Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi
Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 36-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2977, 2018-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 9-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2.
38-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.