1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 11-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3412]
1. Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2022-yil 6-dekabr,
28/2-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/2-son qaroriga ILOVA
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi
NIZOM
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mazkur Nizom mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va lombardlar tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ularga qo‘yiladigan talablar, shu jumladan tashkilotlarning aktivlari sifatini tasniflash, aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni yaratish hamda ulardan foydalanish, prudensial normativlar, lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish, tashkilotlar va lombardlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
1-bob. Tashkilotlar tomonidan faoliyatni amalga oshirishda ularga qo‘yiladigan talablar
(1-bob nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
1-§. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
aktivlar — kredit, mikrokredit, mikroqarz (bundan buyon matnda kredit deb yuritiladi), lizing, faktoring, yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar, garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda undirib olingan mulklar, boshqa barcha talablar, balansdan tashqari moddalar (kafolat), shuningdek islomiy ijara, foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba), nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha), sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka), oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish (salam) (bundan buyon matnda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deb yuritiladi);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
aktivning jami qiymati — aktivning tashkilotlar balansida va balansdan tashqari moddalarda aks ettirilgan asosiy qarzi va unga hisoblangan foizlari, penya, komission va boshqa foizsiz to‘lovlari qoldig‘ining ular bo‘yicha yaratilgan zaxira ayrilmagan miqdori;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
muddati o‘tgan qarzdorlik — qarzdor tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan muddat va shartlarda bajarilmagan (lozim darajada bajarilmagan) tashkilotlar oldidagi majburiyatlar;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
qarzdor — shartnomaga muvofiq aktivlar bo‘yicha tashkilotlar oldida majburiyati mavjud bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
2. Tashkilotlar o‘z faoliyati davomida vujudga keladigan zararlarni qoplash uchun zaxira fondining yaratilishini ko‘zda tutishlari mumkin va uning miqdori tashkilotlarning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
2-§. Tashkilotlarning aktivlari sifatini tasniflash
(2-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
3. Tashkilotlarning aktivlari mazkur Nizomga muvofiq o‘z vaqtida va to‘g‘ri tasniflanishi hamda ularga aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar (bundan buyon matnda zaxira deb yuritiladi) yaratilishi shart.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
4. Tashkilotlarning aktivlari sifatiga ko‘ra “standart”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflanadi. “Shubhali” va “umidsiz” toifalarga tasniflangan aktivlar muammoli aktivlar hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
5. Tashkilotlarning aktivlari sifati quyidagicha tasniflanadi, bundan mazkur Nizomning 6 va 7-bandlarida ko‘rsatilgan aktivlar mustasno:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
asosiy qarz va (yoki) foizlar yoxud boshqa to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaganda yoki ularni qaytarish 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “standart”;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoxud boshqa to‘lovlarni qaytarish 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “substandart”;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoxud boshqa to‘lovlarni qaytarish 91 kun va undan ortiq, lekin 180 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “shubhali”;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
asosiy qarz va (yoki) foizlarni yoxud boshqa to‘lovlarni qaytarish 181 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilganda — “umidsiz”.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
6. Yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar quyidagicha tasniflanadi:
oxirgi bir yil davomida tashkilotlarga daromad keltirmagan investitsiya — “substandart”;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
oxirgi ikki yil davomida tashkilotlarga daromad keltirmagan investitsiya — “shubhali”;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
oxirgi uch yil davomida tashkilotlarga daromad keltirmagan investitsiya — “umidsiz”.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lganda, investitsiyalar daromad keltirgan hisoblanadi:
tashkilotlarga dividend yoki foiz ko‘rinishida daromad keltirganda;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
tashkilotlar tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida ijobiy farq yuzaga kelganda;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
tashkilotlar ustav fondiga (ustav kapitaliga) investitsiya kiritgan yuridik shaxsning tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tgan moliyaviy hisobotiga ko‘ra hisobot davrini foyda bilan yakunlaganda.
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Agar tashkilotlar tomonidan qilingan investitsiyani qayta baholash natijasida salbiy farq yuzaga kelsa, bunday investitsiyalarning sifati “umidsiz” deb tasniflanishi kerak.
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
7. Garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdordan undirib olingan mulklar tashkilotlar faoliyatida foydalanilmagan taqdirda sotilishi lozim. Bunda, mazkur mulk tashkilotlar tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab olti oy muddatda sotilmasa, umidsiz aktiv sifatida tasniflanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
8. Mikromoliya tashkiloti tomonidan kafolat bo‘yicha majburiyat to‘lab berilganda, uni tasniflash mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
9. Mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech bo‘lmaganda bittasi o‘zgartirilgan bo‘lsa, ular shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi yoki ustama miqdorining kamaytirilishi, bundan shartnomada belgilangan o‘zgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan, shuningdek, tashkilotlarning tashabbusi bilan foiz stavkasining pasaytirilishi yoki ustama miqdorining kamaytirilishi holatlari mustasno;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan qisman voz kechilishi, aktivning foydalanilmagan qismi kamaytirilishi bundan mustasno;
foizlar, ustama va (yoki) asosiy qarzga doir to‘lovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
(9-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlarini to‘lash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, bundan mijozni moliyalashtirishni boshlash muddati o‘zgarishi hisobiga to‘lov grafigining yoki to‘lovlar to‘lanadigan oy ichida to‘lov sanasining o‘zgartirilishi mustasno;
ta’minot turining o‘zgartirilishi, bundan aktivning bir qismi qaytarilganligi munosabati bilan ta’minotdan chiqarilgan hamda aktiv summasining garov summasiga nisbati mikromoliya tashkilotining ichki hujjatlarida ko‘rsatilgan chegaradan ko‘p bo‘lmagan holatlar mustasno;
mazkur bandning ikkinchi-oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shartlardan birini yoki bir nechtasini qo‘llagan holda qarz oluvchining o‘zgartirilishi.
10. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmaganda yoki ularni qaytarish 30 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “substandart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 31 kun va undan ortiq, lekin 90 kundan oshmagan muddatga kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish 91 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilganda — “umidsiz”.
11. Aktivlar sifatini tasniflash va ularni tashkilotlarning balanslarida aks ettirish tashkilotlar va qarzdor yoki pul talabnomasidan voz kechuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma shartlarini o‘zgartirmaydi, shu jumladan shartnoma shartlariga muvofiq tashkilotlar tomonidan asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni, shuningdek shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun jarima va penyalarni to‘liq miqdorda qarzdordan undirish huquqini bekor qilmaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
12. Alohida hollarda (favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlarda qarzdor tomonidan tashkilotlar oldidagi majburiyatni bajarish yoki lozim darajada bajarish imkoniyati bo‘lmaganda) aktivlar sifatini tasniflash, zaxira yaratish va aktivlarning shartlari qayta qo‘rib chiqilmagan deb hisoblanishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan belgilanishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
13. Tashkilotlar aktivlarining aktivining jami qiymatiga nisbatan aktivlar:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
“substandart” deb tasniflanganda yigirma besh foiz;
“umidsiz” deb tasniflanganda yuz foiz miqdorda tashkilotlar xarajati hisobidan zaxira shakllantirishi lozim.
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Sifati “standart” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha zaxira yaratish talab qilinmaydi.
14. Aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflanishi bilan tashkilotlar uch ish kunida ushbu aktivni zaxira evaziga hisobdan chiqarishlari (“Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘iga o‘tkazishlari) lozim.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
“Umidsiz” deb tasniflangan aktivlar hisobdan chiqarilishi aktivlarning qisman yoki to‘liq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi hamda ular bo‘yicha to‘lovlar bekor qilinishini bildirmaydi. Mazkur aktivlar “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan paytdan boshlab uch yildan kam bo‘lmagan muddat mobaynida ushbu hisobvaraqda aks ettirilishi lozim.
15. Tashkilotlar qarzdor majburiyatining to‘liq summasini to‘g‘ri aks ettirish uchun mazkur aktivga foizlar yoki neustoyka hisoblab yozishni uni balansdan tashqari moddalarga o‘tkazganlaridan keyin ham davom ettiradilar, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qarzdor va kafilning majburiyatlari bekor bo‘ladigan holatlar bundan mustasno.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
O‘zbekiston Respublikasi “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunining 141-moddasiga muvofiq sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran qarzdorning barcha turdagi qarzlari bo‘yicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi.
16. Tashkilotlar zaxiralarni aktivlarni tasniflash uchun mazkur Nizomda nazarda tutilgan asoslar vujudga kelgan sanadan boshlab shakllantirishlari va ular bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishlari lozim.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Yaratilgan zaxira xarajatlari Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
17. Tashkilotlarning ijro etuvchi organlari zaxiralarning doimiy ravishda yetarli ekanligini ta’minlash uchun javobgardir.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
18. Mazkur Nizom talablari asosida tasniflangan aktivlar bo‘yicha yetarli miqdorda zaxira yaratilmagan hollarda Markaziy bank zaxiralarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha ajratmalarni amalga oshirishni talab qilishga haqli.
19. Tashkilotlarning ijro etuvchi organlari moliyaviy yil yakuni bo‘yicha tashkilotlar ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishida sifati “umidsiz” deb tasniflangan aktivlarni undirish bo‘yicha qo‘llangan chora-tadbirlar haqida hisobot berishlari lozim.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
4-§. Aktiv sifati oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflanishi
20. Quyidagi hollarda aktiv sifati “standart” deb qayta tasniflanishi mumkin:
“substandart” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘liq to‘langanda va aktivni qaytarish grafigi bo‘yicha keyingi to‘lov o‘z vaqtida va to‘liq to‘langanda;
“shubhali” deb tasniflangan aktivning asosiy qarzi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘liq to‘langanda va aktivni qaytarish grafigi bo‘yicha ketma-ket 3 ta to‘lov o‘z vaqtida va to‘liq to‘langanda.
21. Aktivlar sifati ularning shartlari qayta ko‘rib chiqilishi bilan darhol oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflanishi mumkin emas.
“Substandart” yoki “shubhali” deb tasniflangan aktivlarning shartlari qayta ko‘rib chiqilgandan keyin aktivni qaytarish grafigiga asosan kamida ketma-ket 3 ta to‘lov to‘liq va o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, ularning sifati “standart” deb tasniflanishi mumkin.
Aktivlarning shartlari qayta ko‘rib chiqilgandan keyin ular bo‘yicha asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan muddatlarga kechiktirilgan taqdirda, ushbu aktivlarning sifatini “standart” deb qayta tasniflash mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
22. Aktivning sifati “umidsiz” deb tasniflanganidan, shu jumladan “Ko‘zda tutilmagan holatlar” hisobvarag‘ida aks ettirilganidan boshlab quyidagi hollarda aktiv sifati “substandart” deb tasniflanishi va uning keyingi hisobini yuritish uchun balansning aktiv hisobi yuritiluvchi tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilishi mumkin:
shartnoma shartlariga mazkur Nizomning 9-bandida keltirilgan o‘zgartirishlar kiritilmagan holda, aktivning asosiy qismi va (yoki) foizlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘liq to‘langanda;
shartnoma shartlariga mazkur Nizomning 9-bandida keltirilgan o‘zgartirishlar kiritilganda, aktivni qaytarish grafigiga asosan kamida olti oylik to‘lovlari yoki aktivning asosiy qismining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdori to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanda.
