O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ozodlikdan mahrum etish joylarida vaziyatni barqarorlashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish-mehnat muassasalari ishlab chiqarish bazasini rivojlantirish va hukm etilganlarni ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi 1994-yilning IV choragidan boshlab viloyatlar hokimliklariga va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga axloq tuzatish-mehnat muassasalarining ishlab chiqarish zonalarini loyihalashtirish va qurishga ilovaga
* muvofiq kapital mablag‘lar ajratishni belgilangan tartibda nazarda tutsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hokimliklar va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyurtnomalari bo‘yicha axloq tuzatish-mehnat muassasalari ishlab chiqarish zonalarini loyihalashtirish va qurish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojni belgilangan tartibda ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi axloq tuzatish-mehnat muassasalari qurilishi tugallangandan keyin ozodlikdan mahrum etish joylari qo‘riqlanishi va hukm etilganlar ustidan nazorat amalga oshirilishi ta’minlanishi uchun qo‘shimcha ravishda ichki qo‘shinlar xodimlari ajratish to‘g‘risidagi hisob-kitoblarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va ularning idoraviy bo‘linmalari jazoni ijro etuvchi muassasalarning korxonalariga davlat ehtiyojini qondirish uchun mahsulotlar va xizmatlarning muayyan turlariga buyurtma bersinlar.