam boʻlmagan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan boʻlsa, bunda uni yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq.
64. Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomda kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
ichki audit xizmati maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari;
ichki audit xizmatining faoliyat yoʻnalishlari;
ichki audit xizmatining mustaqilligi va xolisligini taʼminlash asoslari;
ichki audit xizmati rahbari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ishdan boʻshatish tartibi, ularning huquq, majburiyatlari va javobgarligi, hisobdorligi;
ichki audit xizmati xodimlariga nisbatan qoʻyiladigan talablar (mustaqillik, xolislik va begʻarazlik, professional malaka, odob-axloq qoidalari);
kengash, ijro etuvchi organ va tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini ichki audit natijalari yuzasidan xabardor qilish shartlari va tartibi;
ichki audit xizmati oʻz vazifalarini amalga oshirish jarayonida toʻsqinlik qilayotgan holatlar yuzasidan kengash va ijro etuvchi organni xabardor qilish tartibi;
ichki audit xizmati mikromoliya tashkilotida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklar, aniqlangan kamchilik va muammolar hamda moliyaviy operatsiyalar bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarmagan holda, maslahatlar berish tartibi.
65. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlari kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
66. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit vazifalarini samarali bajarish uchun yetarli boʻlishi kerak.
67. Mikromoliya tashkilotining ijro etuvchi organi aʼzolari, mazkur tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar va ular bilan aloqador shaxslar bir vaqtning oʻzida ichki audit xizmatida faoliyat yurita olmaydi.
68. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ichki auditor malaka sertifikatiga ega boʻlishlari;
xorijiy davlat taʼlim muassasasida oliy taʼlim olgan taqdirda, olingan oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomaga ega boʻlishlari;
bank ishi, mikromoliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida (shu jumladan, oʻrindoshlik asosida) kamida ikki yillik amaliy ish tajribasiga ega boʻlishlari;
mikromoliya tashkilotlari faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari boʻyicha yetarli bilimlarga ega boʻlishlari, shu jumladan, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishlari;
buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari va ularni amalda qoʻllash boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlari.
69. Ichki audit xizmati ishining samaradorligini taʼminlash maqsadida ichki auditorlik tekshiruvi (bundan buyon matnda auditorlik tekshiruvi deb yuritiladi) rejasi kengash tomonidan tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim.
70. Ichki audit xizmati xodimlariga, shu jumladan rahbariga nisbatan ijro etuvchi organ yoki boshqa shaxslar tomonidan oʻtkazilgan har qanday bosim va ish faoliyatiga qilingan toʻsqinlik toʻgʻrisida kengash darhol ichki audit xizmati tomonidan xabardor qilinishi lozim.
71. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlari oʻzlarining xolisligi va begʻarazligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan moliyaviy hujjatlarni yoki tavakkalchiliklarni qabul qilishni koʻzda tutuvchi hujjatlarni imzolash jarayonlarida ishtirok etmasliklari lozim.
72. Xolislikni taʼminlash maqsadida ichki audit xizmati xodimlari ichki nazoratga doir chora-tadbirlarni (ichki hujjatlar, jumladan siyosatlar, nizomlar, qoidalar va boshqalar) ishlab chiqish, ularni joriy etish yoki amalga oshirish jarayonida ishtirok etmasliklari lozim, bundan ichki auditga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ichki audit xizmatining tavakkalchiliklarni boshqarish yoki ichki nazoratga doir fikr va mulohazalarini berishi mustasno.
73. Ichki audit xizmati quyidagilarni mustaqil tahlil qilishi va baholashi lozim:
mikromoliya tashkiloti oldiga qoʻyilgan maqsadlarga erishishda mikromoliya tashkiloti biznes jarayonlari, maʼmuriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini;
axborot tizimlarining ishonchliligini, toʻliqligini va samaradorligini hamda maʼlumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maxfiylik taʼminlanganligini;
qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudensial talablariga hamda mikromoliya tashkilotining ichki hujjatlariga rioya etilishini;
Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar oʻz vaqtida bartaraf etilganligini;
aktivlar butligini.
Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom bilan ichki audit xizmatiga mazkur bandda nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa masalalarni ham tahlil qilish va baholash vazifasi yuklatilishi mumkin.
74. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi holatlarda javobgar hisoblanadilar:
oʻz xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan maʼlumotlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday maʼlumot maxfiyligini taʼminlamaganda;
oʻz xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan maʼlumotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxs manfaatlari yoʻlida foydalanganda;
qonunchilik hujjatlari va mikromoliya tashkilotining ichki hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarmaganda.
75. Auditorlik tekshiruviga chiqishdan oldin batafsil auditorlik tekshiruvi dasturi (bundan buyon matnda auditorlik dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ichki audit xizmati rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
76. Auditorlik dasturi auditorlik tekshiruvi maqsadlarini, tekshirish sohasi va yoʻnalishlarini, batafsil ish rejasini, tekshiruvlar grafigini, audit predmeti boʻlgan har bir yoʻnalishni tekshirish tartib-taomillari tavsifini, auditorlik tekshiruvlarida ishtirok etuvchi ichki auditorlar roʻyxatini oʻz ichiga olishi kerak.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish jarayonida auditorlik dasturiga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Oʻzgartirishlar yozma ravishda hujjatlashtirilgan va tasdiqlangan boʻlishi lozim.