23. Mazkur Nizomning 22-bandiga muvofiq aktivning sifati “substandart” deb tasniflangan kundan boshlab aktivni qaytarish grafigi bo‘yicha ketma-ket 3 ta to‘lov o‘z vaqtida va to‘liq to‘langanda aktiv sifati “standart” deb tasniflanishiga yo‘l qo‘yiladi.
24. Tashkilotlar quyidagi mablag‘lar hisobidan faoliyat ko‘rsatganda prudensial normativlarga rioya etishlari shart:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining hamda davlat jamg‘armalarining mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlarining, chet el hukumat moliya tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining qarz mablag‘lari;
yuridik shaxslardan, shu jumladan chet el yuridik shaxslaridan olingan qarz mablag‘lari;
islomiy moliyalashtirishga muvofiq bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar.
Prudensial normativlarga mazkur bandda ko‘rsatilgan mablag‘lar jalb etilgan oydan keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab rioya etish talab etiladi.
25. Mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarga quyidagi prudensial normativlar o‘rnatiladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
kapitalning yetarlilik koeffitsiyenti;
likvidlilik koeffitsiyenti;
bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori;
tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslar uchun tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori;
(25-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalarning eng ko‘p miqdori.
26. Tashkilotlarning bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslar bo‘yicha tavakkalchiliklari tegishliligi bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
kredit, lizing, faktoring;
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiyalar;
banklarga joylashtirilgan pul mablag‘lar;
olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar;
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/04-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Bir qarz oluvchi va o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslarga doir tavakkalchilikni hisoblashda aktivning jami qiymatidan yaratilgan zaxira miqdori chegiriladi.
(26-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
261. Faktoring xizmati bo‘yicha tashkilotlarning bir qarz oluvchi va o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi hamda tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslarga doir tavakkalchiligi:
tashkilotlar tomonidan mijozga nisbatan regress talabini qo‘yish huquqi mavjud bo‘lmasa yoki mavjud bo‘lib, ushbu huquqdan foydalanish zarurati yuzaga kelmagan bo‘lsa, qarzdorga;
mazkur regress talabini qo‘yish huquqi mavjud bo‘lsa va ushbu huquqdan foydalanish zarurati vujudga kelgan bo‘lsa, mijozga nisbatan hisoblanadi.
(261-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/04-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
27. Tashkilotlar kapitalining yetarlilik koeffitsiyenti tashkilotlar jami xususiy kapitalining jami aktivlariga nisbati orqali hisoblanadi va ushbu koeffitsiyent 10 foizdan kam bo‘lmasligi lozim.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
28. Tashkilotlar kapitalining yetarlilik koeffitsiyentini hisoblashda tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qilingan barcha investitsiyalar jami aktivlar hamda xususiy kapitaldan chegiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
29. Tashkilotlarning joriy likvidlilik koeffitsiyenti 100 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. Bunda, joriy likvidlilik koeffitsiyenti joriy aktivlar summasining (kassadagi naqd pullar, banklardagi talab qilib olinguncha mablag‘lar, to‘lov muddati 30 kungacha bo‘lgan aktivlar, bundan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud aktivlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo‘lgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali hisoblanadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
4-§. Bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori
30. O‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi deganda quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi shaxslar tushuniladi:
shaxs tomonidan yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushga egalik qilish;
ishtirokchi (aksiyador) bo‘lgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining ko‘pchilik a’zolarini tayinlash yoki almashtirish huquqi;
shaxsning yuridik shaxs faoliyatiga u bilan tuzilgan shartnomaga va (yoki) uning ustavi qoidalariga muvofiq ta’sir ko‘rsatish imkoniyati;
qarz oluvchi jismoniy shaxslar yaqin qarindoshlar ekanligi.
Yaqin qarindoshlar deganda qarindosh yoki qayin-bo‘yinchilik munosabatidagi shaxslar, ya’ni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar hamda opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari tushuniladi.
