Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida” 2019-yil 26-avgustdagi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son
Farmoniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 13-fevraldagi 36-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2977, 2018-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 9-son, 169-modda) bilan tasdiqlangan ichki ishlar organlari xodimlariga pensiya va nafaqa tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“a” kichik bandining
uchinchi xatboshisi “fuqarolik pasportining” degan soʻzlardan keyin” yoki identifikatsiya ID-kartasining” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“v” kichik bandining
toʻrtinchi xatboshisi “fuqarolik pasporti” degan soʻzlardan keyin” yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 7-bandning
uchinchi xatboshisi “fuqarolik pasporti” degan soʻzlardan keyin” yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
3.
23-band “fuqarolik pasporti yoki” degan soʻzlardan keyin “identifikatsiya ID-kartasi yoxud” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 30-bandning
birinchi xatboshisi “Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Minsk shahri, 1993-yil 22-yanvar)” degan soʻzlardan keyin “hamda Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar konvensiyasining (Kishinev shahri, 2002-yil 7-oktabr)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.