77. Auditorlik tekshiruvi tugatilganidan soʻng auditorlik hisoboti tayyorlanishi hamda audit maqsadlari, miqyosi, xulosalarni hamda har bir aniqlangan kamchilikni bartaraf qilishga doir batafsil tavsiyalarni oʻz ichiga olishi lozim. Tavsiyalar aniqlangan muammolar va ularning kelib chiqish sabablarining qisqacha izohini, mavjud tavakkalchiliklarni, talab etiladigan chora-tadbirlarni, jumladan, mikromoliya tashkilotining ichki siyosatlari va tartib-taomillarini koʻrib chiqishni oʻz ichiga olishi lozim.
Ichki audit xizmatining hisobotlari ichki audit xizmati xodimlarining mustaqil fikr va mulohazalariga asoslanishi lozim.
78. Auditorlik hisobotlari bevosita kengashga taqdim etilishi lozim. Ushbu hisobotlarning nusxalari ijro etuvchi organga, shuningdek tegishliligi boʻyicha mikromoliya tashkilotining alohida tarkibiy boʻlinmalariga, filial rahbarlariga taqdim etiladi.
79. Ijro etuvchi organ oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvi chogʻida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
80. Ichki audit xizmati tekshirish jarayonida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va tegishli ravishda bajarilishi ustidan keyingi nazoratni oʻrnatishi lozim. Tekshirishdan keyingi nazoratni oʻtkazish uchun javobgarlik Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan boʻlishi kerak.
81. Kengash auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshirilishini nazorat qilishi zarur.
6-bob. Yakuniy qoida
82. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
9. Garovning muddati ____________________________________________________________
Garov narsasi lombardga egalik qilish uchun topshiriladi.
Lombard garov narsasidan foydalanish, boshqa shaxsga berishga, uchinchi shaxslarga ijaraga yoki tekinga foydalanishga berish, yoxud garov narsasini boshqa koʻrinishda tasarruf etish huquqiga ega emas.
Garov narsasini navbatdagi garovga qoʻyish taqiqlanadi.
Garov narsasi garovga qoʻyuvchining va (yoki) uning oila aʼzolarining normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan mol-mulk emas.
Lombardda garov narsasi bilan taʼminlangan mikroqarz summasi belgilangan vaqtda soʻndirilmagan taqdirda, lombard ushbu mol-mulkni qonunchilikka muvofiq sotishga haqli.
6. Saqlash joyi va usuli ______________________________________________________________________
7. Saqlashga qabul qilingan sana _______________________________________________________________
8. Saqlash muddati ___________________________________________________________________________
9. Saqlash uchun haq summasi ___________________________________________________________________
Saqlash uchun topshirilgan ashyodan uni egasining roziligisiz foydalanishga va uni tasarruf etishga lombard haqli emas (ashyoning saqlanishini taʼminlash uchun undan foydalanish hollari, bundan mustasno).
Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolar yoʻqolishiga, yetishmasligiga yoki ashyoning zararlanishiga javobgardir.
Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ularning toʻliq baholangan narxida oʻz hisobidan yuk topshiruvchining foydasiga sugʻurtalashi shart.
Lombard, yuk topshiruvchining talabiga koʻra, saqlashga qoʻyilgan ashyoni zudlik bilan qaytarishi shart.
Bunday holda, majburiyat oldindan toʻxtatilishi munosabati bilan, lombardga yetkazilgan zararlarni yuk topshiruvchi qoplashi shart.
Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortsa, agar saqlash shartnomasida boshqacha tartib koʻzda tutilgan boʻlmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda lombard ashyoni mustaqil ravishda sotish huquqiga ega.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
___________________________________________________ tomonidan jalb etilgan mablagʻlari toʻgʻrisida maʼlumot
(tashkilotning nomi)
T/r
Balans hisobvaragʻi
Kreditorning toʻliq nomi
Kreditorning STIRi/JSHSHIR (yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, YTT va jismoniy shaxs uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
Jalb etilgan mablagʻ miqdori (ming soʻmda)
Jalb etilgan mablagʻ qoldigʻi
(ming soʻmda)
Hisoblangan foizlar
(ming soʻmda)
Yillik foiz stavkasi
Mablagʻ jalb etilgan sana
Mablagʻni qaytarish sanasi
Ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar
Prudensial normativlarga rioya etish boʻyicha maʼlumot
Koʻrsatkichlar
Formula
Meʼyor
Amalda
1. Kapital yetarliligi koʻrsatkichi
1.1
Kapital yetarliligi koeffitsiyenti
jami xususiy kapital
0,10
jami aktiv
2. Likvidlilik koʻrsatkichi
2.1
Likvidlilik koeffitsiyenti
kassadagi naqd pullar, banklardagi talab qilib olinguncha mablagʻlar, toʻlov muddati 30 kungacha boʻlgan aktivlar, bundan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud aktivlar mustasno
1,00
talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha boʻlgan majburiyatlar
2. Qarzdorlar bilan operatsiyalar
2.1
Bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdori
bir qarz oluvchi yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar
0,25
xususiy kapital
2.2
barcha yirik tavakkalchiliklarning umumiy miqdori
barcha yirik tavakkalchiliklar
5,00
xususiy kapital
2.3
Mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori
aloqador boʻlgan bitta shaxsga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilik
0,25
xususiy kapital
2.3
Mikromoliya tashkilotiga aloqador boʻlgan barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng koʻp miqdori
aloqador boʻlgan barcha shaxslarga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilik
0,50
xususiy kapital
3. Investitsiyalar
3.1
Yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qogʻozlariga investitsiyalarning eng koʻp miqdori