31. Tashkilotlarning bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchiligining eng ko‘p miqdori tashkilot xususiy kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
32. Tashkilotlar barcha yirik tavakkalchiliklarining (jami summasi xususiy kapitalning 10 foizi va undan yuqori bo‘lgan bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchiliklar) umumiy miqdori tashkilot xususiy kapitalining 5 barobaridan oshmasligi lozim.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
5-§. Tashkilotlarga aloqador bo‘lgan bitta shaxsga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori
(5-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
33. Tashkilotlarga aloqador bo‘lgan bitta shaxsga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori tashkilot xususiy kapitalining 25 foizidan oshmasligi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
34. Tashkilotlarga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori tashkilot xususiy kapitalining 50 foizidan oshmasligi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
6-§. Yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalarning eng ko‘p miqdori
35. Tashkilotlarning boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlarga (davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno) jami investitsiyalarining eng ko‘p miqdori tashkilot xususiy kapitalining 20 foizidan oshmasligi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
7-§. Bir qarz oluvchi, o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslar bo‘yicha boshqa talablar
(7-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
36. Mazkur Nizom kuchga kirgan sanada bir qarz oluvchining yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhining hamda tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslarning tashkilot oldida majburiyati mavjud bo‘lib, mazkur majburiyatlarning miqdori ushbu Nizomning 31 va 33-bandlarida belgilangan me’yorlardan oshishi, bunday majburiyat bo‘yicha tuzilgan shartnoma shartlarini o‘zgartirishga olib kelmaydi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
37. Bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga hamda tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning umumiy summasi shartnoma tuzish vaqtida mazkur Nizomda nazarda tutilgan cheklovlar doirasida bo‘lib, keyinchalik belgilangan me’yorlardan oshsa (xususiy kapital darajasi tushishi yoki boshqalar sababli), tashkilotlar mazkur holat haqida Markaziy bankka o‘n kun mobaynida ma’lum qilishlari va Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda tavakkalchilikning umumiy summasini mazkur Nizomning 31 va 33-bandlarida belgilangan talablarga muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rishlari lozim.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
38. Qarz oluvchi shartnoma tuzilgan davrda tashkilotlarga aloqador hisoblanmasdan, keyinchalik unga aloqador shaxsga aylansa, tavakkalchilik miqdorining mazkur Nizomning 33 va 34-bandlarida belgilangan talablardan oshishi prudensial normativga nomuvofiq deb tan olinmaydi, basharti tashkilotlar Markaziy bankka o‘n kun mobaynida bu haqida ma’lum qilib, Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda prudensial normativga muvofiqlashtirishni o‘z zimmalariga olgan bo‘lsalar.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
39. Tashkilotlar bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shuningdek tashkilotlarga aloqador bo‘lgan shaxslar uchun tavakkalchiliklar hisobini yuritishlari va bu to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha har oyda Markaziy bankka taqdim etib borishlari lozim.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
3-bob. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan banklarning va boshqa moliya tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirish
40. Mikromoliya tashkilotlari tomonidan banklarning agenti vazifalari banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka, to‘lov agenti (subagenti) vazifalari to‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risidagi qonunchilikka, shuningdek sug‘urta agenti vazifalari sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
41. Mikromoliya tashkilotlarining banklar, to‘lov va sug‘urta agenti sifatida agentlik xizmatlari mazkur tashkilotlar nomidan ko‘rsatiladi. Bunda, agentlik bitimlari tuzilishi va ular tuzilgan kundan e’tiboran besh kun ichida mazkur bitimlar to‘g‘risida axborot Markaziy bankka yuborilishi lozim.
Agentlik bitimining mavjudligi to‘g‘risidagi axborotlar xizmatlar ko‘rsatilishidan oldin mijozlarga oshkor etilishi lozim.
4-bob. Lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish
1-§. Umumiy qoidalar
42. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallangan ko‘char mol-mulklarni (ashyolarni) lombardda garovga qo‘yish, saqlash, lombarddan talab qilib olinmagan ashyolarni sotish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratish O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
43. Lombard shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta yoxud milliy haydovchilik guvohnomasi, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomasi yoki ID-kartasi, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi) taqdim etilganida, jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi.
44. Lombard, zarur hollarda, garovga yoki vaqtinchalik saqlashga topshirilayotgan mol-mulkka (ashyoga) egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki boshqa dalillarni talab qilishga haqli.
2-§. Lombardlar tomonidan mikroqarzlarni rasmiylashtirish va berish tartibi
45. Garov asosida mikroqarzning berilishi lombard bilan jismoniy shaxs o‘rtasida tuziladigan mikroqarz shartnomasi va garov shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Lombardda mol-mulklarni garovga qo‘yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi garov pattasini berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
46. Mikroqarz olish uchun lombardga garovga topshiriladigan mol-mulk tomonlar kelishuviga asosan baholanadi.
47. Lombard quyidagilarni bajarishi shart:
garov narsasini xavfsiz saqlash uchun choralar ko‘rishi;
garov narsasi yo‘qolishi xavf-xatari paydo bo‘lganligi yoki shikast yetkazilganligi to‘g‘risida garovga qo‘yuvchiga darhol xabar berishi;
mikroqarz shartnomasining shartlari bajarilganida garov narsasini mulk egasiga yoki uchinchi shaxsga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan mulk egasining ishonchnomasi asosida darhol qaytarishi;
garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi foydasiga sug‘urtalashi;
garovga qo‘yuvchining talabiga asosan mikroqarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyatlarning garovga qo‘yuvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan qisman yoki to‘liq bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma berishi.
48. Garovga qo‘yilgan ashyolarni sotishdan tushgan summa, agar shartnomada boshqa hollar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mikroqarz, u bo‘yicha hisoblangan foizlar, neustoyka, ijro muddati o‘tganligi natijasida yuzaga kelgan zararlarni qoplash, shuningdek, saqlash va sug‘urta uchun to‘lov, garovga olingan mol-mulkni sotish bo‘yicha xarajatlarni qoplashga qaratiladi. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkning sotilishidan tushgan summa lombardning talablari miqdoridan oshsa, tafovuti garovga qo‘yuvchiga qaytariladi.
3-§. Lombardda mol-mulklarni vaqtincha saqlash
49. Lombardda ashyolarni vaqtincha saqlash shartnomasi lombard tomonidan yuk topshiruvchiga (mijozga) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi egasining nomi yozilgan saqlov pattasi berish yo‘li bilan rasmiylashtiriladi.
50. Agar mijoz tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan yoki o‘zi tabiatan xavfli ashyolarni saqlashga topshirish vaqtida ularning xususiyatlari to‘g‘risida lombardni ogohlantirmagan bo‘lsa, lombard ashyolarni topshirgan mijozga ko‘rilgan zararlarni qoplamagan holda, ularni xohlagan vaqtda xavfsizlantirishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Ushbu ashyolarni saqlash natijasida lombardga va (yoki) uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash mijozning zimmasiga yuklatiladi.
