Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Soʻnggi vaqtlarda, norma ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan yaxshilash, eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normalarni bekor qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ularning natijasida bugungi kunda milliy qonunchilik uzoq yillar davomida toʻplanib qolgan, oʻz dolzarbligini yoʻqotgan hamda amaliyotda qoʻllanilmaydigan hujjatlardan tozalanib bormoqda.
Milliy qonunchilik bazasini ortiqcha normativ-huquqiy hujjatlardan xoli etish, huquqni qoʻllash amaliyotida yuridik taʼsir kuchiga ega boʻlmagan hujjatlarni bekor qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-son
Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlari quyidagi asoslarga koʻra oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
qarorlarda keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan bir xil normalarning mavjudligi;
qarorlarda belgilangan normalarning keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar normalariga zidligi;
qarorlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan yuqori turuvchi normativ-huquqiy hujjatlarning bekor qilinganligi;
qarorlarda bir martalik, vaqtinchalik bajarilishi lozim boʻlgan (ijrosi taʼminlangan) topshiriqlarning belgilanganligi.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish-mehnat muassasalari va tergov izolyatorlarida izolyatsiya rejimini yaxshilash va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 11-fevraldagi 58-son
qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axloq tuzatish-mehnat muassasalarining ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 9-sentabrdagi 458-son
qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi huzurida Avtotransportdagi ekologiya muammolari markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-apreldagi 123-son
qarori.