toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI DAVLAT AVTOMOBIL NAZORATI BOShQARMASI HUZURIDA AVTOTRANSPORTDAGI EKOLOGIYA MUAMMOLARI MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-noyabrdagi 638-sonli “Ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq milliy qonunchilik bazasi kompleks tizimlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tabiiy muhitni avtotransport vositalarining zararli taʼsiridan himoya qilish ishlarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi ekologiya boʻlimi negizida 12 nafardan iborat, shu jumladan mazkur boʻlimning shartnoma asosida mablagʻ bilan taʼminlanadigan 8 nafar xodimi hisobiga Avtotransportdagi ekologiya muammolari markazi tashkil etilsin. Markazning barcha xodimlari 1995-yilga Ichki ishlar vazirligi uchun tasdiqlangan umumiy mablagʻlar doirasida budjetdan mablagʻ bilan taʼminlashga oʻtkazilsin.
2. Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi huzuridagi Avtotransportdagi ekologiya muammolari markazi toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat Tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Avtotransport vositalari uchun yagona zaharlilik (tutunlilik) talonlari, ekologik sertifikatlar, shuningdek, tranzit avtotransporti uchun ruxsatnomalar joriy qilish toʻgʻrisida nizom ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
4. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi Markazga uchta statsionar diagnostika postini tekinga, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish koʻchma laboratoriyasini qoldiq qiymati boʻyicha bersin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Markazni berilgan buyurtmanomalar boʻyicha zarur matbaa mahsulotlari bilan taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 5-aprel,
123-son