51. Lombardga garovga yoki saqlash uchun topshirilgan ashyolar yo‘qolganda yoki shikastlanganda, agar lombard yo‘qotish yoki shikastlanish yengib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan mulkiy zarar ashyolar egasiga tomonlar kelishuviga ko‘ra qoplab beriladi. Tomonlar kelishuvga erishmaganda mulkiy zararni qoplash sud tartibida amalga oshiriladi.
5-bob. Moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish hamda ichki audit xizmatini tashkil etish
1-§. Tashkilotlar va lombardlar tomonidan Markaziy bankka hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish
(1-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
52. Tashkilotlar va lombardlar tegishliligiga ko‘ra mazkur Nizomning 53 , 531 va 54-bandlariga muvofiq Markaziy bankka quyidagi moliyaviy va nazoratga oid hisobotlarni hamda ularning elektron ma’lumotlarini taqdim etadi:
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
ko‘rsatilgan nasiya savdoga asoslangan moliyalashtirish (murobaha) xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot (111-ilova);
ko‘rsatilgan islomiy ijara xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot (112-ilova);
ko‘rsatilgan oldindan to‘lovga asoslangan moliyalashtirish (salam) xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot (113-ilova);
ko‘rsatilgan foydani taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (muzoraba) va sherikchilik — foyda va zararlarni taqsimlashga asoslangan moliyalashtirish (mushoraka) xizmatlari (yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risida ma’lumot (114-ilova);
aktivlar tahlili to‘g‘risida ma’lumot (115-ilova);
majburiyatlar tahlili to‘g‘risida ma’lumot (116-ilova);
aloqador shaxslar bilan tuzilgan bitimlar to‘g‘risida ma’lumot (117-ilova);
yirik tavakkalchiliklar to‘g‘risida ma’lumot (118-ilova);
(52-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/04-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) asosan o‘n birinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
prudensial normativlarga rioya etish bo‘yicha ma’lumot (12-ilova).
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
531. Faktoring tashkilotlari tomonidan mazkur Nizomning 52-bandi ikkinchi — beshinchi, yettinchi — to‘qqizinchi va o‘n beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hisobot va ma’lumotlar taqdim etiladi.
Bunda, ushbu Nizomning 52-bandi to‘rtinchi, yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hisobot va ma’lumotlar moliyaviy natijalar yoki ushbu xizmatlar bo‘yicha qoldiq mavjud bo‘lganda, o‘n beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hisobot va ma’lumotlar faktoring tashkiloti mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan faoliyat ko‘rsatganda taqdim etiladi.
(531-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/04-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
54. Lombardlar tomonidan mazkur Nizomning 52-bandi ikkinchi — oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hisobot va ma’lumotlar taqdim etiladi. Bunda, ushbu Nizomning 52-bandi to‘rtinchi xatboshisida ko‘rsatilgan hisobot lombard moliyaviy natijalarga ega bo‘lganda, oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ma’lumot xizmatlar bo‘yicha qoldiq mavjud bo‘lganda taqdim etiladi.
55. Moliyaviy hisobotlardagi ma’lumotlar hisobot oyining oxirgi kunida amalga oshirilgan amaliyotlarni hisobga olgan holda mazkur hisobot oyining oxirgi sanasi holatiga ko‘rsatilishi kerak.
56. Moliyaviy hisobotlar tashkilotlar va lombardlar tomonidan hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasigacha Markaziy bankka taqdim etiladi. Agar oyning 5-sanasi dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, bunda hisobotlar dam olish yoki bayram kunidan keyingi ish kunida taqdim etilishi lozim. Taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlanganda, kamchiliklar tuzatilib, besh kunda qayta taqdim etilishi shart.
(56-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
57. Moliyaviy hisobotlar tashkilotlarning yoki lombardlarning ijro etuvchi organi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
58. Tashkilotlar va lombardlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali moliyaviy hisobotlarning elektron ma’lumotlarini shakllantirib, Bank tizimi ma’lumotlar omborxonasiga (bundan buyon matnda BTMO deb yuritiladi) hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha aloqa kanallari orqali yuborishi shart. Agar oyning 10-sanasi dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, bunda moliyaviy hisobotlarning elektron ma’lumotlari dam olish yoki bayram kunidan keyingi ish kunida taqdim etilishi lozim.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
(59-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
BTMO bilan kommunikatsiya aloqasi uzilganda;
texnik vositasi va dasturiy ta’minoti nosoz holatda bo‘lganda;
fors-major holatlarida moliyaviy hisobotlarni Markaziy bankka va ularning elektron ma’lumotlarini BTMOga yuborishni kechiktirish sabablarini ko‘rsatgan holda tushuntirish xati bilan taqdim qiladi.
60. Tashkilotlar va lombardlar mazkur Nizomning 59-bandida ko‘rsatilgan holatlar haqida Markaziy bankni darhol xabardor etishi hamda Markaziy bank bilan kelishilgan muddatlarda ularni bartaraf etib, elektron ma’lumotlarni to‘liq yuborishi kerak. Bunda, kelishilgan muddat holatni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan vaqtga mutanosib bo‘lishi lozim.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
61. Tashkilotlar va lombardlar tomonidan ayrim moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish qonunchilikka muvofiq ma’lum muddatga to‘xtatilganidan qat’iy nazar, ular tomonidan moliyaviy hisobotlar va ularning elektron ma’lumotlari belgilangan muddatlarda taqdim etilishi lozim.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
2-§. Tashkilotlar va lombardlarda ichki audit xizmatini tashkil etish
(2-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
62. Aktivlarining balans qiymati o‘n milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarning kuzatuv kengashi (bundan buyon matnda kengash deb yuritiladi) ichki audit xizmatini tashkil etishi shart va uning samarali faoliyat yuritishini ta’minlashi lozim.
