Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
“Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 36-son “Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2977, 2018-yil 1-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2018-y., 10/18/2977/0838-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2020-yil 20-noyabrdagi 307-son “Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2977-1, 2020-yil 4-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 10/20/2977-1/1600-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 6-apreldagi 108-son “Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimchalar kiritish haqida” gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2977-2, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/2977-2/0407-son).