(62-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Aktivlarining balans qiymati besh milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan lombardlarda ichki audit xizmati tashkil etilishi shart. Bunda ichki audit xizmatini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar hamda uning ishini tashkil etishning metodologik asoslari qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
63. Tashkilotlarning kengashi mazkur Nizom va qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkilotning ichki audit xizmati (bundan buyon matnda — ichki audit xizmati deb yuritiladi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
(63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Zaruratga ko‘ra Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomga yil davomida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Agar Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomning aksariyat qismiga (50 foizdan kam bo‘lmagan) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, bunda uni yangi tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq.
64. Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomda kamida quyidagilar nazarda tutilishi lozim:
ichki audit xizmati maqsadi, vazifalari, huquq va majburiyatlari;
ichki audit xizmatining faoliyat yo‘nalishlari;
ichki audit xizmatining mustaqilligi va xolisligini ta’minlash asoslari;
ichki audit xizmati rahbari va xodimlarini lavozimga tayinlash va ishdan bo‘shatish tartibi, ularning huquq, majburiyatlari va javobgarligi, hisobdorligi;
ichki audit xizmati xodimlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar (mustaqillik, xolislik va beg‘arazlik, professional malaka, odob-axloq qoidalari);
kengash, ijro etuvchi organ va tarkibiy bo‘linmalar rahbarlarini ichki audit natijalari yuzasidan xabardor qilish shartlari va tartibi;
ichki audit xizmati o‘z vazifalarini amalga oshirish jarayonida to‘sqinlik qilayotgan holatlar yuzasidan kengash va ijro etuvchi organni xabardor qilish tartibi;
ichki audit xizmati tashkilotlarda yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar, aniqlangan kamchilik va muammolar hamda moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan, manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqarmagan holda, maslahatlar berish tartibi.
(64-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
65. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlari kengash qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
66. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit vazifalarini samarali bajarish uchun yetarli bo‘lishi kerak.
67. Tashkilotlarning ijro etuvchi organi a’zolari, mazkur tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar va ular bilan aloqador shaxslar bir vaqtning o‘zida ichki audit xizmatida faoliyat yurita olmaydi.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
68. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida olingan oliy ma’lumotga yoki auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan berilgan ichki auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lishlari;
(68-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
xorijiy davlat ta’lim tashkilotida oliy ta’lim olgan taqdirda, olingan oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari;
(68-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
bank ishi, mikromoliyalashtirish, buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida (shu jumladan, o‘rindoshlik asosida) kamida ikki yillik amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishlari;
tashkilotlar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlari bo‘yicha yetarli bilimlarga ega bo‘lishlari, shu jumladan, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini bilishlari;
(68-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir qonunchilik hujjatlari va xalqaro standartlar hamda auditning xalqaro standartlari va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari.
69. Ichki audit xizmati ishining samaradorligini ta’minlash maqsadida ichki auditorlik tekshiruvi (bundan buyon matnda auditorlik tekshiruvi deb yuritiladi) rejasi kengash tomonidan tegishli yilning 1-yanvariga qadar tasdiqlanishi lozim.
70. Ichki audit xizmati xodimlariga, shu jumladan rahbariga nisbatan ijro etuvchi organ yoki boshqa shaxslar tomonidan o‘tkazilgan har qanday bosim va ish faoliyatiga qilingan to‘sqinlik to‘g‘risida kengash darhol ichki audit xizmati tomonidan xabardor qilinishi lozim.
71. Ichki audit xizmati rahbari va xodimlari o‘zlarining xolisligi va beg‘arazligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan moliyaviy hujjatlarni yoki tavakkalchiliklarni qabul qilishni ko‘zda tutuvchi hujjatlarni imzolash jarayonlarida ishtirok etmasliklari lozim.
72. Xolislikni ta’minlash maqsadida ichki audit xizmati xodimlari ichki nazoratga doir chora-tadbirlarni (ichki hujjatlar, jumladan siyosatlar, nizomlar, qoidalar va boshqalar) ishlab chiqish, ularni joriy etish yoki amalga oshirish jarayonida ishtirok etmasliklari lozim, bundan ichki auditga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ichki audit xizmatining tavakkalchiliklarni boshqarish yoki ichki nazoratga doir fikr va mulohazalarini berishi mustasno.
73. Ichki audit xizmati quyidagilarni mustaqil tahlil qilishi va baholashi lozim:
tashkilotlar oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda tashkilotlar biznes jarayonlari, ma’muriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini;
(73-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
axborot tizimlarining ishonchliligini, to‘liqligini va samaradorligini hamda ma’lumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maxfiylik ta’minlanganligini;
qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudensial talablariga hamda tashkilotlarning ichki hujjatlariga rioya etilishini;
(73-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilganligini;
aktivlar butligini.
Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizom bilan ichki audit xizmatiga mazkur bandda nazarda tutilgan masalalardan tashqari boshqa masalalarni ham tahlil qilish va baholash vazifasi yuklatilishi mumkin.
74. Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi holatlarda javobgar hisoblanadilar:
o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlar hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday ma’lumot maxfiyligini ta’minlamaganda;
o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida olingan ma’lumotlardan shaxsiy maqsadlarda yoki uchinchi shaxs manfaatlari yo‘lida foydalanganda;
qonunchilik hujjatlari va tashkilotlarning ichki hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarmaganda.
(74-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
75. Auditorlik tekshiruviga chiqishdan oldin batafsil auditorlik tekshiruvi dasturi (bundan buyon matnda auditorlik dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ichki audit xizmati rahbari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
76. Auditorlik dasturi auditorlik tekshiruvi maqsadlarini, tekshirish sohasi va yo‘nalishlarini, batafsil ish rejasini, tekshiruvlar grafigini, audit predmeti bo‘lgan har bir yo‘nalishni tekshirish tartib-taomillari tavsifini, auditorlik tekshiruvlarida ishtirok etuvchi ichki auditorlar ro‘yxatini o‘z ichiga olishi kerak.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish jarayonida auditorlik dasturiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. O‘zgartirishlar yozma ravishda hujjatlashtirilgan va tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
77. Auditorlik tekshiruvi tugatilganidan so‘ng auditorlik hisoboti tayyorlanishi hamda audit maqsadlari, miqyosi, xulosalarni hamda har bir aniqlangan kamchilikni bartaraf qilishga doir batafsil tavsiyalarni o‘z ichiga olishi lozim. Tavsiyalar aniqlangan muammolar va ularning kelib chiqish sabablarining qisqacha izohini, mavjud tavakkalchiliklarni, talab etiladigan chora-tadbirlarni, jumladan, tashkilotlarning ichki siyosatlari va tartib-taomillarini ko‘rib chiqishni o‘z ichiga olishi lozim.
(77-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Ichki audit xizmatining hisobotlari ichki audit xizmati xodimlarining mustaqil fikr va mulohazalariga asoslanishi lozim.
78. Auditorlik hisobotlari bevosita kengashga taqdim etilishi lozim. Ushbu hisobotlarning nusxalari ijro etuvchi organga, shuningdek tegishliligi bo‘yicha tashkilotlarning alohida tarkibiy bo‘linmalariga, filial rahbarlariga taqdim etiladi.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
79. Ijro etuvchi organ o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi chog‘ida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
80. Ichki audit xizmati tekshirish jarayonida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va tegishli ravishda bajarilishi ustidan keyingi nazoratni o‘rnatishi lozim. Tekshirishdan keyingi nazoratni o‘tkazish uchun javobgarlik Ichki audit xizmati to‘g‘risidagi nizomda belgilangan bo‘lishi kerak.
81. Kengash auditorlik tekshiruvi natijasida aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ijro etuvchi organ tomonidan amalga oshirilishini nazorat qilishi zarur.
6-bob. Yakuniy qoida
82. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
(1-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
9. Garovning muddati ____________________________________________________________
Garov narsasi lombardga egalik qilish uchun topshiriladi.
Lombard garov narsasidan foydalanish, boshqa shaxsga berishga, uchinchi shaxslarga ijaraga yoki tekinga foydalanishga berish, yoxud garov narsasini boshqa ko‘rinishda tasarruf etish huquqiga ega emas.
Garov narsasini navbatdagi garovga qo‘yish taqiqlanadi.
Garov narsasi garovga qo‘yuvchining va (yoki) uning oila a’zolarining normal turmush kechirishi uchun zarur bo‘lgan mol-mulk emas.
Lombardda garov narsasi bilan ta’minlangan mikroqarz summasi belgilangan vaqtda so‘ndirilmagan taqdirda, lombard ushbu mol-mulkni qonunchilikka muvofiq sotishga haqli.
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(2-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
6. Saqlash joyi va usuli ______________________________________________________________________
7. Saqlashga qabul qilingan sana _______________________________________________________________
8. Saqlash muddati ___________________________________________________________________________
9. Saqlash uchun haq summasi ___________________________________________________________________
Saqlash uchun topshirilgan ashyodan uni egasining roziligisiz foydalanishga va uni tasarruf etishga lombard haqli emas (ashyoning saqlanishini ta’minlash uchun undan foydalanish hollari, bundan mustasno).
Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolar yo‘qolishiga, yetishmasligiga yoki ashyoning zararlanishiga javobgardir.
Lombard saqlash uchun qabul qilingan ashyolarni ularning to‘liq baholangan narxida o‘z hisobidan yuk topshiruvchining foydasiga sug‘urtalashi shart.
Lombard, yuk topshiruvchining talabiga ko‘ra, saqlashga qo‘yilgan ashyoni zudlik bilan qaytarishi shart.
Bunday holda, majburiyat oldindan to‘xtatilishi munosabati bilan, lombardga yetkazilgan zararlarni yuk topshiruvchi qoplashi shart.
Yuk topshiruvchi ashyoni olishdan bosh tortsa, agar saqlash shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda lombard ashyoni mustaqil ravishda sotish huquqiga ega.
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
(3-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
(4-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
(5-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 6-ILOVA
(6-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 7-ILOVA
_________________________________________________________________ tomonidan (tashkilotning nomi) berilgan kreditlar va ko‘rsatilgan lizing xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot
ming so‘mda
T/r
H/v
Hudud kodi
Tuman/shahar kodi
Qarzdorning to‘liq nomi
Qarzdorning STIRi/ JSHSHIR
Subyekt turi:
1-yuridik shaxs, 2-YTT, 3-o‘zini o‘zi band qilgan shaxs, 4-jismoniy shaxs
Mikromoliya tashkilotiga aloqadorlik (ha, yo‘q)
O‘zaro aloqador qarzdorlar guruhi raqami
Kredit (iste’mol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) summasi
Kredit (iste’mol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) qoldig‘i
Kredit bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi qoldig‘i
Hisoblangan, to‘lash muddati yetib kelmagan foizlar
Yillik foiz stavkasi
Kredit (iste’mol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) berilgan sana
Kredit (iste’mol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) qaytarish sanasi
Garovga quyilgan mulkning garov reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami
Kredit (iste’mol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) ning muddati uzaytirilgan sanasi
Muddati uzaytirilganidan so‘ng kredit (iste’mol, mikrokredit, mikroqarz, lizing) ni qaytarish sanasi
Ta’minotning qiymati
Muddati o‘tgan asosiy qarz
shundan, qarzdorlik muddati
Muddati o‘tgan hisoblangan foizlar
1-30 kun
31-90 kun
91-180 kun
181 kun va undan yuqori
(16377 h/v)
(91501 h/v)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
24
25
26
27
28
29
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 8-ILOVA
(8-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 9-ILOVA
(9-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
_______________________ ning qimmatli qog‘ozlar portfeli va qilingan investitsiyalar to‘g‘risida ma’lumot
(tashkilotning nomi)
20__ y “_____”___________ holatiga
ming so‘mda
T/r
Balans hisobvarag‘i
Emitent
Sotib olingan sana
Qaytarish sanasi
Emitentning ustav fondi (kapitali)
(hisobot sanasida)
1 dona qimmatli qog‘ozning nominal bahosi
(ekv. ming so‘mda)
1 dona qimmatli qog‘ozga to‘langan summa (ekv. ming so‘mda)
Jami qimmatli qog‘ozlarga to‘langan summa
(brutto)
Zaxira summasi
Qoldiq summasi
Qimmatli qog‘ozlar (investitsiya) sotib olingan sanadan boshlab olingan (to‘langan) daromad
Oxirgi olingan daromad sanasi
Emitentning tashkilotlar ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushi
Aloqador tashkilotda tashkilotlar aksiyadorlarining egalik darajasi
Jami
Tashkilotlarning ulushi
O‘tgan yillar hisobida
Joriy yil hisobida
Summa
(% )
Tashkilotlarning aksiyadori F.I.O / nomi
STIR/JSHSHIR
Summa
Ulushi (% )
nomi
STIRi
Summa
Ulushi (%)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19
20
21
22
23
Rahbar imzosi:
_________________________________ (F.I.O.)
Bosh buxgalter imzosi:
_________________________________ (F.I.O.)
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 10-ILOVA
___________________________________________________ tomonidan jalb etilgan mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot
(tashkilotning nomi)
T/r
Balans hisobvarag‘i
Kreditorning to‘liq nomi
Kreditorning STIRi/JSHSHIR (yuridik shaxs uchun — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, YTT va jismoniy shaxs uchun — jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami)
Jalb etilgan mablag‘ miqdori (ming so‘mda)
Jalb etilgan mablag‘ qoldig‘i
(ming so‘mda)
Hisoblangan foizlar
(ming so‘mda)
Yillik foiz stavkasi
Mablag‘ jalb etilgan sana
Mablag‘ni qaytarish sanasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Rahbar imzosi:
(F.I.O.)
Bosh buxgalter imzosi:
(F.I.O.)
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 11-ILOVA
(11-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
__________________________________________ tomonidan berilgan kafolat va kafilliklar to‘g‘risida ma’lumot
(tashkilotning nomi)
20__ y “_____”___________ holatiga
ming so‘mda
T/r
Balans hisobvarag‘i
Mijoz
Mikromoliya tashkiloti bilan aloqadorligi (ha/yo‘q)
Kredit yoki lizinglar bo‘yicha shartlari qayta ko‘rilganligi soni
Tasnifi
(sonda)
Yaratilgan zaxiralar
Joriy qarzdorlik,
sof
balans aktivlari
balansdan tashqari aktivlar
Kreditlar
Investitsiyalar
Boshqa aktivlar
kafolatlar, kafilliklar va ulardan olingan daromadlar
1
2
3
4
5
6
6.1
6.2
6.3
6.4
7
8
9
10
1.
2.
3.
4.
Jami yirik aktivlar
Berilgan eng yirik aktiv
(111 — 118-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/04-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga 12-ILOVA
(12-ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 15-sentabrdagi 21/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3412-1, 17.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 21-yanvar)
Prudensial normativlarga rioya etish bo‘yicha ma’lumot
Ko‘rsatkichlar
Formula
Me’yor
Amalda
1. Kapital yetarliligi ko‘rsatkichi
1.1
Kapital yetarliligi koeffitsiyenti
jami xususiy kapital
0,10
jami aktiv
2. Likvidlilik ko‘rsatkichi
2.1
Likvidlilik koeffitsiyenti
kassadagi naqd pullar, banklardagi talab qilib olinguncha mablag‘lar, to‘lov muddati 30 kungacha bo‘lgan aktivlar, bundan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud aktivlar mustasno
1,00
talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo‘lgan majburiyatlar
2. Qarzdorlar bilan operatsiyalar
2.1
Bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori
bir qarz oluvchi yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar
0,25
xususiy kapital
2.2
barcha yirik tavakkalchiliklarning umumiy miqdori
barcha yirik tavakkalchiliklar
5,00
xususiy kapital
2.3
Mikromoliya tashkilotiga aloqador bo‘lgan bitta shaxsga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori
aloqador bo‘lgan bitta shaxsga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilik
0,25
xususiy kapital
2.3
Mikromoliya tashkilotiga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori
aloqador bo‘lgan barcha shaxslarga to‘g‘ri keluvchi tavakkalchilik
0,50
xususiy kapital
3. Investitsiyalar
3.1
Yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga investitsiyalarning eng ko‘p miqdori
jami investitsiyaning miqdori
0,20
xususiy kapital
Rahbar imzosi:
____________________
F.I.O.
Bosh buxgalter imzosi:
___________________
F.I.O.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2023-y., 10/23/3412/0021-son; 20.10.2025-y., 10/25/3412-1/0952-son)